talim_live | Неотсортированное

Telegram-канал talim_live - Ta’lim Live

22309

Ta’lim Live™ — Ta‘lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda Murojaat uchun: @TalimLiveBot Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Подписаться на канал

Ta’lim Live

⚡️Andijondagi oliygohlarning biriga qarashli yotoqxonada talabalar "Openbudjet"ga ovoz bermagunigacha yotoqxonadan chiqarilmagani aytilmoqda.

Aynan qaysi oliygohning yotoqxonasiligi noma'lum, lekin 13-mart kuni ertalab talabalar ovoz bermaguniga qadar chiqarilmagan.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

#talabaga_yengillik

⚡️Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi


Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

➖ oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;

➖ xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;

➖ professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

Ramazon oyining birinchi kuni 11-mart, dushanba kuniga to‘g‘ri keladi. Bu haqida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

Navoiy viloyatidagi maktablardan birida soch olish “marosimi” o‘tkazilgani aytilmoqda.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan OAVlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar roʻyxati

2024-yil 10-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxati.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygoh talabalari o'qishi davlat oliygohlariga imtihonsiz ko'chirilishi bu – MIF!

Kecha, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bugungi kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirilgani haqida xabar berdi. Biroq, xabarda talabalar qaysi ta'lim tashkilotlariga hamda qaysi shaklda o'qishi ko'chirilganiga aniqlik kiritilmagan.

Tahririyatimiz surishtiruvlariga ko'ra, vazirlik sanab o'tgan ikki nodavlat oliy ta’lim tashkilot talabalari faqat boshqa nodavlat OTMlarga ko'chirilgan.

Tugatilgan oliygoh talabalari davlat oliygohlariga faqatgina yozgi qabul jarayonlarida (15-iyuldan 5-avgustgacha) imtihon asosida o'qishini ko'chirishi mumkin.

Imtihonsiz o'qishni ko'chirish bu shunchaki manfaatdor tomonlar tarqalayotgan afsona.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Читать полностью…

Ta’lim Live

2021-yildan beri Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga rektorlik qilib kelayotgan turkiyalik professor Erjan Kaxya lavozimidan ozod etildi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozim

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:

2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

❗️Mazkur talabdan kelib chiqqan holda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha xorijiy til ustozlari 2024/2025-o‘quv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozimligini eslatadi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

❗️Abiturentlar va Perevodchilar diqqatiga!

🏛 Hujjat topshirishga ULGURIB QOLING!!!
Qabul 3 kun davom etadi.

📚Ta’lim yo’nalishlari:

➖ Pedagogika va Psixologiya
➖ Filologiya va tillarni o’qitish ( o'zbek, ingliz, rus, koreys)
➖ Maktabgacha va boshlang'ich ta’lim
➖ Iqtisodiyot (tarmoqlar bo’yicha)
➖ Moliya
➖ Soliq va soliqqa tortish
➖ Sug'urta ishi
➖ IT va sun'iy intellekt
➖ Tarix
➖ Turizm
➖ Jismoniy yo‘nalishlar
➖ Defektologiya
➖ Milliy g'oya va Huquq ta'limi
➖ Arxitektura va dizayn
➖ Bug'alteriya hisobi
➖ Bank ishi va audit
➖ Matematika va informatika
➖ Kadastr
➖ Neft va gaz va 30 dan ortiq Yo'nalishlar mavjud!

Tibbiyot yo'nalishlari ham mavjud to'liq kontrakt to'lanadi!

👨‍⚕ Davolash ishi
👨‍⚕ Stomatologiya
👩‍⚕ Farmatsiya
👩‍⚕ Pediateriya

❗️2-kurs va 3-kursga Ham o’qishgizni ko’chirish imkoniyati mavjud 50% kontrakt to'lab O'qishingizni davom etiring !

Onlayn hujjat topshirish:
👉
@social_19
👉
@social_0018

Batafsil ma’lumot uchun:
☎️
+998995020019
☎️
+998995060019
☎️
+998995040018

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Rasman: Endilikda kollej-texnikumni bitirib OTMga to'g'ridan-to'g'ri hattoki 3-kursdan ham kirish mumkin bo‘ladi!

2024-yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtgan videoselektor yigʻilishida asosiy vazilafalar belgilandi.

Bunda:

➖ kollej-texnikumning 1-2-kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi;

➖ texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi.

Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Aytishlaricha, Qo‘ng‘irotboy Sharipov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlangan.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️my.gov.uz portali orqali davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

💻 my.gov.uz/oz/service/308 — Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/357 — Elektron raqamli imzo olish;

💻 my.gov.uz/oz/service/913 — Tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olish;

💻 my.gov.uz/oz/service/853 — Avtotransportni onlayn sugʻurtalash;

💻 my.gov.uz/oz/service/412 — Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov qoʻyilganligi holatini tekshirish;

💻 my.gov.uz/uz/service/491 — Oʻz oʻzini band qilgan shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish;

💻 my.gov.uz/uz/service/263 — Hisoblangan ish haqi summalari toʻgʻrisida maʼlumot olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/486 — Nafaqa tayinlash uchun ariza berish;

💻 my.gov.uz/uz/service/378 — Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish;

💻 my.gov.uz/uz/service/498 — UzAuto Motors AJ orqali avtomobil sotib olish uchun navbatni tekshirish;

💻 my.gov.uz/uz/service/418 — Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish

💻 my.gov.uz/uz/service/745 — "Ayollar daftar"da fuqaroning mavjudligi haqida maʼlumot olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/748 — "Yoshlar daftar"da fuqaroning mavjudligi haqida maʼlumot olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/743 — Temir daftarida fuqaroning mavjudligi haqida maʼlumot olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/587 — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish;

💻 my.gov.uz/uz/service/654 — Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish;

💻 my.gov.uz/oz/service/938 — Kredit tarixi oʻrganilganligi boʻyicha ogohlantiruvchi «SMS-xabarnoma» olish.

💻 Oilakredit.uz — oilaviy tadbirkorlik boʻyicha kredit olish uchun ariza berish boʻyicha;

💻 online-mahalla.uz — ushbu roʻyxatda koʻrsatilgan yoʻnalishlar uchun subsidiya olish mumkin;

💻 ipoteka-bozori.uz — yangi tartibdagi ipoteka kreditlari;

💻 Subsidiya.mf.uz — subsidiya rasmiylashtirish boʻyicha;

💻 smart-market.uz —  yirik ishlab chiqaruvchi, ulgurji savdo, yetkazib beruvchi korxona va tashkilotlar uchun oʻz mahsulot hamda xizmatlarini erkin sotish hamda kredit oluvchilar uchun mahsulot yetkazib beruvchi firmani erkin tanlash imkoniyati mavjud.

💻 talim-krediti.uz yoki talim-krediti.mf.uz — taʼlim krediti olish uchun;

💻 Infokredit.uz yoki my.gov.uz — kredit tarixini bilish uchun;

💻 bank-kredit.uz  —"20 tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi doirasida kreditga ariza berish;

💻 portal.infokredit.uz — Yuridik shaxslar kredit tarixi haqidagi maʼlumotni olishi uchun.

📱my.gov.uz ilovasini yuklab olish: Google Play yoki App Store

👆Yuqorida koʻrsatilgan xizmatlardan foydalanish uchun «ONE ID» tizimidan roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Aytishlaricha, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal instituti Toshkent davlat iqtisodiyot Universiteti (NARXOZ) fakultetiga aylantiriladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

#Bilasizmi?

⚡️​​Talaba farzandli bo‘lganida unga OTM tomonidan bir martalik suyunchi puli beriladi

➖ Talaba oliy ta’lim muassasasiga arizani bola tug‘ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to‘lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizini tashkil etadi.

2023-yil 1-dekabrdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 050 000 so‘m etib belgilangan.


Kerakli hujjatlar:
➖ OTM rektori nomiga ariza
➖ Pasport nusxasi
➖ Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Rasman: Bojxona institutiga qabul boshlandi!

🇺🇿 Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti 2024-2025 o‘quv yili uchun bojxona ishi va yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul e’lon qilindi.

Test topshiriladigan fanlar:

👉 Bojxona ishi:
Matematika, chet tili, majburiy fanlar;
👉 Yurisprudensiya:
Huquq, chet tili, majburiy fanlar

Bojxona institutiga hujjatlarni topshirish uchun hududiy bojxona boshqamalariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Endi farzand tug‘ilgandagi suyunchi puli hammaga ham berilmaydi

📆 2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:

birinchi farzandi uchun — barcha ayollarga;
ikkinchi farzandi uchun — farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
Qolgan barcha holatlarda nafaqa to‘lanmaydi.

Nafaqa olish uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali berish mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 110-sonli qarori

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Navro'zda talabalar 4 kun dam oladi.

21-mart Navro'z bayrami munosabati bilan dam olish kuni, 22-23-mart kunlari Prezident farmoni bilan qo'shimcha dam olish kunlari hisoblanadi. 24-mart yakshanba odatdagidek dam olish kuni.

Bundan ko'rinib turibdiki O'zbekistonliklar 21-22-23-24-mart kunlari dam oladi, o'z-o'zidan talabalar ham)

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

Namanganda xususiy universitet litsenziyasi bekor qilinayotgani ortidan yuzlab, balki minglab talabalari oʻz noroziligini ifodalamoqda. Litsenziyalash va uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga amal qilinganmi? Nega bu oliygohdan ham sharoiti ogʻirroq boʻlgan davlat taʼlim muassasalari turganda aynan shu kabi xususiy oliygohlar litsenziyasi bekor qilinmoqda? Bu holatdan prezident xabardormi?

Oʻylanmagan qaror, hisobotlar har safar barcha ishimizni birdan nolga tenglashtiraverishi yomonda. Namangan masalasida ham prezident irodasi koʻrsatilib, bu borada masʼul boʻlgan eng asosiy shaxsga siyosiy javobgarlik koʻrilsa kerak. Kuzatamiz. Hamma yer notinch vaqtda bizga ortiqcha muammo kerak emas — Zafarbek Solijonov

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️O‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

💾 OTFIV tizimidagi OTMlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)

Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmaydi — vazirlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 6 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizalari kiritilgan.

Shundan 5 tasining tegishli litsenziyasi sud qaroriga ko‘ra bekor qilingan, 1 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Bugungi kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlari – “Valley Innovative University”, Urganch shahridagi Binari universitetining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirildi.

Hozirda litsenziyasi bekor qilingan boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining talabalarining o‘qishini ko‘chirish ishlari tashkil etilmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Читать полностью…

Ta’lim Live

Uchta OTM birlashtirildi va unga rektor tayinlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibiga Toshkent moliya instituti va Soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal instituti qoʻshib yuborildi. Bu haqda Prezidentning tegishli qarori imzolandi.

Oʻz navbatida iqtisod fanlari doktori, professor Toʻlqin Teshabayev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Toshkent moliya instituti rektori edi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️"Qishki perevod" natijalari e'lon qilinishi uchun 7 kun qoldi

🔴"Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom"ning ilovasiga ko'ra, bahorgi semestr bo'yicha (xalq tilida qishki perevod) arizalar natijasi fuqaroga 25-yanvardan 15-fevralgacha muddat oralig'ida ma'lum qilinadi.

🔴Demak "qishki perevod" natijasi e'lon qilinishining so'nggi kuni 15-fevral hisoblanadi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
🌍 @Talimgaoid_perevod

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Turonbank imtiyozli taʼlim krediti ajratishni boshladi

Krediti shartlari:

Foiz: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Muddati: oʻqish davri + 7,5 yil;
Miqdori: shartnoma asosida.

Batafsil ma'lumot: https://turonbank.uz/oz/private/crediting/kelazhak-talim-krediti

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Xabar rasman tasdiqlandi.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi

Prezidentning tegishli farmoni (PF-24-son, 31.01.2024-yil) bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, 2024-yil 1-fevraldan quyidagi nafaqalar miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi:

— zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga nafaqa;

— ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda;

— o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;

— boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 212 000 so‘m);

— boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Rasman: Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

🔰 Unga ko‘ra:

➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

➖ Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
➖ Matematika x 10 ta;
➖ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

➡️ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➖ 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➖ 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.

▪︎Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

⚠️ Eslatma o‘rnida, ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan edi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Germaniya 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda

1-fevraldan boshlab nemislarning 45 ta kompaniyasi tajriba tariqasida maoshlarni saqlab qolgan holda 4 kunlik ish haftasiga o‘tadi. Kompaniyalar rahbariyati qo‘shimcha dam olish kuni samaradorlikni oshirish-oshirmasligini tekshirib ko‘rishmoqchi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi yetakchi xorijiy OTMlarda o‘qitiladi

Qarorga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan:

➖ tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda o‘qitiladi;

➖ tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etiladi;

➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;

➖ tibbiyot yo‘nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.

📁 Quyidagi magistrlik yo‘nalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralari ko‘riladi:

▪︎ “Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish” (Public Health and Healthcare Management);
▪︎ “Jamoat salomatligi: epidemiologiya va ma’lumotlar tahlili” (Public Health: Epidemiology and data science/data analytics);
▪︎ “Jamoat salomatligi: ovqatlanish” (Public Health: Nutrition);
▪︎ “Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine);
“Jismoniy faollik va reabilitatsiya” (Physical Activity and Rehabilitation).

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Ta'lim krediti uchun arizalar qabuli boshlandi

Mikrokreditbank rasmiy sahifasida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichi bo'yicha to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilgan talabalarga ta'lim krediti ajratish boshlaganini e'lon qildi.

➖ Kredit miqdori: Cheklov yo‘q;
➖ Qaytarish muddati: 7 yil muddatga;
➖ Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;

Kimlarga beriladi:

➖ Davlat va nodavlar OTM talabariga
kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakliga
➖ bakalavr yoki magistrga
➖ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
➖ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

Qo'shimcha ma'lumotlarni bankning mkbank.uz sahifasi orqalib bilib olishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Читать полностью…
Подписаться на канал