talim_live | Неотсортированное

Telegram-канал talim_live - Ta’lim Live

22309

Ta’lim Live™ — Ta‘lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda Murojaat uchun: @TalimLiveBot Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Подписаться на канал

Ta’lim Live

Islohot!

Prezident farmoni: Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Jizzax politexnika institutida 10 milliard so‘m o'marilgan

Jizzax politexnika institutida haqiqatda ishlamagan 110 nafar fuqaroga, qariyb 10 milliard so‘m ish haqi hisoblab, noqonuniy o‘zlashtirilgan. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Davlat tashkilotlari rahbarlari o‘zlariga asossiz ravishda mukofotlar va boshqa moddiy rag‘batlantirish pullarini yozib kelayotgani bilan bog‘liq holatlar tekshiriladi va mablag‘larning byudjetga qaytarilishi ta’minlanadi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

#qishki_perevod

O‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Albatta mumkin. Buning uchun 20 kun vaqtingiz bor.

Xalqaro Nordik universitetida kunduzgi va sirtqi ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishingizni ko‘chirishingiz mumkin.

🔻Kunduzgi ta'lim yo‘nalishlari: https://bit.ly/4aLMUzb

🔻Sirtqi ta'lim yo‘nalishlari: https://bit.ly/3NXsNnO

📥 Hujjat topshirish: https://transfer.nordicuniversity.org

☎️ Murojaat uchun:  +998555084400 / @nordikedu

📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasi, 22 a-uy

📄 Litsenziya (№051207, 01.12.2022-y)

Telegram kanal: /channel/+bXUOXcT-5sowODFi

Читать полностью…

Ta’lim Live

#qonunchilik_yangiliklari

2024/2025-o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filialida “sport shifokori”, “sport diyetologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Bu “Futbol-taʼlim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–355-son, 03.11.2023 y.)da belgilandi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-iyungacha futbol uchrashuvlarini namoyish qilish, futbolni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

#Ogoh_bõling

2024-yil 10-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxati.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Qishki o'qishni ko'chirish uchun arizalar qayerda olinyapti?

✔️ Ariza oluvchi ishchi guruhlar 2024-yilning 20-yanvar kunigacha har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) ishlaydi.

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ PQ-279-son qaror 7(v)-bandida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Aytishlaricha Sog'liqni saqlash vaziri Amirillo Inoyatov Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda.

Yomon tanlov

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

✈️ TelegramStat xizmati Ta'lim Live (@Talim_Live) kanalining 2023-yil uchun statistikasini taqdim etdi!

🔝 Unga koʻra:

✈️ Yil davomida 661 ta post qoldirilgan;

🔍 Ulashishlar soni 105 400 ta;

🔍 Reaksiyalar soni 41 100 ta;

✈️ Kanaldagi postlar 9 mln marta koʻrilgan;

🔍 151 ta kanal bizdan iqtibos olgan;

✈️ 330 mingta kanal bizni eslagan, repostlar soni 119 mingtani tashkil etgan.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

📑 Aloqa xati oldingiz?!
🤷 Endi asl nusxadagi hujjatlaringizni qanday olishni bilmayapsizmi?

📆6 kun ichida hujjatlarni 🔖 yetkazib berish xizmati yo'lga qo'yildi
‼️Kontrakt toʻlashda va sessiya fanlarni yopishda muammosi bor talabalar uchun:

QABUL 2023-2024

⚡️Hoziroq
bog'laning va
talabalikka tavsiyanomani qo'lga kiriting.

Yo’nalishlar :

✅Iqtisodiyot
✅Boshlang’ich ta’lim
✅Davolash ishi
✅Stomotologiya
✅Filologiya
✅Pedagogika va Psixologiya

Va yana 30 dan ortiq yo’nalishlar.

1-kurslar uchun qabul
2-3. Kurs talabalari uchun o’qishni ko’chirish imkoniyati mavjud

📞 +998975009903 Yozish


| @Futurestars_company

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Rasman: 2023/2024 o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️O‘qishni ko‘chirish yuzasidan kelayotgan qisqa savollarga javoblar

Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
✅ Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.

Ruxsat kimlarga beriladi?

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;

➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Qachon hujjat topshirsa bo’ladi?
✅ 20-dekabrdan 20-yanvargacha.

Qanday hujjatlar talab etiladi?
✅Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha)

1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
➖ 1 kredit 30 soatga teng.
➖ 1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180).
➖ 180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.


❗️Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi.
Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

#nodavlat_oliygoh | yangilandi

⚡️Diplomi O‘zbekistonda tan  olinadigan oliygohlar nechta?

Bugungi kunda 99 ta nodavlat (xususiy 73 ta, xorijiy 26 ta) OTM oliy ta'lim xizmatlarini koʻrsatish vakolatiga ega.

Ilova qilinayotgan 99 ta OTM diplomi Respublika hududi bevosita tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Asos: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Uzbekistan Airways talabalar uchun chegirma eʼlon qildi

Qishki taʼtil arafasida oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun mahaliy yoʻnalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma eʼlon qilindi.

Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Rasman: 1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi

2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

Andijon davlat universitetida avval KRUchilar tomonidan 129 mln so‘mlik kamomad aniqlangan. Undan keyin Hisob palatasi borib tekshirgan va 39 mlrd so‘mlik talon-torojni aniqlagan.

P/S. OTMlar ichida byudjetni o'marish bo'yicha ADU rekord o'rnatgani aytilmoqda)

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb e'lon qildi!

Shuningdek, barcha yillar nomi bilan quyida tanishish mumkin:

1991-yil — Alisher Navoiy yili
1992-yil — Hamshiralar yili
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili
1995-yil — Ibn Sino yili
1996-yil — Amir Temur yili
1997-yil — Inson manfaatlari yili
1998-yil — Oila yili
1999-yil — Ayollar yili
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Onalar va bolalar yili
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
2003-yil — Obod mahalla yili
2004-yil — Mehr-muruvvat yili
2005-yil — Sihat-salomatlik yili
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
2008-yil — Yoshlar yili
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2010-yil — Barkamol avlod yili
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2012-yil — Mustahkam oila yili
2013-yil — Obod turmush yili
2014-yil — Sog‘lom bola yili
2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili
2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
2020-yil — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yil — Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
2023-yil — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili
2024-yil — Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

❗️Қирғизистон Респуликаси ҳудудида бўлиб турган ватандошлар диққатига!

Ҳурматли Ватандошлар!


Қирғизистон Респуликаси Вазирлар маҳкамасининг 2023-йил 10-октябрдаги 541-сон қарорига мувофиқ,чет эл фуқароларининг мамлакатда бўлиш тартиби тўғрисида низоми тасдиқланган.
Янги низом бўйича, агар чет эл фуқароси мамлакатда 60 кун давомида рўйхатдан ўтмасдан қолса, у виза учун ариза топшириши ёки шу вақт ичида мамлакатни тарк этиши керак. 60 кунлик муддатни тўлдириб, Қирғизистондан чиқиб кетган фуқароларга яна 60 кундан кейин киришга рухсат берилади.

Чет эл фуқароларининг мамалакатда қолиш муддати чегарани кесиб ўтган кундан бошлаб 00:01 дан бошлаб календарь кунларида ҳисобланади.
Ҳисоблаш Ташқи миграцияни ҳисобга олиш тизими(ТМEБТ)нинг автоматлаштирилган тизими томонидан амалга оширилади. Тизимга киришнинг имкони бўлмаган ёки тизим ишламаган тақдирда, ҳисоб-китоб давлатнинг ваколатли органи томонидан хорижий фуқаронинг амалдаги ҳужжатидаги кириш/чиқиш санасини ҳисоблаган ҳолда амалга оширилиши белгиланган.

Шу муносабат билан ушбу мамлакат ҳудудида бўлиб турган талабалар, турли сохаларда фаолият юритётган ватандошларни Қирғизистон томонидан қабул қилинган ушбу қарор талабларига риоя этишлари тавсия этилади.

Ўзбекистоннинг Ўш шахридаги Бош консулхонаси, Ўзбекистон ёшлари умумжаҳон ассоциациясининг Қирғизистон Республикасидаги вакиллиги

Читать полностью…

Ta’lim Live

Diqqat, e’lon!

Ko’pchilik talabalarimiz o’qishimga halal bermaydigan ish bo'lsa, ishlasam deb niyat qilishadi.

Shunaqasi bor! Hozir sizlar bilan UstozPro pedagoglar tayyorlash markazidagi do’stlarimiz taklifini bo’lishaman.

Sizlarga kam soatli ishda ham ishlab, ham farzand tarbiyasiga ulguradigan kasb o'rgatishmoqchi.

🧮 Mental arifmetika — bolalar intellektini rivojlantirishga mo’ljallangan Yaponiya ta’lim uslubi. Haftasiga 4 kun 3-4 soatdan sarflab, bemalol 3-7 mln. daromad qilsa bo’ladigan kasb(part-time job).

4 yildan oshiq vaqtdan beri 5000dan ortiq kishiga ushbu kasbni o’rgatgan UstozPro jamoasi 16,17-yanvar kunlari onlayn bepul mini kurs tashkil etishmoqda ekan.

Bu mini kursda pulli kurslarida o’rgatiladigan bilim va tajribalar ham o’rgatilib, oxirida sertifikat ham berishar ekan.

Yopiq kanalga qo’shilib oling va o’zingizni bolalarga ta’lim berishda sinab ko’ring:

Ko'k yozuv ustiga bosing, yopiq kanalda tayyorlab qo'yilgan sovg'angizni oling: 👉 https://ustozpro.uz/p/yanvar/

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Ertadan barcha talabalar uchun dars jarayonlari boshlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga ko‘ra, barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida dars jarayonlari 2024-yil 8-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

Barcha abiturientlar va 1-2-3-kurs perovodchilar diqqatiga endi siz o'z kursizdan👇

🇺🇿 OʻZBEKISTONDA  LITSENZIYAGA EGA ISTALGAN UNIVERSITETLARDA TALABA BOʻLISH IMKONIYATIGA EGASIZ!

🔰 Fakultetlar:

📌Meditsina
📌Davolash ishi
📌Stomatologiya
📌Farmasevtika

✅ Buxgalteriya hisobi va moliya
✅ Iqtisodiyot
✅ Bank ishi va audit
✅ Soliqlar va Soliqqa tortish
✅ Kompyuter dasturlash texnologiyasi
✅ Matematika
✅ Arxitektura
✅ Koreys tili
✅ Ingliz tili
✅ Rus tili
✅ Arab tili
✅ Pedagogika va Psixalogiya
✅ Boshlangich taʼlim
✅ Maktabgacha taʼlim
✅ Turizim
✅ Tarix
✅ Sport faoliyati va Jismoniy madaniyat

🏛 O'zingiz xohlagan viloyatda Oliy Ta'lim Muassasalarida o'qishingiz mumkin!

❗️Hoziroq siz ham ushbu imkoniyatlardan foydalanib istalgan universitetga hujjat topshirishingiz mumkin!

👨🏻‍💻Online murojaat:

📲+998979020086
📩@Qabul_admini

📲+998900364640
📩 @Qabulbulimi1

Yana bir yil vaqtingizni va pulingizni repititorlarga ketkazmang, bugunoq talaba bo'ling!

Читать полностью…

Ta’lim Live

2024-yil — "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilindi.

© Shavkat Mirziyoyev

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️“Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi mumkin, u OTMga kirishda imtiyoz beradi

Mudofaa vazirligi taklifi bilan 11-sinfda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar uchun “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi kutilmoqda. Nishon harbiy OTMlarga kirishda qo‘shimcha 3 ball beradi.

22-dekabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi taklifi bilan Vazirlar Mahkamasining “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishonini ta’sis etish bo‘yicha qarori muhokamaga qo‘yildi.

Ko‘krak nishoni bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan musobaqa g‘olibi bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfida o‘qiydigan o‘g‘il bolalar mukofotlanadi.

U bilan taqdirlanganlarga 2 yil mobaynida amal qiladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:

➖oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida qo‘shimcha 3 ball;

➖birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqirilish (harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan hamda chaqiruv muddatlarini kechiktirish va chaqiruvdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda).

Nishon har yili 30-iyun — “Yoshlar kuni”da g‘oliblarga tantanali ravishda topshiriladi.

Qaror muhokamasi 2024-yil 6-yanvargacha davom etadi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️2024-yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi

Prezident farmoni bilan 2024-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi.

Barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar):

22-mart – juma;
11-aprel – payshanba;
18-iyun – seshanba;
3-sentyabr – seshanba;
31-dekabr – seshanba.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

2-yanvar – seshanba;
23-mart – shanba;
12-aprel – juma;
31-avgust – shanba;
30-dekabr – dushanba.

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchiriladi:

6-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – seshanba kuniga;
13-aprel – shanba kunidan 12-aprel – juma kuniga;
14-dekabr – shanba kunidan 30-dekabr – dushanba kuniga.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

#tezkor

⚡️Rasman: O'qishni koʻchirish jarayonlari boshlandi

Hududiy ishchi guruhlar 2022-yilning 20-dekabridan 2023-yilning 20-yanvar kuniga qadar (oʻsha kuni ham) faoliyat koʻrsatadi.

Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun;
davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

🗂 Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

➖ oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

#hemis

⚡️HEMIS dasturi asosida faoliyat yurituvchi nodavlat OTMlar ro'yxati (17.12.2023 holatiga)

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, barcha nodavlat oliygohlar (xususiy, xorijiy) HEMIS dasturiga o'tish majburiyati yuklandi. Dasturga kiritilmagan talabalarga esa diplom berilmaydi.

Ushbu faylda 17-dekabr holatiga ko'ra, HEMIS dasturi kirib borgan respublika hududida tegishli litsenziya asosida faoliyat yurituvchi nodavlat (xususiy, xorijiy) OTMlar ro'yxati keltirilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️A.Toshqulov TERDUda tozalash ishlarini boshlagan

Termiz davlat universiteti rektorligiga qaytgan Prezident maslahatchisi sobiq oʻrinbosari A.Toshqulov OTMda tozalash ishlarini boshlagan.

Xususan, TERDU Yuridik fakultet dekani, dekan oʻrinbosarlari va kafedra mudirlari, shuningdek, ayrim oʻqituvchilar lavozimlaridan ozod etilgan. Baʼzi oʻqituvchilarga hayfsan hamda ogohlantirish intizomiy jazosi qoʻllanilgan.

Universitetning Telegram kanaliga koʻra, rektor darslarni shaxsan kuzatib borgan va talabalardan anonim soʻrovnoma olib, barchaga baho bergan.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

QANDAY?

2022-yil 14-yanvar — Karantin
2023-yil 14-yanvar — Anomal sovuq
2024-yil 14-yanvar — Yakshanba...
2022-yil 14-yanvar — ?

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Aloqabankda imtiyozli taʼlim kredit ajratish davom etmoqda

Imtiyozli taʼlim kredit ajratish deyarli barcha banklarda vaqtinchalik toʻxtatilgan.

Aloqabankda imtiyozli taʼlim krediti ajratish davom etmoqda. Faqatgina, bankning Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyati filiallarida vaqtinchalik toʻxtatilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

Читать полностью…

Ta’lim Live

⚡️Xorazmda talaba pnevmoniyadan vafot etdi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabasi pnevmoniyadan vafot etdi. 20 yoshli yigit kasallikka chalinganiga bir hafta bo‘lgan. U shifokorlar yordamiga qaramay, o‘z uyida vafot etgan.

2-dekabr kuni soat 12:00 atrofida Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabasi o‘tkir zotiljam (pnevmoniya)dan vafot etdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oliygohning Davolash fakulteti 1-bosqich 112 «B» guruh talabasi bo‘lgan A.A. pnevmoniya asoratlari boshlaganidan buyon davo choralarini ko‘rib kelgan. Ammo shanba kuni tez tibbiy yordam shifokorlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, vafot etgan.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live

Читать полностью…
Подписаться на канал