⚡️Andijon davlat universitetida qariyb 40 mlrd so‘m naqd pul talon-toroj qilingan
Hisob palatasining yagona “Masofaviy nazorat” markazi tahlillari asosida aniqlashicha, Andijon davlat universitetida jami 39,3 mlrd so‘m naqd pul mablag‘lari talon-toroj qilingan. Jumladan:
➖ kontrakt mablag‘lari hisobidan stipendiyasiz shaklda tahsil olgan 8 ming 761 nafar talabaga 25,1 mlrd so‘m ortiqcha stipendiya hisoblanib, to‘lov qaydnomalari soxtalashtirilgan;
➖ talabalar tomonidan to‘langan 9,3 mlrd so‘m to‘lov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;
➖ talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd so‘m rag‘batlantirish mablag‘lari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;
➖ byudjet mablag‘lari hisobidan 2 ming 226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 mlrd so‘m ortiqcha hisoblangan stipendiya o‘zlashtirilgan;
➖ talabalar yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 mln so‘mlik naqd pullar universitet hisob raqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy o‘zlashtirilgan;
➖ universitetga xizmat uyi xarid qilish uchun jismoniy shaxs bilan 2,5 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzib, shundan 300 mln so‘mi noto‘g‘ri o‘tkazilgan.
Aniqlangan noqonuniy o‘zlashtirilgan mablag‘lardan 5,1 mlrd so‘mi undirilishi taʼminlandi. Tekshirish yakuni bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘plami huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live
⚡️Karrupsiya oddiy xolga aylanmoqda!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “CITY DORMITORIES” MCHJ bilan 18-sentabr kuni 1 mlrd 30 mln so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzibdi.
Eng qizig‘i, ushbu firma shartnoma tuzilgan kuni, ya’ni 18-sentabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ekan.
Tug‘ildi-yu shu on 1 mlrd 30 mln so‘mlik shartnoma tuzdi.
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar
➡️ @Talim_Live
Barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Boringizga shukur!
✅ @Talim_Live
⚡️Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?
JAVOB:
➖harbiy xizmatni oʻtash uchun;
➖salomatligini tiklash uchun;
➖homiladorlik va tugʻish uchun;
➖bolalarni parvarish qilish uchun;
➖oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.
〰️〰️〰️
SAVOL:
Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati qay tartibda ko‘rib chiqiladi?
JAVOB:
Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.
Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.
Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.
❌ Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.
❌ Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.
❌ Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
✅ @Talim_Live
⚡️Rasman: Oʻqishdan yiqilgan barcha abituriyentlar va "перевод" chilar imtihonsiz o'qishga qabul qilinadi
Joriy yilda kirish imtihonlaridan yiqilgan abituriyent va o'qishni ko'chirish istagida bo'lgan talabgorlar imtihonsiz Poytaxt markazida joylashgan Renaissance University talabasiga aylanishlari mumkin.
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari:
➖ Tarix
➖ Boshlang'ich ta'lim
➖ Menejmant (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
➖ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
➖ Logistika (tarmolar bo'yicha)
➖ Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoq va sohalar bo'yicha)
➖ Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili
➖ Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili
➖ Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili
Magirtratura ta'lim yo'nalishlari:
➖ Tarix
➖ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
➖ Axborot tizimlari (tarmoqlar bo'yicha)
💰Kontrakt narxlari 10 mln so'mdan boshlanadi.
🇺🇿 Ta'kidlash joizki, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, "Renaissance university" tomonidan berilgan diplomlar, davlat oliy ta'lim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.
☎️ Bog'lanish: 555002224
👉 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: bitly.ws/Vpro
📍 Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko’chasi, 18
📍 Namangan shahar, 5-kichik nohiya,
📝 Litsenziya: №-062370 08.02.2023
NTM «Renaissance University”
⚡️1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktabri etib belgilandi.
Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live
AQSHda senatorlar uchun majburiy forma tartibi bekor qilingandan keyingi holat.
@Talim_Live
⚡️Vazirlik quyidagi hollarda nodavlat oliygoh litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilishi mumkin:
➖ litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
➖ litsenziyalovchi organning litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
➖ litsenziat litsenziya talablari va shartlarini bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa.
➖ litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 80-sonli qarori
Qarorda litsenziyalovchi organ (vazirlik) qaysi hollarda litsenziyaning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilishi mumkinligi aniq qilib yozilgan.
❓Savol: sudga berilgan oliygohlardan birortasi ushbu bandlarning biriga tushadimi o'zi? Yoki Vazirlar Mahkamasi qaroriga vazirlik amal qilmaydimi?
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
⚡️“Oliy ta’limda kontrakt miqdorini davlat belgilamasligi kerak” — Otabek Bakirov
Iqtisodchi Otabek Bakirov Kun.uz'ga bergan intervyusida OTMlardagi to‘lov-kontrakt narxlari sun’iy ushlab turilishi salbiy oqibatlar tug‘dirishini ta’kidladi. Uning fikricha, uzoq muddat davomida bozordagi o‘zgarishlar, talab va taklif inobatga olinmasa, tartibga solinadigan segmentda salbiy oqibatlar paydo bo‘ladi. “Bu faqat oliy ta’lim bilan bog‘liq holat emas. Deylik, siz uzoq vaqt bug‘doy narxlarini ushlab tursangiz, bozorda yo bug‘doy defitsiti, yoki sifat pasayishi yuzaga keladi”, – deydi u.
📹 TO‘LIQ VIDЕO
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live
⚡️Xususiy oliygoh vazirlikni sudda yutib chiqdi
Xabaringiz bor, Valley innovative university litsenziyasini bekor qilish bo'yicha tumanlararo iqtisodiy sudga murojaat qilingan va vazirlikning davosi qanoatlantirilgan edi.
Sud qarori kuchga kirmagan bo'lsa ham buyuk vazirlik tomonidan noto'g'ri bayonot e'lon qilingan edi. Ushbu nodavlat oliy taʼlim tashkiloti sud qarori yuzasidan apelyatsiyaga berib, sudda yutib chiqdi.
Lekin, shoshgan vazirlik o'zining bayonoti bilan sudlanuvchining ishchanlik va obro'chanligiga qasddan putur yetkazib, xususiy oliygohlarga dushman ekanligini ochiqchasiga ovoza qilmoqda.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
⚡️Ta'lim krediti olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin
Taʼlim kreditini olish jarayoni endi yanada osonlashdi o‘rtoqlar! Endilikda kreditga ariza berish uchun Talim-krediti.uz maxsus platformasiga kirib ariza yuborsangiz bo‘ldi. Bankka bormasdan kreditga ariza yuborishingiz mumkin.
Buning uchun:
☑️ Kreditga ariza yuborishda arizachi:
• pasporti yoki ID raqami;
• Tug‘ilgan sanasi(kun, oy va yil);
• FISH kiritiladi.
☑️ Manzil:
— Manzilingiz(viloyat tuman mahalla ko‘cha/xonadon raqami va telefon raqami kiritiladi;
☑️ Kredit maʼlumotlari:
— Yaʼni taʼlim shakli, oliy taʼlim muassasasi maʼlumotlari, moliyalashtiruvchi bank manzili, kontrakt summasi va garov turi kiritiladi.
☑️ Kredit olish jarayoni quyidagicha:
● Onlayn ariza qoldirish;
● Arizani ko‘rib chiqish;
● Hujjatlarni rasmiylashtirish;
● Kredit ajratish.
Ariza yuborish uchun 👉 BU YERNI 👈 bosing.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
⚡️Rasman: Super-kontraktning bir qancha turlariga ruxsat berildi
👉 talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;
👉 ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi.
Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.
✔️ Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham1-o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
✅ @Talim_Live
⚡️Hududlar kesimida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari
2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilildi.
🗺 Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
➖ Qashqadaryo viloyati — 20 759 nafar;
➖ Samarqand viloyati — 20 421 nafar;
➖ Farg‘ona viloyati — 18 822 nafar;
➖ Toshkent viloyati — 15 347 nafar;
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 14 428 nafar.
📊 OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
➖ Buxoro viloyati — 28,32 %;
➖ Navoiy viloyati — 24,03 %;
➖ Xorazm viloyati — 23,95 %;
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22,84 %;
➖ Toshkent shahri — 22,18 %.
📈 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha bali 99 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
➖ Buxoro viloyati — 107,3 ball;
➖ Toshkent shahri — 105,2 ball;
➖ Farg‘ona viloyati — 104,1 ball;
➖ Namangan viloyati — 101,2 ball;
➖ Xorazm viloyati — 100,0 ball.
⬆️ To‘liq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
✅ @Talim_Live
⚡️ "Superkontrakt" uchun banklar davlat imtiyozli taʼlim krediti bermaydi.
Tijorat banklari oʻz imkoniyatlariga koʻra tijoriy taʼlim kreditlari berishi mumkin.
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live
⚡️Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)
Mazkur faylda 2023/2024 o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.
Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.
➡️ ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Jonim senga fido, O’zbe… iye, Green Card ochildimi?
Rasman Green Card uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Surish istagida bo‘lganlarga omad tilaymiz. Ha aytgacha, o‘yinda ishtirok etish mutlaqo bepul, joriy yildan yashil pasportda ham o‘ynasa bo‘ladi.
Sayt: https://dvprogram.state.gov
Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live
Oʻqituvchilar oyligini $1000 ga yetkazish haqida gapiryapmiz. Ha, oʻzini oyliginiyam ololmayapti-yu...
Bechora oʻqituvchi, endi oʻz peshona teri bilan ishlab topgan oyligini olish uchun vodokanalni, elektrosetni, raygazni ishiniyam qilishi kerak...
"Bayram tugadi hurmatlilar", - deb yomoqda Rais Buva
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
✅ @Talim_Live
⚡️Portlash oqibatida maktab o'quvchisi vafot etdi
Sergelidagi portlash natijasida 15 yoshli bolaning boshiga rom tushib ketishi oqibatida vafot etgan. U tumandagi 305-sonli maktab o‘quvchisi bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, bugun tunda soat 02:43 atrofida Sergelida tadbirkorlik subyektiga tegishli binoda kuchli portlash sodir bo'ldi.
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live
📢 Buxoro shahridagi Osiyo Xalqaro Universitetida qabul jarayonining so’ngi haftasi!
✅ Osiyo Xalqaro Universiteti talaba bo'lish istagidagi abituriyentlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. Oliygohda umumiy 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlari mavjud.
❗️Eslatib o'tamiz universitetda qabul va imtihon jarayonlari 30-sentabrgacha davom etadi!
👉Ro'yxatdan o'tish uchun: qabul.oxu.uz
Osiyo Xalqaro Universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi!
📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
Telegram | Instagram | Facebook
O‘zbek lotin alifbosiga o‘zgartirish kiritilayotgan ekan
Aslida faqat 3ta harf o‘zgarsa, xalq uchun yengillik bo‘lardi:
Sh harfi - W
Ch harfi - 4
O‘ harfi - 6
Siz nima deysiz? 😅
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live
Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan imtiyozi mavjud abituriyentlarni talabalikka tavsiya etish bo'yicha qaror qabul qilindi
Unga ko‘ra, Prezident, Ijod, Abu ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari davlat oliy taʼlim muassasalariga umumiy qabul kvotasidan tashqari qoʻshimcha kvotalar asosida talabalikka tavsiya etildi.
@Talim_Live
‼️ ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
✅ DTM BALLINGIZ BILAN SIZ
“PERFECT UNIVERSITY” TALABASISIZ!
🎓 BAKALAVRIAT YO'NALISHLARIGA
KUNDUZGI, KECHKI VA SIRTQI TA'LIM SHAKLLARIGA QABUL DAVOM ETMOQDA!
DTM ball bilan ro'yxatdan o'tish:
dtm.perfectuniversity.uz
uzbmb.perfectuniversity.uz
Onlayn hujjat topshirish:
qabul.perfectuniversity.uz
O’qishni ko’chirish:
transfer.perfectuniversity.uz
🚀Telegram| 📷Instagram
🔵Facebook|🎬perfectuniversity4471">YouTube|
🌐 Web sayt| 🌀perfect.university">Threads
☎️ 55-500-02-50
@perfect_call_center
1-bino 41.3522904,69.3299524,18z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.3522778!4d69.3300556">Lokatsiyasi
2-bino Lokatsiyasi
📢 Buxoro shahridagi Osiyo Xalqaro Universitetida UzBMB (DTM) natijangiz bilan talaba bo'ling!
✅ Osiyo Xalqaro Universiteti talaba bo'lish istagidagi abituriyentlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. Oliygohda umumiy 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlari mavjud.
📈 UzBMB imtihonlarida yaxshi natijaga ega bo'lgan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz o'qishga qabul qilinadi.
❗️Eslatib o'tamiz universitetda imtihon jarayonlari davom etmoqda!
👍 Ro'yxatdan o'tish uchun: qabul.oxu.uz
Osiyo Xalqaro Universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi!
📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
🌐 Onlayn bog'lanish:
1-operator
2-operator
Telegram | Instagram | FacebookTa’lim reklamasi
⚡️Namangan Xalqaro Universitetiga vazirlik tomonidan qasddan "axborot xuruji" uyushtirilibdi (videofakt)
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kecha 12-sentabr sanasida soat 19:49da o'z tasarrufidagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalari telegram kanallariga bir vaqtning o'zida Namangan Xalqaro Universiteti nodavlat oliygohi litsenziyasi bekor qilingan haqida post "zakaznoy" uyushtirildi. (Videoda ko'rishingiz mumkin)
Vaholan-ki, jarayon hali sudda ko'rib chiqilayotgan hamda oliygoh tomonidan vazirlik hodimlarining xatti-harakatlarining qonuniyligi yuzasidan sudga da'vo arizasi kiritilgan bo'lgan.
Davlat oliygohi faollar zalining beton plitasi talabani bosib qolishi yoki qaysidir davlat universiteti talabasi kup-kunduzi kuni qotillik qurboni bo'lgani haqidagi xabarlarni yashirishni qoyillatgan vazirlik, nodavlat oliygohlarga qarshi axborot urushi e'lon qilgan ko'rinadi.
Vazirlik tomonidan davlat oliygohi TTJlarida talabalar qizlarning zo'rlanish holatlari yoki boshqa voqealiklar haqidayam shunday yashin tezligida axborot tarqatisha olisharmikin-a?
✍ 13.09.2023
✔️ @Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
⚡️Oliy ta'lim vazirligi xususiy oliygohlarga dushman ekanligini ochiqchasiga ovoza qilmoqdami?
Avvalombor, Acharya universitetining litsenziyasi yo’q degan tashkilot bugun unga litsenziya berganini e'lon qilmoqda!
Volley innovative universitetining huquqlarini qo'pol ravishda buzib, qonuniy kuchga kirmagan sud hal qiluv qarori bilan litsenziyasini bekor qilinganligini e'lon qildi. Vaholanki, sudning hal qiluv qarori kuchga kirmagan edi. Va nihoyat adolat qaror topib, Volley innovativ universiteti sudda Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligini yutib chiqdi.
Bugun ham Namxu MCHJga nisbatan hali qonuniy kuchga kirmagan sudning hal qiluv qarori asosida yana bir universitetning litsenziyasi bekor qilinganligini rasmiy bayonot sifatida bermoqda.
Vaholanki, ish apellatsiyada koʻrilmoqda!
Vazirlik oʻzidan ketib qolgan, shekilli, buni nazoratga oladigan, tadbirkorlarni himoya qiladigan tashkilot bormi???
Manba: @generalissimus_uzb
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
📢 Buxoro shahridagi Osiyo Xalqaro Universitetida UzBMB (DTM) natijangiz bilan talaba bo'ling!
✅ Osiyo Xalqaro Universiteti talaba bo'lish istagidagi abituriyentlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. Oliygohda umumiy 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlari mavjud.
📈 UzBMB imtihonlarida yaxshi natijaga ega bo'lgan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz o'qishga qabul qilinadi.
❗️ Eslatib o'tamiz universitetda imtihon jarayonlari davom etmoqda!
👍 Ro'yxatdan o'tish uchun: qabul.oxu.uz
🗂 Litsenziya: 047757-son (10.11.2022-yil)
Osiyo Xalqaro Universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi!
📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
🌐 Onlayn bog'lanish:
1-operator
2-operator
Telegram | Instagram | FacebookTa’lim reklamasi
#to‘lov_kontrakt
Ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi.
Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live
Osiyo Xalqaro Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda!
Universitetimizdagi 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlaridan birida sifatli ta'lim olishingiz mumkin.
Batafsil ma'lumotlar bu yerda 🔻
📌 Yo'nalishlar, kontrakt narxlari va ta'lim shakllari bilan tanishing
✔️ 3 xil turdagi ta'lim shakllari: Kunduzgi, kechki va sirtqi
✔️ O'zbek va rus tillaridan birida ta'lim olish
✔️ Kontrakt to'lovlarini 3 ga bo'lib to'lash imkoniyati
✔️ Xalqaro darajadagi bilim va amaliyot jarayonlari
✔️ Davlat, nodavlat va xorijiy universitetlardan o'qishni ko'chirish imkoniyati
Universitetda imtihonlar davom etmoqda. Keyingi imtihonlarda qatnashish uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting: qabul.oxu.uz
Osiyo Xalqaro Universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi!
📞 Qo'shimcha ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Rasman: Kontraktdagi talabalar uchun to‘lov-shartnoma berilishi boshlandi
Bugundan boshlab kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.
Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.
Demak, endi talabalar bemalol to‘lov-shartnomani olgach, banklardan taʼlim krediti olish uchun ariza berishlari mumkin.
❗️ESLATMA: quyidagilar uchun hozircha shartnoma berish boshlanmadi:
• magistraturaga kirganlar;
• super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar;
• “perevod”da o‘tish balini olib, o‘qishini ko‘chirganlar;
• “perevod”da o‘tish balini to‘play olmasdan, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar.
Ushbu toifa vakillari uchun ham tez orada shartnoma olish imkoniyati paydo bo‘ladi, hozirda tegishli texnik ishlar ketmoqda.
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live
⚡️2023-yilgi super-kontrakt miqdorlari
Ushbu miqdorlarni mana bu yerdagi bazaviy kontrakt summasiga ko'paytirgan holda super-kontrakt qancha bo'lishini hisoblash mumkin.
Eslatma: yuqoridagi faylda ko'rsatilgan miqdorlar 56,7 balldan ko'p to'plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o'qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli.
Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live