talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

📌 Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi

📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.

👨‍💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.

📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.

🕊TalabaYoshlar◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

Woman Card bilan yangi imkoniyatlar

Endi Woman Card kartalari orqali har bir xaridingizdan 0,5% keshbekni pul ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartangizga olasiz. Kartalarni Ipak Yuli Bank bo‘limlarida yoki Ipak Yuli Mobile ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin.

Sinab koʻrish

#reklama 16+
ru.ipakyulibank.uz

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

Yangi o'quv yiliga tayyormisiz?

💻 📱 Smartfonlar, planshetlar, noutbuklar va oʻqish uchun kerakli texnika va aksessuarlar BeeMarket’da!

BeeMarket bilan yangi o'quv yiliga unumli tayyorlaning ✅

Sotib olish

#reklama
market.beeline.uz

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

👩‍🎓 Talaba qizlarning kontrakt to‘lovi davlat hisobidan qoplab beriladi

Har yili har bir viloyatdan 150 nafar talaba xotin-qizning kontrakt to‘lovi mahalliy hokimliklar tomonidan qoplab beriladi.
Bu imkoniyat Prezident qarori asosida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ta’lim olishi uchun yaratilgan.

150 ta o‘rin qanday taqsimlanadi?
↪️40 ta o‘rin – 1-kurs talaba qizlari uchun;
↪️100 ta o‘rin – 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun.

Kimlar kontrakti qoplatilishi mumkin?
➡️kam ta’minlangan oilalarning qizlari – “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar;
➡️yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba qizlar;
➡️voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan, boquvchisini yo‘qotgan (beva) ayollarning qizlari.

Kimlarga tatbiq etilmaydi?
↪️ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tahsil olayotganlarga;
↪️O‘zbekistondagi xorijiy yoki nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotganlarga.

Demak, belgilangan mezonlarga mos keladigan talaba qizlar ariza topshirib, o‘qish kontraktini davlat hisobidan qoplatish imkoniyatiga ega.

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

Boshlash – tugatishning yarmidir.

Ko‘pincha bizni ushlab turgan narsa – qiyinchilik emas, balki boshlay olmaslikdir. Mukammal vaqtni kutamiz, ilhomni kutamiz… lekin haqiqat oddiy: har qanday natija – birinchi qadamdan boshlanadi.

Bugun boshlang. Kichikdan bo‘lsa ham. Masalan – 5 bet kitob o‘qishdan. Muhimi tez emas, muhim – davomiylik. Chunki katta o‘zgarishlar kichik odatlarning yig‘indisidir.

Ertaga osonroq bo‘lishini xohlasangiz – bugun boshlang.

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

🎓Birinchi kurslarni universitetdagi ilk haftada nimalar kutyapti?

Avvalo, yangi o‘quv yili ochilish tadbiri bilan birinchi kurs talabalari uchun tanishuv darslari boshlanadi. Talabalarga fakultet va yo‘nalishlari yuzasidan ma’lumotlar beriladi va guruhlarga tartiblanadi. Guruhlar uchun tutor (guruh rahbari) tayinlanadi va u bevosita talabalar bilan ishlaydi. Talaba savollari, takliflari va muammolari yuzasidan tutorga murojaat qilishi mumkin.

✔️Bundan tashqari, maktabdagi ayrim so‘zlar universitetda o‘zgaradi.

Maktabdagi 45 daqiqalik darslar 80 daqiqaga o‘zgaradi va fanlar ikkiga bo‘lib nazariy va amaliy shaklda olib boriladi. Nazariyadan va amaliydan ikkita o‘qituvchi dars berishi ham mumkin bu esa bitta fandan turli o‘qituvchilar qo‘lida dars olishingizni anglatadi.

‼️Faol bo‘ling: Faqat darslarga qatnashish yetarli emas. Universitetda turli xil klub, seminar va tadbirlarga qatnashing. Bu networking va tajriba orttirishga yordam beradi. Professorlar, hamkasblar va mutaxassislar bilan munosabatlar o‘rnatish sizning kelajakdagi karyerangiz uchun juda foydali bo‘lishi mumkin.

Ko‘p o‘qish va darslar orasida dam olish va sog‘lig‘ingizni unutmaslik muhim. Uyqu va dam olishga ham vaqt ajrating. Shuningdek, talabalikda noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida, oshqozon kasalliklariga duchor bo‘lishingiz mumkin. Buning oldini olish uchun to‘g‘ri va tartibli ovqatlanishni yo‘lga qo‘ying.

➡️Oliy ta’limda o‘qituvchilar faqat yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar. Sizdan o‘z ustingizda ishlash talab qilinadi, shuning uchun resurslardan unumli foydalanish va chuqur bilim olishga intiling. Til o‘rganing, chet tilini o‘rganishingiz orqali ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lasiz.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿Aziz vatandoshlar, Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

🇺🇿Jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz ruhi hamisha baland, xonadonlaringizda esa tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, farovonlik va fayzu-baraka hamroh bo‘lsin!

Vatan ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz.

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

#Mustaqillikning_35_yilligi

Prezident tabrigidan: ta’lim va ilm-fanga oid muhim fikrlar


🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🎗 Kelgusi yillarda bilim va malakani mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan milliy dastur amalga oshiriladi.

🎗 Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi. Yoshlarga yuqori daromadli kasblarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 million nafarga yetkaziladi.

🎗 Yangi Toshkentda Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va O‘zbekiston milliy kutubxonasining yangi binolari ishga tushirilgani, ushbu hudud kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylanishi qayd etilgan.

🎗 Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmasligi maqsad qilingan.

🎗 Kelgusida kamida 10 ta universitetni dunyoning TOP-1000 talik reytingiga kiritish katta marra sifatida belgilandi.

🎗 Oliy ta’limda o‘qish uchun qulay sharoitlarning kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi.

🎗 Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi sifatida qayd etildi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat demakdir.

🎗 Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilanmoqda.

🎗 IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.

🎗 O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili esa raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim.

🎗 Dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarur.

🎗 Shu bois ta’limga sifat va mazmun olib kirish, muallimning obro‘-e’tiborini yuksaltirish va uning daromadini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.

🎗 Prezident yoshlarni “Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari” deb atab, ularni oldinga intilish va doimiy izlanishdan to‘xtamaslikka chaqirdi.

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

#natija #oʻqishnikoʻchirish

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!

Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.

✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.

O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

⚡️Qaysi banklardan imtiyozli ta'lim krediti olsa bo'ladi?

Taʼlim krediti axborot tizimida (talim-krediti.mf.uz) taʼlim kreditini ushbu banklar orqali rasmiylashtirish mumkinligi koʻrsatilgan.

Kredit shartlari quyidagicha:
↪️Miqdori — Shartnoma asosida;
↪️Muddati — oʻqish davri + 7.5 yil;
↪️Foiz stavkasi — 14% (xotin-qizlar uchun 0%);

Kredit miqdori:
➡️Birinchi kurs talabalari uchun - toʻlov-shartnoma summasi;
➡️Ikkinchi va yuqori kurs talabalari uchun: fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichidan kelib chiqib belgilanadi.

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

👨‍🎓 O’zbekistonga kelayotgan xorijlik talabalarning 2/3 qismi tibbiyot yo’nalishida o’qimoqda

Ayni paytda O‘zbekistonda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan kelgan 24 ming 647 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning eng katta qismi quyidagi davlatlar fuqarolari:

🇮🇳Hindiston – 13 ming 60 nafar;
🇹🇲Turkmaniston – 4 ming 884 nafar;
🇵🇰Pokiston – 1 mimg 165 nafar;
🇰🇿Qozog‘iston – 1 ming 129 nafar.

👩‍⚕️ Xorijlik talabalar orasida eng ommabop yo‘nalish tibbiyot bo’lib, ushbu yo‘nalishda 16 ming 476 nafar chet ellik talaba yoki xorijlik talabalar kontingentining qariyb 67 foizini qamrab olgan.

Eng ko‘p xorijlik talabalar o’qiyotgan oliygohlar:

↪️Toshkent davlat tibbiyot universiteti – 4 ming 155 nafar;
↪️Samarqand davlat tibbiyot universiteti – 4 ming 153 nafar;
↪️TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti – 2 ming 886 nafar;
↪️Buxoro davlat tibbiyot instituti – 2 ming 178 nafar;
↪️O‘zbekiston Milliy universiteti – 1 ming 917 nafar.

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

📢Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi

☝️Mazkur tartib poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda yoʻllardagi yuklamani kamaytirish hamda taʼlim jarayonini yanada maqbul tashkil etishga qaratilgan.

☑️Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonida Toshkent shahridagi oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, pedagoglar hamda talabalar mazkur tartibni inobatga olishlari soʻraladi.

☝️Eslatib oʻtamiz, mazkur tartib 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi smenasidagi oʻquv mashgʻulotlariga taalluqlidir.

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.

📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.

Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet;
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;

“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;

🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

📌 Masofaviy taʼlim shaklida oʻqish tartibi qanday?

Hukumatning 2022-yil 3-oktyabrdagi 559-son qaroriga ko‘ra, oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli joriy etilgan. Mazkur shakl bo‘yicha o‘qitish va bilim baholash jarayonlari to‘liq raqamli platformalar orqali olib boriladi.

📌Masofaviy ta’lim faqat kunduzgi ta’lim shaklida mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari asosida tashkil etiladi. Bunda bir yo‘nalishga qabul qilinadigan talabalar soni bakalavriat uchun 300 nafardan, magistratura uchun 30 nafardan oshmasligi kerak.

☑️2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlangan.

🗓 Masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘qish davomiyligi kunduzgi ta’lim shakli bilan bir xil davomiylikda olib boriladi.

Masofaviy ta’limda o‘quv mashg‘ulotlari sinxron (real vaqt rejimida) va asinxron (oldindan yozib olingan) shakllarda olib boriladi.

Yakuniy nazorat turlari, davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi himoyasi esa an’anaviy, ya’ni yuzma-yuz shaklda o‘tkaziladi.

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

O‘qishga kira olmay, siqilib yurganlarga maslahat.

Barak Obama 45 yoshida prezident bo‘lgan, Donald Tramp esa 70 yoshida prezidentlikka saylangan. Tatum O‘Nil 10 yoshida Oskarni qo‘lga kiritgan. Jeyms Plemons esa 94 yoshida... Bill Geyts 20 yoshida Microsoft kompaniyasiga asos solgan, Polkovnik Sanders esa 65 yoshida KFCni ochgan. Mark Sukerberg 23 yoshida milliarder bo‘lgan, Uorren Baffet esa 56 yoshida...

Bu bilan nima demoqchiman? Hech qachon biror natijani qo‘lga kiritishga shoshilmang. Mavlono Jaloliddin Rumiy aytganidek: “Na gul vaqtidan avval ochiladi, na quyosh vaqtidan erta chiqadi. Kutgin! Seniki bo‘lgan narsa, albatta, senga keladi.”

Asosiysi, harakatdan to‘xtamang!

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

#SavolJavob

🎓Ta’lim krediti: talabalardan eng ko‘p berilgan savollarga javob

Ta’lim krediti bo‘yicha ko‘p kelib tushayotgan savollarni bir joyga jamladik. 👇

Ta’lim krediti kimlarga beriladi?

1-kurs talabasi qancha miqdorda ta’lim krediti olishi mumkin?

2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun kredit miqdori qancha?

Ta’lim krediti qaysi ta’lim shakllariga beriladi?

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun ta’lim krediti olish mumkinmi?

Qaysi ta’lim tashkilotlari talabalari
ta’lim krediti olishi mumkin?

🕊TalabaYoshlar◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

📚 O‘qish – boshlanish, natija esa amalda

O‘qish – bu yo‘lning boshlanishi, birinchi qadam. Lekin haqiqiy o‘zgarish o‘qiganingizni uqib, amalda qo‘llaganingizda boshlanadi.

Sahifalarni varaqlash oson. Bilimni hayotga tatbiq qilish esa – haqiqiy mehnat. Shunchaki rohatlanish uchun o‘qish ba’zan foydasiz, hatto zararli ham bo‘lishi mumkin. Chunki u sizni harakatdan ko‘ra, faqat hissiyot bilan cheklab qo‘yadi.

Asl o‘qish – bu maqsadli o‘qish:
↪️nimanidir tushunish
↪️o‘zingizni o‘zgartirish
↪️va natijada foyda olish

🕊TalabaYoshlar◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

#mandat #magistratura #qabul2026

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi

2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

🕊TalabaYoshlar◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

50 mln edi. Endi 100 mln bo'ldi

Ipak Yuli Bank'ning yanada kuchaytirilgan «Imkoniyatlar kartasi» kredit kartasini qarshi oling.⚡
Xaridlarda ko'proq erkinlik. Har qanday vaziyatda ko'proq ishonch.
Kartangizga o'z pulingizni qo'yib oddiy karta kabi ishlating. Agar yetarli bo'lmasa — kredit limitidan foydalaning.
Kreditdan foydalanmasangiz — hech narsa to'lamaysiz. Agar sarflagan summani 55 kun ichida qaytarsangiz — ortiqcha to'lovlar ham bo'lmaydi.
Har bir to'lovdan 0,5% keshbek olasiz — O'zbekistonda ham, chet elda ham.

Ipak Yuli Mobile ilovasida bepul rasmiylashtiring va kerak bo'lganda foydalaning.
Hammasi oddiy

Batafsil

#reklama 16+
ru.ipakyulibank.uz

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

Telegram'dagi mijoz olib keladigan reklama

Aniq target, kampaniya analitikasi va premium auditoriya. Sizning reklamangizni eng faol va qiziqqan auditoriya koʻradi, byudjetingiz esa natija uchun ishlaydi.

Sinab koʻrish

#reklama 16+
yandex.uz

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

Pepsi bilan lazzatli

O‘zbekistonliklarning 58,7 foizi PEPSI’ni tanladi! Demak, milliy taomlar PEPSI bilan lazzatli!

Batafsil

#reklama
instagram.com

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

Dollarlarni yostiq ostida saqlayapsizmi? Katta xato!

Yillik 6% gacha daromad beruvchi 2 yil muddatga valyutada omonat
Ipak Yuli Bank’ning 17 ta filialidan istalganida oching.
Batafsil ipakyulibank.uz saytida

✅Omonatlar qaytarilishi kafolatlangan
Omonatlarni Kafolatlash Agentligi bank tizimi barqarorligini ta’minlash bilan birga, aholining 200 million so‘mgacha bo‘lgan omonatlarini qaytarish kafolati hisoblanadi.

Saytga kirish

#reklama
ipakyulibank.uz

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

1500+ aʼzoga ega Telegram kanal bilan daromad

Yandex Reklama tarmogʻida monetizatsiyani yoqsangiz, Telegram kanalingiz daromad keltira boshlaydi

Batafsil

#reklama 16+
partner.yandex.com

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

Formula 1 Qatar Airways Azerbaijan Grand Prix 2026

Sting xarid qiling, chekdagi QR-kodni orqali ro‘yxatdan o‘tkazing va Formula 1 Qatar Airways Azerbaijan Grand Prix 2026 poygasiga yo‘llanma o‘yinida ishtirok eting!⚡

Batafsil

#reklama 16+
qr.stingpromo.com

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

🤖 Pekinda robotlar o‘rtasida Jahon o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalardan chiqarilgan eng asosiy xulosa shu: ishtirokchilar istalgan paytda «o‘lib qolishi» mumkin bo‘lsa, sport yanada qiziqarli bo‘lar ekan.

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

📌 Talabalarga xushxabar:
2026-yil 1-sentyabrdan stipendiyalar oshadi


2026-yil 23-iyundagi PF-115-son Farmonga asosan 1-iyuldan pensiya va nafaqalar, 1-sentyabrdan ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshadi.

📌Abituriyentlar eslatma!
Bugun, 28-avgust 6-ta’lim yo‘nalishini tanlashning oxirgi muddati. Soat 23:59 gacha ulgurib qoling!

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

📵 Qanday qilib ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlashib, shaxsiy rivojlanishga qaytish mumkin?

Ijtimoiy tarmoqlar ko‘pincha vaqtni sezilmaydigan darajada “yeb qo‘yadi”. Buni nazorat qilish esa to‘liq mumkin.

🌅1. Tongni telefonsiz boshlang – uyg‘ongach birinchi 1 soatni telefondan uzoqda o‘tkazing va kunni muhim ishlar bilan boshlang.

📵 2. Telefonni “zerikarli” qiling
– bildirishnomalarni o‘chiring, ilovalarni yashiring, rangsiz rejimdan foydalaning. Telefonni imkon qadar uzoqroq tuting.

3. Kichik detokslar qiling – avval 1-2 soat telefonsiz vaqt ajrating, keyin haftasiga 1 kunlik detoksga o‘ting.

🔁4. Mukofotni teskarisiga almashtiring – avval 45 daqiqa ish yoki o‘qish, keyin 15-20 daqiqa telefon. Ko‘pincha keyin telefonning o‘zi kerak bo‘lmay qoladi.

✍️ 5. Yozish odati – har kuni: “Bugun o‘zim uchun nima qildim?” deb 1-2 jumla yozing. Bu sizni o‘sishga undaydi.

Katta o‘zgarishlar kichik, lekin doimiy odatlardan boshlanadi. Bir hafta sinab ko‘ring – farqni o‘zingiz sezasiz.

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

#tezkor #kontrakt

⚡️Bakalavriatning 1-bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilganlar diqqatiga❗️

To‘lov shartnomasini olish uchun platforma orqali onlayn ariza yuborish davom etmoqda.

Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlanib,QR-kodli to‘lov-shartnoma shakllantiriladi. Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ariza yuborish bo‘yicha video yo‘riqnomani diqqat bilan ko‘rib, arizani tezroq yuboring!

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

🗣Ikki xil talaba

Universitetda ikki do‘st o‘qirdi: biri Sardor, biri esa Umid. Sardor doim hamma narsani oson yo‘l bilan qilishni xohlardi. Imtihon oldidan ko‘chirma izlar, vazifalarni boshqalardan nusxa olardi. Umid esa sekin o‘qirdi, tushunmaguncha qayta-qayta takrorlardi. Kursdoshlar Sardorni “chaqqon bola” deb maqtashardi. Umidni esa oddiy, sokin talaba deb bilishardi.

‼️Bir kuni universitetda katta loyiha tanlovi bo‘ldi. Sardor internetdan tayyor ish topib topshirdi. Umid esa bir necha hafta uxlamay o‘zi loyiha tayyorladi.

Natijalar chiqqan kuni hamma Sardorning nomini kutdi. Lekin sahnaga Umid chaqirildi. Professor uning ishini qo‘liga olib: – Bu yerda nafaqat bilim, balki mehnat ham bor, – dedi.

Sardor esa o‘sha payt boshini egib qoldi. Chunki u bir narsani tushundi: Qisqa yo‘l ba’zan insonni manzilga emas, uyatga olib boradi.

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…

Dolzarb 90 kun | Talaba-yoshlar

#SavolJavob #soʻragan_edingiz

Ta’lim krediti ololasizmi yoki yo‘q?

Ta’lim krediti olmoqchisiz, lekin shartlarga mos kelamanmi-yo‘qmi deb ikkilanayapsizmi?
Endi buni my.edu.uz platformasi orqali bir necha soniyada aniqlash imkoni bor!

Jarayon juda oddiy:
🔆 my.edu.uz saytiga kirasiz;
🔆 JSHSHIR (PINFL) raqamingizni kiritasiz;
🔆 Tizim ma’lumotlaringizni avtomatik tahlil qilib, ta’lim krediti talablariga qanchalik mosligingizni ko‘rsatib beradi.

🔗Imkoniyatingizni hoziroq my.edu.uz dan tekshiring

🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling

Читать полностью…
Subscribe to a channel