talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba-yoshlar

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba-yoshlar

#Abituriyent2025 #JavoblarVaraqasi

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

💾 Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

📊 Bugungi kunda oliygohlarda talabalarning 782 mingini (52,5%) xotin-qizlar tashkil etadi

🔝 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab, texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan 2.385 nafar xotin-qiz to‘liq davlat granti asosida o‘qishni boshladi.

🔝 Magistratura bosqichida o‘qishini davom ettirayotgan jami talabalar 37.839 nafar bo‘lib, shundan talaba-qizlar soni 23.628 nafar (62,44 foiz)ni tashkil qiladi.

🔝 2023/2024-o‘quv yilida 5.991 nafar magistr talaba xotin-qizlarga 60,3 mlrd. so‘m mablag‘ Davlat byudjeti hisobidan to‘lab berildi.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🏆 Eshitdingizmi? Toshkentdagi OTM rektorlari 3 ta sport turi bo‘yicha Vazir kubogi uchun kurashishdi.

Qaysi OTM rektori g‘olib bo‘lganini bilasizmi? Qani videoni ko‘ring-chi, siz o‘qiydigan OTM rektori balki shohsupada turgandir...

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#diqqat_diqqat

❗️Bugundan "Open byudjet" boshlandi, kimda kim ovoz berishga majburlasa ushbu 712000600 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling. Majburlaganlar jazolanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-117-son qarori 6-bandiga asosan, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bu majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.


✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🎨 Bir vaqtning o‘zida qo‘l va oyog‘i bilan 11 ta portret chizadigan musavvir haqida eshitganmisiz? U yaqinda "Manchester siti"ning murabbiy va futbolchilari rasmini ham chizgan edi.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#Internet_hazil
Vikipediya: – Men hamma narsani bilaman!
Google: – Men hamma narsani topaman!
Telegram: – Meni akkauntlarimga hech kim xavf sola olmaydi!
Internet: – Mensiz sizlar hech narsasiz!
Elektr energiyasi:BAS QILING, AHMOQLAR!

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🌸Aziz ayollar, opa-singillar va qadrli qizlar!

Sizlarni bahorning eng go‘zal ayyomi –
🔠🔠🔠🔠🔠🔠— Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

🎀Sizlarning go‘zalligingiz, mehribonligingiz va donoligingiz hayotga fayz bag‘ishlaydi. Har kuningiz quvonchga to‘lsin, qalbingizda doimo baxt nuri porlasin! Yangi marralar, orzularingizning ro‘yobga chiqishi va bardavom muvaffaqiyatlar tilaymiz!

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

RAMAZON TAQVIMI-2025
(Toshkent vaqti bilan)

📕 «Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo‘lsangiz.» (Baqara surasi, 183-oyat).


🤲
SAHARLIK DUOSI

Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar.


Ramazon oyining ro‘zasini xolis Alloh uchun subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Alloh buyukdir.

🤲 IFTORLIK DUOSI

Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’layka tavakkaltu va a’la rizqika aftortu, fag‘firliy ya G‘offaru ma qoddamtu va ma axxortu.
Allohim, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Yo gunohlarni kechiruvchi Zot, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgin.

Manba: O’zbekiston musulmonlari idorasi

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#Bilasizmi

➡️Talaba (arab.— izlovchi, oʻrganuvchi), student (lot. studens — qunt bilan ishlovchi, shugʻullanuvchi) — Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurti, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa ayrim mamlakatlarda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurti oʻquvchisi.

🖋Turkistonda islom dini yoyilgach (VII— VIII asr), boshlangʻich maktabdan soʻng bilim olish bilan mashgʻul boʻlgan har bir kishi talaba hisoblangan. Madrasalar paydo boʻlgan X asrlardan ularda tahsil olayotgan kishilargina talaba deyila boshlagan. Yevropada XI—XIII asrlarda universitetlar tashkil topgandan soʻng , ularda faoliyat koʻrsatadigan har bir odam, yaʼni saboq beruvchi ham, saboq oluvchi ham student deb atalgan. Keyinchalik universitetlarda oʻqituvchilar uchun magistr, professor va boshqa ilmiy unvonlar joriy etilgach, faqat saboq oladigan kishilargina student deb yuritiladigan bo'lgan.

📌Talaba har bir mamlakatning ijtimoiy jihatdan eng faol, harakatchan, jonkuyar qismi hisoblanadi. Bevosita ilm-fanni oʻzlashtirish bilan mashgʻulliklari uchun talabalar jamiyatning intellektual ilgʻor qatlami sanaladi. Shuning uchun ham talabalarning chuqur kasbiy hamda maʼnaviy axloqiy tayyorgarlikka ega boʻlishiga katta eʼtibor qilinadi.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

❓Eng katta raqamlar nomlarini bilasizmi?

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#ramazon_kundaligi

🌙Onlayn Ramazon kundaligi orqali muborak oyda qilgan amallaringizni oson sarhisob qiling!

🌙Ramazon kundaligining BEPUL imkoniyatlari:

🔸1) Har bir hududning Ramazon taqvimi;
🔸2) Ramazonga oid savol-javoblar;
🔸3) Ramazonga oid muhim tavsiyalar;
🔸4) Kundalik vazifalar eslatmasi.

🌙Premium versiyadagi imkoniyatlar:

🔹1) Ramazon ro‘za hisobi: tutilgan yoki tutilmagan;
🔹2) Besh vaqt namoz hisobi: o‘qilgan, qazo yoki o‘qilmagan;
🔹3) Kunlik zikrlarni avtomatik hisoblash;
🔹4) Qilgan savobli amallaringiz hisobi;
🔹5) Ramazon oyidagi foydali 30 amallar.

Shuningdek, Ramazon oyida qilingan barcha amallaringizni istalgan vaqtda sarhisob qilish va 30 kunlik g‘animat kunlarni savobli amallar bilan o‘tkazish imkoniyati!

❗️Ramazon kundaligi premium narxi atigi 49.000 so‘m emas!
✅ Chegirmada 30.000 so‘m
.

Ramazon kundaligidan foydalanish👇
➡️ /channel/Ramazon30bot?start=617368228
➡️ /channel/Ramazon30bot?start=617368228

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#Bilasizmi

🏢Universitet (olmoncha Universität soʻzidan, u esa oʻz navbatida lotincha universitas magistrorum et scholarium — “oʻqituvchilar va olimlar jamoati” iborasidan kelib chiqqan) — fundamental va amaliy fanlar oʻqitilib, mutaxassislar tayyorlanadigan oliy taʼlim muаssаsаsidir.

Odatda, ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib boradi. Bugungi kundagi universitetlarning aksariyati oʻquv-ilmiy-amaliy majmualar sifatida faoliyat yuritishadi.

📌Universitet musulmon Sharqida oliy Madrasa yoki Madrasai oliya (qis. Madrasa) nomiga toʻgʻri keladi. Yaqin Sharq mamlakatlarida dorilfunun deb ataladi.

▶️Dastlabki universitetlar:
➡️Italiya: Bolonya (11-asr), Salerno (12-asr oxirlari);
➡️Fransiya: Parij (1215), Monpelye (1289);
➡️Buyuk Britaniya: Kembrij (1209), Oksford (12-asr 2-yarmi);
➡️Ispaniya: Salamanka (1218);
➡️Portugaliya: Lissabon (1290) shaharlarida paydo boʻldi.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#yaxshi_kayfiyat

▶️Talaba bu — o‘z kvartirasida faqat garoh-makaron ichib, qizini qimmat restoran, kafelarda ovqatlantira oladigan “JENTELMEN”.

▶️Talaba bu — hech bir fandan daftar tutmasa ham 100.000 so‘mlik sumka ko‘taradigan, ichida faqat avtobus uchun 2000 so‘m olib yurish uchun 120.000 so‘mga karman sotib oladigan “KRUTOY”.

▶️Talaba bu — 6 oy umuman dars qilmasdan, bir kecha-kunduzning ichida 6 oylik konspektni yozishga ulguradigan “PROFESSOR”.

▶️Talaba bu — shotida bir senti bo‘lmasa ham Iphone ko‘tarib yuradigan “BOYVACHCHA”.

▶️Talaba bu — darsda o‘tirib ham naushnikda qo‘shiq eshitib, ham konspekt qilib, ham telefonida netda o‘tiroladigan “SEZAR”.

▶️Talaba bu — atigi 500.000 so‘m stipendiya olish uchun 10.000.000 so‘m kontrakt to‘lay oladigan “MILLIONER”.

▶️Talaba bu — uydan futbolka-jinsida chiqib, dekanni yoniga oq ko‘ylak-galstukda kiradigan “INTELLIGENT”.

▶️Talaba bu — butikda 100$ ga ko‘rgan kiyimini bozordan 85.000 so‘mga tushirib ololadigan “BIZNESMEN”.

▶️Talaba bu - o‘zi 1000 so‘mlik pirashka yeb yurib, qizini tug‘ilgan kuniga 100 dona atirgul sovg‘a qila oladigan “ROMANTIK”.

😉Izohlarda davom ettirib, talaba doʻstlarimizga yuborib qoʻyamiz.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#qonunchilik_yangiliklari

🗣 OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi

“Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-61-son, 14.02.2025-y.) qabul qilindi.


💬Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko‘maklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi:
↪️o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;
↪️oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.

📌Bunda:

▶️salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
▶️tanlov g‘oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;
▶️individual kasbiy ta’lim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

✏️Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmagay, yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.


✍️14-fevral — shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🏢 DIQQAT - BEPUL IMTIHON!
👩‍🏫 BYUDJET asosida o’qish uchun bepul imtihon!

15 MART 10:00 da - Online shaklda imtihon bo'lib o'tadi!
Birdan ROSSIYANING nufuzli Universitetlariga BEPUL kirish imtihonlari bo’lib o’tadi.
Imihonda 77 ta yo’nalish bo’yicha 126 ta BYUDJET joylar tarqatib beriladi.
❗️IMTIHONLAR RUS TILIDA BO'LADI!

Imtihonda Bepul ishtirok etish uchun, Ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz shart!
Quyidagi tugmacha orqali ro'yxatdan o'tish mumkin:

Ro'yxatdan o'tish

Barcha savollar bo'yicha quyidagi telefon raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:
☎️ +998940031001

Telegram | Instagram | 🇷🇺Telegram

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Sizga bepul paynet yoki Pul kerakmi? 🤔

Har bir ovoz uchun 15.000 so‘m 💸

Pastagi ovoz berish tugmachasini bosing va Telegramdan ovoz bering. Rasmga olib
@OpenBudgetsUz profiliga yuboring ⚡️

👍 Ha, Ovoz Berdim
👎 Yo‘q, Ovoz Bermadim

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Ovoz bersangiz pul beramiz yoki paynet qilamiz deyilsa, bu majburlashga o‘tmaydi, stavka ko‘tarilishini kutgan yaxshi... O‘tgan safar 50 minggacha ko‘tarilgandi.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 26-martga qadar 3 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴“Yo‘qotganlarim va topganlarim” (Said Ahmad);
🔴“Mahmudxo‘ja Behbudiy” (Z.Abdirashidov);
🔴“Martin Iden” (Jek London).

Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128);
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smartfon (4/64).

“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smartfon (4/64).

🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

👍👍👍👍👍👍👍👍👍

⭐️Journal of Analytical Synergy and Scientific Horizon (JASSH) Respublika ilmiy jurnali orqali maqolangizni hamjamiyatga tadbiq eting.

ISSN: 3060-5261
Impact faktor: 9.9


Barcha yo’nalishdagi talabalar, magistr doktorant va tadqiqotchilar uchun qabul ochiq

🔎 JASSH jurnalining imtiyozlari:
Maqolalar tekshirib olinadi va xatolari bo'lsa, yordam beriladi.
Maqolalar OAK e’tirof etgan 20dan ortiq xalqaro ilmiy bazalarda indekslanadi
Maqola yozishni o’rgatish kursimiz ham bor 😊
Mualliflarga 2 kunda Sertifikat, PDF hamda DOI raqami beriladi

🗣Talablar: kamida 5 bet, annotatsiya va kalit so’zlar 3 tilda( asosiy text emas), foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

💕 Ta’kidlab o’tamiz, biz uchun sifat muhim, soxta va noqonuniy jurnallarga aldanmang💕

Qabul: 14-martgacha

➡️ Telegram kanalga ulanish🕊

🩶Batafsil ma’lumot uchun: @politolog_Jabborova

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

📚 Bilimli inson boy bo‘lishni emas, qanday boy bo‘lishni biladi!

Ko‘p o‘qish – yaxshi, lekin bilimni pulga aylantirish undan ham yaxshiroq!
Sayt yaratishni o‘rganib, internet orqali o‘z biznesingizni boshlash va daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ling!

💡 Nega bu sizga foydali?

✅ Kitob o‘qish bilan birga IT ko‘nikmalarga ham ega bo‘lasiz.
✅ O‘qish yoki ish bilan birga olib borish mumkin.
✅ Daromad cheklanmagan – qancha ishlab topish o‘zingizga bog‘liq!

📢 Bepul jonli treningda barchasini tushuntirib beramiz!
👉 Treningga qo‘shilish

📲 Telefon orqali ham tomosha qilish mumkin!
📖 Bilim – kuch, lekin uni to‘g‘ri ishlata bilganlar kuchliroq!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

📌 Xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari taklif etilmoqda.

Aysberg ↪️Muztog‘
Bruschatka ↪️Yo‘lg‘isht
Diskussiya ↪️ Bahs, munozara
Zona ↪️Hudud
Instrument ↪️ Ish quroli
Intensiv ↪️Jadal
Kamera ↪️ Bo‘lma
Konstruksiya ↪️Tuzilma
Koordinator ↪️ Muvofiqlashtiruvchi
Koridor ↪️ Yo‘lak
Lider ↪️ Yo‘lboshchi, yetakchi
Marshrut ↪️Yo‘nalish
Progress, progressiv ↪️ Ilg‘or, rivojlanish
Dostavka ↪️ Yetkazish
Probeg ↪️ Yurim
Set (ovqatlar seti bo‘yicha) ↪️ To‘plam
Oprava ↪️Ko‘zoynak bandi
Polik ↪️To‘shama
Balansirovka ↪️ Muvozanatlashtirish
Vnedorojnik↪️Yo‘ltanlamas
Chelenj ↪️ Chorlov
Navigator ↪️Yo‘llagich
Sеlfi ↪️ O‘zchekim
Svеtofor ↪️ Yo‘lchiroq
Ekspluatatsiya ↪️Foydalanish
Aksiya ↪️ Yalpi harakat
Kulеr ↪️ Suvlik
Kеshbеk ↪️Hadya-qaytim
Povеrbank ↪️Kuchlantirgich
Karving ↪️Meva bezakchiligi

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#bilasizmi ❗️

📌Davlat oliy taʼlim muassasalarida kontraktni boʻlib toʻlash quyidagicha belgilangan:

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:

— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ini 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:

1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:

— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha;
75% 1-aprelgacha;
— 100% 1-iyulgacha
(yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha) toʻlashlari lozim.

Xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha toʻlov amalga oshiriladi.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

📊Oʻqimishli davlatlar reytingi

🗣Janubiy Koreyada aholining deyarli 70 foizi oliy ta’limni tamomlagan, bu dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Kuchli uchlikka Kanada va Yaponiya 5 foizdan kam farq bilan kiradi.

📌Ta’lim darajasi yuqori 10 ta davlat quyidagicha:

↪️Janubiy Koreya – 69,29%
↪️Kanada – 66,36%
↪️Yaponiya – 64,81%
↪️Lyuksemburg – 63,12%
↪️Irlandiya – 62,88%
↪️Rossiya – 62,09%
↪️Litva – 57,48%
↪️Buyuk Britaniya – 57,47%
↪️Niderlandiya – 55,60%
↪️Norvegiya – 55,03%

➡️Visevoter tahlilchilari, shuningdek, yetakchi mamlakatlarda yaxshi moliyalashtirilgan ta’lim dasturlari, jahon darajasidagi universitetlar mavjudligi va ilmiy tadqiqotlarga e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar.

❗️Sizning-cha, O'zbekiston qachon ushbu reytingdan joy olishi mumkin?

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🎉 Ramazon oyi munosabati bilan "Vizier" kitoblar tanlovini e’lon qiladi!

Adabiyot va din tarixi durdonalari bo‘lmish 5 ta kitoblar to‘plamidan biriga ega bo‘lishni xohlaysizmi?

• 1-o‘rin — "Saodat Asri qissalari"
• 2-o‘rin — "Ikki dunyo saodati", doktor Oiz Qarniy;
• 3-o‘rin — "Qanday qilib do‘st ortirish va odamlarga taʼsir etish mumkin", Deyl Karnegi;
• 4-o‘rin — "Pul alifbosi", B. Shefer;
• 5-o‘rin — Bolajonlar uchun sarguzasht kitoblar to‘plami.


Tanlovda qatnashish juda oson:
↪️1. "Vizier" kanaliga obuna bo‘ling.
↪️2. Shu e’lonni 5 nafar do‘stingizga yoki 3 ta guruhga yuboring va skrinshotini shu post 👉 (bosing!) izohi ostida qoldiring.
↪️3. Skrinshot tagiga qatnashuvchi raqamini hisoblab, yozing.

📌 Tanlov natijalari 1-mart kuni jonli efirda aniqlanadi.

❗️Vaqtni o‘tkazmasdan joyingizni hoziroq band qiling! 👇

➡️ /channel/+LTCId_UbWYtjYWQy

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🗣 “Qishki perevod” natijalari e’lon qilindi! 

📌Prezidentning PQ-279-sonli qarori  7-bandiga muvofiq, 2 ta uzrli sabab asosida o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar arizalari ko‘rib chiqildi. 


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi OTMlarga 2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati tasdiqlandi.  

🔹 MUHIM: O‘qishini ko‘chirishga murojaat qilgan talabalar tegishli OTM mas’ullari bilan bog‘lanishlari yoki ularga shaxsan uchrashishlari so‘raladi. 

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#Eslatma

📌Nodavlat oliygohlar faoliyatini tartibga solish uchun kiritilgan oʻzgarishlar haqida muhim eslatmalar

↪️Hemis dasturida asosida faoliyat olib borish. Hemis dasturiga kiritilmagan talabalarga diplom berilmaydi;

↪️Kontrakt shartnomalari kontrakt.edu.uz sayti orqali berish. Taʼlim krediti faqat ushbu sayt orqali berilgan shartnomalar uchungina amal qiladi;

↪️Nodavlat oliygohlar yilda bir marotaba (iyun-sentabr oylarida) qabul jarayonlari amalga oshiradi xolos;

↪️Nodavlat oliygohlar 2025-oʻquv yilidan xohlagan miqdorida talaba qabul qila olmaydi. Kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar sonidan ortiq boshqa taʼlim shakllariga talabalarni qabul qilishi mumkin emas. Yaʼni kunduzgi = sirtqi+kechki+masofaviy;

↪️Nodavlat oliygohlar har 4 yilda kompleks davlat akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

📚Kitob oʻqishning 7 ta usuli

Kitob oʻqishning bir necha xil usullari bor, ularning har biri maqsad va kontekstga qarab qoʻllaniladi. Asosiy usullar quyidagilar:

⏯️ Tezkor oʻqish — tezda umumiy mazmunni tushunish uchun oʻqish.

2️⃣ Chuqur oʻqish — matnni toʻliq tushunish va analiz qilish uchun sekin, diqqat bilan oʻqish.

3️⃣ Koʻz yugurtirib oʻqish — asosiy fikrlarni topish uchun matn boʻylab tez harakatlanish.

4️⃣ Aniq maʼlumot izlab oʻqish — matndan muayyan soʻz yoki raqamlarni qidirib topish.

5️⃣ Faol oʻqish — savollar berish, muhim joylarni belgilash, konspekt yozish bilan oʻqish.

6️⃣ Tinglash orqali oʻqish — kitob matnini eshitish orqali oʻzlashtirish.

7️⃣ Qayta oʻqish — yaxshi tushunish yoki yodlash uchun kitobni bir necha marta oʻqish.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Do‘stlar! Keling, bugun siz bilan talabalik hayoti haqida qiziqarli so‘rovnoma o‘tkazamiz.
Soatma-soat yangi savollar bo‘ladi, o‘z fikringizni bildirib, natijalarga guvoh bo‘ling. Faol bo‘laylik!

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#matonat #iroda #qahramonlik

⚽️ Futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi – Osiyo chempioni!

🏆Uch karra Jahon chempioni bo‘lgan vakillarimiz Bangladeshda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 5 ta o‘yinda 33 ta gol urib, chempion bo‘lishdi. Natijalarni qarang:

🇺🇿O‘zbekiston – 8:1 – 🇮🇩Indoneziya
🇺🇿O‘zbekiston – 13:0 –🇳🇵Nepal
🇺🇿O‘zbekiston – 3:0 – 🇧🇩Bangladesh
🇺🇿O‘zbekiston – 3:0 – 🇮🇶Iroq
#final 🇺🇿O‘zbekiston – 6:0 – 🇮🇩Indoneziya

Vakillarimiz 14-fevral, juma kuni soat 01:05 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishadi. Qahramonlarni munosib kutib olish kerak.


Ular o‘z ishini qiladi katta pullar kutmay,
Ularni ishlari ko‘rinmaydi, to‘plamaydi like,
O‘z burchini o‘ylab o‘zini hecham o‘ylamaydilar,
Ular haqida qo‘shiqlar ham juda kam aytilar.


👉 @izzatxoja_asomiddinov

Читать полностью…
Подписаться на канал