🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin
📌Talabalik – faqat dars va imtihonlar emas. Bu – o‘z ustida ishlash, yangi imkoniyatlarni topish va kelajak uchun mustahkam poydevor yaratish vaqti!
💡Shuning uchun:
☑️O‘qish bilan birga o‘zingizga daromad manbai toping!
☑️Yangi odamlar bilan tanishing – networking kelajakda yordam beradi!
☑️Har kuni kamida 10 sahifa kitob o‘qing – fikrlash o‘zgaradi!
☑️Doimiy harakatda bo‘ling – faqat maqsadlar natija beradi!
❗️Talabalik yillarini faqat imtihon va sessiyalar bilan emas, real hayot uchun tayyorgarlik bilan o‘tkazing!
💬Siz hozir o‘z ustingizda qanday ishlayapsiz? Fikringizni izohlarda yozing! 👇
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
📌11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni!
➖Bugun ilm-fan rivojiga hissa qo‘shayotgan, izlanishdan charchamaydigan, o‘z bilim va iqtidori bilan dunyoni o‘zgartirayotgan ayol-qizlar bayrami!
✅Fan va texnologiyaning turli sohalarida iqtidorini namoyon etib, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan ilm yo‘lidagi barcha ayollarni chin dildan tabriklayman! Sizning izlanishlaringiz, mehnatingiz va fidoyiligingiz dunyoni yanada yorqin va ravshan qilmoqda.
➡️Ilm-fan yo‘lida izlanayotgan barcha qizlarga muvaffaqiyat, ishonch va kuch-quvvat tilayman! Yangi kashfiyotlar, yutuqlar va ilhom sizni hech qachon tark etmasin!
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
✅Dunyoda o‘qituvchi bo‘lishning qiymati
🔹Italiyada
Uchta kasb egalari tirband yo‘lda qolmasligi kerak:
Tez yordam, o‘t o‘chiruvchilar hamda o‘qituvchilar.
🔹Fransiyada
Boylar o‘z yashash joylari bilan maqtanish uchun o‘qituvchilar bilan bir hududda yashashga intiladilar.
🔹Shvetsiyada
Birinchi farzandim shifokor, ammo ikkinchi farzandim undan yaxshiroq kasb egallashni istaydi, ya’ni o‘qituvchi bo‘lmoqchi.
🔹Germaniyada
Merkel norozilik bildirayotgan shifokorlarga murojaat qildi:
- Sizning maoshingiz sizni o‘qitgan o‘qituvchilarning ish haqidan yuqori bo‘lishini kutmasligingiz kerak.
🔹Angliyada
Bu bola daho, u o‘qituvchidek fikrlaydi...
🔹Yaponiyada
Soyasini toptamaslik uchun o‘qituvchidan yetti qadam ortda yur!
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
#yaxshi_kayfiyat
Qanday qilib uxlab qolmasdan dars qilish mumkin? Maslahatni zoʻri😄
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
😄Sizning aniq mana shunday kursdoshingiz bor:
↪️Hech kim uy vazifasini qilmay kelganda, ustoz so‘ramasa ham domla uy ishini tekshirmaysizmi deb eslatib turadigan;
↪️Hamma darsdan qochishni kelishib olganda, hamma ketishini kutib, bir o‘zi darsga kiradigan;
↪️Darslarni ko‘p qoldirib, NBlari ko‘p bo‘lsa ham, sessiyani hammadan birinchi bo‘lib yopadigan;
↪️Doim hammadan qarz so‘rab yuradigan;
↪️Yoshlar ittifoqida faol, ko‘pincha tadbirlarda bo‘lib, darslarga vaqtida kirolmay, sessiyada ustoz tadbirda bo‘lganman, bahoyimni qo‘yib beraqoling deydigan;
↪️Doim yonida puli bor, boyvochcha, ko‘pchilikni mensimaydigan;
↪️Bir viloyatdan bo‘lib, alohida 3 4 kishi “uzkiy krug” bo‘lib oladigan.
❔Kimning kursdoshlarida shunday “qobiliyatlar” bor?
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
‼️“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, ta’lim olishning quyidagi turlari mavjud:
➡️Maktabgacha ta’lim va tarbiya – maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim;
➡️Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim – umumiy o‘rta maktablardagi ta’lim;
➡️Professional ta’lim – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardagi ta’lim;
➡️Oliy ta’lim – bakalavriat, magistratura;
➡️Oliy ta’limdan keyingi ta’lim – tayanch doktorantura, doktorantura;
➡️Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
➡️Maktabdan tashqari ta’lim – bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablaridagi ta’lim.
❔Siz qaysi taʼlim turida tahsil olasiz? Izohlarda yozib qoldiring.
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
📌Ilm olishda 6 ta muhim qoida:
1️⃣Ota-ona duosi:
Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda boʻlur, Ishonmasang ertalab qoʻllaringni duoga och.
2️⃣Ustozlar duosi:
Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini oʻzingda koʻrasan.
3️⃣Xulq-atvor:
Oʻta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va oʻrganish sustlashtiradi, oʻrgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.
4️⃣Uyqu:
Dars qilayotganda uyqu bu shaytondan, shuning uchun doʻstim tahoratda yurish va dars qilish bu muhim.
5️⃣Dars qoldirmaslik:
Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars ogʻirlik qiladi,
Ertangi ogʻirlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.
6️⃣Vaqt:
Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
▶️Bill Geytsdan tonggi motivatsiya:
💡Koʻproq kitob oʻqib, koʻproq bilim oling. Bu sizni yangi gʻoyalar va imkoniyatlar bilan boyitadi.
💡Kamtarlik bilan muvaffaqiyatning kaliti shundaki, oʻzingizni boshqa odamlar bilan taqqoslashni bas qiling va oʻz yoʻlingizda davom eting.
💡Hamma narsa faqat sizning qoʻlingizda, shunday ekan, jasoratli boʻling.
💡Muvaffaqiyat — bu yomon oʻqituvchi. U aqlli insonlarni hech qachon yutqazmaydigan kabi his qiladi.
❓Nega talabalar alkogol va tamakidan koʻra zararliroq mahsulotlarni iste'mol qilishadi?
🔵Kuzatuvlarga koʻra talabalarning 80%i aynan fast food kabi tez tayyorlanuvchi taomlarni istemol qilishar ekan. Qolgan 10% talaba sog'lom ovqatlanishga amal qilgan holda bu turdagi ovqatlarni iste'mol qilishmas ekan.
❗️Shifokorlar, bu turdagi mahsulotlar alkagol va tamakidan ko'ra zararliroq ekanligini ta'kidlashadi:
#yaxshi_kayfiyat
Vaqtida o‘qiymiz, darsga kiramiz, bilim olamiz va kvartira pullarini kechiktirmay to‘lasak muammo bo‘lmaydi degan video.
P.S.: Bu videoni sessiyada pora berishga umuman aloqasi yo‘q
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#talaba_hayoti
↪️Uyqu va dars jadvali urushi:
↪️“Men oxirgi daqiqada ishlayman” strategiyasi:
↪️Taqdimot tayyorlash – ijodning cho‘qqisi:
↪️“Bugun boshlayman” vaqti hech qachon kelmaydi:
↪️“Savollar bo‘lsa, so‘rang” dramasining oxiri:
↪️Eng yaxshi joy – orqa qatorda:
↪️“Yo‘q, men hali o‘qimadim” teatri:
#universitet_biografiyasi
🏢Universitet haqida qisqacha fikrlar.
✔️Universitet bu 18 yoshgacha boʻlgan hayotdagi eng katta maqsad.
✔️Universitet bu kiyinishni va modani tanitadigan joy.
✔️Universitet bu koʻpgina xatolarni tushunishga yordam beradigan doʻstlar.
✔️Universitet bu biiir oy kutilib biir kunda tugaydigan stipendiya.
✔️Universitet bu aslida rosa arzon boʻlsayam umuman kirilmaydigan universitet oshxonasi.
✔️Universitet bu kechasi 2 dan keyingi uyqu.
✔️Universitet bu telefoningning rusumi agar u iPhone boʻmasa 1 tiyinlik joy.
✔️Universitet bu yotoqxonada yashasang ham darsga kech qolib kelish.
✔️Universitet bu shevalar jamlanmasi: “ibi”, “ovva”, “ashaqqami”
✔️Universitet bu 4 yil oʻqib 12 viloyat shevasini bemalol oʻrganib oladigan joy
✔️Universitet bu millionlab tushilgan rasmlar.
🟩Oʻqilmaydigan darsliklar. Oxiri tugamas navbatlar. Ishlamaydigan bankomat. Chiroyli bino. Shovqindan dars qilib booʻlmaydigan kutubxona. Samimiy doʻstlar. Goʻshtsiz ovqat. Bozor. Boshqa viloyat ovqatlari...
Siz ham davom ettiring...🔽
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
#foydali
📌Kundalik vazifalarni qanday qilib charchamasdan qilish mumkin?
▶️Jadval tuzib olib, shunga qarab ishlarni reja asosida qilish;
▶️Texnologiyadan foydalanish: ishni osonlashtiradigan texnikalarni ishlatish;
▶️Muntazam tartibga amal qilish: bir marta vaqtida qilinmagan vazifaga qo‘shilib boshqalari ham to‘planib qoladi;
▶️Vazifalarni guruhlash: ma’lum vaqtda dars qilish, til o‘rganishga sarflash, yana qaysidir qism vaqtda uy ishlarini bajarish;
▶️ Oilaning boshqa a’zolaridan yordam olish: agar imtihoningiz bo‘lsa va vaqtingiz kam bo‘lsa, yaqinlardan yordam olish mumkin.
▶️ Kechiktirishni cheklash: “Ikki daqiqa qoidasi”dan foydalaning — agar vazifa ikki daqiqadan kam vaqt oladigan bo‘lsa, darhol bajarish. Bu kichik uy ishlarining to‘planib qolishining oldini oladi.
▶️Yoqimli narsalarni tinglash: Sevimli musiqangizni, audiokitoblaringizni yoki podkastlaringizni tinglash vaqt talab qiluvchi uy ishlarini yanada yoqimli va tezroq o‘tishini his qilishingizga yordam beradi.
✈️TalabaYoshlar – Ulashing va obuna boʻling.
Pomodoro texnikasi – samaradorlikni oshirish siri.
❗️Ko‘p ishlash har doim ham unumli ishlash degani emas. Aynan shuning uchun dunyoda eng mashhur vaqtni boshqarish usullaridan biri – Pomodoro texnikasi ishlab chiqilgan.
Pomodoro texnikasi nima?
Pomodoro texnikasining afzalliklari
Qanday qo‘llash mumkin?
❔Nima uchun studentlar sessiyadan o’tisha olmaydi?
🔣Keling, bunga matematik yondashamiz.
◀️Bir yilda 365 kun bor. Ulardan 52 kuni yakshanba. 313 kun ilm olish uchun.
◀️Yozgi tatil oʻrtacha 85 kun. Bizda 228 kun dars tayyorlashga qoldi.
◀️Har kunlik 8 soatlik uyqu 122 kun degani. Bizda 106 kun qoldi.
◀️Har bir kishi 1 kunda kamida 1 soat dam olishi kerak va bu 15 kunni anglatadi. 91 kun qoldi.
◀️2 soat ovqatlanish uchun ajratishga majbursiz va bu bir yilning 30 kunini egallaydi. Bizda 61 kun qoldi.
◀️Gaplashish insonga xos tushuncha va bu bir kunda bir kishidan kamida 1 soatni talab qilsa, 1 yilda 15 kun demak. Atiga 46 kun ilm uchun.
◀️ Bayramlar, kutilmagan xursandchiliklar va koʻngilsizliklar 40 kunni har bir kishidan band qilar ekan. 6 kun qoldi.
◀️Issiq jonni isitmasi bor deyishganidek, hammamiz bir yilda kamida 3 kun kasal boʻlsak. Nahotki kinoga tushish, instagramda oʻtirish, uchrashuvlarga bir yilda 2 kun ajratmasak qanaqa odammiz. Ha, atigi 1 kun qoldi.
◀️Oʻsha bir kun meni tugʻilgan kunim-ku. Tugʻilgan kunimda dars qilishga balo bormi !!!
😄Kursdoshlar guruhiga yuborib qoʻyamiz.
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
#lirik_chekinish
TALABALAR MADHIYASI
Alp oʻgʻlonlar oʻlkasi bu koʻhna Turon,
Qalqonlari,qanotlari ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari ilm istang.
Tarixdan tushganda ham otdan tushmagan,
Ajdodingiz uy qurmagan – davlat qurgan
Yurti uchun yelkasida togʻlar surgan
Rustamlari, Farhodlari ilm istang.
Koʻz ochgandan kezib yetti bagʻri ummon,
Yetti tilda soʻzlashgan biz tili biyron,
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton –
Boburlari, Behzodlari ilm istang.
Haq yoʻlida siz ilmning ummatlari,
Xalq yoʻlida hidoyati, himmatlari,
Madad boʻlsin Yassaviyning hikmatlari
Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang.
Ilm istang, izingizdan ibrat yogʻsin,
Ixlosingiz, shahdingizdan shiddat yoqsin,
Ortingizdan magʻrur-magʻrur millat yoqsin
Mulki Turon najotlari, ilm istang.
Alp oʻgʻlonlar oʻlkasidir Oʻzbekiston,
Erkli elning qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.
©Muhamad Yusuf
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
YANGI KUN – YANGI IMKONIYAT!
✔️Har tongda quyosh yangi umid bilan chiqadi. Har tong sen uchun yangi imkoniyatlar, yangi muvaffaqiyatlar eshigini ochadi. O‘tgan kunlarda xatolar bo‘lishi mumkin, lekin bugun ularni to‘g‘rilash imkoniyating bor!
🔺 Erta tur – g‘alaba qozon! Tongni erinchoqlik bilan emas, katta maqsadlar bilan kutib ol.
🔺 Rejalaringni yoz! Kunni maqsadsiz o‘tkazma. Erishmoqchi bo‘lgan narsalaringni aniq belgilab ol.
🔺 Sog‘lig‘ingga e’tibor ber! Oddiy badantarbiya va bir stakan suv ham kuningni energiyaga to‘ldirishi mumkin.
🔺 O‘zingga ishon! Sen aqlli, kuchlisan va orzularingni ro‘yobga chiqarishga loyiqsan!
❗️Bugun o‘z ustingda ishlashni boshlash uchun eng yaxshi kun!
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
🖌9-fevral — Hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
✍️Orazin yopqach koʻzumdin sochilur har lahza yosh,
Oʻylakim paydo boʻlur yulduz, nihon boʻlgʻach quyosh.
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
💡Rivojlanishni xohlaysizmi? Unda harakat qiling!
➡️Oʻzingiz rivojlantirmoqchi boʻlgan qobiliyatingiz haqida oʻqing!
➡️Ustoz toping. Oʻzingizga kerakli bilimlarni olishda, mutaxassis boʻlib yetishishingizda ustozning oʻrni katta.
➡️Har kuningizni sarhisob qiling!
➡️Kundalik rejalar daftarini tuting!
➡️Yaxshi odatlarni shakllantiring!
➡️Oʻzingiz havas qiladigan odamlardan oʻrnak oling.
➡️Doimiylikka amal qiling!
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
Rivojlanmoqchilar uchun xushxabar! | Yangi loyiha
🔹Atigi 1 graduslik o‘zgarish dastlab sezilmasligi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan u hayotingizda katta natijalarga olib keladi – xuddi kemaning yo‘nalishini ozgina burishdek.
☝️Loyihada sizni jamiyatda katta taʼsirga ega spikerlardan master-klasslar va unutilmas taassurotlar kutmoqda! Shuningdek loyiha ishtirokchilari uchun 50 ta kitoblar hamda qiymati 18 mln. so‘mlik kurs va konsultatsiyalar tayyorlab qo‘yilgan
⏳Faqat 2000 nafar ishtirokchi qabul qilinadi va har biriga sertifikat ham beriladi! Shoshiling va o‘z imkoniyatingizni boy bermang!
Loyihada ishtirok etish👇
/channel/birgradusbot?start=6495300076
#yaxshi_kayfiyat
🗓Talabaning haftaligi:
✅Dushanba — bugun og‘ir kun demak, dam olamiz.
✅Seshanba — og‘ir kundan so‘ng dam olmasak bo‘lmas.
✅Chorshanba — Gagarinning oyga uchganini nishonlaymiz.
✅Payshanba — haftaning qoq o‘rtasi bugun o‘qisak charchaymiz.
✅Juma — shunday ulug‘ kunda o‘qiymizmi?
✅Shanba — kichik sinflardan nima kamimiz bor, o‘qimaylik.
✅Yakshanba — iyee, hamma dam oladi. Biz o‘qiymizmi?😄
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
❔Talaba boʻlishdan avvalgi kunlarni eslaysizmi?
➡️Ilk bor tanlagan fan va kasbingizni?!
➡️Jahl qilib, “oʻqimayman” deganlaringizni?!
➡️Darsga tushunmasangiz, umidsizlikga tushganingizni?!
➡️“Kam telefon ishlat”, – deb oyingizdan tanbeh eshitganlaringizni?!
➡️“Yaxshi ovqat ye, bolam”, – deb aytilgan so'zlarni?!
➡️Sinov testlaridan kam yechsangiz xafa boʻlganlaringizni?!
➡️Duolarda doim oʻqishga kirishni aytganlaringizni?!
➡️Har duoda “grant!” deb soʻraganlaringizni?!
➡️TV koʻrolmay, vaqtni qizgʻonganlaringizni?!
➡️Oʻqishga kiray deb, voz kechgan tugʻilgan kun, toʻy, tadbirlardan qolganingizni?!
➡️Oʻqishga kirish uchun joningizni berib oʻqiganingizni?!
➡️Oʻqishga kirsam, unday qilaman, bunday qilaman deya orzular qilganingizni?!
➡️Formada talaba nomini olganingizni tasavvur qilganingizni?!
➡️Kundalik rejalar tuzganingizni?!
💬Juda koʻp ...
❔ESINGIZDAMI...
Shu kunga yetguncha qancha qiynalganlarimiz?!
Koʻz yosh toʻkkanlarimiz?!
Boshimiz devorga urilib, aqlimiz kirganlari?!
↪️Endi buning qadriga yetaylik, aziz doʻstlar!
Bilim olish talaba boʻlgancha emas, aynan talabalik davrida beriladigan oltin vaqtdir!
Bu kunga yetganlar bor.... yetmaganlar bor....
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
‼️Oʻqish paytida talabalarning oʻzaro bir-biriga eng koʻp aytadigan gaplari:
↪️Bugun sana nechchi?
↪️Hozir nima dars?
↪️Kimda ortiqcha ruchka bor?
↪️Soat nechchi boʻldi?
↪️Yozib boʻlib daftaringni menga berib tur.
↪️Oshxonaga tushasanmi?
↪️Dars tugashiga necha minut qoldi?
↪️Yumshoq "h" mi qattiq "x" mi?
↪️Telefoningni berib tur.
❗️ Bu gaplarning birortasini ham eshitmaganman deb inkor qila olmaysiz! Izohlarda davom ettiring😉
✈️TalabaYoshlar – Ulashing va obuna boʻling.
⚡️Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetga kiraverishda shunday so‘zlar yozib qo‘yilgan:
✅“Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga ta’sir qiladigan raketalarga hojat yo‘q. Faqat ta’lim sifati pasaytirilsa va imtihonlarda talabalarga aldash uchun imkoniyat yaratilsa bas”.
❓ 1 gradus kattami yo kichik?
Agar gap harorat yoki burchak haqida ketayotgan bo‘lsa, 1 gradus judayam kichik hisoblanadi, lekin gap hayot yo‘li haqida bo‘lsa-chi ...?
Xabardor bo‘lib, kuzatish uchun kanalimga obuna bo‘ling:
#foydali
🕘 Har doim kech qolasizmi? Unda bu postni oʻqing.
Kechikmaslik uchun:
➡️Oldindan rejalashtirish: Har kuni yoki hafta uchun moʻljallangan ishlaringizni oldindan rejalashtirish orqali vaqtga nisbatan yaxshiroq nazorat oʻrnatishingiz mumkin. Har bir vazifani bajarish uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olishni unutmang.
➡️Erta turish: Agar erta turishni odat qilsangiz, kundalik ishlaringizni bajarish uchun koʻproq vaqt topasiz.
➡️Vaqt zaxirasi: Har qanday safar yoki uchrashuvga ketadigan vaqtingizni hisoblashda, yoʻl va boshqa kutilmagan kechikishlar uchun qoʻshimcha vaqt zaxirasi qoʻshing. Masalan, agar yoʻl 30 daqiqa davom etsa, 45 daqiqa yoki 1 soat oldindan yoʻlga chiqishni rejalashtiring.
➡️Elektron qurilmalardan foydalanishni cheklash: Telefoningiz yoki kompyuteringizda koʻp vaqt sarflamaslik uchun, ularni faqat zarurat tugʻilganda ishlatishga harakat qiling. Ijtimoiy tarmoqlarda sarflanadigan vaqt koʻpincha rejalashtirilmagan vaqtdan koʻp boʻladi.
➡️Prioritetlarni belgilash: Kunlik vazifalaringizni muhimligi boʻyicha tartiblang va avval eng muhim ishlarni bajarishga eʼtibor bering.
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
📌 Kontrakt uchun toʻlov soliqqa tortilmaydi.
🔴Taʼlim uchun toʻlov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
➡️oʻzingiz uchun;
➡️farzandlaringiz uchun;
➡️26 yoshgacha boʻlgan turmush oʻrtogʻingiz uchun.
#yaxshi_kayfiyat😄
— Qanday talaba dars paytida umuman telegramga kirmaydi?
— Umumanmi?
— Umuman.
— Telegrami yoʻq talaba.
✈️TalabaYoshlar – Ulashing va obuna boʻling.
#foydali
➡️Leksiyalardan foydali maʼlumotlarni olishning eng yaxshi usullari
✅Maʼruzada qatnashing va diqqatni oʻqituvchiga qarating. Diqqat bilan tinglang, telefoningiz yoki boshqa narsalarga chalgʻimang.
✅Oʻqituvchi foydalanadigan asosiy tushuncha va kalit soʻzlarga diqqat qiling, ularni yozib oling. Bu mavzuni yaxshiroq tushunishga va muhim maʼlumotlarni eslab qolishga yordam beradi.
✅ Maʼruzada qatnashing, biror narsa aniq boʻlmasa, savollar bering. Bu maʼlumotni aniqlashtirishga va mavzuni koʻproq tushunishga yordam beradi.
✅Oʻz bilim va tushunchangizni chuqurlashtirish uchun oʻqituvchi taqdim etishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha materiallardan, masalan, taqdimotlar yoki maqolalardan foydalaning.
✅ Maʼruzadan keyin olingan bilimlarni mustahkamlash va muhim fikrlarni eslab qolish uchun materialni takrorlashni unutmang.
💬Yuqoridagi qoidalarga amal qilgan holda siz mavzu haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlishingiz, yaxshiroq tushunishingiz mumkin.
✈️TalabaYoshlar – Ulashing va obuna boʻling.
#qonunchilik_yangiliklari
📌Oliy ta’lim tizimida dual ta’lim joriy etiladi.
“Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (VMQ-14-son, 16.01.2025-y.) Vazirlar Mahkamasi qarori tasdiqlangan.
➡️oliy ta’lim tizimida bosqichma-bosqich dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, “Kasb egasi” dual ta’lim tizimini tashkil etiladi;
➡️“Kasb egasi” dual ta’lim tizimi birinchi bosqichda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3 va 4-kurs talabalari uchun joriy qilinadi;
➡️talabalarning amaliy mashg‘ulotlari korxonalar bilan hamkorlikda o‘tkazilib, ushbu jarayon oliy ta’lim tashkiloti hamda amaliyot rahbari tomonidan muvofiqlashtiriladi;
➡️dual ta’lim asosida talabalarning korxonalarda faoliyat yuritgan davri uchun ish haqining 2 million so‘mgacha bo‘lgan qismi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.