talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi!

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida tahsil olayotgan, namunali ilmiy va ish faoliyatini olib borayotgan Zulfiyachilar tanishing:


🔹Kokanova Nursuliu Jenisbay qizi – QQDU talabasi;
🔹Pulatova Mohichexra Temirovna – BuxDU tayanch doktoranti;
🔹Chilmurzayeva Maftuna Abdumannon qizi – O‘zMU mustaqil tadqiqotchisi;
🔹Xojiboqiyeva Niginaxon O‘tkir qizi – O‘zMU JF talabasi;
🔹Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi – TTA talabasi;
🔹Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna – QarMII tayanch doktoranti;
🔹Xakimova Dilshoda Oybek qizi – O‘zDJTU talabasi;
🔹Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi – TTA talabasi;
🔹Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi – TDSHU talabasi;
🔹Irisqulova Kamola Normat qizi – TDTrU magistranti;
🔹Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi – ToshDO‘TAU tayanch doktoranti;
🔹Xaqnazarova Umida Ural qizi – TDAU magistranti;
🔹Yo‘ldasheva Muxayyoxon Alisher qizi – FarPI talabasi;
🔹Sapayeva Risolat Rustam qizi – O‘zDXA UF talabasi;
🔹Tosheva Marjana Rustam qizi – O‘zMMSI o‘qituvchisi;
🔹Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna – O‘zDXA talabasi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Yaqinlaringizni ajoyib, kutilmagan va kreativ sovg‘alar bilan xursand qiling!

🌇 LED RASMLAR

— Xohlagan rasmizga buyurtma qilishingiz mumkin🏞🌅🌄
— Xatto yaqinlaringizni va oila a'zolaringizni rasmlarini ham 👨‍👩‍👦
— Yaqin insonlaringizni rasmlarini yasattirib, bayramlarga, tug‘ilgan kunlarga yoki baxtli kunlariga sovg‘a qiling 🖼

🎁 8-mart  bayram oldidan arzon narxlarda ulgurib qoling.
🚛 O‘zbekiston bo‘ylab dostavka mavjud!

Buyurtma berish:
↪️ /channel/led_rasm
↪️ /channel/led_rasm

📞Telefon: +998943157034

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

CEFR Multilevel uchun 31-kunlik BEPUL darslar

Yusupov Mirzoulug'bek boshchiligidagi ExamHelp jamoasidan Mart oyida 31 kunlik mutlaqo bepul darslar.

⚫️Teachers: IELTS 8.0-8.5 va CEFR C1 70-72 bal

Darslar 1-Martdan boshlanadi! ExamHelp kanaliga a'zo bo'ling 👇

➡️ Examhelp by Mirzoulug'bek
➡️ Examhelp by Mirzoulug'bek
➡️ Examhelp by Mirzoulug'bek

ExamHelpuz - Imtihoningizda yordam beradi

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori: “Sergeliga ko‘chish masalasi oldimizga qo‘yilmagan”

Iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev Kun.uz'ga bergan intervyusida moliya va fiskal institutlari nima uchun iqtisodiyot universitetiga qo‘shib yuborilgani, yangi o‘quv yilidan boshlab talabalar qayerda o‘qishni boshlashi va OTMlarning hozirgi binolari taqdiri nima bo‘lishi haqidagi savollarga javob berdi.

👉 Batafsil maqolani o‘qish

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️So'rovnoma: Oliy ta’limdagi mutaxassislar eski zamon uslubidan chiqa olishmayapti

Oliy ta’limdagi darslar sifati talabga javob beradimi? Talabalar oliy ta’limdagi darslar sifatiga 5 balldan necha ball beradi? Shu kabi savollar bilan Rost24.uz poytaxtda ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Talabalar OTMdagi dars jarayonlarida telefon ishlatishi mumkinmi yoki to‘liq taqiqlanganmi?

Talabalarga yuborib qo'ying.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟣Kichik lahzalar, katta baxtga eltishi mumkin!

🎁 Hamma ham yaqinlarining tavallud kunlarida kutilmagan, noodatiy syurprizlar qilishni istasa kerak. Qalbdan chiqadigan samimiy tilaklaringizni videolavha orqali suyukli insoningizga yo‘llash, uni quvontirishi aniq.

Ota-onangiz, opa-singillar, aka-ukalar va barcha yaqinlaringiz uchun bu bir umrga esdan chiqmas sovg‘a bo‘la oladi.


♦️Sizda ham yaqinlaringizni ajoyib, unutilmas video tabrik orqali tavallud ayyomi bilan qutlash istagi bo‘lsa, biz sizga yordam berishga tayyormiz.

☎️Murojaat uchun: @Tavallud_admin

🔄 Tavallud.uz – hissiyot ulashamiz!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Toshkent shahrida har oyning bir kuni “Avtomobilsiz kun” bo’ladi

Prezident farmoniga asosan, Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi amalga oshiriladi.

Bunda, binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali namuna ko‘rsatib boradi.

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🔫Toshkentda “Counter Strike 2” yoʻnalishi boʻyicha turnir oʻtkaziladi

Mukofot jamgʻarmasi 10 mln soʻm boʻlgan Unicup turnirida poytaxtdagi OTM talabalari ishtirok etadi.


🔹Maʼlum boʻlishicha, kibersport turniri Toshkentdagi 16 ta oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida tashkil etiladi. “Jamoaviy turnir “Counter Strike 2” yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilib, uning sovrin jamgʻarmasi 10 mln soʻmni tashkil qiladi”, – deyiladi xabarda.

Unda qatnashuvchi OTMlar:

○ Toshkent xalqaro Vestminster universiteti (TXVU);
○ Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS);
○ Vebster universiteti (WUT);
○ Toshkentdagi Nordik universiteti;
○ Markaziy Osiyo universiteti (CAU);
○ Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT);
○ Tashkentdagi Amity universiteti (AUT);
○ Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
○ Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT);
○ Britaniya menejment universiteti (BMU);
○ TEAM universiteti;
○ Toshkent xalqaro taʼlim universiteti (TIUE);
○ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU);
○ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU);
○ Toshkent shahridagi TMC universiteti;
○ IT Park universiteti (ITPU).

Davlat OTMlaridan ham shunday tashabbuslar chiqsin. Misol uchun, viloyatdagi OTMlar oʻrtasida futbol turniri tashkil qilsa boʻladi. Tomosha uchun talaba-qizlar borib qoʻllab tursa, OTM terma jamoalari oʻzari bellashsa, doʻstona raqobat, ham qiziq boʻlardi, nima dedinglar. Bu uchun alohida yuqoridan topshiriq tushishi shart emasku, tashabbus bilan qilsa boʻladi...

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣2024-yilda “Tashabbusli budjet” jarayoniga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar haqida ma'lumot

Endi bitta odamni 2 3 talab telefon raqami bo‘lsa ham, faqat 1 marta ovoz bera oladi. Batafsil o‘zgarishlar yuqoridagi rasmda

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Oila, farzand tarbiyasi bilan bir qatorda ilmiy faoliyatda ham muvaffaqiyat qozonayotgan Prezident stipendianti bilan intervyu

🗣Loyiha mehmoni – ko‘plab xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi, startap va innovatsion tanlovlar g‘olibi, Prezident davlat stipendiyasi sohibasi Toshkent davlat texnika universiteti magistranti Kamolaxon Erkinova bo‘ladilar.

Quvonarli tomoni shundaki, Kamolaxon oila, farzand tarbiyasi bilan bir qatorda, o‘qish va ilmiy faoliyati hamda startap loyihalarida muvaffaqiyatga erishib, barcha talaba-qizlarga o‘rnak bo‘la oladi desak adashmagan bo‘lamiz. Intervyuni tomosha qilish orqali siz qahramonimizning maqsadiga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklari, muvaffaqiyat siri haqida bilib olishingiz mumkin.

Intervyuni to‘liq formatda YouTube sahifamiz orqali tomosha qiling.

📺INTERVYUNI KO‘RISH 👈

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#talaba_hikoyasi

🗣Bekatga yozilgan “ochlik xati”

🔹Nukus davlat pedagogiga institutida tahsil olganman. 2007-yil uchinchi kursligimizda paxtani yagana qilishga Shumanay tumaniga jo‘natishdi. Ertalab 6:00 dan dalaga chiqarishdi. Nonushta ham berishmadi. Ana olib kelishadi, mana olib kelishadi, deb soat 13:00 gacha kutamiz hamki, haligacha ovqatdan darak yo‘q. Kutdik, kutdik, ochlik jonimizdan o‘tib ketdi. Shunda xayolimga bir fikr keldi. Biz ishlayotgan dala katta yo‘lning bo‘yida edi.

Yo‘lning qarama-qarshisida bekat bor edi. Shu bekatga katta qilib “Biz ochmiz (Bizler ashpyz)” deb yozib, dalaga qaratib strelka chizib qo‘ydim.


Oradan ozroq vaqt o‘tib, dala yonida mashinalar yig‘ilib ketdi. Bilsak, o‘sha paytdagi tuman hokimi R.Razzoqov korteji yo‘ldan o‘tayotib yozuvni o‘qib qolgan. Keyin to‘xtab, hammani yig‘ib, tanbeh bergan. Voqeadan biroz o‘tib hammaning qornini to‘ydirishgan edi. Lekin bekatga kim yozganini aniqlasholmagan. Xususan, mendan umuman shubha qilishmagan. Chunki men o‘zbek guruhida o‘qirdim. Yozuv esa qoraqalpoq tilida edi.
______________________________

🎓Talabalik davringizdagi qiziqarli, ibratli, kulgili yoki og‘riqli voqealarni boshqalarga ham aytib berishni xohlaysangiz hikoyalaringizni @talabaadminbot manziliga yuboring. Istasangiz hikoyangizni anonim holda chiqaramiz.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#talaba_hikoyasi

🗣Orzusini qurbon qilgan talaba

🔹Andijon davlat tibbiyot institutining to‘rtinchi kursida o‘qirdim. Neyroxirurgiya fanini yaxshi o‘qiganim, rus tilini yaxshi bilganim uchun domlamiz menga ilmiy ish qilib, shu kafedrada qolishni taklif qilib qoldi. Rosti, juda quvondim. Axir bu 30 yil oldin ham hazilakam taklif emas edi-da. Buni ota-onamga ham darhol aytdim. Ular ham quvonishdi. Taklifni jon deb qabul qildim. Fanga bo‘lgan qiziqishim kundan kunga ortib borar edi. Ilmiy ish qilish, fanga yangilik kiritish, shu bilan bemorlar joniga oro kirishga astoydil harakat qilar edim. Xullas, orzularim osmon qadar edi. Shu fan darslari tugash arafasida haligi domla meni yoniga chaqirib, gap boshlab qoldi.

“Agar institutni tugatguncha va undan keyin ham kafedrada ilm bilan shug‘ullanishga qiziqishing bo‘lsa, kafedra mudiri bilan gaplashib, seni olib qolishga harakat qilaman. Faqat mudirga shogird tushishning to‘lovi bor”,

dedi. Buni eshitgach, tarvuzim qo‘ltig‘imdan tushib ketdi, ilmiy ish qilishga bo‘lgan qiziqishim umuman so‘ndi. Shu voqea sabab ilmiy ish qilish fikridan qaytdim, institutni tugatgandan so‘ng faqat boshqaruv tizimida ishladim. Keyin bilsam kafedra mudiri umuman moddiy manfaatdorlik haqida o‘ylamaydigan, halol-pok inson bo‘lgan-u, pul so‘rash neyroxirurgiya fani domlasining shaxsiy tashabbusi bo‘lgan ekan.

Bu bilan talabalarga orzularingiz uchun kurashing, hayotingizga adolatsizliklar ko‘p bo‘ladi, lekin taslim bo‘lmang, demoqchiman. Men ham o‘shanda domlani yaxshiroq surishtirganimda, orzularimdan voz kechmaganimda bugun ko‘plarning sog‘ayishiga sabab bo‘lishim mumkin edi.
_______________________________

🎓Talabalik davringizdagi qiziqarli, ibratli, kulgili yoki og‘riqli voqealarni boshqalarga ham aytib berishni xohlaysangiz hikoyalaringizni @talabaadminbot manziliga yuboring. Istasangiz hikoyangizni anonim holda chiqaramiz.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#o‘qishni_ko‘chirish #natija

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

💾 OTFIV tizimidagi OTMlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)

Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar 2 ta, tugatilgan OTM talabalari ko'chada qolmaydi! — vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda “bir nechta nodavlat OTM litsenziyasi bekor qilindi” mazmunida xabarlar tarqaldi. Aslida sud jarayonlari to'liq yakunlanib litsenziyasi bekor qilingan OTMlar 2 ta bo'lib, bular “Valley Innovative University” va Urganch shahridagi Binari universiteti.

Ushbu nodavlat ta'lim tashkiloti talabalari tegishli tartibda boshqa ta'lim tashkilotlariga ko'chirilgan.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🛫 Uzbekistan Airways Navroʻz bayrami munosabati bilan chegirma eʼlon qildi

🔹Tarifdan 30 foiz chegirma asosida taqdim etiladigan aviachiptalarni bugundan, yaʼni 1-martdan boshlab 24-mart kuniga qadar xarid qilish mumkin.

🔵Taqdim qilinadigan chegirmalar faqat 21-martdan – 24-mart kuniga qadar amalga oshiriladigan mahalliy yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar uchun qoʻllanadi.

Maʼlumot uchun, chegirmalar nafaqat yurtdoshlarimiz, balki chet el fuqarolari uchun ham amal qiladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🚇 Toshkent shahriga to’rt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelindi.

Ular asosan, "Yunusobod" va "Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishlari"da harakatga chiqarilishi ko'zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, 2024-yil may oyi so’nggiga qadar bosqichma-bosqich yana 8 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣O‘zbekistonning jamoatchilik fikri yetakchilari Top-40 reytingi e’lon qilindi

🔹“Yuksalish” harakati hamda Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti tomonidan tuzilgan reytingga milliy kontent yaratishga hissasini qo‘shib kelayotgan jurnalistlar, blogerlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar-u siyosatchilar va boshqa jamoatchilik faollari kiritilgan.

🔹Reytingni tuzishda dastlab davlat idoralari, siyosiy va ilmiy doiralar, ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida onlayn so‘rov o‘tkazilgan va keyin ekspertlar tomonidan saralangan.

Reytingga kiritilganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari obunachilari soni 20 mlndan ziyod (unikal foydalanuvchilar 7-7,5 mln), e’lon qilgan materiallarining oylik qamrovi 45 milliondan oshadi.

Siz ushbu roʻyxatga yana kimlarni kiritgan boʻlar edingiz?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🔥Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixiga kirmoqda!

🇺🇿Nodirbek o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida yangi rekordni o‘rnatdi va dunyoda reytingi eng yuqori bo’lgan TOP-10 o’yinchilar qatoridan joy oldi.

⚡️U “Praga shaxmat festivali 2024” 1-turida gʻalaba qozongan holda, reytingda 5 karra jahon chempioni Vishvanatand Anandni ortda qoldirib, dunyo shaxmat live reyting jadvalida top-10 likka koʻtarildi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati maktab direktorlariga chaqiriq tashladi: «Hammaga 300 million so‘m beraman»

Toshkent viloyatida «Telefonsiz maktab» tashabbusi ilgari surildi.

O‘qituvchilar va o‘quvchilar telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti beriladi.


🔹Bu tashabbus ayni paytda davom etayotgan ta’lim kengashi yig‘ilishida aytilgan.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#talaba_hikoyasi

🔹Men bir viloyatlik oddiy ishchining farzandiman va men boy oilada katta bo‘lmaganman. Bolaligim o‘ta qiyinchilikda o‘tgan deya olmayman, lekin yetarlicha qiyinchiliklarni ko‘rganman. Xullas men universitetda joriy qilingan Davlat stipendiyalariga harakat qilayotgan edim. Nizom bo’yicha baholar a’lo bo’lishi kerak edi. Bitta fandan sessiya bahoyim qoniqarli chiqdi, ya’ni 3 baho. Shunda ustoz bilan ko‘rishib stipendiyaga qattiq harakat qilayotganim va bu yo‘lni deyarli 80-90 foizini (40 dan ortiq ilmiy maqolalar yozganman, kechalari uyqu bilmaganman) bosib o‘tganimni aytdim. Ustozga bahoyimni ko‘tarib berishini so‘rab iltimos qildim. (Vaholanki, yozma ishimni qaytadan ko’rib xato yozmaganimni isbotlab bergan edim). Ammo ustoz o‘zining fikridam qaytmadi va bahoyimni ko‘tarib berishga rozi bo‘lmadi. Shuningdek, ustoz gapining oxirida menga “Siz stipendiyani olish uchun pul berib gaplashib qo‘ygansiz” deb aytdi. Men esa ustozdan nahotki, shu narsani o‘ylayotganini so‘radim va xonasidan chiqib ketdim. Ushbu fandan esa bahoyim 3 bo‘lib qoldi.

🔹Menda esa bo‘ldi tamom tugadi hammasi degan o‘ylar tinchlik bermadi. Uch kun o‘zimga kela olmadim, chunki juda ham ko‘p qiynalgan edim. Ammo ilmiy rahbarim menga hujjatlarimni topshiraverishimni aytdi. Men umidsizlik bilan topshirdim. Omad kelsa hammasi yaxshi bo‘larkan. Harakat qilganga beradi degani bejiz emas ekan.

Mening baxtimga kredit-modul tizimida foizlar hisoblandi va mening ko‘rsatkichim olgan past bahoyimni yopib ketdi. Men esa Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldim.


Nima bo’lishidan qat’iy nazar maqsad sari har qanday to‘siqni yenggan inson o‘z maqasadiga erishadi.

©️Muallif: kanalimiz obunachisi Oybek
_____________________________

🎓Talabalik davringizdagi qiziqarli, ibratli, kulgili yoki og‘riqli voqealarni boshqalarga ham aytib berishni xohlaysangiz hikoyalaringizni @talabaadminbot manziliga yuboring. Istasangiz hikoyangizni anonim holda chiqaramiz.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Pedagogik oliygohlarda o‘qiydigan bitiruvchi talabalar uchun yaxshi yangilik!

Vazirimiz Hilola Umarova maktabdagi bo‘sh ish o‘rinlarini talabalar bilan shartnoma asosida band qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Ma’lum muddat ichida fanlar kesimida ro‘yxat shakllantiriladi. Oliygohlar rahbariyati bilan bu haqda kelishuvlar ham bo‘ladi.

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💼 Zamonaviy dunyoda talabgir kasb egasi bo'lmoqchimisiz?

📈 Bizning SMM Pro kursimiz doimo so'nggi trendlar va yangilanishlar bilan boyitib boriladi. Chunki bu sohada bozor shuni talab qiladi.

4 oylik kursimiz davomida marketing asoslari, kopirayting, targeting va mobilografiyadan tortib, eng zarur texnik bilimlargacha – barchasi sizni kutmoqda.

❤‍🔥 Oxirgi 3 oyda SMM Pro kursimizni tamomlagan o'quvchilarning 100 foizi ishli bo‘lib kelmoqda.

Siz ham kelajagingizni bugundan boshlang, «Najot Ta'lim» oflayn SMM Pro kursida ta'lim oling.

👉 Ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣O‘qimishli oila (yaxshi kayfiyat)

Shu bratni videolari juda hayotiy va saviyali chiqadi, hammasi o‘z o‘rnida. Rostanam diplomchalari qip-qizil, prosta blogerlik qilib yurgan bo‘lsalar kerak-da, manga o‘xshab ...

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥 ❄️ Poytaxt ma’muriyati TOSHKENTDA kuchli qor yog‘ishi haqida ogohlantirmoqda

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, 18-fevral kuni kuchli qor yog‘ishi, u kamida 12 soat davom etishi kutilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yog‘ingarchilik hajmi ikki oylik me’yordan oshadi.

Shu munosabat bilan, hokimiyat:

❗️Zaruratsiz uydan chiqmaslikni, shaxsiy transport vositalaridan foydalanishni minimallashtirishga harakat qilishni va harakatlanish uchun jamoat transportidan foydalanishni;
❗️Qor va muz massalari tushishi mumkin bo‘lgan ko‘p qavatli binolardan saqlanishni;
❗️Quloqchin taqqan holda tashqariga chiqmaslikni - bu yaqinlashib kelayotgan mashina yoki qor tushishini eshitmay qolishingizga olib kelishi mumkin;
❗️Avtomobillarni ko‘p qavatli bino va inshootlar, shuningdek, daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘ramoqda.

Yaqinlarga yuborib xabardor qilib qo‘ying

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

“O‘zbekistonda 13 fevral kuni qariyb 1 mln o‘quvchi maktabga bormagan” - vazirlik rasmiysi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining boshqarma boshlig‘i Azamat Kamolov ma’lumotiga ko‘ra, darslarga kelmagan qariyb 1 mln o‘quvchining 800 mingdan ortig‘i sababli, salkam 95 mingi esa maktabga sababsiz ravishda bormagan. Ta’kidlanishicha, endilikda bu bolalar bilan Milliy gvardiya xodimlari ishlab, ularni maktabga qaytarish chorasini ko‘radi.

👉 Batafsil maqolani o‘qish

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Talabalar uchun haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


🔹Nizomga ko‘ra, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.

Bunda amaliyot o‘tash uchun 500 ta o‘rin (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) ajratiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talaba arizani shaxsan o‘zi, pochta orqali yoki elektron shaklda o‘zi o‘qiyotgan oliy ta’lim tashkilotiga topshiradi.

🗣Tanlovda qatnashish uchun talaba:
🔴bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan bo‘lishi;
🔴ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yo‘nalishiga mos bo‘lishi;
🔴O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi lozim.

☝️Maxsus komissiya tomonidan talaba amaliyotini tashkil etish ish rejasi himoyasi (taqdimot ko‘rinishida) o‘tkazilib, 20 kun ichida yakuniy qaror qabul qilinadi va 10 ish kuni ichida Vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Gʻolib talabalarning amaliyoti bo‘yicha xarajatlar Maxsus komissiya tomonidan yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng 15 kun davomida qoplanadi.

Bunda talabaga BHMning 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq tegishli hisob raqamiga o‘tkaziladi.


TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📈 The Times Higher Education xalqaro tashkiloti 2024-yil uchun dunyodagi top universitetlar reytingini e’lon qildi

Top 10 talik quyidagicha ko‘rinish oldi:

🔵1. Oksford universiteti — Buyuk Britaniya;
🔵2. Stendford universiteti — AQSh;
🔵3. Massachusets texnologiya instituti — AQSh;
🔵4. Harvard universiteti — AQSh;
🔵5. Kembrij universiteti — Buyuk Britaniya;
🔵6. Prinston universiteti — AQSh;
🔵7. Kaliforniya texnologiyalar universiteti — AQSh;
🔵8. London imperial kolleji — Buyuk Britaniya;
🔵9. Kaliforniya universiteti — AQSh;
🔵10. Yel universiteti — AQSh.

Reyting tahliliga ko‘ra, Oksford universiteti ketma-ket sakkizinchi yil reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#talaba_hikoyasi

🗣Tanish-bilish aralashtirmaslikka qasam ichtirgan domla

🔹2006-2010 yillarda Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qiganman. Oliy matematikadan bir domla darsga kirar edi. Bu fan biz filologlar uchun juda qiyin bo‘lgani uchun shu domlaning fanidan yaxshi baho olishga qiynalar edik. Ustiga-ustak, domla birovdan bir so‘m olmaydigan, tanish-bilish aralashtirganlarni o‘lguday yomon ko‘rar edi. Baxtga qarshi, fanning o‘zi juda qiyin, uni o‘zlashtirishga juda qiynalganmiz. Domlaning pul olmasligini bilganlar, "tank" aralashtirish yo‘liga o‘tgan. Bu domlaga juda yomon ta’sir qilgan, o‘zini vijdoniga xiyonat qilgandek his etgan. Keyingi semestrda esa u bizdan yaxshigina o‘chini olgan. 110 talabaning hammasidan taxminan shunday mazmunda tilxat yozdirib olgan.

"Men ... shu semestrda ... domlaning oldiga yalinib borsam, pul bersam yoki tanish-bilishni o‘rtaga qo‘yib, semestrni yopishga urinsam, Alloh jazoimni bersin".


Lekin dunyo teskari aylanib, semestr yopish vaqti kelganda domlaning mazasi qochib yotib qoldi. Baholarimizni dekanat to‘g‘rilab bergan...
___________________________
🎓Talabalik davringizda turli xil qiziqarli, ibratli, kulgili yoki og‘riqli voqealarni boshdan kechirganmisiz? Bu haqda boshqalarga ham aytib berishni xohlaysangiz hikoyalaringizni @talabaadminbot manziliga yuboring. Istasangiz hikoyangizni anonim holda chiqaramiz.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Xususiy oliygoh litsenziyasi to'xtatilsa (tugatilsa) talabaning taqdiri nima bo'ladi?

☝️Oliy ta’lim vazirligi bergan so’nggi ma’lumotga ko’ra, vazirlik 6 ta xususiy OTMning litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga ariza bergan. Shu o’rinda savol tug’iladi, agar xususiy OTMlar litsenziyasi olib qo’yilsa, undagi talabalar nima qiladi? Bunga javoban vazirlik ular ko’chada qolmasligini aytmoqda. Ammo amaldagi tartib-qoidalarda lisenziyasi bekor qilingan oliygoh talabalarining o‘qishini ko‘chirish masalasi aniq belgilanmagan.

➡️ Batafsil maqola

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…
Подписаться на канал