🟣Kichik lahzalar, katta baxtga eltishi mumkin!
🎁 Hamma ham yaqinlarining tavallud kunlarida kutilmagan, noodatiy syurprizlar qilishni istasa kerak. Qalbdan chiqadigan samimiy tilaklaringizni videolavha orqali suyukli insoningizga yo‘llash, uni quvontirishi aniq.
Ota-onangiz, opa-singillar, aka-ukalar va barcha yaqinlaringiz uchun bu bir umrga esdan chiqmas sovg‘a bo‘la oladi.
🗣Toshkent shahrida har oyning bir kuni “Avtomobilsiz kun” bo’ladi
Prezident farmoniga asosan, Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi amalga oshiriladi.
Bunda, binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali namuna ko‘rsatib boradi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
🔫Toshkentda “Counter Strike 2” yoʻnalishi boʻyicha turnir oʻtkaziladi
Mukofot jamgʻarmasi 10 mln soʻm boʻlgan Unicup turnirida poytaxtdagi OTM talabalari ishtirok etadi.
Unda qatnashuvchi OTMlar:
🗣2024-yilda “Tashabbusli budjet” jarayoniga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar haqida ma'lumot
Endi bitta odamni 2 3 talab telefon raqami bo‘lsa ham, faqat 1 marta ovoz bera oladi. Batafsil o‘zgarishlar yuqoridagi rasmda
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
Oila, farzand tarbiyasi bilan bir qatorda ilmiy faoliyatda ham muvaffaqiyat qozonayotgan Prezident stipendianti bilan intervyu
🗣Loyiha mehmoni – ko‘plab xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi, startap va innovatsion tanlovlar g‘olibi, Prezident davlat stipendiyasi sohibasi Toshkent davlat texnika universiteti magistranti Kamolaxon Erkinova bo‘ladilar.
Quvonarli tomoni shundaki, Kamolaxon oila, farzand tarbiyasi bilan bir qatorda, o‘qish va ilmiy faoliyati hamda startap loyihalarida muvaffaqiyatga erishib, barcha talaba-qizlarga o‘rnak bo‘la oladi desak adashmagan bo‘lamiz. Intervyuni tomosha qilish orqali siz qahramonimizning maqsadiga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklari, muvaffaqiyat siri haqida bilib olishingiz mumkin.
✅Intervyuni to‘liq formatda YouTube sahifamiz orqali tomosha qiling.
📺INTERVYUNI KO‘RISH 👈
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#talaba_hikoyasi
🗣Bekatga yozilgan “ochlik xati”
🔹Nukus davlat pedagogiga institutida tahsil olganman. 2007-yil uchinchi kursligimizda paxtani yagana qilishga Shumanay tumaniga jo‘natishdi. Ertalab 6:00 dan dalaga chiqarishdi. Nonushta ham berishmadi. Ana olib kelishadi, mana olib kelishadi, deb soat 13:00 gacha kutamiz hamki, haligacha ovqatdan darak yo‘q. Kutdik, kutdik, ochlik jonimizdan o‘tib ketdi. Shunda xayolimga bir fikr keldi. Biz ishlayotgan dala katta yo‘lning bo‘yida edi.
Yo‘lning qarama-qarshisida bekat bor edi. Shu bekatga katta qilib “Biz ochmiz (Bizler ashpyz)” deb yozib, dalaga qaratib strelka chizib qo‘ydim.
#talaba_hikoyasi
🗣Orzusini qurbon qilgan talaba
🔹Andijon davlat tibbiyot institutining to‘rtinchi kursida o‘qirdim. Neyroxirurgiya fanini yaxshi o‘qiganim, rus tilini yaxshi bilganim uchun domlamiz menga ilmiy ish qilib, shu kafedrada qolishni taklif qilib qoldi. Rosti, juda quvondim. Axir bu 30 yil oldin ham hazilakam taklif emas edi-da. Buni ota-onamga ham darhol aytdim. Ular ham quvonishdi. Taklifni jon deb qabul qildim. Fanga bo‘lgan qiziqishim kundan kunga ortib borar edi. Ilmiy ish qilish, fanga yangilik kiritish, shu bilan bemorlar joniga oro kirishga astoydil harakat qilar edim. Xullas, orzularim osmon qadar edi. Shu fan darslari tugash arafasida haligi domla meni yoniga chaqirib, gap boshlab qoldi.
“Agar institutni tugatguncha va undan keyin ham kafedrada ilm bilan shug‘ullanishga qiziqishing bo‘lsa, kafedra mudiri bilan gaplashib, seni olib qolishga harakat qilaman. Faqat mudirga shogird tushishning to‘lovi bor”,
#o‘qishni_ko‘chirish #natija
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi
Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.
💾 OTFIV tizimidagi OTMlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)
Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
⚡️Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar 2 ta, tugatilgan OTM talabalari ko'chada qolmaydi! — vazirlik
Ijtimoiy tarmoqlarda “bir nechta nodavlat OTM litsenziyasi bekor qilindi” mazmunida xabarlar tarqaldi. Aslida sud jarayonlari to'liq yakunlanib litsenziyasi bekor qilingan OTMlar 2 ta bo'lib, bular “Valley Innovative University” va Urganch shahridagi Binari universiteti.
Ushbu nodavlat ta'lim tashkiloti talabalari tegishli tartibda boshqa ta'lim tashkilotlariga ko'chirilgan.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#yaxshi_kayfiyat
🗣Har bir inson moʻjiza yarata oladi, faqat bunga hafsala va xohish bo‘lsa kifoya.
Moʻjizakor qo‘llarni ko‘ring, zavq oling.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
Prezident farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish tartibiga oʻzgartirish kiritildi.
🔹Endilikda axborot texnologiyalari yoʻnalishida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar ham ushbu mukofot bilan taqdirlanadi. Shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi rahbarlik qiladigan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi.
🔹Bundan tashqari, farmonda mukofotni olish uchun talabgorning soʻnggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
⚡️Rasman: kollej-texnikumni bitirib OTMga to'g'ridan-to'g'ri 3-kursdan kirish mumkin bo‘ladi
Yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda:
🔹kollej-texnikumning 1-2-kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi;
🔹texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi.
Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eng yaxshi investitsiya bu ta’limga kiritilgan investisiyadir.
O‘zbek tilida yozishga qiynalasizmi?
So‘zlarni qanday to‘g‘ri yozishni bilmay qolasizmi? Tahrirchi boti siz yozgan matndagi xatoliklarni topib, to‘g‘rilab beradigan dastur!
Ustiga-ustak, u berilgan matn va fayllarni kirill yoki lotin imlosiga xatosiz o‘tkazib beradi. Asosiysi, ushbu botdan foydalanish mutlaqo bepul!
➡️ Sinab ko‘ring: @tahrirchi_uzbot
🗣Professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi
🔹Professional ta’lim uchun mas’ul idoralar ko‘payib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.
Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.
Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.
☝️Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.
Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🗣Pedagogik oliygohlarda o‘qiydigan bitiruvchi talabalar uchun yaxshi yangilik!
Vazirimiz Hilola Umarova maktabdagi bo‘sh ish o‘rinlarini talabalar bilan shartnoma asosida band qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Ma’lum muddat ichida fanlar kesimida ro‘yxat shakllantiriladi. Oliygohlar rahbariyati bilan bu haqda kelishuvlar ham bo‘ladi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
💼 Zamonaviy dunyoda talabgir kasb egasi bo'lmoqchimisiz?
📈 Bizning SMM Pro kursimiz doimo so'nggi trendlar va yangilanishlar bilan boyitib boriladi. Chunki bu sohada bozor shuni talab qiladi.
4 oylik kursimiz davomida marketing asoslari, kopirayting, targeting va mobilografiyadan tortib, eng zarur texnik bilimlargacha – barchasi sizni kutmoqda.
❤🔥 Oxirgi 3 oyda SMM Pro kursimizni tamomlagan o'quvchilarning 100 foizi ishli bo‘lib kelmoqda.
Siz ham kelajagingizni bugundan boshlang, «Najot Ta'lim» oflayn SMM Pro kursida ta'lim oling.
👉 Ro'yxatdan o'tish
🗣O‘qimishli oila (yaxshi kayfiyat)
Shu bratni videolari juda hayotiy va saviyali chiqadi, hammasi o‘z o‘rnida. Rostanam diplomchalari qip-qizil, prosta blogerlik qilib yurgan bo‘lsalar kerak-da, manga o‘xshab ...
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
🟥🟥🟥 ❄️ Poytaxt ma’muriyati TOSHKENTDA kuchli qor yog‘ishi haqida ogohlantirmoqda
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, 18-fevral kuni kuchli qor yog‘ishi, u kamida 12 soat davom etishi kutilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yog‘ingarchilik hajmi ikki oylik me’yordan oshadi.
Shu munosabat bilan, hokimiyat:
❗️Zaruratsiz uydan chiqmaslikni, shaxsiy transport vositalaridan foydalanishni minimallashtirishga harakat qilishni va harakatlanish uchun jamoat transportidan foydalanishni;
❗️Qor va muz massalari tushishi mumkin bo‘lgan ko‘p qavatli binolardan saqlanishni;
❗️Quloqchin taqqan holda tashqariga chiqmaslikni - bu yaqinlashib kelayotgan mashina yoki qor tushishini eshitmay qolishingizga olib kelishi mumkin;
❗️Avtomobillarni ko‘p qavatli bino va inshootlar, shuningdek, daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘ramoqda.
Yaqinlarga yuborib xabardor qilib qo‘ying
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
“O‘zbekistonda 13 fevral kuni qariyb 1 mln o‘quvchi maktabga bormagan” - vazirlik rasmiysi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining boshqarma boshlig‘i Azamat Kamolov ma’lumotiga ko‘ra, darslarga kelmagan qariyb 1 mln o‘quvchining 800 mingdan ortig‘i sababli, salkam 95 mingi esa maktabga sababsiz ravishda bormagan. Ta’kidlanishicha, endilikda bu bolalar bilan Milliy gvardiya xodimlari ishlab, ularni maktabga qaytarish chorasini ko‘radi.
👉 Batafsil maqolani o‘qish
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
⚡️Talabalar uchun haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Bunda talabaga BHMning 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq tegishli hisob raqamiga o‘tkaziladi.
📈 The Times Higher Education xalqaro tashkiloti 2024-yil uchun dunyodagi top universitetlar reytingini e’lon qildi
Top 10 talik quyidagicha ko‘rinish oldi:
🔵1. Oksford universiteti — Buyuk Britaniya;
🔵2. Stendford universiteti — AQSh;
🔵3. Massachusets texnologiya instituti — AQSh;
🔵4. Harvard universiteti — AQSh;
🔵5. Kembrij universiteti — Buyuk Britaniya;
🔵6. Prinston universiteti — AQSh;
🔵7. Kaliforniya texnologiyalar universiteti — AQSh;
🔵8. London imperial kolleji — Buyuk Britaniya;
🔵9. Kaliforniya universiteti — AQSh;
🔵10. Yel universiteti — AQSh.
Reyting tahliliga ko‘ra, Oksford universiteti ketma-ket sakkizinchi yil reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
#talaba_hikoyasi
🗣Tanish-bilish aralashtirmaslikka qasam ichtirgan domla
🔹2006-2010 yillarda Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qiganman. Oliy matematikadan bir domla darsga kirar edi. Bu fan biz filologlar uchun juda qiyin bo‘lgani uchun shu domlaning fanidan yaxshi baho olishga qiynalar edik. Ustiga-ustak, domla birovdan bir so‘m olmaydigan, tanish-bilish aralashtirganlarni o‘lguday yomon ko‘rar edi. Baxtga qarshi, fanning o‘zi juda qiyin, uni o‘zlashtirishga juda qiynalganmiz. Domlaning pul olmasligini bilganlar, "tank" aralashtirish yo‘liga o‘tgan. Bu domlaga juda yomon ta’sir qilgan, o‘zini vijdoniga xiyonat qilgandek his etgan. Keyingi semestrda esa u bizdan yaxshigina o‘chini olgan. 110 talabaning hammasidan taxminan shunday mazmunda tilxat yozdirib olgan.
"Men ... shu semestrda ... domlaning oldiga yalinib borsam, pul bersam yoki tanish-bilishni o‘rtaga qo‘yib, semestrni yopishga urinsam, Alloh jazoimni bersin".
📌 Xususiy oliygoh litsenziyasi to'xtatilsa (tugatilsa) talabaning taqdiri nima bo'ladi?
☝️Oliy ta’lim vazirligi bergan so’nggi ma’lumotga ko’ra, vazirlik 6 ta xususiy OTMning litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga ariza bergan. Shu o’rinda savol tug’iladi, agar xususiy OTMlar litsenziyasi olib qo’yilsa, undagi talabalar nima qiladi? Bunga javoban vazirlik ular ko’chada qolmasligini aytmoqda. Ammo amaldagi tartib-qoidalarda lisenziyasi bekor qilingan oliygoh talabalarining o‘qishini ko‘chirish masalasi aniq belgilanmagan.
➡️ Batafsil maqola
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
Teshaboyev To‘lqin Zokirovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.
🔹Prezident qaroriga asosan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut birlashtirildi.
U 2020-yil oktyabrdan buyon Toshkent moliya instituti rektori lavozimida ishlayotgandi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori esa qaysi lavozimga o‘tganidan xabaringiz bo‘lsa kerak...
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#o‘rnak_olsa_arziydi
🗣QDPIda o‘tkazilayotgan tanlov g‘olibi 50 gramm quyma oltin bilan taqdirlanadi!
👏 Qoyil, Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘tgan yili o‘tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi g‘olibiga ota-onasini bepul Umra safariga yuborish yo‘llanmasi taqdim etilgan ekan.
😮 Bu yilgi tanlov g‘olibiga esa og‘irligi 50 grammga teng oltin quyma bosh sovrin sifatida qo‘yilibdi. Qoyil, talabalar uchun butun o‘quv yilida a’lo baholarga o‘qishga intilishiga sabab bo‘ladigan eng yaxshi motivatsiya.
🔹“Maqtov yorlig‘i berilsin” degan gaplar tarixga aylanmoqda. Talabalarini munosib rag‘batlantirayotgan bunday OTM rahbarlaridan qolganlar ham o‘rnak olsa arziydi.
Oldin doim NamDUni namuna qilib ko‘rsatar edim, endi QDPIga ham hurmatim oshdi. Shunaqa o‘rnak olsa arziydigan ma’lumotlarni @talabaadminbot ga yuborib turinglar.
©️Izzatxo‘ja Asomiddinov
🇯🇵Yaponiyadagi avtomobil haydash madaniyatini ko‘ring! Na signal chalish bor, na bir-birini siqib ketish...
O‘zbekiston rivojlanmaydi, hammayoq tartibsizlik deb ko‘pchilik noliydi, lekin o‘zi yurtimiz rivojiga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shishga harakat qilmaydi. Hattoki oddiy chiqindini maxsus idishga tashlashga erinadi.
🔹Viloyatdan Toshkentga yoki boshqa viloyatga o‘qish uchun boradi, lekin maksimum ilm olishga intilmaydi, vaqtini behuda sarflaydi. Albatta bu gaplar hammaga ham tegishli emas, gap egasini topadi. Lekin agar meni fikrimcha hamma o‘zi uchun harakat qilsa, o‘zi uchun to‘g‘ri, halol va tartibli inson bo‘lsa shundagina jamiyatimiz rivojlanadi.
🔵Tasavvur qiling, namoz uchun takbir aytildi, 7 soniya ichida hamma bir qator bo‘lib, saf tortadi. Hamma o‘zini to‘g‘irlaydi, kimdir kimdirga tur o‘rningdan, orqaroq, oldinroq suril demaydi. Hamma o‘zini to‘g'irlagani uchun ham tartib bo‘ladi.
☝️Xuddi shunday jamiyatda ham o‘zimizni to‘g‘irlasak, ishdami o‘qishdami o‘z vazifamizni a’lo, vijdonan bajarishga intilsak, biz nafaqat Yaponiya balki undan ham rivojlangan davlatga aylana olamiz.
©️Izzatxo‘ja Asomiddinov
#Fakt24 | 16 qutidan iborat 93 kilogrammlik «Shokoladli qal’a»
🍫Shokoladxo‘r talabalar bormi? Eng yoqtirgan shokoladiz qaysi?
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim
OTMlarning maqomini belgilash bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqiladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 116 ta oliygohni o‘rganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqish, ularga “milliy”, “davlat” universiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq mezonlarini belgilash topshirildi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkazilishi va xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi belgilandi.
Endi jamg‘arma hisobidan yoshlarni chet elga o‘qishga yuborishda malakali va sifatli injener hamda texnologlar tayyorlashga ustuvorlik beriladi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🗣Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
🔹Davlat rahbari raisligidagi ushbu yig‘ilish “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”dagi ta’lim sohasidagi ilk yig‘ilish hisoblanadi. Yig‘ilishda rektorlar va filial direktorlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Xabaringiz bor, 2-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yangi vazir tayinlangandi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!