Emotsiyalar to'g'ri tushunasiz...
Qatar 3-zarbani aniq tepolmagach, bo'ldi yutdik deb o'ylagandim, juda alamli bo'ldi...
👏 O'yin ajoyib, kambek ajoyib. Jamoaga rahmat. To'g'ri ular ham yutqazamiz deb maydonga tushmagan, omad ham kelmadi. Taqdir ekan nima ham derdik. Jamoadagi yigitlarga, murabbiyga kattakon rahmat, o'yin uchun, kambeklar uchun... To'liq tarkib bo'lganida, jarohatlar va kartochkalar halaqit qilmaganida Qatarni ko'rdim demay o'tib ketar ekanmiz, afsus nasib qilmabdi...
Penaltini texnikadan ko'ra kuchli zarba bilan tepish kerak edi nazarimda. Shunda darvozabon yo'nalishni topsa ham ulgurmaydi menimcha.
Qisqasi o'yin uchun rahmat, penaltilar seriyasi ustida esa mashg'ulotlarda ko'proq ishlash kerak.
Kommentda nagativlarni bas qilamiz, baribir endi vaqt ortga qaytmaydi, natija o‘zgarmaydi...
Asosiy vaqt tugadi, 2-taymda o'yinni kuchaytirdik. Qatar qo'rqib o'ynayabdi, Xudo xohlasa qo'shimcha vaqtda g'alabani o'zimizniki qilamiz. Omad!
Olg'a O'zbekiston 🇺🇿🇺🇿🇺🇿
⚽️ Bugun futbol kuni! O‘zbekiston Osiyo chempionati chorak finalida Qatar termasiga qarshi maydonga tushadi!
🔹Urganch davlat universiteti va Andijon davlat pedagogika institutida bugungi o‘yin uchun talabalar va ustozlarning tahminiy hisob variantlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilibdi.
Siz ham o‘z takliflaringizni kommentariyada yozib qoldiring.
🇺🇿Olg‘a O‘zbekiston, qanday hisob bo‘lmasin, bugun g‘alaba bo‘lsa bas!
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🗣“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarga kvartira ijarasi to‘lab beriladi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy ijarasi uchun har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Albatta, bunda bir qator talablar mavjud. Jumladan:
🔹er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi;
🔹mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar olmagan;
🔹ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar taʼminoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan;
🔹har ikkisi yoki biri "Yoshlar daftari"ga kiritilgan bo‘lishi kerak.
Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun yosh oila vakillari yoshlar ishlari bo‘limiga murojaat qiladi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
📌 Dual professional ta’lim qanday ishlaydi?
Bir vaqtning o‘zida ham o‘qib, ham ishlab pul topish imkonini beruvchi ushbu ta’lim shakli haqida ma’lumot (Germaniya misolida)
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🗣«Titanik»dan 5 barobar katta kema ilk sayohatga chiqdi
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#rasman
🗣Endi “Tashabbusli byudjet”da bir kishi faqat bir marta ovoz bera oladi.
🔹Endi bir odamning nomida nechta sim-kartasi bo‘lishidan qat’i nazar 1 kishi faqat 1 marta ovoz bera oladi. Masalan, mening nomimda Uzmobayl, Mobiuz, Yucyell va Bilayn raqamlari bor deylik. Shu paytgacha men 4 ta ovoz bera olar edim. Endi esa faqat 1 marta ovoz beraman, keyingi safar boshqa kompaniya raqamidan yana ovoz bermoqchi bo‘lsam, menga rad javobi keladi.
Bu orqali yuzlab sim-karta sotib olib, ovozlar sonini sun’iy ko‘paytirishga chek qo‘yiladi.
🗣Endilikda "5 SKILLS" o’quv markazida Ingliz tilidan «INTERMEDIATE» darajadan 4 ta level'ni 4 oyda tugatasiz va IELTSdan 7 natijaga ega bo’lasiz.
💯Aks holda imtihon uchun sarflagan pulingizni qaytarib olish imkoniyatini qo'lga kiritasiz.
❗️Yoki – Ingliz tilidan «BEGINNER» darajadan 6 ta level'ni 7 oyda tugatib 100% KESHBEKga ega bo'lsangiz bo'ladi.
⬇️Qiziqmi? Unda pastdagi tugmani bosing va ro'yxatdan oting!
Shoshiling bunday imkoniyat har doim ham bo’lavermaydi!
➡️ Ro’yhatdan o’tish
📞 +998(95) 059-95-35
Bizning manzil:
📍Yandex kartadan ko'rish
📍Google kartadan ko'rish
🧾Bizning natijalar⬅️
❓Talaba farzandli bo‘lsa, OTMdan suyunchi puli oladimi?
❌Qisqa javob: yo‘q, bu noto‘g‘ri xabar. Suyunchi puli olish uchun hech qayerga murojaat qilish shartmas, avtomat ravishda ota-onadan birining plastik kartasiga tushadi.
🔹Qonunchilikka ko‘ra, istalgan oilada farzand tug‘ilganda bir martalik nafaqa puli beriladi. Ushbu “suyunchi puli” ota-ona nima ish qilishidan qatʼi nazar barcha fuqarolarga beriladi, xoh davlat ishida, xoh xususiy sektorda ishlasin, xoh ishsiz bo‘lsin, xoh talaba bo‘lsin, farqi yo‘q. Hamma oladi.
Maʼlumot uchun: “suyunchi puli” summasi — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi deb belgilangan. Yaʼni hozirgi kunda 738 ming 150 so‘mni tashkil etadi.
Kitob o‘qib Misrga sayohat yo‘llanmasini yutib oling!
🎁 29-fevralgacha “Yil bestsellerlari 2023” toʻplamini xarid qiling va shu sovg‘alarni yutib oling:
1. Misrga 2 kishilik sayohat (Booking'da kamida 8.2 bahoga ega mehmonxona bilan)
2. Smart-televizor
3. Smartfon
4. Smart-soat
va yana boshqa 46 xil sovgʻa.
Va muhimi, siz sovgʻadan qatʼiy nazar 799 ming so'm evaziga 20 ta eng bestseller kitobdan iborat toʻplamni qoʻlga kiritasiz.
Toʻplamni xarid qiling va sovg‘ali o‘yin ishtirokchisiga aylaning: asaxiy.uz/u/659519f0e5231
@asaxiybooks - sevimli kitob do‘koningiz
#Yangilik
🤩INGLIZ TILINI O'RGANMOQCHI BO'LGANLAR UCHUN AJOYIB YANGILIK
🔥Atiga 8 oy ichida IELTSdan yuqori natijalarga ega bo'lishingiz mumkin!
☃️ 2024-yilda ingliz tilini o‘rganib, CEFR yoki IELTS olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganlar uchun.
📣 Ingliz tilidan maxsus guruhlar ochilmoqda!
💥 Kurslar yuqori malakaga ega (IELTS 8 darajali) ustozlar tomonidan chuqurlashtirilgan tarzda olib boriladi.
🎯IELTS darajasini ko'tarmoqchi bo'lganlar uchun ham 2 oylik maxsus kurslarimiz mavjud.(Til bilish darajasi IELTS 5 - IELTS 6 bo‘lib IELTS 7+ qilmoqchi bo‘lganlar uchun)
💸 Eng asosiysi siz hozir ushbu postni bizga qayta yuboring va 1-oy uchun 100 000 ming soʻmlik chegirmani qo‘lga kiriting.
⚡️Chegirmalar faqat yanvar oyidan guruhga yozilganlar uchun amal qiladi.
🏃🏻SHOSHILING JOYLAR SONI CHEKLANGAN!
Kursga ro‘yxatdan o‘tish
Batafsil👇👇
Tel: +998950976999
Telegram: Admin
Manzil: Beruniy metro
Xitoyliklardan innovatsiya: Navbat quyosh panelli "skameyka"larga!
♻️ Bu davlatning ayrim jamoat joylariga maxsus quyosh panelli o‘rindiqlar o‘rnatilyapti. Unda nafaqat hordiq chiqarasiz, balki qo‘l 📲⚡️ telefoningizning quvvatini to‘ldirib olishingiz mumkin.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🇯🇵Yaponiyada dunyodagi birinchi virtual maktab ochildi!
🔹Mutaxassislar bu shakldagi darslar nafaqat jarayonni osonlashtiradi, balki bolalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini ham oshiradi, degan fikrda. Chunki bu xuddi onlayn o‘yinga o‘xshaydi. Har bir talaba mustaqil ravishda darslarda qatnashadigan avatarini tanlaydi. Shuningdek, o‘smirlar bu virtual olamda tashqi ko‘rinish haqida qayg‘urishlariga hojat qolmaydi.
🔹O‘quv dasturi, shuningdek, trening darslar, maslahatlar, kibersport turnirlari, madaniy tadbirlar, festivallar va boshqa maktab tadbirlarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilariga individual yondashuv, qo‘shimcha kurslar va Tokio universitetiga kirishga tayyorgarlik va’da qilinadi. O‘qishni tugatgandan so‘ng bitiruvchilar o‘rta maktabning namunaviy attestatiga ega bo‘ladi.
Shunaqa ta’lim tizimida o‘qigan bo‘larmidingiz?
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
❓ Nima uchun grantda o‘qiganlar diplom olishdan oldin 3 yil ishlashi kerak?
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
Bitta penaltini eplomadi. Qanaqqilib 5tadan 3tasini urolmaslik mumkin. Buni faqat biznikilar eplashadi. Qoyil😡😡😡
Читать полностью…Kayfiyatni tushurmaymiz!
Hammasi nazorat ostida...
O'yin oxirida aytgandimku nazorat ostida deb deyish nasib qilsin
🗣Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#qonunchilik_yangiliklari
⚡️Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–901-son, 01.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
🗣Havasim kelyapti
🔹Uylanish tashvishida yurgan 25 yashar yigit, tinmay yig‘layotgan 4 yashar bolaga dedi: - "Buncha yig‘laysan, maza qilib ovqatlanib, multfilm ko‘rib yotmaysanmi? Biror o‘yloving bo‘lmasa. Senga havasim kelyapti...".
🔹Maoshini u oydan bu oyga yetkazayotgan 35 yashar erkak, uylanish tashvishida yurgan 25 yashar bo‘ydoqqa dedi: "Buncha siqilasan? Uylanarsanam, joninga ham tegar. Mana, qaragin, ahvolimni. Senga juda havasim kelyapti...".
🔹Biznesi o‘xshamagan va bankrot bo‘lib boshi tashvishdan chiqmayotgan 55 yashar kishi, 35 yasharga dedi: "Boriga shukur qiling. Kam maosh olsangizam, qulog‘iz tinch. Mana, umrim bo‘yi borimni bergan biznesim kasodga uchrab, qulog‘imgacha qarzga botib ketdim. Sizga qanchalik havas qilayotganimni tasavvur ham qilolmaysiz..".
🔹Uning gapini eshitib turgan 70 yashar chol dedi: "Buncha siqilasan? Menga o‘xshab, beling qaqshab, oyog‘ing qaltiramayapti-ku, o‘rningda bo‘lganimda tog‘ni urib, talqon qilardim. Havasimni keltirma...".
🔹Qabrda yotgan marhum ularga qarab nido qildi: "Barchangizga havasim kelyapti, chunki sizda tavba qilish imkoniyati bor. Qani edi menda shunday imkoniyat bo‘lganida edi, butun hayotimni unga fido qilardim...".
➡️ @Ilhom_Rahmatullayev
🇹🇷Antaliyada nashr etiladigan ijodkorlar to‘plamida ijodiy, ilmiy va publistik ijod namunangizni chop qilishga zo‘r imkoniyat!
🔹Biz Turkiyaning mashhur nashriyotida o‘zbek adabiyotining Turkiyadagi targ‘ibotiga bel bog‘ladik. O‘zbek shoir, yozuvchi va havaskor ijodkorlarining to‘plami turk tilida 2024-yilning bahorida chop etilishi kutilmoqda. Ushbu to‘plamdan ijodiy, ilmiy va publististik ijod namunalari o‘rin olishi rejalashtirilgan.
Sizdan quyidagilar talab qilinadi:
Ijodiy ishlarga qo‘yiladigan talablar:
Sizga quyidagilar taqdim etiladi:
"Qishki perevod" natijalari qachon e'lon qilinadi?
"Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom"ning ilovasiga ko'ra, bahorgi semestr bo'yicha (xalq tilida qishki perevod) arizalar natijasi fuqaroga 25-yanvardan 15-fevralgacha muddat oralig'ida ma'lum qilinadi.
Demak "qishki perevod" natijasi e'lon qilinishining so'nggi kuni 15-fevral hisoblanadi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#abituriyent2024
⚡️Test sinovi baholash mezonlari e’lon qilindi!
🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
◀️Unga ko‘ra, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
🟩Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
🗣Korrupsiya oqibatida insonlarning o‘z orzulariga erisha olmasligi, umidlari so'nishini ko'rsatib beradigan kreativ, ijtimoiy rolik tayyorlashibdi.
🔹Bunday ijtimoiy rolik va kinolar, korrupsiyaning kamayishi va oqibatlarini tushunishga kichik bo'lsa ham hissa qo'sha olsa, loyihadan ko'zlangan maqsad amalga oshgan bo'ladi.
Siz korrupsiyaga yo'l bersangiz,
Korrupsiya sizning yo'lingizni to'sadi
Shuning uchun sessiyada pul bermasdan, o‘z bilimingiz bilam imtihonlarni topshiring.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
👏 Namangan davlat universiteti talabalari obodonlashtirish hodimlariga issiq qahva va yegulik tarqatishibdi.
Shunaqa tashabbuslar juda yoqadi-da, hammaga o'rnak qilib ko‘rsatishga arziydi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🧠Tadqiqot: Talabalar IQ darajasi borgan sari pasayib bormoqda
🔸Kanadalik olimlar universitet talabalarining intellektual darajasi bundan 70-80 yil oldingiga nisbatan pasayganini aniqlashdi. Hozir o’quvchilarning IQ darajasi umumiy aholiniki bilan deyarli bir xil darajada.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda universitet talabalarining IQ darajasi o’rtachadan yuqori diapazonda, 115 dan 130 ballgacha ekanligi haqidagi ma’lumotlarni topish mumkin. Biroq, ilmiy adabiyotlarga ma’lumot yig’ish uchun talabalarning 1940-1950 yillardagi ko’rsatgichlari olingan.
Mount Royal, Britaniya Kolumbiyasi va G’arbiy (Kanada) universitetlari olimlari ushbu ma'lumotlarni «yangilash»ga qaror qilishdi. Mualliflar 1939-yildan 2022-yilgacha Veksler intellekt shkalasi bo’yicha sinovdan o’tgan kollej va universitet talabalari natijalarining o’rtacha IQ ko’rsatkichlari meta-tahlilini o’tkazdilar.
Tadqiqotchilar bugungi kunda oliy ta’lim talabalarining IQ darajasi o’rtacha 102 ball atrofida ekanligini va bundan tashqari, har yili taxminan 0,2 ballga pasayotganini aniqlashdi. Talabalarning intellektual qobiliyatlari darajasi, albatta, universitetga qarab farq qiladi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
📣 Do'stlar! "Turkcha-turk tili" jamoasidan Bahorgi imtihonlar uchun onlayn tayyorlov kurslariga start berdik!
🇹🇷 Bizda turk tilini kimlar o'rganadi:
🔹Talabalar 🔹Magistrantlar
🔹Doktorantlar 🔹Harbiylar
🔹O'qituvchilar 🔹Abituriyentlar
🔹Tadbirkorlar 🔹Shifokorlar
🔹Ilmiy rahbarlar 🔹Uy bekalari
🔹Tarjimonlar 🔹Biznesmenlar
🇹🇷Ushbu kurs quyidagilarni o'z ichiga oladi:
✔️Darslar soni: 40+12
✔️Har bir darajada jiddiy imtihonlar
✔️Ba'za kanallar
✔️Kunlik topshiriqlar
✔️Suxbatlashuv darslari
✔️ Eslatma: Kurs 3 oylik birinchi oy darslar mutlaqo bepul !
Ro'yxatdan o'tish💬 @turkcha_turktili
📞Ma'lumot uchun: 881866655
📣📣📣 50 MILLION SO'MLIK TA'LIM GRANTI!!!
❓ Siz turk tilini o'rganmoqchisiz, lekin mablag'ingiz yetarli emasmi?
☄️ O'zbekistondagi 1-darajali turk tiliga ixtisoslashgan META-TA'LIM o'quv markazi kam ta'minlangan hamda boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida o'zining IMKON nomli TA'LIM GRANTini e'lon qiladi.
🔥 Ushbu grant doirasida 25 nafar yigit-qizlar offlayn va onlayn turk tili tayyorlov kurslarida bepul 3 oy ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
⌛️ Grant sohibiga aylanganlarning ta'lim olish jarayonlari fevral va may oylari oralig'ida tashkil etiladi.
🤗 Ushbu grantga O'zbekistonning istalgan joyida yashovchi va turk tilidan B2 darajadagi sertifikat zarur bo'lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
🏃 Shoshiling! IMKON TA'LIM GRANTiga ro'yhatdan o'tish 2024-yil 25-yanvar 23:59gacha davom etadi.
✔️ Ushbu grant sohibiga aylanish uchun META-TA'LIM rasmiy telegram sahifasiga obuna bo'lish hamda quyidagi SO'ROVNOMAni to'ldirish talab etiladi.
META-TA’LIM — 1-darajali turk tiliga ixtisoslashgan o'quv markaz
————————————————
Telegram | YouTube | Instagram
🟥🟥🟥🟥🟥🟥
🗣Yangi loyiha: Jurnalistlar klubi tashkil etiladi!
🔹Siz jurnalistikaga qiziqasiz-u, faoliyatingizni qanday boshlashni bilmayapsizmi?
🔹Turli xildagi intervyu, ko‘rsatuvlar tayyorlashni xohlaysizmi?
🔹Jurnalistika bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etib, o‘z bilimlaringizni yanada oshirmoqchimisiz?
🔴Unda Sizni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi Matbuot va media laboratoriya bo‘limi tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan “Jurnalistlar klubi”ga taklif qilamiz.
❗️Qaysi yo‘nalishda o‘qishingizni ahamiyati yo‘q, muhimi qiziqish bo‘lsa yetarli.
☝️Klubga a’zo bo‘lish orqali siz:
↪️ushbu soha bo‘yicha o‘z bilimlaringizni turli amaliy topshiriqlarni bajarish orqali yanada mustahkamlab borasiz;
↪️mashhur jurnalistlar va blogerlarning master klasslarida ishtirok etib tajriba oshirasiz;
↪️amaliy topshiriqlarni bajarish hamda darslarda ishtirok etish orqali klubning maxsus guvohnomasiga ega bo‘lasiz.
✔️Agar siz ham “Jurnalistlar klubi”ga a’zo bo‘lish istagida bo‘lsangiz, 25-yanvar kuni soat 15:00 da Talabalar ijtimoiy-media va madaniyat maskani binosida dastlabki uchrashuvimizda kutib qolamiz.
📍Manzil lokatsiyasini ko‘rish⬅️
P.S.: Ushbu klub hozircha faqat Toshkent shahrida sinov tariqasida faoliyat olib boradi, keyinchalik boshqa viloyatlarda ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Batafsil ma‘lumot uchun quyidagi guruhga qo‘shiling.
➡️ /channel/jurnalistlarklubi
🗣Fe'l so'z turkumidagi testlarni ishlashda qiynalasizmi? Nima uchun qiynalishingizni bilasizmi?
Sababi juda oddiy. Siz mavzuni to'liq o'zlashtirmagansiz yoki sizda ushbu mavzu bo'yicha test ishlash ko'nikmasi yo'q.
Aynan shu sababli sizlar uchun 3 kunlik FE'L SO'Z TURKUMI mavzusida vebinar o'tkazmoqchiman. Bu vebinarda siz
🔹Fe'l o'zi nima ekanligi ;
🔹Fe'l nisbatlari;
🔹Fe'lning vazifa shakllari;
🔹Ko‘makchi fe’lli so'z qo‘shilmasi bilan unga o'xshash so'zlarning farqlarini
🔹Fe'l so'z turkumi testlarini ishlash ko'nikmasini o'rganishingiz mumkin.
➡️Vebinar kimlar uchun?
🔹Fe'l so'z turkumiga qiynalgan va qiynalayotgan barcha ustoz va o'quvchilar uchun.
➡️Qachon bo'ladi?
🔹26-27-28-yanvar kunlari soat kechki 18:00 da
➡️Vebinar narxi qancha?
🔹BEPUL. Fursat(imkoniyat)dan foydalanib, o'zingiz bilim olishingiz sharoit uchun yarating.
➡️Vebinar qayerda bo'ladi?
➡️ @onatili_NasibaxonAbdurahimova 👈 shu kanalda.