talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Endilikda talabalarga amaliyot o‘tagani uchun haq to‘lanadi!

Avval bunaqasi bo'lmagan.

🔹Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.

Bunda amaliyot o‘tash uchun Respublika bo'yicha 500 ta o‘rin ajratiladi. Amaliyot 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan davr mobaynida o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Amaliyot uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari, ya'ni 680 ming so‘m ish haqi to‘lanadi. Bu pul Oliy ta’lim vazirligidan amaliyot tashkil etilgan tashkilotga o‘tkazib beriladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Qishki “perevod” uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda

Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha 13 ta OTMda hududiy ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

✅ Arizalar 20-yanvarga qadar (o‘sha kuni ham) qabul qilinadi. Ishchi guruhlar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat. Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:

1️⃣ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;
2️⃣ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).


📒 Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

🔹o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
🔹talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
🔹pasport nusxasi;
🔹yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qatʼi nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

❌ Xorijdagi OTMdan O‘zbekistondagi davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-891-son, 28.12.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

✅ Ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan. Ushbu Qonun 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Xavfsiz yangi yil

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 31-dekabr kuni metro bepul xizmat ko‘rsatadi

Hukumat tashabbusi bilan 2023-yil 31-dekabr kuni Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Bugun, 24-dekabr kuni ham Talabalar shaharchasida tashkil qilingan avtobuslar orqali talabalar hududlarga kuzatilmoqda

Eslatib o‘tamiz, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun quyidagi qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etilgan:

Toshkent — Qarshi, Toshkent — Shahrisabz, Toshkent — Qorako‘l, Toshkent — Mirbozor, Toshkent — Termiz, Toshkent — Uzun, Toshkent — Denov.

Hurmatli talabalar, agarda hududlarga chiqib ketishda transport vositalari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +998555200808 (ichki raqam 167)

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

“Kitobxon yoshlar ligasi” o‘zi qanday tanlov?

📚 Bir necha yuz minglab talaba-yoshlarni kitobxonlikka targ‘ib qila olgan, qisqa vaqt ichida keng ommalashib, kitobxonlar orasida sog‘lom raqobatni yuzaga keltira olgan, onlayn tarzda tashkil etilsa-da, shaffoflikni ta’minlab, adolatli tarzda o‘tkazilishi bilan nom qozongan “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik loyihasi haqida ko‘pchilikka tanish bo‘lib ulgurdi.

Yuqoridagi video orqali mana shu loyiha tashkilotchilari hamda g‘olib va sovrindorlarining fikrlarini sizlarga ulashishga qaror qildik.

📺Videoni sifatli formatda ko‘rish

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️⚡️2024/2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

😅Biletlar sotilib bo’lgach, e’lon qilingan chegirma haqida

Shu habikatura rosa yoqadi-da, muammoni sarkazm bilan chiqaradi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#so‘ragan_edingiz

🗣O‘qishni ko‘chirish yuzasidan kelayotgan qisqa savollarga javoblar

❓Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
✅ Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.

❓Ruxsat kimlarga beriladi?
🔹talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
🔹davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

❓Qachon hujjat topshirsa bo’ladi?
✅ 20-dekabrdan 20-yanvargacha.

❓Qanday hujjatlar talab etiladi?
✅Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

🔹o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
🔹talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
🔹pasport nusxasi;
🔹yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#obunachilardan_savol

❓Meni bitta tanishim 2 guruh nogironi. Shu qiz o'qishda spendiya olib o‘qirdi, ammo yakuniydan yiqildi, qayta topshirishda ham o‘tolmadi. Shu sababli 2 oylik spendiyasi berilmadi. Zamdekani va marketing bo‘limiga borsa, fanlarning 45% zini 3 ga yopibsiz, shunga stipendiyangiz kuyib ketadi debdi. Shu qanchalik to‘g‘ri? Qonuniy asosi bormi?

🔹Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga 1-ilovasi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 2-bob “b” bandiga ko‘ra: fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi va undan ortiq qismi “qoniqarli” baho bo‘lgan talabalarga (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno) navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.

🔹Aynan shu qarorni 5-bobida 1-2-guruh nogironi bo'lgan talabalarga stipendiya tayinlash va to'lash tartibi ko‘rsatilgan. 12-, 13-bandga ko‘ra, 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalarga semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat’iy nazar bazaviy stipendiya miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi, stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, 1 va 2-guruh nogironi bo‘lgan talaba, semestrni necha bahoga yopsa ham (hatto sessiyani yopolmasa ham) stipendiyasi kuyib ketmaydi, shuningdek, ular stipendiyasiz kontrakt to‘lasa ham (stipendiyaning 1,5 barobari miqdorida, yani 642 ming so‘m) stipendiya olaveradi.

©️Izzatxo‘ja Asomiddinov

Talabalar bilan bog‘liq masalalarda savollaringiz yoki muammolar bo‘lsa @talabaadminbot orqali yuborishingiz mumkin.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣 Madaniyat

🔹Amerikada odamlar bir-biriga ko‘zi tushsa, begona bo‘lsa ham tabassum qilib qo‘yishadi. “Kechirasiz” va “Rahmat” – eng ko‘p ishlatadigan so‘zlari. Qorami, oqmi, boymi gadoymi –hammaga bir xil muomala qilishadi. Birov bilan birovning ishi yo‘q. Hamma o‘z hayoti bilan yashaydi. “Odamlar nima deydi?”, degan stereotip yo‘q.

🔹Eshikdan kirayotganda va chiqayotganingizda sizdan avvalgi odam eshikni ushlab turadi yoki ochib beradi. Hamma o‘zi uchun ochsin deb yuzingizga eshikni yopib ketavermaydi, chunki orqasidan kelayotgan odamga e’tiborli. Ular uchun kompliment qilish odatiy holga aylangan. Shunchaki yoningizdan o‘tib ketayotgan odam ham “kiyimlaringiz juda yarashibdi”, deb aytib o‘tadi. Juda yoqimli-a?

🔹Yordam so‘rasangiz chin dildan yordam berishadi. Masalan, men darsim bo‘ladigan xonani topolmaganimda bitta talabadan so‘raganman, u “pastki qavatda bo‘lsa kerak. Siz shu yerda turib turing, men pastki qavatni qarab chiqaman”, deb yugurib pastdan men uchun xonani izlab kelgan, pastki qavatni qarang deb ketavermagan.

🔹Pollarni yuvayotgan farrosh “hozir tozalagan joyimni kir qilma, boshqa joydan yur”, deyishiga o‘rganib qolganmiz, Amerikada esa “hozir yuvdim, ehtiyot bo‘lib o‘t. Sirpanib yiqilib tushma”, deb aytishadi.

Bu post biznikilarni yomonlab Amerikani ustun qo‘yish uchun yozilmadi. Biz ularning yaxshi taraflarini o‘rganib kelib, bu yerda tatbiq qilish vazifamiz bor. Shu yaxshi taraflarini ko‘rdim va bizda ham bo‘lishini istadim.

©️The University of Arizona talabasi Sabina Nabiyeva

🎓 TalabaYoshlar Talabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#bismillah

📕 Magistraturaga kirmoqchisiz lekin sizda til bilish sertifikati yo‘qmi? Ingliz tili o‘rganish uzoq vaqt oladi,sizning esa vaqtingiz oz qoldimi?
Bizda buning iloji bor 🤩

📔 Tezlashtirilgan 3 oylik turk tili kursimizga  start berdik. Noldan boshlab B2 darajagacha olib chiqiladi.

Darslar haftada 5 kun bo‘ladi
Imtıhon  bolımlarıdan dınleme konusma yazma hamda okuma  darslari bo‘ladi
Imtihonda tushgan mavzular jamlangan kurs

➡️ Xa aytgancha 0 dan boshlanadigan oddiy  darslarimiz davomiyligi
🔹Guruhli darslarimiz 4 yarim-5 oy
🔹Individual darslarimiz esa 3 oy


➡️ O‘quvchilarimiz natijalari

📞 Kursga yozilish uchun admin: @Menedjer_turk

🗂 Batafsil ma'lumot telegram kanalimizda!

Telegram | Instagram

Kurslarimizda o'qib Milliy sertifikatni qo'lga kiritishga shoshiling‼️

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Qaysi biri to'g'ri yozilgan?

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣O’zbekiston temir yo‘llari” AJ ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga to‘xtalib o‘tdi:

❓Ijtimoiy tarmoqlarda chiptalar sotilib bo‘lgach, talabalarga poyezd uchun chegirma e’lon qilinganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

ℹ️ Hozirgi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarni bayram oldi kunlarda manzillariga xavfsiz yetkazish va ularga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bular “Toshkent — Urganch”, “Toshkent — Nukus”, “Toshkent — Samarqand”, “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi joriy etiladi. Bu haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

🌐 Chegirmali chiptalarni talabalar hozir ham elektron tarzda https://eticket.railway.uz saytidan xarid qilishlari mumkin. Qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ham ulanadi. Barcha tadbirlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Hurmatli talabalar, elektron chiptalar holatini kuzatib turing, poyezdga vagon ulanishi bilan, elektron platformada ko‘rinadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Qishki "perevod"da ham xususiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Yo‘q. Bu muddatda xorijiy va xususiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar olinmaydi.

✔️ Hozirgi mavsumda faqat va faqat 2 toifadagi fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirishi mumkin:

🔹talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
🔹davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).


➡️ Perevod haqida batafsil

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Talabalarga eslatma!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

😍 Shunaqami aaaa....

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Asaxiy Books bestsellerlari 2023. Roʻyxat bilan tanishing:


😳 1. Jeyms Klir: Atom odatlar — 300 bet
🙌 2. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari — 236 bet
🫥 3. Jorj Oruell: Molxona — 100 bet
😭 4. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar — 240 bet
😎 5. Kel Nyuport: Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari- 230 bet
😎 6. Piter Hopkirk: Katta oʻyin. Ikki imperiya toʻqnashuvi — 744 bet
💸 7. Charlz Uilan: Yalangʻoch iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi — 540 bet
☹️ 8. Daron Ajemoʻgʻli, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambagʻallik manbalari — 676 bet
😅 9. Jorj Oruell: 1984 — 338 bet
🤗 10. Jon G. Miller: COC! Savol ortidagi savol — 104 bet
🤯 11. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs — 624 bet
😓 12. Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati — 192 bet
👥 13. Devid Nikolls: Bir kun. Bir muhabbat tarixi — 496 bet
🥶 14. Javlon Jovliyev: Qoʻrqma- 368 bet
🧠 15. Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa boʻladi — 352 bet
😏 16. Hans Rosling: Factfulness — 344 bet
👍 17. Klaus Shvab: Toʻrtinchi sanoat inqilobi- 248 bet
🇯🇵 18. Ato Hamdam, Leonid Chigrin: Yapon zobiti. Yutaro Todaning asirlikda boshdan kechirganlari — 432 bet
🥲 19. Teodor Drayzer: Sarmoyador — 700 bet
😶 20. Rey Bredberi: Farengeyt boʻyicha 451º — 224 bet

Kitoblar toʻplam holatda 699 000 soʻm va bu narx faqat 31-dekabrgacha amal qiladi.

Imkoniyatdan foydalaning va 20ta kitobni yoqimli narxda xarid qiling. Buyurtma uchun shu havoladan oʻting 👉 asaxiy.uz/u/bestseller2023

#yilbestselleri

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Yotoqxona to‘lovini onlayn to‘lash tartibi

To‘lovlarini “Zoomrad” yoki “Click” mobil ilovasi orqali amalga oshiring! Buning uchun mobil ilovadagi “To‘lovlar” sahifasiga kiring.

↪️“Ta’lim” bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi”ni tanlang.
↪️To‘lov turidan “Yotoqxona to‘lovi”ni tanlang va JSHSHIR raqamingizni kiriting.
↪️ To‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.


📌Agar sizning ma’lumotlaringiz to‘lov tizimlaridan topilmasa, tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasangizdagi “Talabalarni turar joy bilan ta’minlash” bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#talabaga_qulaylik

🗣Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 23-dekabr kuni soat 10.00 dan eʼtiboran Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti (moʻljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi.

🟥Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etilmoqda:
🟢Toshkent — Olot (Buxoro);
🟢Toshkent — Qarshi;
🟢Toshkent — Termiz.

Chiptalar Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

❗️Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun alohida qoʻshimcha temir yo'l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yoʻnalishlarda imtiyozli temiryoʻl chiptalari Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (moʻljal: Beruniy metrosi) orqali berilishini maʼlum qilamiz.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿Markaziy Osiyo smayliklari

Assalomu alaykum! Biz har kuni ishlatadigan emojilar turli ijtimoiy tarmoqlar va telefonlarimizning muhim qismiga aylandi. Ammo, afsuski, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati ijtimoiy tarmoq va smartfonlarda to‘liq namoyon bo‘lmayapti. Shu sabab, biz bu kamchilikni bartaraf etishni o‘z zimmamizga oldik.

➡️ Havolani bosing va milliy emojilarni yaratishga hissa qo'shing!

Ushbu «Markaziy Osiyo smayliklari» loyihasi «Yoshlar ovozi» jamoat fondi tomonidan Yevroosiyo jamg‘armasi ko‘magida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilgan «Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar» dasturi doirasida tashkil etildi.

#SICA_YLG

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#O‘qishni_ko‘chirish

🗣Bugundan qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlandi

Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

🔹talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
🔹davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

🟥Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha taqdim etiladi:

🔵o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
🔵talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
🔵pasport nusxasi;
🔵yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun ajoyib yangilik!

Yapon Xalqaro Universiteti - bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash uchun Yaponiyaning CAL va SSI tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 

Universitet yoshlar uchun grantlar ajratmoqda. Agarda siz kuchli bilim va iqtidor sohibi bo‘lsangiz JIU sizni qidirmoqda.

JIUʼda quyidagi:
— Biznes Boshqaruv
— Moliya
— IT
— Pedagogika
— Turizm  yo‘nalishlardan birida sifatli taʼlim olishingiz va Yaponiyaning nufuzli korxonalarida ishlashingiz mumkin.

👨‍💻 Grant asosida talaba bo‘lish va qo‘shimcha maʼlumot uchun ro‘yxatdan o‘ting:
Shoshiling, joylar soni cheklangan!

P.S.: Bu postni 2024-yil universitetga topshirmoqchi bo‘lgan yaqinlaringizga ulashing. Ehtimol imtihonda qatnashib grantni qo‘lga kiritar.

➡️ https://bit.ly/tybl

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇹🇷 TURK TILI SERTIFIKATIGA TAYYORLOV KURSI

BAKALAVR, MAGISTRATURA hamda PhD ga kirish imkoniyatini beruvchi TYS hamda Milliy sertifikat uchun yangi metodlar asosidagi tayyorlov guruhiga qabul boshlandi.

🔹Davomiyligi: 4 oy (A1,A2,B1,B2)
🔹Boshlanish vaqti: 19.12.2023
🔹Ustoz darajasi: C1 (TYS)
🔹Dars shakli: ONLAYN
🔹Oylik to'lov: Chegirmada - 300.000

➡️ O'quvchilar fikri
➡️ Turk tili kanali

👧 KURS FAQAT
QIZLAR UCHUN
Batafsil ma'lumot: @Turk_tili_ustoz

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Oliy_taʼlim | #Qishki_perevod

❓Qishki perevodda qaysi uzrli sabablarga ko'ra o'qishni ko'chirish mumkin?

✅ Talabalar qishki perevod vaqtida quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra o'qishini ko'chirish mumkin.

👉 Talaba bir hududdan ikkinchi hududga turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda.
👉 Talabaning turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda.
👉 Talabaning ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda
.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🆕 Yangi ruchka-skaner – talabalar joniga oro kiradi

🖋 Olimlar ixtiro qilgan aqlli ruchka istalgan matnni telefoningiz yoki kompyuteringizga onlayn ko‘chiradi. Qizig‘i, bu qalam matnni 40 ta tilga tarjima qilishi ham mumkin.

🎓 Bu matohning qulayliklarini talabalaramiz bilsa, sessiya payti ayamasdan mustaqil ishlar tayyorlashga ishlatadi shunday-mi? SIzga ishlatgan bo'larmidingiz?

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

☝️Abduqodir Toshqulov TerDUda keng qamrovli “tozalash” ishlarini olib bormoqda

Termiz davlat universiteti rektorligiga qaytgan Abduqodir Toshqulov universitet yuridik fakultetining dars jarayonlarida shaxsan ishtirok etib, ta’lim sifati ko‘rsatgichlari bilan tanishgan. Bu jarayonda o‘quv mashg‘ulotlari dars jadvaliga muvofiq o‘tilmayotgani ma’lum bo‘lgan.

🔹Kunning ikkinchi yarmida o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda esa fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari va kafedra mudirlari, shuningdek, ayrim o‘qituvchilar lavozimlaridan ozod etilgan. Ba’zi o‘qituvchilarga hayfsan hamda ogohlantirish intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

A.Toshqulovni haqiqatda halol va to‘g‘ri ishlaydigan, vijdonli insonlardan deb bilaman. Oliy ta'lim vaziri bo‘lgan davrlarida ko‘p uchrashardik, kibrga berilmagan, kerak bo‘lsa ko‘chadagi oddiy tozalovchini ham tinglaydigan inson. Shunday rahbarlar ko‘paysin...

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟥🟥🟥

😀 Siz kutgan va so'ragan online til kursi

🔹Magistr bo'lmoqchisiz lekin sizda til sertifikati yo'qmi?
🔹Chet el grantini yutib olishni istaysiz lekin til bilmaysizmi?
🔹Prezident maktabiga kirishni istaysiz, lekin til o'rganishiz kerakmi?
🔹Kurslarga qatnash vaqtingiz olyabdimi?
Unda siz uchun maxsus ONLAYN TIL KURSIni taklif qilamiz!

🌐 Onlayn ingliz tili va turk tili kurslarimiz uchun qabul davom etmoqda!

♻️ Darslar noldan, 10 kishilik guruhda (yoki 3-4 kishilik mini guruhda) yoki alohida individual tarzda o'tiladi.

🌐 Darslar Telegramda yopiq guruhda haftasiga 3 kun, 80-90 daqiqa vaqt davomida olib boriladi!

🎓 Bizning onlayn akademiyamizda barcha ustozlar sertifikatga ega va tajribali. Sizdan faqat sifatli internet, xohish va ishtiyoq talab etiladi.

📒Demo Lesson:
/channel/namunaviyDarslar

🧑‍💻 Murojaat uchun: @Ingliztili_admini

Batafsil ma'lumot guruhimizda:
➡️ @online_kurs_hamma_uchun

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Oʻquvchi, talaba yoshlar va ota-onalar nomidan murojaat

❄️Bu yil qish fasli biz kutgandan ko'ra sovuq keldi. Shuning uchun sizlarga bir iltimos bilan murojaat qilmoqchimiz. Bilamiz, koʻpchilikni shaxsiy mashinasi borlardan oʻquvchi va talabalar nomidan shuni iltimos qilmoqchimiz.

Hech boʻlmaganda ertalab va kechqurun maktabga, ishga, universitetga ketayotgan va qaytayotgan o'quvchi, talaba yoshlarni yoʻl-yoʻlakay olib ketsangiz. Hozirgi kunda ertalabki sovuq bilan kechki qorongʻudagi sovuqni bilasiz qandayligini. Mashinaga chiqib tushishlari, toʻxtab turishingizni hisoblasa hammasi boʻlib 10 daqiqa vaqtingiz ketishi mumkin. Lekin oʻsha 10 daqiqa oʻquvchi, talaba yoshlarning hayotida eng unutilmas lahza boʻlib qolishi mumkin. Bolalar sovuqda uyiga borsa, balki uyi ham issiq boʻlmasligi mumkin. Hech boʻlmaganda sizning issiq mashinangizda ozgina koʻngli yorishar deb o'ylaymiz. Shu bilan siz ham oʻzingizga ham oʻsha bolalarga yaxshilik qilgan boʻlasiz! Oʻylaymizki, siz qishning sovuq kunida olib ketgan oʻquvchi yoki talabalar bir kun kelib yurtimiz uchun siz va biz uchun kerakli mutaxassislar boʻlib yetishib chiqadi.

Ushbu murojaatni imkon qadar yaqinlaringizga va guruhlarga yuboring. Zero, yaxshilik qilguvchi yurtdoshlarimiz koʻpaysin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling!

Читать полностью…
Подписаться на канал