talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Davlat oliygohlaridagi Professor -o‘qituvchilarning nodavlat oliygohlarga "ko‘chish" davri boshlandi

"Davlat universitetlaridan nodavlat oliy ta’lim maskanlariga o‘tgan ko‘plab yaxshi domlalar haqida eshityapman.

Universitet rektorat yo dekanat emas, professorlar atrofida birlashishi, qurilishi va ajralishi kerak, bu sog‘lom raqobat paydo qiladi, ustozlar qadrini  oshiradi.

Davlat ta’lim maskanlaridagi qog‘ozbozlik, buyruqbozlik, oylik maoshdagi sezilari farqlar (asosiy) va boshqa turli  to‘siqlar sabab  professorlar qadrdon joylarini tark etmoqdaligi aytilyapti.

Negadir TOP ga harakat qilayotgan Davlat universitetlar oylik maosh borasida ham  TOP  ning o‘z talablari borligini unutishgan.

O‘ylaymanki, tez orada O‘zbekistonda xususiy ta’lim va Davlat universitetlari o‘rtasida sog‘lom raqobat davri boshlanadi, bunda Davlat universitetlari ish uslubi va professorlar rag‘batiga oid munosabatlarini o‘zgartirmas ekan  shuncha bazaga qaramay kurashda mag‘lub bo‘lishlari tayin!"

©️Javlon Jovliyev, yozuvchi

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

👨‍🎓 Talaba lug’ati 😎

▪️ Abituriyentlik davri – “Yolg’izlikning yuz yili”
▪️1-avgust – “Asrga tatigulik kun”
▪️ Imtihon – “Dahshat”
▪️ Imtihonga kirish oldidan tekshiruv – “Alvido, qurol”
▪️ Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyent – “Bemor”
▪️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyent – “Alvido, bolalik” yohud “Qushdek yengil bo’ling”
▪️ Universitet – “Javohirlar sandig’i”
▪️ Talaba – “Odam bo’lish(i) qiyin”
▪️ Dars – “Suv ostida sakson ming kilometr”
▪️ Ma’ruza – “Tushda kechgan umrlar”
▪️ Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
▪️ Amaliy mashg’ulot – “Jimjitlik”
▪️ Talabalar darsga tayyor emas – “Abadiyat qonuni”
▪️ Stipendiya – “Ulug’bek xazinasi”
▪️ Sessiya – “Bozor dunyo” yohud “Dunyoning ishlari”
▪️ Qayta topshirishga qolgan talaba – “Urushning so’nggi qurboni”
▪️ Amaliyot – “Gulliverning sayohatlari”
▪️ Talabalik yillari – “Bahor qaytmaydi
”…

✈️Talaba do'stlarga yuboring :)

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟥🟥🟥 #talabalar_uchun

Tushlik vaqti bo'ldi! Yandex Eats orqali yegulik buyurtma qilib, katta chegirmaga ega bo'ling!

😍Barcha talabalarga 90 minglik narsani 45 mingga olish yoqsa kerak, aaa? Buni qanday qilishni sizlarga o'rgataman!

1️⃣Play marketdan Yandex Eats ilovasini yuklab, telefoningizga o'rnatasiz.
➡️ Ilovani yuklab olish

2️⃣So'ngra quyidagi havolani bosib, buyurtma berishga kirasiz.
➡️ Havolaga kirish

3️⃣O'zingizga yoqqan yeguliklarni tanlaysiz (Menyuda eng yaxshi restoran va kafelar taomlari mavjud) va to'lov (оплата) qismiga UZ9ZGCRX promokodini kiritasiz.

🤑Qarabsizki siz, istalgan buyurtma uchun 45 ming so'mdan 90 ming so'mgacha yutasiz, yegulikni esa siz belgilagan manzilga 30 daqiqa ichida yetkazib berishadi.

Shoshiling, chegirma muddati cheklangan, hoziroq buyurtma bering.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Bu post qalb kasbingizni topishingizga sababchi boʻlishi mumkin

👨‍🎓 Talabalik «oltin davrim» deb ne-ne orzular bilan oʻqishga kirgandingiz. Endi esa tayinli ish topay deb boshingiz qotgan. Uydagilardan pul soʻrashga esa uyalasiz. Aksiga olib, hamma joydan «talaba boʻlsangiz, uzr» deya rad qilishyaptimi?

🧕 Yoki bir oilaning bekasisiz, uydagi ishlardan ortmaysiz. Lekin shunday ish boʻlsa qani edi, uydan chiqmasdan ham oʻzimga, ham oilamga moddiy yordam bera olsam deb qaygʻurasizmi?

✍️ Sizni koʻrganlar kitoblarsiz tura olmaydigan «kitobxoʻr» deb oʻylashadi. Vaqtida ona tili desa qator «5» baholar bilan kundalikni «qiyrativorgansiz». Koʻp kitoblar oʻqiganingizdan soni ham esingizdan chiqib ketgan. Bir kam yozuvchiman deysizmi?

✅ Sizni toʻgʻri tushunaman. Universitetni tamomlamasdan ham bu sohani oʻrganib, diplomsiz daromad qilishni boshladim va soha haqidagi «barcha fishkalarni» blogim orqali hoziroq bilib olishingiz mumkin.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Vauv shunchaki super trek!

🎙Konsta – Jonga tegdi
Ritmga mos, televideniya sayoz, muammolarning bari rost....

Ertalabdan 5 marta eshitdim, klip ham original olinibdi, shunchaki qoyil!

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️ Magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

❗️Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

⛔️ Tatbiq etilmaydi:
🔴15-sentabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
🔴tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
🔴qo‘shma taʼlim uchun.

📝 Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

🗓 To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Talabalar qancha stipendiya oladi?

Grantga kirganlarga bazaviy stipendiya to‘lanadi. Kontrakt kirganlar kontrakt pulini stipendiyali-stipendiyasiz qilib to‘lashi mumkin.

🔵Bazaviy stipendiya miqdori — 517 880 so‘m;
🔵Barcha fanlar bo‘yicha faqat "a’lo" o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega bo‘lgan talabalar uchun stipendiya – 621 456 so‘m.

🗣Nomdor stipendiyalar:

🔴Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
🔴Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari –1 461 028 so‘m.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Talabalar uchun xushxabar: to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!.

Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili super-kontrkt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

Shuningdek, yana bir yengillik — tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

💾 PDF shaklida yuklash

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Yangi o‘quv yilining birinchi kuni muborak!

OTMga, kollejga, texnikumga, maktabga shoshayotganlar! Hammangizga yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin.

To‘liq bir yillik imkondan unumli foydalanish, kim qayerda bo‘lishni xohlasa, shunga erishish nasib qilsin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Hali kasb tanlashda yakuniy qarorga kelmadingizmi? Kelajagi bor, talab yuqori va eng muhimi yaxshi daromadli ish kerakmi?

Marketing — aynan shunday yo‘nalish. Ayniqsa O‘zbekistonda kuchli mutaxassislarga talab oshib bormoqda.

🔔 9-sentabr kuni "Marketing. Sohaga kirish" mavzusida bepul vebinar o‘tkazilmoqda.

Vebinarda:
• Marketingning asosi nima?
• Hammasini 0 dan qanday boshlash mumkin?
• Qancha vaqt kerak?, kabi savollaringizga javob topasiz ✅

Onlayn vebinarni 10 yillik tajribaga ega Farhod Kamilov o‘tib beradilar.

Qatnashib ko‘ring, aynan siz qidirgan soha marketing bo‘lishi mumkin 👉 /channel/+BET-orAPEwY2Mjhi

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Ham o‘qib, ham ishlashni xohlovchilar diqqatiga!

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida aynan siz uchun “Kasb egasi” dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

📌 Dual ta’lim bir paytning o‘zida ham o‘qib, ham ishlash imkoniyati, deganidir.

TTYESIda tahsil olib, talabalik davridayoq moliyaviy mustaqil bo‘ling va tappa-tayyor mutaxassisga aylaning. Tanlovda adashmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qabul2023

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:

davlat granti — 3 238 nafar;
to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Rasman

⚡️ Imtihondan yiqilganlar ham endi talaba bo'lishi mumkin!

Namangan xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.

Unutmang, bu siz uchun oxirgi imkoniyat boʻlishi mumkin!

🚀 Yuqoridagi 8ta yoʻnalishdan birini tanlang va kirish imtihonlarida ishtirok etib(DTM balingiz 60 va undan yuqori boʻlsa imtihonsiz), talaba boʻling.

👉 Maxsus imkoniyatlar.

NamXU — kelajagingizni professionallarga ishoning!

🎓 O’qishga kirish va ko‘chirish uchun hujjat topshirish

📞 78-113-21-22   

Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Eslatma: apellatsiyaga berish davom etyapti

OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiyaga berishi mumkin.

Arizalar my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun:
🔵test sinovida ishtirok etgan;
🔵test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga borishi kerak.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌Kontraktning 25 foyizi 15-sentabrgacha toʻlanishi kerakmi ?

2020-2021-oʻquv yilidan boshlab, oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlov-kontrakt miqdorlarini oʻquv yili davomida teng ulushlarda toʻrt boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan edi.

🎓Talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda boʻlib toʻlashlari mumkin:

🔵belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

🔵belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

🔵xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

⚠️ Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5953 sonli farmoni. (18-band)

☝️Kimdir sizga kontraktni 4 boʻlib toʻlashingizga qarshilik qilsa, avval 50% toʻlaysan desa mana shu xabarni koʻrsating!

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Bilasizmi

📌 Talabalarning ijara toʻlovlari bir qismi davlat byudjetidan qoplab beriladi.

Talabalarga yuboring

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#yengillik

Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, quyidagilarga:

talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;

➖ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham birinchi o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Texnikumlarga hujjat qabul qilish yakunlandi

10-sentabr kuni texnikumlarga hujjat topshirish yakunlandi. Yakuniy natijaga ko‘ra, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali jami 140 764 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
🔴Kunduzgi – 125 047 nafar;
🔴Sirtqi – 12 939 nafar;
🔴Kechki – 123 nafar;
🔴Dual – 2 655 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

☝️Imtihon sanasi hamda vaqti haqida qo‘shimcha ma’lum qilanadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Ayrim OTMga rahbarlar tayinlandi

🔴Ilhomjon To‘xtasinov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimiga (tayinlovga qadar Samarqand davlat chet tillari institutining rektori edi);

🔴Shaxnoza Sultonova Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori lavozimiga;

🔴Jahongir Qarshiboyev Guliston davlat pedagogika insituti rektori lavozimiga tayinlandi (Bunga qadar u mazkur institutda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor edi).

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 “UYG’ON TALABA”

Ssenariy muallifi va rejissyor O’lmas Temur!

Shu ukamizni ijodini juda hurmat qilaman, videolari ham kreativ ham mazmunli. Ibrat olsa arziydi. Qiziqqanlar uchun kanallarini linkini qoldiraman: @Olmas_Temur

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

👍 Parijga qadar bo'lgan mashaqqatli yo‘l ajoyib boshlandi!👏

🏆O‘zbekiston dastlabki turda Afg‘onistonni tor-mor etdi.

Osiyo kubogi U-23 | Saralash bosqichi

🇺🇿 O‘zbekiston 8:1 Afg‘oniston 🇦🇫

⚽️ Gollar: Jaloliddinov 13', 54', Davronov 36', Norchayev 47', 52', 87', Odilov 88', Hamraliyev 90+1' - Musavi 42'.

Saralashning keyingi o‘yini 9-sentabr kuni Gankong U-23 terma jamoasiga qarshi bo‘ladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Naqshi” kitoblar do‘koni hamda “Birga kitob o‘qiymiz” jamoasi yurtdoshlarimiz orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @naqshiuzbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 21-sentabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari
🔴Rauf Jilasunning “Halol luqma” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

🔵Tanlovda test bo‘yicha 26 nafar, referal ball bo‘yicha esa 20 nafar g‘oliblar yuqoridagi videoda ko‘rsatilgan sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirliklar ichida eng yuqori natija ko‘rsatdi

Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reytingining 2023-yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.

O‘zbekistondagi davlat va xo‘jalik hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqamli transformatsiya holatini reyting baholash metodikasi asosida 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimlik, jami 95 ta davlat tashkilotining raqamli transformatsiya holati baholandi.

Quvonarlisi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu reytingning “yashil” (yaxshi) toifasidan joy olib, vazirliklar ichida birinchi bo‘ldi.

Baholash 5 ta yo‘nalishda amalga oshirildi:

🔵Ochiqlik va elektron ishtirok;
🔵Elektron davlat xizmatlari;
🔵Axborot xavfsizligi;
🔵Faoliyatning raqamlashtirilganligi;
🔵Tashkiliy masalalar.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

☝️Rasman: 1-kurslarga shartnomasiz ham 2 oylik ijara to'lab beriladi

1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga
qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;

Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣2023-2024-yil o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar o‘z vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi:

🔵Urganch - Toshkent
🔵Xiva - Toshkent
🔵Buxoro - Toshkent
🔵Toshkent - Gʻijduvon
🔵Toshkent - Qorako‘l
🔵Toshkent - Shofirkon

Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023-yilning 3-sentabr kuniga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Avtobuslar chiptalarini avtoticket.uz saytidan elektron tarzda xarid qilish mumkin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Yosh rahbarlarning yillik TOP-40 reytingi yangilandi

“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda 2019-yildan buyon O‘zbekistonning 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbar kadrlari reytingini e’lon qilib kelmoqda.

O‘tgan vaqt mobaynida reytingga 100 nafarga yaqin davlat xizmatchisi kiritildi. E’tiborlisi, ularning 15 foizi vazir va vazir o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarildi, kamida 10 foizi Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritmoqda, 50 foizga yaqini mansab pillapoyalarida sezilarli o‘sishga erishgan.

📌Batafsil: https://yumh.uz/uzc/news_detail/604

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

☝️Xususiy oliygohga topshirib, kelasi yil davlatnikiga perevod qilaman deganlar imtihonda necha ball to'plashi kerak?

✅2023-yilda xorijiy davlatlardagi OTMlar, respublikamizdagi nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari. Kelasi yil ham ballar shu atrofida bo'ladi

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

“10 mlndan oylik olishga har bir muallimning haqi bor” — Shavkat Mirziyoyev

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Buxoro davlat tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Buxoro davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

🗣Hujjat bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro davlat tibbiyot institutining kuzatuv kengashi, Buxoro viloyati hokimligi hamda Navoiy viloyati hokimligining Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutini Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilmoqda.

Shuningdek, Navoiy shahrida Buxoro davlat tibbiyot universiteti Navoiy filiali tashkil etiladi. Universitet huzurida ko‘p tarmoqli klinika tashkil etiladi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Magistratura javoblari 30-avgustga qadar e’lon qilinadi.

☝️Hamma natijalar tayyorligi, faqat buni Davlat qabul komissiyasi tasdiqlashi qolgani aytilmoqda.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…
Подписаться на канал