Abuturiyentlar diqqatiga! 📢
Tengqurlaringiz xususiy va xalqaro universitetlardan GRANT yutib olgan bir vaqtda siz mandatni kutib o‘tiribsiz!
❗️ Universitet tanlashda qaror qabul qilishga qiynalyapsizmi?
MenTalaba.uz sizga xususiy va xalqaro universitetlarga BEPUL hujjat topshirish hamda noutbuk yutib olish imkonini taqdim etadi.
Agarda siz allaqachon UZBMB (DTM) natijangizni olgan bo‘lsangiz, xususiy universitetlarga imtihonsiz qabul qilinishingiz mumkin.
Hali ham talaba bo‘lish imkoniyatingiz bor OTMlar:
🎓 Renessans ta’lim universiteti - Toshkent shahri
🎓 Osiyo xalqaro universiteti - Buxoro viloyati
🎓 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti - Toshkent shahri
🎓 Buxoro innovatsiyalar universiteti - Buxoro viloyati
🎓 Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti - Toshkent shahri
🎓 Axborot texnologiyalari va menejment universiteti - Qashqadaryo viloyati
🎓 Turon universiteti - Qashqadaryo viloyati
va boshqalar
Ma’lumotni hali talaba bo‘lmagan do‘stlaringizga ulashing!
Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram | Ta’lim reklamasi
🗣Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda yuborishi mumkin.
🟢Apellyatsiya arizalari 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.
❗️Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent aytilgan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 24-avgustdan boshlanadi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
❓Agar bir nechta abituriyent grant yoki kontraktning eng oxirgi chizig‘ida bir xil ball to‘plasa, unda ulardan qaysi biri grant yoki kontraktga kirgan hisoblanadi?
✅ Davlat grantiga 10 ta joy ajratilgan deylik. 9, 10, 11-o‘rinlardagi 3 nafar abituriyent bir xil ball to‘plagan. Bunday vaziyatda uchalasi ham davlat grantiga qabul qilinadi, davlat granti uchun qo‘shimcha joy ajratiladi.
Kontraktda ham xuddi shunday vaziyat. Kirish chizig‘ining oxirida kvotadan ko‘proq bo‘lgan abituriyentlar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga kirgan hisoblanadi va qo‘shimcha joy ajratiladi.
☝️Xuddi shu qoida bakalavr uchun ham, magistratura uchun ham birdek amal qiladi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🗣Endilikda talabalarni yotoqxonaga joylashtirish Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali amalga oshiriladi. Bunda navbatni onlayn kuzatish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoni bor.
2023/2024-o‘quv yilida ushbu xizmatdan faqat 1-bosqich talabalari foydalanishi mumkin. Ularning arizalari 20-avgustdan qabul qilinadi. Yuqori bosqich talabalari esa arizalarni 25-avgustdan an’anaviy tarzda topshiradi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🎓Mandat kutayotganlar bormi?
Menimcha bugun chiqsa kerak... tag'in bilmadim😅
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
#Qabul2023 #Imtiyoz
⚡Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi
Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.
Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz, umumiy mandat test yakunlangandan so‘ng 1 hafta muddat ichida, ya'ni ertaga chiqishi kerak. Nima deb o‘ylaysiz mandat o‘z vaqtida chiqadimi yoki kechikadimi?
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
❓Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?
✅JAVOB: Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
▶️ yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
🟢ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
🟢chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
🟢mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
🟢hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
▶️ umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
🔵umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
🔵vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🗣Vazirlikning Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ishga tushdi
✅Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda navbatlarning oldini olish, o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarning turar joysiz qolishlari ehtimolini bartaraf etish maqsadida barcha davlat oliy ta’lim muassasalari hududiga kirish joylarida maxsus markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Markazda ko‘ngilli lider yoshlar hamda tyutorlar faoliyat yuritib, turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlanishini nazorat qiladilar, ularga amaliy yordam beradilar.
📍Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi talabalar shaharchasining eng gavjum yo‘laklarida – vazirlik binosi yonida joylashgan bo‘lib, u shtab sifatida faoliyat yuritadi.
Mazkur shtabda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi xodimlari ham faoliyat olib borishmoqda.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
UZBMB (DTM) imtihonidan olgan balingiz bilan ISFI talabasi bo'ling!
📑️️️️️ Institut rasmiy litsenziyaga ega bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan bakalavr diplomi taqdim etiladi. (Litsenziya №056369, 30.12.2022 yil)
📚Agarda siz UZBMB (DTM) imtihonida qatnashgan bo'lsangiz va to'plagan balingiz aniq bo'lgan bo'lsa, institutimizda quyidagi yo'nalishlardan birida ta'lim olishingiz mumkin:
• Xalqaro munosabatlar;
• Menejment;
• Iqtisodiyot;
• Pedagogika va psixologiya;
• Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz, rus, arab, o'zbek tili filologiyasi)
Siz ushbu yo'nalishlardan birini tanlagan holda kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarida tahsil olishingiz mumkin. Agarda hali oliy ta'lim dargohlariga hujjat topshirmagan bo'lsangiz, quyidagi havola orqali Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida hujjat topshirishingiz mumkin.
Hujjat topshirish uchun havola: https://is.gd/OUO2vP
Telegram kanal: @isfi_uz
📞Telefon: 78 113-13-73
🗣2-mutaxassislik imtihoni qachon bo‘ladi?
Buni hamma OTM o‘zi belgilaydi. Tegishli qarorga ko‘ra, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi — kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari OTMning xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va har yili 1-iyulgacha oliy OTMning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
❗️Demak, hamma o‘zi 2-mutaxassislikka hujjat topshirgan OTM bilan aloqada bo‘lib turishi kerak.
Hamma OTM o‘z imkoniyatidan kelib chiqib imtihon o‘tkazsa ham, yakuniy natijalar 30-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🟥Baribir qòlimdan kelmaydi, uddalolmayman axr. Men dangasaman...
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
❓Mandat qachon chiqishi kerak?
✅ JAVOB: Testlar to‘liq tugagach 1 hafta ichida.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 14-bandiga ko‘ra, abituriyentning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha tanlov natijasi (mandat) test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida BMB (sobiq DTM) rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Joriy yil test sinovlarining oxirgi kuni 13-avgustda bo‘ldi. Qonunchilikka ko‘ra, mandat shu sanadan boshlab 1 hafta ichida, yaʼni 20-avgust kuni eʼlon qilinishi kerak.
☝️20-avgustdan vaqtliroq e'lon qilinish ehtimoli kam. Lekin 20-avgustdan kechikish ehtimoli yo'q emas. Chunki avvalgi yillarda ham ko'p bora kechikkan.
Ko'ramiz, bu yil qanday bo'lar ekan.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
❗️56,7 balldan kam to'plaganlar talaba bo'lolmaydi
🔵Davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36%);
🔵To‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30%) etib belgilangan.
Bu yilgi imtihon natijalariga qaraydigan bo'lsak, O'zbekiston bo'yicha:
🟢442.337 nafar abituriyent 56.7 balldan past ball toplagan;
🟢59.866 nafar abituriyent esa imtihonga bormagan;
🟢148 nafar abituriyent esa imtihondan chetlashtirilgan;
✅Umumiy hisobda 502.351 nafar abituriyent tanlovdan chiqib ketgan!
Bu yilgi kvota soni 127.259 ta ekanligini inobatga olsak, yuqoridagi statistikadan ko'rinadiki 56.7 balldan ko'p yig'gan har 3 abituriyentdan bittasi talaba aniq o'qishga kiradi deyish mumkin!
Telegram kanallardagi ma'lumotlar asosida tayyorlandi!
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🗣Talabalar uchun xushxabar!
⚡️1-sentabrdan xorijiy tilni bilgan tibbiyot oliygohi talabasiga BHMning 3 barobar miqdorida stipendiya to'lanadi.
🔴2023/2024-o‘quv yilidan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida tahsil oluvchi, xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan talabalar rag‘batlantirib boriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining 2023-yil 11-avgustdagi tegishli buyrug‘i qabul qilindi.
C1 va IELTS 7,5 sertifikatiga ega bo‘lish talab etiladi va sertifikatlar amal qilish davridagina to‘lov amalga oshiriladi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
❓O’qishga kirgan yoki kirmaganini hozirdan bilsa bo’ladimi?
Xabaringiz bor, 2 kun avval barcha test sinovlari yakunlandi va barcha abituriyentlarning natijalari maʼlum bo‘ldi. Demak, endi https://mandat.uzbmb.uz saytidagi ro‘yxat boshqa o‘zgarmaydi.
☝️Qissadan hissa, hozir asosiy kvota bo‘yicha o‘qishga kirganlar ro‘yxatida turganlar, yakuniy natijalarni kutib o‘tirmasdan, talabalikni allaqachon nishonlayversa bo‘ladi. Chunki hozir abituriyentlar beshtagacha tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha barcha ro‘yxatda turishibdi, mandatda esa faqat 1 ta ro’yxatda qoladi va to’rttasidan o’chiriladi.
🔴Bu degani hozirgi ro‘yxatdan kimdir chiqib ketsa ketadiki, lekin boshqa yo‘nalishdan baland ball olgan begonalar ro‘yxatga kelib qo‘shilmaydi.
🔴Bundan tashqari harbiy tavsiyanoma olganlar, nogironligi borlar, tavsiyanomali xotin-qizlar, harbiylarning farzandlari va boshqa imtiyozga egalar ro’yxatdan chiqib ketadi.
✅Xullas, mandat chiqqanda hozirgi ro’yxatdagi o’rningizdan teparoqqa ko’tarilish ehtimolingiz juda yuqori, lekin pastga tushmasligingiz aniq.
🔵Shuningdek, hozir kontraktni boshida turganlar byudjetga ko’tarilishi ham mumkin.
🔵Kira olmaganlar esa kontraktga ko'tarilishi mumkin, sabr qilib duoda bo'linglar.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🗣4-sentabrdan metro bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti ma’lum qilindi
Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.
Unga koʻra, 2023-yil 4-sentabrdan yuqoridagi 31 ta oliy ta’lim maskani talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
4️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
5️⃣ QR-kod orqali: Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
❗️Maksimal chegirma asosida buyurtma bering, naq 45 ming yutasiz!
🗣Wok&Street77, Feed Up, Yapona Mama, Oqtapa lavash va boshqa mashhur brendlardan Yandex Eats orqali buyurtma bering va chegirmaga ega bo'ling.
❓Buni qanday qilishni bilmaysizmi? Undan o'rgataman.
🔵1-qadam: Linkni bosing va buyurtma qiling: https://yandex-eda.prfl.me/talabayoshlar
🔵2-qadam: Buyurtma uchun esa UZ9ZGCRX promo-kodidan foydalaning va 90.000 dan 45.000 so‘mgacha chegirmaga ega bo'ling.
Hoziroq urinib ko'ring va arzimagan pulga bir dunyo narsa buyurtma qiling.
👁Yandex Eats – talabalar uchun maxsus!
Mandatni kutaverib charchadingizmi? ☹️
✅ Sizga yaxshi taklifimiz bor.
Namangan xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.
🏛 Universitetda 8 ta yo'nalish bo'yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari mavjud.
Kontrakt ham nodavlat oliygohlar ichida eng arzoni va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud.
🏆 420 ta Grant o'rniga ega.
DTMdan 60 ball va undan yuqori olgan bo'lsangiz, imtihonsiz talaba bo'lishingiz mumkin.
⚠️ Shunday ekan imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
NamXU — kelajagingizni professionallarga ishoning!
🎓 O’qishga kirish va ko‘chirish uchun hujjat topshirish
📍Qo'qon va Andijon qabul ofislari
📞 78-113-21-22
Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube
🇺🇿Mustaqillik bayramida quyidagi 3 kun dam olish kuni bo’ladi:
🟢1-sentabr, juma – bayram (ishlanmaydigan) kuni;
🟢2-sentabr, shanba:
a) 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni;
b) 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagi dam olish kuni;
🟢3-sentabr, yakshanba – barcha uchun odatdagi dam olish kuni.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
💥 QVZning YUBILEY MAVSUMIGA BUYURTMALAR qabul qilish boshlandi!
😃QATNASHISH ISTAGIDAGI JAMOALARGA QO‘YILADIGAN BARCHA TALABLAR (PDF formatida) VA BUYURTMA NAMUNASI (WORD formatida) TELEGRAM KANALIMIZGA YUBORILMOQDA!
➡️BATAFSIL: /channel/qvz_uz/3160
Murojaat uchun:
☎️ +99893-547-09-09
🕊Telegram 📺YouTube 📱Instagram 📱Facebook 🕊Twitter 📱qvzofficial">TikTok
#Super_kontrakt
⚡️Imtihonlardan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar va o‘qishni xorijiy davlatlardan davlat OTMlariga ko‘chiruvchi talabalar o'z xohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.
👉 Super-kontraktning miqdori quyidagicha:
🟢Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
🟢Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
🟢Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
🟢Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;
🔴Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball va undan ortiq ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazavy kontraktning 8 barobardan 20 barobargacha belgilanishi mumkin.
❗️Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plagan bo‘lsa yuqorida keltirib o‘tilgan tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar etib belgilangan bo'lsa, 56.6 dan kam to'plagan abituriyent 20 barobar to'laydi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi
✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini quyidagi usulda bilishlari mumkin:
🟢my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
🟢mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.
_______________________
❓SAVOL: O‘qishimni ko‘chirishga ruxsat berilgan yoki berilmaganini qanday bilsa bo‘ladi?
✅JAVOB: mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqami kiritilganda:
➖ “Talab bajarildi” — sariq rang ko’chirish uchun yetarli ball to’plandi va ruxsat etildi,
➖ “Talab bajarilmadi” — qizil rang o’tish bali to’planmadi va ko’chirish rad etildi degan ma’noni bildiradi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
❓Apellyatsiyaga qachon berish mumkin
Abituriyentlar orasida testda xatolik bor deb o‘ylayotgan yoki natijasidan qoniqmaganlar borligi aniq. Ularda mandat e’lon qilingandan kundan boshlab 10 kun ichida apellyatsiyaga berish imkoni bor.
Masalan, mandat 20-avgust kuni chiqsa, 20-30-avgust oralig'ida arizalar olinadi.
❓ Kimlarning apellyatsiyasi ko‘rib chiqilmaydi?
Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi to‘g‘ri yetkazilmagan yoki yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovidan chiqarib yuborilgan yoki javoblarni yozma bermagan abituriyentning shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🟥🟥🟥
⚡️transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 18-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
18-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
⚡️16-AVGUST TEST NATIJALARI BUGUN EʼLON QILINADI!
Perevodchilar oʻz ballarini @MANDATJAVOBBOT telegram botiga shunchaki ID-raqamni jo'natish orqali bilish imkoniyati mavjud.
👨🏻💻 ID-raqamni jo'nating va hech qanday muammosiz o'z ballaringizni bilib oling:
👉 @mandatjavobbot
👉 @mandatjavobbot
👉 @mandatjavobbot
#Abituriyentlar_uchun_maxsus
❓Tez orada barcha abituriyentlarga bir savol beriladi: «O‘qish nima bo‘ldi?»
O‘rtoq abituriyentlar, hozirdan bahona o‘ylab qo‘yyapsizlarmi?
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
⚡️Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:
🔴“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;
🔴“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
🔴I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;
🔴bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;
🔴xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
🔴“Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;
🔴oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
🔴talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🎓 Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash va ijara pulini byudjetdan kompensatsiya qilish tartibi o’zgartirilmoqda
Xabaringiz bor, 2021-yil 1-maydan boshlab ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangandi.
Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur tartib o‘zgartirilmoqda. Yaʼni ijarada turgan talabalar uchun yagona aniq summa belgilanmoqda. Bunda ijara puli:
🔵Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (330 ming so‘m);
🔵qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari (165 ming so‘m) miqdorida davlat tomonidan qoplanadi.
Ya’ni, masalan, talaba Toshkentdagi biror xonadonda kursdoshlari bilan birga 600 ming so’mdan ijarada tursa, shuning 330 ming so’mi davlat tomonidan qoplanadi.
✅Shuningdek, sentabr va oktabr oylarida ijara puli qoplanishi uchun hech qanday ijara shartnomasi ko‘rsatish shart bo‘lmaydi, shartnoma bo‘lmasa ham qoplab berilaveradi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🔎 Vazirlik talabalarni kutib olishga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov UzA axborot agentligiga batafsil ma’lumot berdi.
Jumladan, shaffoflikni ta’minlash maqsadida talabalikka tavsiya etilib, yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lgan abituriyentlardan arizalar 20-avgustdan boshlab onlayn qabul qilinadi.
🔴Ular uchun OTMlarda mavjud yotoq o‘rinlarining o‘rtacha 60 %i alohida ajratilgan. Bundan tashqari, bugungi kunda talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan talabalar uchun respublika bo‘yicha 74 ming yotoq o‘rni bazasi shakllantirilgan.
👉 To‘liq maqolani o‘qish
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling