talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Talaba-o‘quvchilar uchun foydali mobil ilova yaratildi

“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida til o‘rganuvchilar uchun maxsus mobil ilova — “Ibrat Academy” taqdim etildi.

Ilova yordamida o‘rganayotgan til bo‘yicha test ishlash, uyga vazifalarni bajarish imkoniyati mavjud. Tez orada ilovaga sun’iy intellekt funksiyasi ham kiritilib, foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi reja qilingan.

📱Ilovani yuklab olish: Android | iOS

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Qabul2023 #ikkinchimutaxassislik

Oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi ta'lim olish uchun hujjat topshirish tugashiga 2 kun qoldi

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Rasman! Bugun davlat oliygohlaridan o‘qishni ko‘chirishni so'nggi kuni!

Shunday ekan, imkoniyatdan unumli foydalaning

Universitetimizga bakalavriatning 2-bosqich, 1- va 2- semestrga bizda mavjud yo‘nalishlar boʻyicha o‘qishni ko‘chirishingiz mumkin.

Endilikda siz O'zbekistondagi yoki chet el oliygohlarining istalgan biridan o'qishingizni NamXUga muammolarsiz ko'chirib o'tkazsangiz ( perevod ) bo'ladi.

❗️Diqqat: Siz o'qishingizni ko'chirish jarayonida o'z yo'nalishingizni NamXUda mavjud bo'lgan istalgan yo'nalishga o'zgartirib ko'chirishingiz mumkin!

👉 Bizda mavjud yo'nalishlar

📲 Onlayn hujjat topshirish: qabul.namxu.uz

📞 78-113-21-22   
📞 69-239-53-33

Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Ertaga, 1-avgust kuni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi sinovlarda 940 mingdan ziyod abituriyent ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Imtihon paytida abituriyentlar rioya qilishlari kerak bo‘lgan muhim qoidalar bor. "Yuksalish" umummilliy harakati jamoasi ularni videoeslatma shaklida tayyorladi.

Abituriyentlar, test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda uyali telefon, mikrokalkulyator va boshqa vositalarni, shpargalkalarni olib kirmang. Aks holda imtihondan chetlashtirilasiz. Yana boshqa qoidalar bilan videoda tanishing.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi

📁 Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yoʻnalishlarini belgilab beruvchi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik koʻrsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan boʻlib, unda 5 ta yoʻnalish boʻyicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli koʻrsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati tasdiqlanmoqda.

Ushbu havolalar orqali loyihalar muhokamasida faol ishtirok eting:

▫️https://regulation.gov.uz/oz/d/83808
▫️
http://2030.strategy.uz/

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Test sinovi o‘tkaziladigan binolar

📌Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
🔹Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹Hududga kirish joylari;
🔹Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹Bino raqami;
🔹Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

👉 Test o‘tkaziladigan binolar

Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🤔 Oxirgi vaqtlarda OTMda o'qituvchi va talabalar munosabati o'zaro pora bilan hal qilinayotgani haqida fakt va fikrlar ko'payib bormoqda.

Esingizda bo'lsa, Abduqodir Toshqulov vazirligi davrida bunday holatlar maksimal kamaytirilgandi. O'sha paytlarda o'qituvchidan so'rasangiz ham, talabadan so'rasangiz ham, vaziyat ancha og'ir bo'lib qolgani, endi o'qimasa qiyin ekani haqida aytilardi.

Ma'muriy islohotlardan keyin ikki vazirlik birlashgani va oliy ta'lim sohasi shaxsan vazir Abdurahmonovning emas, ko'proq uning o'rinbosari Komiljon Karimov zimmasiga yuklatilgani tizim zarariga ishlashi kerak emas. Sohaga e'tibor ikkinchi shaxs darajasiga tushdimi, u hech qachon o'sishga yurmaydi.

Korrupsiya hamma sohada bo'lgani kabi oliy ta'limning ham eng katta dushmani. Talaba o'qimay baho olish, imtihondan pora bilan o'tib ketish darchasi haqida bildimi, tamom, o'qimaydi, o'rganmaydi.

Ibrohim Abdurahmonov oliy ta'lim sohasida korrupsiya holatlariga e'tiborini oshirishi, bunda o'zidan avvalgi o'tmishdoshi boshlagan katta kurash yo'lini o'rganib chiqib, uni shundan kam bo'lmagan holda davom ettirishi kerak. Shunday qilinmasa, o'tgan 3-4 yillikda sohada to'qilgan ozgina to'rimiz ham chok-chokidan so'kilib boshlagan ko'rinadi.

©Ilyos Safarov kun.uz jurnalisti

✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#akademik_litsey
#mandat

⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor

2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Imtihondan 1️⃣ kun avval nima qilish kerak bo'yicha ajoyib tavsiya!

Imtihondan bir kun avval oʻzingizga ruhiy dam bering: dush qabul qiling, toza havoda sayr qiling, faqat yaxshi narsalar haqida oʻylang, yetarlicha dam oling. Shuningdek, ertangi kunga kerak boʻladigan hujjatlarning barchasini tayyor qiling, kiyadigan kiyimlaringizni ob-havoga moslab taxlab qoʻying, uyquga ertaroq yoting.

➡️ Imtihon kuni

Imtihon binosiga yarim soat avval yetib kelishga harakat qiling.
Binoga kirishdan avval oʻzingizni qoʻlga oling. Ikkilanmang, xavotirlanmang.
Imtihon boshlanishi bilan bor diqqatingizni jamlang, atrofdagilarni unuting.
Asabiylasha boshlasangiz, quyidagi nafas mashqini bajaring:

Burun bilan chuqur nafas olasiz va nafas olgandan ikki barobar koʻproq vaqt davomida ogʻizdan nafas chiqarasiz. Masalan, burun orqali 5 soniya nafas olib, ogʻizdan 10–12 soniya davomida uni chiqarasiz. Bu holatda miyaga kislorod yetib borib, uni oziqlantiradi va tinchlantiradi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Rasman: Imtihon sanalari e'lon qilindi

🔰 Yo'nalishlar kesimida taqsimot:

👉 1-avgust - yuridik soha abituriyentlari imtihon topshirishadi. (Huquq+Ingliz tili)

👉 2-3- avgust - Tibbiyot yo'nalishlari, shuningdek, Kimyo-biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan yo'nalishlar;

👉 4-avgust - asosan pedagogik, psixologik yo'nalish va maktabgacha ta'lim yo'nalish abituriyentlari imtihon topshirishadi.

👉 5-avgustdan iqtisod yo'nalishlari imtihonni boshlashadi

👉 5-6-avgust - texnika yo'nalishlarining imtihonlari boshlanadi.

👉 7-avgustdan Tarix-Geografiya fanlaridan imtixon topshiruvchilar imtihonni boshlashadi

👉 8-9-10-avgust - asosan filologiya yo'nalishlari imtihon topshirishadi.

👉 10-12-avgust - texnika yo'nalishlarining imtihonlari boshlanadi.

Imtihonlar 13-avgustda yakunlansa va undan keyin 7-10 kunlik muddat ichida mandat chiqishini hisobga olsak, 1-avgustda imtihonga kirganlarga ulkan sabr tilaymiz!

❗️Barcha abituriyentlarni xabardor qiling

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

✅ 2023-2024-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Elektron platformalarda uzilishlar kuzatilmoqda

Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining server qurilmalari joylashgan hududda elektr energiyasidagi uzilishlar natijasida magistr.edu.uz, transfer.edu.uz va my.edu.uz elektron platformalari orqali ariza topshirish imkoni vaqtinchalik cheklanmoqda.

Hududga elektr energiyasi kelishi bilan server qurilmalari ishi tiklanib, elektron platformalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi. — deyiladi vazirlik xabarida.

Bizda svet yo'q, shunga wifi ham serverlar ham ishlamayabdi, sizlardachi svet bormi?

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Vodiylik talaba va abituriyentlar diqqatiga

⚠️ Endi bizda o'qimasligingiz uchun hech qanday bahona yo'q.

— Maxsus grantlar...
Yangi o'quv binosi
— Malakali ustozlar
— Eng
arzon kontrakt narxlari

Talaba bo'lsangiz o'qishni ko'chirishingiz, abituriyent bo'lsangiz, bemalol o'qishga kirish uchun hujjat topshirsangiz bo'ladi

NamXUkelajagingizni professionallarga ishoning!

📲 Onlayn hujjat topshirish: qabul.namxu.uz

📞 78-113-21-22   
📞 69-239-53-33

Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❓Abituriyentlarning ruxsatnomasi qachon chiqadi?

✅ Iyul oxirida deyarli barcha abituriyentning ruxsatnomasi shakllantiriladi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi qancha abituriyentlar ruxsatnoma yuklab olgan-olmaganini tekshirib boradi. Ruxsatnomani olmagan abituriyentlarga qo‘shimcha sms-xabarlari yuborilishi mumkin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⭕️⭕️⭕️
✔️ Korea davlatida ishlash uchun xujjat topshirgan navbatdagi mijozlarimiz telex vizalari! Keyingi viza aynan sizniki bo'lishi mumkin!

‼️ Til bilish shart emas!

⭐️Kemasozlik zavodlarida ish o'rni:
• Elektrik
• Bo'yoqchi

Mos keladigan bakalavr yo'nalishlari:
• Elektrik bo’yicha barcha yo’nalishlar
• Avtomatlashtirish
• Kimyo
• Materialshunoslik
• Arxitektura injenerligi
• Mashinasozlik texnologiyalari
• Neft gaz yo'nalishi

💲 Maosh:
• $2000 - $3000

⚠️ Talablar:
• Erkaklar
• 22 - 42 yosh
• Bakalavr diplomi bo'lishi shart!

💻 Onlayn konsultatsiya
📞 78 1470030

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
🕸Website l 🥉Instagram l 🥇Telegram l 💚 You Tube

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟩🟩🟩🟩

DTMdan 60 yoki undan yuqori ball olgan bo'lsangiz NamXU talabasisiz!

Agarda 60 balldan kam bo'lsa, yana bir imkoniyatdan foydalanib ko'rishingiz mumkin. Ya'ni, bizni ichki imtihonlarimizda qatnashsangiz bo'ladi.

👉 Nima uchun aynan Namangan xalqaro universiteti?

👉 Mavjud yo'nalishlar

Aytgancha, kontrakt narxlari ham O'zbekistondangi xususiy oliygohlar ichida eng arzoni hisoblanadi!😉

Onlayn hujjat topshirish: qabul.namxu.uz

📞 78-113-21-22   
📞 69-239-53-33

Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Bugun o‘qishni ko‘chirish uchun qabul tugaydi

Ariza bergan hamma ham o‘qishini ko‘chira oladimi?

Yo‘q, quyidagi holatlarda talabgorning o‘qishni ko‘chirish haqidagi talabi rad etiladi:
🟢xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan OTMlarda yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga;
🟢respublika OTMlaridagi mavjud ta’lim shaklidan o‘zga (boshqa) ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
🟢OTMlarning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
🟢1-kursning 1-semestriga 1-semestr tugallanmagan holatda o‘qishni ko‘chirishga (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar, o‘qigan ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda ko‘chirib tiklash holatlari bundan mustasno);
🟢OTMda mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) yoki ta’lim shakli mavjud bo‘lmasa;
🟢namunaviy o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;
🟢to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
🟢talabaning shaxsiy yig‘ma jildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda berilmaganda;
🟢davlat granti asosida ko‘chirish va qayta tiklash davlat granti asosida ta’lim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmasa;
🟢OTM moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;
🟢maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa OTMga;

🔴respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali – 30 493 nafar;
🔴nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali – 41 690 nafar talaba ariza topshirgan.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot xizmati test sinovlari o‘tkazilayotgan “O‘zekspomarkaz”da bo‘layotgan jarayonlardan videoreportaj tayyorladi

Eslatma: test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent

❓ Testga oq ko‘ylakda yoki shu kabi biror qat'iy formada kelish shartmi?
✅ JAVOB:
yo‘q, shart emas. Kiyimga cheklov qo‘yilmagan. O‘zingizga qulay bo‘lgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportcha) kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida shortikda, shippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.

Testga kirish uchun qanday hujjat olib borish kerak?
✅ JAVOB:
Test sinovlariga kirish uchun faqat pasport (ID-karta) va qog'ozga chop etilgan «Abituriyent ruxsatnomasi» bo‘lsa kifoya.

Testga qanaqa rangdagi ruchka olib borish kerak?
✅ JAVOB:
Hech qanaqa! Test sinovlariga o‘zingiz bilan ruchka olib kelishingiz shart emas, olib kelganingiz bilan baribir qo‘yishmaydi. Ichkarida ruchka, qoralama sifatida ishlatish uchun bo‘sh qog‘oz hamda suv beriladi.

❓ Testga soat olib kirishga ruxsat beriladimi?
JAVOB: Ha, beriladi. Faqat asosiy sharti soatingiz oddiy mexanik soat bo‘lishi kerak. Elektron hamda smart-soatlarga ruxsat berilmaydi.

❓ O‘qishga kira olmaganlarga to‘lagan pulini qaytarib beriladimi?
✅ JAVOB:
yo‘q, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan 165 ming so‘m — bu testga kirish uchun edi. O‘qishga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.

©️Savollarga javobni Xushnud Xudoyberdiyev bergan.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Bugun magistraturaga qabulning so’nggi kuni

Hujjatlar bugun soat 23:59 ga qadar magistr.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Hozirgacha 18 ming 519 nafar abituriyent ro’yxatdan o’tgan.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Oʻzbekiston Milliy universitetida ijodiy imtihon taassurotlari :)

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Bilimni baholash agentligi (sobiq DTM) tomonidan olinadigan imtihonlarning majburiy va mutaxassislik fanlaridan namunaviy test topshiriqlari

Majburiy bloklar:
👉 Ona tili — yuklab olish;
👉 Rus tili va adabiyoti — yuklab olish;
👉 Qoraqalpoq tili va adabiyoti — yuklab olish;
👉 Matematika — yuklab olish;
👉 Matematika (rus) — yuklab olish;
👉 O‘zbekiston tarixi — yuklab olish;
👉 O‘zbekiston tarixi (rus) — yuklab olish.

Mutaxassislik fanlari:
👉 Huquqshunoslik — yuklab olish;
👉 Tarix — yuklab olish;
👉 Biologiya — yuklab olish;
👉 Fizika — yuklab olish;
👉 Kimyo — yuklab olish;
👉 Matematika — yuklab olish;
👉 Geografiya — yuklab olish;
👉 Ingliz tili — yuklab olish;
👉 Nemis tili — yuklab olish;
👉 Fransuz tili — yuklab olish;
👉 Ona tili va adabiyoti — yuklab olish;
👉 Rus tili va adabiyoti — yuklab olish;
👉 Qoraqalpoq tili va adabiyoti — yuklab olish;
👉 Ona tili va adabiyoti (o'zga tilli guruhlar uchun) — yuklab olish;
👉 Rus tili va adabiyoti (o'zga tilli guruhlar uchun) — yuklab olish.

✔️ Ma‘lumotlar Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytidan yuklab olindi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

6 oyda Ingliz tilini 0 dan C1 darajagacha!!!

Online Ingliz tili kurslariga marhamat!

🟢A1+A2
(0 dan ingliz tili o'rganish 100 ming har oyiga = jami 2 oy)

🟢B1+B2
( B1 darajadan B2 darajagacha 120 ming har oyiga jami 3 oy)

🟢C1+
(B2 dan C1 darajagacha 150 ming = 40 kun )

Darslar haftada 3 kun, 1.5 soatdan yopiq, jonli telegram (12 kishidan oshmagan) guruhlarida tashkil etiladi

👉 Murojaat uchun: @Nodira_Nabiyeva

t.me/English_A1_from_C1

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Xushxabar: Jahongir Ulug'murodovga nisbatan qo'llanilgan 3 yil qamoq jazosi, 3 yil ozodlikni cheklash jazosiga o'zgartirildi.

J. Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlarini o‘zgartirib, uning yoshligi, talaba ekanligi, muqaddam sudlanmagani, o‘qish joyidan ijobiy tavsiflangani, oilaviy sharoiti, qilmishidan pushaymonligi, shuningdek jinoyat sodir etgandan keyingi xulq-atvori kabi holatlarni e’tiborga oldi.

☝️Shu tariqa Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassasiya instansiyasining 2023-yil 28-iyuldagi ajrimiga muvofiq J. Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilib, unga Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ushbu Kodeksning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) ni qo‘llagan holda 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

J. Ulug‘murodovning 2023-yil 24-fevraldan 2023-yil 28-iyulga qadar qamoqda saqlangan 5 oy 4 kun Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) ga asosan chegirilib, o‘tash uchun 2 yil 6 oy 26 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilishi belgilandi.

J. Ulug‘murodovga ozodlikni cheklash jazosini yashash joyi bo‘yicha o‘tash belgilanib, soat 22:00 dan soat 06:00 ga qadar yashash joyidan chiqish taqiqlandi.

J. Ulug‘murodovga Jinoyat kodeksining 48-1-moddasi (ozodlikni cheklash) 5, 6-qismlari talablari tushuntirilib, sudlangan J. Ulug‘murodov darhol jazoni ijro etish joylarida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Abituriyentlar diqqatiga!

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ Test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgust kunidan boshlanadi.

📌 Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📆 Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar statistikasi

26-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha jami 35 ming 929 nafar talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).

➖respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali – 18 226 nafar;

➖nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali – 17 703 nafar talaba ariza topshirgan.

❗️Eslatma: arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Joriy yilda 948 486 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi

✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 828 699 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 88 830 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 28 718 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 2 239 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 545 616 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 22 867 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 373 169 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 6 834 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔸 O‘zbekiston milliy universiteti — 33 721 nafar;
🔸 Toshkent davlat transport universiteti — 28 474 nafar;
🔸 Farg‘ona davlat universiteti — 28 188 nafar;
🔸 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 26 827 nafar;
🔸 Qarshi davlat universiteti — 26 640 nafar.

📍 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 112 242 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 105 805 nafar.
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 89 022 nafar.
4️⃣ Toshkent viloyati — 82 173 nafar.
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 79 004 nafar.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Oʻzbekistondagi eng ommabop ilova maʼlum boʻldi

Markaziy Osiyo tadqiqotlar guruhi oʻzbekistonliklar kundalik muammolarni hal qilishda qaysi ilovalardan foydalanishi boʻyicha tadqiqot oʻtkazdi.

☝️18 dan 54 yoshgacha boʻlgan aholi oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqotga ixtisoslashtirilgan xizmatlar, toʻlov dasturlari, messenjerlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar kiritilgan.

🇺🇿 Unga koʻra, xarid qilish uchun foydalanadigan xizmatlar reytingida Uzum Market 72 foiz ovoz bilan birinchi, Instagram 45 foiz, Telegram esa 44 foiz ovozlar bilan ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni band qilgan. Shuningdek, ZoodMall (43%), OLX (32%), Texnomart (28%), Alif (28%) kabi mashhur xarid dasturlari ham reytingdan joy olgan.

Kundalik toʻlov ilovalari reytingida esa Click 71 foiz ovoz bilan yetakchilik qilgan. Payme 65 foiz ovoz bilan ikkinchi oʻrinda, Uzum Bank 57 foiz ovoz bilan uchinchi oʻrinni egallagan.

Siz eng ko'p qaysi ilovalardan foydalanasiz?

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Diqqat! “Koment”da haqorat qilganlarni ham topib jazolashmoqda.

Xonanda Kanizani haqorat qilgan yigit topilib sudga jalb etildi va 6,6 million so‘mga jarimaga tortildi. Aytilishicha ushbu yigit Toshkent davlat texnika universiteti talabasi bo'lgan.

Talabalarni ham ogohlantirib qo‘ying

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…
Подписаться на канал