talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📈Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib boriladi – Prezident

🟢“Biz Oʻzbekistonni ijtimoiy davlat, deb eʼlon qildik. Mamlakatimizda 2 million 200 mingdan ziyod ijtimoiy koʻmakka muhtoj, davlatdan yordam olayotgan oilalar bor. Aholimizning 55 foizi yoshlardan iborat.

🟢Yangilangan Konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari 3 barobar koʻpaytirilmoqda. Bu raqamni aytish oson, lekin uni amalda taʼminlash juda katta mehnat talab qiladi. Bunga davlat byudjetidan har yili qoʻshimcha 30-40 trillion soʻm ajratish kerak boʻladi”, – dedi Prezident.

🔴Buning hisobidan har yili yuzlab yangi bogʻchalar, maktab va shifoxonalar qurish lozimligi taʼkidlandi.

🔴Yoshlar siyosatini, taʼlim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida yuqori bosqichga koʻtarish boʻyicha ham yangi imkoniyatlar safarbar etiladi.

🔴Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib boriladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida, ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi 6 oy oldin tasdiqlangan edi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatiladimi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar ortidan "endi sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatildimi?" degan savollar ko‘paydi. Shu bo‘yicha tushuntirish bermoqchiman.

1️⃣ Birinchidan, ushbu qaror faqat 14 ta PEDAGOGIKA yo‘nalishlariga taalluqli. Ro‘yxati yuqoridagi suratda berilgan. Mana shu 14 ta yo‘nalishga joriy yildan boshlab qabul to‘xtatildi.

Boshqa yo‘nalishlarda sirtqi taʼlim bo‘yicha qabul to‘xtatilmagan.

2️⃣ Ikkinchidan,
PEDAGOGIKA sohasida yo‘nalishlar ko‘p, yuqoridagi 14 tadan boshqa yo‘nalishlarga sirtqiga hamma topshira oladimi?

❗️Yo‘q, topshira olmaydi. Pedagogika sohasidagi boshqa yo‘nalishlarga ham istalgan odam qabul qilinmaydi. Faqatgina taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslargina SIRTQIga qabul qilinadi.

Yana qaytaraman, bu faqat PEDAGOGIKA sohasiga taalluqli. Boshqa sohalardagi yo’nalishlarga bu qarorning aloqasi yo’q.

Shuningdek, pedagogika sohasidagi istalgan yo‘nalish uchun kunduzgi va kechki taʼlim shaklida ham cheklovlar yo‘q, istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.

ℹ️ Yuqoridagi maʼlumotlarning asosi: Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori

©️Xushnudbek Xudoyberdiyev

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Yutuqqa erishgan va kichik kurs talabalariga yotoqxonaga joylashishda imtiyoz berilishi rejalashtirilgan

🗓 Hukumat qarori loyihasiga koʻra imtiyozli roʻyxatga kiradigan talabalar uchun oliy taʼlim muassasasi talabalar turar joyi umumiy sigʻimining 7 foizgacha bunda, 2023/2024 oʻquv yili uchun quyidagi mezonlar ketma-ketligi asosida:

🔴xalqaro va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan Respublika miqyosdagi fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

🔴“Yil talabasi” koʻrik tanlovi Respublika bosqichi gʻolibi (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi);

🔴talabalar turar joyida doimiy ravishda talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari;

🔴Zakovat” intellektual oʻyinlari Respublika bosqichi gʻoliblari;

🔴talabalar teatr studiyalari tanlovining Respublika bosqichi gʻoliblari;

🔴yozgi taʼtil davrida yoshlar mehnat otryadi tarkibida talabalar turar joylarini taʼmirlashda ishtirok etgan talabalarga ustuvorlik beriladi.

Mazkur roʻyxatga kiritilgan talabalar oliy taʼlim muassasasi rektori buyrugʻi, asoslovchi hujjatlar ilova qilingan holda maxsus axborot tizimiga kiritiladi.
____________________

➡️Umumiy roʻyxatdagi talabalar uchun oliy taʼlim muassasasi talabalar turar joyiga qolgan oʻrinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

🔵1-kurs talabalari uchun 55-65 foizi;
🔵2-kurs talabalari uchun 15-20 foiz;
🔵3-kurs talabalari uchun 5-10 foiz;
🔵bitiruvchi kurs (4 va undan yuqori kurslar) talabalari uchun 5 foizgacha ajratiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Bugundan yangi Mehnat kodeksi kuchga kirdi

«O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (28.10.2022 y. 798-sonli)

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️O‘qishga kirishda maktab bahosini hisobga olish tizimi qanday ishlaydi?

☝️Joriy yilgi qabuldan boshlab maktab va o‘rta maxsus muassasalar bitiruvchilarining oxirgi 6-yillik baholari kirish imtihonlarida hisobga olina boshlaydi.

“5” ga o‘qigan o‘quvchiga kirish imtihonida to‘plagan balliga 5 ball, “3” ga o‘qigan bitiruvchiga esa 3 ball qo‘shiladi. Lekin oldingi yillarda maktabni bitirib ketganlarga ham ball qo‘shiladimi? Batafsil ma'lumot videoda👈.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Kitobxonlar uchun ajoyib yangilik 🥳

Qamar kitob do'koni tomonidan yana bir sovg'alarga boy konkursga start berildi.

Konkurs shartlarini quyidagi havola orqali o’tib, videoni tomosha qilgan holda bilib oling.

Barchaga omad tilaymiz 🤩

https://youtu.be/AGN92WJjXRE

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#yaxshi_kayfiyat

🎙Talabalar nomidan dekanlar uchun maxsus qo'shiq

TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Oʻqishga kirishda beriladigan 41 imtiyoz:

🔴1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
🔴2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
🔴3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
🔴4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
🔴5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
🔴6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

Shuningdek, reyestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.

🎓 TalabaYoshlarAbituriyentlarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🔻BUXGALTERIYA hisobi va 1C 8.3 dasturi orqali biz bilan ONLINE va OFFLINE ta'lim oling

➡️Bizda quyidagi kurslar mavjud:
🔴Kompyuter kurslari;
🔴Buxgalteriya hisobi (noldan balansgacha);
🔴1C 8.3 programmasi (noldan balansgacha + soliq, statistika, xalq banki, bank klient dasturlari);
🔴Xalqaro buxgalteriya CAP va  ACCA kurslari;
🔴Ingliz tili;
🔴Rus tili;
🔴Matematika.

📍Manzil: Sayilgoh ko'chasi
➡️Mo'ljal: Farg'ona shahar Tojmahal mehmonxonasi
📞Murojaat uchun tel:
+998912840779 +998905627305
🚀 Telegram: @Buxgalter10

Murojaat qiling va malakali buxgalterga aylaning!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Bu yildan sirtqi ta'lim shakli qabul amalga oshirilmaydigan ta'lim yo'nalishlari ro'yxati

2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarining
ro'yxatda ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

☝️Ro'yxat ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

🎓 TalabaYoshlarAbituriyentlarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

🌙 Muborak Ramazon Hayit ayyomi barchangizga muborak bo'lsin. Siz va siz orqali barcha oila a'zolaringizni ushbu ulug' kun bilan tabriklaymiz. Parvardigor ushbu oyda qilgan ibodatlarimizni qabul aylasin. Yaratgan egam tinchlikda, omonlikda, xursandchilikda yurtimiz rivojiga munosib hissa qo'shib yashashni nasib qilsin. Kelasi yil shu kunga yaratganning panohida sog'-omon yetishlik barchamizga nasib qilsin.

💫 Ramazon Hayit ayyomi muborak bo'lsin!

🎓TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💗Mana bu rasmlardagi san'at asarlariga qarang!👆

🎁Yaqin insonlaringizga mana shunday qo'l mehnati orqali yaratilgan bejirim yozuvli Qur'oni Karim oyatlarini sovg'a qilishga menimcha yo'q demasangiz kerak. O'zingiz ham bunday sovg'ani jon deb xonangiz devoriga osib qo'yasiz, shundaymi?

🗣Bu badiiy xattotlik san'at asarlari muallifi singlimiz Malika bo'ladilar. Xohlasangiz sizga ham istagan yozuvingizni bejirim arab harflarida, istagan o'lchamingizda, go'zal holatda tayyorlab beradilar. Bunday sovg'a yaqin insoningiz uchun unutilmas bo'ladi!

Kanallariga obuna bo'lib, Malika singlimizning ijodlarini kuzatib borishni tavsiya qilaman.

👇Kanalga ulanish👇
➡️ /channel/+efcSMdf4QZ44N2Yy ⬅️
➡️ /channel/+efcSMdf4QZ44N2Yy ⬅️

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🌙 RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023-YIL 21-APREL KUNI NISHONLANADI

🟥O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astranomiya institutidan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1444-hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).

🔶 O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini ta’limotlari va mazkur astranomik ma’lumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

©️O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎏Mana haqiqiy varraklar qanday bo‘ladi!

Xitoyda 40-Veyfan Xalqaro varraklar festivali.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Toshkent jamoat transportida yangi tariflar joriy qilinadi

Yangi tarifga koʻra, jamoat transportida qatnash uchun yoʻlkiraning bir martalik narxi 2000 soʻm, plastik kartalar, elektron to’lovlar va transport kartalari orqali toʻlov qiluvchi yoʻlovchilar uchun esa 1 600 soʻmga oʻzgaradi.

Agar yoʻlovchilar oʻz manziliga bir soat ichida bir transport turidan ikkinchi marotaba foydalansa, yoʻlkira uchun 400 soʻm toʻlaydi. Bir soat davomida yoʻlovchining bir transport turdan uchinchi, toʻrtinchi marotaba maʼlum bir manzilga harakatlanishi esa bepul boʻladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#talaba_ijodi

❓”Adolat (chi?) – pedofillarga

O'zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali talabasi Oʻlmasbek Abdurahmonov

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ Markaziy saylov komissiyasi: Shu yil 30-apreldagi referendumda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida»gi konstitusiyaviy qonuni 1-maydan kuchga kirdi.

📘«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunning to’liq matni bilan yuqoridagi faylda tanishib chiqing. Unda 155-moddadan iborat O’zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri to’liqligicha keltirilgan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ Referendumning dastlabki natijalari:

🗳 84,54% fuqaro ishtirok etdi.
90,21% “Ha” | ❌ 9,35% “Yo’q”

Referendum to’g’risidagi qonunga binoan, O’zbekiston Konstitutsiyasiga taklif etilgan o’zgarishlar O’zbekiston xalqi tomonidan ma’qullandi va qabul qilindi deyish mumkin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗳 O‘zbekiston Respublikasi Referendumida ovoz berish tartibi

😀Saylov uchastkasini aniqlash

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💠 Diqqat talabalar uchun maxsus qo'shiq!

🎓 Talabalik – oltin davrim!

Talaba do'stlaringizga yuborib qo'yishni unutmang.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Imtiyozlar

👥 3-kurs talabalar ham maktabgacha ta’lim tizimida ishlashlari mumkin

🖋 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori 7-2 bandiga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan talabalar davlat maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

📌 Bunda ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

🗂 Ularning mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

🔗 http://bit.ly/BazaviyTarifStavkalari

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Qo'qon shahri onlayn magazin

📚 Diniy, arabic, turk, biznes va psixologik kitoblar;
🕋 Joynamozlar;
📿 Tasbeh, misvok, mushkanbar;
📕 Qur'on uchun jildlar
🎁 Sovg'alar

Barcha viloyatlarga dostavka xizmati mavjud!
Murojaat uchun admin: @At_tobibatu

👉 TELEGRAM GURUHGA ULANISH

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🤖 Sun’iy intellekt kelajagi porloq kasblar ro‘yxatini tuzib berdi!

🔴Kelajagi porloq kasblar ro‘yxatida tabiiyki, ChatGPT kabi sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan, algoritmlar va mashinaviy o‘rganish tizimlari bo‘yicha mutaxassis — dasturiy ta’minot muhandisi kasbi ilg‘orlik qilmoqda. Qolgani yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Toshkent shahrida abituriyentlar tayyorlaydigan yaxshi o'quv markazlari haqida bilsangiz kommentariyada yozib qoldirsangiz (Registon, Qorako'ldan tashqari).

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#eslatma

❗️Ertaga — 25-apreldan barcha ta’lim muassasalarida, jumladan, oliy, professional, umumta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham o‘quv jarayonlari boshlanadi.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Koʻchaga yoki sinf xonalariga chiqindi tashlashdan nega uyalmaymiz?

🔴Nega suvni isrof qilamiz?
🔴Chekish sogʻliq uchun zarar ekanligini bilamizu, lekin nega chekamiz?
🔴Elektr energiyasini nega tejamaymiz?

Buxoro davlat universiteti volontyorlari tomonidan tayyorlangan yoshlar orasida yomon odatlarni oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik shu haqda

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🌙Ilk bor Ramazon Hayiti munosabati bilan O‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi!

Hech qanday boshqa kun hisobidan ishlab berish bo‘lmaydi. 24-aprel, dushanba kuni barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanibdi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

🔰Ramazon hayiti arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

🔵21-aprel (juma) – Ramazon hayiti bayrami;
🔵22-aprel (shanba) – dam olish kuni (shu jumladan,
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun);
🔵23-aprel (yakshanba) – dam olish kuni;
🔵24-aprel (dushanba) – ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#xayr_Ramazon

🌙Ramazon oyining so‘ngi kuni muborak bo‘lsin

Ming oydan afzalroq Ramazon oyim,
Rizq va nasibaga, iymonga boyim.
Seni sog‘inaman o‘ylasam doyim,
Xayr, oylar sultoni Mohi Ramazon!


KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:

▫️22-aprel —shanba;
▫️23-aprel — yakshanba;
▫️24-aprel — dushanba (koʻchirilgan dam olish).

Yaʼni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29-aprel — shanba esa ish kuni boʻladi.

❗️Agar 22-aprel — shanba Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida Oʻzbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21-aprel — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…
Подписаться на канал