talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

EducationBox - bu foydalanuvchilarga ta'lim bilan bog'liq muassalarni qidirish uchun mo'ljallangan foydali mobil ilova. EducationBox - foydalanuvchilarga eng yaqin ta'lim muassasalarni qidirish, mavjud o'quv dasturlarini o'rganish, sharhlar va reytinglarni ko'rish imkoniyatini beradi.

Bizning ilovamiz O'zbekistondagi ko'plab ta'lim muassasalari haqida tez va oson ma'lumot olish imkoniyatini beradi.

Bizning keng qamrovli o'quv muassasalari katalogimizga kirish uchun mobil ilovani yuklab oling. Shuningdek, siz mavjud kurslar va dasturlar haqida batafsil ma'lumot olishingiz va o'zingiz uchun to'g'ri ta'lim muassasasini tanlashingiz mumkin.

Ilova sizga kerakli ta'lim muassasasini oson topishga va o'quv rejalaringizni amalga oshirishga yordam beradi.

- O'quv markazlari
- Xususiy bolalar bog'chasi
- Xususiy maktablar
- Oliy ta'lim muassasalari

EducationBox bepul mobil ilovasini yuklab oling va muvaffaqiyat sari sayohatingizni boshlang!

👇Yuklab olish uchun bu yerga bosing
🍏 App Store | 🤖 Google Play

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Alif IT Academy markazi 300 mln so'mli grant e'lon qiladi!


🤩 Ramazon oyida boshlanib, keyingi Ramazon oyining oxirigacha davom etuvchi ushbu grantga bu yilgi qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

Ushbu grantda 300 mln so'mli ta'lim granti orqali 100 nafar yigit-qizga grafik dizayn yo'nalishi bo'yicha 90% grand asosida ta'lim berish reja qilingan.

📌 «Ramazon 100» grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 15 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

🔖 90% grand uchun ro'yxatdan o'tish

Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish e'lon berilgan vaqtdan boshlab 25-aprel, soat 23:59 gacha davom etadi. Saralash va natijalarni e'lon qilish Ramazon oyining oxirigacha amalga oshiriladi.

P. S. Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yetkazing.

📲Murojaat uchun : +998978888087

Youtube | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Roʻzaga oid koʻp takrorlanadigan savollarga javoblar

👉 Batafsil o'qish

Yaqinlaringizga ham ulashing, bu savollar ko'pchilik tomonidan berilmoqda, batafsil tushunib olishadi.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_muhim_xabar
❗️Assalomu alaykum do'stlar! Iltimos oxirigacha o‘qing!

☝️Xabaringiz bor, hozir openbudget.uz portalida loyihalarga ovoz berish boshlangan. Berilgan takliflar ichida men yashaydigan mahalladagi yo'llarni asfalt qilish taklifi ham berilgan. Bu uchun 1.2 mlrd so‘m pul ajratilishi kerak.

🟥Sizlardan, 2 daqiqa vaqtingizni ajratib, ovoz berishingizni so'rayman, chunki bu yo'llarda nafaqat mashinalar, yoshi ulug' keksalar, yosh bolalar ham qiynalishadi. Yo'llar asfalt bo'lsa , insha'Alloh savobi sizgayam tegadi.

👉Ovoz berish tartibi:
1️⃣ https://openbudget.uz/boards-list/1/42aab10e-8484-49ca-bb41-43431754bb8e shu ko‘k yozuv ustiga bosasiz va ekranni pastroqqa tushirib "SMS orqali" tugmachasini bosasiz (yuqorida 1-rasmda ko‘rsatilgan);
2️⃣ Telefon raqamingizni yozib, misolni ishlab, natijasini yozasiz va "SMS kodni yuborish" tugmachasini bosasiz (2-rasm);
3️⃣ Telefoningizga SMS keladi, shuni 3-rasmda ko‘rsatilgan joyga yozasiz va "Jo‘natish" tugmachasini bosasiz, bo‘ldi!

🤝 2 daqiqa vaqtingizni ayamay, ilitimosimga befarq bo'lmaysiz degan umiddaman. Hurmat bilan Izzatxo'ja Asomiddinov

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

😃Navro‘z taomi: haqiqiy halol halim

Eng mazali taom qayerda? Qaysi joyda? U joyning o‘ziga xosligi nimada? Nega u yerda mijozlarning oqimi katta? U joyning mazali ekanligining siri nimada? Buning barchasi bizning “Mazali joy” dasturimizda!

To‘lig‘ini tomosha qiling:
➡️ https://www.youtube.com/watch?v=sY8paDOVUq8

QvZ assotsiatsiyasi raisi Umarbek akamiz yangi loyiha boshlabdilar, bir videoni ko'rib o'zingiz baho bering.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

➡️Bu yildan sirtqi ta'lim shakli qabul amalga oshirilmaydigan ta'lim yo'nalishlari ro'yxati

🔴2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarining
ro'yxatda ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

❗️Ro'yxat ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

AFC bugungi final uchun maxsus rolikini taqdim etdi.

🇺🇿 Yigitlar biz sizlar bilanmiz. G’alaba bizniki. Butun xalq sizlardan faqatgina bitta g’alaba va chempionlik kutmoqda. Xudo xohlasa aynan sizlar bilan biz asosiy Jahon Chempionatiga ham yo’l olamiz.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari!

🌺Bugun soat 10.00dan 18.00 ga qadar kun davomida Beruniy maydonida (metro) "Navro‘z" umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tumanning katta tadbiri bo‘lib o‘tadi. Tadbirda 1 tonnaga yaqin sumalak, 1 tonnaga yaqin xalim, 5 ta dosh qozonda osh damlanib bepul aholiga tarqatiladi.

🟢Barcha 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarni bayramga taklif qilamiz. Tadbir davomida konsert dasturi ham rejalashtirilgan!

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🪪 Bitiruvchilar ID karta olishlari shart!

❗️Bo'lmasa o'qishga kira olmaydi

☝️Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz, deya Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yozmoqda.

➡️Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 129 ming (33%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.

🎓 TalabaYoshlarMaktab bitiruvchilariga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿O‘zbekiston finaldaaaa🏆🏆🏆

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Bilasizmi

⚡️Bayram kunlari xodimlarni ishlatish man etiladi

📝 Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi bo'yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo'yicha yo'l qo'yiladi.

☑️ Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko'ra ishni to'xtatib turish mumkin bo'lmagan joylarda, aholiga xizmat ko'rsatish zarurati bo'lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo'lmaydigan ta'mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo'l qo'yiladi.

💰 Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to'lanadi.

‼️ Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

😂 Imtihon vaqtida javobni eslash uchun layfxak...

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

〽️ Hech kim sizning qiymatingizni tushirishga yòl qòymang!

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚽️ Bugun yosh futbolchilarimiz yarim final va mundial yo'llanmasi uchun "Sokkeruz"lar bilan kurashadilar!

🟥1/4 finaldan o‘rin olgan uchrashuv bugun “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da start oladi.

O‘yin "Uzreport" telekanali orqali jonli translyatsiya qilinadi. Barchani futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga taklif qilamiz!

🌏 Osiyo Kubogi U-20 | 1/4 final
🇺🇿O'zbekiston⚡️Avstraliya🇦🇺

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

💬Yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Konstitusiyada belgilanmoqda. Bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy ta’lim olish imkoniyati kafolatlanmoqda. Bu oliy ta’limda hamisha davlat granti uchun kvotalar ajratiladi va ushbu tartib hech qachon bekor bo‘lmaydi degani” Oliy Majlisning Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#ogohlantirish #abituriyentlar

🔥Imtihonda qo‘lga tushgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin

Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM), Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar ko‘rish yo‘llari ustida ishlamoqda.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.

🟥Kontrakt to'lash muddatlari:

🔴belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

🔴belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

🔴xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟢Mazkur kanalda berilayotgan ma'lumotlar o'ylaymanki doimo siz uchun foydali bo'ladi. Bundan tashqari kanalimiz faoliyati sabab bir qancha talabalarning muammolari ham ijobiy hal qilingan.

🤔 Siz uchun vaqtini ketkazib, kanal yuritayotgan inson uchun siz ham 2 daqiqa vaqt ajratib ovoz bera olasiz, menimcha...

👆Batafsil yuqoridagi postda

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Eng halol insonlar qayerda yashaydi?

«To‘satdan hamyonni yo‘qotib qo‘yish» tajribasida qancha hamyon o‘z egasiga qaytarib berilishi o‘rganilgan. Bu tajriba turli davlatlarda qanday natija berganligini xaritadan ko‘rishingiz mumkin.

Insofli finlandiyaliklar yo‘qotilgan 12 ta hamyondan 11 tasini egasiga qaytargan bo‘lsa, portugallarda atigi bitta hamyon o‘z egasiga qaytarilgan.

🤔Sizningcha, agar shu tajribada biznikilar ham ishtirok etganda nechta hamyon egasiga qaytarilgan bo‘lardi?

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

👏 2 ta universitetimiz TOP-500 talik reytingdan oʻrin oldi

Quacquarelli Symonds
– QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2023-yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini eʼlon qildi.

🟥Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy universiteti va TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti 4 ta (zamonaviy tillar, matematika, fizika va astronomiya, atrof-muhit) fan boʻyicha TOP-500 oliy taʼlim muassasalari qatoridan oʻrin egalladi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston milliy universiteti 2022-yilgi reytingda “Matematika” sohasida 451–500-oʻrinda ko‘rilgan bo‘lsa, bu yil shu yoʻnalish boʻyicha 100 pogʻona yuqoriga koʻtarildi.

🎓
TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

😎 Tengdoshlardan bir qadam oldinda bo’ling

10-11-sinfdan talaba bo’ling!

🤔 Maktabni bitirish arafasidagi o’quvchi bo’lsangiz Sizda erta talaba bo’lish va vaqtdan yutish imkoniyati mavjud. Bundanda yaxshisi esa, JIU’da 80%lik Grant yutib olishingiz mumkin.

JIU’da Siz quyidagi eng talabgir yo’nalishlarda ta’lim olib, zamonaviy va professional mutaxassis bo’lishingiz mumkin:

💸 Biznes Boshqaruv
💼 Moliya
👨‍💻 IT
👩‍🏫 Pedagogika
✈️ Turizm

👉 Navbatdagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’ting va sinfdoshlaringiz qatorida birinchilardan bo’lib talabaga aylaning.

👉 https://jiuuz.info/mdnh

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilarining to‘liq stavkada ishlashiga ruxsat berildi

Hukumatning 3-oktabrdagi 561-sonli qaroriga muvofiq, tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 o‘quv yilidan:

🔰 Barcha tibbiyot OTMlarning:
🟢«Davolash ishi»;
🟢«Pediatriya ishi»;
🟢«Tibbiy-profilaktika ishi» yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida;

Barcha tibbiyot OTMlar, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#ibrat

😢 Bemehr talaba Ta'sirli video!

☝️Ushbu videoda hamyurtlarimizning "bemehr farzandga" nisbatan reaksiyasini bilish maqsad qilingan.

Farzand sog'inchi sabab viloyatdan Toshkentga talaba o'g'lini ko'rgani kelgan hokisor onaizor qiyofasidagi aktyor o'z rolini ajoyib ko'rsata olgan. Bu holatni uyushtirilgan ekanini sezmagan va "telefonini gaplashishga berib turgan" ishtirokchilarning reaksiyasiga esa tasanno.

Videoni oxirigacha ko'rsangiz o'zingiz bunga amin bo'lasiz.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿O'zbekiston yoshlari finalda!!!

🌏 Osiyo Kubogi U-20 | 1/2 final

🇺🇿 O'zbekiston 0:0 Janubiy Koreya 🇰🇷
🥅 Penaltilar bo'yicha - 3:1

👏Barakalla, yigitlar! Qoyil! Ayniqsa, darvozabonimiz Otabek Boymurodovga tasanno. Yigitlarimiz haqiqiy qahramonga aylanmoqda.

Endi yigitlarimiz finalda 🇮🇶Iroq bilan kuch sinashadi. Final 18-mart, shanba kuni soat 19:00 da boshlanadi.

Eslatib o'taman, guruh bosqichida vakillarimiz Iroqni bir kishi kam bo'lgan holatda yengishgan edi. Nasib qilsa finalda yana bir bor yengamiz!

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

«AQShda o‘qimaydigan talaba pul va vaqtdan yutqazadi» - 3 mln dollar grant yutgan o‘zbek talabasi

🇺🇿 Dunyoning TOP universitetlariga kirib, tahsil olayotgan o‘zbek talabalari qatorida namanganlik Javohir G‘aniboyev ham bor. Hozir u Florida shtatidagi universitetda o‘qimoqda. Intervyusida u xorijiy oliygohga kirish uchun qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligi, hujjatlarni to‘plash jarayoni hamda AQShda chetdan kelgan talabalar uchun qanday sharoit yaratilishi haqida so‘zlab berdi.

📹 TO'LIQ SUHBATNI SAYTDA KO‘RING

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Diqqat, Telegramda “virus” tarqaldi!

Iloji bo’lsa, bu xabarni ko’pchilikka yetkazing. Telegramda shu kunlarda yangicha firibgarlik xabarlari tarqaldi. Sxema juda oddiy:

Sizga biror tanishingizdan qisqa xabar keladi. Mazmuni turlicha, masalan:
🟢So’rovnomada qatnashayotgandim, sizning yordamingiz kerak;
🟢Mahalladan pul beryapti ekan, o’zim oldim;
🟢Men falon raqamdaman, menga ovoz bering va h.k.

Siz bunga ishonib, xabar tagidagi tugmani bosasiz. Ovoz berishingiz uchun profilga kirishingizni so’raydi. Raqamingizni yozasiz, keyin kelgan SMS-kodni ham kiritasiz. Shu bilan tamom! Telegram profilingizga begonalar buzib kiradi va maxsus botlar hamma do’stlaringizga sizning nomingizdan xabar yuboradi. Sizni bundan xabaringiz ham bo’lmaydi.

✅Tekin pul olaman degan xomxayol ortidan plastik karta raqamingizni kiritsangiz, unda hamma pullaringizni yechib olishadi.

‼️Qayta va yana qayta ta’kidlaymiz:
duch kelgan xabarga ishonavermang, shubhali linklarni ochib ko’rmang, tekin pul desa yugurib ketavermang, telefon raqamingizni har qayoqda yozib qoldirmang, SMS-kodni hammaga aytavermang yoki shubhali joylarga kiritmang, o’zingizni ehtiyot qilishga o’rganing, sodda bo’lmang.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Eslatma: Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlashning so’ngi muddati 15-martga

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 15-marti etib belgilandi.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿 O'zbekiston yarim finalda! O'zbekiston MUNDIALDA!!!

🌏 Osiyo Kubogi U-20 | 1/4 final

🇺🇿O'zbekiston⚡️Avstraliya🇦🇺
🥅 Penaltilar bo'yicha — 5:4

⚽️ Gollar: Abdirahmatov 79'
- Popovich 77'.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Umumxalq xayriya hashari 18-mart kuni o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 2023-yil 11-martdan 18-martga ko‘chirildi.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#statistika

💠Toshkentga eng koʻp qaysi viloyatdan koʻchib kelingani maʼlum boʻldi. Bu Qashqadaryo emas!

📊Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida koʻchib kelganlar soni 45 689 kishini tashkil etgan.

➡️2022-yilda Toshkent shahriga hududlardan doimiy yashash uchun koʻchib kelganlar soni:

🔒Toshkent viloyati – 18648 kishi;
🔒Qashqadaryo – 5924 kishi;
🔒Samarqand viloyati – 3486 kishi;

🔒Surxondaryo viloyati – 2853 kishi;
🔒Buxoro viloyati – 2777 kishi;
🔒Fargʻona viloyati – 2181 kishi;
🔒Andijon viloyati – 1716 kishi;
🔒Xorazm viloyati – 1688 kishi;
🔒Navoiy viloyati – 1529 kishi;
🔒Namangan viloyati – 1521 kishi;
🔒Jizzax viloyati – 1303 kishi;
🔒Sirdaryo viloyati – 1074 kishi;
🔒Qoraqalpogʻiston – 989 kishi.

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…
Подписаться на канал