talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

☝️Maxsus harbiy tuzilmalarda ushbu jadvalni askarlarning kuzatish qobiliyatini tekshirish uchun o‘ylab topilgan.

👁Bu yerda 1 dan 90 gacha bo‘lgan raqamlarni ketma-ket topish kerak.

🔴10-14 daqiqada topsangiz – yaxshi.
🔴15-19 daqiqada topsangiz – o‘rtacha.
🔴20-25 daqiqada topsangiz – yomon.

O'zingizni sinab ko'ring-chi, qani siz bu ish uchun qancha vaqt sarflar ekansiz?

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️2023-yil uchun birinchi «Tashabbusli budjet» jarayonlariga start berildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yilning dastlabki «Tashabbusli budjet» jarayonlari boshlanganini ma’lum qildi.

❗️Fuqarolar 6-fevraldan 26-fevralga qadar o‘z takliflarini «Ochiq budjet» portaliga kiritishlari mumkin.

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Qanday qilib Yaponiya Xalqaro Universitetida Grant asosida oʻqib, yiliga $30000 maoshlik ishga ega boʻlish mumkin ?

🤩 Ushbu savolga bizni 6-fevral kuni boʻlib oʻtadigan vebinarimiz orqali javob topishingiz mumkin.

Samarqandda joylashgan JIU- universiteti, bitiruvchilarni Yaponiyada kafolatlangan $30.000 yillik maosh bilan taʼminlaydi.

🎁 Aytgancha, vebinar qatnashuvchilar uchun maxsus sovgʻalarimiz bor.

❗️ Vebinarga roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu linkni ustiga bosing.

👉 https://jiuuz.info/wbnrrm

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Infografika

🌐 edu.mininnovation.uz/ muloqot portali orqali oliy va professional ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohasi bo‘yicha kelib tushgan takliflar raqamlarda

Soha bo‘yicha fikrlaringiz bo‘lsa, siz ham tashabbus ko‘rsating!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Universitet tanlashda nimaga e'tibor berish kerak?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🏢 Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

👮‍♀️ harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

🤰 homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

💊 salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

☝️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

💵 Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Oʻqishga kirishda 41 ta imtiyoz bor

✅ Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REESTRI” tasdiqlandi.

✔️ Reestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:

🟢1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
🟢2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
🟢3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
🟢4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
🟢5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
🟢6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat: “Talabaga madad”

“Talabaga madad”
loyihasida mahallalardagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan (hozirda 15 mln so‘m) miqdordagi qismi to‘lab beriladi.

🟥Bu imkoniyat O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat, xorijiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun amal qiladi.

“Yoshlar daftari”ga kirish uchun ortiqcha ovora bo‘lib yurish shart emas. Tizim raqamlashgan bo‘lib, https://yoshlardaftari.uz/ platformasi orqali onlayn ariza yuborishingiz yoki 24/7 faoliyat ko‘rsatadigan 1093 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, loyiha doirasida bugungacha 30 mingdan ortiq talabalarning kontrakti to‘lab berildi.

©️Alisher Sa'dullayev


👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Prezident qarori bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi.

➡️Komiljon Karimov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;

➡️Shahloxon Turdiqulova Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari lavozimiga;

➡️Sarvarxon Buzrukxonov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari lavozimiga;

➡️Olimjon Toʻychiyev Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimiga;

➡️Majid Karimov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_yangiliklari

Prezident qarori bilan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

Shuningdek, oʻzbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.

👉 Batafsil ma'lumotni o'qish

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Assalomu alaykum, hurmatli talaba-qizlar agarda siz faol va ijodkor bo'lsangiz, sizlarga Dilshoda Umirovaning Telegram kanaliga obuna bo'lishni tavsiya qilaman.

Ushbu kanalda siz:
💎 Prezident stipendiyasi haqida;
💎 Navoiy nomli Davlat stipendiyasi haqida;
💎 Aleksandr Faynberg stipendiyasi haqida;
💎 "Yil talabasi" ko'rik-tanlovining "Yilning eng ijodkor talabasi" nominatsiyasi haqida tanishasiz.
💎 Bundan tashqari 60 ga yaqin ilmiy va ijodiy ishlarni ham topasiz.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#munosabat

Auditoriyaga kirib hamma oʻtirishi shart degan topshiriq yoʻq — Vazirlik mas’uli

Bugun, 23-yanvardan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini boshlashga ruxsat berildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament rahbari A.Xoliqov ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq tushunmovchiliklar yuzasidan munosabat bildirdi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚠️MCHS ogohlantiradi:

Hurmatli talaba 23-yanvardan boshlab barcha universitet hududida "SESSIYA" xavfi kutilmoqda. Ayrim fanlardan stavka tezligi 100 ming so'mgacha oshishi va buni eshitib sizni mazangiz qochishi mumkin. Pulsiz talabalar uchun QAYTAROPASNO bo'lishi mumkin.
❗️ESLATMA: harajatsiz harakat darajasi 0 ga teng. Iltimos universitet hududida pulsiz yurmang!!!

P.S: Bu shunchaki hazil, o'ylaymizki, hamma iymonli, vijdonli va pora gunoh, haromligini biladi. Kelajagimizni korrupsiyasiz quramiz. Talabalarda ham ayb bor, vaqtida o'qing, izlaning, shunda domlangiz ming poraxo'r bo'lsa ham (bunday domlalar juda kam) siz bahoyingizni olasiz. Nima qilsa ham pora bilan ish bitirmang, bu GUNOH!

🎙 Poraxo'r domlalar uchun

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❓Matematika fanini oʻrganishni istaysizmi?

☝️ Unda siz uchun ajoyib imkoniyat!
☝️ Yangicha metodika yangicha uslubda matematika, ya'ni dunyo fanini o'rganing;
☝️ Darslar 7-8-9-10-11-sinf mavzularidan boshlab oʻqitiladi;
☝️ Sinf oʻquv qoʻllanmalari uchun ham darslar mavjud.

💰 Narxlar juda hamyonbop!
📲 Darslar onlayn tarzda olib boriladi!

Darsga qoʻshilishni xohlagan oʻquvchilar @Mishary_04 profiliga murojaat qiling.

Matematika kanaliga ulanish:
🔹 /channel/onlayn_matematika_01

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Turmush oʻrtogʻining kontrakt toʻlovini toʻlaganda daromad soligʻi toʻlamasligi aytilgandi, shu tartib kuchga kirganmi?

✅ JAVOB:
Ha, bu imtiyoz kuchga kirgan. Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga koʻra soliq toʻlovchining:
🟢professional taʼlim tashkilotlarida;
🟢oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

🟥Bu imtiyoz soliq toʻlovchi:
🟢oʻzi uchun;
🟢26 yoshga toʻlmagan farzandlari uchun;
🟢26 yoshga toʻlmagan turmush oʻrtogʻi (eri yoki xotini) uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirgan summasiga qoʻllaniladi.

☝️Mazkur imtiyoz soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari ajratgan taʼlim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.

❌ Bu imtiyoz soliq toʻlovchining aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki kuyovi uchun qoʻllanilmaydi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Ingliz tilini oʻrganish uchun qizgʻin muhit izlayapsizmi?

Unda “ENGLISH WEEK” marafoni aynan siz uchun

Jonli suhbatlar
Soʻz boylik, grammatika, tarjima, eshitish, gapirish va boshqa muhim qobiliyatlarni oʻrganish uchun tajribadan oʻtgan tavsiyalar

Videodarslar
Ingliz tili grammatikasi va tarjima qobiliyatini qiziqarli va samarali yoʻlda oshirish uchun eksklyuziv videodarslar

Amaliy guruh darslari
Videodarslarda oʻtilgan darslar va berilgan vazifalarni tahlil qilish uchun guruh jonli darslari

Jonli speaking activitylar va boshqa koʻplab qiziqarli mashg'ulotlar sizni kutmoqda!

8-12- fevral kunlari, aynan @Productive_School kanalida!

Marafonga qatnashish mutlaqo BEPUL!

✈️ Doʻstlaringizga ham ulashishni unutmang!

[Productive_school — sifatli taʼlimning online timsoli]

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Dunyoda o‘qituvchi bo‘lishning qiymati

🟢Italiyada
Uchta kasb egalari tirband yo‘lda qolmasligi kerak:
Tez yordam, o‘t o‘chiruvchilar hamda o‘qituvchilar.

🟢Fransiyada
Boylar o‘z yashash joylari bilan maqtanish uchun o‘qituvchilar bilan bir hududda yashashga intiladilar.

🟢Shvesiyada
Birinchi farzandim shifokor, ammo ikkinchi farzandim undan yaxshiroq kasb egallashni istaydi, ya’ni o‘qituvchi bo‘lmoqchi.

🟢Germaniyada
Merkel norozilik bildirayotgan shifokorlarga murojaat qildi:
- Sizning maoshingiz sizni o‘qitgan o‘qituvchilarning ish haqidan yuqori bo‘lishini kutmasligingiz kerak.

🟢Angliyada
Bu bola daho, u o‘qituvchidek fikrlaydi...

🟢Yaponiyada
Soyasini toptamaslik uchun o‘qituvchidan yetti qadam ortda yur!

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓Bugun 5-fevral — Abiturentlarni test usulida tanlab olish to'g'risida qaror qabul qilingan kun!

➡️O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Oliy o'quv yurtlari uchun abiturentlarni test usulida tanlab olish to'g'risida” qarori 1993-yil 5-fevral kuni qabul qilindi.

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📱«Humo» milliy messenjeri qanday messenjer?

🕊Uning dizayni, interfeysi «Telegram» messenjeriga juda o‘xshash, bu plagiatmi?

📝 Messenjerni ishlab chiqishda foydalanilgan dasturlash kodlarining mualliflik huquqi kimga tegishli?

☝️Yaqindagina e'lon qilingan «Humo» milliy messenjeri Telegram bilan birga bir o'xshash ekanligi internetda ovoza bo'ldi, loyiha mualliflari ushbu videoda o'sha tanqidlarga javob berishibdi.

Xo'sh sizning fikringiz qanday? «Humo» milliy messenjeri foydalimi yo Telegramni ishlataverganimiz yaxshimi? Siz ushbu messenjerdan foydalangan bo'larmidingiz?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💰To‘langan to‘lov–kontraktini 12 foizi qaytarib beriladi.

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga koʻra soliq toʻlovchining:
🔴professional taʼlim tashkilotlarida;
🔴oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

❗️Bu imtiyoz soliq toʻlovchi:
🟢oʻzi uchun;
🟢26 yoshga toʻlmagan farzandlari uchun;
🟢26 yoshga toʻlmagan turmush oʻrtogʻi (eri yoki xotini) uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirgan summasiga qoʻllaniladi.

Mazkur imtiyoz soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari ajratgan taʼlim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Bu imtiyoz soliq toʻlovchining aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki kuyovi uchun qoʻllanilmaydi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Joriy yildan maktab bitiruvchilariga beriladigan shahodatnomalar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

🔴Shahodatnoma o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.
🔴Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
🔴Bunda har yili 1-dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.
🔴Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.
🔴Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Oliy_taʼlim

❓Sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ish joyidan qanday imtiyoz berilishini bilasizmi?

Mehnat kodeksining 257-moddasiga asosan Ish beruvchi oliy o‘quv yurtlarida sirtdan taʼlim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish maqsadida o‘quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘l kiraning ellik foizdan kam bo‘lmagan qiymatini to‘laydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi 257-moddasi

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#yiltalabasi2022

⚡️“Yil talabasi – 2022” respublika ko‘rik-tanlov gʻoliblari aniqlandi!

🗣Joriy yilning 24-25-yanvar kunlari tanlovning yakuniy bosqichi onlayn tarzda, Zoom platformasi orqali tashkil etildi. Yakuniy bosqichda ishtirok etgan nomzodlar tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislardan iborat Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan suhbat, savol-javob hamda taqdimot ishlari orqali xolislik va shaffoflik asosida baholandi.

“Yil talabasi-2022” respublika ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

➡️Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi:
🔴1-oʻrin: Shoxabbos Salomov — ADTI talabasi
🔴2-oʻrin: Saidmuhammmad Ibodullayev — SamDU talabasi
🔴3-oʻrin: Mirshod Tursunov — BuxDU talabasi

➡️Yilning eng faol tashabbuskor-targʻibotchi talabasi:
🔴1-oʻrin: Marjona Joʻraqulova — SHDPI talabasi
🔴2-oʻrin: Sarvinoz Odiljonova — ADCHTI talabasi
🔴3-oʻrin: Mehroj Isayev — SamDU talabasi

➡️Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi:
🔴1-oʻrin: Shohjaxon Sobirov — NamMQI talabasi
🔴2-oʻrin: Qudratbek Mahammadjonov — FarPI talabasi
🔴3-oʻrin: Behzod Shuxratov — Inha talabasi

➡️Yilning eng faol sportchi talabasi:
🔴1-oʻrin: Nodirbek Yakubboyev — OʻzMU talabasi
🔴2-oʻrin: Adhamjon Ergashev — NamDU talabasi
🔴3-oʻrin: Samandar Bobonazarov — TDYU talabasi

➡️Yilning eng faol iqtidorli talabasi:
🔴1-oʻrin: Rohilaxon Nuriddinova — ADU talabasi
🔴2-oʻrin: Yangiljon Saburova — MRDI talabasi
🔴3-oʻrin: Shamshoda Sharapova — TTA talabasi

➡️Yilning eng faol ijodkor talabasi:
🔴1-oʻrin: Dilafruz Obloqulova — QQDU talabasi
🔴2-oʻrin: Shahrizod Shodiyev — SamDU talabasi
🔴3-oʻrin: Feruza Abdukarimova — OʻzMMSI talabasi

➡️Yilning eng namunali tadbirkor talabasi:
🔴1-oʻrin: Nilufar Omonova — SamDU talabasi
🔴2-oʻrin: Shahlo Gʻulomova — TTA talabasi
🔴3-oʻrin: Maxbuba Shonazarova — TTA UF talabasi

🟢Shuningdek, talabalarning ijodiy yo‘nalishdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tanlovga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, iste’dod va iqtidorlarini rag‘batlantirish hamda “Yil talabasi-2022” respublika tanlovidagi faolligi uchun quyidagi talabalarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlashga tavsiya etildi:

🟢Eliza Daliyeva — SHDPI talabasi
🟢Farida Uzakova — QQXAI talabasi
🟢Bunyod No‘monjonov — NamMQI talabasi
🟢Shaxnoza Choriyeva — TerDU talabasi
🟢Bobur Anvarov — O‘zMU JF talabasi
🟢Dilnoza Jumayeva — DTPI talabasi
🟢Azizbek Ortiqov — NavDPI talabasi
🟢Jaxongir Zokirov — JDPU talabasi
🟢Xurliman Naurizbayeva — QQDU talabasi
🟢Azizbek Yusupov — TATU QF talabasi
🟢Shahlo Mamadjonova — NamDU talabasi
🟢Rahmatjon Bobojonov — ToshDO‘TAU talabasi
🟢Axmadjon Muxtorjonov — NamMQI talabasi
🟢Odinaxon Sharipova — FarDU talabasi
🟢Oygul Xakimova — ADTI talabasi
🟢Durdonaxon Mamajonova — FarPI talabasi

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿 Tata Steel Chess – 2023. Nodirbek Abdusattorov soʻnggi turdagi magʻlubiyat sabab musobaqani 2-oʻrinda yakunladi. Javohir Sindorov oʻz guruhida uchlikka kirdi

➡️Niderlandiya mezbonligida oʻtgan Tata Steel Chess – 2023 musobaqasida Masters turnirida ishtirok etgan Nodirbek Abdusattorov 13-turda mezbon shaxmatchi Yorden van Forestga qarshi dona surdi. Oq donalarda harakat qilgan Nodirbek afsuski magʻlubiyatga uchradi va 8 ochko (4 gʻalaba, 8 durang, 1 magʻlubiyat) bilan musobaqani ikkinchi oʻrinda yakunladi. Bu turga qadar u turnir peshqadami sifatida kelayotgandi.

8,5 ochko bilan Anish Giri musobaqa gʻolibiga aylandi. Musobaqa davomida Abdusattorovga magʻlub boʻlgan amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (8) esa kuchli uchlikdan joy oldi.

➡️Chellenjer guruhida ishtirok etgan Javohir Sindorov esa soʻnggi turda niderlandiyalik Tomas Berdsenni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi. Ushbu gʻalabadan soʻng Sindorov ochkolarini 8.5 taga yetkazib oldi va Chellenjer guruhida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#xulosa _sizdan

🟥Bahosi uchun domlaga pul berish, olish va imtihon, sessiyadagi kelishuvlar gunohi to‘g‘risida!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🔥 Prezident farmoniga muvofiq, hukumatga boʻysunadigan vazirlik va mustaqil maqomga ega idoralar soni jami 26 ta etib belgilanmoqda (ular tarkibiga kirgan barcha qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar bilan birga jami 69 ta), shu jumladan:

🟢vazirliklar – 21 ta;
🟢qoʻmitalar – 12 ta, shundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;
🟢agentliklar – 25 ta, shundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;
🟢inspeksiyalar – 11 ta.

❗️Vazirlik va idoralarda byudjet va nobyudjet mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz). Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari oʻrinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.

❗️Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafar etib belgilanmoqda. Vazirlik va idoralarning nobyudjet mablagʻlaridan qoʻshimcha boshqaruv shtatlarni kiritish qatʼiy taqiqlanmoqda.

❗️Dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositalari va 10 ta binolar boʻshamoqda. Vazirlik va idoralarda shtatlar sonini qisqartirish hisobiga 1,5 trillion soʻm tejab qolinadi. Xizmat mashinalaridan esa 70 mlrd soʻm tejalishi prognoz qilinmoqda.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💠Talaba ishlashi mumkinmi?

Ha, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha bunga hech qanday cheklov yo‘q. Ya’ni Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. 15 yoshdan esa sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

☝️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-buyrug‘i (afsuslar bo‘lsinkim, ushbu hujjat rus tilida)ning 50-bandida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, talaba bemalol ishlashi mumkin. Faqat ta’limdan bo‘sh vaqtida.

TalabaYoshlarObuna bo'lishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#xalqaro_universiada

AQShda o‘tayotgan XXXI Butunjahon qishki universiada xalqaro sport o‘yinlarida 13 nafar talabamiz Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda

Ayni kunlarda «Qishni asraylik!» shiori ostida Adirondak tog‘larida joylashgan Leyk-Plesid shahrida o‘tayotgan xalqaro universiada o‘yinlarida dunyo mamlakatlarining 540 dan ortiq oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan 1 443 nafar talaba-sportchi qatnashmoqda.

Quvonarlisi, universiada o‘yinlarida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport hamda Chirchiq davlat pedagogika universitetlarining 6 nafardan, Toshkent farmatsevtika institutidan 1 nafar talabamiz faol ishtirok etmoqda.

Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan barcha sportchilarimizga omad tilaymiz!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#TEZKOR

⚡️O‘qish 23-yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi

Joriy yilning 23-yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23-yanvarga qadar uzaytirilgan.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓Shartnoma to'lovining ohirgi kunini kutmasdan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida shartnoma to’lovini onlayn - Zoomrad ilovasi yordamida amalga oshiring! Eng muhimi tez va hech qanday komissiyalarsiz.

To'lovni amalga oshirish uchun: Ilovada “shartnoma to‘lovi” xizmatini tanlang, talabaning JShShIR raqamini kiriting, ilovaning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma bo‘yicha qarzdorlik haqidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

📱Zoomrad ilovasini yuklab olish uchun:
IOS | Android

* * * * *

🎓Оплачивайте контракты в ВУЗах Узбекистана не дожидаясь последнего дня оплаты. С помощью приложения Zoomrad теперь это очень просто, быстро, а главное и без комиссий.

Чтобы произвести оплату, Вам необходимо выбрать раздел «Оплата контракта», далее ввести ПИНФЛ студента, после чего приложение само найдёт всю необходимую информацию об учебном заведении и задолженности по договору.

📱Скачать приложение Zoomrad:
IOS | Android

Читать полностью…
Подписаться на канал