talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❄️ Talabalar qishdan zavqlanmoqda

Kursdoshlar bilan mazza qilib qorbo'ron o'ynayotganlar bormi? Qorbobo-chi yasadingizmi?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

👏 Ijtimoiy tarmoqlardagi keng muhokamalardan so'ng, matonatli amputant futbolchilarimizga Prezident sovgʻalari topshirildi

🏆 Milliy Paralimpiya qoʻmitasida amputant futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Jamoatchilikning kesin e’tirozlaridan so‘ng 5 karra jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston amputantlar milliy jamoasining 15 nafar a’zosiga Cobalt avtomobili berildi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Talabalarga nega nol baho qoʻyilmaydi

Universitetlardan birida oʻqiyotgan talaba shunday hikoya qiladi:
— Universitetlardagi koʻplab imtihonlarda qoʻyiladigan eng yuqori baho besh boʻladi. Agar talaba biror bir savolga javob bera olmay imtihon varaqasini oppoq holda topshirsa ham u ikki baho oladi. Universitetda oʻqishni boshlagan ilk kunlarimning birida bunday baholash tizimini bilmasdim. Ustozimdan soʻradim: «Hech bir savolga javob bera olmagan talabaning ikki baho olishi aqlga toʻgʻri keladimi? Nega u nol baho olmaydi. Shunday qilinsa mantiqan toʻgʻri boʻlmaydimi?»

Ustoz shunday javob berdi:
🟢Qanday qilib, unga nol baho qoʻyamiz. Axir u insoniyatning bir vakiliku.
🟢Qanday qilib, unga nol baho qoʻyamiz. Vaholanki, u barcha maʼruzalarda qatnashish uchun ertalab soat 7.00da uygʻonadiku.
🟢Qanday qilib, unga nol baho qoʻyamiz. Vaholanki, u qahraton sovuqda koʻchaga chiqib, jamoat transportiga minib, imtihonga oʻz vaqtida yetib kelib, savollarga javob topishga harakat qiladiku.
🟢Qanday qilib, unga nol baho qoʻyamiz. Vaholanki, u oʻqish uchun tunlarni bedor oʻtkazdi, ruchkalar, daftarlar uchun pul sarf qildi, darsda foydalanish uchun kompyuter sotib oldi.
🟢Qanday qilib, unga nol baho qoʻyamiz. Vaholanki, u ilm oʻrganish uchun barcha qiyinchiliklarga bardosh berdiku.

☝️Biz bu yerda talabaga imtihon savolining javobini bilmagani uchungina nol baho qoʻya olmaymiz. Biz u talabani kamida inson boʻlgani, aqlli boʻlgani, ilm uchun moddiy va jismoniy imkoniyatlarini safarbar etgani uchun qadrlaymiz. Biz qoʻyadigan ikki baho faqatgina imtihonning bahosi emas, balki bu baho oʻsha talabaning odam naslidan ekanligini taqdirlash uchun ham qoʻyiladi.

©️Tarjimon Nozimjon Hoshimjon

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#rasmiy_xabar

❄️ Talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilandi.

Shuningdek, talaba va oʻquvchilarni qishki taʼtil vaqtida doimiy yashash joylariga borib kelishini tashkil etishga yaqindan yordam berish uchun OTMda Ishchi guruhlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida esa alohida shtab tuziladi.

👉Matn shaklida o‘qish

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 600.000 so'm nafaqa puli beriladi

🟥"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:

➡️Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

☝️Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (600.000 so'mni) tashkil etadi.

📑 Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

🔴OTM rektori nomiga ariza;
🔴Pasport nusxasi;
🔴Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.

❗️Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Talabalar to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega!

🔰 Soliq chegirmasini olish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

🟢o‘z mablag‘lari;
🟢jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
🟢yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).

⚠️ To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

📝 Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

🔴 to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
🔴bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
🔴OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
🔴pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Magistraturaga qishki qabul 20-dekabrdan boshlanadi. Xorijiy til sertifikati albatta boʻlishi kerak, faqat minimal daraja hozircha talab etilmaydi

🟥2022/2023 oʻquv yili uchun davlat OTMlari magistraturasiga qishki qabul 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn boʻlib oʻtadi. Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi. Yaʼni bu safar ham kirish imtihonlari boʻlmaydi.

Xorijiy sertifikat boʻyicha istisno qilinadi

🟢Tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

🟢Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilgan sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Bu nima degani?

🔴Demak, qishki qabulda ham til bilish darajasini belgilovchi sertifikat soʻraladi. Sertifkatsiz qabul boʻlmaydi. Ammo minimal talab boʻlmasa ham istisno qilinadi. Amaldagi tartibga koʻra, abituriyent filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega boʻlish kerak. Endilikda, masalan, B1 darajali sertifikat bilan ham magistraturaga kirsa boʻladi.

🔴Asosiy sharti, toki oʻqishni tugatguncha, talab etilgandek C1 yoki B2 sertifikat olishga majbur. Yoʻqsa yakuniy attestatsiyaga kiritilmaydi. Boshqacha aytganda, toki kerakli sertifikatni olmaguncha magistr diplomi berilmaydi.

©️Xushnudbek Xudoyberdiyev

TalabaYoshlarO'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qulaylik

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi talabalar va abituriyentlarni 2022-yil qabuli bo‘yicha qiziqtirgan eng muhim maʼlumotlarni oson topish mumkin bo‘lgan Telegram bot faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

#bakalavr
🟢 2022-2023 o‘quv yili o‘tish ballari (yo‘nalishlar bo‘yicha);
🟢 fanlar majmuasi—2022;
🟢 qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
🟢 OTM haqida maʼlumotlar (joylashgan manzili, sayt va ijtimoiy tarmoqlari, undagi mavjud yo‘nalishlar v.h).

#magistratura
🔵 fanlar majmuasi—2022;
🔵 qabul kvotalari—2022
🔵 oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

#shuningdek:
🔴xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
🔴professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha kvotalar va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

👉 Batafsil: @eduuzuniversalbot

TalabaYoshlarO'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💡 Svet faqat O'zbekistonda emas, Jahon chempionatini o'tkazayotgan Qatarda ham o'chadi...

🏆 Braziliya va Shvetsariya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda chiroq o‘chib qoldi.

Oldingi bobolarimiz nega daho bo'lishgan? Chunki u paytda chiroq bo'lmagan va ular sham yorug'ligida kitob o'qishgan. Xullas dunyo seni tog'angmas, yo amakivachchangmas... Yana daholar chiqishi uchun bizga elektr kerak emas!

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📃 Print Zone 📃
📚 Kitob chiqarishda kutish muddatidan charchadingizmi ? unda sizga biz yordam bera olamiz 😊
👑optom narxda - A5 - 🔰 - 45 so’m👍

➡️ Arzon narx 🎚️
➡️ Kafolatli muddat 🎚️

📍 Chilonzor 17/28, Chilonzor metro
📞 (90) 111-55-21 || (88) 301-01-00
💬 admin - @printfaster

Telegram | Instagram | Location

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Talabalar bu yildan boshlab qishki taʼtilga chiqishi kutilmoqda

🟥Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, dekabr oyining oxirgi oʻn kunligi va yanvar oyining birinchi oʻn kunligi oraligʻida Oʻzbekiston oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtili oʻtkaziladi.

✈️ Qishki taʼtil boshlanishidan 10 kun avval avia va temir yoʻl chiptalarining toʻliq qiymatidan 50 foizli chegirma berish ham koʻzda tutilgan.

P/S: Bu yerda dekabr oyining oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligi oralig'ida 2 haftalik qishki ta’til deyilgan. Bu degani ta'til 20 kun emas, 14 kun davom etadi deganidir.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#ijtimoiy_so'rovnoma

❓Yurtdoshlarimiz xalq xizmatidagi vazirlarni qanchalik taniydi? Rost24 sahifasi ijodkorlari ushbu mavzuda so'rovnoma o'tkazibdi.

So‘rovnoma natijalari hayratlanarli: Toshkent hokimi – Qudratxo‘ja, Bosh vazir – Abdulla Qodirov, yana pistachi xolaning aytishicha Mirziyoyevdan boshqasi bir tiyin, kopeyka.

Siz nechta vazirni taniysiz? Qani internetdan izlamasdan kommentlarda yozing-chi, kim nechta vazirni tanir ekan?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi!

🤔 O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichida barcha hududlardan jami 42 ta jamoa ishtirok etdi. Turnirning respublika bosqichi jami 48 ta savoldan iborat bo‘lgan to‘rt turda o‘tkazildi.

Shiddatli kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin – Farg‘ona davlat universiteti jamoasi;
🥈2-o‘rin – Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi;
🥉3-o‘rin – “Sodiq school” jamoasi.

💰G‘olib jamoalar quyidagi miqdorda taqdirlanadi:

🟣1-o‘rin – 100 mln so‘m;
🟣2-o‘rin – 60 mln so‘m;
🟣3-o‘rin – 40 mln so‘m.

🎓TalabaYoshlar sahifasi nomidan turnirda g‘olib bo'lgan Farg‘ona davlat universiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti ustozlar jamoasini mazkur g‘alaba bilan tabriklaymiz!

👇
Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyati reytingi

Yetakchi oʻrinlarda:
🔵Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
🔵Toshkent davlat stomatologiya instituti
🔵Toshkent Moliya instituti
🔵Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

Soʻnggi oʻrinlarda:
🔴Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti
🔴Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti
🔴Termiz muhandislik texnologiya instituti
🔴Samarqand davlat chet tillar instituti
🔴Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

Oliygohlarning ilmiy salohiyati yanada yaxshilanishi uchun qanday yangiliklar qilish kerak deb o'ylaysiz?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓“Talabaga madad”: talaba-yoshlarning kontraktini to'lab, ularni qo'llab-quvvatlash bo'yicha eng yuqori natijaga ega hokimliklar reytingi

Iqtisodiy-ijtimoiy muammolarga duch kelayotgan, iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi hokimliklar bilan hamkorlikda yo'lga qo'ygan “Talabaga madad” loyihasida qaysi tuman-shahar hokimlari talabalar soniga nisbatan eng yuqori hamda hududlarga nisbatan eng ko'p talabaga yordam bergan hokimlar reytingini shakllantirildi.

🟥Talaba-yoshlarning ijtimoiy holatini o'rganib, ularga har taraflama yordam berayotgan mazkur hokimliklarga o'zimizning minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bu yo'nalishda qilinishi kerak bo'lgan ishlar hali ko'p. Shu sabab bu tizimni yanada rivojlantirish ustida ishlaymiz.

©️Alisher Sa'dullaev

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Bilasizmi
⚡️Talabalar kelajagi uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar

🌐 Harvard universiteti qoshidagi tadqiqot guruhining hamraisi Toni Vagnerning fikriga ko‘ra, quyidagi 7 ta muhim koʻnikma har qanday talabaning kelajagi uchun zarur hisoblanadi:

🔵Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyati;
🔵Tarmoqlararo hamkorlik va yetakchilik;
🔵Epchillik va moslashuvchanlik;
🔵Tashabbuskorlik va tadbirkorlik;
🔵Ogʻzaki va yozma muloqot mahorati;
🔵Axborotni tahlil qilish koʻnikmasi;
🔵Qiziquvchanlik va kreativlik.

❓Sizda shu koʻnikmalarning qaysi biri rivojlangan? Qaysilarining ustida ishlashingiz kerak?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_tanlov

👸 “Ayollar tanlovi”da ishtirok eting va eng sara, qimmatbaho sovg'alardan birini yutib oling.

🎁 Tanlov 10-dekabr kuni soat 20:00 gacha davom etadi va tanlovda eng ko'p ball yig'gan 10 nafar ishtirokchi qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi:
🔵1-o'rin — Oshxona anjomlar to'plami;
🔵2-o'rin — Ko'p funksiyali dazmol;
🔵3-o'rin — Oshxona anjomlar to'plami;
🔵4-o'rin — Elektr choynak;
🔵5-o'rin — Elektr dazmol;
🔵6-o'rin — Soch quritish vositasi (fen);
🔵7-o'rin — Soch uchun dazmol;
🔵8-o'rin — Mikser;
🔵9-o'rin — Elektr tefal;
🔵10-o'rin — Keks, tort qoliplar to'plami.

😍 Bundan tashqari tanlov davomida kamida 10 ball yig'gan ishtirokchilar ichidan 20 nafari ham qo'shimcha sovg'a qish faslida issiqqina kofe yoki choy olib yurish uchun qulay termos bilan taqdirlanadi.

❤️Hurmatli ayol-qizlar tanlovda faol bo‘ling va qimmatbaho sovg'alardan birini yutib oling. Barchaga omad!

👉TANLOVDA ISHTIROK ETISH👈

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💰Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladi!

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

❓Kimlarga beriladi?
🟢Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
🟢Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?
🟢Kunduzgi, sirtqi, kechki;
🟢Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?
🟢Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?
🟢Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7-yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7-yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?
🟢bankka ariza;
🟢shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
🟢talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.
➡️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Ta'lim kreditini olgan qizlar bormi? Qolganlarga ham nol foizdagi kreditni qanday olish mumkinligi haqida tushuntiringlar, ularga ham foydasi tegsin.

TalabaYoshlarTalaba-qizlarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❄️ Talabalar shaharchasi oppoq qorga burkandi!

🌨 Bugun respublikamizning deyarli barcha hududlariga oq gilam toʻshaldi. Bu yil qish fasli oʻtgan yillardan farqli ravishda oʻzining oppoq qorlari bilan boshlandi. Media jamoamiz bugungi tonggi hissiyotlarni siz bilan ulashmoqchimiz.

🟥Operator va montaj ustasi: @Ozodov_Mirafzal

Baribir qish qor bilan qiziq, shunday emas-mi? Yigitlar qizlarni qorboʻron qilib, hafa qilish boʻlmasin-aa. Koʻchalarda ehtiyot boʻlib yuringlar.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

FutbolTV o‘rniga yangi kanal efirga uzatilmoqda...

➡️Bugun e'tibor berib qoldim. FutbolTV telekanali o‘z faoliyatini tugatibdi. Uning o‘rniga o‘zbek va jahon estradasi yulduzlari ishtirokidagi kliplar, sport, kino, ko‘ngil-ochar ko‘rsatuvlar namoyish etadigan yangi telekanal ish boshlabdi. 

Aytishlaricha, yangi telekanal 1-dekabrdan boshlab efirga uzatilishni boshlagan.

🤦‍♂ O‘zim ham hayron bo‘lgandim, futbol kanali bo‘laturib, nega Mahalla telekanalida Jahon chempionatini ko‘rsatyapti deb. O‘zi futbol ko‘rsatadigan bittagina kanal bor edi, shuni ham ko‘p ko‘rishdi...

© Izzatxo'ja Asomiddinov

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Statistika

📲 Qancha vaqt onlaynsiz?

🟥Dunyo bo‘yicha o‘rtacha hisoblaganda, sutkasiga 5 soat umrimizni smartfonning ekraniga qadalib o‘tkazar ekanmiz. Insonlarning 26 foizi uchun esa bu ko‘rsatkich allaqachon 7 soatdan oshgan!

☝️Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, inson ekran vaqtining yarmini ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda o‘tkazar ekan. Hatto, bu kuniga 2,5 soat bo‘lsa ham, bir oy ichida mashhurlar hayotini kuzatish, storislardagi ma’nisiz so‘rovlarda qatnashish, birovning ta’tilda tushgan fotosuratlarini sharhlash, ob-havodan nolish uchun ishimizning to‘liq uch kunini “o‘ldirar” ekanmiz.

Siz kuniga necha soat vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazasiz? Aldamay rostini ayting-chi. Yuqoridagi statistika qanchalik to'g'ri ekan, bilamiz...

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Respublika Oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga Qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalarni e'lon qildi!

🎓Talabalar uchun “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ kompaniyasi 2022-yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvariga qadar mahalliy qatnovlar chiptalari uchun 50 foizlik chegirma eʼlon qildi

🟢Chiptalarni sotib olish uchun pasport va talabalik guvohnomasi bilan temir yoʼl kassalariga tashrif buyurish yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda chipta.railway.uz saytidan foydalanish mumkin.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
🟢Aloqa markazi: 1005
🟢Ishonch telefoni: +998 71 299 94 50
🟢Telegram: t.me/uzrailpassuz

TalabaYoshlarO'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:

🔵mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 920 000 so'm;

🔵bazaviy hisoblash miqdori – 300 000 so'm;

🔵pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 324 000 so'm;

🔵yoshga doir eng kam pensiyalar – 633 000 so'm;

🔵bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 698 000 so'm;

🔵zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 500 000 so'm;

🔵ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 500 000 so'm;

🔵belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo'yicha pensiyalari miqdori – 698 000 so'mdan iborat.

Oldinlari shu ro'yxat orasida stipendiya degan so'z ham bo'lardi. Ex usha damlar, o'zi uchar gilamlar...

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#eslatma

🎓 Talabalarning 2 oylik ijara puli toʻlab beriladi

☝️ 2022/2023-o‘quv yilida istisno tariqasida 1-bosqich talabalariga 2 oylik ijara kompensatsiyasi hech qanday shartnomasiz to‘lab beriladigan bo‘ldi

👉 Matn shaklda o‘qish

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Qishning ilk kuni barchaga muborak bo'lsin🌧❄️☃️

Mana ko'z ochib yumguncha 2022-yilning eng so'nggi oyini ham qarshiladik. Vaqt shiddat bilan o'tib bormoqda, 31 kunda so'ng barchamiz yana bir yoshga ulg'ayamiz, umr o'tmoqda.

🟥Ertaga afsuslanmaslik uchun yoshlik davrlarimizni kelajagimiz uchun manfaatli bo'ladigan ishlar bilan, ya'ni ilm olish bilan o'tkazaylik. Chunki, yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqsh kabidir.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Talabalar o‘rtasida Prezident sovrini uchun Intellektual olimpiada o‘tkaziladi!

Joriy yil dekabr oyi boshida Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada bo‘lib o‘tadi.

🎓 Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi.

Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:
🔵1) "Zakovat" o‘yinining sportcha versiyasi;
🔵2) Breyn-ring;
🔵3) Shaxsiy o‘yin;
🔵4) Erudit-kvartet;
🔵5) Shaxmat;
🔵6) Shashka.

☝️Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari – "Zakovat", breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.

❗️1-dekabrga qadar har bir OTM belgilangan tartibda tashkilotchilarga ariza yo‘llashi lozim bo‘ladi.

👉 Tanlov nizomi bilan tanishish

👇
Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

2021-yilgi milliy reytingda qaysi akademik litseylar TOP-5 talikdan joy olgan?

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021-yil yakunlari boʻyicha e'lon qilingan milliy reytingda yurtimizning 5 ta akademik litseyi 4 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatib, TOP-5 talikdan o‘rin oldi. Ular:

🔵“TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining “International house Tashkent" akademik litseyi;
🔵Toshkent xalqaro vestminster universiteti akademik litseyi;
🔵Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi;
🔵Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi;
🔵Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi.

☝️Maʼlumot o‘rnida, milliy reytingda 65 ta akademik litseyning 7 ta indikator bo‘yicha faoliyati samaradorligi baholangan.

Kanalimizda akademik litseyda o'qiydiganlar yoki menga o'xshab akademik litseyni bitirganlar bormi? Qaysi litseyda o'qiysiz yoki bitirgansiz?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#yaxshi_kayfiyat
📘
Oliygohda 4 yil o’qib, ish topolmay yurganlarga yuboramiz

Diplom bo'sa bor, ishchi?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇯🇵Yapon standartlariga asoslangan xalqaro universitetga GRANT asosida o'qishga kiring va Yaponiyada ishlash imkoniyatini ega bo'ling!

💠 Japanese International University (JIU) o'z talabalariga quyidagi yo'nalishlarni taklif etadi:
🔸Biznes Boshqaruv
🔸Moliya
🔸IT
🔸Pedagogika
🔸Turizm

💼 Eng asosiysi, JIU universiteti Yaponiyaning SSI tashkiloti bilan hamkorlikda eng yaxshi natija ko'rsatgan talabalarni Yaponiyada ish bilan taminlaydi.

👨‍🎓 Agarda Siz ham JIU universiteti talabsi bo'lib, Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida ishlamoqchi bo'lsangiz, unda quyidagi link orqali ariza qoldiring!

👉 https://bit.ly/tlb_yoshlar

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Bugungi kunda respublikamizda professional ta’lim muassasalari soni jami 704 tani tashkil etadi. Shundan 330 tasi kasb-hunar maktabi, 166 tasi kollej, 208 tasi esa texnikum. Ularda hozir 417 542 nafar o‘quvchiga 26 768 nafar o‘qituvchi ta’lim bermoqda.

Shuningdek, 69 ta akademik litseyda 3 mingga yaqin pedagoglar 28 664 nafar o‘quvchiga bilim bermoqda.

Batafsil yuqoridagi infografikada👆

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…
Подписаться на канал