talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Rost24.uz sayti tomonidan “2022-yilning eng namunali vazirligi” tanlovi oʻtkazilmoqda

🟥Soʻrovnomadan maqsad 2022-yilda 25 ta vazirlik ichidan eng faol ishlagan, tizimda yangiliklar qilgan, aholi, ayniqsa yoshlarning talab va istaklarini amalga oshirishda yetakchi boʻlgan vazirlikni aniqlashdir.

❤Telegram tarmog'ida 6 yilga yaqin blogerlik faoliyati bilan shug'ullanib kelaman, obunachilar murojaatlaridan kelib chiqib turli vazirlik va idoralar bilan aloqaga chiqishga to'g'ri keladi. Lekin ular bilan bog'lanish yakunda juda qiyin yoki imkonsiz bo'ladi. Lekin quvonarli jihati shundaki, vazirliklar ichida faoliyati oldingiga qaraganda ancha rivojlangan, raqamlashtirilgan, xalqni muammolarini tinglab, samarali yechimlar berayotgan vazirliklar ham mavjud.

🎓 Ta'lim tizimida faoliyatimdan shunday xulosaga kelyapmanki, so'nggi yillarda muammolar yuzasidan murojaat qilayotgan obunachilarimiz soni keskin kamaygan. Oldingidek kontrakt shartnomasi olishdagi, o'qishga hujjat topshirishdagi navbatlar yo'qoldi, tizim elektronlashdi. Bundan tashqari vazir Abduqodir Toshqulov OAV vakillari bilan matbuot anjumanida to'g'ridan-to'g'ri murojaatlarni yo'llash uchun +998970362896 (@mvsso_minvuz) Telegram raqamini bergani ham aynan tizimdagi muammolarni hal qilishdagi islohotlardan biri desak bo'ladi.

🟢Yuqorida sanab o'tilgan islohotlar va oliy ta'lim tizimidagi faoliyatimiz sababli vazirimiz Abduqodir Toshqulovning faoliyatlarini yuqori baholab, ularga ovoz berishga undab qolamiz. Talabalarni qo’llab-quvvatlayotgan vazir Abduqodir Toshqulovni endi siz ham qo’llab-quvvatlang.

👉 OVOZ BERISH 👈

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️O‘zbekiston finalda!

Quddusda bo‘lib o‘tayotgan FIDE jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi va finalga chiqdi.

O‘zbekiston terma jamoasi chempionat davomida manaman degan Isroil, AQSh, Ukraina va Hindiston (2 marta) terma jamoalari ustidan g‘alaba qozondi. Endi finalda Xitoy terma jamoasiga qarshi dona suradilar.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🔊🔊🔊 Shoshiling!!! 3 kun qoldi!!!
❗️"ALTIUS" o'quv markazidan yangi loyiha – "KELAJAK UCHUN"

🟥 Sizda "ALTIUS" o'quv markazi tomonidan taqdim etilgan va mutlaqo bepul o'qish imkoniyatini o'z ichiga olgan 10 ta grant sohiblaridan biriga aylanish imkoniyati mavjud.

25-noyabrgacha (shu kuni ham) ro'yxatdan o'tib:

🔴dekabr oyida;
🔴3 oy davomida (dekabr, yanvar, fevral);
🔴hatto 1 yil davomida mutlaqo bepul o'qish;
🔴IELTS imtihoni uchun registratsiya granti to'lovini yutish;
🔴haftalik va oylik chegirmalarga ega bo'lish;
🔴professional ustozlardan sifatli ta'lim olish va boshqa imkoniyatlarni qo'lga kiritishingiz mumkin.

🟢Bizdagi mavjud kurslar:
🟢Prezident maktabiga tayyorlov;
🟢Kimyo va biologiya;
🟢IELTS;
🟢General english;
🟢Matematika;
🟢Rus tili;
🟢Turk tili;
🟢Koreys tili.

☝️Bizda nogironligi bor, chin yetim va kam ta'minlanganlar uchun maxsus imtiyozlar mavjud.

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun:
📞 +998946132601
❤ @Tolibjon_Davlatov

📍Manzil: Chilonzor metro, Shuhrat chorraha

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥Korrupsiya to'xtaydi, qachonki...

O'zbekistonda, ta'lim tizimida korrupsiyani yo'qotish uchun nima qilish kerak deb o'ylaysiz?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
“Kitobxon yoshlar” tanlovi 2-mavsumi boshlandi! G'oliblar eng sara kitoblar bilan taqdirlanadi!

📚
Tanlovda barcha kitobxonlar ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilarga 8-dekabrgacha mutolaa qilishlari uchun 2 ta kitob vazifa qilib beriladi va shu kitoblar bo'yicha 5 kun davomida (8-12-dekabr) 30 tadan jami 150 ta test savollari beriladi.

🟥Test savollari quyidagi kitoblardan tuziladi:
🔴"Halqa" – Akrom Malik;
🔴"Daftar hoshiyasidagi bitiklar" – O'tkir Hoshimov.

👉 Kitoblarni elektron variantlari

🏆Tanlov g'oliblari 2 yo'nalishda aniqlanadi:
🔵Eng bilimdon kitobxonlar – bu yo'nalishda test savollariga eng ko'p to'g'ri javob bergan 20 nafar ishtirokchilar taqdirlanadi;
🔵Eng faol tanlov targ'ibotchilari – bu yo'nalishda loyihaga eng ko'p do'stlarini taklif qilgan 15 nafar ishtirokchilar taqdirlanadi.

🏆 Tanlov g'oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom, sertifikat va eng sara kitoblar bilan taqdirlanadi:
🟣1) Saodat asri qissalari to'plami;
🟣2) Payg'ambarlar tarixi to'plami;
🟣3) Odoblar xazinasi to'plami;
🟣4) Ruhiy tarbiya to'plami;
↪️ Qolgan o'rinlar qanday kitoblar bilan taqdirlanishi yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan.

📌 Tanlovda ishtirok etish uchun @kitobtanlovbot manzili orqali ro'yxatdan o'tish kerak.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Bu hayotda insonga hech qachon do‘st
bo‘lmaydigan to‘rtta narsa:

🟢1. Pul – bugun menda, ertaga boshqalarda.
🟢2. Mansab – bugun men o‘tiraman, ertaga birovlar.
🟢3. Jazman – bugun men bilan, ertaga boshqasi bilan.
🟢4. Tobut – bugun meni oborsa, ertaga birovni olib keladi.

🟥Shunday ekan pulga ishonib do‘stdan, mansabga ishonib tanish-bilish birodarlardan, jazmanga ishonib halol
juftingizdan aslo voz kechmang. Bu sinov dunyoda hammamiz shu tobut orqali yakun topajakmiz.

Boshlangan kuningiz xayrli bo'lsin, aziz talaba-yoshlar. Ilm olish, bilmaganlaringizni o'rganish yo'lida hecham charchamang. Tonggi tilaklarni kommentda yozishingiz mumkin...

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ "Internet Marketing" sohasini o'rganish istagida bo'lsangiz, bu post siz uchun!

Endi bitta kursning oʻzida:
Boshlang'ich Marketing
➖ SMM asoslari
➖ Mobilografiya
➖ Target
oʻrganish imkoni mavjud

🏃‍♂️ Ertaga 23-noyabr soat 20:00da sizni Ansor IT Akademiyasida kutamiz

Manzil: Toshkent sh, Bodomzor metro ro'parasi

📌 Sizdan faqat 1-1,5 soat vaqt ajratish, qiziqish va kelajagingizga befarq bo'lmaslik kifoya qiladi

Roʻyxatdan oʻtish va qoʻshimcha maʼlumot uchun:
👩‍💻 Administrator

+998936866646

@Ansoracademy

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#bilasizmi

🟢417 602 nafar o‘quvchi professional ta’limda tahsil olmoqda

Bu ko‘rsatgich 2020/2021-o‘quv yiliga nisbatan 2 barobar oshdi (batafsil infografikada).

Professional ta'limda tahsil oladiganlar bormi? Ta'lim sifati qanday?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Turmush oʻrtogʻining kontrakt toʻlovini toʻlaganda daromad soligʻi toʻlamasligi aytilgandi, shu tartib kuchga kirganmi?

✅ JAVOB:
Ha, bu imtiyoz kuchga kirgan. Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga koʻra soliq toʻlovchining:
🟢professional taʼlim tashkilotlarida;
🟢oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

🟥Bu imtiyoz soliq toʻlovchi:
🟢oʻzi uchun;
🟢26 yoshga toʻlmagan farzandlari uchun;
🟢26 yoshga toʻlmagan turmush oʻrtogʻi (eri yoki xotini) uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirgan summasiga qoʻllaniladi.

☝️Mazkur imtiyoz soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari ajratgan taʼlim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.

❌ Bu imtiyoz soliq toʻlovchining aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki kuyovi uchun qoʻllanilmaydi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

☝️Bu insonlar qilgan ishni sog'lom odamlarning hammasi ham uddalay olmaydi!

👍 Subyektiv super, bu mavzuni juda zo'r olib chiqibsiz. Ko'rib, ko'zimga yosh keldi. 5 karra jahon chempionlari, amputantlar futboli Braziliyasi, yo'q Braziliyadan ham kuchli ular.

🟢Barchaga ushbu videoni ko'rishni tavsiya qilaman, ketkazgan vaqtingizga achinmaysiz. Sport vazirligi, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi sizlarga shu video ham ta'sir qilmasa, umuman vijdoningiz yo'q ekan.

🏆 Yigitlar, barakalla! Sog'lom futbolchilarimiz eplomagan ishni bir oyoqda epladingiz. Alloh rozi bo'lsin, yurtimiz bayrog'ini yuqoriga ko'taruvchi, Vatanni haqiqiy sevuvchi sizdek insonlar bilan faxrlanaman!

👉 Videoni ko'rish: https://youtu.be/v0EdrsRYpTM

Sizga motivatsiya kerakmi? Unda ushbu video aynan siz uchun...

©️
Izzatxo'ja Asomiddinov

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#rasman

🛩 Qishki ta'tilda talabalar uchun aviachiptalarga chegirma e’lon qilindi

✈️ Uzbekistan Airways talabalar uchun 22-dekabrdan 10-yanvargacha mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun 50 foizlik chegirma eʼlon qildi.

Buning uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aeroport aviakassasiga kelib, talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-kartani taqdim etish kifoya.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓“Oʻzbekiston talabasi” jurnali chop etila boshlandi

Ushbu bosma nashr talabalar hayoti bilan bogʻliq bir-biridan qiziqarli maqola va xabarlarni oʻz ichiga oladi.

📋 Ommabop nashrda, shuningdek, koʻpchilikka manzur boʻladigan materiallar ham joy olgan. Xususan, mamlakatimizdagi vazirlarning qaysi oliy oʻquv yurtida tahsil olgani, dunyo universitetlari reytingi, yaponiyalik yosh onaning hasratlari, Navoiy zamonidagi stipendiya hamda oʻzbek futbolining bugungi yosh yulduzi Eldor Shomurodovning muvaffaqiyat yoʻli kabi bir-biridan qiziq maqolalar katta ishtiyoq bilan oʻqiladi.

Siz ushbu jurnalni olib, mutolaa qilishni xohlaysizmi?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#tanlov_natijalari

🎓"Talabalar tanlovi"da g'olib bo'lgan ishtirokchilarga pul yutuqlari jonli efirda plastik kartalariga o'tkazib berildi.

👉 Translyatsiyani ko'rish

🌐 Instagramdagi jonli efirda 10 ta 64 GB hajmli fleshka, 10 ta airpods va 10 ta powerbank qurilmalari g'oliblarini aniqladik. G'oliblar ro'yxati bilan quyidagi havolalarni bosib tanishishingiz mumkin:

👉 64GB.lik fleshka yutganlar

👉 Airpods yutganlar

👉 Powerbank yutganlar

🎁 Tanlov 100% haqqoniy bo'ldi, ro'yxatdagi barcha g'oliblar sovg'alarni @asosiyadmin profiliga murojaat qilib olishlari mumkin.

P.S.: Adminimizga faqat g'olib bo'lganlar yozsin, qolganlar yozsa spam qilinadi. Sizni ogohlantirdik...

☝️ Keyingi tanlovlarimizda ham faol ishtirok eting, boshqalarni bilmadimku bizni tanlovlar 100% adolatli va shaffof bo'lishiga kafolat beramiz!

Barcha g'oliblarni yana bir bor tabriklab, o'qish va ishlariga omad va zafarlar tilaymiz!

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Ko'pchilikning talaba va istaklariga binoan Telegramda ham videochat tashkil qilinadigan bo'ldi. Lekin jarayonlarda qatnashish uchun Instagram orqali efirga kirish tavsiya etiladi.

👉 Telegram efirda qatnashish

👉 Instagram sahifaga ulanish

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun.

🎓 TalabaYoshlar jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz! Oʻzbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom boʻlsin, bayrogʻimiz baland-balandlarda hilpirayversin!

⚜️Bugun soat 11:00da Xalqlar Do'stligi san'at saroyining tashqi hovlisida davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o'tkaziladi. Barcha talaba-yoshlarni taklif qilamiz! Biz ham boramiz, siz-chi?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🔎 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetiga hujjatlar qabuli davom etmoqda

📍 Poytaxtning qoq markazida joylashgan universitetda 9 ta yoʻnalishdan birida taʼlim olishingiz mumkin.

👨‍💻 Ta’lim jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.

❗️1 yillik kontraktni oldindan to'lagan abiturientlarga 10% chegirma beriladi.

🤵 Xorijiy, davlat va nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish imkoniyati mavjud.

📥 Hujjatlar qabuli: Mirobod tumani, Shahrisabz 2-tor ko'cha, 6-uy

☎️ Telefon: +998 78-113-29-99

☑️ Onlayn hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html

💬 Murojaat uchun bot: @tiftuzbot

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi jahon chempionatida Ukrainani mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘l oldi

Quddus shahrida shaxmat bo‘yicha milliy jamoalar o‘rtasida FIDE jahon chempionati davom etmoqda.

👏 O‘zbekiston terma jamoasi chorakfinalda Ukrainaga qarshi bahs olib borib, 2 ta raund (3:1 va 2,5:1,5) yakuniga ko‘ra g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi.

Yarimfinalda terma jamoa ayni damda Hindiston bilan kuch sinashmoqda. Birinchi turdan so'ng hisob 2:2 durang qayd etildi.

Biz sizga ishonamiz, yigitlar, Omad!

💻 O‘yinni ko'rish: https://youtu.be/M2F2iUoDaj0

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💻 Endi universitetda professional kibersportchilar tayyorlanadi!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi o‘quv yilida “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat yo‘nalishi ochiladi. O‘qish muddati 3 yil bo‘lib, o‘qishni tugatgandan so‘ng talabalar professional kibersportchi diplomini olishadi.

🎮
“Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, kibersport turlari bo‘yicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish kibersport turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

2023 yildan anʼanaviy tarzda kibersport turlari bo‘yicha:
🔵har yili aprel oyida “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati;
🔵har yili dekabr oyida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri;
🔵har yili iyun oyida “Yoshlar kubogi” turniri o‘tkaziladi.

🇺🇿 “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatida oxirgi bir yilda g‘olib (1-o‘rin) bo‘lgan kibersportchilar 2023/2024-o‘quv yilidan mazkur bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishdan ozod qilinib, ularga maksimal ball beriladi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📊 Reyting: OTMlarning ilmiy va innovatsion faoliyati baholandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan jami 91 ta Oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlarining faoliyati o‘rganildi.

✅️O‘rganish test hamda suhbat shaklida o‘tkazildi:

🟣Test 25 ta savoldan iborat bo‘lib, natijalari 100 ballik tizimda baholandi. Test jarayonida ishtirokchilarning 14 nafari 56 balldan past, 57 nafari 71 balldan past hamda 19 nafari 71 ball va undan yuqori ballar to‘pladi.

🟣Suhbat jarayoni vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan amalga oshirildi. Suhbat jarayonida rahbar o‘rinbosarlaridan 18 nafari 56 balldan past, 45 nafari 71 balldan past hamda 28 nafari 71 ball va undan yuqori to‘pladi.

🟣Natijalar test va suhbat ballari yig‘indisining o‘rtacha qiymati hisobidan shakllantirildi. Test va suhbat jarayonlariga jalb qilingan 91 nafar rahbar o‘rinbosarlaridan 14 nafari 56 balldan past, 59 nafari 71 balldan past hamda 18 nafari 71 ball va undan yuqori to‘pladi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichga ega 10 ta ta’lim muassasalari rahbar o‘rinbosarlarini rag‘batlantiriladi. Past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 10 ta ta’lim muassasa rahbar o‘rinbosarlariga intizomiy jazolarni qo‘llash hamda natijasi bo‘yicha bir oy muddatda Innovatsion rivojlanish vazirligiga ma’lumot kiritilishi talab etiladi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Samarqand sammitida gidlik qilgan talabalar noroziligi yuzasidan munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida tarjimonlik qilgan talaba gidlarga ikki oydan beri xizmat haqlari to‘lab berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Turizm va madaniy meros vazirligi bunga rasmiy munosabat bildirdi.

➡️Qayd etilishicha, Samarqand sammitiga Samarqand davlat universiteti, Ipak yo‘li xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Chet tillar universiteti talabalari ko‘ngilli (volontyor) sifatida jalb etilgan.

🔖 O‘RQ-585-sonli qonunning 3-moddasiga ko‘ra, volontyorlik faoliyati — jismoniy yoki yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bepul asosda amalga oshiriladigan, erkin xohish-irodaga ko‘ra bajariladigan, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan, jamoat uchun foydali bo‘lgan ixtiyoriy faoliyat hisoblanishi eslatib o‘tilgan.

☝️Mazkur mavzu yuzasidan 21-noyabr kuni Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov tomonidan Samarqand davlat chet tillar institutida tushuntirish ishlari olib borilgan. Unda talabalar «davlat rahbarlari ishtirokidagi xalqaro sammitda qatnashish ular uchun katta tajriba bo‘lgani», «tadbirdan oldin ularga tashkiliy jarayonlar bilan bog‘liq barcha zarur ma’lumotlar berilgani» va «ular hech qanday to‘lov kutmayotganliklari»ni bildirishgan. Bundan tashqari talabalar tegishli sertifikatga ega bo‘lmay turib, ushbu xalqaro tadbirda qatnashish va SHHT mamlakatlari prezidentlari bilan muloqot qilish va suratga tushish baxtiga muyassar bo‘lganliklarining o‘ziyoq ular uchun sharaf ekani va bu tadbir talabalar uchun muhim amaliyot bo‘lganini ta’kidlashgan.

Samarqand davlat universiteti, Ipak yo‘li xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalarining aksariyati o‘z tashabbusi bilan ushbu sammitda ishtirok etish istagini bildirganliklari va vatanparvarlik hissini namoyin etganliklari alohida tahsinga sazovordir.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#statistika
Har 1 daqiqada Google'da 5,7 mln qidiruv amalga oshiriladi

🌐 Amerikaning Domo kompaniyasi insoniyat har daqiqada internetdagi platformalardan qancha miqdorda foydalanishini infografikaga joyladi.

📱Unga ko‘ra, har minutda TikTok foydalanuvchilari 167 mln video ko‘radi, Twitter'da 575 ming tvit yoziladi, Instagram'da 65 ming surat ulashiladi, Amazon mijozlari $283 minglik narsa xarid qiladilar.

Ijtimoiy tarmoqlar va Google'dagi bu ko'rsatgichlar oshishida talabalarning o'rni katta, ayniqsa sessiya vaqtida... Shundaymi?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🔊🔊🔊 Shoshiling!!! 3 kun qoldi!!!
❗️"ALTIUS" o'quv markazidan yangi loyiha – "KELAJAK UCHUN"

🟥 Sizda "ALTIUS" o'quv markazi tomonidan taqdim etilgan va mutlaqo bepul o'qish imkoniyatini o'z ichiga olgan 10 ta grant sohiblaridan biriga aylanish imkoniyati mavjud.

Siz ushbu o'quv markazda 25-noyabrgacha ro'yxatdan o'tib:

🔴dekabr oyida;
🔴3 oy davomida (dekabr, yanvar, fevral);
🔴hatto 1 yil davomida mutlaqo bepul o'qish;
🔴IELTS imtihoni uchun registratsiya granti to'lovini yutish;
🔴haftalik va oylik chegirmalarga ega bo'lish;
🔴professional ustozlardan sifatli ta'lim olish va boshqa imkoniyatlarni qo'lga kiritishingiz mumkin.

🟢Bizdagi mavjud kurslar:
🟢Prezident maktabiga tayyorlov;
🟢Kimyo va biologiya;
🟢IELTS;
🟢General english;
🟢Matematika;
🟢Rus tili;
🟢Turk tili;
🟢Koreys tili.

☝️Bizda nogironligi bor, chin yetim va kam ta'minlanganlar uchun maxsus imtiyozlar mavjud.

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun:
📞 +998946132601
❤ @Tolibjon_Davlatov

📍Manzil: Chilonzor metro, Shuhrat chorraha

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥
Multi Level Test uchun Siz xohlagan kanal
💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥

Talaba Yoshlar uchun bir oylik BEPUL boshlang'ich ingliz tili dars bo'lib o'tadi.
🟢Boshlanish: 1-Dekabr
🟥Tugash: 30-Dekabr

Qo'shimcha malumot kanalda e'lon qilinadi:
🔴 @IELTS_AssistantUz 👈

🟢IELTS Listening qismidan 8.5 olish sirlari
🟢Real examda tushgan savollar
🟢Kunlik Listening + Reading testlar
🟢Writing uchun kerakli manbalar; 7+ essaylar
🟢Online Sifatli darslar
🟢Free Online Reading Marathonlar

⚠️ Shoshilib qolamiz shu hafta "Free Online Listening Marathon"ga start beriladi. Imkoniyatni o'tkazib yubormang!

Bu reklama o'chirilib yuborilishidan oldin kanalga kirib o'ziz baho bering😁

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik

⚡️ Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.

🎓 Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:
🟢erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;
🟢dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.

🔅 Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

✔️ Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzoq – 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.

📃 Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🐍Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar timsoh bolasi, 3 bosh iguana hamda 3 bosh ilonni noqonuniy olib kirishga urinishni fosh qilishdi.

Qiziq, shunaqa sovuq jonivorlarni nima qilishar ekan-a...

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟢Yaxshi o'qituvchi aslida qanday bo'lishi kerak?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Muqaddasdir_Vatan_bayrog‘i

🇺🇿 Xalqlar Do‘stligi san’at saroyi maydonida davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri videolavhasi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Jonli efirimiz boshlandi!

👉 Telegram efirda qatnashish

👉 Instagram sahifaga ulanish

G'oliblar ro'yxati @izzatkhoja kanalimda e'lon qilib boraman.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓"Talabalar tanlovi" mutloq g'oliblari bilan tanishing!

🔵1-o'rin: Azizbek Baxromov (1703 ball) – 1 million so'm;
🔵1-o'rin: Sultonova Dildora (1600 ball) – 1 million so'm;
🔵1-o'rin: Shoira Xoʻjamberdiyeva (1595 ball) – 1 million so'm;

🔵2-o'rin: Sanjar Tolibjanov (1382 ball) – 700 ming so'm;
🔵2-o'rin: Muhammadziyo Mamasodiqov (1271 ball) – 700 ming so'm;
🔵2-o'rin: Temur Xoshimov (1223 ball) – 700 ming so'm;

🔴3-o'rin: Asilbek Madolimov (1170 ball) – 500 ming so'm;
🔴3-o'rin: Shukurjon To'xtasinov (996 ball) – 500 ming so'm;
🔴3-o'rin: Moxlaroyim Botirova (961 ball) – 500 ming so'm;

🟠4-o'rin: Olimova Ra‘noxon (913 ball) – 300 ming so'm;
🟠4-o'rin: Muslimbek Makkatillayev (764 ball) – 300 ming so'm;
🟠4-o'rin: Juramurodova Shodiyona (678 ball) – 300 ming so'm;

🟢5-o'rin: Shavkatov Behruz (430 ball) – 100 ming so'm;
🟢5-o'rin: Baxtiyor Abduraxmonov (387 ball) – 100 ming so'm;
🟢5-o'rin: Davlatbek Turdaliyev (380 ball) – 100 ming so'm.
____________________________

💰G'oliblar bilan bugun 20:00 da Instagram sahifamizdagi jonli efirda bog'lanib, va'da qilingan pullarni plastik kartalariga tashlab beramiz.

🎁 Bundan tashqari jonli efir vaqtida 10 balldan ko'p ball yig'ganlar orasidan 10 nafar 64 GBli fleshka, kamida 30 ball yig'ganlar orasidan airpods hamda kamida 50 ball yig'ganlar orasidan powerbank g'oliblarini ham random (tasodifiy raqamlar generatori) orqali aniqlaymiz.

👉 Randomda qatnashadiganlar ro'yxati

Izoh: Ro'yxatga faqat kamida 10 ball yig'ganlar kiritilgan va ism-familiyasi to'g'risiga ishtirokchining yutib olishi mumkin bo'lgan sovg'asi yozib qo'yilgan.

🌐 Jarayonlarni jonli kuzatish uchun bugun 20:00 da Instagram sahifamizdagi translyatsiyani o'tkazib yubormang. Sahifamizga a'zo bo'ling. G'oliblardan biri aynan siz bo'lishingiz mumkin!

👉 Instagram sahifaga ulanish

Instagrami yo'qlar uchun g'oliblar ro'yxati efirdan so'ng Telegram kanalimizda e'lon qilinadi!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 "Talabalar tanlovi" rasman yakunlandi!

👉 15 nafar g'oliblarni ko'rish

Natijalar 00:00 holatiga ko'ra skrinshot qilib olindi, bu vaqtdan keyingi natijalar inobatga olinmaydi!

👉 Umumiy natijalarni ko'rish

❗️10 ta fleshka, 10 ta airpods va 10 ta powerbank g'oliblari 18-noyabr kuni 20:00 da Instagram sahifamizda jonli efirda aniqlaymiz. 15 nafar g'oliblar bilan ham jonli efirda bog'lanib, hammani ko'z o'ngida yutuq pullarini kartalariga o'tkazib beramiz.

👉 Instagram sahifaga ulanish

Jonli efirni onlayn kuzatish uchun Instagram sahifamizga a'zo bo'ling.

☝️Instagrami yo'qlar uchun g'oliblar ro'yxati Telegramdagi @talabayoshlar sahifamizda ham umumiy e'lon qilinadi.

Читать полностью…
Подписаться на канал