talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Turmush oʻrtogʻining kontrakt toʻlovini toʻlaganda daromad soligʻi toʻlamasligi aytilgandi, shu tartib kuchga kirganmi?

✅ JAVOB:
Ha, bu imtiyoz kuchga kirgan. Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga koʻra soliq toʻlovchining:
🟢professional taʼlim tashkilotlarida;
🟢oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

🟥Bu imtiyoz soliq toʻlovchi:
🟢oʻzi uchun;
🟢26 yoshga toʻlmagan farzandlari uchun;
🟢26 yoshga toʻlmagan turmush oʻrtogʻi (eri yoki xotini) uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirgan summasiga qoʻllaniladi.

☝️Mazkur imtiyoz soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari ajratgan taʼlim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.

❌ Bu imtiyoz soliq toʻlovchining aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki kuyovi uchun qoʻllanilmaydi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

☝️Bu insonlar qilgan ishni sog'lom odamlarning hammasi ham uddalay olmaydi!

👍 Subyektiv super, bu mavzuni juda zo'r olib chiqibsiz. Ko'rib, ko'zimga yosh keldi. 5 karra jahon chempionlari, amputantlar futboli Braziliyasi, yo'q Braziliyadan ham kuchli ular.

🟢Barchaga ushbu videoni ko'rishni tavsiya qilaman, ketkazgan vaqtingizga achinmaysiz. Sport vazirligi, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi sizlarga shu video ham ta'sir qilmasa, umuman vijdoningiz yo'q ekan.

🏆 Yigitlar, barakalla! Sog'lom futbolchilarimiz eplomagan ishni bir oyoqda epladingiz. Alloh rozi bo'lsin, yurtimiz bayrog'ini yuqoriga ko'taruvchi, Vatanni haqiqiy sevuvchi sizdek insonlar bilan faxrlanaman!

👉 Videoni ko'rish: https://youtu.be/v0EdrsRYpTM

Sizga motivatsiya kerakmi? Unda ushbu video aynan siz uchun...

©️
Izzatxo'ja Asomiddinov

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#rasman

🛩 Qishki ta'tilda talabalar uchun aviachiptalarga chegirma e’lon qilindi

✈️ Uzbekistan Airways talabalar uchun 22-dekabrdan 10-yanvargacha mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun 50 foizlik chegirma eʼlon qildi.

Buning uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aeroport aviakassasiga kelib, talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-kartani taqdim etish kifoya.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓“Oʻzbekiston talabasi” jurnali chop etila boshlandi

Ushbu bosma nashr talabalar hayoti bilan bogʻliq bir-biridan qiziqarli maqola va xabarlarni oʻz ichiga oladi.

📋 Ommabop nashrda, shuningdek, koʻpchilikka manzur boʻladigan materiallar ham joy olgan. Xususan, mamlakatimizdagi vazirlarning qaysi oliy oʻquv yurtida tahsil olgani, dunyo universitetlari reytingi, yaponiyalik yosh onaning hasratlari, Navoiy zamonidagi stipendiya hamda oʻzbek futbolining bugungi yosh yulduzi Eldor Shomurodovning muvaffaqiyat yoʻli kabi bir-biridan qiziq maqolalar katta ishtiyoq bilan oʻqiladi.

Siz ushbu jurnalni olib, mutolaa qilishni xohlaysizmi?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#tanlov_natijalari

🎓"Talabalar tanlovi"da g'olib bo'lgan ishtirokchilarga pul yutuqlari jonli efirda plastik kartalariga o'tkazib berildi.

👉 Translyatsiyani ko'rish

🌐 Instagramdagi jonli efirda 10 ta 64 GB hajmli fleshka, 10 ta airpods va 10 ta powerbank qurilmalari g'oliblarini aniqladik. G'oliblar ro'yxati bilan quyidagi havolalarni bosib tanishishingiz mumkin:

👉 64GB.lik fleshka yutganlar

👉 Airpods yutganlar

👉 Powerbank yutganlar

🎁 Tanlov 100% haqqoniy bo'ldi, ro'yxatdagi barcha g'oliblar sovg'alarni @asosiyadmin profiliga murojaat qilib olishlari mumkin.

P.S.: Adminimizga faqat g'olib bo'lganlar yozsin, qolganlar yozsa spam qilinadi. Sizni ogohlantirdik...

☝️ Keyingi tanlovlarimizda ham faol ishtirok eting, boshqalarni bilmadimku bizni tanlovlar 100% adolatli va shaffof bo'lishiga kafolat beramiz!

Barcha g'oliblarni yana bir bor tabriklab, o'qish va ishlariga omad va zafarlar tilaymiz!

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Ko'pchilikning talaba va istaklariga binoan Telegramda ham videochat tashkil qilinadigan bo'ldi. Lekin jarayonlarda qatnashish uchun Instagram orqali efirga kirish tavsiya etiladi.

👉 Telegram efirda qatnashish

👉 Instagram sahifaga ulanish

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun.

🎓 TalabaYoshlar jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz! Oʻzbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom boʻlsin, bayrogʻimiz baland-balandlarda hilpirayversin!

⚜️Bugun soat 11:00da Xalqlar Do'stligi san'at saroyining tashqi hovlisida davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o'tkaziladi. Barcha talaba-yoshlarni taklif qilamiz! Biz ham boramiz, siz-chi?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🌐 Ushbu ro'yxatda dunyodagi talabalar uchun eng qulay shaharlar ko'rsatilgan.

🇬🇧 Londonda 300 dan ortiq tillarda so‘zlashiladi va bu shaharda 200 dan millatlarga mansub 400.000 dan ortiq universitet talabalari tahsil oladi.

🇩🇪 Myunxen shahri esa o'zining arzonligi va bandlik darajasi tufayli talabalar uchun dunyodagi ikkinchi eng yaxshi joyga aylangan. Qiziqarli tomoni Germaniyada, millatidan qat'i nazar, bakalavr talabalari uchun o'qish mutlaqo bepul.

Xo'sh, siz tahsil oladigan shahar (viloyat) talabalar uchun qay darajada qulay va qanday imkoniyatlar taqdim etadi?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓Bugun "Talabalar tanlovi"ning so'nggi kuni! Shoshiling, hali barchaga imkon bor!

➡️Xabaringiz bor, talabalar kuni munosabati bilan katta tanlov e'lon qilgan edik. Bugun soat 23:59 da tanlov o'z nihoyasiga yetadi va eng yuqori ball to'plagan 15 kishi pul yutuqlariga ega bo'ladi:
🟢1-3-o'rinlar — 1 million so'm;
🟢4-6-o'rinlar — 700 ming so'm;
🟢7-9-o'rinlar — 500 ming so'm;
🟢10-12-o'rinlar — 300 ming so'm;
🟢13-15-o'rinlar — 100 ming so'm.

👉 Umumiy natijalarni ko'rish

➡️Bundan tashqari kamida 10 ball yig'ib ID raqam olganlar random orqali quyidagi sovg'alardan birini yutib olishlari mumkin:
🔵10 ball yig'ganlar — 64 GB fleshka;
🔵30 ball yig'ganlar — AirPods;
🔵50 ball yig'ganlar — 10000 MHz Powerbank.

🌐 G'oliblar 18-noyabr kuni 20:00 da Instagram sahifamizda jonli efirda aniqlanadi.

👉 INSGTAMRAMGA ULANISH

🎁 Sizda 17-noyabr 23:59 ga qadar vaqt bor. Bemalol 10 ball to'plab, tanlovda ishtirok etib, omadingizni sinab ko'ring. Balki sovg'alardan birini aynan siz yutarsiz.

👉 TANLOVDA QATNASHISH

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓Talabalarning eng sevimli qo'shig'i

🎙Ilhom Ibrohimov – Talabalik davrim mening

☝️Aytgancha, Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 1-sentabr holatiga ko'ra respublikamizdagi talabalar soni 808,4 mingtani tashkil etgan. Shulardan:

🟢Talaba yigitlar – 439,4 ming nafar
🟥Talaba qizlar – 369 ming nafar

Hozirda esa kvotalar oshayotganligi sababli talabalar soni salkam 1 millionga yetdi! Talabalar biz katta kuchmiz, bugun o'zbekistonlik 1 million kishining bayramiz!

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Sheriy_tabrik

🎓Barcha talabalarga bayram muborak!!!

👉 TalabaYoshlar jamoasi barcha talabalarni "Xalqaro talabalar kuni" bilan muborakbod etadi!

🟢Talabalik baxtiga erishganlar bor, erishmay orzu qilganlar qancha. Oltin davringizning qadriga yeting, barcha abituriyentlarga ham keyingi yil shu bayramni birgalikda nishonlash nasib qilsin!

🔵Talaba kursdoshlarga ulashib, bayram bilan tabriklashni unutmang. Talabalarni jamlagan eng katta kanalga siz ham a'zo bo'ling.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

😊 Diqqat atiga 1 kun vaqt qoldi 🔥

💠 Tanlov bayram kuni, ya'ni 17-noyabr soat 23:59 da yakunlanadi va tanlovda eng ko'p ball yig'gan 10 ishtirokchi telefonlar va pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o'rin: Inoi telefoni 📱
🥈2-o'rin: Artel telefoni 📱
🥉3-o'rin: 500,000 ming so'm 💰
🏅4-o'rin: 400,000 ming so'm 💰
🏅5-o'rin: 300,000 ming so'm 💰
🏅6-8o'rinlar: 200,000 so'mdan 💰
🏅9-10-o'rinlar: 100,000 so'mdan💰

🏆 Hurmatli a'zolar tanlovda faol bo‘ling va pul yutuqlarini birini yutib oling. Hammasi halol va ishonchli, Barchaga omad!

😉 HOZIROQ BOSHLANG 👇
/channel/talabalar_bot?start=

⭕️⭕️⭕️⭕️ #tijoriy_reklama

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_tanlov

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" oʻtkaziladi!

✅ Imtihonda barcha ishtirok etishi mumkin. Ishtirok etish uchun 15-noyabrdan 25-noyabr kuni 23:59 gacha 8-dekabr.adliya.uz saytida roʻyxatdan oʻtilad.

🔰Tanlov quyidagi 2 bosqichda 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi:

1️⃣-bosqich – test sinovlari:
🟢umumtaʼlim maktab, akademik litsey va texnikum oʻquvchilari uchun – 26-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
🟢huquqshunoslar va oliy taʼlim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha oʻqiyotgan talabalar uchun – 27-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
🟢boshqa barcha fuqarolar uchun – 28-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;

➡️Test sinovida 8-dekabr.adliya.uz sayti orqali onlayn tarzda ishtirok etiladi. Test sinovi 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savoldan iborat. Test savollariga eng qisqa muddatda toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar orasidan 30 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga javoblari koʻrib chiqiladi.

🟢Baholash natijasiga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan 10 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga oʻtadi.

2️⃣-bosqich – suhbat jarayoni 8-dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida tashkil etiladi va onlayn translyasiya qilinadi.

🎁 Gʻoliblar diplom va quyidagi qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi:
🔵1-oʻrin – noutbuk;
🔵2-oʻrin – televizor;
🔵3-oʻrin – mikrotoʻlqinli pech.

⚠️Ishtirokchi keyingi bosqichga oʻtish vaqtida turli akkauntlardan qatnashgan holatlar aniqlangan taqdirda, natijasidan qatʼi nazar, imtihondan chetlashtiriladi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📓“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar tadbirkorlik yoki kasb-hunar bo'yicha o'qishi uchun davlat tomonidan pul ajratiladi!

➡️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi o‘qitish xizmatini ko‘rsatgan nodavlat ta’lim tashkiloti yoki kasb-hunarga o‘qitish markaziga qoplab beriladi.

Bunda yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi, biroq bir oygacha, bir oydan ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun tegishlicha BHMning 4 (hozirda 1,2 mln), 8 (hozirda 2,4 mln), 12 (3,6 mln) baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.

👉 Imkoniyatdan foydalanish uchun

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🔥 Free Multi Level Reading And Speaking Marathon 🔥

🛑Free Marathon 3🛑
(bu so'ngi bepul Reading Marathon bo'ladi, shoshilib qoling. Kanalimizda sizga kerakli barcha materiallar mavjuda💯 @IELTS_AssistantUz)

🏷Bu Marathondan siz qanday foyda olasiz?

Batafsil:
- 6ta Multi Level Reading video dars + topshiriqlar
- 14 kunlik Online Speaking dars
-7+ Speaking javoblar
- FREE IELTS va Mutli Level mock testlar
- qiyin IELTS va Multi Level test savollarni ossonroq yechish usullari


⚠️Sizdan qilinadigan talablar⚠️

🛑 kanalga qo'shilish @IELTS_AssistantUz

🛑 bu reklamani kamida 20 odamga yoki 5 ta guruppaga jo'natish

🛑 va keyin skrinshotini isbot sifatida
@FreeReading_Marathon ga
jo'natish, va keyin siz Bepul Reading Guruppani linkini qabul qilasiz.

🏷Eslatib o'taman, birinchi dars 16.11.2022 dan Start beriladi. Hozirham imkon bor shoshilib qoling ❗️❗️

Bizning asosiy kanal:
@IELTS_AssistantUz

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik

⚡️ Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.

🎓 Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:
🟢erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;
🟢dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.

🔅 Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

✔️ Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzoq – 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.

📃 Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🐍Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar timsoh bolasi, 3 bosh iguana hamda 3 bosh ilonni noqonuniy olib kirishga urinishni fosh qilishdi.

Qiziq, shunaqa sovuq jonivorlarni nima qilishar ekan-a...

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟢Yaxshi o'qituvchi aslida qanday bo'lishi kerak?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Muqaddasdir_Vatan_bayrog‘i

🇺🇿 Xalqlar Do‘stligi san’at saroyi maydonida davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri videolavhasi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Jonli efirimiz boshlandi!

👉 Telegram efirda qatnashish

👉 Instagram sahifaga ulanish

G'oliblar ro'yxati @izzatkhoja kanalimda e'lon qilib boraman.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓"Talabalar tanlovi" mutloq g'oliblari bilan tanishing!

🔵1-o'rin: Azizbek Baxromov (1703 ball) – 1 million so'm;
🔵1-o'rin: Sultonova Dildora (1600 ball) – 1 million so'm;
🔵1-o'rin: Shoira Xoʻjamberdiyeva (1595 ball) – 1 million so'm;

🔵2-o'rin: Sanjar Tolibjanov (1382 ball) – 700 ming so'm;
🔵2-o'rin: Muhammadziyo Mamasodiqov (1271 ball) – 700 ming so'm;
🔵2-o'rin: Temur Xoshimov (1223 ball) – 700 ming so'm;

🔴3-o'rin: Asilbek Madolimov (1170 ball) – 500 ming so'm;
🔴3-o'rin: Shukurjon To'xtasinov (996 ball) – 500 ming so'm;
🔴3-o'rin: Moxlaroyim Botirova (961 ball) – 500 ming so'm;

🟠4-o'rin: Olimova Ra‘noxon (913 ball) – 300 ming so'm;
🟠4-o'rin: Muslimbek Makkatillayev (764 ball) – 300 ming so'm;
🟠4-o'rin: Juramurodova Shodiyona (678 ball) – 300 ming so'm;

🟢5-o'rin: Shavkatov Behruz (430 ball) – 100 ming so'm;
🟢5-o'rin: Baxtiyor Abduraxmonov (387 ball) – 100 ming so'm;
🟢5-o'rin: Davlatbek Turdaliyev (380 ball) – 100 ming so'm.
____________________________

💰G'oliblar bilan bugun 20:00 da Instagram sahifamizdagi jonli efirda bog'lanib, va'da qilingan pullarni plastik kartalariga tashlab beramiz.

🎁 Bundan tashqari jonli efir vaqtida 10 balldan ko'p ball yig'ganlar orasidan 10 nafar 64 GBli fleshka, kamida 30 ball yig'ganlar orasidan airpods hamda kamida 50 ball yig'ganlar orasidan powerbank g'oliblarini ham random (tasodifiy raqamlar generatori) orqali aniqlaymiz.

👉 Randomda qatnashadiganlar ro'yxati

Izoh: Ro'yxatga faqat kamida 10 ball yig'ganlar kiritilgan va ism-familiyasi to'g'risiga ishtirokchining yutib olishi mumkin bo'lgan sovg'asi yozib qo'yilgan.

🌐 Jarayonlarni jonli kuzatish uchun bugun 20:00 da Instagram sahifamizdagi translyatsiyani o'tkazib yubormang. Sahifamizga a'zo bo'ling. G'oliblardan biri aynan siz bo'lishingiz mumkin!

👉 Instagram sahifaga ulanish

Instagrami yo'qlar uchun g'oliblar ro'yxati efirdan so'ng Telegram kanalimizda e'lon qilinadi!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 "Talabalar tanlovi" rasman yakunlandi!

👉 15 nafar g'oliblarni ko'rish

Natijalar 00:00 holatiga ko'ra skrinshot qilib olindi, bu vaqtdan keyingi natijalar inobatga olinmaydi!

👉 Umumiy natijalarni ko'rish

❗️10 ta fleshka, 10 ta airpods va 10 ta powerbank g'oliblari 18-noyabr kuni 20:00 da Instagram sahifamizda jonli efirda aniqlaymiz. 15 nafar g'oliblar bilan ham jonli efirda bog'lanib, hammani ko'z o'ngida yutuq pullarini kartalariga o'tkazib beramiz.

👉 Instagram sahifaga ulanish

Jonli efirni onlayn kuzatish uchun Instagram sahifamizga a'zo bo'ling.

☝️Instagrami yo'qlar uchun g'oliblar ro'yxati Telegramdagi @talabayoshlar sahifamizda ham umumiy e'lon qilinadi.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

— Men «Najot Ta'lim»dagi kurslarga yozilib qo'ydim, zamonaviy kasblarni o'rganmoqchiman. Qarshi bo'lmasangiz, albatta! 😉

🔥 Siz ham zamonaviy kasblarni, jumladan, dasturlash, dizayn, marketing sohalarini qishki mavsumda o'rganish niyatida bo'lsangiz, kurs uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting!

👉 Ro'yxatdan o'tish

📞 Tel: 78 888 9 888

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Namangan shahridagi Universitetda qabul davom etmoqda

🇺🇿 Oʻzbekistonda eng qulay shartlarda!

💰Shartnoma narxi 9 mln so'mdan boshlab.

📚 Fakultetlar:
Axborot tizimlari va texnologiyalari
• Iqtisodiyot
• Buxgalteriya va moliya
• Pedagogika va psixologiya
• Boshlang'ich ta'lim
• Maktabgacha ta'lim
• Xorijiy til va adabiyot

🚀 Yana bir katta qulaylik: 2-kursdan boshlab boshqa universitetdan o'qishni hech qanday imtihonsiz ko'chirish ham mumkin.

📕 Ta'limning kunduzgi, sirtqi va kechki shakllari mavjud.

🔥 Shoshiling!!! Joylar soni chegaralangan.

O'quv dasturlari, qabul shartlari, kirish imtihonlari va UBSda o'qish haqida ko'proq ma'lumot olish uchun quyidagilardan foydalaning:

📥 Onlayn hujjat topshirish:
@UBS_jbot yoki ubsu.uz/admission.html

📩 Onlayn murojaat:
@ubs_admin | @ubsuzbekistan_bot 24/7

☎️ Batafsil ma'lumot:
+998781132626
+998907894242

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓Bayram muborak talabajonlar

Kontraktingiz kamayib, stipendiyangiz koʻpaysin!
Bugun profilga qo'yish uchun zo'r rasm bo'ldi, nima dedingiz...

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni muborak bo'lsin!

🎓 TalabaYoshlar jamoasi sizlarga kelgusi o‘qishlaringizda muvaffaqiyatlar, so‘nmas kuch-g‘ayrat, ilhom, yorqin xotiralar, o'qish va ishlaringizda omad va zafarlar tilab qoladi!
Talabalik – oltin davringiz ma'no va mazmunga to'la bo'lsin!

🇺🇿 O‘zbekistonga kerakli kadr bo‘lib yetishish uchun o‘qishdan tolmang! Hammasi o‘z qo‘lingizda!

TalabaYoshlarO'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#shunchaki

🟢Imom Al-Buxoriy 9 yoshdan hadis yodlashni boshlagan.
🟢Zahiriddin Muhammad Bobur 12 yoshda yurt boshqargan.
🟢Sulton Mexmet 21 yoshda Istanbulni fatx qilgan.
🟢Jaloliddin Manguberdi 21-22 yoshda moʻgʻullarga qarshi qahramonlarcha kurashgan.

P.S.: Bizning Soʻtaqoʻzi esa qirqqa kirsa ham, "Omad-shou"da ishtirok etish uchun sok sotib olib yuribdi...

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#abituriyentga_yengillik

🟥Magistratura bo‘yicha ikkita muhim yangilik

Batafsil ushbu reportajda, magistraturaga kirmoqchi bo'lganlarga yuborib qo'yishni unutmang...

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🏆 Qatarda o'tadigan Jahon chempionati taqvimi to'liq formatda.

⚽️ Taqvimni o'zingizga saqlab oling va mundialni intiqlik bilan kutayotgan do'stlaringizga ham albatta jo'nating! Barcha o'yinlar vaqti (Tshv) bilan ko'rsatilgan!

❓Nima deb o'ylaysiz? Qatardagi Jahon chempionatida kim g'olib bo'ladi?

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🌐 Dunyo aholisi soni 8 milliardga yetdi

Bugun — 15-noyabrda dunyo aholisining soni 8 mlrd boʻldi.

BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, dunyo aholisi soni quyidagicha oʻsgan:
🟢 1804-yilda 1 mlrd;
🟢 1927-yilda 2 mlrd;
🟢 1960-yilda 3 mlrd;
🟢 1974-yilda 4 mlrd;
🟢 1987-yilda 5 mlrd;
🟢 1999-yilda 6 mlrd;
🟢 2011-yilda 7 mlrd;
🟢 2022-yil 15-noyabr – 8 mlrd.

🟥Agar aholi sonining oʻsish dinamikasi keskin oʻzgarishlarga uchramasa, 2042-yilga kelib 9 mlrd kishilik marrani bosib oʻtadi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…
Подписаться на канал