talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi raqamlashtirish sohasida 2021-yilga nisbatan 16 pogʻonaga yuqorilab, vazirliklar orasida 2-oʻrinda

💻 Oliy taʼlim tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish taʼlim jarayonlarida korrupsiyagen holatlar oldini olish, inson omili aralashuviga chek qoʻyish, ortiqcha qogʻozbozlikdan voz kechish uchun eng samarali yechim hisoblanadi.

Vazirlik tomonidan joriy yilda 10 dan ortiq elektron platformalar (yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan) faoliyati yo'lga qo'yilgani o'ylashimcha talaba-yoshlar uchun qator qulayliklar yaratdi.

☝️ Jumladan, kontrakt shartnomalarini navbatlarsiz kontrakt.edu.uz saytidan olinishi; diplom dublikatlarini diplom.edu.uz platformasidan elektron yuklash; magistraturaga qabulni onlayn magistr.edu.uz sayti va davlat stipendiyalariga hujjatlarni stipendiya.edu.uz platformasi orqali tashkil qilinishi, ta'lim jarayonlarini HEMIS dasturi orqali raqamlashtirilishi kabi islohotlar e'tirof etishga arziydi.

❓Hurmatli talabalar, bu haqida sizning fikringiz qanday? Jarayonlarni raqamlashtirish ko'pchilikka qulayliklar tug'dirdi, shunday emasmi?

TalabaYoshlarSahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#imkoniyat

🟥Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy ijara kompensatsiyasi uchun har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda (hozirda 900 ming so‘m) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratiladi.

☝️ Bunda er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi, mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar bilan ta’minlanmagan, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta’minoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan hamda har ikkisi yoki biri “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lishi talab etiladi.

👉 Imkoniyatdan foydalanish

©️ Alisher Sadullayev

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🔖 Magistraturaga hujjat topshirish uchun faqat IELTS sertifikat kerak emas! Boshqa sertifikatlar ham o'tadi!

🟥Yuqoridagi ro'yxatda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda majburiy talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar nomlari va minimal ballari keltirilgan.

☝️Eng muhimi, aynan ingliz tili bo'yicha sertifikat deyilmagan. Ispan, nemis, arab, fransuz, italyan va hattoki turk tili sertifikati ham o'tadi.

🟢Eslatib o'taman, bu o'quv yilidan boshlab, Prezident qarori bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul yilda ikki marta — avgust va yanvar oylarida amalga oshiriladi. Kontrakt miqdori esa OTM tomonidan mustaqil belgilanadi.

❗️2023-yil yanvar oyida dastlabki qabul natijalariga ko‘ra to‘lmagan o‘rinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq magistraturaga qabul jarayoni bo'lib o'tadi.

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ Bugun 10-noyabr — Butunjahon yoshlar kuni

Bayram munosabati bilan barcha O‘zbekiston talaba-yoshlarini tabriklaymiz. Kelajakda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo'shadigan, yetuk kadrlar bo'lib yetishishlariga tilakdoshmiz! Barcha yoshlarga ota-onalarini ishonchini oqlash nasib qilsin!

📊 2022-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 9.685.564 nafarni tashkil etadi. Ulardan:
🟢4.954.910 nafar yigitlar;
🟢4.730.654 nafar qizlar.

❕O‘zbekistonda yigitlar qizlardan 200 ming nafarga ko‘p! Bu degani bo‘ydoqlar tezroq uylanmasangiz, keyin juftingni boshqa davlatdan izlashingizga to'g'ri keladi

TalabaYoshlarO'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#tanlov #xulosa
☝️Ertangi kuningizni bugungi qilayotgan ishlaringiz belgilaydi. Bugun — bugungacha boʻlgan kunlarning natijasidir

✍️ Fyodor Dostoyevskiy: Odamni barbod qilish uchun koʻp narsa kerak emas, shunchaki u qilayotgan ish hech kimga kerak emasligiga uni ishontirish kerak, xolos.

▶️ Videoni erinmasdan oxirigacha koʻring, balki ayni sizni hayotingiz aks etgan boʻlishi mumkin! Fikrlar bo'lsa komentda🔜

TalabaYoshlarO'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

5 daqiqadan so'ng Instagramda jonli efir boshlanadi. Sahifamizga obuna bo'ling.

👉 Instagram sahifamizga ulanish

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Qonunchilik_yangiliklari

🔰 Arxitektura-qurilish sohasidagi 2 ta institut universitet sifatida qayta
tashkil etildi

Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–416-son, 08.11.2022-y.) qabul qilindi.

📌 Qarorga ko‘ra:

🏛 Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, u muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.

🏛 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros obyektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.

🔹 Universitetlarda o‘quv jarayonlari davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi va ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yo‘naltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.

🗓 2023-yil 1-yanvardan boshlab Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

🔸 Universitetlar tuzilmasida Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor lavozimi joriy etiladi.

➡️ 2023-yil 1-martga qadar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro ta’lim va kasb klassifikatorlariga muvofiq maqbullashtiriladi.

✔️ Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida Inkubatsiya markazi tashkil etiladi.

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Talabalar kuni munosabati bilan treyding kurslarimizga katta chegirma e'lon qilamiz!

🤑 Siz o'qishdan ajralmagan holda, kuniga 1-2 soat vaqt ajratib, onlayn ishlab, daromad topishni xohlaysizmi?
💰 Unda sizni binance birjasida savdo bilan shug'ullanish bo'yicha o'quv kursimizga taklif qilamiz.

✅ Kurs davomida sizga o'quv qo'llanmalari, darsliklar taqdim etiladi. Bundan tashqari bir oy davomida biz bilan birgalikda amaliyot qilish imkoniga ham ega bo'lasiz. Kursimiz o'quvchilariga birjadagi ko'tarilish va pasayish holatlari bo'yicha bepul signallar ham berib boriladi. Siz kundalik $10 dan $100 gacha daromad topish imkoniga ega bo'lasiz.

🟥17-noyabr "Talabalar kuni" munosabati bilan $300 qiymatdagi kursimizni $90 evaziga qo'lga kiritishingiz mumkin. Shoshiling, chegirma 17-noyabr kuniga qadar amal qiladi!

💰 Narxi — $90

Murojaat uchun: @AbdulazizHakimjonov

📞 Telefon: +998916580001 (Toshkent)

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇹🇷 Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kitob sotib olish uchun qanchalik zahmat chekkanini bilasizmi? Mana kitob o'qish orqali qanday darajaga erishish mumkin!

🤝 Sizga ham ilindim, videoni ko'rib o'zingizga kerakli xulosani chiqarasiz degan umiddaman! Xayrli tun, azizlar!!!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🤔 Izoh sizdan...

TalabaYoshlarObuna bo'lishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🤑 Dunyodagi eng qimmat kontrakt to'loviga ega OTMlar

🟢3️⃣ Amherst kolleji
AQShdagi uchinchi eng qimmat kollej Amherst kollejidir. Yiliga 76,800 dollar turadi, Amherst Massachusetsdagi eng qimmat kollej hisoblanadi. (AQSHda kollej so'zi, universitet yoki institut ma'nosida ishlatiladi)

🟢2️⃣ Pensilvaniya universiteti
AQShdagi eng qimmat universitet ortida Pensilvaniya universiteti turibdi. Uning qabul darajasi 8% va yiliga 76,826 dollar turadi.

🟢1️⃣ Eng qimmat kollej: Harvey Mudd kolleji
Harvey Mudd kolleji AQShdagi eng qimmat kollej hisoblanadi. Dunyodagi va AQShdagi eng qimmat universitet bo'lishdan tashqari, u Kaliforniyadagi eng qimmat kollej bo'lib, yiliga 77,449 dollar turadi.

❓Sizning kontrakt to'lovingiz necha pul? O'zbekistondagi eng qimmat kontrakt summasi qanchaligini bilasizmi?

TalabaYoshlarObuna bo'lishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilari OTMga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

🟢O‘qishga qabul qilish hokimliklar tavsiyanomasi asosida, keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan iqtisodiyot sohasi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari sirtqi ta’lim shakliga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.

☝️OTM qabul komissiyasi tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarni suhbatdan o‘tkazish uchun alohida 7 nafardan kam bo'lmagan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislaridan iborat suhbat komissiyasi tashkil etadi.

🟥Har yili 5-sentabrdan 15-sentabrgacha davom etishi rejalashtirilgan suhbat jarayoni to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkaziladi. Suhbat o‘tkazish jadvali OTM saytida suhbat o‘tkazilishidan kamida 5 kun avval joylashtiriladi.

➡️Suhbat jarayonida abituriyentlarga quyidagi mavzularda jami to‘rtta savol beriladi, har bir javob uchun 25 balldan hisoblanadi:
🟢mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati va ahamiyati;
🟢belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashdan asosiy maqsad;
🟢belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos mehnat faoliyati davomida erishgan yutuq va natijalari;
🟢belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasida bilim va kasbiy ko‘nikmalar mavjudligi.

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Kitobxonlar uchun respublika miqyosida kitoblar tanlovi eʼlon qilindi

Oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara kitoblarini, siz, aziz kitobxonlarga taqdim etib kelayotgan "Tirilish" nashriyoti respublika miqyosida kitoblar tanlovini eʼlon qildi.

❗️Tanlovda magʻlublar boʻlmaydi!
Tanlov ishtirokchilari yil oxirigacha "iBook.uz" kitob doʻkonlaridan chegirmalarga ega boʻlishadi!

📚 40 ga yaqin oʻrinlar kitobxonlarni kutmoqda.
Bundan tashqari 200ming soʻmdan 2 MLN soʻmgacha vaucherlarni qoʻlga kiritishingiz mumkin!

Tanlov 17-noyabr 23:59 gacha davom etadi.

👉 Roʻyxatdan oʻtish: @Tirilishuzbot

😎 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❓Qizlar uchun magistratura tekin – bu imtiyoz barcha magistrant qizlar uchunmi yoki faqat yangi qabul qilinadigan talabalar uchunmi?

💠 Vazirlik matbuot xizmati kun.uz saytiga taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, keyingi 2022/2023-o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt asosida 1-bosqichga qabul qilinadigan hamda ushbu o‘quv yilida 2-bosqichga o‘tgan barcha magistr xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari davlat tomonidan qaytarish shartisiz qoplab berilishi nazarda tutilgan.

🟥Eslatib o‘tamiz, xotin-qizlarning magistraturada o‘qish xarajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan 23 ming nafar qizga 200 milliard so‘m ajratilishi belgilangan.

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Pedagogika yoʻnalishida oʻqiyotgan talabalar 2-kursdan boshlab maktablarda oylik olib ishlashi mumkin!

Vazir Abduqodir Toshqulovning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi talabalar bilan boʻlgan uchrashuvidan (21.02.2022)

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

👏 Ajoyib fleshmob, qaniydi hammaga birdek ta'sir qilsa...

Yaxshiyamki mana shu TOB xodimlari bor ekan, yurtimiz, ko'chalarimiz ozoda va fayzli. Qo'lingizdagi baklashka yoki sigaret qoldig'ini ko'chaga uloqtirishdan oldin shu joylarni ota-onamiz tengi insonlar tozalashi haqida ham bir o'ylab ko'rasizmi?

Izoh va xulosa sizdan...

TalabaYoshlarO'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_elon

⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi boʻyicha tanlov eʻlon qiladi

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad – oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurslarida o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik kadrlar zaxirasiga kiritish.

🟢Tanlov ikki bosqichda: test va suhbat asosida tashkil etiladi.
🟢Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida stajirovka o‘taydi, stajirovkani namunali yakunlagan yosh mutaxassislar kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

🟢Talabgorlardan hujjatlar @yosh_mutaxassislarni_tanlash_bot orqali joriy yil 9-noyabrdan 19-noyabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

☝️ Batafsil ma'lumot yuqoridagi faylda...

🤔 Siz vazirlikda stajirovka o'tashni xohlaysizmi? Nima uchun "ha" yoki nima uchun "yo'q"? Javobingizni izohi bilan kommentariyada kutaman...

TalabaYoshlarSahifasiga a'zo bo'ling:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Talabaga_yengillik

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi

🔰 Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

↪️ Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishini koʻchiriyotgan talabalar uchun bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini toʻlash va talabalar safiga qabul qilishning soʻnggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

👨‍🎓Talabalar sutemizuvchilar sinfiga kiradi, ilmiy izlanishlarga ko'ra hozirda 5 turi mavjud...

🎓Ular asosan 3-4 yil ko'pi bilan 5-6 yil umr ko'radi, yer yuzining oliygoh bor joylarida tarqalgan...

🍝 Sevimli taomlari buxanka, rollton va tuxum. Universitetda o'ta itoatkor, har qancha xo'rliklarga chidamli, o'zini bechoralarga xos tutadi, ko'cha kuyda ...

Davomini o'qigandan ko'ra videoni ko'raqoling, talaba-do'stlaringizga ulashishni unutmang.

☝️Kanalimizdan post olganda manbani ko'rsatishni unutmang.

TalabaYoshlarO'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_tanlov

🎓 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan TalabaYoshlar jamoasi yangi "Talabalar tanlovi"ni e'lon qiladi!

💠 Tanlov bayram kuni, ya'ni 17-noyabr soat 23:59 da yakunlanadi va tanlovda eng ko'p ball yig'gan 15 ishtirokchi pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🟢1-o'rin 3 nafar — har biri 1 million so'mdan;
🟢2-o'rin 3 nafar — har biri 700 ming so'mdan;
🟢3-o'rin 3 nafar — har biri 500 ming so'mdan;
🟢4-o'rin 3 nafar — har biri 300 ming so'mdan;
🟢5-o'rin 3 nafar — har biri 100 ming so'mdan.

✅Bundan tashqari tanlov davomida kamida 10 ball yig'gan ishtirokchilar ichidan 30 nafari ham qo'shimcha sovg'alar, 65 GB hajmli fleshka, AirPods va 10000W sig'imli Powerbank qurilmalari bilan taqdirlanadi.

🏆 Hurmatli talaba-yoshlar tanlovda faol bo‘ling va pul yutuqlari yoki 30 ta sovg'alardan birini yutib oling. Barchaga omad!

👉TANLOVDA ISHTIROK ETISH👈

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan o'tkazilayotgan "Talabalar tanlovi"ni haqida...

Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin?
🟢 @talabatanlovbot botiga kirib, /start bosasiz, kanallarga a'zo bo'lib, Sizga berilgan maxsus referal/havola orqali do'stlaringizni taklif qilasiz. 17-noyabr 23:59 gacha eng ko'p do'stlarini taklif qilganlar g'olib bo'ladi.

Pul faqat eng yuqori ball yig'gan 15 kishiga beriladimi?
🟢 Ha, shunday. 1-o'rinlar 3 ta va har biriga 1 milliondan, 2-o'rinlar 3 ta va har biriga 700 mingdan, 3-o'rinlarga 500 mingdan, 4-o'rinlarga 300 mingdan va 5-o'rinlarga 100 mingdan beriladi. Pul Instagramdagi jonli efirda hammani oldida Click orqali g'olibga tashlab beriladi (tanlovni fake deganlar uyalib qoladi o'sha paytda).

Boshqa yutuqlar g'oliblari qanday aniqlanadi?
🟢 Ishtirokchilarga bot bergan ID raqamlar bo'yicha random orqali aniqlanadi. 10 balldan ko'p yig'ganlar 64 Gbli fleshka, 30 balldan ko'p yig'ganlar Airpods, 50 balldan ko'p yig'ganlar Powerbank uchun o'yinda qatnashadi va eng omadli 30 kishi yutuqqa ega bo'ladi.

Kim nechanchi o'rindaligini qanday bilish mumkin?
Mana shu https://bilimdonlar.technify.uz/ linkni bossangiz umumiy natijalar chiqadi, shu joydan bilib borishiz mumkin (Yuqoridagi rasmda hozirgi eng yuqori ball to''plagan 20 nafar ishtirokchi ko'rsatilgan. Lekin hali 8 kun vaqt bor, holat o'zgarishi mumkin).

Tanlovga qatnashishga hali kech qolmadimmi, bugun qatnashmoqchiman?
🟢 Albatta hali vaqt bor, tanlov 17-noyabr kuni 23:59 ga qadar davom etadi. Agar siz endi qo'shilgan bo'lsangiz, @talabatanlovbot manziliga kirib, /start bosing. Qolgan barchasi botda tushuntirilgan.

❗️Aytgancha bugun 19:00 da Instagram sahifamizda jonli efir bo'ladi, tanlov haqidagi barcha savollaringizga batafsil javob beramiz.

👉 Instagram sahifamizga ulanish

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#xushxabar

⚡️ Ilk bor respublikamizning 8 ta OTM Osiyodagi TOP–1000 talikdan joy oldi

Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2023-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2023) natijalarini e’lon qildi.

🏛 Unga ko‘ra, ilk bor respublikamizning 8 ta oliy ta’lim muassasasi TOP–1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

🟥QS ning bu yilgi reytingi bugungi kunga qadar eng kattasi hisoblanib, o‘z ichiga 760 ta eng kuchli Osiyo universitetlarini qamrab olgan.

☝️ Shuningdek, reytingni shakllantirishda asosiy koʻrsatkichlar sifatida akademik va ish beruvchining obroʻsi, PhD darajasiga ega boʻlgan xodimlar soni hamda xalqaro talabalar ulushi kabi me’zonlar birinchi marotaba kiritildi.

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

SAVOL: Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?

✅ JAVOB:
➖harbiy xizmatni oʻtash uchun;
➖salomatligini tiklash uchun;
➖homiladorlik va tugʻish uchun;
➖bolalarni parvarish qilish uchun;
➖oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun.

TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Vazir Abduqodir Toshqulov taʼlim sifatini oshirish yuzasidan professor-oʻqituvchilarga murojaat qildi

©️Arxiv 2022-yil 10-fevral

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Mashhur Instabloger va trener Aziz Estet give konkursiga start berdi!

📱Yutuqlar:
🟢5ta IPHONE 14 pro
🟢15ta Samsung galaxy A72

👉 /channel/superkonkursbot?start=5049316389
👉 /channel/superkonkursbot?start=5049316389

🟥Shartlar juda oddiy:
1] Tepadagi ssilkaga kirib start bosing.
2] Barcha kanallariga a'zo bo'ling.
3] O'yin ishtirokchisiga aylaning va omadingizni sinab ko'ring.

💯% halol o'yin bo'ladi, sovg'alar insha'Alloh egalariga topshirladi.

Ģ'oliblar bugun 21:00 da aniqlanadi.

Siz hech nima yo'qotmaysiz, faqat telefonli bo'lishingiz mumkin.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️RASMAN: Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti davrida Samarqanddagi barcha oliy o‘quv yurtlarida tasdiqlangan o‘quv jadvaliga ko‘ra dars jarayonlari odatdagidek davom ettiriladi. Ta’til berilmaydi.

TalabaYoshlarObuna bo'lishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Magistraturadagi o’qish mehnat stajiga o’tadimi?

✅ Javob: O'zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog'liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.

🟢Mazkur Qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta'lim muassasalarida kunduzgi o'qish ish stajiga qo'shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya'ni, talabaning magistraturada ta'lim olgan 2 yillik o'qish davri mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturani o'qish davomida talaba biror joyda rasmiy ishlagan bo'lsa, bu davr ham mehnat stajiga qo'shib hisoblanishi kerak.

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

O'zbekistonda yomg'irlar mavsumi boshlandi, oliygohlarda esa muammolar...

➡️Kuni kecha yurtimizning ko'plab hududlarida, shu jumladan poytaxtimizda ham kuchli yomg'ir (ba'zi joylarda do'l) yog'ishi kuzatildi. Bu esa ko'plab joylarda suv to'planishi, devorlardan suv o'tishi holatlarini yuzaga keltirdi (xuddi videodagidek).

☝️Bu tabiat hodisasi to'g'ri, tushunaman, hech kim ataylab shunday qilmagan. Lekin talabalarni chakki o'tayotgan auditoriyalarda o'qitish, mavjud muammoni zudlik bilan bartaraf etmaslik, o'qish binolarini kuz-qish, yog'ingarchilik mavsumiga tayyorlamaslik tanqid qilishga arzigulik holat.

🟥Bu post orqali barcha oliygoh mas'ullarini xushyorlikka chaqirib qolaman. Muammolar bo'lsa uni albatta yechimlari bor, faqat biroz o'ylash kerak. Talabalarga imkon qadar sharoit yaratib berishga harakat qilishingizni so'rab qolaman.

Muammolarni vaqtida bartaraf etmagan oliygohlarni kanalimiz orqali e'lon qilib borishimizni unutmang!

©️Izzatxo'ja Asomiddinov

TalabaYoshlarObuna bo'lishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Namanganda yangi oliy ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi!

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Namangandagi "University of business and science" nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga litsenziya taqdim etildi.

🎓 Yoʻnalishlar:
🔹 Buxgalteriya va moliya
🔹 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
🔹 Axborot tizimlari va texnologiyalari
🔹 Boshlangʻich taʼlim
🔹 Maktabgacha taʼlim
🔹 Pedagogika va psixologiya
🔹 Xorijiy til va adabiyot

🎓 Ta’lim jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.

🔴 Universitetda oʻqish uchun quyidagilar kerak: Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan imtihon natijalari yoki universitetning ichki imtihonidan o'tish lozim.

📥 Online hujjat topshirish:
@UBS_jbot

☎️ Batafsil ma'lumot:
+998781132626
+998907894242

🦾 Online murojaat: @ubsuzbekistan_bot ( 24/7 )

📍Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahri, Zarbdor MFY, Beshkapa koʻchasi 111-uy

Telegram | Instagram | Facebook | Web

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💠Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin

🎓 Endilikda oliy ta’lim muassalarini davlat granti asosida tamomlagan talabalar, dastlabki sinov muddatisiz ishga kira oladi. Ushbu norma Mehnat kodeksining yangi tahriri 129-moddasida nazarda tutilgan.

☝️ Biroq, bu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tugatgan talabalarga egallagan mutaxasisliklari bo‘yicha birinchi marotaba ishga kirayotganlaridagina amal qiladi.

🟢Ya’ni agar davlat granti bitiruvchisi birinchi marta dastlabki sinov muddatisiz ishga olinsa va u ishdan bo‘shab, boshqa ishga kirmoqchi bo‘lsa, unga nisbatan bu imtiyoz amal qilmaydi

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…
Подписаться на канал