talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🌳 Daraxtlar – issiqda salqinlik berib, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi, havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi. Bu barchamiz biladigan va hayotimiz davomida bir necha marta takrorlagan jumlalarimiz. Ammo, sog‘lom hayotimiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan daraxtlar himoyasi bilan qiziqib ham ko‘rmaymiz.

🪵 Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 3 trln atrofida daraxt mavjud. Biroq har bir daqiqa o’tayotganida ularning 27 ta futbol maydoniga teng qismi kesilayotgan bo’ladi. Bu avval shahringizdagi bir nechta daraxt, keyin mahallangizdagi, keyin esa sizning uyingiz yonidagisi. Jarayon shu tarzda kechaversa, kelajak avlodga bizdan ekologik muammolar girdobidagi dunyo qoladi.

🌱 Amaliy ishlar vaqti keldi! Yashab turgan hududingizni ekologik tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiling! Daraxtlar kesilishiga yo’l qo’ymang! O’z niholingizni ekib, parvarish qiling!

©️Montaj ustasi:
Mirafzal Ozodov

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💠Kredit-modul tizimida talabalar o'qishdan chetlatilmaydi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" muvofiq, barcha OTMlarning 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tishi rejalashtirilgan.

🟥Kredit-modul tamoyili ikki asosiy masalaga ahamiyat beradi:
🟢talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash;
🟢talabalarning bilimlari reytingi asosida baholash

Unga ko'ra, universitetlarda o'tiladigan har bitta fan kredit orqali hisoblanadi. Misol uchun, bir fan 4 kredit tizimidan, 6, 7 kreditgacha belgilanishi mumkin. Bunda talaba o'qish semestrlari davomida fanlardan belgilangan kreditlarni yig'ishi kerak. Belgilangan kreditlarni yig'a olmagan, darslarda faol qatnashmagan yoki dars qoldirgan talabalar o'qishdan haydalmaydi. Ular tizimidan qarzdor hisoblanib, belgilangan kreditlarni yig'ish uchun pul to'lab, qayta o'qish va imtihonlarni topshirishi mumkin bo'ladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💠Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

👮‍♀️harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

🤰homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

💊salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

☝️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi. Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

😅 Bolaga kitob bering, lekin abituriyentga emas!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

"Til bilimdonlari" tanlovining 1-bosqichi, ya'ni test yechish jarayonlari to'liq yakunlandi!

⚡️Uzoq davom etgan natijalarni tekshirish jarayonida ba'zi ishtirokchilar 2 va undan ortiq profildan ishtirok etganligi ma'lum bo'ldi va kun davomida bunday ishtirokchilarning deyarli barchasi aniqlanib tanlovdan chetlatildi. Bu haqida shaxsiy blogimda doimiy ma'lumot berib bordim.

Tashkiliy jamoaning yakuniy qaroriga ko'ra final bosqichiga 139 va undan ko'p ball to'plagan 313-o'ringacha bo'lgan ishtirokchilar yo'llanma olishdi.

👉 Finalchilar ro'yxatini ko'rish

👉 Referal orqali finalga o'tganlar
__________________________________

Shu ro'yxatdagi ishtirokchilardan Telegram sozlamalaridan guruhga qo'shish funksiyasini yoqib @finalbosqichi profiliga quyidagi ma'lumotlarni to'liq yozib yuborishingizni so'raymiz:

1️⃣Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (talabalik guvohnomasi, passport, reyting daftarchasi) rasmi;
2️⃣Telefon raqamingiz (doimiy ishlaydigan raqamingiz, 2 3 ta raqam yozsa ham bo'ladi);
3️⃣Yuqoridagi ro'yxatda nechanchi o'rinda ko'rsatilgansiz?
4️⃣Referal linkingiz (botda "Referal linkni olish" tugmachasini bosasiz va bot yuborgan matnni yuborasiz).

❗️27-oktabr kuni 12:00 gacha murojaat qilmagan ishtirokchilar final guruhiga qo'shilmaydi va finalda ishtirok etolmaydi!

Finalga o'ta olmagan ishtirokchilardan kanalimizni tark etmasligingizni so'raymiz. Tez orada yangidan-yangi tanlovlarni e'lon qilamiz. Xudo xohlasa endi tanlovlarimiz davomli bo'ladi.
__________________________________

☝️Eslatma, 27-oktabr 23:59 ga qadar eng ko'p referal to'plagan 10 nafar ishtirokchi "Eng faol loyiha targ'ibotchisi" nominatsiyasi g'olibi deb topiladi va 1 million so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

☝️Eng ko'p referal to'plaganlar ro'yxatini ko'rish uchun ushbu yozuv ustiga bosing va ochilgan yangi oynadagi referal so'zi ustiga 2 marta bosasiz. Natijada eng ko'p referal to'plagan ishtirokchilar ko'rsatiladi.
__________________________________

❗️E'tirozlar ko'paymasligi uchun, tanlov pul yutuqlari faqat va faqat talabalarga (bakalavr va magistr) berilishini eslatib o'tmoqchiman. Agar sovrinli o'rinlarni talaba bo'lmagan ishtirokchi egallasa unga sertifikat va kitoblar taqdim etiladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📹 Toʻlov-shartnomalarni kontrakt.edu.uz orqali onlayn olish boʻyicha videoqoʻllanma

Agar haligacha kontrakt uchun shartnoma olgan bo'lmasangiz, yuqoridagi video asosida shartnoma oling va tezroq kontraktingizni to'lang.

🟥Eslatib o'tamiz, 1-kursga qabul qilingan bakalavr va magistrlar, shu bilan birga oliy ta'lim muassasasini boshqa oliygohga ko'chirgan talabalar uchun to'lov haqini o'tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so'nggi muddati rasman 2022-yilning 1-noyabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

👉 Kontrakt narxlarini ko'rish

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Xo'sh, oxirgi kunlar yuqori ball olganlar ko'payib ketibdi. Hozir tahlil qilib chiqamiz va 2 3 ta profildan kirganlarni tanlovdan chetlatamiz. Har bir chetlatilgan ishtirokchi haqida @izzatkhoja kanalimda yozib boraman. Shuncha ta'kidlaganimizda ham vijdonan, halol ishtirok etmabdimi, endi ismini oshkor qilib, tanlovdan chetlatamiz, shuning hisobiga pastki o'rindagi ishtirokchilar yuqoriga ko'tarilishi mumkin.

Kuzatish uchun @izzatkhoja shaxsiy blogimga kiring.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Endi diplom dublikatini my.gov.uz orqali olish mumkin!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida diplom dublikatini olish» xizmati ishga tushirildi.

☝️Diplomi shikastlangan yoki yo‘qolgan yurtdoshlarimiz uning dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishi va hujjatni istalgan manzilda osongina qabul qilib olishi mumkin.

Ya’ni, xizmat natijasini olish uchun vakolatli organga borish talab etilmaydi. Hujjat “O‘zbekiston pochtasi”ning kurerlik xizmati orqali yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, dublikat ham asl nusxadagi kabi yuridik kuchga ega.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

"O'zbek tili bayrami" munosabati bilan "Til bilimdonlari" tanlovi tashkilotchilari Oydin hayot ko'rsatuviga taklif qilindi!

🟥Ko'rsatuvda loyiha tashkiliy jarayoni va dolzarb bo'lib turgan muammolar e'tibor qaratildi. Mehnatimizni o'ziga xos qadrlab, ko'rsatuvga taklif qilgan ijodkorlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

❗️Tanlovga ishonmayotganlar, tanlov yolg'on, yutuqlar berilmaydi deb o'ylayotganlar ushbu videoni albatta tomosha qiling. Nima deb o'ylaysiz, televideniya yolg'on tanlovlarni efirga berarmikin? Mana sizga yolg'on emasligiga isbot, endi ham ishonmasangiz mayli qatnashmang, faqat bo'lar bo'lmas tuhmatlarni to'xtating.

🎞Ko'rsatuvni ko'rish: https://youtu.be/2jRezuh434E

Lavhani tomosha qiling va tanlov haqida yanada to'liqroq ma'lumot oling.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

"Til bilimdonlari" tanlovining @tiluzbot botida biroz nosozlik kuzatilib, ishlamay qolibdi. Hozirda botdan ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar 350 mingga yaqinlashib qoldi, shu sabab botning yuklamasi ortib ketgan bo'lishi mumkin.

Bugun shu botni dasturlagan dasturchimiz Yorqin Abduqaxxorovning nikoh to'yi, men Izzatxo'ja Asomiddinov kuyov jo'raman. Shu sabab to'g'ri tushuninglar bugun to'g'irlay olmaymiz. Imkon bo'lishi bilan to'g'irlab xabar beramiz. Duo qilib qo'ying, yoshlar baxtli bo'lishsin.

Testni ishlash uchun qo'shimcha vaqt beriladi, kelgan joyingizdan davom ettiraverasiz, xavotir olmanglar.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥Tanlov bo'yicha jonli efir boshlandi. Efirga kirib tanlov haqidagi barcha savollaringizga batafsil javob oling.

👉 Efirga kirish:
https://youtu.be/TOo51XDR1S4

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#endilikda

⚡️“Ikkinchi bosqichgacha fanlarni yaxshi o‘zlashtirmagan talabalarga oliy ta’lim diplomi berilmaydi” – Abduqodir Toshqulov

“Mutaxassilik fanlarini o‘zlashtirishga qiynala boshlagan talabalarga texnikum diplomi beriladi” – deydi oliy ta’lim vaziri.

TalabaYoshlarSahifamizga a'zo bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

"Til bilimdonlari" loyihamiz haqida 09:00 dan boshlab, O'zbekiston telekanali orqali "Oydin hayot" ko'rsatuvida tomosha qiling.

👉 @izzatkhoja

👉 Instagram: https://instagram.com/talabayoshlar

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#tafakkur_qiling

💠 Xitoydagi maktab o‘quvchilariga farzandlarining ta’lim olishlari uchun ota-onalari qanday sharoitlarda ishlayotganlarini koʻrsatishibdi. Mana buni tarbiya desa boʻladi!

Xo'sh, talaba-yoshlar siz-chi? Sizning ta'lim olishingizga sharoit yaratib berish uchun ota-onangiz qanday mashaqqat chekib pul topayotgani haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📢 Taʼlim krediti olish istagida boʻlgan talabalar diqqatiga!

🟢Siz uchun qulaylik yaratish maqsadida talim-krediti.uz platformasi ishga tushirildi.

➡️Platformadan foydalanish imkoniyatlari haqida ushbu rolik orqali bilib olishingiz mumkin.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#abituriyentlar_diqqatiga

⚡️ Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

📌 2022-2023-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

✅ Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

👨🏻‍💻 Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥TA'LIMNING QULASHI

Bir millatni yoʻq qilish uchun atom bombasi yo uzoq masofaga uchuvchi raketa boʻlishi shart emas. Buning uchun taʼlim darajasini tushirish va talabalarni aldov (shpargalka)ga oʻrgatishning oʻzi kifoya. Shunday qilinsa:

🔴kasal oʻladi aldov bilan muvaffaqiyatga erishgan shifokor qoʻlida;
🔴uylar qulaydi aldov bilan diplom olgan muhandis qoʻlida;
🔴moliya inqirozga uchraydi aldov bilan diplom olgan hisobchi qoʻlida;
🔴insoniylik halok boʻladi aldov bilan diplom olgan din shayxi qoʻlida;
🔴adolat barham topadi aldov bilan diplom olgan sudya qoʻlida;
🔴farzandlar xarob boʻladi ongi aldov bilan diplom olgan oʻqituvchi qoʻlida.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❓Ta'limning kunduzgi shaklida o‘qiyotgan talaba qanday shartlar asosida ishlay oladi?

Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirining 9-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim to‘g‘risidagi nizomning 50-bandiga muvofiq, kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida kunning ikkinchi yarmida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkin. Kunning ikkinchi yarmida o‘qiydigan talabalar ishlay olmaydi, degan qoida kelib chiqmasligi kerak. Bu toifa talabalar ham o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlashlari mumkin.

Bundan kelib chiqadiki, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. Lekin mehnat qonunchiligiga ko‘ra, talaba faqat ta'limdan bo‘sh vaqtida ishlash huquqiga ega.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#rasman #yengillik

⚡️Kollej va texnikumlarda toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilarga qulay sharoitlar yaratish, mamlakatimiz yoshlarini kasb-hunar egallashlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning ota-onalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida hamda aholi toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, kollej va texnikumlarda 2022/2023-oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi oʻquvchilarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

🟥Ma’lumot uchun, joriy yil kollej va texnikumlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 15 815 nafar o‘quvchi davlat granti asosida qabul qilindi.

Shuningdek, professional taʼlim muassasalariga ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻquvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari belgilangan tartibda qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Avvalroq talabalar uchun ham kontrakt miqdorlari oshirilmasligi haqida xabar bergan edik.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Qonunchilik_yangiliklari

🎖“Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari taʼsis etildi

Hukumatning “Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

🟥 Mazkur mukofot bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fuqarolar ragʻbatlantiriladi.

🟢Koʻkrak nishonlari bilan mukofotlangan shaxslarga 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi va mukofotlangan shaxslarga BHMning toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

❗️Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#yaxshi_kayfiyat #hazil

🎓
"Talaba xalq maqollari" turkumidan

🟢Mashinang yo‘q bo‘lsa ham, “Tankang” bo‘lsin;
🟢Talabani urma-so‘kma “Tankasiz” qoldir;
🟢Yuz marta iltimosdan, bir marta tanka surgan yaxshi;
🟢Bir “Tanka”ga yetti mahalla ota-ona;
🟢“Tanka”siga qarab, talabasini ol;
🟢Tankalaring zo‘r bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur;
🟢Talabani talaba qiladigan ham,
Abituriyent qiladigan ham “Tanka”;
🟢Bo‘ladigan talaba "Tankasi"dan ma’lum.
🟢Tanka sessiya paytida sinaladi;
🟢Tanka achitib gapirar, Talaba kuldirib;
🟢Bir tankani qirq talaba bo‘lib yer;
🟢Talaba egiladi, bukiladi lekin sinmaydi;
🟢Bahosini qo‘yib, Tankasini so‘rama...

Komentariyada davom ettirish sizdan, talaba-do'stlaringizga yuboring.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Bugun "Til bilimdonlari" testini ishlash uchun so'nggi imkon! Soat 23:59 da test ishlash to'xtatiladi.

⚜️ Sovrin jamg'armasi 50 million so'm bo'lgan "Til billimdonlari" tanlovining 1-bosqichi rasman bugun yakunlanadi. Barcha ishtirokchilar bugun 23:59 ga qadar 150 ta testni ishlashlari kerak. Belgilangan vaqt tugagach, eng ko'p ball jamg'argan 200 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichi yo'llanmasiga ega bo'ladi.

👉 Umumiy natijalarni ko'rish

Shoshiling, hali imkon bor, hammada vaqt yetarli. Barchaga omad tilaymiz. Finalda ko'rishguncha...

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Talabalar 20-dekabrdan boshlab qishki taʼtilga chiqishi kutilmoqda

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ha koʻra, dekabr oyining oxirgi oʻn kunligi va yanvar oyining birinchi oʻn kunligi oraligʻida Oʻzbekiston oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtili oʻtkaziladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💰 @tiluzbot platformasi qayta ishga tushdi, nosozlik bartaraf etildi. Testlarni kecha to'xtagan joyingizdan davom ettirishingiz mumkin. Kecha qolib ketgan testlar bugun qo'shib beriladi.

Botni ishga tushirish uchun @tiluzbot ga kirib, /start deb yozing (qiyshiq chiziqcha bilan qo'shib yozasiz).

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💠Talaba ishlashi mumkinmi?

Ha, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha bunga hech qanday cheklov yo‘q. Ya’ni Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. 15 yoshdan esa sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

☝️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-buyrug‘i (afsuslar bo‘lsinkim, ushbu hujjat rus tilida)ning 50-bandida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, talaba bemalol ishlashi mumkin. Faqat ta’limdan bo‘sh vaqtida.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

"Til bilimdonlari" tanlovi haqida barcha savollarga javob berish maqsadida, bugun 20:00 da jonli efir tashkil qilinadi!

Jonli efirda qatnashish uchun pastdagi ko'k yozuvni bosib, YouTube sahifamizga kirasiz. Savollaringizni o'ng tarafdagi kommentariyada yozib qoldirishingiz mumkin. Telegram orqali yozilgan savollarga javob berilmaydi.

👍 Videodagi qo'ng'iroqcha va like tugmasini bosib qo'yishni unutmang!

👉 JONLI EFIRDA QATNASHISH

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

"Talaba yoshlar" jamoasi ona tilimizga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi, "O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi!

Erta tongdan Adiblar xiyobonida, undan so'ng esa Turkiston san'at saroyida davom etayotgan bayram tadbirlarida ishtirok etmoqdamiz. Yuqorida mazkur tadbirlardan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

TalabaYoshlarSahifamizga a'zo bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Uy egasi va talaba o‘rtasida ijara shartnomasi qanday tuziladi?

✅ Ijara to'lovining 50 foizi to'lab berilishini so‘ragan talaba o'zi o‘qiyotgan OTMga ijara shartnomasi va shartnoma soliq organida hisobga qo‘yilgani haqida bildirishnomani olib borishi kerak.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Bu sanani bilasizmi?

🟢Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi Media jamoasi 21-oktabr “O'zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Talabalar shaharchasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi va savollarga to‘g‘ri javob bergan talaba-yoshlarga kitob ulashildi. Batafsil yuqoridagi videolavhada tomosha qiling.

🎞 YouTubeda HD formatda ko‘rish

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Talaba kontakt maʼlumotlarini kiritish!

✅ Hemis axborot tizimining talaba profiliga oʻzining elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritish imkoniyati qoʻshildi.

Ushbu elektron pochta manzili va telefon raqamidan talabaning parolini tiklashda foydalaniladi.

❗️Shuning uchun ushbu maydonlarga haqiqiy va toʻgʻri maʼlumotlarni kiritish talab etiladi. Aks holda parolni tiklash imkoniyati boʻlmaydi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…
Подписаться на канал