talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish boshlandi

15-apreldan boshlab 3-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka onlayn hujjat topshirishga start berildi.

💻Hujjatlar 15-mayga qadar yagona elektron tizim – phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinadi.

➡️Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.

☝️Ma’lumot uchun, hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilib, qabul qilinadi yoki rad etiladi. Shuningdek, yuqorida belgilangan muddatlarda talabgorlarning hujjatlari qabul qilinishi lozim.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Grant asosida o'qishni tamomlaganlar 3 yil davlatga ishlab berish majburiyati bekor bo'ldimi?

🗣Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzu keng muhokama qilinmoqda. Shuningdek murojaatbotimizga ham ushbu xabarlarga oydinlik kiritib berishimizni so'rashgan. Tegishli vazirlik mas'ullari va yuristlar bergan ma'lumotlarga ko'ra 3 yil davlatga ishlab berish amaliyoti bekor bo'lmagan, idoraviy hujjat o'z kuchidaligi aytilmoqda.

Shuningdek davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalar 3 yillik majburiy mehnat faoliyatini kambag'allik yuqori bo'lgan hududlarda amalga oshirishlari haqida takliflar ko'rib chiqilmoqda.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Vazirlikning xabar berishicha, yangi qarorda olib tashlangan xalqaro til bilish sertifikati yangi qaror qabul qilinguniga qadar (2023-yil 23-martgacha) olingan bo'lsa, ushbu sertifikatlar bilan yozgi qabulda magistratura va doktoranturaga topshirish mumkin bo'ladi. Faqat sertifikatlar B2 va C1 darajasida bo'lishi kerak.

Olib tashlanngan sertifikatlar

🇬🇧 Ingliz tilidan — Cambridge Assessment English Linguaskill;
🇮🇹 Italyan tilidan — Accademia Italiana di Lingua (AIL);
🇹🇷 Turk tilidan — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydin TÖMER).

P/S: Yuqorida aytib o'tganimizdek ushbu chiqarib tashlangan sertifikatlarni 23-martga qadar B2 yoki C1 va undan yuqori darajada olgan bo'lsangiz bu yil yozda ishlatishingiz mumkin.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🏆Futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi sport turlari boʻyicha rektor klubi tashkil etiladi

🔵Har bir oliygohda kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari boʻlishi kerakligi taʼkidlandi. Oliygoh rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari boʻyicha oʻz klublarini tashkil etadi. Bu klublar Talabalar sport ligalariga birlashib, doimiy turnirlar oʻtkazib boradi.

🔵Qoʻshimcha 300 ming yoshning xususiy markazlarda til oʻrganish xarajatlariga 100 milliard soʻm subsidiya ajratiladi.

🔵Yurtimizdagi 206 ta oromgoh yil davomida ishlaydigan tizimga oʻtkazilib, har yili 100 ming nafar yoshni qamrab oladi.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📝 Universitet talabalari sun’iy intellektga yozdirgan inshosi uchun a’lo baho oldi

Albatta bu holat O‘zbekistonda emas Buyuk Britaniyada, Kardiff universiteti talabasi tomonidan ChatGPT yordamida yozilgan.

➡️Ma’lum qilinishicha, ismi sir qolishini istagan yigit yanvar oyida 2500 ta so‘zdan iborat ikkita insho yozgan. Ulardan birini ChatGPT yordamida, ikkinchisini o‘zi tayyorlagan. U o‘zi yozgan inshosi uchun eng past – 2,1 ball, sun’iy intellekt yaratgan insho uchun esa eng yuqori ballga loyiq ko‘rilgan.

☝️Universitetning boshqa bir talabasi ham insho yozish uchun chatbot xizmatidan foydalanganini tan olgan. Talabalar sun’iy intellekt tomonidan yozilgan ishni hech kim haqiqiysi bilan ajrata olmaganini ta’kidlagan.

O‘zimizning oliygohlarda nima gap?

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥Yana bir chaqaloqqa yordam kerak!

Odilov Bilol 28.02.2023 yil tug'ilgan chaqaloqqa tug'ma parok tashxisi qo'yilgan. Hozirgi kunda Bilol reanimatsion bo'limida o'g'ir ahvolda yotibdi. Boladan kislorod aparati uzilsa ahvoli o'g'irlashmoqda. 14-aprel kuni klinikada Bilolning yurak va o'pka operatsiyasi bo'lishi kerak.

Hozirda ota-onasi operatsiyaga 15 million so'm mablag'ni yig'a olmagani sababli sizdan imkon qadar yordam berishingizni iltimos qilamiz.

🪪 8600060939035664
👉 Sodiqova Gulnora

📞Bog'lanish uchun telefon: +998331160807 (onasi)

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#xushxabar #openbudjet

🔵 Prezident topshirig'i: "Tashabbusli budjet" jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

🇺🇿Bunda, qo‘shimcha 1182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Talabaga_yengillik #hemis

📱Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish “HEMIS” axborot tizimining talabalar uchun @hemisedu_bot telegram boti ishlab chiqildi.

📲Endilikda talabalar oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan:

🟢reyting daftarchasi va transkript
🟢dars jadvallari;
🟢oʻzlashtirish koʻrsatkichlari;
🟢fanlar bo’yicha topshiriqlar;
🟢fanlarning elektron resurslari kabi maʼlumotlarni mazkur Telegram bot orqali ham olishlari mumkin.

📥Ilovani yuklab olish👇
🔴AppStore | 🟢GooglePlay

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#DIQQAT_EʼLON

🟥“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovini eʼlon qildi!

Ushbu stipendiyani qoʻlga kiritganlarning xorijda oʻqish, yashash va borish-kelish bilan bogʻliq barcha xarajatlari qoplanadi.

➡️Ajratilgan grant oʻrinlari taqsimoti:
🟢Bakalavriat uchun 75 ta;
🟢Magistratura uchun 275 ta;
🟢Doktorantura uchun 150 ta oʻrin.

🗂 Nomzodlarning hujjatlari 2023-yil 1-apreldan 1-mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

🪧 Saralash bosqichlari 2023-yil 1-maydan 1-iyunga qadar davom etadi.

📎 Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlar: http://admission.eyuf.uz

⚡️Tanlovda gʻolib boʻlgan stipendiatlarning xorijiy universitetlarda taʼlim olishlari uchun barcha xarajatlar Jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣"Talaba-Fest" taniqli san'atkorlar ishtirokida davom etmoqda.

Ayni damda sahnada "Daydi yorim" taronasi trendga aylangan xonanda Dilnoz qo'shiq kuylamoqda.

🎭 Oldinda tadbirga yig'ilganlarni yutuqli viktorina hamda QvZ jamoalarining chiqishlari kutib turibdi.

Hali dasturimiz davom etadi, barchangizni safimizga qo'shilishga chorlab qolamiz.

👉 Manzil lokatsiyasi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🔖 Xorijiy til sertifikatlari ro'yxati e'lon qilindi!

🎓 Oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikatlar ro'yxati tasdiqlandi!

Batafsil yuqoridagi rasmlarda ko'rishingiz mumkin.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Toshkentda 1-maydan metro va avtobus yo‘l kira narxi oshadi, shuningdek 6000 so‘m evaziga kun bo‘yi avtobus va Metroda yurish mumkin

➡️1-maydan boshlab jamoat transportida yangi tariflar joriy etiladi.

🟢YANGI tariflar:
🟢1 ta yo‘l (naqd) — 2 000 so‘m;
🟢1 ta sayohat (tanlangan) — 1800 so‘m;
🟢1 ta sayohat (ATTO) — 1600 so‘m;
🟢 kuniga cheksiz — 6 000 so‘m;

🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Ish haqi, pensiya va nafaqalar 7% ga oshiriladi

Prezident farmoni bilan 1-apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7%ga, 1-maydan mehnatga haq to‘lash miqdorlari 7%ga oshirilmoqda.
_____________________________

Stipendiyalar oshdimi?

Yo’q, Prezident farmoni bilan faqat byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar 7%ga oshyapti. Talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan.

Kontraktlar ham oshadimi?

Aslida qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak, chunki bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni aslida qoidasi bo’yicha mehnatga haq to’lash miqdori oshganda kontraktlar ham oshadi.

Lekin bu borada xulosaga biroz shoshmagan ma’qul. Sababi pandemiyadan keyin bir necha yildan buyon kontraktlar miqdori oshirilmayapti, eski holicha turibdi. Mehnatga haq to’lash miqdori bir necha bor oshgan bo’lsa-da, lekin kontraktlar oshirilmadi.

Yana ham bu bo’yicha sohaga mas’ullar rasmiy aniqlik kiritgani maqsadga muvofiq.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Imtihonda qo‘lga tushgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar rad etildi.

Ushbu video o'tgan yilgi matbuot anjumaniga tegishli bo'lib hozirda Adliya vazirligi tomonidan abituriyentlarni kirish imtihonlaridan chetlatish inson huquqlarini poymol qilinishi degan qarorga kelingan.

☝️Lekin bu degani, imtihonlarga shpargalkalar olib kirib, qing'ir yo'llardan foydalanishga urinavering degani emas. Katta hayotdagi ilm o'rganishga ilk qadamlaringizni halol yo'l bilan boshlang.

🎓 TalabaYoshlarAbituriyentlarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#MatbuotAnjumani

2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023-yildagi ustuvor vazifalar bo‘yicha matbuot anjumani

📆 Bugun 27-mart kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: Bilimni baholash agentligi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023-yildagi ustuvor vazifalar

Ishtirokchilar:

🎙M.Karimov – Bilimni baholash agentligi direktori;
🎙F.Mirzayev – Bilimni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i;
🎙J.Nurmatov – Bilimni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i.

❔ Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali va AOKAning facebookdagi sahifasida onlayn translyatsiya qilinadi.

🎓 TalabaYoshlarAbituriyentlarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Maktab bahosi o‘qishga kirishda hisobga olinadi. Bu tizim qanday ishlaydi?

Shu yilgi qabuldan boshlab maktab va o‘rta maxsus muassasalar bitiruvchilarining oxirgi 6 yillik baholari kirish imtihonlarida hisobga olina boshlaydi. “5” ga o‘qigan o‘quvchiga kirish imtihonida to‘plagan balliga 5 ball, “3” ga o‘qigan bitiruvchiga esa 3 ball qo‘shiladi. Lekin oldingi yillarda maktabni bitirib ketganlarga-chi? Ularga ham ball qo‘shiladimi?

👉 Batafsil o‘qish: https://kun.uz/uz/41322500

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Talabalarga ikkinchi kursdan boshlab ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

🟥Unga ko‘ra mazkur qaror qabul qilinsa:

➡️ oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan, oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi;

➡️ haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka o‘tayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi;

➡️ talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga faqat oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida ruxsat etiladi.

💠 Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ikki oy muddatda ishlash huquqini beruvchi sertifikat berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifalari yuklanadi:

🟢sertifikat beriladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati;
🟢sertifikatni ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qaysi kursdan boshlab berilishi;
🟢sertifikatni berishda inobatga olinadigan holatlar.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan stajirovka tizimi joriy qilinadi

🇺🇿 Prezident raisligidagi yig‘ilishda 1-iyundan boshlab “yoshlar daftari”ga kirgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan stajirovka tizimini joriy qilish topshirildi.

Yoshlar oʻrtasida IT, reklama, kino, arxitektura, dizayn, marketing, hunarmandchilik, rassomchilik kabi yoʻnalishlarga qiziqish ortib borayotganini hisobga olib, viloyat hokimlariga yil yakunigacha bittadan “Kreativ park” tashkil etish topshirildi. Ularda IT park rezidentlariga berilgan imtiyoz va yengilliklar qoʻllanadi.

🗣Bu maqsadlar uchun “Yangi Oʻzbekiston yoshlari tashabbuslari” jamgʻarmasi va elektron platformasi tashkil qilinadi. Jamgʻarmaga 100 million dollar yoʻnaltiriladi. Bu mablagʻlar iqtidorli yoshlarning eng yaxshi gʻoya, startap va loyihalariga qulay va yengil shartlarda, zarur boʻlsa, foizsiz va garovsiz ajratiladi.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Bu yildan sirtqi ta'lim shakli qabul amalga oshirilmaydigan ta'lim yo'nalishlari ro'yxati

2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarining ro'yxatda ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

☝️Ro'yxat ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Odatda bunday postlarni chiqarmas edim, chunki hozirda pul topish uchun o'zidan bechora "yasab oladiganlar" ham topiladi. Lekin yuqoridagi holatlar tekshirilgan, haqiqatda yordamga muhtoj insonlar.

Ramazon, savoblar ko'paytirilib beriladigan oyda saxovatpesha insonlardan yordam so'rab murojaat qilishibdi. Imkoningiz bo'lsa moddiy, agar bo'lmasa e'lonni boshqalarga tarqatib yordam bersangiz.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥Bir birodarimizning boshiga kulfat tushib, uylari yonib ketibdi. Ramazon oyida ehson qilish niyatida yurgan insonlardan yordam so'rab murojaat qildilar. Imkoniyati bor, sahiy boylar bo'lsa ushbu plastik kartaga pul o'tkazib yordam qilsangiz.

🪪 8600312953965973
👉 Islomov Behzod

📞Telefonlari: +998909597799

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 “Talaba”ning haftaligi:

🟢Dushanba — bugun og‘ir kun demak, dam olamiz.
🟢Seshanba — og‘ir kundan so‘ng dam olmasak bo‘lmas.
🟢Chorshanba — Gagarinni oyga uchganini nishonlaymiz.
🟢Payshanba — haftaning qoq o‘rtasi bugun o‘qisak charchaymiz.
🟢Juma — shunday ulug‘ kunda o‘qiymizmi?
🟢Shanba — kichik sinflardan nima kamimiz bor, o‘qimaylik.
🟢Yakshanba — iyee hamma dam oladi. Biz o‘qiymizmi ?

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Talabalar va barcha yoshlar diqqatiga!

Bugun, 6-aprel kuni soat 19:00 da
Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida estrada yulduzlari ishtirokida “Yoshlar sayli” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Barchasi mutlaqo bepul!

Tashkilotchilar takrorlanmas va unutilmas konsert va’da qilishmoqda. Albatta, borishni tavsiya qilamiz!

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🆕 Yangi ruchka-skaner – talabalar joniga oro kiradi

🖋 Olimlar ixtiro qilgan aqlli ruchka istalgan matnni telefoningiz yoki kompyuteringizga onlayn ko‘chiradi. Qizig‘i, bu qalam matnni 40 ta tilga tarjima qilishi ham mumkin.

🎓 Bu matohning qulayliklarini talabalaramiz bilsa, sessiya payti ayamasdan mustaqil ishlar tayyorlashga ishlatadi shunday-mi? SIzga ishlatgan bo'larmidingiz?

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Talabalar shaharchasida "Talaba-Fest" boshlandi. Barchaning kayfiyati maksimum darajada. Hammani taklif qilib qolamiz!

🎁 Hali oldinda syurprizlar juda ko'p. Viktorinada ishtirok etib, sovg'alar ham yutib olishingiz mumkin bo'ladi.

👉 Manzil lokatsiyasi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Talabalarga to‘lagan to‘lov–kontraktini 12 foizi qaytarib beriladi.

✅ Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga koʻra soliq toʻlovchining:
➖ professional taʼlim tashkilotlarida;
➖ oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

❗️Bu imtiyoz soliq toʻlovchi:
oʻzi uchun;
➖ 26 yoshga toʻlmagan farzandlari uchun;
➖ 26 yoshga toʻlmagan turmush oʻrtogʻi (eri yoki xotini) uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirgan summasiga qoʻllaniladi.

Mazkur imtiyoz soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari ajratgan taʼlim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Bu imtiyoz soliq toʻlovchining aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki kuyovi uchun qoʻllanilmaydi.

Batafsil: https://telegra.ph/Kontrakt-tolov-uchun-soliq-imtiyozi-01-18

🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Talabalarni qiynayotgan muammolar yuzasidan anonim so'rovnomada ishtirok etishingizni so'raymiz.

👉 https://forms.gle/2cvXhD2C18g9T7dx5

Ism-familiya yozilmaydi, hammasi anonim, muammolarni qo'rqmay boricha yozaveringlar.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

O‘zbekistonda qancha talaba rasmiy ravishda ijarada turadi?

🎓O‘zbekistonda 83.018 nafar talaba rasmiy ravishda ijarada turishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari soni 50.976 tadan, rasmiy ravishda ijarada turuvchi talabalar soni esa 83.018 nafardan iborat.

🟢Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 7,8 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

😳 Oʻzbekistonlik bokschi qizni yutgan raqib erkak boʻlib chiqdi

Hindistonda boks boʻyicha ayollar oʻrtasida jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi.

🥊66 kg vazn toifasida ishtirok etgan Hamidova chorak finalda jazoirlik Imane Helifga imkoniyatni boy bergan edi. Biroq keyinchalik jazoirlik bokschining genetik tekshiruv natijasida erkak ekanligi aniqlangan va diskvalifikatsiya qilingan. Shu tariqa uning oʻrniga Hamidova yarim finalchi sifatida qayd etildi.

🤦‍♂️Taʼkidlanishicha, Helif oʻtgan yilgi JCHda ham kumush medalini qoʻlga kiritgan. Hatto Olimpiya oʻyinlarida ham qatnashgan.

Shunaqasiyam bo'lib turar ekan...

🎓 TalabaYoshlarKimga yuborishni o'ziz hal qiling😅

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Nodavlat oliygohlarning litsenziyasi borligini qayerdan tekshirsam bo‘ladi?

Javob: Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi. Consultinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali haqiqiy yoki soxta ekanligini tekshirishingiz mumkin. Eng afzal yo‘li – taʼlim inspeksiyasining rasmiy web-sayti www.tdi.uz orqali litsenziyalangan oliy ta'lim tashkilotlarining ro'yxatini bilan tanishsangiz bo'ladi.

🎓 TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…
Подписаться на канал