talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Rossiyaning 8 ta hududidagi o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi

Tashqi ishlar vazirligi xulosasiga binoan, Ukraina Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi (Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar, Qrim, Sevastopol) hududlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishi O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishi ruxsat etilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi (ilovada).

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.

Belgilangan tartibda my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan, ammo ushbu tasdiqlangan ro‘yxatda ism sharifi keltirilmagan fuqarolar bo‘yicha tegishli tashkilot xulosasi kutilmoqda. Natijasi yuzasidan yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.

💾 Ro‘yxatni yuklab olish

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Jahongir Ortiqxo’jayev lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda

Yozishlaricha, prezident huzurida o‘tayotgan yig‘ilishda o‘z faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi bois Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi Farhod Abduraxmanov lavozimlaridan ozod etildi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥Hududlarda qishki ta’til yana 18-yanvarga qadar uzaytirilmoqda

🔴Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda hamda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida;

🔴Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida;

🔴Sirdaryo viloyatidagi viloyatdagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida;

🔴Xorazm viloyatidagi umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida;

🔴Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida;

🔴Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida;

🔴Namangan viloyatidagi umumta’lim maktablarida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda, barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar hamda oliy o‘quv yurtlarida dars jarayonlari 18-yanvardan boshlanishi ma’lum qilindi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥Bugun, 14-yanvar aslida qanday kun?

Siz uchun yuqoridagilarning qaysi biri mos tushadi, izohlarda javoblaringizni kutib qolamiz.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Oliy taʼlimning negizini innovatsiyalar tashkil qiladi

Buni oddiy qilib tushuntirib mumkin – oliy taʼlimning negizini iqtidorni kashf qilish, shakllantirish va hayotga yoʻnaltirish yotadi. Bu innovatsion rivojlanishni asosini tashkil qiladi va oʻz navbatida innovatsion rivojlanishni iqtidorlar taʼminlab beradi. Innovatsion faoliyat boshqaruvi iqtidorlarga shart-sharoit yaratish, ularni tabiiy rivojlanishi uchun raqobat va ragʻbat muhitini yaratishni maqsad qilmogʻi lozim. Iqtidorli yoshlar, xususan talabalardagi shijoat, xato qilishdan qoʻrqmaslik hissi innovatsiyalarga yetaklaydi.

Ibrohim Abdurahmonov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva nomidagi stipendiya ta’sis etildi

🎗Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida tahsil olayotgan talabalar uchun Munojat Yo‘lchiyeva nomidagi stipendiya ta’sis etildi.

👨‍🎓Mazkur stipendiya O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 2-kursni tugatgan bakalavriat hamda 1-kursni tugatgan magistratura talabalariga berilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, nomzod tanlov asosida saralanadi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Yangi o'quv yilidan qo'shma ta'lim dasturlari talabalarining kontrakti to'lab beriladi

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakt qiymatini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi

Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakti qiymatini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

🟢pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi;

🟢tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar bilan davlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi.

📄 Asos: PQ-289-sonli Prezident qarori (21.06.2022)

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💸 Energetika vazirligi murojaati: Qishdan chiqib olish uchun hammamiz birgalikda energiyani iqtisod qilaylik

«Xatolarimiz sababli sovuqqotyapmiz. Ammo hozir, shu lahzada, bir musht boʻlib, jamiyat boʻlib qish sovugʻidan oʻtib olmasak boʻlmaydi. Bu bizning qoʻlimizdan keladi. Har birimiz energiyani iqtisod qilishga urinsak, talafotlarni kamaytirishimiz mumkin boʻladi».

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi buyurtmasi bilan yaratilgan animatsion murojaat.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Bugundan ayrim oliy ta'lim muassasalarida o'qish boshlanishi kerak!

Qishki ta'til nima sababdan uzaytirilgani haqida yuqoridagi audioda xabar berilgan.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#rasman

Andijon va Xorazm viloyatidagi ta'lim muassasalarida ertadan o'qish boshlanadi!

Quyidagi OTMlarda ertadan o'qish boshlanishi e'lon qilindi:
🟢O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali
🟢Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali
🟢Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Ayrim OTMlarda 11-yanvardan darslar boshlanishi mumkin

🟥Ijtimoiy tarmoqlarda 11-yanvardan darslar boshlanishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Ammo, bu barcha oliy ta’lim muassasalariga talluqli emas.

Bunda viloyat hokimlari o‘zining hududidagi ob-havo sharoitidan kelib chiqib, istisno tariqasida, o‘qishni davom ettirish yoki vaqtinchalik ta’til berish chorasini ko‘rishi mumkin.

Ammo, hozirga qadar bu bo'yicha hali vazirlik va OTM rasmiylari tomonidan xabar berilmadi. Xabar berilishi bilan kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Magistratura

❗️Bugun magistraturaga hujjat topshirishning so'nggi kuni!

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishi kerak.

🟥Kerak bo'ladigan hujjatlar:

🟢Shaxsiy ma'lumotlar (pasport);
🟢Tugatgan ta'lim muassasasi (diplom va ilova pdf shaklda yuklanadi 10MB dan oshmasligi kerak);
🟢Mutaxassislikni tanlash (topshirishi kerak bo'ladigan OTM nomi va yo'nalishi kiritiladi)
🟢Sertifikatlar (IELTS, CEFR va h.z)

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#dushanba_tongi

Budilnikdan qutilish yoʻli — Uyquni juda yaxshi koʻradigan, erinmagan muhandis talaba.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

☝️Talaba boʻlishda 41 ta imtiyoz borligini bilasizmi?

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi majlisi 10-son bayoni bilan “Davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona reyestri” tasdiqlandi.

🟥Undan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:
🟢Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
🟢Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
🟢Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
🟢Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
🟢Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
🟢Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

📌 Shuningdek, reyestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Toshkent shahrida kuchli shamol esib, yomg‘ir yog‘ishni boshladi

YHXX haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lishlarini, transport vositalarini daraxt yoki kuchli shamolga chidamsiz vositalar yaqinida qoldirmaslikni so‘radi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Qarzdorlik uchun xonadonlar elektr va gazdan uzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

🟥Prezident vaziyatni oʻnglash boʻyicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.

➡️Bosh vazir A.Aripov va energetika vaziri J.Mirzamahmudovga bor imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam koʻrsatadigan tizim yaratish topshirildi.

➡️Kelgusida bunday vaziyatga yoʻl qoʻymaslik uchun hozirdan aniq choralarni belgilash, yaʼni qayerda gaz boʻlmasa, suyultirilgan gaz yoki koʻmir yetkazishni bugundanoq hal qilish vazifasi qoʻyildi.

➡️Ikki oy muddatda xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelib, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash vazifasi qoʻyildi.

➡️Energiya taʼminotida qayerda uzilish boʻlgan boʻlsa, uning sabablarini koʻrsatib, oqibatlari qancha muddatda bartaraf etilishini odamlarga tushunarli tarzda yetkazish zarurligi qayd etildi.

➡️Bugungi sovuq kunlarda qarzdorlik deb, xonadonlarni elektr va gazdan uzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi taʼkidlandi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Sessiya balosi...

Talabalarga yuborib qo'yamiz. Yana bir shedevr, ba'zi bir vijdonsizlarga ataladi.

🟢O'ylaymizki, hozirda bunday holatlar anchagina kamaygan, nasib qilsa yaqin yillarda bunday holatlar umuman yo'qolib ketadi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#infografika

💪 Markaziy Osiyo davlatlari hamda O‘zbekiston armiyasi qudrati raqamlarda

Bugun mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganiga 31 yil to‘ldi va bu vaqt ichida Markaziy Osiyoda harbiy salohiyati, texnikalari bo‘yicha eng kuchli armiyaga aylandi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿Qadrli yurtdoshim, do‘stim, akalarim va ukalarim, 14-yanvar "Vatan himoyachilar kuni" bilan barchangizni muborakbod etaman.
Oilangizning, vatanimizning mustahkam suyanchi va tayanchi bo‘lib yurish nasib qilsin!!

💪Bizning mard va jasur harbiylarimiz bor ekan, yurtimiz tinchligiga hechkim rahna sololmaydi!

🇺🇿 O'zbekning mard va jasur o'g'lonlari bayramingiz muborak bo'lsin!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Imtiyozli taʼlim krediti endilikda yillik 15% stavkada ajratiladi (xotin-qizlarga 0%)

🕐 Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga yillik 0%, yigitlarga esa yillik 15% stavkada, rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga qaytarib to‘lash sharti bilan ajratiladi.

💠Imtiyozli taʼlim kredit Asakabank, O‘zsanoatqurilishbank, Oriyent Finans Bank, Qishloqqurilishbank, Aloqabank, Ipoteka-bank, Agrobank, MKBank, O‘zmilliybank, Turonbank, Xalq banki va Hamkorbanklar tomonidan ajratilmoqda.

Maʼlumot uchun, imtiyozli taʼlim kreditlari istisno taʼriqasida 2022-yil oxirigacha yillik 14% stavkada ajratilgan.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Kioto universiteti talabalariga bitiruv marosimiga xohlagan kiyimlarini kiyishga ruxsat beradi

🇯🇵 Yaponiyaning eng yirik universitetlaridan biri bo’lgan Kioto universitetida (dunyodagi barcha universitetlar orasida 68-o’rinni egallaydi) har yili bitiruv marosimida nafaqat talabalarning qarindoshlari, balki yuzlab fotosuratchilar va jurnalistlar to’planishadi.

➡️Buning sababi bor – Kioto universiteti Kioto shahar san’at universiteti bilan birgalikda rasmiy ravishda o’z talabalariga bitiruv marosimida xohlagan kiyimlarini kiyishga ruxsat beradi.

Bizni oliygohlarda ham shunday imkoniyat berilsa, bitiruv marosimiga qanday kiyim kiygan bo'lar edingiz?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#talabaga_qulaylik

HEMISda
talaba uchun yana bir qulaylik

Talaba kabinetining asosiy sahifasidagi tezkor murojaat ikonkalaridan qulay foydalanish uchun ular 4 guruhga ajratildi:

1️⃣ Fanlar va resurslar — bu guruhda oʻquv reja, dars va nazorat jadvallari, fan tanlovi va fan resurslaridan foydalanish mumkin.

2️⃣ Oʻquv faoliyati — bu guruhda talabaning davomat va oʻzlashtirishi, imtihonlar va reyting daftarchasidan foydalanish mumkin.

3️⃣ Qayta oʻqish — bu guruhda qayta oʻqishga ariza berish, qayta oʻqishning dars va nazorat jadvali hamda oʻzlashtirish natijasidan foydalanish mumkin.

4️⃣ Hujjatlar roʻyxati — bu guruhda talaba faoliyatida zarur boʻladigan hujjatlarga soʻrov berish va hujjatlardan foydalanish mumkin.

Ma’lumot oʻrnida, oliy ta’limni raqamlashtirish orqali oʻquv jarayoniga taalluqli 30 ga yaqin qogʻoz hujjat elektron shaklga oʻtkazilgan.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#raqamlashtirish

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida ishga tushirilgan interaktiv onlayn:

🟢 diplom.edu.uz – davlat oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilarning diplomlari elektron nusxasini olish.

🟢 onlayndars.uz — IT va dasturlash, kompyuter grafikasi, moliya va biznes hamda xorijiy tillar yo‘nalishlarida kurslar jamlanmasi;

🟢 e-kasb.uz kasb-hunar platformasi — 24 ta mutaxassislik bo‘yicha bepul onlayn darslar;

❗️Asosiysi, xizmatlar qulay va bepul.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.

Ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida har bir taʼlim muassasasida kecha-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat “Shtab” tashkil etiladi. Anomal sovuq boʻlishi kutilayotgan 10–18-yanvar kunlarida barcha taʼlim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlar oʻtkazish taʼqiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi taʼminlanadi.

Taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-oʻquvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini taʼminlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladilar. Oʻquv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari toʻla inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi.

Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi.

❗️Alohida taʼkidlaymizki, 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.

Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Tezkor xabar: Manbalarning aytishicha Farg’ona vodiysi, Samarqand va Xorazm viloyatlarida ertadan ta’lim muassasalarida o’qishlar boshlash bo’yicha tavsiya berilgan.

OTMlar o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib darslarni boshlash yoki boshlamaslikni o’zlari hal qilishadi.

🟥Kelgan xabarlarga ko’ra koʻp viloyatlar havo yaxshi boʻlib tursa, oʻqishga ruxsat berishi haqida aytishgan. Bu asosan vodiy viloyatlariga tegishli, chunki ularga hali qor yetib borganicha yoʻq.

Masalan, Andijon viloyati hokimligi oʻquv binolari va talabalar turar joylari oʻquv jarayonlarini boshlash uchun shay holatga keltirilganini aytib, ertadan dars boshlanishiga ishora qilgan.

Voqealar rivojini ko'raveraylik-chi nima bo'lar ekan...

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#anomal_sovuq

Qattiq sovuqda ko‘chada qanday isinish mumkin?
Muzlab qolish yoki sovuq urishning oldini olish uchun ehtiyot choralari
Sovuq urganda nima qilish kerak batafsil yuqoridagi infografikada

Sovuq urish belgilari:
🟢sezuvchanlik yo‘qoladi
🟢sanchib og‘rish va achishish boshlanadi
🟢teri oqaradi — bu 1-darajali sovuq urish
🟢qavariqlar paydo bo‘ladi — bu 2-darajali sovuq urish (isingandan keyin, ehtimol 6—12 soat o‘tgach aniqroq ko‘rinadi)

Sovuq urganda NIMA QILMASLIK kerak:
🔴e’tiborsiz qoldirmaslik
🔴uqalamaslik
🔴birdaniga isitmaslik
🔴spirtli ichimlik ichmaslik

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Assalomu alaykum, do'stlar sizlarga bir iltimos bilan murojaat qilmoqchiman.

Bir yaqin qarindoshimizda saraton (rak) kasalligi aniqlandi. Hozir bizga topilishi qiyin bo'lgan Sandostatin Lar 30mg r-r dlya in’yeksiy dorisi juda zarur.

🟥Toshkent shahrida va yaqinroq viloyatlarda yashaydigan do'stlarimizdan iltimos bo'ladi, yaqin atrofingizdagi dorixonalarga kirib ushbu dori bor yoki yo'qligini va narxini bilib bersangiz.

Shuni aniqlab, @tyadmin97 profiliga dorixona lokatsiyasi bilan yuborsangiz juda katta yordam qilgan bo'lar edingiz.

🤲 Bemorni haqiga duo qiling, Alloh shifo berib tezroq sog'ayib ketsinlar, ushbu e'lonni yaqinlaringizga ham ulashishingizni so'rab qolaman.

Hurmat bilan Izzatxo'ja Asomiddinov

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_tanlov

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.

Yakunda 30 nafar ishtirokchilar tanlovning g‘olib va sovrindorlari deb topiladi va tashkilotchilar tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
🔵2-3-o‘rinlar – 4 million so‘m va II darajali diplom;
🔵4-6-o‘rinlar – 3 million so‘m va III darajali diplom;
🔵7-10-o‘rinlar – 2 million so‘m va sertifikat;
🔵11-20-o‘rinlar – 1 million so‘m va sertifikat;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – 1 million so‘m va sertifikat bilan taqdirlanadi.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Qishki ta’tilni bekor o‘tkazmasdan, qo‘lingizga kitob oling. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Minglab yoshlar xorijda o‘qishni tanlashmoqda. Eng ko‘p borilayotgani esa qo‘shni davlatlar

🟥Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 11 oyida 138,9 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida xorijga chiqqan.

➖ Qirg‘izston – 52 291 kishi
➖ Tojikiston – 47 213 kishi
➖ Rossiya – 13 128 kishi
➖ Qozog‘iston – 10 646 kishi
➖ Turkiya – 5 265 kishi
➖ Janubiy Koreya – 4 645 kishi
➖ AQSH – 987 kishi
➖ Buyuk Britaniya – 971 kishi
➖ Belarus R. – 928 kishi
➖ Germaniya – 772 kishi

Yaqin xorij mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari e’lonlarida imtihonlarning nisbatan yengilligi, yoki umuman kirish imtihonlarining yo‘qligi, kontrakt narxini pastligiga alohida urg‘u beriladi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🚇chipta.railway.uz sayti serverlari ortiqcha yuklangan holatda ishlayotgani sababli onlayn navbat joriy qilindi

🟥Barcha bo‘g‘indagi oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddatlari joriy yil 18-yanvarga qadar uzaytirilgani sababli bugungi kunda talabalar tomonidan joriy yilning 7-8-9 yanvar kunlariga onlayn tarzda xarid qilingan chiptalarni boshqa muddatlarga almashtirish maqsadida talaba yoshlar chipta.railway.uz saytidan foydalanishmoqda, bundan tashqari shu vaqtning o‘zida, boshqa yo‘lovchilar ham onlayn chiptalarni sotib olish harakatida, temir yo‘l kassalarida ham ushbu tizimdan foydalanilmoqda va shu bois, veb-sayt serverlari ortiqcha yuklangan holatda ishlamoqda.

🟢Mazkur vaziyatda, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida veb-saytda onlayn navbat joriy qilingan. Hozirda ushbu tizimning o‘rnatilgan tartibda ishlashi kuzatilmoqda.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ tizimdagi nosozliklari uchun uzr so‘radi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…
Подписаться на канал