talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

“Universitet” va “institut” oʻrtasidagi farqlar nimalardan iborat?

💠Talaba-yoshlarimiz orasida “universitet” va “institut” oʻrtasida nima farq bor degan savollar koʻp uchraydi. Hozirgi kunga qadar quyidagi xalqaro amaliyot asrlar davomida shakllangan…

🏛 Universitet bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti sanaladi. Ayrim mamlakatlarda, kamida 7 ta yoʻnalish boʻlishi kerak.

🏢 Institut esa maʼlum bir taʼlim yoʻnalishiga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtidir.

🟢“Universitet” tushunchasi “institut” tushunchasidan koʻra kengroq. Ta’lim imkoniyatlari va oʻquv kurslari jihatidan dunyoning barcha mamlakatlarida universitet eng yuqori taʼlim muassasasi hisoblanadi.

🟢Universitet ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi. Gʻarb mamlakatlarida odatda institutlar universitet tarkibida boʻladi. Universitetlar institutlarga qaraganda kengroq akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega.

🌐 Shuni e’tiborga olish zarurki, zamonaviy dunyoda ish beruvchilarning aksariyati universitet va institut oʻrtasidagi farqlarga ahamiyat berishmaydi. Eng muhim omil – bu bitiruvchi tomonidan oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalar, samara va ishga ishtiyoq.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Talaba aldamaydi, u dilidagini tiliga chiqaradi. Talabani qalbiga qo'l solish kerak.

🎓 Kecha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistrlar uchun oʻtgan mahorat darsi yuzasidan intervyu berib, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarini qonunchilik asosida ilmiy va pedagogik faoliyat ko‘rsatishlariga chaqirdi.

❓Siz nima deb o'ylaysiz, rektorlar, prorektorlar ham talabalarga dars o'tishi kerakmi? Bu orqali nimalarga erishish mumkin?

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat: Sog'ligi eng yomon bo'lgan yoshlarga subsidiya ajratiladi!

🟥Ijtimoiy tarmoqlar orqali davolanish uchun o‘tkazilayotgan turli xayriyalarni tez-tez uchratib turamiz. Mana shunday paytlarda davlat tomonidan eng og‘ir sharoitdagi yoshlarimizga moddiy yordam ko‘rsatib, ularning salomatligini tiklashida hamda ota-onasini qo‘llab-quvvatlashda ko‘mak berish uchun “Yoshlar daftari” tizimi orqali subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

🟢Bunda moddiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 yoshdan oshmagan bemor fuqarolarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda (hozirda 15 000 000 so‘m) subsidiya ajratiladi. Bugunga qadar mazkur tizimga ishonib, 2148 nafar yosh davolanish bilan bog‘liq xarajatlari uchun murojaat qilgan va bu hozirda 15,5 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.

Eng og‘ir sharoitdagi yoshlarimizning davolanishi uchun yordam berib, ularni qo‘llab-quvvatlaganimiz bizni ham xursand qiladi.

👉 Imkoniyatdan foydalanish

©️ Alisher Sadullayev

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💻 Oliy Majlis Senatining senat.uz saytiga buzib kirgan hakerlar 14 yoshli bola boshchiligidagi jamoa bo‘lib chiqdi

🟥MarshGolden deb nomlanuvchi hakerlar jamoasi yetakchisi o‘zining My5 telekanaliga bergan intervyusida 2-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining senat.uz saytiga hujum qilishganini tan oldi:

"2-noyabr kuni soat 11:00 da saytdagi zaiflik hali ham bartaraf etilmagani sababli, davlatga undagi zaiflikni ko‘rsatib qo‘yish maqsadida kiberhujumni amalga oshirdik", – deydi shaxsi oshkor qilinmagan haker.

💻14 yoshli jamoa yetkachisining aytishicha, u 2019-yildan boshlab kiberhujumlar uyushtirishni boshlagan:

"Ilk marta kundalik.com'dan boshlaganmiz. U payt ancha zaif edi. Saytga buzib kirib, baholarimizni to‘g‘rilab olganmiz. O‘shandan keyin jamoa yig‘ib, hamma bilan hujum qilishni boshlaganmiz.", – deydi MarshGolden yetakchisi.

🟢Yosh hakerning qo‘shimcha qilishicha mamlakatimizda hali kiberxavfsizlik endi kirib kelgan va hali rivojlanmagan, shu sababli O‘zbekiston saytlarida zaifliklar ko‘p. Shuningdek, yosh haker agar sharoitlar yaratib berilsa davlat uchun ham xizmat qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Maktablarda masofaviy taʼlim tajriba-sinovdan oʻtkaziladi

Xalq taʼlimi vazirligi 2022-2023 oʻquv yilining ikkinchi choragidan boshlab “Online maktab” dasturi boʻyicha masofaviy taʼlim jarayonlarini tajriba-sinov tariqasida oʻtkazmoqda.

❓ Unda kimlar ishtirok etadi?
Masofaviy taʼlim jarayonida Toshkent shahar maktablarida tahsil olayotgan 60 nafar 7-sinf oʻquvchilari saralab olinadi.

❓ Tanlov jarayonlari qanday tashkil etiladi?
✅ Oʻquvchilarni saralash jarayoni 2022-yil 5-noyabr kuni oʻtkaziladi. Unda oʻquvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash boʻyicha boshlangʻich sinov (kirish testi) oʻtkaziladi.
☝️ Sinov natijalariga koʻra, masofaviy taʼlim olishga moʻljallangan har biri 30 nafar, jami 60 nafar oʻquvchidan iborat, taʼlim oʻzbek va rus tillarida olib boriladigan 2 ta sinf tashkil etiladi.

❓ Masofaviy taʼlim qay tartibda olib boriladi?
✅ “Online maktab” maxsus platformasida umumtaʼlim maktablarining 7-sinflari uchun davlat dasturi doirasidagi barcha fanlar boʻyicha onlayn dars materiallari jamlangan. Platformadagi har bir videodars davomiyligi 9 daqiqagacha davom etadi. Oʻquv dasturlarini ekranda oʻrganayotgan oʻquvchilarga har 20 daqiqadan soʻng tanaffus beriladi.

❓ Oʻquvchilarni baholash
✅ Oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirib borish koʻrsatkichlari test, ijodiy va boshqa turdagi topshiriqlardan olgan 1 dan 5 gacha boʻlgan ball tizimida olib boriladi. Oʻquvchilarning baholash yakunlari sinf jurnallarida qayd etib boriladi.

©️ Xushnudbek Xudoyberdiyev

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💠"Menga amal bering!" — yoxud kursiga oshiq yoshlar...

❓Sizga ham shunday tuyuladimi: bugun kursiga, amalga o‘ch yoshlar ko‘paygan. Lekin hamma kursi egasi bo‘lishni istasa, ixtirolar, kashfiyotlarni kim qiladi, kitoblarni kim yozadi..?

🟢Yoshlar orasida olim, uchuvchi, kosmonavt, ixtirochi yoki boshqa noodatiy kasbni egallash istagidagilarni topish qiyin. Pul va amal ilinji esa bog‘cha bolasining ham miyasiga mustahkam joylashgan.

☝️“Buyuk ixtirolar mening xayollarimdadir", degandi Eynshteyn. Ha, barcha kashfiyot-u asarlar o‘sha "uchib" yuradigan oddiy xayollar orqali tug‘iladi. Ammo bugun xayolparast yoshlarni uchratish amrimahol. Axir ular kichiklikdan pul topish va yaxshiroq kursiga o‘rnashish kayfiyatida ulg‘aytirilmoqda.

🟥So‘nggi yillar o‘zbek jamiyatining ongiga amalni boylik va hashamatli hayotning kafolati deb biladigan stereotip o‘rnashdi. Dunyo milliarderlarining pul bu – g‘oyalar, degan fikri, o‘zbek jamiyatida pul bu – amal degan tushunchaga almashdi. Amaldorlarning boylar kabi turmush kechirishi, olimlarning amal-taqal qilib kun ko‘rishi ham bu stereotipni mustahkamladi.

Bugun internetni kuzatib, yoshlar psixologiyasi, ularning xohishlarini bilish oson. So‘nggi rusumdagi mashina, ofisdagi kursi, galstuk taqqan jentelmen, sochilgan dollarlar tasviri— bular yoshlarning sahifalarida aks etayotgan suratlar.

🤔 O‘zi ishlayotgan tashkilotning binosi, o‘tirgan kursisini ham suratga olib ko‘rsatish urfga kirdi. Bir qarashda oddiy holday tuyulsa-da, bu jamiyatdagi kayfiyatni ifodalaydi. Inson ruhiyatini o‘rgangan olimlar o‘z sahifasiga tashkilot binolarining suratlarini aks ettirishni tuzilmalarga sodiqlik, kumirlik, ixtiyoriy mahkumlik, deb baholaydi.

☝️Bugun erkiga, fikriga emas, nari borsa, o‘zi ishlayotgan binoga sadoqatli avlod ko‘pchilikni tashkil qilmayaptmi? Ya’ni umuminsoniylik prinsipiga emas, qaysidir tuzilmaning va o‘zining manfaatiga xizmat qiladigan avlodning salmog‘i ortayotganday... Albatta, boylik, shon-shuhrat va amalga intilish barcha mamlakatlarda mavjud. Ammo menimcha, bizda miqdor me’yordan buzilgan.

Xullas, sizni bilmadim-u bugun men yoshlarning xatti- harakatini kuzatib, ularning "Menga amal bering!"degan hayqirig‘ini eshitayotgandayman...

©️Maftuna Karimova, jurnalist.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💠Kontrakt to‘lovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxslarning daromadi soliqqa tortilmaydi.

🟥Mazkur imkoniyatdan 26 yoshga to‘lmagan farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan ota-onalar, 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar va yoshidan qatʼiy nazar daromad oluvchi (rasman ishlayotgan) talabalar foydalanishlari mumkin.

Ushbu imkoniyat o‘z mablag‘lari, jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari va yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar (ssudalar) hisobidan o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganda taqdim etiladi.

🧮 Hisoblaymiz: masalan, hali 26 yoshga to‘lmagan talabaning yillik to‘lov-kontrakti miqdori 10 mln so‘m. Uning otasi 5 mln so‘m oylik olsa va shu oyligidan farzandiga kontrakt to‘lasa, undan daromad solig‘i (12 foiz yoki 600 ming so‘m) olinmaydi. Shunda bu talabaning otasi 10 mln so‘m kontrakt to‘lasa, 1 200 000 so‘m yutadi.

❓Ota-onalar, talaba-yoshlar, kontrakt to‘layotganda mazkur imkoniyatdan foydalanganmisiz?

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💻 Ham dasturlashni o‘rganib, ham kompyuterga ega bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat!

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 7,5 million so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

🟥Dasturlashni o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach kreditga kompyuter xarid qilish mumkin. Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Talaba bo'lishga ulgurmadingizmi?
✅Sizda NMD group support yordamida talaba bo'lish imkoni bor.

📣 Rasman 2022-2023-o'quv yili uchun O'zbekistonda joylashgan Oliy ta'lim muassasalariga qabul davom etmoqda.

🔰Quyidagi yo'nalishlar uchun qabul davom etmoqda:
▪️ IT;
▪️ Iqtisodiyot;
▪️ Boshlang'ich ta'lim;
▪️Maktabgacha ta'lim;
▪️Pedagogika va psixologiya;
▪️Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
▪️Xorijiy til va adabiyot (Ingliz tili, rus tili)
.

🔸 Ta'lim shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi
🔸 Ta'lim turi: online va offline
🔸 Kontrakt 9 milliondan boshlanadi
🔸 Hujjatlar 5- noyabrgacha onlayn qabul qilinadi

🎓 Firma to'lovi: 2.5 million so'm;
🎓Perevod uchun: 3 million so'm;

📥Murojaat uchun:
📞 +998-99-259-22-02 | Toshkent
📞 +998-93-560-26-28 | Vodiy
📞 +998-99-259-22-02 | Qashqadaryo
📞 +998-93-560-26-28 | boshqa viloyatlar

🌐 @nmd_support_adminn

♻️ Shoshiling joylar soni chegaralangan

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat: Xalqaro til sertifikati imtihon xarajatlari qoplab beriladi!

🟥2021-yil 1-maydan IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi 5 ta; 2022-yil 1-yanvardan esa arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida (jami 18 ta) yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari kompensatsiya qilib berilmoqda.

☝️Mazkur tizim raqamlashgan boʻlib, xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlar my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin. my.gov.uz portalida ma'lumotlar doim yangilanib boradi. Shuningdek, siz ham buni doimiy ravishda ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

👉 Batafsil maʼlumot

Maʼlumot uchun, bugungacha ushbu imkoniyatdan jami 9133 nafar yoshlar foydalangan boʻlib, kompensatsiya qilib berilgan mablagʻ 16,2 mlrd soʻmni tashkil qilmoqda.

©️Alisher Sa'dullayev

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat: “Talabaga madad”

“Talabaga madad”
loyihasida mahallalardagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan (hozirda 15 mln so‘m) miqdordagi qismi to‘lab beriladi.

🟥Bu imkoniyat O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat, xorijiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun amal qiladi.

“Yoshlar daftari”ga kirish uchun ortiqcha ovora bo‘lib yurish shart emas. Tizim raqamlashgan bo‘lib, https://yoshlardaftari.uz/ platformasi orqali onlayn ariza yuborishingiz yoki 24/7 faoliyat ko‘rsatadigan 1093 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, loyiha doirasida bugungacha 30 mingdan ortiq talabalarning kontrakti to‘lab berildi.

©️Alisher Sa'dullayev

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#yaxshi_kayfiyat
Sizning oliygoh talabalarida holat qanday? Izohlarda yozib qoldiring...

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#yaxshi_kayfiyat
Stipendiya miqdoriga qarab 🎻skripka chaluvchi talaba...
Stipendiyalarni oshiraversakmikina

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Sizlarga bir savol bilan yuzlanmoqchiman.

☝️Savob uchun, haqiqatda qiynalgan, otasi yo'q, ro'zg'or o'zini bo'ynida, lekin kontraktda o'qiydigan, endi kontrakt to'layman deb pul yig'ib qo'yganida onasi kasal bo'lib, usha pullarni onasini davolatish uchun ishlatgan bir talabaga yordam berib, savob olishga nima deysiz?

Men o'zim shaxsan tekshirdim, haqiqatda qiyin ahvolda, lekin kimligini oshkor qilmayman. O'zini hijolat qilish niyatim yo'q. 7.472.630 so'm to'lanishi kerak.

Shu talabaga imkomizdan kelib chiqib yordam qilib, kontrakt pulini to'lab berolamizmi nima deysizlar? Kanalimda mingta aktiv obunachi bor deb hisoblasak, har birimiz 10 mingdan yig'sak ham shu pul yig'ilib qolar ekan. Ko'proq savob olmoqchi bo'lganlar ko'proq bersa ham bo'ladi.

O'sha talabaning o'zini bu gaplardan xabari yo'q. Pul to'liq yig'ilsa, syurpriz bo'ladi. Musulmon birodarini mushkulini oson qilganni, Alloh mushkulini oson qiladi.

Menimcha menga ishonasizlar, bu gaplarimda hech qanday yolg'on yo'q. Pulni o'zimni kartamga o'tkaziladi, o'zim borib kontraktini to'layman. Nima deysizlar, yordam qilamizmi?

👉 9860 1901 0214 9118
👤 Izzatkhuja Asomiddinov

Yordam qilish istagidagilar yuqoridagi plastik kartaga ehsonlarini o'tkazishlari mumkin. Savollar bo'lsa @talabayoshlar_admin profildaman

©️ Izzatxoʻja Asomiddinov

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

👨‍🏫 Bir kuni Albert Eynshteyn doskada masala yechdi:

9 x 1 = 09 9 x 6 = 54
9 x 2 = 18 9 x 7 = 63
9 x 3 = 27 9 x 8 = 72
9 x 4 = 36 9 x 9 = 81
9 x 5 = 45 9 x 10 = 91

Toʻsatdan zalda tartibsizlik paydo boʻldi, chunki Albert Eynshteyn bitta masalani notoʻgʻri yechgan edi, 9 x 10=91. Barcha oʻquvchilari uni masxara qilishdi.

🟥Eynshteyn hamma jim boʻlishini kutdi va shunday dedi: Toʻqqizta savolni toʻgʻri tahlil qilgan boʻlsam ham, hech kim meni tabriklamadi, lekin men bitta savolni notoʻgʻri yechganim uchun hamma ustimdan kuldi. Demak, agar inson juda muvaffaqiyatli boʻlsa ham, odamlar koʻziga uning eng kichik xatosi koʻrinadi va koʻpchilik bundan «zavqlanadi».

☝️Hayotda hech qachon xato qilmaydigan yagona odam – hech narsa qilmaydigan odamdir.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Do‘stlar diqqat e’lon!

Ertalab 9:00 dan kechgi 16:00 gacha ish, shanba-yakshanba dam.
💰Maosh 12 million so‘m.
Shu shartlar bo‘yicha ish izlayotganlar bo‘lsa menga bog‘lansin, men ham izlayapman, birga qidiramiz. 😅

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_tanlov

🎓 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan TalabaYoshlar jamoasi yangi "Talabalar tanlovi"ni e'lon qiladi!

💠 Tanlov bayram kuni, ya'ni 17-noyabr soat 23:59 da yakunlanadi va tanlovda eng ko'p ball yig'gan 15 ishtirokchi pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🟢1-o'rin 3 nafar — har biri 1 million so'mdan;
🟢2-o'rin 3 nafar — har biri 700 ming so'mdan;
🟢3-o'rin 3 nafar — har biri 500 ming so'mdan;
🟢4-o'rin 3 nafar — har biri 300 ming so'mdan;
🟢5-o'rin 3 nafar — har biri 100 ming so'mdan.

✅Bundan tashqari tanlov davomida kamida 10 ball yig'gan ishtirokchilar ichidan 30 nafari ham qo'shimcha sovg'alar, 65 GB hajmli fleshka, AirPods va 10000W sig'imli Powerbank qurilmalari bilan taqdirlanadi.

🏆 Hurmatli talaba-yoshlar tanlovda faol bo‘ling va pul yutuqlari yoki 30 ta sovg'alardan birini yutib oling. Barchaga omad!

👉TANLOVDA ISHTIROK ETISH👈

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🤲 Saxiy insonlarning yordami bilan bir qiynalgan talabaning kontrakti to'lab berildi!

🟥 Eslasangiz, kanallarim orqali otasi vafot etgan, kontraktga yig'gan pullarini onasini davolatishga sarflashga majbur bo'lib, qiyin ahvolga tushib qolgan talabaning kontraktini to'lashga pul to'playotganim haqida xabar bergandim. Kecha shu talabaning kontraktini to'ladik.

💠 Sizlarning ehsonlaringiz orqali 2.610.000 so'm pul yig'ildi. Bir saxiy insonga holat haqida aytgandik, ular kontraktni 5 million so'mini o'zlari to'lab berdilar (ismlarini oshkor qilmaymiz). Qolgan qismini esa meni kartamga yig'ilgan puldan to'ladik (cheklar yuqoridagi rasmda).

🙂 Talabaning o'zi bu haqida bilmas edi, kontakti to'langanini eshitgach qanchalik xursand bo'lishini tasavvur qilib ko'ring-a... To'lovni aynan muborak Juma kuni amalga oshirdik. Alloh barcha ehson qilganlarni ajrini ko'paytirib bersin.

🤔 Aytgancha, yig'ilgan puldan 113 ming ortib qoldi, uni biror masjid qurilishiga ehson qilsak, qarshi bo'lmasangiz, albatta. Chunki masjiddagi hattoki har bir g'isht qiyomatgacha ehson qilgan kishiga salovat aytib turadi deb eshitgandim.

Fake bo'lmagan biror masjid qurilishiga pul yig'ilayotgan e'lonni ko'rgan bo'lsangiz xabar bering, pulni o'tkazvoramiz.

©️ Izzatxoʻja Asomiddinov

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#tanlov #wayu

"Xavfsiz Migratsiya" tanlovining 2-soniga start berilmoqda

"Xavfsiz Migratsiya" mavzusiga oid test savollariga javob bering va simsiz quloqchin hamda dunyo bestseller kitoblarini yutib oling!

Tanlov shartlari:
1. @wayuuz telegram sahifasiga obuna bo‘ling;
2.
Havola orqali berilgan test savollariga javob bering;
3. Yutuqlarni qo‘lga kiriting.

🎊 Yutuqlar:
Simsiz quloqchin Xiaomi Mi
• Otabek Hasanov: Liderlar kitobi
• Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms Alan: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari
• Xans Rosling, Ola Rosling, Anna Rosling Rennlund: Factfulness
• Jeyms Klir: Atom odatlar
• Deyl Karneg: Do‘st orttirish
• Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
Jadidlar to‘plami (2022) 📚

🔔 Tanlov 29-noyabrga qadar davom etadi. 10 nafar g‘oliblar @wayuuz telegram sahifasida e’lon qilinadi!

O‘z bilimingizni sinab ko‘ring va yutuq egasiga aylaning!

Telegram kanalimizga obuna boʻling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Xalqaro_forum

🏨 115 mln dollarlik 18 000 oʻrinli talabalar turar joyini qurish boʻyicha maslahat xizmati bitimi imzolandi

Ayni damda Samarqandda dunyoning rivojlangan mamlakatlari yetakchi xalqaro iqtisodchilari, nufuzli investorlar va ekspertlarni jamlagan II Oʻzbekiston xalqaro iqtisodiy forumi boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu anjumanda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida loyiha qiymati 115 mln dollarlik jami 18 000 oʻrinli 17 ta talabalar turar joylarini qurish boʻyicha Maslahat xizmati bitimi imzolandi.

Hujjatni imzolashda tomonlardan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Barqaror infratuzilma siyosati va loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha direktori Mesyu Jortan-Tank ishtirok etdi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟢"Yosh mutaxassislar" tanlovi uchun arizalarni qabul qilish 4-noyabr kuni yakunlanadi.

🇺🇿 Toshkent shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari uchun "Yosh mutaxassislar" tanlovini e'lon qilingan.

🗓 1-noyabr holatiga 250 dan oshiq onlayn arizalar kelib tushgan.

🗄Ko'pchilik, amaliyot (stajirovka) o'tash tartibi, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar ro'yxatini so'ragan. Ushbu havola orqali esa, Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi bilan to'liq tanishib chiqishingiz mumkin.

❗️Diqqat qiling! Ushbu tanlov oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchi kursida ta'lim olayotgan yoshlar uchun!

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Xushxabar

⚡️Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh boʻlgan Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berildi.

☝️Bunda, talabalarning doimiy yashash manzili hududida joylashgan OTMning mos va turdosh (mos va turdosh boʻlmagan taqdirda mazmunan yaqin boʻlgan) taʼlim yoʻnalishiga koʻchirish mumkin.

🟥Arizalar 2022-yil 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar (shu kuni ham) my.dtm.uz sayti (“Rossiya Federatsiyasidan oʻqishni koʻchirish” boʻlimi) orqali qabul qilinadi.

🟥Talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish 2022-yil 25-noyabrdan 15-dekabrga qadar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

👉 Talabalarning oʻqishini koʻchirishga ruxsat berish boʻyicha qaror respublika OTMlarining idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilinadi;
👉 Fuqarolarning Rossiyadagi muayyan OTMda haqiqatda oʻqiyotganligi aniqlanmasa ularning oʻqishi koʻchirilmaydi;
👉 Oʻqishi koʻchirilgan talabalarning oʻqishini mos kursdan davom ettirishiga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Yaʼni fanlardan farqi koʻpligi uchun pastki kursga koʻchirilmaydi. Bunda aniqlangan fanlar farqi 2022-2023-oʻquv yili davomida bepul topshiriladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎃 Bugun 31-oktabr Halloween bayrami munosabati bilan Telegram icon'larida kichik o'zgarishlar kuzatildi

Telegramingizni bir qarab ko'ring-chi...

👉 Batafsil ma'lumot:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚜️“Til bilimdonlari” onlayn intellektual tanlovi gʻoliblari aniqlandi!

Mazkur tanlov Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi tomonidan joriy yilning 15–28-oktyabr kunlari oʻtkazildi.

🟥Tanlov 2 bosqichda tashkil etildi. 1-bosqich qamrovi 355 mingdan oshdi va ishtirokchilarga 5 kun davomida jami 150 ta oʻzbek tili imlo qoidalariga oid test savollari berildi. Eng yuqori ball toʻplagan 313 nafar va loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchilar finalga yoʻllanma oldilar.

Tanlovning final bosqichida ishtirokchilarga jami 50 ta ochiq va yopiq test savollari va ularni ishlash uchun 1 soat vaqt berildi. Yakunda eng koʻp ball jamgʻargan ishtirokchilar tanlov gʻoliblari deb topildi.

💠Tanlovda 1 nafar 1-oʻrin 5 million soʻm, 2 nafar 2-oʻrinlar 4 million soʻmdan, 3 nafar 3-oʻrinlar 3 million soʻmdan, 4 nafar 4-oʻrinlar 2 million soʻmdan va 10 nafar 5-oʻrinlar 1 million soʻmdan pul yutuqlari bilan taqdirlanadi. Quyidagi gʻolib boʻlgan ishtirokchilar bilan tanishishingiz mumkin:

🥇Raʼno Abduraupova — TDPU talabasi;

🥈Rajabboyeva Sevinch — NavDPI talabasi;
🥈Omonova Sevinch — NavDPI talabasi;

🥉Shuxratova Xurshida — SamDU talabasi;
🥉Samandar Tulovkobulov — OʻzDJTU talabasi;
🥉Temur Xoshimov — OʻzDJTU talabasi;

🏅Saminjonova Muxlisaxon — FarDU talabasi;
🏅Oychehra Xolmatjonova — FarDU talabasi;
🏅Abdullayeva Samira Bozor qizi — ToshDOʻTAU talabasi;
🏅Sabina Gʻaybulloyeva — BuxDU talabasi;

🎖Ismoilov Faxriddin — TDYU talabasi;
🎖Rahmonova Durdona — ToshDOʻTAU talabasi;
🎖Feruza Asatullayeva — ToshDOʻTAU talabasi;
🎖Juramurodova Shodiyona — KIUT Namangan filiali;
🎖Moʻminova Maxsuda — FarDU talabasi;
🎖Fotima Tursunboyeva — TDPU talabasi;
🎖Jahongir Temirov — TATU talabasi;
🎖Raimov Akbar — JDPU magistranti;
🎖Xayitboyev ibrohim — UrDU talabasi;
🎖Eʼzoza Qoʻziboyeva — QarDU talabasi.

Tanlov nizomida muvofiq, loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchi “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolib deb topiladi va maxsus sertifikat hamda 1 million soʻm pul yutugʻi bilan taqdirlanadi. Nominatsiya gʻoliblari bilan quyidagi havola orqali tanishing:

👉“Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻoliblari

Bundan tashqari final bosqichida ishtirok etgan quyidagi ishtirokchilar ham sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi:
🟢Djumayeva Baxtiniso — TerMTI AL oʻqituvchisi;
🟢Ziyodullayeva Gulhayo — Navbahor tumani 15-maktab oʻqituvchisi;
🟢Zarif Quvonov — NavDPI oʻqituvchisi;
🟢Sayfullayeva Dilnura — Mirishkor tumani 21-IDUM 11-sinf oʻquvchisi;
🟢Sayyora Sodaliyeva — NamDU stajyor dokdaranti;
🟢Usmonova Azizabonu — ToshDOʻTAU AL oʻquvchisi;
🟢Sharofat Sobirova — Urganch shahridagi 6-maktab oʻqituvchisi;
🟢Shuxrat Namazov — TDPU Yoshlar masalalari, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi;
🟢Zuxurova Nasiba — Payariq tumani 97-maktab oʻqituvchisi.

🔖 Bundan tashqari tanlovning final bosqichida faol ishtirok etish, savollarning 70% ziga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
☝️Sertifikat turli tashkilotlar va tanlovlarga taqdim etilganda uning haqiqiy yoki soxtaligini QR kodni skanerlash orqali aniqlash mumkin.

👉Sertifikat bilan taqdirlangan ishtirokchilarning roʻyxati

👏 Barcha gʻoliblarni tanlov tashkilotchilari nomidan muborakbod etamiz. Bilimingiz ziyoda boʻlsin. Taqdirlash marosimi haqida tez orada maʼlumot beriladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

4 mln evaziga IMTIHONSIZ, Oʻzbekistonda talaba boʻling!

Birinchi kursdan
va chet elda o'qiydiganlar uchun perevod qilish imkoniyati mavjud (2/3kurslar ham!).

💰Kontrakt: 6 - 7 mln so’m (semestriga)

▪️Shahar: Toshkent, Buxoro
▪️Ta'lim tili: O'zbek
📖Ta'lim shakli: Sirtqi, Kunduzgi
▪️Bakalavr diplomi
✅Litsenziyaga ega
▪️O'zbekistonda tan olingan diplom

📚 Yo'nalishlar:
• Iqtisod
• IT yo'nalishi
• Bank ishi
• Pedagogika va Psixologiya
• Boshlang'ich ta'lim
• Maktabgacha ta'lim
• Ingliz tili va adabiyoti
• Rus tili va adabiyoti
• Turizm
• Soliq va soliqqa tortish
• Moliya
• Neft va gaz
• Konchilik ishi
• Davolash ishi
• Stomatologiya
• Farmasevtika

Magistratura ham mavjud📚
🗓 JOYLAR SONI: 32 ta
QABUL OXIRI: Joylar soni to'lguncha

▪️Kontrakt 50% to'lanadi shartnoma chiqqach.

🔻Qabul komissiyasi:
+998934485900 | @moony12341
+998954405900 | @moon_consultancy3
+998993417676 | @moon_consultancy2
+998950909996 | @moon_consultancy1

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Bilasizmi
⚡️2022/2023-oʻquv yilidan magistraturada oʻqiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti toʻlab beriladi

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

☝️25 yil sportga e'tibor berdik, san'atga e'tibor berdik, lekin ta'lim haqida...

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

"Til bilimdonlari" onlayn tanloviga eng koʻp doʻstlarini taklif qilib, “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolibi deb topilgan ishtirokchilar bilan tanishing:

1️⃣ Rajabboyeva Sevinch — NavDPI talabasi (1347 ta referal);
2️⃣ Ablazov Abror — QarDU talabasi (963 ta referal);
3️⃣ Mamasodiqov Muhammadziyo — FarDU talabasi (913 ta referal);
4️⃣ Joʻrayev Azimjon — TDTrU talabasi (885 ta referal);
5️⃣ Xoshimov Temur — O'zDJTU talabasi (864 ta referal);
6️⃣ Shavkatov Behruz — TMI talabasi (863 ta referal);
7️⃣ Shamsiddinova Maftunabonu — BuxDU talabasi (848 ta referal);
8️⃣ Ismoilov Faxriddin — TDYU talabasi (828 ta referal);
9️⃣ Muratboyev Elyorbek —TMI talabasi (760 ta referal);
🔟 Abduraxmonov Baxtiyor — JDPU magistri (756 ta referal).

🤑 Ushbu ishtirokchilarning har biri maxsus sertifikat hamda 1 million so'm pul yutug'i bilan taqdirlanadilar. Taqdirlash haqida alohida g'oliblarning o'ziga aloqaga chiqiladi. Tanlov g'oliblari esa ertaga e'lon qilinadi.

➕ Bundan tashqari TDPU Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo'limi uslubchisi Shuxrat Namazov (1177 ta referal) ham maxsus sertifikat va esdalik sovg'asi bilan taqdirlanadi. Ular talaba bo'lmaganliklari uchun pul yutug'ini ololmaydilar.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Bilasizmi
⚡️Talabalar kelajagi uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar

🌐 Harvard universiteti qoshidagi tadqiqot guruhining hamraisi Toni Vagnerning fikriga ko‘ra, quyidagi 7 ta muhim koʻnikma har qanday talabaning kelajagi uchun zarur hisoblanadi:

👉 Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyati;
👉 Tarmoqlararo hamkorlik va yetakchilik;
👉 Epchillik va moslashuvchanlik;
👉 Tashabbuskorlik va tadbirkorlik;
👉 Ogʻzaki va yozma muloqot mahorati;
👉 Axborotni tahlil qilish koʻnikmasi;
👉 Qiziquvchanlik va kreativlik.

❓Sizda shu koʻnikmalarning qaysi biri rivojlangan? Qaysilarining ustida ishlashingiz kerak?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📞 Telefondagi suhbatlar davomiyligi...

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…
Подписаться на канал