talabalar | Неотсортированное

Telegram-канал talabalar - Talabalar | Rasmiy kanali

76657

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar! • Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling! • Reklama va hamkorlik uchun: @Tijoriy

Подписаться на канал

Talabalar | Rasmiy kanali

🛡 Saqlab qoʻying kerak boʻladi, majburiy blok savollarida tushadi.

2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

📍 Ushbu postni aloqador odamlarga yuborib qoʻying, foydali bo'ladi !


@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

🇺🇿 Endi O‘zbekistonda magistraturaga imtihonsiz kirish uchun IELTS dan atigi 4 ball yetarli bo‘ladi

👨‍💻 B1 darajasida chet tilini bilish (IELTS 4-5 ball) quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha universitetning magistraturasiga kirish uchun yetarli bo‘ladi: madaniyat, san’at, sport, ta’lim, tibbiyot, ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari.

📍 Ushbu postni aloqador odamlarga yuborib qoʻying, foydali bo'ladi !

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

⚡️ Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Taqdimotda shuningdek, oliygohlarga o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha quyidagilar taklif qilindi:
o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball);
davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda:
🔹 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
🔸 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;
🔹 ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;
sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Qayd etilganidek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

⚡Rasman: O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi.

Bunda:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

⚡️Rasman: Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi

Ya’ni grantga kirgan talaba yaxshi o’qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o’qisa, keyingi yili grantga o’tishi mumkin.


🇺🇿 Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi.

Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

Siznichi? nima ko'proq baxtli qiladi? 😁

Kursdoshlar guruhiga yuboramiz 😉

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

🌎 Texnologiyalar yordamida dunyomizni qanday qilib ekologik toza qilish haqida fikringiz bormi? Sovrin jamg'armasi 45 million so'm bo'lgan IT ECO FEST 2024 xalqaro ekofestivalining xakatonida ishtirok eting!

Biz qanday IT loyihalarini qidiramiz:
🌱 ekologik muammolarni hal qiluvchi — havoning ifloslanishi, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash, ichimlik suvi yetishmasligi va boshqalar
🧑🏻‍💻 yaxshi ishlab chiqilgan — maqsad, vazifalar va amalga oshirish rejasini tuzgan
🤝 amalga oshirish uchun shu kabi fikrlaydigan insonlarni va sheriklarni izlayapmiz.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya Vazirligi tomonidan eng yaxshi loyihalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin — 20 million so‘m
2-o‘rin — 15 million so‘m
3-o‘rin — 10 million so‘m


G‘olib, shuningdek, festivalning bosh homiysi va bosh tashkilotchisi – RealSoft dasturiy ta’minot kompaniyasi bilan birgalikda o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Loyihangizni taqdimot formatida 3 may soat 10:59 ga qadar https://forms.gle/g1hN62YpYdW9xkG89 koʻrinishida topshirishingiz mumkin — xakaton mutaxassislari barcha arizalarni baholaydilar va sizni 4-may kuni Astrum IT akademiyasida boʻlib oʻtadigan pitchingga taklif qilishadi.

Natijalar 5-may kuni kechqurun Markaziy bog‘dagi festival o‘tkaziladigan joyda e’lon qilinadi. Ishtirok etish haqida savollaringizni ushbu post ostidagi izohlarda berishingiz mumkin. Biz sizning g'oyalaringizni kutamiz va biz birgalikda dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirishimizga aminmiz!

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

💰Talaba kontraktini tangalarda to'labdi. 😅

Pulni universitet elektron hisobda ovoladi, lekin buni sanab chiqqan bank kassirlariga qiyin bo'libdi
.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

4 yil o'qib diplom olishga kelganimda 😁

Siz ham tayyor turing shunga😂

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

😂 Abituriyentlarning hayollari 🏃‍♂️

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

📣 Hurmatli yoshlar, sizlarni 2024-yil 17-aprel kuni bo'lib o'tadigan yangi formatdagi — USTUDY by Uzinfocom IT akademiyasining tantanali ochilish marosimiga taklif qilamiz!

🔰 Tadbir jarayonida o’quv yo’nalishlari taqdimoti, maxsus spikerlar tomonidan bepul master-klasslar hamda qimmatbaho sovg’ali o’yinlarda ishtirok etish kabi ajoyib imkoniyatlarga egasiz.

Hoziroq roʻyxatdan oʻting va joyingizni band qiling 👇🏼

Ro'yxatdan o'tish:
/channel/USTUDY_uz_bot?start=661b80f894cab7e69705ab5a

📍 Mo’minov ko’chasi, 7/2, Uzinfocom binosi ichida

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

💫 " KURSDOSHLARIM " RAMAZON HAYITINGIZ MUBORAK BO'LSIN

🌙 Qutlug‘ oyning ulug‘ «HAYIT» ayyomiga yetkazgani uchun Yaratganga hamdu sanolar bo‘lsin!

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

❗️Bugun 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!

Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

👀 "Qanday qilib o‘qimasdan byudjetga o‘qishga kirish mumkin?"

💬 Shu savolni Google'ga yozib ko‘rishibdi. Javobga biror narsa chiqadi deb o‘ylaysizmi?

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

"5️⃣ soat qoidasi"

📚 Dunyoning eng muvaffaqiyatli odamlari kuniga hech bo‘lmaganda bir soatni o‘qish va o‘rganishga sarflaydi. Bunda "5 soat qoidasi" degan formula ishlatadiganlar ham bor.

Bu qoidaga ko‘ra, kuniga bir soatni, haftasiga esa kamida 5 soatni nimadir yangi narsa o‘rganib, rivojlanishga sarflashi lozim. Bir kun uchun bir soat kam ko‘rinishi mumkin, lekin har hafta 5 soatni doimiy o‘qish va o‘rganishga sarflash orqali individual tarzda ko‘p narsani o‘zlashtirib olish mumkin.

Bunda 3 ta bosqich bor:
o‘qish;
"hazm qilish"
amalda qo‘llab ko‘rish.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

📚 Testdan so‘ng abituriyentga yo‘nalish tanlashga 10-15 kun vaqt beriladi

Avval test, keyin yo‘nalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada e’lon qilinadi. Tayyor bo‘lgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi. Yo‘nalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin.

📍 Ushbu postni aloqador odamlarga yuborib qoʻying, foydali bo'ladi !


@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.

To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan, ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga, har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!


@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

🔥 Ingliz tilini o‘rganmoqchisiz. Ammo, o‘quv markazga borib-kelishga vaqtingiz yo‘qmi?😕 Ingliz tilidan sertifikat olish niyatida yuribsiz, ammo darsga qatnashish muammomi?

👨‍💻 Bizda siz uchun ajoyib yechim bor!

Online ingliz tili darslarimiz siz uchun!
😉😊
Darsga yozilish:👉 @EngVector

🔹Darslarimizda siz uydan chiqmagan holatda, professional tarzda ingliz tilini 0 dan boshlab o‘rganishingiz mumkin!

🔹 Professional Teacherlar bilan haftada 3 kun darslar. O‘qituvchilar guruhlarda har bir o‘quvchiga individual yondashadi.

🔹Siz ingliz tilida darslarni darajalar bo‘yicha o‘rganasiz. Har daraja oxirida imtihon bo‘lib o‘tadi!

🔹 Darslarimiz sifatli va vaqti ham qulay bo‘lganligi uchun ko‘pchilikka ma‘qul kelmoqda!


🔹"Probniy" darsga yozilish uchun ism-familiyangiz va telefon raqamingizni @EngVector ga yozib qoldiring.(To‘lov oldindan emas!)


Yaqinda bepul darslar tashkil etilishi kutilayotgan kanalimizga qo‘shilib oling. Bu yerda sizga kerakli materiallar bepul taqdim etilyapti.

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

⚡️ O'zbekistonda sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi

Sirtqi ta’lim shaklining o‘rniga masofaviy ta’lim shakli kengaytiriladi va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etiladi.

Ta’limni xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun magistraturaga kirishda xorijiy til sertifikati bo‘yicha talab bekor qilinadi. Qator yo‘nalishlarda sertifikat talabi B1 darajasiga tushiriladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

Hozirgi kunda bakalavr diplomiga ega yosh kadr uchun qancha maosh to'lashadi?

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

Tyutorimizdan bizning guruh haqida so'rashganda😂

Sizlarni nima deb hisoblaydi tyutoringiz? kursdoshlar guruhiga yuboring😁

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

Har bir patokda shunday bir talaba anniq bor, to'g'rimi? 🤦‍♂️

Shunday sersavol kursdoshlarga yuboring😂

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

😂 Shu vaziyatda talaba shusteriymi yoki domla soddami? Alam qiladi axir

🤔 Sababi nima o’zi? Commentga fikringizni qoldiring.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

⚡️ Rasman: Bu yilgi qabulda abituriyentlar 2 marta ro‘yxatdan o‘tadi

2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos.

So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.

2️⃣ To‘plagan ballari aniq bo‘lgach, shunga qarab 2-bosqichdagi ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish tanlashadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

📚 Dam olishdan keyin o‘qish kayfiyatiga qanday qilib oson qaytish mumkin?

🤓 Dam olishlardan keyin o‘qish rejimiga qaytish va o‘qish odatlarini saqlab qolish dam olish rejimiga tushib qolishimiz tufayli qiyin bo‘lishi mumkin. Biroq, to‘g‘ri strategiyalardan foydalanish orqali o‘qish rejimiga muammosiz qaytish va hatto akademik natijalarni yaxshilash mumkin. Bunda:

📌 Oldindan rejalashtirish. Dam olish boshlanishidan oldin va keyingi rejalarni tuzib olish kerak.

📖 Bosqichma-bosqich o‘tish. Dam olish kunlaridan so‘ng birdaniga ko‘p dars qilmang.

🔍 O‘qish joyingizni tashkil etish. O‘qish joyingiz tartibli va o‘rganish uchun qulay bo‘lishiga ishonch hosil qiling.

✏️ Eslatmalaringizni ko‘rib chiqing. Eslatmalaringiz va materiallaringizni ko‘rib chiqishga vaqt ajrating.

🔍 Aniq maqsadlar qo‘ying.
O‘qish vazifalaringizni aniq, erishiladigan maqsadlarga bo‘ling. Kunlik yoki haftalik maqsadlarni belgilash sizga e’tiborli va motivatsiyali bo‘lishga yordam beradi. Kichik g‘alabalarni nishonlash kayfiyatingizni ko‘taradi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

⚡️ Kollej, texnikumlarni tugatganlar OTMda 2- yoki 3-kursdan o‘qishi mumkin

▪️ Bu haqida prezident boshchiligidagi yig‘ilishda aytilgandi. Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

🎓 Bunda:

➖ kollej-texnikumning 1-2-kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi;

➖ texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi.

Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

Agar siz o'zingizni bilimli yoshlar safida ko'rayotgan bo'lsangiz bu Olimpiada aynan siz uchun.

⚡️Japan Digital University 11-sinf maktab o'quvchilari va akademik litsey 2-kurs talabalari uchun keng ko'lamdagi Respublika matematika olimpiadasiga start bermoqda.

🎁Sovrinlar:
-Umumiy qiymati 15 mlrd so'mlik Japan Digital University ta'lim vaucherlari
-Yaponiyaga sayohat
-Maxsus stipendiyalar
-8 ta noutbuk
-10 ta Kindle qurilmalari

Billimlaringiz orqali sovrinlarni qo'lga kiriting !

🗓Ro'yxatda o'tish muddati 19-aprelgacha.

Sayt orqali ro'yxatdan o'tish

Bot orqali ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

​​Baxtli hayot uchun maslahatlar!

1. O‘zing uchun pulni ayama.
2. Yoqyaptimi – ayt.
3. Bugungi kun bilan yasha: kecha o‘tdi, erta – bo‘ladimi, yo‘qmi.
4. Tushunmadingmi – so‘ra.
5. Uchrashmoqchimisan – taklif qil.
6. Nimadir xohlaysanmi – iltimos qil.
7. Bahslashmaslikka intil.
8. Tushunishlarini istaysanmi – tushuntir.
9. Aybing bormi – buni darhol ayt va oqlagani bahona izlama.
10. Unutma: har kimning o‘z haqiqati bor va u ko‘p ham sening haqiqatingga mos kelavermaydi.
11. Ahmoqlar bilan muloqotdan chetlan.
12. Hayotda eng muhimi – mehr, qolganlari – arzimas ishlar.
13. Insonning muammolari faqat uning ongidadir.
14. Atrof-olam yovuz ham, mehribon ham emas, bormisan, yo‘qmisan – unga baribir.
15. Har bir voqeadan zavq olishga harakat qil.
16. Doimo yodda tut: hayot bir marta berilgan.
17. Ezma bo‘lma.
18. Televizor ko‘rma, yo‘qsa uloqchaga aylanib qolasan.
19. Unutma, hech kimning oldida tiling qisiq emas.
20. Unutma, hech kim sening oldingda tili qisiq emas.
21. Siyosat bilan shug‘ullanma, u odamlarni yovuzlashtiradi.
22. Doimo faqat o‘z kuchingga ishon.
23. Va’dalarga emas, hissiyotlaringga tayan.
24. Ayollarga bolalarga bo‘lganidek sabr va xayrixohlik bilan muomalada bo‘l.
25. Ayollarni aya – ularga yashash qiyinroq.
26. Kayfiyating yomon bo‘lsa, esga ol: o‘lganingda shu ham bo‘lmaydi.
27. Tushun: buguning sen uchun hayotingdagi eng yaxshi kun!

Yaqinlaringizga ulashib qo'ying!

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

⚡️ Magistraturaga chet tili sertifikati talabi qo‘yilgani sabab OTMlar moliyaviy zarar ko‘rgan

▪️ Oliy ta’lim vazirligi hisobotiga ko‘ra, 2021-yildan davlat OTMlarining magistratura bosqichiga o‘qishga kirish uchun chet tili sertifikatining majburiy qilib qo‘yilishi kvotalarning ochiq qolishiga, oqibatda moliyaviy mustaqil OTMlarning zarar ko‘rishiga sabab bo‘lgan.

💵 Talab o‘rnatilishi natijasida o‘tgan yillar davomida ayrim mutaxassisliklarda qabul kvotalari ochiq qolmoqda. 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.

Ochiq qolgan kvotalar sabab OTMlar 2021-yilda 18,6 mlrd so‘m, 2022-yilda 101,8 mlrd so‘m, 2023-yilda esa 85,8 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.

🧑🏻‍🎓 Hisobotda talabalar ham sertifikat olish uchun pul to‘lab zarar ko‘rgani aytilgan.

💬 Sizningcha, chet tili sertifikati magistraturadagi ta’lim sifatiga qanday ta’sir qildi?

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…

Talabalar | Rasmiy kanali

⚡️ Rasman: ko‘p tarmoqli shifoxonalarda talabalar uchun internatura tashkil etildi

🧑🏻‍⚕️ Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yilidan tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalari uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura) tashkil etiladi.

🗓 Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni onlayn tarzda – ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlari orqali amalga oshiriladi.

Qabul 5–20-avgust kunlari (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Читать полностью…
Подписаться на канал