Nurmetov Tursunbek Kenjayevichning telegram kanali ⚖️ kanalni kuzating va huquqiy savodxonligingizni oshirib boring 💺 Reklama uchun: @T_N_Reklamabot 📝 Savol yo‘llash: @Nurmetovbot
Maktabda olingan baholar OTM ga kirishda inobatga olinmaydi
@T_Nurmetov
Президент мактаблари 1-босқич имтиҳон натижалари чиқди
Жорий йилнинг 6 июл куни ўтказилган Президент мактабларининг 1-босқич имтиҳон натижалари Cambridge халқаро таълим ташкилоти томонидан эълон қилинди.
👉 https://kun.uz/kr/34854058
Kun.uz расмий канали
Xorazm viloyati
Xiva shahar
13-son DMTT ning Tayyorlov-1 gurux tarbiyachisi Abdullayeva Dilorom Davronbekovnaning “Suv qiroli mehmonda”mavzusidagi ertagi
Давлат ОТМларига қабул қилиш бўйича давлат буюртмаси параметрлари тасдиқланди
Президент фармойишига кўра, 2025/2026 ўқув йили учун давлат олий таълим ташкилотларига қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари расман тасдиқланди.
@T_Nurmetov
Tanish-bilishsiz o‘qishga kirib bo‘lmaydi 😊
@T_Nurmetov
#DIQQAT_TANLOV
❇️ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xorazm akademik litseyi 2025-2026 - o‘quv yili uchun quyidagi fanlardan malakali pedagoglarni tanlov asosida ishga qabul qiladi.
- Tarix fani o‘qituvchisi (o‘zbek va rus guruhlar uchun).
- Huquqshunoslik fani o‘qituvchisi.
- Ingliz tili fani o‘qituvchisi
- Informatika fani o‘qituvchisi
- Tillarni o‘rganish kafedrasi boshlig‘i (Fan nomzodi, PhD, DsC ilmiy darajasiga yoki dotsent, professor unvoniga ega mutaxassis bo‘lishi talab etiladi)
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.
Tanlovga hujjat topshirish muddati: 15-iyuldan 25-iyulgacha
Manzil: Urganch shahar Egam Raxim ko‘chasi 77-uy
Telefon: 974570450
#соҳага_доир_ҳужжатлар
📣 Maktab bitiruvchilariga kasbiy taʼlim yoʻnalishi boʻyicha sertifikat beriladi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3647).
Nizom talablariga koʻra:
➖ kasbiy taʼlim fani maktabning 10-11-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻqitish uchun joriy etiladi;
➖ kasb-hunarga oʻqitish joriy etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri buyrugʻi bilan tasdiqlanadi;
➖ kasbiy taʼlim yoʻnalishi boʻyicha amaliy imtihon oʻtkaziladigan kun va vaqt maktabning pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi va imtihon boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin maktabning kirish qismiga osib qoʻyiladi;
➖ amaliy imtihonning har bir kasb turi boʻyicha baholash mezonlari va savollari vazirlik tomonidan tasdiqlanadi;
➖ imtihon natijalari imtihon yakunlangandan soʻng shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi;
➖ imtihonda uzrli sabablarga koʻra ishtirok etmagan yoki amaliy imtihonda 55 ball va undan past natija koʻrsatgan bitiruvchiga imtihon yakunlangan kundan eʼtiboran ikki hafta ichida amaliy imtihonni qayta topshirishga ruxsat etiladi;
➖ uzrsiz sabablarga koʻra amaliy imtihonda qatnashmagan bitiruvchilarga imtihonni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi;
➖ bitiruvchi amaliy imtihonni qayta topshirishda 55 ball yoki undan kam ball toʻplasa, unga sertifikat berilmaydi;
➖ bitiruvchilar kasbiy taʼlim yoʻnalishi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni har yili 30-iyunga qadar, amaliy imtihonni qayta topshirgan bitiruvchilar 10-iyulga qadar maxsus elektron platforma orqali bepul yuklab olishlari mumkin.
Bizni kuzating
Xorazmda ish vaqti yakunlangandan keyingi harorat 🥵
@T_Nurmetov
Al-Xorazmiy universitetiga qabul davom etmoqda
⚡️ Universitetda Dron texnologiyalar muhandisligi, Sun’iy intellekt va Dasturiy ta’minot muhandisligi yo'nalishlariga 2025/2026-o'quv yili uchun arizalar qabul qilinmoqda.
💥 Bu yerda siz xorijiy amaliyotlar hamda mahalliy va xorijlik professor-o'qituvchilardan sifatli ta'lim olishingiz mumkin.
✨ Eng quvonarlisi, universitet bo'lajak talabalar uchun bir yillik 100%gacha tabaqalashtirilgan hamda 4 yillik 100% grantlarni taqdim etadi.
👉 O'qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz/akhu/cabinet/login
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#qabul2025 #admission2025
👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
#Ochilish_marosimi
#Olimpiadachilar_oromgohi
Summer Science Camp – Olimpiadachilar oromgohi boshlandi!
⚡️Bugun Fan olimpiadalari markazi tomonidan tashkil etilgan Summer Science Camp – Olimpiadachilar oromgohi o‘z ishini boshladi.
📍Oromgohga O‘zbekistonning turli hududlaridan tanlab olingan matematika fanidan 46 nafar 5-sinf iqtidorli bitiruvchilari yetib kelishdi.
🔰Tadbir doirasida oromgohning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
✅Oromgoh davomida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan:
• intensiv o‘quv mashg‘ulotlari,
• laboratoriya tajribalari,
• interaktiv seminar-treninglar,
• ijtimoiy-ma’naviy tarbiya mashg‘ulotlari,
• sport-sog‘lomlashtirish faoliyatlari rejalashtirilgan.
"Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini boshqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish chora tadbirlari to‘g‘risida" Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Ma'lumot uchun:
2025-yilda Xorazm viloyatida 3 ta "Ilk rivojlanish markazlari" tashkil etiladi.
Jumladan, Hazorasp, Yangibozor, Qo‘shko‘pir tumanlarida.
2026-yilda 2 ta, 2027-yilda 4 ta va 2028-yilda 4 ta tumanlarda tashkil etilishi belgilangan.
@T_Nurmetov
#Tayinlov
Kazakova Saxiba Abdurayimovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.
Saxiba Kazakova - Navoiy davlat Pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.
Taʼlimdagi mehnat faoliyatini 2009-yilda Navoiy pedagogika kollejida boshlagan.
Respublika taʼlim markazida, Osiyo taraqqiyot bankida va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
2023-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Bugunga qadar Agentlikning Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
"Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha amaliy imtihondan o‘tkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qarori, 14.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3647
@T_Nurmetov
❗️ "Ilk rivojlanish markazi" haqida bilasizmi?
🧮 Bu shunday markazki, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya xizmatlarini BEPUL ko'rsatadi.
- Nega bepul? Chunki markaz kambag‘allik darajasi yuqori va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan oilalarning bog'cha yoshidagi farzandlarini qamrab oladi.
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💖💖💖💛💛💛
Hurmatli APro foydalanuvchilari endilikda APro platformasida testlar toʻliq yangilandi va 🇺🇿oʻzbek hamda 🇷🇺rus tillarida tashkil etildi.
😄APRO.UZ platformasidan yana bir yangilik
#сўраган_эдингиз
#мактабгача_таълим
00:01 dan boshlab ➡️ maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni joylashtirishda kimlarga imtiyoz beriladi?
02:13 dan boshlab ➡️ 2 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga berish mumkinmi, buning tartibi qanday??
👉 Ushbu savollarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻlim boshligʻi Gulbahor Parpiyeva batafsil javob beradi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
DIQQAT AJOYIB YANGILIK
Endilikda APro foydalanuvchilari platformada Abituriyentlar uchun test jarayonida to‘plagan balini kiritish orqali qaysi Oliy ta'lim muassasalariga kirish mumkinligini prognoz qilish imkoniyati ishga tushdi.🧑💻Abituriyentlar endilikda AProni yangilangan versiyasi orqali OTM kirish imtihonlarida olgan ballarini kiritib o'zlarining qaysi oliygohlarga kirishlari haqida prognozlarni ko'rishlari mumkin. (2500 dan ortiq yo‘nalish)
ХОРАЗМНИНГ ЗИЁКОР ТАДБИРКОРИ
Бу тадбиркорни кўпчилик танимайди. Ҳатто ўзим ҳам. Аммо унинг қурган энг замонавий, кўпқаватли, китобларга лиқ тўла биноларидан жуда кўпчилик беғараз, беминнат ва асосийси бепул фойдаланишади.
Бу тадбиркор дарахтлар ўрнига кўпқаватли уй қуриб сотаман, демади. Савдо дўконлари ёки беш юлдузли, энг қиммат меҳмонхона соламан, демади. Маблағим борида заправка-ю, кўнгилочар масканлар очиб фойдаланиб қоламан, демади. Балки, бутун халқ фойдаланиши учун китоб дўконлари, кўпқаватли кутубхоналар қурди.
Яқинда яна бир кутубхона, адашмасам, тадбиркор томонидан қурилган китоб мажмуаларининг еттинчисининг очилиш маросимида иштирок этдим...
Урганч шаҳрининг қоқ маркази, бир томонида энг йирик “Даритель” савдо мажмуаси, бир томонида Урганч Давлат Университети ва ётоқхонаси жойлашган энг қулай жойда савдо ёки маҳмонхона бизнеси қилмай – кутубхона қуриб, халққа топшириб - зиё тарқатиш ҳамма тадбиркорга эмас...
Мирзабек ЖАПАҚОВ,ҳуқуқшунос журналист.
Xozirda havo harorati 55 emas 50 ekan 😁
Читать полностью…#Music_Team
Xonqa tumanidagi 4-son DMTT direktor o‘rinbosari Nargiza Sultanova ijodidan.
@T_Nurmetov
🔥 Joriy yilning 16-iyul kuni Gurlan tumanidagi 32-son maktabgacha ta'lim tashkilotida "Farzandingiz kamoloti siz va bizning hamkorligimizda" shiori ostida ota-onalar uchun ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi.
@T_Nurmetov
Rouming tizimida ishlayapmiz😊🤦♂
Читать полностью…‼️ТИЛ СЕРТИФИКАТИ БЎЛМАСА ҲАМ "ДЕКРЕТ" ДАН ҚАЙТГАН ЎҚИТУВЧИЛАРНИ БИРДАН ИШДАН БЎШАТИБ БЎЛМАЙДИ
Хабарингиз бор, Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 19 майдаги қарорига мувофиқ, 2025/2026-ўқув йилига қадар умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим муассасаларида фаолият юритаётган барча хорижий тиллар ўқитувчилари камида Б2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификатга эга бўлиши лозимлиги белгиланган.
Демак 2025/2026-ўқув йилига қадар мактабларнинг чет тили ўқитувчилари ўз фанлари бўйича камида Б2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификат олишлари талаб этилади.
Шунга кўра, агар чет тили ўқитувчилари 2025/2026-ўқув йили бошлангунича чет тили сертификатини олмаса, улар билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилиниши мумкин.
Бунда иш берувчи улар билан тузилган меҳнат шартномасини Меҳнат кодексининг 161-моддаси иккинчи қисми учинчи банди билан (ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги сабабли эгаллаб турган лавозимига ёки бажараётган ишига мувофиқ эмаслиги) бекор қилиши мумкин бўлади.
Бироқ, МКнинг 409-моддасига кўра, Боласи уч ёшга тўлгунига қадар бола парваришлаш таътилида бўлган ходим билан меҳнат шартномасини ходимнинг малакаси етарли эмаслиги оқибатида эгаллаб турган лавозимига ёки бажараётган ишига лойиқ эмаслиги муносабати билан иш берувчининг ташаббусига кўра ушбу Кодекс 161-моддаси иккинчи қисмининг 3-бандига мувофиқ бекор қилишга ходим таътилдан чиққан кундан эътиборан бир йил ичида йўл қўйилмайди.
YOZ O‘TMOQDA SOZ 😍
Gurlan tumanidagi 15-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yozgi sog'lomlashtirish davrini, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, ularning hayoti va sog'ligini muhofaza qilish hamda "Favqulotda to'qson kunlik" mavzusida tashkil qilingan seminardan lavhalar
@T_Nurmetov
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон
📣 Hurmatli pedagoglar!
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yangi maktablar uchun O‘QITUVCHILAR TANLOVIni e’lon qiladi.
➖ Yangi o‘quv yilida yurtimiz bo’ylab 20 dan ortiq yangi va zamonaviy maktablar ishga tushmoqda.
Bu yerda Siz o’z salohiyatingizni ro’yobga chiqarishingiz va yangi marralarni egallashingiz mumkin.
Bizni kuzating
🎉ONLINE kurs izlayotganlar uchun ajoyib imkoniyat!
Bizda online CEFR va ingliz tili 0 dan kurslari ham bor!
Siz online tayyorlanib CEFR sertifikatini qo'lga kiritishingiz mumkin. Shu paytgacha ko'plab o'quvchilar o'z natijalarini qo'lga kiritgan.
O'qituvchi: Mohichehra 4 yillik tajribaga ega va juda ko'p talabalarga til o'rgatish orqali o'z maqsadlariga erishishga yordam bermoqda.
Darslar haftada juft yoki toq kunlari o'tiladi yakshanba kuni test.
Bizda hamma darajalar uchun kurslar mavjud:
- ingliz tili 0 Dan
- gramatika
- cefr
Murojat uchun:
/channel/englishnoteswithmohi
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!
Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.
Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.
Shuningdek:
➖ tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;
➖ vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
➖ yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;
➖ umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;
➖ maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;
➖ o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;
➖ o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;
➖ yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.
Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!
Bizni kuzating