Туркман тили ва адабиёти фани ўқитувчилари учун малака (тест) синовларига тайёрланиш бўйича тавсиялар (назарат материаллари спецификаси) ва адабиётлар рўйхати
❗️Ушбу ўқув адабиётлари ва синов материаллари малака тоифасини олиш учун аттестация имтиҳонларида иштирок этадиган номзодлар учун тавсиявий аҳамиятга эга.
Тарбиячи-методистлар (МТТ) учун малака (тест) синовларига тайёрланиш бўйича тавсиялар (назарат материаллари спецификаси) ва адабиётлар рўйхати
❗️Ушбу ўқув адабиётлари ва синов материаллари малака тоифасини олиш учун аттестация имтиҳонларида иштирок этадиган номзодлар учун тавсиявий аҳамиятга эга.
Технология (Технология ва дизайн) фани ўқитувчилари учун малака (тест) синовларига тайёрланиш бўйича тавсиялар (назарат материаллари спецификаси) ва адабиётлар рўйхати
❗️Ушбу ўқув адабиётлари ва синов материаллари малака тоифасини олиш учун аттестация имтиҳонларида иштирок этадиган номзодлар учун тавсиявий аҳамиятга эга.
🔴DIQQAT DIQQAT
👀Telegram ishlatishda juda ehtiyot bo‘ling.
✉️To‘g‘ri kelgan narsalarni ochib ko‘rmang.
🚫O‘zingiz bilmagan guruh va kanallarga ulanib ketavermang.
🗑Sizga notanish odamlardan xattoki tanishlaringizdan ham siz kutmagan ma'lumot keldimi uni ochmasdan o‘chirib tashlang
🎚️Telegramingizda ikki bosqichli tekshiruvni yoqib qo‘ying
🟢 Men o‘zim bilgan ehtiyot choralarini yozdim, xolos
T. K. Nurmetov
@T_Nurmetov
2024-YILNING ILK MEDALI KEYINGISI SIZ BO‘LISHINGIZ MUMKIN
OLG‘A XORAZM💪
@T_Nurmetov
#Olis_hudud
"MEN O‘QITUVCHI EKANLIGIM BILAN FAXRLANAMAN..."
✅ O‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan, ilm va ziyo tarqatishdan tolmaydigan ustozlarimiz talaygina. Ularning har biri kelajak avlodni yurt koriga yaraydigan farzandlar qilib tarbiyalashda o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.
➖ Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani 11-son maktabda tarix fanidan dars berayotgan 1-toifali tarix fani o'qituvchisi Sardor Arapboyev shunday ustozlarimizdan biridir.
U Andijon viloyati, Marhamat tumanidan kelib, ta'lim darajasi yuqori bo‘lmagan olis hududdagi maktabda dars bermoqda.
⚡️Sardor Arapboyev o‘z intervyusida faoliyati, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda o‘quvchilari haqida so‘zlab berdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz
✅ Bektemirov Xamro Solayevich – Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1969-yilda Xorazm viloyati, Gurlan tumanida tavallud topgan.
Bunga qadar turli yillarda:
➖ Yangibozor tumanidagi 26-sonli, 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 1-sonli litsey-internatining tarix fani o‘qituvchisi;
➖ Yangibozor tumanidagi 1-sonli litsey-internatining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
➖ Yangibozor tumanidagi 10-sonli huquq va iqtisod yo‘nalishidagi viloyat litseyining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
➖ Yangibozor tumanidagi 9-sonli futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori;
➖ Urganch shahridagi Olimpiya zahiralari kolleji direktori;
➖Xorazm viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
❗️Qabul kuni: haftaning seshanba kuni 9:00 dan 18:00 gacha
👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @Xorazm_MMTBbot
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
TA'LIMDAGI ZAMONAVIY TRENDLAR - DIREKTORLAR NIGOHIDA
10.01.2024✅
📲@XorazmTELEKANAL✔️
📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 15-yanvardan boshlanadi
✅ Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.
❗️Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:
➖Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;
➖shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;
➖attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.
🔹Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanmoqda.
Ma’lumot uchun: 2023-yilning 5-7-dekabr kunlari “pedkadr.uzedu.uz” elektron platformasi orqali 20 ta tuman (shahar) pedagoglari ishtirokida malaka toifalari berishning yangi tizimi kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Gurlan tumani Xalq ta'limi bo‘limi ta'lim sifati monitoring bo‘limida o‘zining samarali mehnatlari bilan ta'lim sifatini ko‘tarishga munosib xissa qo‘shgan eng yaxshi va fidoyi inson sifatida ko‘p sonli xalqimiz qalbidan joy egallagan
🤲Avazbayev Islombek Samandarovich xotirasiga bag‘ishlanadi.
@T_Nurmetov
🤝Kanalimizni qo'llab quvvatlang va ovoz berish jarayonida ishtirok eting
🎚️ OVOZ BERISH
Ovoz berish jarayonida faqat ⭐️PREMIUM versiyasini sotib olganlar ishtirok etishi mumkin.
⚠️Har bir foydalanuvchi 4 ta ovoz berish imkoniyatiga ega
@T_Nurmetov
DIQQAT OLIMPIADA!!!
2024-yilning 1-fevralga qadar umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari o'quvchilari o'rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasi viloyatimizning barcha hududlarida tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.
Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ta'lim olayotgan 7-8-sinf o'quvchilari aniq fan (matematika) va tabiiy fanlar (Science) yo'nalishida qatnashadilar.
Mazkur jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta'minlash, jarayonlarni ota-onalarga, uztozlarga xolis yetkazib berish maqsadida OAV vakillari, jurnalistlar, blogerlarni xolis kuzatuvchilikka va hamkorlikka chaqiramiz.
Ma'lumot uchun: Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarning o'quvchilari olimpidaning viloyat bosqichida qatnashishadi.
@T_Nurmetov
🟢2023-yil 28-dekabr kuni Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida yil sarhisobi va kelgusi yildagi rejalarga bag'ishlangan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi.
😄Kun tartibidagi masalalardan biri "Asosiy fan olimpiadasining 4 yillik tahlili" edi.
📊Mazkur masalada biz ushbu yilda erishgan yutuqlarimiz va kelgusida bajarishimiz lozim bo’lgan ko’pgina vazifalarimiz borligini bilib, 2024-yilda o'zimiz uchun ulkan marralarni zabd etishni belgilab oldik.
✅Hay’at yig’ilishi jarayoni zoom platformasi orqali tashkil etilib, har bir direktor va maktab jamoasi o'zining ish joyidan ishtirok etish va fikr va takliflarini bildirish imkoniyatiga ham ega bo'ldi.
👨💼Ular tomonidan bildirilgan takliflardan biri fan olimpiadasining tuman(shahar) va viloyat bosqichi g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar uchun moddiy rag'batlantirishlarni tashkil etish bo'ldi.
🎚️Ushbu taklif juda o'rinli taklif edi, chunki amaldagi holatga nazar solsak, fan olimpiadasining 2-, 3-bosqichlarida g'olib bo'lgan o'quvchilarni tayyorlagan ustozlarni rag'batlantirish nazarda tutilmagan. Faqatgina olimpiadaning Respublika bosqichida o'quvchilari g'olib bo'lgan 54 (jami o'qituvchilarning 0,01% ini tashkil etadi) nafar o'qituvchilarni rag'batlantirish nazarda tutilgan. Bu esa mehnati munosib rag'batlantirilmagan xodimni ishchanlik qobiliyatini pasayishiga va iqtidorli o'quvchilar bazasini turg'un bo'lmasligiga olib keladi.
💧To'g'ri, oldingi yillarga qaraganda anchagina ijobiy tarafga o'zgarishlar mavjud. Ilgari o'quvchilar faqat bitta diplom bilan taqdirlangan bo'lsa, endilikda esa uyiga diplom bilan birga 1 mln. dan 4 mln. so'mgacha, Xalqaro olimpiadalarda esa 68 mln. so'mdan 170 mln. so'mgacha bo'lgan miqdorda naqd pul mukofotlarini olib borishadi.
✅Oddiy misol, Vazirlar Mahkamasining 562-sonli qaroriga asosan, 9-11-sinf o'quvchilari o'rtasida 18 ta fandan asosiy olimpiadalarni tashkil etish belgilangan (ayrim hududlarda bundan kamayadi). Bu degani har bir fandan 3 ta g'olib aniqlansa jami uchta sinfda 162 ta g'olib degani. Ya’ni bu, har bir g’olibni 1 ta o’qituvchi tayyorlagan bo’lsa, 162 ta pedagog degani.
Buni tuman (shahar) bosqichi deb qarasak, Respublika bo'yicha 208 ta tuman va shahardan jami 33 696 nafar o'qituvchilarning o’quvchilari g’olib bo’ladi, bu esa jami o'qituvchilarning 6.38% ini tashkil etadi.
Viloyat bosqichiga keladigan bo'lsak, 162 nafar o’quvchi g'olib bo’lsa, jami 14 ta hududda bu g’olib o’quvchilarning 2268 nafar o'qituvchisi degani, bu esa jami pedagoglarning 0.42% ini tashkil etadi, xolos.
✔️Endi rag'batlantirish uchun pul mablag'larini eng kam miqdorlarini taklif qilaman:
Tuman(shahar) bosqichi uchun BHM dan kelib chiqib (direktor jamg’armasi mablag’laridan),
🥇1-o'rinnni egallagan o'quvchining o'qituvchisiga 20 barobar;
🥈2-o'rin uchun 15 barobar;
🥉3-o'rin uchun 10 barobar
Viloyat bosqichi uchun BHM dan kelib chiqib (respublika budjetidan),
🥇1-o'rinnni egallagan o'quvchining o'qituvchisiga 30 barobar;
🥈2-o'rin uchun 25 barobar;
🥉3-o'rin uchun 20 barobar miqdorida pul mukofoti bilan rag'batlantirish demakdir.
🤝Bu albatta hech qanday shikoyat yoki murojaat emas bu ko‘pming sonli pedagoglarning iltimoslarini inobatga olib yozilgan taklif. Takliflar pastdan olinib amaliyotga tatbiq etilar ekan, bu albatta o'z samarasini bermasdan qolmaydi.
@T_Nurmetov
#Tavsiya
⚡️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi qishki ta'til kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash uchun multfilmlar ketma-ketligini e'lon qiladi!
✅Multfilmlar bilan quyida tanishing:
🟢“Qiziqarli matematika”;
🟢“Charxpalak”;
🟢 “Super kitob”;
🟢“Avtosarguzashtlar”;
🟢 “Aqltoyning sarguzashtlari”;
🟢“Jajji pari”;
🟢"Qari bilganni pari bilmas";
🟢"Rustam va Said";
🟢"Quyosh yurti pahlavoni"(no‘xatpolvon);
🟢"Gʻildirakli uy";
🟢 "Quvvat";
🟢 “Dovyurak oshpaz”;
🟢 "To‘g‘rivoy va Egrivoy".
🟢 "Afandi va laqma boy"
❗️Qishki ta’tilni biz bilan maroqli oʻtkazing!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Тожик тили ва адабиёти фани ўқитувчилари учун малака (тест) синовларига тайёрланиш бўйича тавсиялар (назарат материаллари спецификаси) ва адабиётлар рўйхати
❗️Ушбу ўқув адабиётлари ва синов материаллари малака тоифасини олиш учун аттестация имтиҳонларида иштирок этадиган номзодлар учун тавсиявий аҳамиятга эга.
Тарбиячи-педагог (МТТ)лар учун малака (тест) синовларига тайёрланиш бўйича тавсиялар (назарат материаллари спецификаси) ва адабиётлар рўйхати
❗️Ушбу ўқув адабиётлари ва синов материаллари малака тоифасини олиш учун аттестация имтиҳонларида иштирок этадиган номзодлар учун тавсиявий аҳамиятга эга.
Технология (Технология ва сервис хизмати )фани ўқитувчилари учун малака (тест) синовларига тайёрланиш бўйича тавсиялар (назарат материаллари спецификаси) ва адабиётлар рўйхати
❗️Ушбу ўқув адабиётлари ва синов материаллари малака тоифасини олиш учун аттестация имтиҳонларида иштирок этадиган номзодлар учун тавсиявий аҳамиятга эга.
Assalomu alaykum !
Aziz yurtdoshim, Sizni 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etaman. Vatanimiz himoyasi va rivojida o'zingizning munosib hissangizni qo'shayotganingiz tahsinga loyiq.
Ilohim oilalarimizda totuvlik, ahillik, birdamlik, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat hukmron bo'lsin, ushalmagan orzular ushalsin, pok niyatlar, ezgu maqsadlar ro'yobga chiqsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin!
Sizga cheksiz hurmat va ehtirom bilan
Tursunbek Kenjayevich.
🧠XORAZMLIK O‘QUVCHI XALQARO OLIMPIADADA BRONZA MEDALINI QO‘LGA KIRITDI😀
😄Joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Serbiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, O’zbekiston) 680 nafar o'quvchilar (📊matematika fanidan - 286 nafar, 🔭fizika fanidan - 194 nafar, 👨💻informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi
Ushbu olimpiadada O‘zbekiston jamoasi🥇2 ta oltin, 🥈 3 kumush va 🥉9 ta bronza jami 14 ta medallarini qo‘lga kiritdi!
🥉Maqsadbek Egamberdiev - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi matematika fanidan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
👏Ushbu yutuq bilan ustozi Kamolov Ne'matjon va barcha xorazmliklarni muborakbod etaman🥳
✈️@T_Nurmetov
“Koreys tili fanidan olimpiada - 2024”
✅Koreya Ta’lim markazi bilan hamkorlikda 2024-yilning 20-yanvar kuni Toshkent shahrida ilk bora "Koreys tili fanidan olimpiada - 2024" olimpiadasi tashkil etilmoqda.
✅Har bir maktabdan 3 nafargacha o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tishi mumkin (agar bitta maktabdan uch nafardan ortiq nomzod bo‘lsa, maktabning o‘zida ichki tanlov o‘tkaziladi va o‘tkazilgan tanlov natijalari asosida birinchi uchtalik olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tadi). O‘quvchi direktor nomidan tasdiqlangan (imzo va maktab shtampi bosilgan) tavsiyanoma asosida olimpiadada qatnasha oladi. Tavsiyanoma namunasini ro‘yxatdan o‘tish veb-saytidan olishingiz mumkin.
⚠️O‘quvchilar kectash-contest.softgo.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
🔥Ro‘yxatdan o‘tishni oxirgi muddati 2024-yil 15-yanvar (ro‘yxatdan o‘tganlar soni 15-yanvardan oldin 250 kishiga ortiq bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tish muddatdan oldin tugatiladi).
#Sarhisob
✅ Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlar sarhisobi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
⚡️ ДИҚҚАТ! ОНЛАЙН-МУЛОҚОТ!
📆⏰ Эртага, 8 январь, Душанба куни соат 17-00 дан 18-00 га қадар, каналимиз ходимлари иштирокида навбатдаги онлайн мулоқот ўтказилади.
🎙Мулоқот телеграмнинг овозли чат хизматидан фойдаланган ҳолда ташкил этилади.
📌 Мулоқот давомида:
1️⃣ 2024 йил январь-июнь ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестациясида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш тартиби;
2️⃣ Педагог кадрларга малака тоифаларини бериш тартибига киритилаётган ўзгартиришлар тўғрисидаги саволларга жавоб берилади.
❗️Каналимиз ходимларига бевосита мавзу бўйича савол ёки таклифларингизни @pkatdi_bot орқали #савол хештеги билан юборишингиз мумкин. Саволларга овозли чат давомида жавоб қайтарилади.
💯Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!
👉/channel/pka_tdi_uz 👈
👉Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot👈
👨💼ATTESTATSIYA-2024 ga biz bilan tayyorgarlik ko‘ring
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.05.2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmonida “2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilish” belgilangan edi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2023-yil 5-7-dekabr kunlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi tajriba sinovdan oʻtkazildi.
😄Yangi tartibga muvofiq endilikda malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda pedagogik mahorati baholanadi
📱APro platformasida attestatsiya jarayonlariga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida pedagoglar uchun yangicha baholash boʻyicha test topshiriqlari joylashtirildi. Siz ushbu topshiriqlarni yechish orqali 2024-yilda oʻtkaziladigan attestatsiya jarayonlariga puxta tayyorgarlik koʻrishingiz mumkin.
🟢Eslatib oʻtamiz, attestatsiyaga tayyorgarlik jarayonlari 2 bosqichda, mutaxassislik fani va kasbiy standartlar bo‘yicha 40 ta test savollari va pedagogik mahorati bo‘yicha 10 savol va topshiriqlardan iborat.
😎Platformadan foydalanish Xorazm viloyati maktab pedagoglari uchun bepul
✅Platformaga kirish
😎Video yo‘riqnoma
@T_Nurmetov
Мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотларининг педагогларига малака тоифалари беришнинг янги тартиби белгиланди
✅ 2023-йил 29-декабрда Вазирлар Маҳкамасининг “Вазирлар Маҳкамасининг "Мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартибини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” 2021-йил 17-сентябрдаги 572-сон қарорига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида”ги 692-сон қарори тасдиқланди.
@T_Nurmetov
⚡️⚡️⚡️ #ПКА_2024_Энг_долзарб_саволларга_жавоблар!
❓Савол: ✍️ Педагог кадрларга малака тоифалари беришнинг янги тартибидаги биринчи ва иккинчи босқичлар қандай ўтказилади ва қандай баҳоланади?
❗️Жавоб: Мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрлари учун аттестациянинг биринчи босқичида – педагогнинг мутахассислик фани ва касб стандарти бўйича билим даражасини аниқлаш мақсадида 40 та тест топшириғи берилади.
Ҳар бир тўғри бажарилган тест топшириғи 2 балл билан баҳоланиб, тест синовлари учун жами 80 балл берилади.
Мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрлари учун иккинчи босқичда – педагогик маҳоратни аниқлаш мақсадида илғор педагогик услуб ва технологияларни (“case study” услуби, лойиҳалар услуби, ҳамкорликда ўқитиш, “амалий ўйин”, интерфаол таълим услуби ва бошқалар) қўллаш бўйича 10 та топшириқ берилади. Ҳар бир тўғри берилган жавоб 2 балл билан баҳоланиб, жами 20 балл берилади.
P.S Ҳар иккала босқич ҳам бир вақтда компьютер дастурлари орқали амалга оширилади.
👉/channel/pka_tdi_uz 👈
👉Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot👈
Kanalimizni qo'llab quvvatlang va ovoz berish jarayonida ishtirok eting
🎚️ Ovoz berish
☝️☝️ Bu shaxsga emas Telegramning rasmiy ovoz berish metodi ekan
@T_Nurmetov
⚡️Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi
✅ 2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi.
➖ Unga ko‘ra:
➖2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Bunda:
malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda –– pedagogik mahorati baholanadi;
➖maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram