#Yangi_yil_shukuhi
BOSHQARMA XODIMLARINING FARZANDLARIGA YANGI YIL KAYFIYATI ULASHILDI
Tobora yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyatimiz bo‘ylab bayram tadbirlari o'tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi bugun Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda boshqarmada faoliyat olib borayotgan xodimlarning farzandlari uchun bayram tadbiri uyushtirildi.
Bolajonlar uchun Qorbobo, Qorqiz va multfilm qahramonlari ishtirokida sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, sovg‘alar ulashildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
🟢 Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi. 25.12.2023-yil 681-son
😎 @T_Nurmetov
«Ҳар бирингиз — давлатимиз бойлигисиз» — Саида Мирзиёева
Танлов ва фан олимпиадалари ғолиблари учун президент администрациясига экскурсия уюштирилди.
👉 https://kun.uz/53137783
@T_Nurmetov
#Ўқитувчилар_қурултойи
#Xorazm
VAZIR: TA’LIM ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISHDA FIDOYI USTOZLARNING O‘RNI BEQIYOS
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "O‘qituvchilar qurultoyi" doirasida Respublikamiz bo'ylab ustozlar bilan ochiq muloqot hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.
❕Ayni vaqtda Xorazm viloyatida boshlangan qurultoyning navbatdagi tadbirlarida vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda hududdagi faol o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Vazir fidoyi ustozlarimiz xizmati bugun Yangi O‘zbekistonda yuksak qadr topayotgani va pedagog maqomini yanada oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligini qayd etib o‘tdi.
➖ Mazkur tashabbuslar natijasi o‘laroq, bugungi kunda Xorazm viloyatidagi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar soni 48,7 foizdan 66,5 foizga oshganligi va joriy yilda Xivada o‘tkazilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etganligini ta’kidladi.
Shu ma’noda soha oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etishda joylardagi fidoyi ustozlarning o‘rni katta va beqiyos ekanligini qayd etdi.
✔️Tadbir davomida hududdagi fidoyi ustozlarning 5 nafari "Xalq ta’limi a’lochi" ko‘krak nishoni, 2 nafari Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari, 7 nafari “Faxriy yorliq” 9 nafari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
🔴 Qurultoy jarayonlari xorijiy va mahalliy trenerlar ishtirokidagi seminar-trening tadbirlari bilan davom etmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Миллий сертификатга эга бўлган «Ўзбек тили ва адабиёти» фани ўқитувчиларига 50 фоиз устама тўланади — президент
Ўзбек тилининг давлат тили сифатидаги нуфузини оширишга алоҳида эътибор қаратилади. Шунингдек, келгуси йилдан миллий ва жаҳон адабиётининг энг сара намуналарини кўп минг нусхаларда чоп этиш ва барча кутубхоналарга етказиб бериш лозимлиги таъкидланди.
👉 https://kun.uz/91827949
@T_Nurmetov
📣 📣 Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
✅ Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 2023-yil 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabr sanaladi.
➖ Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
❗️III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.
*******
📣 Зимние каникулы в школах начнутся с 28 декабря
✅Последним днём учебы II четверти текущего учебного года для учащихся общеобразовательных, творческих, специализированных школ и школ-интернатов системы Министерства дошкольного и школьного образования будет 27 декабря 2023 года.
Зимние каникулы начнутся с 28 декабря 2023 года.
➖ Каникулы продлятся 14 календарных дней до 10 января 2024 года.
❗️Занятия III четверти начнутся 11 января 2024 года.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#yangiliklar
🗣Diagnostika testida texnik sabablarga ko'ra ishtirok eta olmagan pedagoglarga qayta imkoniyat yaratilmoqda
✅A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi imkoniyatlaridan foydalangan holda, joriy yilning 4–15-dekabr kunlari maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari diagnostikadan o'tkazildi.
Ayrim o'qituvchilar texnik sabablar tufayli diagnostika testlarida belgilangan vaqtda qatnasha olmagan.
Diagnostika jarayonlaridagi ishtirokchilar qamrovini oshirish hamda barcha o‘qituvchilarning ishtirok etish huquqini ta’minlash maqsadida, diagnostika testlarida ishtirok etmagan hamda texnik holatlar kuzatilgan oʻqituvchilar uchun joriy yilning 18-19 dekabr kunlari diagnostika testlarida ishtirok etish imkoniyati beriladi.
✅ 18-dekabr kuni
➡️Fizika
➡️Matematika
➡️Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
➡️Informatika va axborot texnologiyalari
➡️Tarix
➡️Davlat va huquq asoslari
➡️Musiqa madaniyati
➡️Tasviriy san’at va chizmachilik
➡️Texnologiya
➡️Iqtisodiy bilim asoslari
➡️Tarbiya
➡️Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari
➡️Boshlang‘ich ta’lim
✅ 19-dekabr kuni
➡️O‘zbek tili va adabiyoti (Ona tili va adabiyoti)
➡️Qoraqalpoq tili va adabiyoti
➡️Rus tili (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda)
➡️Ingliz tili
➡️Nemis tili
➡️Fransuz tili
➡️Davlat (o‘zbek) tili
➡️Davlat (qoraqalpoq) tili
➡️Kimyo
➡️Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda)
➡️Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari
➡️Biologiya
➡️Geografiya
⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
XALQARO OLIMPIADA G'OLIBI MUNOSIB KUTIB OLINDI
12.12.2023✅
📲@XorazmTELEKANAL✔️
Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAEnP4H2TABCMSDrRMA
Айни кунларда вилоятимиз ҳудудида ҳаво ҳароратининг кескин пасайганлиги туфайли вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов ҳар куни шаҳар ва туманларга чиқиб кўп қаватли уйлар, тиббиёт муассасалари, мактабгача таълим ташкилотлари ва умумтаълим мактабларининг иситилишини шахсан назорат қилмоқда. Вилоят ҳокими бугун вилоят руҳий асаб касалликлари шифохонаси, Урганч тумани Чолиш ҳудудидаги 46-сонли умумтаълим мактаби ва 5-сонли мактабгача таълим ташкилотининг иситиш тизимларини кўздан кечирди, шунингдек "Хоразм иссиқлик манбаи" давлат унитар корхонасига қарашли қозонхоналар орқали кўп қаватли уйлар ва ижтимоий соҳа объектларига иссиқлик энергиясини етказиб беришнинг аҳволи билан танишди. Бугунги кунда ушбу корхонага қарашли 94 та қозонхона орқали 333 та кўп қаватли уй ва 166 та ижтимоий соҳа объектларига иссиқлик энергияси етказиб берилмоқда.
Шу ўринда фуқароларимиздан коммунал хизматлар билан боғлиқ муаммоли масалаларни тезкор ҳал қилиш учун вилоят, шаҳар ва туман ҳокимликлари қошида туну- кун узлуксиз ишлаётган махсус штабларга 223-02-55 ва 10-55 қисқа рақамли телефонлар орқали мурожаат қилишларини сўраймиз.
Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram
#Биласизми
🏫 Таълим муассасаларининг ўқув хоналарида машғулотлар ўтказишда меҳнатни муҳофаза қилиш талабларига мувофиқ ўқув хоналарида ҳаво ҳарорати енгил жисмоний ишда 21º С, ўртача оғир ишда 17º С ва оғир ишда 16º С дан паст бўлмаслиги керак.
✅ Физика ўқув лаборатория хонасида мунтазам равишда ҳарорат 18º С – 21º С, ҳавонинг намлиги 40 – 60 фоиз бўлиши керак.
🔹Таълим муассасаси ҳудудидаги ҳожатхоналар иссиқ сув ва канализация тизимига уланган бўлиши лозим.
❗️ Таълим муассасасида канализация тизими йўқ бўлганда давлат санитария назорати органлари билан келишилган ҳолда таълим муассасасида ер қатламини ифлослантирмаган ҳолда душхоналардан ва юз-қўл ювгичлардан сув оқмайдиган қурилмали ахлат ўраларининг мавжуд бўлишига рухсат этилади.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
📣📣📣📣📣
Habaringiz bor joriy yilning 29-noyabr kuni 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi safida Xorazmlik ikki nafar o‘quvchilar
😄Erkinov Azizbek - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;
😄Vaysboyev Rahimboy - Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o'quvchisi;
🔭🔬🧪20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Tailandga jo’nab ketgan edi.
😀Bugun 9-dekabr kuni Tailandning Bangkok shahrida 56 ta davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o’quvchilar ishtirok etgan xalqaro olimpiadada Erkinov Azizbek munosib ishtirok etib 🥉bronza medalini qo‘lga kiritdi! Olimpiadaning barcha ishtirokchilarini kelgusi o‘qishlarida omad va ulkan zafarlar tilab qolamiz!
✈️@T_Nurmetov
📣📣📣📣📣
Habaringiz bor joriy yilning 29-noyabr kuni 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi safida Xorazmlik ikki nafar o‘quvchilar
😄Erkinov Azizbek - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;
😄Vaysboyev Rahimboy - Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o'quvchisi;
🔭🔬🧪20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Tailandga jo’nab ketgan edi.
😀Bugun 9-dekabr kuni Tailandning Bangkok shahrida 56 ta davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o’quvchilar ishtirok etgan xalqaro olimpiadada Erkinov Azizbek munosib ishtirok etib 🥉bronza medalini qo‘lga kiritdi! Olimpiadaning barcha ishtirokchilarini kelgusi o‘qishlarida omad va ulkan zafarlar tilab qolamiz!
✈️@T_Nurmetov
Конституция байрами муносабати билан ўзбекистонликлар неча кун дам олади?
8 декабр – Конституция куни муносабати билан 5 кунлик иш ҳафтасида ишловчи ходимлар 3 кун (жума, шанба, якшанба), ҳафтада 6 кун ишловчилар эса 2 кун (жума ва якшанба) дам олади. Бу йил ушбу сана муносабати билан қўшимча дам олишларини белгилаш ёки дам олиш кунларини кўчириш назарда тутилмаган.
👉 https://kun.uz/11708231
🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimining tajriba-sinov jarayonlariga start berildi.
➖ Bugun ushbu jarayonlar Toshkent shahridagi maktab o’qituvchilari uchun bo’lib o’tadi.
❗️Test sinovlarining 1-smenasi soat 11:00 da boshlandi.
2-smena jarayonlari soat 14:00 da o’tkazilishi rejalashtirilgan.
✔️Ma’lumot uchun: mazkur yangi tizim xorijiy mamlakatlar, xususan Birlashgan Arab Amirliklari va Singapur kabi davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#2_CHSB
#Xorazm
✅ Bugun 25-dekabr kuni Xorazm viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda II-chorak ChSB (choraklik summativ baholash) o'tkazilmoqda.
🧠 Bu galgi ChSB test sinovlarida viloyatdagi
😎Qo‘shko‘pir tumani va Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktablari, Xiva shahar 1-son va Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida 10-sinflarda jarayonlar onlayn shaklda tajriba qilinmoqda.
🗺 Xorazm viloyati ChSB jarayonlariga Agenlik vakili M.Karimov mas'ullik qilmoqda.
@T_Nurmetov
Ахборот 24 | Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилоятида ўқитувчилар қурултойи ўтказилди
#23dec #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
2026 йилда Информатика бўйича халқаро олимпиада илк бор Ўзбекистонда ўтказилади
@T_Nurmetov
“Imo-ishora tili bo‘yicha eng yaxshi tarjimon” tanlovi tashkil etildi
✅ Kuni kecha Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston karlar jamiyati hamkorligida Toshkent shahridagi 102-sonli maktab-internatida “Imo-ishora tili bo‘yicha eng yaxshi tarjimon” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
➖Tanlovdan asosiy maqsad, kasbiy mahorati yuqori, ilg‘or, ijodkor, tashabbuskor, fidoyi tarjimonlarni aniqlash, bu borada samarali natijalarga erishayotgan tajribalarini ommalashtirish, jamiyatda surdotarjimonlik kasbini nufuzini yanada oshirishdan iborat.
♻️Ushbu tanlovda hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar ishtirokchi tanishtiruv, test topshirig‘i hamda matn tarjimasi shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Tanlov yakunida:
🥇1-o‘rin — Xorazm viloyatidan Muhabbat Yusupi;
🥈 2-o‘rin — Toshkent shahridan E’zoza Ahmedova;
🥉3-o‘rin — Navoiy viloyatidan Dilfuza Mamatovaga nasib etdi.
⚡️G‘oliblar turnir tashkilotchilari tomonidan pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
PISA 2022 natijalari asosida “yo‘l xaritalari” tayyorlanadi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova rahbarligida PISA 2022 natijalari, ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar mahoratini yuksaltirish, shuningdek, PISA 2025 jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
❗️Unda vazirlik mas’ullari va barcha hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida hududiy boshqarmalar rahbarlarining 2023-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisoboti hamda keyingi yilga rejalashtirilgan loyihalari haqidagi axboroti tinglandi.
✔️Shundan so‘ng, PISA 2022 natijalari to‘g‘risida tahliliy taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda o'zbekistonlik o‘quvchilar natijalari hududlar kesimida tahlil qilinib, kerakli tavsiyalar berildi.
➖ Har birimiz bu tadqiqotlar asosida turgan nuqtamizni yaxshiroq tushunishimiz va bundan keyingi harakatni shunga qarab amalga oshirishimiz lozim. Bu yilgi natijalarimizdan kelib chiqqan holda 2025-yilgi tadqiqotlarga hozirdan jiddiy tayyorlanish zarur.
Xabaringiz bor, xorijlik ekspertlar va o‘zimizning malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilgan. Ularning tavsiyalari va barcha hudud rahbarlari takliflari asosida birinchi navbatda har bir tuman kesimida “yo‘l xaritalarini” ishlab chiqamiz.
Bu o‘qituvchilar va o‘quvchilarimizni tayyorlash hamda natijalarimizni yaxshilashga yordam beradi, – dedi Hilola Umarova.
🔴 Ma’lumot uchun: ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda OECD tashkilotining rasmiy saytida o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida namunaviy savollar joylashtirilgan bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab borishlari mumkin.
Shuningdek, vazirlik tomonidan PISA tadqiqotlari yo‘nalishida maxsus platforma yo‘lga qo‘yilishi hamda uni yanada takomillashtirish yuzasidan hududlardan taklif va tavsiyalar olinishi ma’lum qilindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Direktorlar kengashi” qanday tuzilma?
❗️“Direktorlar kengashi” tarkibi joylardagi eng tajribali umumta’lim muassasalari direktorlaridan iborat.
➖Kengash umumta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tavsiya beruvchi maslahat organi hisoblanadi.
➖U o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida yuritadi, oshkoralik, kollegiallik, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik tamoyillariga amal qiladi va Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdor hisoblanadi. Kengash tarkibi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
➖ “Direktorlar kengashi” tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish sho‘basi tomonidan barcha umumta’lim maktablari rahbarlariga zoom dasturi orqali seminar trening o‘tkazildi.
Yig‘ilishda “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar (yangi tahriri) va “Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti”ni baholash mezonlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Kelgusida maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonida “Zamonaviy maktab”larga qo‘yilgan talablar asosida o‘tkaziladigan baholash natijalari hisobga olinishi ta’kidlandi.
Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
☝️Xech bir tekshiruvchi ta'lim dargohiga asossiz kirishga xaqli emas.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.04.2019 yildagi 352-son
👍"MAKTABGACHA HAMDA UMUMTA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI TEKSHIRISH ISHLARINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"
✈️@T_Nurmetov
🟨🟨🟨🟨🟨
O‘zbekiston terma jamoasi Tailand🇹🇭 davlatida o'tkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo'lga kiritdi!
❤️🔥Xabaringiz bor, joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkazildi. Mazkur xalqaro olimpiadada dunyoning 56 davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o'quvchilar kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha bilimlarini sinovdan o'tkazdilar. Shuni alohida qayd etish joizki, xalqaro olimpiadaning amaliy bosqichi jamoaviy tarzda o'tkazildi, unda o'quvchilarimiz eng yaxshi natija qayd etgan davlatlar qatoridan joy olishdi!
Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
🥈 Raximov Daler - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi - KUMUSH medal;
🥈 Mamadaliyev Javohir - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi - KUMUSH medal;
🥈 Yuldashev Murodbek - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o'quvchisi - KUMUSH medal;
🥉 Ashiraliyev Nursulton - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi - BRONZA medal;
🥉 Erkinov Azizbek - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi - BRONZA medal;
🔝19-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta BRONZA medali qo'lga kiritilgan edi.
TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
📣📣📣📣📣
📣Onlayn olimpiadalar davom etadi!
⚡️ Joriy yilning 15-26—DEKABR kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya, 📗Ingliz tili va 📘Ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.
🗣 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.
✅Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
🟢 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimining tajriba-sinov jarayonlariga 📍Xorazm viloyatida ham start berildi.
👨💼Test sinovlariga 317 nafar pedagoglar jalb qilishi belgilangan
😎Jarayonni online kuzatish
😄Ma’lumot uchun: mazkur yangi tizim xorijiy mamlakatlar, xususan Birlashgan Arab Amirliklari va Singapur kabi davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqildi.
✈️@T_Nurmetov
#Xalqaro_tajriba
O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqotidagi natijalari eʼlon qilindi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Jahon banki va OECD tashkiloti hamkorligida O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.
❗️Mazkur tadbir PISA 2022 tadqiqoti natijalarining xalqaro darajada eʼlon qilinishi munosabati bilan tashkil etildi.
Konferensiyani kirish so'zi bilan vazir Hilola Umarova ochib berdi:
– Prezidentimiz tomonidan zamonaviy ko‘nikmalarga ega, keng dunyoqarashli zamonaviy kadrlar tayyorlash hamda ta’lim tizimini takomillashtirishdagi xalqaro integratsiya masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi barchaga yaxshi ma’lum.
Bugun e'lon qilingan O‘zbekiston ta’lim tizimining PISA tadqiqotlaridagi ilk natijalarini oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishdagi keyingi qadamlarimiz uchun juda muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.
Albatta, sohada yutuqlarimiz qatorida ba’zi muammolarimiz ham bor, buni yashirmaymiz. Ammo niyatimiz ham, maqsadimiz ham shuki, biz bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganmiz. Buning uchun malakali mutaxassislarimiz, mehnatkash ustoz-o‘qituvchilarimiz bilimi va salohiyatiga suyanamiz.
___________
➖ PISA 2022 tadqiqotida, O‘zbekistondagi 15 yoshli o‘quvchilar matematika fanidan jami 364 balni qo'lga kiritdi.
❗️Mazkur yo‘nalishda o‘g‘il bolalar qizlarga qaraganda balandroq, maktablar joylashuvi bo‘yicha tahlil qilinganda shahar maktablari qishloq maktablaridan yaxshiroq natija qayd etdi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, PISA 2022 tadqiqotda ustuvor yo‘nalish etib matematika belgilangan edi.
Bugun ustoz Safarali aka Xamrayev bilan pedagog kadrlar attestatsiyasini yangicha tartibini aprobatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha Hazorasp tumani pedagoglari, O‘TIBDO‘ va maktab direktorlari bilan zoom platformasi orqali suhbatlashib oldik. Suhbat jarayonida pedagoglar ertangi 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan pedagog kadrlar aprobatsiyasi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Yangi tartib loyihasi bo‘yicha malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda esa pedagogik mahorati baholanadi. Eng zo‘r tomoni pedagog attestatsiya jarayonlarini yakunlagandan so‘ng natijasidan qanoatlansa, e'tirozi bo‘lmasa shu vaqtning o‘zida malaka toifa sertifikatini shaxsiy kabinetidan yuklab olishi mumkin bo‘ladi. Hamma jarayonlar shaffof tarzda real vaqt oralig‘ida online tartibda olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz joriy yilning 6-dekabr kuni Hazorasp tumanidagi 317 nafar pedagoglar Xorazm IT-Park binosida pedagog kadrlar attestatsiyasining aprobatsiya jarayonlarida ishtirok etishadilar.
@T_Nurmetov