✨Diqqat olimpiada g‘oliblari aniqlandi!
9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan viloyat bosqichida 😀Ingliz tili fanidan olimpiada g‘oliblari bilan tanishing:
@T_Nurmetov
✨Diqqat olimpiada g‘oliblari aniqlandi!
9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan viloyat bosqichida 🇩🇪Nemis tili fanidan olimpiada g‘oliblari:
@T_Nurmetov
✨Diqqat olimpiada g‘oliblari aniqlandi!
9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ikkinchi guruh fanlari bo'yicha olimpiada g‘oliblari:
🇫🇷Fransuz tili
🥇 Bekmetova Lola Eshchonboy qizi Xonqa tuman 2-maktab
🥈Sobirova Yulduz Azadboy qizi Gurlan tuman 5-maktab
🥉Rajabova Ruhshona Sherzod qizi Xonqa tuman 13-maktab
@T_Nurmetov
28-noyabr kunidan asosiy fan olimpiadaning 2-guruh fanlariga (ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, o'zbek tili, qozoq tili, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, tarix va geografiya) start beriladi.
Barcha ishtirokchilarning yozgan ishlari (shifrlanmasdan oldin) – yozma ish daftarlari (muqovasi va javoblar yozilgan barcha varaqlari) va testga yozgan javoblar varag‘ining elektron shaklini rasmga olib quyida ko'rsatilgan Telegram guruhlariga joylashtiriladi. Barcha ishtirokchilar, tayyorlagan o'qituvchilari, ota-onalar va ommaviy axborot vakillari ham ulanishi mumkin.
1) Ingliz tili (9-sinf)
2) Ingliz tili (10-sinf)
3) Ingliz tili (11-sinf)
4) Nemis tili (9-sinf)
5) Nemis tili (10-sinf)
6) Nemis tili (11-sinf)
7) Fransuz tili (9-sinf)
8) Fransuz tili (10-sinf)
9) Fransuz tili (11-sinf)
10) Ona tili va adabiyoti (9-sinf)
11) Ona tili va adabiyoti (10-sinf)
12) Ona tili va adabiyoti (11-sinf)
13) Rus tili va adabiyoti (9-sinf)
14) Rus tili va adabiyoti (10-sinf)
15) Rus tili va adabiyoti (11-sinf)
16) O'zbek tili (9-sinf)
17) O'zbek tili (10-sinf)
18) O'zbek tili (11-sinf)
19) Qozoq tili (9-sinf)
20) Qozoq tili (10-sinf)
21) Qozoq tili (11-sinf)
22) Tarix (9-sinf)
23) Tarix (10-sinf)
24) Tarix (11-sinf)
25) Geografiya (9-sinf)
26) Geografiya (10-sinf)
27) Geografiya (11-sinf)
@T_Nurmetov
✅Bilasizmi?
55 foizdan ko‘p qismi mavjud bo‘lgan pullar bilan siz bemalol haridni amalga oshira olasiz.
@T_Nurmetov
Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyat binosi hamda Urgach tumani 48-maktabning oraliq masofasi 0.5 metr yoki 50 sm ni tashkil qiladi 😊
Читать полностью…Bir million o'zbek dasturchilar platformasi orqali 365 mingdan ortiq yoshlar IT sohasini o'rganishmoqda.
Lider hududlar Xorazm, Samarqand va Namangan viloyatlari bo'lsa, Toshekent shahar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Farg'ona viloyati ko'rsatkichlari juda past darajada.
📈 Bugungi kunda uzbekcoders.uz sayti orqali “Coursera” platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan:
🤵♂️o'gil bolalar soni 187 803 nafar 51,1 % ni,
👰♀️qizlar esa 179 494 nafar 48,9 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, 700 nafar yoshlar professional pullik kurslarda tahsil olishmoqda.
Batafsil ma'lumot!
😄Dastlabki natijalarga ko‘ra Xorazmlik 9 nafar maktab o‘quvchilari Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichida munosib ishtirok etib, nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga saralashning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.📣👏
O‘quvchilarimizga keyingi bosqichlarda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz. ⚠️
🟢Eslatma: ushbu matijalar o‘quvchilarni e'tirozlaridan keyin o‘zgarishi mumkin
@T_Nurmetov
❔Savol: Maktab direktorining OʻIBDOʻ va MMIBDOʻ lari tomonidan faoliyatini amalga oshirish uchun alohida yillik yoki uch yillik ish rejalar tuzib shu asosida ishlash majburiymi?
✅ Javob: Yoʻq!
Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 206-sonli buyrugʻi bilan (buyruq hozirda oʻz kuchida) “Umumiy oʻrta ta’lim maktablari (ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining namunaviy lavozim majburiyatlari” tasdiqlangan. Lavozim majburiyatlarida maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari tomonidan oʻzlarini faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha yillik ish rejalar tuzish talab etilmaydi. Faqatgina ma’naviy-ma’rifiy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari va vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari – Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari tomonidan tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish, ijrosini ta’minlash majburiyati yuklatilgan.
Shuningdek maktab direktorining lavozim majburiyatlarida “Maktabning yillik ish rejasini tasdiqlash hamda oʻqituvchilar tomonidan oʻquv rejasining bajarilishini nazorat qilish” majburiyati belgilangan.
👨💼Bundan xulosa shuki, maktabda faqat bitta maktabning yillik ish rejasi boʻlib, maktab rahbarlariga mazkur ish rejada topshiriqlar koʻrsatib oʻtiladi. Hozirda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari xodimlaridan yuqoridagi buyruqda belgilangan lavozim majburiyatlaridan tashqari narsalarni soʻrashga haqli emasmiz.
@T_Nurmetov
D. Djumaniyozov sizga fan doktori ilmiy darajasi muborak bo‘lsin. Ayni kasb bayramingiz arafasida siz uchun bu yuksak mukofot bo‘ldi.👏
Kelgusi ishlaringizga zafarlar tilayman doimo xalq ardog‘ida bo‘ling
@T_Nurmetov
Shunday marketolog o‘quvchilarimiz ham bor o‘zlarini qobiliyatlari bilan ota-onalariga ko‘makchi bo‘ladilar 😊
Gurlan tumani 6-IDUM o‘quvchisi, instagramda 47400 dan ortiq a'zosi bor
@T_Nurmetov
Asosiy fan olimpiadalari Xorazm viloyatida qanday o‘tayotganligi bilan tanishing
😎 Videoni ko'rish
@T_Nurmetov
Xorazm viloyatida asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida noan'anaviy uslub qo‘llandi!
@T_Nurmetov
📣 XALQARO OLIMPIADALARDA ISHTIROK ETADIGAN O‘ZBEKISTON TERMA JAMOASIGA NOMZODLARNI SARALASHNING BIRINCHI BOSQICHINI BAHOLASH
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
✨Diqqat olimpiada g‘oliblari aniqlandi!
9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan viloyat bosqichida 😀O‘zbek tili fanidan olimpiada g‘oliblari bilan tanishing:
@T_Nurmetov
✨Diqqat olimpiada g‘oliblari aniqlandi!
9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ikkinchi guruh 🌐Geografiya fanidan olimpiada g‘oliblari:
@T_Nurmetov
✨Diqqat olimpiada g‘oliblari aniqlandi!
9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ikkinchi guruh fanlari bo'yicha olimpiada g‘oliblari:
⏳Tarix
🥇 Shonazarova Sevinchoy Dilshodbek qizi Urganch shahar 21-maktab
🥈Nazarova Shalola Sherzod qizi Xonqa tuman 3-maktab
🥉Sabirov Dadaxon Shukurllo o'g'li Gurlan tuman 21-maktab
@T_Nurmetov
Barchamizga sir emaski ta'lim tizimi ko‘p yillik mehnatlar talab qiladi va asta sekinlik bilan tugamas samarasini beradi. Ushbu chaqmoq toshda olov yoqayotganni ta'limda unday qilamiz bunday qilamiz deb bir kunda natija talab qilayotgan "Ta'lim jonkuyarlari"ga o‘xshatdim
Читать полностью…🎚️Teskari xaqiqat:
"Baliq boshidan sasiydi ammo uni dumidan tozalashadi"
🧠Qizig‘a😊🧐
@T_Nurmetov
Assalomu alaykum ustozlar!
28-noyabr kunidan asosiy fan olimpiadaning 2-guruh fanlariga (ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, o'zbek tili, qozoq tili, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, tarix va geografiya) start beriladi.
28-noyabr kuni - 9-sinflarga;
29-noyabr kuni - 10-sinflarga;
30-noyabr kuni - 11-sinflarga
Asosiy fan olimpiadaning barcha turlari (yozma ish, test) shu kunning o'zida Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyat binosida hamda Urgach tumani 48-maktabda o'tkaziladi.
Manzil: 📍 41.6002596,60.6707662,511m/data=!3m1!1e3!4m12!1m5!3m4!2zNDHCsDM2JzAwLjkiTiA2MMKwNDAnMTQuNyJF!8m2!3d41.60025!4d60.67075!3m5!1s0x41dfcfabdc4c240d:0x8fa359be567cfbfa!8m2!3d41.6000498!4d60.6707264!16s%2Fg%2F11v62zjb4t?hl=ru-KG&entry=ttu">Urganch tuman, Yuqoriovul MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy
Nima uchun repetitordagi o‘quvchi kaltaklansa ota-ona jim turadi, maktabda shunday qilinsa...
Yuqoridagi qiziq savolga "O‘quvchini kaltaklash eng oxirgi chorami?" mavzusida o'tkazgan suhbatimizda amaliyotchi psixolog, konsultant Akobr Abdullayev javob bergandi.
📹Javob bu yerda👉https://www.youtube.com/watch?v=5ND5uoJUnBA&t=2763s
👉@xalqtaliminfo
2023-yil 10-noyabr kuni o'tkazilgan xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich dastlabki natijalari bilan tanishing.
‼️Hurmatli olimpiada ishtirokchilari.
Hakamlar hay'ati tomonidan qo‘yilgan ballarga e'tirozingiz bo‘lsa, yuqoridagi qayta ko‘rib chiqish uchun ariza faylini yuklab oling va uni to‘ldirib 📨 appelyatsiyaga@yandex.ru elektron pochta manziliga yuborishingiz talab etiladi. Arizalarni qabul qilish joriy yilning 24-noyabr kuni soat 19:00 ga qadar davom etadi. Belgilangan muddatdan kech yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
@T_Nurmetov
Shumanay tumani 33-maktab o‘quvchilari👍
Ma'lumot uchun: Shumanay tumani Xorazm viloyatiga berkitilgan bo‘lib barcha sohada doimiy hamkorlik o‘rnatilgan
@T_Nurmetov
📚Djumaniyazov Djavoxir Azatbayevich tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling
O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Hurmatli tibbiyot xodimlari!
Xalqimiz salomatligini asrash va mustahkamlashdek sharafli ishga o‘z hayotini bag‘ishlab, viloyatimizda fidokorona faoliyat yuritayotgan barcha sog‘liqni saqlash sohasi vakillarini – Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz baxtu saodati, farzandlarimiz barkamolligi yo‘lidagi ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
ASOSIY FAN OLIPIADASINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI
Xabaringiz bor, joriy yil 4-noyabr kuni start olgan asosiy fan olimpiadasining uchinchi viloyat bosqichi bugun yakunlandi.
Olimpiadaning tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 265 nafar 9-sinf, 327 nafar 10-sinf, 295 nafar 11-sinf o‘quvchilari o‘zaro bellashdilar.
Ular orasidan eng iqtidorli va bilimli o‘quvchilar matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan xolisona va shaffof tarzda o‘tgan bilimlar sinovi orqali tanlab olindi.
Bugun Urganch shahridagi IT markazida g‘olib o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Boshqarma boshlig‘i so‘zida o‘z o‘quvchilariga puxta bilim berib, ularni g‘oliblar safidan joy egallashlariga hissa qo‘shgan fan o‘qituvchilariga va haqiqiy bilim egalarini tanlashda qilgan xizmatlari uchun hakamlarga minnatdorchilik bildirdi.
Shundan so‘ng olimpiadada o‘quvchilari g‘olib bo‘lgan Bog‘ot ixtisoslashtirilgan maktabi, Bog‘ot tumani 47-maktab, Gurlan tumanidagi 6-IDUM, 30-son, 43-son, Hazorasp tumanidagi To‘lqin FM nodavlat ta’lim muassasasi, Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktab, 45-son maktab, Qo‘shko‘pir tumanidagi 42-son, 1-son maktab-internat, Shovot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Tuproqqal’a tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat, 29-, 7-son, UrDU huzuridagi akademik litsey, Urganch tumanidagi 45-IMI, 27-son maktab, Xiva shahar 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab, Xiva shahar, Prezident maktabi, Xiva tumani 20-son, Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktab, Yangiariq tumanidagi 11-son, 38-son maktablar va ixtisoslashtirilgan maktab, Yangibozor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktablar pedagoglari hamda o‘quvchilari taqdirlandi.
Olimpiada nizomiga ko‘ra, 1-o‘rinni qo‘lgan kiritgan o‘quvchilarning har biriga 1980 000 ( bir million to‘qqiz yuz sakson ming) so‘m, 2-o‘ringa 1 320 000 (bir million uch yuz yigirma ming) so‘m, uchinchi o‘ringa 990 000 (to‘qqiz yuz to‘qson ming) so‘m miqdorda pul mukofotlari ham topshirildi.
Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
✨Diqqat olimpiada g‘oliblari aniqlandi!
11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan birinchi guruh fanlari bo'yicha olimpiada g‘oliblari:
🔬Biologiya
🥇Tirkashev Javohir Jaloliddin oʻgʻli Gurlan tuman 43-maktab
🥈Batirova Gulira'no Faxriddin qizi Xonqa tuman IM
🥉Po'latov Toxirjon Sharofiddin o'g'li Xiva tuman 20-maktab
🧪Kimyo
🥇Salayev Dilshod Ikrom o'g'li Urganch shahar UrDU AL
🥈Soliyev G'ofurjon Mansurbek o'g'li Gurlan tuman 6-IDUM
🥉Ashirov Javohir To'lqin o'g'li Urganch tumani 45-IDUMI
🔭Fizika
🥇Qurbanbayeva Shaxrizoda Shoxrux qizi Hazorasp tuman 45-maktab
🥈Xasanov Jamshid Ollabergan o'g'li Urganch shahar UrDU huzuri AL
🥉To'xtaboyev Temurbek Ravshanbek o'g'li Bog'ot tuman IM
📊Matematika
🥇Raximova Mushtariy Nuraddin qizi Qo'shko'pir tuman 42-maktab
🥈Boltaboyev Bahriddin Dilshodbek o'g'li Yangiariq tuman 38-maktab
🥉Ahmedjonov Adhamjon Anvar o'g'li Xonqa tuman IM
💻Informatika
🥇Yo'ldoshov Og'abek Ne'matjon o'g'li Xiva PM
🥈Ibodullayev Tohirjon Kamol o'g'li Bog'ot IM
🥉Jumabayev Dilmurod Ravshanbek o'g'li Xiva shahar 2 IM
@T_Nurmetov
Apellyatsiya madaniyati
Hozirgi jarayonlardan kelib chiqib yozayapman. Viloyatdagi guruhlarda ham tarqatilsa xursand bo'lardim. Kimgadir foydasi tegar.
Bu murojaat ko’proq o’quvchilar va ularni himoya qilish uchun kelgan o’qituvchilari uchun. Mana soat 13:00 bolalar olimpidadan chiqdi. Quyidagi qadamlarni bajarib ko'ring:
1-qadam: Baholash me’zonini oling.
2-qadam: Masalalarning yechimlari va baholash me’zoni bilan yaxshilab tanishib chiqing. (bunga sizga 20-30 minut yetarli). Shunda masalani yaxshiroq his qilasiz.
3-qadam: Ana endi, o’quvchining yozgan ishini viloyatdagi mas’ullar tomonidan tashkil qilingan guruhdan yuklab oling.
4-qadam: O’quvchingiz bilan birga o’tirib o’quvchingizning ishiga baho bering. Bunda siz o’quvchining ishini baholash me’zonida berilgan ball kabi baholashga harakat qiling.
Qani hakamlar 100-200 talab ishni 3-4 kishi tekshirguncha siz o’quvchingizni ishini qanchalik baholaysiz. Ishonaman albatta siz hakamlardan yaxshi baholaysiz.
5-qadam: Endi natija e’lon qilinishini kuting.
Natija e’lon qilindi.
6-qadam: O’quvchingizning ishiga hakamlar tomonidan qo’yilgan ballarini va o’zingiznikini solishtiring. Bunga sizga 30-40 sekund vaqt ketadi. Agar tafavut bo’lsa, apelyatsiya bering. Aks holda, uyingizga borib dam oling ertaga test.
Yuqorida normal holatda apelyatsiya qanday bo’lishini yozdim. Xalqaro olimpiadada 6 ta o’quvchining ishini himoyasi uchun bizga bor-yo’g’i 30 daqiqa vaqt beriladi. Unda ham avval biz (bo’lani o’qituvchisi) borib ishga necha ball berganimizni aytamiz. So’ngra hakamlar o’zini balliga qarab ko’radi. Agar ballar mos kelsa, muhokamaga o’rin yo’q. Aks holda, ishlarni muhokama qilamiz.
Endi bizdagi holat:
1-2-3-4-5-qadamlar: O’quvchi olimpiadadan chiqdi endi natija chiqqunicha olimpiada pul bo’layotgani, nohaqliklar, bolalar alternativ yechimlari borligi-yu lekin ularga hakamlarni aqli yetmasligi va hkzlar haqida hayol surib yoki gurring qilib o’tiramiz.
Baholash me’zoni apelyatsiya boshlanmagunicha hech kimga kerak emas! To’g’rida hali bola yechdimi yo’qmi nima qilamiz uni ishini ko’rib chiqib o’zimizni ovora qilib.
Bolani ishi. Nima-u?! Uni tekshirish hakamlarni ishi, manga nima aloqasi bor uni.
Natija e’lon qilindi. (Apelyatsiyaga ariza topshirish uchun 30 minut=1800sekund vaqt berildi)
6-qadam:
-Eng baland kimga qo’yishibdi?!
-Topqani o’shani ishini qani qani qanaqa yozibdi.
- xatosini qidir, qidir... nimasidir bo'lishi kerak.
-Xato topilmayaptiku; Unday bo'lsa original yechim bilan tekshir. Yechimini oldindan sotib olgan bo'lishi kerak. Bunaqa ko'p ball olishi mumkin emas!
-Voy yana nohaqlik, hakamalar sotilgan.
-Apelyatsiya beramizmi?
-Foydasi yo’q. Baribir hammasi sotilgan va hkz.
- 30 minutda nimaga ham ulguramiz.
Bevafo dunyo. Olimpiadadan ko’nglim qolgan va hkzlar.
-Apellyatsiya beramizmi?
-ha beramiz.
-Kirib necha ball so’raymiz?
-Biz maksimum so’rab o’tiraveramiz; qolgani hakamni muammosi. Pulini olyaptiku tekshirsinda.
Xullas yuqoridagi gaplar ko’pchilikka yoqmasligi mumkin. Lekin, ayni haqiqat shunday. Hakamlar ham odam. 100-200 ta (5 tadan masalaning yechimi bilan) ishni 3-4 soat ichida tekshirishni ideal qilib tekshirishni iloji yo’q aslida. Shuning uchun butun dunyoda apellyatsiya normal jarayon. Bizda esa hamma uchun yoqimsiz bir jarayon.
Manba: Ijtimoiy tarmoqdan olingan
@T_Nurmetov
📣 XALQARO OLIMPIADALARDA ISHTIROK ETADIGAN O‘ZBEKISTON TERMA JAMOASIGA NOMZODLARNI SARALASHNING BIRINCHI BOSQICHIDA ISHTIROK ETADIGAN O‘QUVCHILAR
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram