DIQQAT!!!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 30.09.2019-yildagi 823-sonli qarori bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida NIZOM” tasdiqlangan mazkur Nizomning 12-bandida ishchi guruh o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, bajaradigan funksiyalari belgilangan boʻlib mazkur bandning 4-xatboshida
“har yili 1-iyulga qadar umumta’lim muassasasining har bir pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini baholaydi va navbatdagi o‘quv yili uchun yuqori natija ko‘rsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilaydi” deb koʻrsatilgan.
Shuningdek ushbu Nizomning 28-bandida “Umumta’lim muassasalari pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar har yili 1-iyulga qadar belgilanadi va o‘quv yilining yarim yillik yakunlari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi mumkin” deb belgilab qoʻyilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olganxolara umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ishchi guruhlar tominidan, shoshma-shosharliklarga yoʻl qoʻymasdan, belgilangan muddatgacha boʻlgan davrda oʻqituvchilarni sarson qilmay va ortiqcha hujjatlarni talab qilmasdan ariza bilan murojaat qilgan pedagoglar faoliyatini baholash mezonlari asosida oʻrganib chiqishlarini soʻraymiz.
@T_Nurmetov
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_12
⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.
❗️Bugungi audiobayonotimizda:
➡️ 00:09 O‘rta-maxsus ma’lumot asosida 16 yildan buyon umumta’lim maktabida laboratoriya xodimlar 5 yillik stajga ega o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlar kabi imtiyoz asosida o‘qishga topshirishi mumkinmi? Buning tartibi qanday?
➡️ 01:43 Maktablardagi dars soatlarini qisqartirish, olib tashlash, qo‘shish kabi o‘z takliflarimizni qay tartibda yuborishimiz mumkin?
➡️ 03:34 "Qizil maktablar" sirasiga qaysi ta’lim muassasalari kiritiladi? Ularning oddiy maktablardan farqi nimada?
➡️ 05:12 Ko‘zi ojiz pedagoglar uchun qanday imtiyozlar, xususan, qo‘shimcha ustama haqlari belgilangan? Qonunchilikda ustama nazarda tutilmagan bo‘lsa, ko‘rishida nuqsoni bor pedagoglarga qaysi ta’lim maskanida ishlashlaridan qat’iy nazar ustama berilishini taklif qilaman.
❕Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Seminar_trening
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.
Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.
❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.
⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.
Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.
📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaning bitiruvchilarga bayram tabrigi va tilaklari
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчи ёшларига
Қадрли фарзандларим!
Аввало, мана шу қувончли айёмда етуклик шаҳодатномасини қўлга олиб, мустақил ҳаётга қадам қўяётганингиз билан барчангизни чин қалбимдан самимий муборакбод этаман.
Сизлар орзиқиб кутган 25 май санасида мамлакатимиздаги 10 мингдан зиёд мактабларда “сўнгги қўнғироқ”лар янграб, қарийб 392 минг нафар ёшларимиз қадрдон мактаблари, меҳрибон устозлари билан хайрлашмоқда. Айниқса, 12 мингдан ортиқ битирувчиларимиз ўқишни олтин, 2 мингдан зиёди кумуш медаль билан якунлаётгани байрам шукуҳини янада оширмоқда.
Албатта, буларнинг барчаси нафақат сиз, азиз фарзандларимиз, балки биз – ота-оналар, устоз-мураббийлар учун ҳам ғоят қувончли ва ҳаяжонли воқеалардир.
Сизларни замонавий таълим олиб, касб-ҳунар ўрганиб, жамиятимизда муносиб ўрин эгаллашингиз учун янгиланган Конституциямизда белгиланган беқиёс имкониятлар кутмоқда.
Ҳеч шубҳасиз, ўз билим ва истеъдодини Ватанимизга муносиб фарзанд бўлишдек мақсадларга сарфлашга бел боғлаган сиз каби ёшлар – янги Ўзбекистоннинг олтин фонди, бебаҳо хазинасидир.
Азиз ўғил-қизларим!
Бугунги кунда жонажон Ватанимиз тараққиётида миллий юксалиш даври бошланмоқда. Айниқса, таълим тизимини ривожлантиришга алоҳида эътибор бераётганимиз сизларга яхши маълум. Хусусан, Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили деб ном олган 2023 йилда махсус давлат дастурини қабул қилиб, соҳа ривожини янги босқичга кўтариш, ўқитувчи ва мураббийларнинг жамиятдаги ўрни ва обрў-эътиборини ошириш бўйича кўплаб чора-тадбирларни амалга оширмоқдамиз.
Ҳозирги вақтда юртимизда 10 мингдан зиёд давлат умумтаълим мактаблари, Президент, ихтисослаштирилган ва ижод мактаблари билан бирга кўплаб нодавлат, давлат-хусусий шериклик шаклидаги мактаблар фаолият юритмоқда.
Биргина ўтган йили 3,2 триллион сўм маблағ ҳисобидан 807 та мактабда қурилиш ва таъмирлаш ишлари амалга оширилди. Бу йил эса ўрта таълим масканларига 40 минг дона замонавий компьютерлар, 442 та комплект робототехника жиҳозлари ва бошқа зарур ашёлар етказиб берилди.
“Баркамол авлод” болалар мактаблари, болалар ва ўсмирлар спорт мактабларида кенг кўламли маънавий-маърифий тадбирлар амалга оширилмоқда, ёшларимиз ўртасида китобхонликни кучайтириш, уларни адабиёт, санъат ва спорт тўгаракларига фаол жалб этиш бўйича изчил иш олиб борилмоқда.
Ана шундай ишларимизнинг самараси сифатида юртимиз ўқувчилари жорий йилда минтақавий ва халқаро фан олимпиадаларда 2 та олтин, 15 та кумуш, 27 та бронза медалларини қўлга киритгани, 6 нафар истеъдодли қизимиз Зулфия номидаги давлат мукофотига сазовор бўлгани барчамизни хурсанд қилади.
Шунингдек, ўқувчиларни мактаб давридаёқ касбга эга бўлишлари учун 11-синфни ҳаётга йўлланма берувчи синф деб белгилаб, ёшларга камида иккита чет тили ҳамда тадбиркорларни жалб қилган ҳолда битта замонавий касб ўргатиш тизими жорий қилинмоқда.
Ҳурматли битирувчилар!
Кейинги пайтда Ўзбекистон униб-ўсиб келаётган сиздек азму шижоатли ёшларимиз учун улкан имкониятлар мамлакатига айланиб бормоқда. Юртимиздаги 210 та олийгоҳ, 330 та касб-ҳунар мактаби, қарийб 400 га яқин коллеж ва техникумлар сизларга ўзингиз танлаган соҳалар бўйича етук кадр ва малакали мутахассис бўлиш учун имконият майдони бўлиб хизмат қилади.
Талабаларнинг ишлаб чиқаришдан ажралмаган ҳолда ўқиб, олий маълумот олишини таъминлаш мақсадида 154 та олийгоҳда сиртқи, 15 та олийгоҳда эса масофавий таълим шакли фаолият кўрсатмоқда.
Шу билан бирга, давр талабидан келиб чиқиб, ёшларни замонавий касбларга ўргатадиган мономарказлар, Ай-Ти ва технопарклар бунёд этилиши уларнинг ўз бизнеслари билан шуғулланишига хизмат қилмоқда.
Сизларнинг жамиятда муносиб ўрнингизни эгаллашингиз учун жойлардаги ҳокимликлар, сектор раҳбарлари, маҳалла жамоатчилиги ҳам яқин кўмакчи ва маслаҳатчи бўлади. Бундай эзгу мақсад йўлида уларнинг эшиклари доимо сизлар учун очиқдир.
✅ Maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida pedagoglarni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, ishga kirayotgan pedagog 1 yil davomida o‘qituvchi-stajyor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda sertifikat olishi kerak bo‘ladi.
✅ O‘qituvchilarga malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani bo‘yicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi.
❕Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama to‘lanishi mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi" tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi
❗️2023-yil 1-sentabrdan boshlab:
✔️ Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;
✔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan “Direktorlar kengash”lari tashkil etiladi;
✔️ umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengash”i tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
✍ Umumiy o'rta ta'lim muassasalari uchun 2023-2024 o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv rejasi tasdiqlandi.
2023 yil 15 may.
@T_Nurmetov
🧑🏼✈️Ichki ishlar akademik litseyi
imtixonlari haqida 1- qism
✅ Ichki ishlar akademik litseyi imtixonlari bosqichma -boshqich amalga oshiriladi .
1️⃣- Darstlabki tanlov -yani hujjatlarni tayyorlash .Bunda o’quvchilarning yig’ma hujjatlari komissiya tomonidan ko’rib chiqilib ,loyiqlar tanlab olinadi.
2️⃣-Psixologik testlar bu test sinovi o’quvchilarni ichki ishlar sohasiga tavsiya qiluvchi test hisoblanadi .
Bu testlar orqali o’quvchining harakteri aniqlanadi .
Hujjat topshirgan o’quvchilar 30 foizidan ortiqi mana shu psixologik tesda keyingi bosqichga o’ta olmaydi .
Farzandingizni harbiy qilishni istasangiz Grand o’quv markazi harbiy kurslariga yoziling .
🏛️Grand o’quv markazi filiallari
Yangibozor tumani- 97-090-37-32
Gurlan tumani - 88-517-58-00
Shovot tumani - 97 527 58 00
Qo’shko’pir tumani- 90 430 00 14
Urganch shahar- 97-526-58 -00
Harbiy universitet va litsey test jarayonlari haqida to’liq ma’lumot olishni istasangiz
/channel/Grand_talim_markazi
kanaliga qo’shiling .
0️⃣0️⃣0️⃣ Kundalik platformasida Olympiadan oilaviy tanlov!
Butun oilangiz bilan qiziqarli savollarga javob berib va qimmatbaho sovrinlarga ega bo’ling.
✅ Sovrin jamg'armasi — 200 000 000 so'm
Shu bilan birga, har bir oila ishtirokchi sertifikatiga va ta'lim resursidan foydalanish huquqiga ega bo'ladi.
✅ Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi:
1-bosqich 2023-yil 3-iyun kuni onlayn boʻlib oʻtadi (barcha ishtirokchilar oʻz oila a’zolari bilan birgalikda tanlov savollariga onlayn tarzda javob beradilar)
2-bosqich - 2023-yil 17-iyun kuni oflayn o‘tkaziladi (faqat eng kuchli 50 ta jamoa uchun)
2-bosqichda barcha savollarimizga hammadan ko‘ra tezroq va to‘g‘ri javob bergan 50 ta oila ishtirok etadi. Ikkinchi bosqichga o‘tgan har bir oila kafolatlangan sovrin – planshetga ega bo‘ladi.
👉 Ishtirok etish
🔹 Batafsil
🔸 Telegram-bot
📞+998 555 200 500
Жорий йилда умумтаълим муассасалари педагогларини мажбурий аттестацияга жалб қилинмаслиги тўғрисидаги қарорга изоҳ.
Читать полностью…✅Xabaringiz bor Respublika bo‘yicha 2023-yil 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman, shahar bosqichi o‘tkazilgan edi.
✔️Bugun 18-may kuni mazkur tanlovning viloyat bosqichiga start berildi.
📊Viloyat bosqichida har bitta tuman(shahar)dan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab terma jamoasi ishtirok etmoqda. Viloyat bosqichida jami 65 nafar ishtirokchi o‘zaro bilimlarini sinashib, jamoaviy natija bo‘yicha eng yuqori natijalarga erishgan maktab jamoalari 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishi mumkin.
🏆Mazkur hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇 o'rin uchun — 250 million so'm,
🥈o'rin uchun — 200 million so'm,
🥉 o'rin uchun — 150 million so'm
😎Tanlovni jonli efirda kuzatib borish
@T_Nurmetov
#Seminar_trening
“Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda
🔴 Seminar-treninglar quyidagi yo’nalishlarda bo’lib o’tmoqda:
▶️ o‘quvchi qabuli,
▶️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi maktablaridagi yondashuv, mezonlarga asoslangan baholash tizimi,
▶️ umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni joriy etish,
▶️ maktablarda o‘quvchilarni bepul ovqatlantirish,
▶️ ikkinchi xorijiy tilni va kasb o‘rgatishni joriy etish,
▶️ nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati,
▶️ attestatsiya va akreditatsiya, milliy reyting,
▶️ maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrov darajasi.
❗️ Treninglar davom etmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
«Илмни қадрланг, илмга интилинг!» шиори остидаги «Сўнгги қўнғироқ» тадбирлари
@T_Nurmetov
🔥Yangibozor tumanida haqiqiy Prezdent maktabi sinov testlari bepul o’tkizilyapti .
✅Agarda farzandingiz Xiva shahridaki prezdent maktabiga yoki prezdent ixtisoslashtirilgan maktabiga bu yil topshirmoqchi bo’lsa o’zlarini haqiqiy imtixondaki kabi his qilib ko’rishlari mumkin .
➡️ Testlar Cambridge Assessment tashkilotining savollari namunasidan tuziladi
✅ Savollar: O‘zbek tilida
🔺Tanqidiy fikrlash (16 ta savol, 2 balldan)32 ball
🔺Muammoli masalalar (24 ta savol, 2 balldan)48 ball
🔺Ingliz tili (40 ta savol, 0,5 balldan)20 ball
Jami: 100 ball
✅Imtixon 28-may kuni 09:00 da bo’ladi
3-4 sinf Hamma qatnashishi mumkin
Yagona sharti 27- may 18:00 gacha qatnashuvchining ism familyasini ro’yxatga yozdirish kerak
🔺Testdan keyin
mutaxasislar farzandingizga natijalarni tahlil qilib kerakli maslahatlar beradi.😁
🏛️Imtixon- Yangibozor tumani Grand o’quv markazida bo’lib o’tadi .
Ro’yxatdan o’tish uchun @behzodgrand ga yozing
☎️ +998 97 -090-37-32
Prezdent maktabi imtixonlari haqida
/channel/Grand_talim_markazi
Ишончим комилки, сизлар яратилган ушбу имкониятлардан фойдаланган ҳолда, келгусида юртимиздаги замонавий ишлаб чиқариш корхоналари, катта-катта фирма ва компаниялар, давлат ва нодавлат ташкилотларида меҳнат қилиб, ўз билим ва малакангиз билан мамлакатимиз равнақига муносиб ҳисса қўшасиз.
Бугун мактабни тугатиб чиқаётган йигит-қизларимизнинг ҳар бири эл-юртимизнинг меҳри ва эътиборида бўлишини яна бир бор таъкидлаб айтмоқчиман.
Сиз, азиз фарзандларимизни келажакда янада улкан ва масъулиятли марралар кутмоқда. Ҳар бирингиз ҳаётда муносиб ўрнингизни топишингиз учун биз бундан кейин ҳам бор куч ва имкониятларни тўлиқ ишга соламиз.
Мен сиз, азиз фарзандларимдан бир нарсани сўрайман: тинимсиз ўқиб, изланиб, замонавий билимларни эгаллашдан асло тўхтаманг! Доимо вақтнинг қадрига етиб, мунтазам билим ва тажрибангизни ошириб борсангиз, қатъий белгилаб олган режа ва мақсадларингиз сари дадил ҳаракат қилсангиз, албатта келгусида катта муваффақиятларга эришасиз.
Сизларнинг доимо маррани баланд олиб, ягона куч бўлиб ҳаракат қилишингизга ишонаман. Сизлар бунга албатта қодирсиз.
Ана шундай шарафли ва масъулиятли йўлда барчангизга улкан ютуқ ва муваффақиятлар, шахсий ҳаётингизда бахт ва омад тилайман.
Сизларни мактаб таълимини муваффақиятли тамомлаганингиз билан яна бир бор самимий табриклайман.
Мустақил ҳаётдаги қадамларингиз қутлуғ ва баракали бўлсин, азиз ўғил-қизларим!
Шавкат Мирзиёев,
Ўзбекистон Республикаси Президенти
@T_Nurmetov
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekiston maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq kuni bilan bog‘liq taqiqlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qiladi.
Avvalroq vazirlik tomonidan maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqilgani haqida xabar berilgandi.
***
Министерство дошкольного и школьного образования сообщает, что распространяемые в социальных сетях запреты, связанные с последним звонком в школах Узбекистана, не имеют никаких оснований.
Ранее министерство разработало необходимые рекомендации по проведению мероприятий «Последний звонок» в школах.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Keyingi yildan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng tegishli umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi
✔️ 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi;
✔️ 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi;
✔️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:
“Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” maktablarini tashkil qilinadi;
✔️2024-yil 1-apreldan boshlab:
“Barkamol avlod” bolalar maktablari a’zolarining IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Боғча тарбиячиларининг маошлари мактаб ўқитувчилариники билан тенглаштирилади
https://kun.uz/37543654
⚡️⚡️DIQQAT AJOYIB YANGILIK!!
✅ DI LANGUAGE o'quv markazi yangiliklar qilishda davom etadi. Endilikda bizning o'quv markazi orqali hohlagan test markazingizga ro`yhatdan o'ring va doimiy 25 ming so'm chegirmaga ega bo'ling.
🕐Shoshiling !!!
LPAdan ro'yhatdan o'tish👇👇👇:
2023 yil 2 iyul uchun:
👉 LPAdan ro'yxatdan o'tish 2 iyul uchun:
2023 yil 30 iyul uchun:
👉 LPAdan ro'yxatdan o'tish 30 iyul uchun:
Edu-actiondan ro'yhatdan o'tish👇👇:
2023 yil 2 iyul uchun:
👉 Edu-actiondan ro'yxatdan o'tish 2 iyul uchun
2023 yil 30 iyul uchun:
👉 Edu-actiondan ro'yxatdan o'tish 30 iyul uchun
💸 Chegirma bilan 825 ming.
☎️ Ro'yhatdan o'tgandan so'ng +998 77 011 10 08 ga telegram orqali bog`laning va to'lovni amalga oshiring!
Xorazmdagi ТКТning rasmiy sahifasiga ulaning:
//Telegram//Instagram//
Песня "Последний звонок"
Исполняет ученица 3В класса шк.12 г.Хивы Салаева Зарнигор.
Кл.рук. Худайназарова М.К.
@T_Nurmetov
XORIJIY TILLARNI O'QITISH BO'YICHA ENG YAXSHI MAKTAB TANLOVI
19.05.2023✅
@T_Nurmetov
😎💻“XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Tanlovning viloyat bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra:
🥇- o'rinni Urganch shahar 15-son maktab jamoasi;
🥈- o'rinni Xiva shahar 12-son maktab jamoasi;
🥉- o'rinni Xonqa tumani 48-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi egalladi.
Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish boshqarmasi boshlig‘i G‘abit Qulnazarov, viloyat hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov ishtirok qilib, g‘olib jamoalarga vaucherlarni topshirdilar.
Ma’lumot uchun,
🥇 o'rin uchun — 250 million so'm,
🥈o'rin uchun — 200 million so'm,
🥉 o'rin uchun — 150 million so'm
🤑miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
@T_Nurmetov