Informatika olimpiadasida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish videosi.
☝️ agarda sizda gmail.com dan pochta ochilmagan bo‘lsa oldin pochta ochishingiz kerak bo‘ladi
@T_Nurmetov
06.10.2020 йилдаги ПҚ-4851-сон қарори бўйича эртага информатика фанидан 11-синф ўқувчилари ўртасида олимпиада бўлиб ўтади рўйхатдан ўтиш бугун якунланади.
Биринчи босқич онлайн тартибда ўтказилади.
Ушбу олимпиадада фақат Хоразм вилоятининг 11-синф битирувчилари иштирок этиши мумкин
@T_Nurmetov
🧲53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO-2023)
❇️Joriy yil 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) ga Yaponiya davlati mezbonlik qilmoqda. Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etmoqda va shu qatori 5 nafar O‘zbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Eslatib o‘tamiz nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichiga ko‘ra 8 ta o‘quvchi saralab olingan va ular Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etib O‘zbekiston sharafini himoya qiladilar va ushbu Osiyo fizika olimpiadasida o‘quvchilardan eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar ishtirokchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.
Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:
✅Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo-Ulug‘bek maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
✅G‘ulomjonov Jasurbek Usmonjon oʻgʻli-Namangan viloyati, Chust tumani, 71-maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
✅Quvondiqova Nozimaxon Ruslon qizi-Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, To‘lqin FM NTM, 11-sinf o‘quvchisi;
✅Boymaxammadov Jaloliddin Ahmadjon o‘g‘li -Toshkent sh, Yunusobod tumani M.Ulug‘bek mak. 11-sinf o‘quvchisi;
✅Rustamov Xurshid Zafar o‘g‘li-Qashqadaryo viloyati , Shahrisabz tumani, PTMA IM, 11-sinf o‘quvchisi;
✅Rajabov Mirshod Mahmud o‘g‘li-Buxoro viloyati , Vobkent tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
✅Eshmo‘minov Azizbek Dusmuhammad o‘g‘li-Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani 12-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
✅Sadullayev Javohir Ikrom o‘g‘li-Qoraqalpog‘iston R, Nukus shahar, Prezident maktabi, 9-sinf o‘quvchisi;
Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
https://telegra.ph/XORAZM-VILOYATIDA-NURLI-MASKANNING-BILIMDON-OQUVCHILARI-RAGBATLANTIRILDI-04-07
Читать полностью…ХОРАЗМ ТАЪЛИМИ: САБАБ ВА НАТИЖАЛАР
Президентимиз таълим тўғрисида сўз юритар экан: “Таълим сифатини ошириш – Янги Ўзбекистон тараққиётининг яккаю ягона тўғри йўлидир!”, дея таъкидлаб ўтганди.
Табиийки, таълим сифатини оширишда ўқитувчиларнинг ўзлари биринчи навбатда билим, малака ва тажрибага эга бўлиши зарур. Бу борада олиб борилган тадқиқотлар билан танишганимизда хоразмлик устозлар сўнгги уч йилда етакчилик қилаётганининг гувоҳи бўлдик. Бунинг сабаби эса нафақат Хоразм, балки юқори натижаларга эришаётган барча вилоят ҳудудий бошқарма ва бўлимларга ишнинг кўзини биладиган, ва энг асосийси устоз қадрини биринчи ўринга қўядиган раҳбарларнинг келишидир.
Ўйлаймизки, бугунги кунда Мактабгача ва мактаб таълими ҳудудий бошқарма ва бўлимларга тайинланаётган раҳбарлар энг аввало таълим сифати – яъни Ўзбекистон тараққиёти учун жон куйдирадилар.
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.
RuTube | Telegram | YouTube | instagram | inspectoruztv?lang=ru-RU">TikTok | Aloqa 📲
Шанба куни дарси йўқ ўқитувчи, шу куни мактабга бормаса бўладими?
Assalomu alaykum. Men boshlanģich sinf òqituvchisiman. Darsim 19 soat. 19 soat darsimga 5 kun ishga kelaman. Shanba kuni darsim yòq. Shu kunda soģligim tufayli doktorga borish ishlarimni va shaxsiy ishlarimni qilib olaman. Savolim shuki shanba kuni darsim yòq bòlsada menga pul tòlanadimi? Shanba kuni maktabga bormasam qaysi kunimdan yoki pulimdan oyligimni ushlab qolishadi? Har kun darsimni tòliq òtsam shanba kuni kelmaganim uchun haftada dars kunimdan "kesib" olib qolish adolatdanmi?
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
Мактабларда иш вақтига оид қоидалар мактабнинг ички меҳнат тартиб қоидаларида белгиланади. Чунки Меҳнат кодексининг 174-моддасига асосан корхонада меҳнат тартиби иш берувчи касаба уюшмаси қўмитаси ёки ходимларнинг бошқа вакиллик органи билан келишиб тасдиқлайдиган ички меҳнат тартиби қоидалари билан белгиланади.
Шунингдек, бунда ўқитувчининг иш вақти унинг иш юкламасидан келиб чиқиб аниқланади. 1 стаква миқдорда (юқори синфларда 20, бошланғич синфларда 18 соат) ишлайдиган ўқитувчи Меҳнат кодексининг 118-моддасига кўра ҳафтасига 36 соат ( юқори синф ўқитувчиси бир кунда 6 соат, бошланғич синф ўқитувчи 7.2 соат) ишлаши керак.
Умумий ўрта таълим муассасаларининг педагогик мутахассисликлари бўйича намунавий йиллик иш режасини шакллантириш тартиби тўғрисидаги Йўриқномага (рўйхат рақами 3058) 4-бандига асосан умумий ўрта таълим муассасаси педагог ходимининг йиллик иш юкламаси қуйидагича ҳисоблаб чиқилади:
👉 1-4-синфлар учун белгиланган бир ставка миқдоридаги иш юкламаси ҳафталик ҳажмини 1 коэффициентга кўпайтириш орқали, яъни:
18х1=18+18=36х4,3(ҳафта)=154,8х43 (ҳафта)=1548 соат;
👉 5-11-синфлар учун белгиланган бир ставка миқдоридаги иш юкламаси ҳафталик ҳажмини 0,8 коэффициентга кўпайтириш орқали, яъни:
20х0,8=16+20=36х4,3(ҳафта)=154,8х43 (ҳафта)=1548 соат.
Таъкидлаш керакки, юқоридаги меёр фақат тўлиқ ставкада ишлайдиган ходимлар учун тааллуқли.
❗️Агар ўқитувчи 10 соат дарс берса, унда ҳеч ким унга кун бўйи мактабда бўлиси кераклигини ҳақида талаб қўя олмайди. Ўқитувчи неча соат дарс берса, унинг кунлик иш вақти дарс ва пед юкламаси меёридан келиб чиқиб белгиланади.
💁♂ Мисол учун: 10 соат дарс берадиган юқори синф ўқитувчиси ҳафтаси 18 соат (дарс ва пед юкламани қўшган ҳолда) ишлаши кифоя. Ёки 30 соат дарси бор ўқитувчи ҳафтасига 54 соат ишлаши лозим.
Сиздаги вазиятда ҳам тўлиқ ставкада ишласангиз, унда ҳафтасига 36 соатлик иш юкламасини бажаришингиз керак. Бунда мазкур юкламани 5 кунлик иш ҳафтасида бажаришни иш берувчи билан келишиши мумкин.
✅ Сиз ҳам кунлик 7 соатлик ишлаш орқали 5 кунлик иш режимига ўтиш ҳақида иш берувчи билан келишсангиз, шанба куни ишга келмаслигигингиз мумкин.
Assalomu alaykum qadri baland ustozlar! Bugun ta'lim sohasida yana bir quvonchli xabarni guvohimiz. Hurmatli Baxram Shomuratovich sizni sharafli kasbingizdagi mashaqqatli mehnatlaringiz samarasi bugun "XALQ TA'LIMI FIDOYISI" ko'krak nishoni bilan munosib taqdirlanar ekan, siz bundanda ortig'iga loyiq ustoz ekanligingiz bilan faxrlanamiz. Yutuqlaringiz bardavom bo'lib, yosh avlodni tarbiyalashdek sharafli kasb ishlaringizga omadlar tilaymiz.
Читать полностью…Президент Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қорақалпоғистондан Хоразм вилоятига келди.
@T_Nurmetov
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan maktab taʼlimi tizimida yuqori natijalarga erishayotgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan yana bir xayrli tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshdi. Aniqroq aytganda, yurtimizdagi 1697 nafar o‘qituvchi Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama sohiblariga aylanishdi.
Ular joriy yilning aprel oyidan dekabr oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln so‘m) har oylik ustama olishadi.
O‘ylaymanki, boshlangan mazkur ezgu harakat nafaqat ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning kelgusidagi faoliyatlariga, balki boshqa pedagoglarga ham katta motivatsiya berishi, ularning ham o‘z ustilarida ishlashlari orqali ijobiy natijalarga erishishlariga turtki bo‘ladi.
Vazir jamg‘armasidan ustama olishga munosib nomzodlarni tanlab olish jarayonlaridan barchangiz xabardorsiz. 5000 mingdan ortiq nomzodlari berilgan usozlardan 2 bosqichda sinov jarayonlari o’tkazildi.
Dastlabki bosqichda Davlat test markazi tomonidan “Boshlangʼich taʼlim”, “Аniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Аmaliy fanlar” yoʼnalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʼyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari boʼlib oʼtdi. Ikkinchi bosqichda esa kasbiy mahoratni baholash uchun suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.
Quvonarlisi, ilk bosqichda 100 foizlik natijani qayd etgan ustozlarimiz kasbiy mahoratni baholash uchun o‘tkazilgan suhbat jarayonlarida ham yuqori ballarni qo‘lga kiritishdi. Demak, bu ustozlar faqat o‘zlarining fanlarini yuqori darajada bilibgina qolmay, ularni o‘z o‘quvchilariga yetkazib berishda ham yuksak kasbiy mahoratga egalar.
To‘g‘ri, tanlov jarayonlariga bir yo'la tizimdagi barcha malakali pedagoglarni qamrab olish imkonsiz. Ammo ahamiyatlisi shuki, o‘qituvchilar har yili Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustamaga nomzod bo‘la olishadi. Har yili Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning saralash jarayonlari o‘tkaziladi.
Fursatdan foydalanib, ushbu ustamaga ega bo‘lgan barcha ustozlarimizni muborakbod etaman hamda ularning kelgusi faoliyatlarida yana-da yuksak zafarlar tilab qolaman. Va o‘quvchilarimizning kelgusida Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga munosib insonlar bo‘lib kamolga yetishida yana-da ko‘proq hissa qo‘shishiga umid bildiramiz.
Tanlovda qatnashgan, ammo g‘olib bo‘la olmagan qolgan ustozlarimiz ham ko‘ngilni cho‘ktirmay, keyingi sinov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishlarini so'rab qolaman.
O‘z kasbining munosib vakillari, fidoyi o‘qituvchilarning mehnati, albatta inobatga olinadi va rag‘batlantirib boriladi.
Сўнгги йилларда 5 та янги хусусий авиакомпания ташкил қилинди, авиапарк 44 тага етди.
Ўтган йили янги Самарқанд аэропорти “бешинчи осмон” режимида ишлашига ўтгани ҳисобига, ҳафталик авиақатновлар сони 46 тадан 78 тага, йўловчи оқими эса 6,5 мингдан 10 мингтага кўпайди.
Лекин, ички рейслар тақчиллиги кузатилмоқда, темир йўлда ҳафтасига 68 та қўшимча қатновга, 350 та янги вагонга талаб бор. Қорақалпоғистон, Жиззах, Наманган ва Сурхондарёда сайёҳларга автобус етишмайди.
Шу муносабат билан фуқаролик авиацияси раҳбарларига:
- йил якунига қадар 20 та қўшимча замонавий самолётларни олиб келиб, миллий авиация паркини 64 тага етказиш;
- авиақатновлар сонини ҳафтасига ҳозирги 461 тадан 700 тага етказиб, йиллик йўловчи ташишни 7,5 миллионга олиб чиқиш;
- 1 майдан бошлаб водий – Урганч, водий – Термиз, водий – Бухоро, водий – Самарқанд, Термиз – Нукус, Самарқанд – Урганч, Бухоро – Урганч каби йўналишлар бўйича мунтазам авиарейсларни йўлга қўйиш топширилди. Бунда, авиабилет харажатларининг 25 фоизига субсидия берилади ва бунга 60 миллиард сўм ажратилади.
Умуман, жами маҳаллий рейслар сони 2 баравар оширилиб, 100 тага етказилиши кераклиги кўрсатиб ўтилди.
Facebook|Instagram|Twitter
TAYINLOV
Xonqa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga Sabirov Faxriddin Sultanmuratovich mudir etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Xonqa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga Sabirov Faxriddin Sultanmuratovich mudir etib tayinlandi.
Bugun Xonqa tumani madaniyat markazida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi rahbar soha jamoatchiligiga yaqindan tanishtirildi.
Sabirov Faxriddin Sultanmuratovich bugungi kunga qadar Xonqa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.
Fursatdan foydalanib, Faxriddin Sabirovning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
TelegramIYoutubeIFacebookIInstagramIWeb-sayt
TAYINLOV
Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari tayinlandi
Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln soʼmgacha jarima bilan jazolanishi mumkin
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni koʼzda tutuvchi qonunni imzoladi.
Unga koʼra, pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirilmoqda. Jumladan, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln soʼmgacha (100 baravar) jarimaga sabab boʼlsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln soʼmgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi mumkin.
Jinoyat kodeksida ham pedagoglarga qarshi harakat uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuchaytirildi. Yaʼni pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa, 45 mln soʼmdan 60 mln soʼmgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.
Shuningdek, taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʼz xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilish uchun ham maʼmuriy javobgarlik kuchaytirildi. Endilikda bu qilmish uchun fuqarolarga 2,1 mln soʼmdan 4,5 mln soʼmgacha jarima, mansabdor shaxslarga esa 3 mln soʼmdan 6 mln soʼmgacha jarima belgilanmoqda.
❗️Eʼtiborli jihati, ilgari pedagogning faoliyatiga noqonuniy aralashish uchun faqat jarima jazosi belgilangandi. Endilikda ushbu qilmishni takroran sodir etgan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ro'za oyida savob ishga qo'l urmoqchi bo'lgan hamyurtlar!
Mahalladoshimizga yurak operatsiyasi uchun ko'p miqdorda pul kerak. Bu safargi operatsiya unda ikkinchi marta o'tkazilishi. Operatsiyani amalga oshirish uchun 10 ming $(o'n ming dollor) pul yig'ilishi kerak. Qachon shu pul yig'ilsa operatsiyani o'tkazishadi. Lekin opamizni ahvoli unchalik yaxshimas: yurak yetishmovchiligi natijasida nafas olishi qiyinlashyapti. Qanchalik tez muddatda operatsiya qilinsa, sog'ligini tiklashi uchun shunchalik tez imkoniyat bo'lar edi.
Ozmi-ko'pmi qo'ldan kelgancha yordam qilaylik. Hech kimni boshiga tushmasin, Olloh shifosini bersin!
Karta raqam:
Xayitboyeva Sevara
8600 0610 9667 8247
@T_Nurmetov
Google ogohlantirish uchun ma’lumotlarni qayerdan olyapti?
Zilziladan ogohlantirish tizimi turli mamlakatlarda mavjud. Biroq zilzila vaqtini aniq aytish qiyin. Ya’ni “ertaga mana bu soatdan mana buncha daqiqa o‘tganda zilzila bo‘ladi” deb hech kim aytolmaydi.
Lekin kuchli zilziladan avval “forshok”lar bo‘ladi. Keyin zilzila, keyin “aftershok” kuzatiladi. Forshoklar boshlanganida Yer shari bo‘ylab o‘rnatilgan seysmograflar bir necha soniya oldin, ba’zan bir daqiqa oldin zilzila sodir bo‘lishi mumkin degan xabarni beradi.
Shuningdek, zilzila sodir bo‘lgan joydan to siz yashayotgan manzilgacha to‘lqin yetib kelishi uchun ham ma’lum qisqa vaqt o‘tadi. Bungacha ilovalar va dasturlarning xabari yetib keladi. Google ogohlantiruvi shu ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.
Bor-yo‘g‘i bir necha soniya oldin ogohlantirsa, bundan qanday foyda bor?
Albatta, ushbu ma’lumotlar muhim. Chunki bu vaqt ichida hech bo‘lmasa, kimyoviy xavfli ob’yektlar, AESlar, tezyurar poyezdlarni to‘xtatish mumkin yoki uxlab yotgan odam uyg‘onishi va xonaning burchagiga turib olishga ulgurishi mumkin.
Batafsil bu yerda
DIQQAT!!! mazkur olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish ertaga 14:00 gacha bo‘lgan muddatgacha uzaytirildi.
@T_Nurmetov
📐64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO-2023)
✅ Joriy yilning 2-13 iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida 64-Xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkaziladi va mazkur nufuzli olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasining ishtirok etishi rejalashtirilgan.
64-Xalqaro matematika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:
✅Raxmatov Anvarbek Zufarjonovich -Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
✅Axtamov Ozodbek To‘lqinovich -Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Al-Xorazmiy maktabi. 9-sinf o‘quvchisi;
✅Sadulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 11-sinf o‘quvchisi;
✅Xalilov Suxrob Umarovich -Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 1-son PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
✅Maksudov Behzod Alisher o‘g‘li -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
✅G‘afforov Rasulbek Hamza o‘g‘li -Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi;
Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.
Batafsil bu yerda
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha ko‘p bosqichli tuman( shahar), viloyat hamda Urganch davlat universiteti olimpiadasini o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan olimpiadaning sinov bosqichi (ro'yxatdan o'tish hamda o'zlarini sinash uchun) https://forms.gle/frGZzrTaGJfcL78BA ushbu havola orqali 10.04.2023 yil kuni 24:00 gacha davom etadi.
O’quvchilar masalalarni ushbu https://contest.yandex.ru/contest/48223/enter havola orqali kirib yechishi va yechimlarini yuborishi kerak bo’ladi. Yuborilgan javoblar ACM baholash mezoni orqali baholanadi. Ushbu sinov bosqichi o’quvchilarni tizimda ishlashni o’rganishlari uchun bo’lib yechilgan masalalar uchun olingan ballar hech qanday ahamiyat kasb etmaydi va sinov bosqichida qatnashish majburiy hisoblanmaydi.
Eslatib o'tamiz: Olimpiada faqat 11-sinf bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun o'tkaziladi.
Asosiy 1-bosqich (11.04.2023 yil) da jami 10 ta masala beriladi va bu masalarni yechish uchun 1000 dan boshlab 5 soat vaqt beriladi. O’quvchilar masalalarni ushbu https://contest.yandex.ru/contest/48224/enter havola orqali kirib yechishi va yechimlarini yuborishi kerak bo’ladi. Yuborilgan javoblar ACM baholash mezoni orqali baholanadi.
Yakuniy bosqich (17.04.2023-yil) da jami 10 ta masala beriladi va bu masalarni yechish uchun 10:00 dan boshlab 5 soat vaqt beriladi. O’quvchilar masalalarni ushbu https://contest.yandex.ru/contest/48225/enter havola orqali kirib yechishi va yechimlarini yuborishi kerak bo’ladi. Yuborilgan javoblar ACM baholash mezoni orqali baholanadi. II - bosqichida I-bosqichda olingan ballar inobatga olinmaydi. II - yakuniy bosqichda faxrli I,II,III o’rin olgan o’quvchilar g’olib deb topiladi.
9-11-sinf o'quvchilari uchun 7 tildagi namunaviy imtihon materiallari e'lon qilindi
2022-2023-oʻquv yillarda oʻquvchilarni barcha fanlardan davlat yakuniy attestatsiyasidan oʻtkazish uchun imtihon biletlari, metodik tavsiyalar va oʻquv materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqildi.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Jumladan 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 15-iyuniga qadar tashkil etiladi.
Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlar kiritilgan.
Imtihonlar belgilangan muddatda shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘riladi.
7 tilda tayyorlangan namunaviy nazorat materiallarini yuklab oling.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Bugun 4-aprel kuni soat 15:00 da Xorazm televideniyasida Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining xodimlari ishtirokida birinchi ochiq muloqot bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Muloqotda o'zingizni qiziqtirgan savollar bo'lsa studiyada joylashgan telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilish orqali yo'llashingiz mumkin bo'ladi.
(telefon raqamlar efir paytida e'lon qilinadi)
@T_Nurmetov
Vazir Hilola Umarova xorazmlik 20 nafar faxriy o‘qituvchini "Xalq ta'limi fidoyisi" ko'krak nishoni bilan taqdirladi
✅ Bugun Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xorazmlik o‘qituvchilar bilan uchrashdi.
✔️Unda Xiva shahar hokimi Temur Davletov va “O’zbekiston Qahramoni”, pedagog Anora Mahmudova ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar, yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z bordi.
Shuningdek, pedagog kadrlarning o'z ustida ishlashi uchun berilayotgan imkoniyatlar ham alohida ta'kidlandi.
⚡️Bundan tashqari, uchrashuvda o‘qituvchilarning soha yuzasidan fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.
Uchrashuv so‘nggida viloyatda faoliyat yuritayotgan 20 nafar faxriy hamda fidoyi ustozlar “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
_
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Xorazm viloyatida 555 ta maktab va 1735 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 358 ming o‘quvchi va 121 ming tarbiyalanuvchi tahsil olmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Joriy yilda oʼqituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi, maoshlar mavjud sertifikatlar asosida toʼlab beriladi
2023-yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘lgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari 2024-yilga qadar amal qiladi.
Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi faoliyati tugatilib, uning tegishli vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga oʼtkazildi.
Shu munosabat bilan vazirlik tomonidan taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʼtkazish va malaka toifalari berish boʼyicha yangi shaffof va adolatli tizim ishlab chiqilib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, yangi tartib joriy etilgunga qadar 2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Bugun Toshkent viloyatidagi maktab o‘quvchilarining dars vaqtida uylariga pul olib kelish uchun yuborilganligi bilan bog‘liq ayanchli holat aks etgan video jamoatchilikning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari tomonidan o‘qituvchining o‘rni va obro‘sini ko‘tarib, ularning o‘z kasbiy faoliyati bilan to‘liq shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilayotgan bir vaqtda, ogohlantirishlarga qaramay shunday holatga yo‘l qo‘yilgani juda achinarli.
Bundan-da achinarlisi, bunday jarayonlarga voyaga yetmagan bolalarning jalb qilinganligidir. Bu holatni hech bir so‘z bilan oqlab bo‘lmaydi.
Hurmatli maktab rahbarlari!
O‘quvchilar maktabga taʼlim olish, o‘qituvchilar esa taʼlim berish uchun keladi. Shunday ekan bor eʼtiboringizni maktabdagi taʼlim sifatini ko‘tarib, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratishingizni so‘rab qolaman.
Bugun yuz bergan holat barchani yana bir bor mulohaza qilishga chaqirishiga ishonaman.
TAYINLOV
Hazorasp tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga Axmedov Sherzod Ozodovich mudir etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Hazorasp tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga Axmedov Sherzod Ozodovich mudir etib tayinlandi
Bugun Hazorasp tumani hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi rahbar soha jamoatchiligiga yaqindan tanishtirildi.
Sherzod Axmedov bugungi kunga qadar Hazorasp tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.
TelegramIYoutubeIFacebookIInstagramIWeb-sayt
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan:
Zaripov Qaxramon Erkinovich— maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining maktab ta’limi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Ishchanov Ozod Atajanovich — maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Abdullayev Sarvar Xudayarovich— maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashtirilgan muassasalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Prezident ta’lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Yakubova Iroda Botirovna — maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining maktabgacha ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining rasmiy sahifalariga ulanish
👇👇👇
TelegramIYoutubeIFacebookIInstagramIWeb-sayt
ЮКСАК ЭЪТИРОФ – МУНОСИБ ТАЙИНЛОВ
Хоразм вилояти мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи лавозимига Хамро Солаевич Бектемировнинг тайинланиши Хоразмда таълим соҳасидаги ислоҳотлар жараёнига эътибор ва бу борада Хамро Солаевичнинг хизматларига юксак эътирофдан дарак беради.
Дарҳақиқат, Х.Бектемиров таълим соҳасидаги хизматлари учун Президент томонидан “Содлиқ хизматлари учун” медали, таълим сифатини кўтаришдаги фидокорона меҳнатлари учун “Халқ таълими фидойиси” кўкрак Нишони ва бошқа мукофотлар билан тақдирланганди.
Хоразмда учинчи Ренессанс - яъни илму маърифатнинг қайта жонланишида, шунингдек, инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш борасидаги, ҳамда ёшларимизга барча имкониятларни яратиб уларни ҳар томонлама қўллаб қувватлаётган Хамро Солаевич Бектемировнинг хизматларини алоҳида эътироф этиб, ишларида омад тилаймиз.
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.
@T_Nurmetov
Zilzilaga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
Qurilish tashkilotlarida, mahalliy hokimliklarda hududning seysmik joylashuv xaritasi bor. Ular shu ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda loyiha paytidayoq zilzilabardoshlikni hisobga olishi va uylarni shunga asosan qurishi kerak.
Bundan tashqari, har bir inson, oila, jamoa zilzila paytida to‘g‘ri harakat qilish uchun avvaldan o‘z rejasi bo‘lishi va uni yaxshilab o‘zlashtirib olishi lozim. Rejada kamida 3 ta band bo‘lishi kerak:
❓zilzilagacha nimalarni bilishimiz kerak?
❓zilzila vaqtidagi harakatlarimiz nimadan iborat bo‘lishi kerak?
❓zilzila o‘tgach nima ishlarni qilishimiz kerak?
Avvalo, uydagi xavfli va xavfsiz hududlarni aniqlab olishimiz kerak. Masalan, deraza-oynalar oldi, shkaflar, baland, og‘ir predmetlarning oldi xavfli hisoblanadi, ularning ustiga qo‘yilgan og‘ir narsalar ham.
Eshik kesakisi, uyning ichki burchaklari, mustahkam mebel (stolning tagi), kichkina xonalar, masalan, vannaxona, hojatxonalar xavfsiz joy sanaladi. Mana shu hududlarni tezlikda egallash kerak.
Ko‘pchilik zilzila payti ko‘chaga yuguradi. Ammo ko‘pqavatli uylardan chiqib ketish tavsiya qilinmaydi. Chunki odam zilzila bo‘layotganini anglagunicha jarayonning yarmiga yetib kelgan bo‘ladi. Zilzila xuddi chaqmoqdek keladi. Masalan, Toshkent zilzilasi 5 sekund davom etgan. Hech bir zilzila davomiyligi 1 daqiqagacha bormaydi. Ko‘pqavatli uylarda esa zinapoya, liftlar eng xavfli hudud sanaladi.
Shuning uchun ko‘chaga yugurmay, uyning ichki burchagi, eshik kesakisi, mebel tagidan joy olishga intilish kerak.
Zilzila o‘tib, yer tinchlanvolgach, atrofga qarash kerak: agar jiddiy talofatlar bo‘lsa, masalan, derazalar sinsa, katta buyumlar qulasa, demak birinchi to‘lqin kuchli bo‘lgan, ikkinchi to‘lqin kelishi mumkin. Odatda episentr yaqin-uzoqligiga qarab ikkinchi to‘lqin qisqa fursatda yo birmuncha vaqtdan keyin keladi. Shunga ko‘ra ikkinchi to‘lqingacha ko‘chaga chiqib olish mumkin.
Mutaxassisning Hudud24 saytiga bergan tavsiyalaridan