Nurmetov Tursunbek Kenjayevichning telegram kanali ⚖️ kanalni kuzating va huquqiy savodxonligingizni oshirib boring 💺 Reklama uchun: @T_N_Reklamabot 📝 Savol yo‘llash: @Nurmetovbot
🧒🚌 Xorazm viloyatida maktabgacha ta’limda yangi marralar!
Bugun bolalarni zamonaviy ta’lim va tarbiya bilan qamrab olish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
📚👶 Yangi bog‘chalar, malakali tarbiyachilar va qulay shart-sharoitlar bilan birga, “Aqlvoy” avtobuslari orqali olis hududlardagi bolalar ham maktabgacha ta’limga jalb etilmoqda.
🚌 “Aqlvoy” — bu bilimga yo‘l!
Ushbu innovatsion tashabbus tufayli har bir bola ta’limga teng huquqli va erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
📈 Xorazmda kelajak uchun mustahkam poydevor yaratilayapti!
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Urganch tumanidagi mahallalarda mobil bog‘cha ishga tushirildi
Tumandagi 16-son o‘rta ta’lim maktabi hududida maxsus bekatlar qurildi va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan yetkazib berilgan «Aqlvoy» avtobusi – bepul mobil bog‘chalar faoliyat ko‘rsata boshladi.
Ushbu mobil bog‘chalar chekka va uzoq hududlarda istiqomat qiluvchi bolalarga maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, quyosh energiyasidan quvvatlanadigan kondisioner bilan jihozlangan, hojatxona va boshqa qulayliklarga ega.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Dolzarb to‘qson kunlik
Yozgi sog‘lomlashtirish
#Qabul_2025_2026
#Xiva_shahar_2_son_IM
📣📣📣📣 DIQQAT, EʼLON📣📣📣📣
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabiga
⚡️5-SINF⚡️ uchun 24 NAFAR
⚡️6-SINF⚡️ uchun 24 NAFAR
⚡️8-SINF⚡️ uchun 6 ta boʻsh oʻringa
⚡️9-SINF⚡️ uchun 4 ta boʻsh oʻringa
OʻQUVCHILAR QABUL QILINADI.
📂Hujjatlarni qabul qilish 1-iyun sanasidan boshlanadi.
Manzil: Xiva shahri, "Angarik" mahallasi Q.Bobo ko'chasi 13-uy
☎️ Maʼlumot uchun:
+998914351004
+998622262060
@T_Nurmetov
Xiva tumanidagi 6-son DMTT da "Xayr bog‘cham salom maktab" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
@T_Nurmetov
Bugun “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, kelajagimiz egalarining bayrami!
Bayram bilan barcha bolajonlarimizni tabriklagan holda, ushbu roligimiz orqali kattalar ya’ni ota-onalarga murojaat qilib, koʻzgu tutmoqchimiz.
Bolalarni himoya qilish, avvalo, ularni tushunish, qoʻllab-quvvatlash, ilmga yoʻnaltirish, kelajagi uchun qaygʻurish demakdir.
Bolalar himoyachisi birinchi navbatda ota-ona, afsuski, ularning huquqlarini eng ko‘p buzuvchilar ham ota-ona.
Umid qilaman, ushbu kichik rolik orqali sizlarni biroz boʻlsa-da xulosa chiqarishga unday oldik.
Qadrli ota-onalar, bolalarning hayotda oʻz o‘rnini topishi va kelajagi birinchi navbatda sizning irodangizga bogʻliq. Bolalar cheksiz e’tibor, mehr va bagʻrikenglikka munosib.
Bugungi sana nafaqat bayram, balki jiddiy chaqiriqdir!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
@hilola_umarova
DIQQAT, EʻLON!
✅ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Maʼmuriy reglament asosida amalga oshirilayotgan oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati joriy yilning 26-mayidan 31-iyuliga qadar toʻxtatilishini maʼlum qilamiz.
➖ Mazkur vaqt oraligʻida elektron platforma (erp.maktab.uz) orqali umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga hamda oʻquvchilarni sinfdan-sinfga oʻtkazish jarayoni amalga oshiriladi.
➖ Oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati 2025-yil 1-avgustdan davom ettiriladi.
———
ВНИМАНИЕ, ОБЪЯВЛЕНИЕ!
✅ Согласно постановлению Кабинета Министров № 295 от 1 июня 2022 года, информируем, что предоставление государственной услуги по переводу учащихся из одной школы в другую на основании соответствующего Административного регламента будет приостановлено с 26 мая по 31 июля текущего года.
➖ В этот период через электронную платформу (erp.maktab.uz) будет осуществляться подготовка общеобразовательных учреждений к новому учебному году, а также процесс перевода учащихся из класса в класс.
➖ Оказание государственной услуги по переводу учащихся из одной школы в другую возобновится с 1 августа 2025 года.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
✅ Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan sohaga oid videoselektor yig'ilishi, mas'ullar fikrlari va istiqboldagi vazifalar «MENIMCHA» teleloyihasida
Bizni kuzating
"Xorazmlik maktab o'quvchisi xalqaro tanlov g'olibi
Шифокор чангли ҳавода амал қилиш керак бўлган тавсияларни берди
Имкон қадар очиқ ҳавода юрмаслик, айниқса, бронхиал астма, аллергик ринит, аллергик конъюктивит, томоқ қичишиши билан кузатиладиган йўтал, бронхит, бронхлар гиперреактивлиги ва бошқа нафас йўли сурункали касалликлари бор инсонлар ташқарига чиқмаслиги кераклиги таъкидланди.
👉 https://kun.uz/kr/29276257
Kun.uz расмий канали
Тошкентда ҳаво ифлосланиши ўта хавфли даражага чиқди
Чанг-тўзон кўтарилиши ортидан Ўзбекистон пойтахти ҳавоси энг ифлос шаҳарлар рўйхатида 1-ўринга чиқиб қолди. Ўзгидрометнинг Олмазор туманидаги (Турин политехника университети яқинидаги) станцияси 1 куб метр ҳавода PM10 зарраларининг концентрациясини 1472 микрограмм деб кўрсатмоқда.
Бу Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти белгилаган суткалик ўртача нормативдан 33 баробарга юқори.
Kun.uz расмий канали
#Olimpiadachilar_oromgohi
#savollarga_javoblar
📢Fan olimpiadalari markazi hamda Iqtidorlar maktabi hamkorlikda tashkil etilayotgan Olimpiadachilar oromgohi - "Summer Science Camp" bo‘yicha maxsus botga kelib tushayotgan savollarga javoblar!
✅Batafsil videolavhada.
📍Manzil: Fan olimpiadalari markazi
👥Kimlar uchun: 5-9-sinflar uchun
📲Ro‘yxatdan o‘tish: @ScienceCampbot
SHOSHILING!
Yozni ilm va zavq bilan o‘tkazing!
🔗 Bizni kuzating:
🌐Telegram 🌐Instagram
🌐Facebook 🌐Linkedin
Odamlarga kitob kerak emas...
▶️To‘liq video
@T_Nurmetov
XALQARO OLIMPIADA SOVRINDORLARI KUTIB OLINDI
15.05.2025 ✅
📲DASTURNING HD versiyasi👇
🎥 YouTube
📺 OnlineTV
📻 Online Radio
Telegram | Instagram | xorazm_telekanal">YouTube
Bizning barcha manzillarimiz
https://lnk.bio/Xorazmtelekanal
🇺🇿🥇 Yurtimiz faxri!
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab BAAning Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan gimnastika musobaqasida 25 ta davlat ishtirok etdi.
🏆 Ushbu nufuzli bellashuvda Urganch tumani 16-son maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Nodira Shavkatova 1-o‘rinni egallab, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi!
🎉 G‘olibamizni samimiy muborakbod etamiz!
#Faxrimiz #BolalarKuni #Urganch #Gimnastika #Uzbekistan
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Мактаб битирувчиларига боғчада ишлашга рухсат берилади
#Qabul2025-2026
📣📣📣 DIQQAT, EʼLON📣📣📣
✨BOG'OT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA 2025-2026-O'QUV YILI UCHUN QABUL JARAYONLARI BOSHLANGANLIGINI MA'LUM QILAMIZ.
Qabul quyidagi sinflarga amalga oshiriladi:
5-SINF ANIQ FANLAR YO‘NALISHIGA;
7-SINF TABIIY FANLAR YO‘NALISHIGA;
9-SINF TABIIY FANLAR YO'NALISHLARIDAGI BO‘SH O‘RINLARGA;
Ayni damda talabgor o'quvchilar va ularning ota-onalari hujjatlarini mutaxassislarimiz yordamida online topshirmoqdalar.
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUN dan 20-IYUN ga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Manzil: "Oq tepa" mahallasi E'zoz dukoni yon tomonida
☎️ Maʼlumot uchun:
+998999676162
+998999690654
@T_Nurmetov
Aziz bolajonlar, muhtaram ota-onalar, qadrli ustoz va tarbiyachilar!
Sizlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Bu sana – butun dunyoda farzandlar baxti, ularning sog‘lom va baxtli ulg‘ayishi uchun mas’uliyat va g‘amxo‘rlikni yanada chuqur his qilish kunidir.
Bola – hayot guli, oila quvonchi va Vatan kelajagidir. Shu bois, har bir farzandimizning dunyoqarashi keng, ma’nan sog‘lom, bilimli va tarbiyali bo‘lib kamol topishi – biz uchun eng oliy maqsad hisoblanadi.
Xorazm viloyatida bolalarning ta’lim-tarbiyasi, huquqlari va sog‘lom o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘lda ota-onalar, ustozlar va tarbiyachilarning hamkorligi juda muhim o‘rin tutadi.
Barcha bolajonlarni bu go‘zal ayyom bilan tabriklayman!
Qalblaringizda ezgu orzular jo‘sh ursin, yuzlaringizdan tabassum arimasin, kelajagingiz ravshan va porloq bo‘lsin!
Bayramingiz muborak, aziz bolalar!
Hurmat bilan,
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T.Nurmetov
@T_Nurmetov
Gurlan tumani 8-son DMTTda Xayr boĝcham salom maktab tadbiri kõtarinki ruhda tashkil qilindi
@T_Nurmetov
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларга табрик
—
Поздравление выпускникам школ нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚡️Юқори синф ўқувчиларининг қизиқиши ва қобилиятига кўра фанларни чуқурлаштириб ўқитиш ҳамда замонавий касбларни ўргатиш тартиби тасдиқланди
Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2025 йил 15 майдаги "Умумий ўрта таълим муассасалари юқори синф ўқувчиларининг қизиқиши ва қобилиятига кўра фанларни чуқурлаштириб ўқитиш ҳамда замонавий касбларни ўргатиш тўғрисида"ги 152-сон буйруғи қабул қилинди.
Мазкур буйруқ билан қуйидагилар тасдиқланган:
юқори синф ўқувчиларининг қизиқиши ва қобилиятига кўра фанларни чуқурлаштириб ўқитиш ҳамда замонавий касбларни ўргатиш бўйича таълим жараёнларини ташкил этиш тартиби;
танлов фанлари, хорижий тиллар йўналиши бўйича танлов фанлари ҳамда бизнес ва касб-ҳунарга ўқитиш йўналиши жорий этиладиган синфларнинг 2025-2026 ўқув йилига мўлжалланган ўқув режалари ва тушунтириш хатлари.
2025-2026 ўқув йилидан бошлаб босқичма-босқич мактабларда бизнес ва касб-ҳунарга ўқитиш ҳамда хорижий тиллар (иккинчи хорижий тил) йўналишлари бирлаштирилган ҳолда амалиётга жорий этилади.
💪💪💪💪💪💪
2-bosqich ishtirokchilari ma'lum bo'ldi
📣 "UBS Fan Olimpiadasi - 2025" doirasida o‘tkazilgan dastlabki bosqich natijalari asosida ikkinchi bosqichga yo‘l olgan ishtirokchilar ro‘yxati tez orada e’lon qilinadi.
1-bosqichda bilim, tayyorgarlik va aqliy salohiyatingiz sinovdan o‘tdi. Keyingi bosqich yanada puxta tayyorgarlik va ziyraklikni talab qiladi.
👍 @ubsolimpiada
MUNOSABAT
Boshlanayotgan haftada yurtimiz maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq jaranglaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir oʻtkazilishi taqiqlangani, cheklovlar oʻrnatilgani haqida turli notoʻgʻri xabarlar tarqalmoqda.
Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.
So‘nggi qo‘ng‘iroq har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan 11-sinf bitiruvchilari uchun bu kunning ahamiyati va qadri o‘zgacha. Bir tomondan, ko‘p yillik qadrdon sinfdoshlar, mehribon ustozlar, jonajon maktab bilan umrbod xayrlashish oson emas. Ikkinchi tomondan, mustaqil hayotga qadam qo‘yish zavqi, yangi marralar chorlovi, talabalik sururi. Bu endi chinakam bayram!
Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, maktablarimizda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi.
Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘raymiz!
Кучли шамол Тошкент шаҳри ва вилоятида ўн минглаб истеъмолчиларни «светсиз» қолдирди
Бўрон оқибатида Тошкент шаҳрида 8500 та ва Тошкент вилоятида 10300 та истеъмолчи электр таъминотидан вақтинча узилиб қолди. Айрим жойларда чироқ авариявий ўчди, айрим жойларда эса хавфсизликни таъминлаш мақсадида диспетчерлар томонидан ўчириб турилди. Истеъмолчиларни тармоққа улаш ишлари кетмоқда.
👉 https://kun.uz/kr/56058229
Kun.uz расмий канали
#tashabbus #ulashing
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Tashabbus 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi:
Al-Beruniy xalqaro maktabi – unga yurtimiz boʻylab eng iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. Ular uchun dunyoning ilgʻor tajribalari asosida yuqori darajada taʼlim beriladi. Darslarni xorijdan jalb qilingan malakali ustozlar olib boradi.
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi – unga Oʻzbekiston boʻylab 3 000 nafar iqtidorli oʻquvchi tanlab olinadi va oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar bilan qurollantiriladi. Har yili “Renessans” oromgohida xorijiy ustozlar bilan 3 haftalik intensiv sessiyalar tashkil etiladi. Ushbu ikki yoʻnalishdagi oʻquvchilar Harvard, Yale, Princeton, UPenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Agar ular shu universitetlarga oʻqishga qabul qilinsa, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻqish xarajatlarini moliyalashtiradi.
Prezident iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati – u mamlakatning eng salohiyatli intellektuallarini bir joyga jamlaydi. Ularga Oʻzbekistondagi islohotlarda bevosita ishtirok etish, oʻz gʻoyalari va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyati yaratiladi. Hamjamiyat aʼzolari vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqotda boʻladi.
Aziz yoshlar, aziz vatandoshlar, endi siz kuzatuvchi emas, bu tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi boʻlishingiz mumkin.
Agar siz tajribali IT yoki xalqaro aloqalar mutaxassisi boʻlsangiz yoki “TOP-100” universitetda tahsil olib, ushbu oliygohlarga kirish borasida bilim va tajribangiz bilan boshqalarga yoʻl koʻrsata olsangiz Biz aynan sizni qidiryapmiz!
Safimizga qoʻshilishni istasangiz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda @uzedu_vazirbot manziliga yuboring, takliflaringizni ham yoʻllashingiz mumkin.
Iqtidorli, gʻoyalarga boy yoshlar, keling, safimizda qoʻshiling!
@hilola_umarova
❗️Ҳукумат қарори: болалар хавфсизлиги учун мактаб ва боғчалар олдига 30 км тезликда ҳаракатланиш белгиси ўрнатилади
Ўзбекистон Республикаси Ҳукумати “Транспорт воситаларидан фойдаланишда аҳолига қўшимча қулайликлар яратиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорни қабул қилди.
Қарорга мувофиқ, 2025 йил 1 сентябргача Ички ишлар вазирлиги томонидан мактаб ва боғчалар атрофида йўл ҳаракати хавфсизлигини таъминлаш бўйича аниқ чоралар кўрилади. Жумладан, мазкур таълим муассасалари олдига соатига 30 километрдан ортиқ ҳаракатланишни тақиқловчи йўл белгилари, радар ва махсус техника воситалари ўрнатилади.
👉 @r_kusherbayev
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мактаб таълими тизимидаги ислоҳотлар самарадорлигини янада ошириш ҳамда келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.
Батафсил — юқоридаги #инфографикада
Facebook|Instagram|X
#Bilasizmi
SUMMER SCIENCE CAMP haqida 7 ta fakt:
1️⃣Ilm-fan bilan birga zavqqa to‘la yozgi oromgoh!
Bu oddiy oromgoh emas – bu yerda siz har kuni biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari asosida tajribalar o‘tkazasiz!
2️⃣Xalqaro olimpiadachilar va mutaxassislar bilan bevosita muloqot!
Oromgohda fan olimpiadalarining g‘oliblari, murabbiylar va ekspertlar siz bilan ishlaydi.
3️⃣O‘quv va dam olish uyg‘unligi!
Ilmiy mashg‘ulotlardan tashqari sport, o‘yinlar, tanlovlar va kreativ kechalar kutmoqda.
4️⃣O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan iqtidorli yoshlar bilan tanishuv!
Do‘st orttirasiz, jamoaviy ishlashni, fikr almashishni o‘rganasiz.
5️⃣Fanlararo loyihalar va STEM mashg‘ulotlar!
Interaktiv darslar orqali muammolarga ilmiy yechim topish qobiliyatingiz shakllanadi.
6️⃣ Fan olimpiadalari markazi hamda Iqtidorlar maktabi tomonidan tashkil etiladi.
Demak, sifatli va professional yondashuv kafolatlangan.
7️⃣Qatnashuvchilar uchun sertifikatlar va esdalik sovg‘alar taqdim etiladi!
Oromgoh yakunida ishtirok etganingiz haqidagi maxsus sertifikat ham beriladi.
HOZIROQ RO‘YXATDAN O‘TING: @ScienceCampbot 👈
❗️Ro'yxatdan o'tish 31-may kuniga qadar davom etadi!
Murojaat va takliflar uchun: @ScienceCamp_bot 👈
SHOSHILING!
🔗 Bizni kuzating:
🌐Telegram 🌐Instagram
🌐Facebook 🌐Linkedin