svbandlik | Неотсортированное

Telegram-канал svbandlik - Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2090

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Подписаться на канал

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

"Ishga marhamat" markazi fuqarolarning ishli va kasb-hunarli bo‘lishiga ko‘maklashmoqda

Bir yilda 2380 nafar ishsiz va kasb-hunarsiz yoshni kasb-hunarga o‘rgatishga ixtisoslashgan Guliston "Ishga marhamat" monomarkazida joriy yilning o‘tgan davrida 368 nafar tinglovchi texnika, 76 nafar tinglovchi qurilish, 421 nafar tinglovchi xorijiy til va raqamli texnologiya yo‘nalishini tamomlab, sertifikat va guvohnomaga ega bo‘ldi. Maxsus sertifikat va guvohnomaga ega bo‘lgan 1410 nafar tinglovchidan 890 nafari esa o‘z qiziqqan sohalarida mehnat faoliyatini yo‘lga quygan bo‘lsa, qolganlari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etdi.

Batafsil: uza.uz

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

12-13-noyabr
kunlari Toshkent shahrida “Yangi Ijtimoiy shartnoma: Yevropa va Markaziy Osiyo kasaba uyushmalari nigohida” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov bugun mazkur anjumanda ishtirok etib, “Munosib mehnat va ijtimoiy adolat - O‘zbekiston barqaror rivojlanishining ajralmas qismi” mavzusida nutq so‘zladi.

Anjumanda Ijtimoiy shartnomaning afzalliklari, munosib mehnat va ijtimoiy adolat tamoyillarini keng joriy etish, mehnat xavfsizligi va ishchilar manfaatlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro standartlar, bandlik va mehnat bozori borasida amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi ishlar hamda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan axborot almashinildi.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

📝 Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin va bu xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi bilan tuziladigan alohida muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

▪️Avvalgi ish joyida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda to‘xtatib turiladi.

Xodimga xizmat safari muddati tugashi bilan uni xizmat safariga yuborgan ish beruvchida avvalgi ishi (lavozimi) taqdim etiladi.

👉batafsil

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Har yilgi mehnat ta’tili (otpusk) haqida gaplashamiz

▪️mehnat ta’tili davomiyligi qancha bo‘lishi kerak?

▪️undan yilda 2 marta foydalansa bo‘ladimi?

▪️ta’til davrida xodim “bolnichniy”ga chiqishi mumkinmi?

▪️ta’tilda xodim ishdan bo‘shay oladimi?

▪️yangi ishga kirgan xodim qancha vaqtdan keyin mehnat ta’tiliga chiqa oladi?

▪️yillar davomida foydalanilmagan ta’tildan keyinchalik birdaniga foydalanish mumkinmi?

batafsil videorolikda

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

HURMATLI YURTDOSHLAR!

❗️Joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar yurtimizda “YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" o’tkazilmoqda.
❗️Ushbu hushyorlikka chorlovchi oylikda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
- Buning uchun, siz o‘z yashash xonadoningiz yoki ish joyingizni isitish maqsadida foydalanilayotgan elektr va gaz uskunalaridan to’g’ri foydalaning;
- HOZIROQ!, ZUDLIK BILAN! mavjud nosozliklarni bartaraf eting va bu borada barcha yaqinlaringizni hushyorlikka chaqiring;
- Yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarda birinchi navbatda 101 yoki 1050 qisqa raqamlari orqali qutqaruv xizmatiga xabar bering.
❗️Zero, hushyorlik – xotirjamlik garovidir.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

❗️Prezident tomonidan Qonun (O'RQ-983-son, 25.10.2024 y) imzolandi


🔰 Unga ko'ra, Qozog'iston, Qirg'iz, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston Respublikalari o'rtasida yoshlarga oid siyosatning umumiy yo'nalishlari to'g'risidagi Bitim (Dushanbe, 2023-yil 14-sentabr) ratifikatsiya qilindi.

Ushbu Bitimni tuzish tashabbusi 2022-yil 21-iyulda Cho‘lpon-Otada o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining IV maslahat uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan. Bitim — mintaqa yoshlarini birlashtirish va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim hujjat hisoblanadi.

Bitimning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Batafsil

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

▪️O‘rindoshlik asosida ishlash xodimning asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.

O‘rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o‘zining asosiy ish joyida (ichki o‘rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o‘rindoshlik) bajarilishi mumkin.

📝O‘rindoshning asosiy ish joyi, ushbu ish to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qat’i nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

🇺🇿 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamoasi O‘zbekiston kasaba uyushmalarining barcha xodimlarini 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy qutlaydi!

Har bir qalbga, har bir xonadonga shodu xurramlik, osoyishtalik olib kiruvchi kasbingizga fayzu baraka yog‘ilib tursin!

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida harbiy prokuratura va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar, mudofaa va milliy gvardiya xodimlari oila a’zolari ishtirok etdi.

Yarmarka davomida ishtirokchilarga korxona, tashkilotlardagi mavjud vakant joylar taklif etildi. Shuningdek, monomarkaz imkoniyatlari tanishtirildi. O‘qish jarayoni, tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoit, kasb-hunar o‘rgatish metodi qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining 6 ta asosiy yoʻnalishlari:

1. Mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish.

2. Aholi bandligini taʼminlash dasturlarini shakllantirish, boʻsh ish oʻrinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish.

3. Kambagʻallikni qisqartirish.

4. Hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish.

5. Kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish, malakani baholash.

6. Munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat meʼyorlariga rioya etilishini oʻrganish, mehnat huquqini taʼminlash hamda mehnatni muhofaza qilish.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Xalqaro mehnat tashkilotining yana bir muhim Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi

🖊Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-994-son, 07.11.2024 y) bilan Xalqaro mehnat tashkilotining Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risidagi 132-sonli Konvensiyasi (1970-yilda qayta ko‘rib chiqilgan) ratifikatsiya qilindi.

Ushbu hujjat haq to‘lanadigan yillik asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kundan iborat ekanligi hamda qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lgan barcha xodimlar uchun qo‘llanilishi bo‘yicha bayonot bilan ratifikatsiya qilindi.

🔺Konvensiyaning asosiy maqsadi – xodimlarga dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi), o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan hamda xodim ishdan ozod etilgan holda har ish yili davomida beriladigan ta’tillarni ta’minlashdan iborat.

XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari soni 25 taga yetdi.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

📣📣📣📣📣

DIQQAT, TANLOV!

🟢Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotini yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyihalarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi ish beruvchi” respublika tanlovini e'lon qiladi!

🏆Tanlov g‘oliblari vazirlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi.

💎Ariza shaklini yuklab olish.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada yozma shaklda tuzilib, ularning har biri taraflar tomonidan imzolanadi.

Mehnat shartnomasining har bir nusxasi xodimning va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanadi.

Ish beruvchida muhr mavjud bo‘lgan taqdirda mansabdor shaxsning mehnat shartnomasidagi imzosi muhr bilan tasdiqlanadi.

Mehnat shartnomasining bir nusxasi xodimga beriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida saqlanadi.

Xodim mehnat shartnomasini olganligini ish beruvchida saqlanadigan mehnat shartnomasiga alohida imzo qo‘yib tasdiqlaydi.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

SHVEYSARIYA GRANT LOYIHALARINI AMALGA OSHIRADIGAN BO‘LDI: U QAYSI YO‘NALISHLAR?

🇺🇿🇨🇭Avval xabar berganimizdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov Shveysariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mehnat standartlarini takomillashtirish, kasb-hunarga o‘qitish sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish, kasbiy standartlarni ishlab chiqish va xalqaro tan olinadigan sertifikatsiyalash tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Kelgusida Shveysariya xalqaro hamkorlik dasturi bilan birgalikda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda kasbiy standartlarni rivojlantirish bo‘yicha grant loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Shuningdek, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga sharh ishlab chiqishga qaratilgan grant loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi va uchrashuv so‘nggida Ahdlashuv bayoni imzolandi.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Sog'liqni saqlash boshqarmasi: Tibbiy yordamni tashkillashtirish sho'basi boshlig'i;

▪️Shirin shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Davlat mehnat huquq inspektori;

▪️Sayxunobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Moliya va shartnoma bo'yicha bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 10.11.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir. Uning davomiyligi qoida tariqasida 6 oydan oshmasligi kerak.

2 oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar esa vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar hisoblanadi.

Ishning mavsumiy yoki vaqtinchalik xususiyati to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.

Mavsumiy va vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmaydi. Xodim ishning har bir oyi uchun kamida 2 kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

Ular ish beruvchini 3 kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Guliston shahar hokimligi: "Taraqqiyot" mahallasidagi hokim yordamchisi.

❗️Arizalar 15.11.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi viloyat boshqarmasi: Markazlashgan buxgalteriya hisobi va hisoboti sho'basi bosh mutaxassisi;

▪️Qishloq xo'jaligi boshqarmasi: Oziq-ovqat sanoati, agrologistika va eksportni rivojlantirish sho'basi bosh mutaxassisi;

▪️Kadastr agentligining Shirin shahar bo'limi: Bosh inspektor;

▪️Oqoltin tumani hokimligi: Bosh hisobchi;

▪️Sirdaryo tumani tabiat resurslari inspeksiyasi: Bosh mutaxassis;

▪️Kadastr agentligining Sirdaryo tumani bo'limi: Yetakchi inspektor;

▪️Sirdaryo tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi boshlig'i.

❗️Arizalar 16.11.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇩🇪Germaniyada xizmat ko‘rsatish sohasida 300 ta mavsumiy bo‘sh ish o‘rinlari mavjud (oliy ma’lumot talab etilmaydi).

Ish haqqi: 2.200 evro (30,0 mln so‘m oyiga)
Tashkilot manzili: Germaniya, INH.DR.N.VOHIDOVA MÖNCHWÖRTHSTRASSE 6 68199 MANNHEIM
-Ish vaqti: Haftada 40 soat (5/2)
-Yosh chegarasi: 18 yoshdan 35 yoshgacha
-Soha: Xizmat ko‘rsatish (kasblar kesimida)
-Ta’lim darajasi: O‘rta-maxsus
-Ish turi: Mavsumiy

▪️ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
▪️oneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Ro'yxatdan o'tish

Murojaat uchun:
Telefon:
(71) 202-33-55
Qisqa raqam: 1282
Ishonch raqami: (71) 202-44-11

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

📹 Guliston shahar "Ishga marhamat" monomarkazi "Avtoservis xizmat ko'rsatish (avtoelektrik)" yoʼnalishi darsidan video lavha.

Siz ham mazkur hunarni o‘rganmoqchimisiz? U holda hududingizdagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limidan yo‘llanma oling va monomarkazga murojaat qiling.


Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Guliston "Ishga marhamat" monomarkazida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 20 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Aholi murojaatlarini tinglash va ularni qo‘llab-quvvatlash, sohaga oid muammolarini bartaraf etishni ko‘zlab, joriy yil 20 noyabr kuni soat 10:00 da viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Yakubov hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari Otabek Mavlonberdiyevning sayyor qabuli o‘tkaziladi.

Shu kuni ishsiz fuqarolarni korxona, tashkilotlardagi vakant joylar bilan tanishtirish va bandligini ta’minlash, maqsadli kompleks dasturlar, chorvachilik, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarda imtiyozli kreditlar ajratib, tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamkor tashkilotlar ishtirokida BO‘Sh ISh O‘RINLARI YaRMARKASI bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda ishtirok etib, o‘zingizga munosib ishga joylashing! Mehnat qonunchiligi va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalaridagi muammoingizga yechim toping!

📍Geolokatsiya

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi keng quloch yozdi.

Sayxunobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi jamoasi ham tumanda start olgan kuzgi ko‘chat ekish tadbirida faol ishtirok etdi.

Tumandagi korxona, tashkilotlar vakillari, jamoat ishlari xodimlari va keng jamoatchilik birdamlikda "Ittifoq" mahallasi hududidan o‘tgan 4R25 avto yo'lining chetidagi 2 gektar maydonga 5 mingdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Soliq boshqarmasi: Soliq organlarining "mahallabay" ishini tashkil etish sho'basi davlat soliq katta inspektori;

▪️Guliston shahar hokimligi: Ijro intizomi nazorati bo'limi bosh mutaxassisi;

▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Sayxunobod tumani bo'limi: Fuqarolarga xizmat ko'rsatish sho'basi yetakchi mutaxassisi.

❗️Arizalar 13.11.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sirdaryo Arxitektura va Qurilish texnikumi qoshidagi "Qurilish sohasida malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi" kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan fuqarolarni o‘qishga taklif etadi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish

Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayothan ishlar OAV nigohida

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Brifing

Guliston shahri «Obod yurt» MFY hokim yordamchisi Sarvar Xaitmamatov tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida


Batafsil o'qing

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Ochiq_eshiklar_kuni

Guliston "Ishga marhamat" monomarkazida o‘tkazilgan navbatdagi ochiq eshiklar kunida Guliston davlat pedagogika instituti talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda qatnashuvchilarga markaz faoliyati, o‘rgatiladigan kasb-hunar yo‘nalishlari, tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘rsatilib, markaz haqida to'liq ma'lumot berildi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi: Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi bosh mutaxassisi;

▪️Mirzaobod tumani hokimligi: "Bog'iston" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sirdaryo tumani bo'limi: Bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 11.11.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Moliyaviy_savodxonlik

📣 Xotin-qizlar uchun tadbirkorlikda yangi imkoniyat

Oʻz biznesingizni boshlash va butun mamlakat boʻylab xaridorlarni topish haqida oʻylayapsizmi?

U holda sizni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, BMTTD, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi hamda Uzum Academy tomonidan xotin-qizlar uchun tashkil etiladigan moliyaviy savodxonlik va elektron tijorat boʻyicha bepul oʻquv seminarlariga taklif etamiz!

📍Oʻquv seminarida ishtirok etishni istasangiz quyidagi Monomarkazlarga tashrif buyurishingiz mumkin:

🏢 12-13 noyabr kunlari Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

🏢 14-15 noyabr kunlari Angor tuman “Ishga marhamat” monomarkazi

🏢 19-20 noyabr kunlari Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

🏢 21-22 noyabr kunlari Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

🏢 25-26 noyabr kunlari Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

🏢 27-28 noyabr kunlari Andijon shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

🏢 29-30 noyabr kunlari Namangan shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

🏢 2-3 dekabr kunlari Navoiy shahri “Ishga marhamat” monomarkazi

🏢 5-6 dekabr kunlari Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi

🏢 9-10 dekabr kunlari Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazi

Bu kabi o‘quv-seminarlar respublikamiz bo‘ylab muntazam davom etib, 500 nafar xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishni maqsad qilgan.


☎️ Monomarkazlar manzillari va telefon raqamlari

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

"Kambag‘alchilikdan farovonlik sari"

Yangiyer shahar Yuksalish MFY hokim yordamchisi Sherzod Tojiqulov sa’y-harakati.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…
Подписаться на канал