svbandlik | Неотсортированное

Telegram-канал svbandlik - Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2090

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Подписаться на канал

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Hurmatli yurtdoshlar!

Majburiy mehnat holatlariga guvoh bo‘lsangiz Davlat mehnat inspeksiyasining 1282 qisqa raqamiga yoki @munosibmehnat_bot telegram botiga murojaat qiling.

Eslatib o‘tamiz, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq jismoniy shaxsning iltimosiga ko‘ra uning shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Diqqat
‼️Qo‘lda terilgan paxta narxi 2500 so‘m etib belgilandi

Hukumatimiz tomonidan bugundan boshlab qo‘lda terilgan 1 kg. paxta uchun 2500 so‘mdan to‘lash belgilandi.

Bu narx aholimizni daromadlari oshishiga ham xizmat qiladi. Masalan, bir oiladan 4 kishi kuniga 400 kg. paxta terib, 1 000 000 so‘m ishlab topsa, bu qolgan 20-25 kunlik terimda 20-25 mln. oilaviy daromad degani.


Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Oilaviy tadbirkorlik – baraka manbai

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida oilaviy tadbirkorlar soni sezilarli ko‘payib, o‘zini o‘zi band qilgan holda salmoqli daromad topayotganlar ancha-munchani tashkil etadi.


Batafsil

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

HURMATLI FUQAROLAR !!!

Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplayens nazorat” (ichki nazorat) xizmati Sizlarni bandlik sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

Agarda Siz bandlik tizimida korrupsion holatlarga guvoh bo‘lsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz bizga murojaat qiling.

Bizning aloqa kanallarimiz:

http://svbandlik.uz/?page_id=556
/channel/SVBandlik_anticor
https://www.instagram.com/SVBandlik_anticor
https://www.facebook.com/svbandlik.anticor
Ишонч телефони (77) 337-10-51

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Ayni kunlarda mamlakatimizda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari qizg‘in pallaga kirdi.

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Sherzod Qulmatov ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda joriy yil 27 oktyabr sanasida o‘tkaziladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi yangilangan Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan kuchli parlamentarizm va joylarda vakillik organlarining vakolatlari sezilarli darajada kuchaytirilgan sharoitda o‘tishi, shuningdek, ilk bor Qonunchilik palatasiga aralash saylov tizimi asosida bo‘lib o‘tadigan saylovning mohiyati va ahamiyati yuzasidan so‘z yuritildi.

Tadbirda boshqarma xodimlari, ayniqsa, yoshlar faol qatnashib, ko‘plab takliflar berishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Хабар берганимиздек, шу кунларда Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири Ботир Зоҳидов ҳудудларда хизмат сафари билан бўлиб, аҳолини камбағалликдан чиқариш, бандлигини таъминлаш, янги иш ўринларини яратиш бўйича амалга оширилаётган ишлар ҳолатини ўрганмоқда. Бугунги манзил Қорақалпоғистон Республикаси.

Б.Зоҳидов Амударё туманидаги  “Арна бўйи”, “Оқ Олтин” маҳаллаларида ҳоким ёрдамчилари томонидан амалга оширилган микролойиҳалар билан танишди ва ҳудуд аҳолисини қийнаб келаётган муаммоларни тинглаб, ижобий ечим топиш бўйича мутасаддиларга топшириқ берди.
 
Шунингдек, Сайхунобод тажрибаси асосида ўз томорқасидан самарали фойдаланаётган ва бунинг натижасида рўзғори тўкинлигини таъминлаётган Давлатбой Тўраев хонадонида бўлиб, оила томонидан амалга оширилаётган ишлар билан яқиндан танишди.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Нарвонда оғир юкни кўтариш мумкин эмас!

Баландликда ишлаганда меҳнатни муҳофаза қилиш қоидаларининг 45 ва 46 бандларига кўра:

▪️массаси 20 килограммдан ортиқ юкларни юқорига кўтариш (тушириш) ишлари механизация воситалари ёрдамида амалга оширилади. Массаси 20 килограмм ва ундан камроқ юкларни юқорига кўтариш (тушириш) ишлари узунлиги кўтариш (тушириш) баландлигининг уч бараваридан кам бўлмаган арқон ёрдамида амалга оширилади. Арқондан фойдаланишда юк унинг ўртасига боғланади;

▪️буюмларни нарвонларда қўл билан кўтариш ва тушириш ман этилади. Массаси 10 килограммдан кам бўлган буюмларни нарвон орқали олиб чиқиш ва туширишда елкага тақиладиган халталардан фойдаланишга рухсат берилади.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

«Sayxunobod tajribasi» samaralari: yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlashda investisiya loyihalarning ham o‘rni beqiyos.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Xorijiy tillar va kasblarni oʻrganishni istaysizmi?

Xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida chet tillari va kasblarga oʻqitish kurslari tashkil etilgan.

Monomarkazda santexnik, elektrik, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash, avtoservis xizmat koʻrsatish, payvandlash ishlari ustasi, oshpaz, qandolatchi, zargar, tikuvchi, sartarosh, kosmetolog, issiqxona boʻyicha mutaxassis kabi bugungi kunda serdaromad boʻlgan kasb-hunarlarga oʻrgatilmoqda.

Mazkur yo'nalishlarda puxta o‘rganib, hunarli bo‘lishni istagan fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir ko‘chasi 49-uy
📞 Telefon: 67 236-44-22, 97 909-71-17

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири Ботир Зоҳидов айни пайтда хизмат сафари билан Хоразм вилоятида бўлиб турибди.

Кеча вазир бошчилигидаги ишчи гуруҳ вилоятнинг 6 та туманида бўлиб, аҳолини камбағалликдан чиқариш, бандлигини таъминлаш, янги иш ўринларини яратиш бўйича амалга оширилаётган ишлар ҳолатини ўрганди.

Жумладан, вилоятдаги "Жалоил", ”Собирзон“, “Уйғур“ , ”Мустақиллик", ”Ғовук“ ва “Оёқбоғ” маҳаллаларида ҳоким ёрдамчилари кўмагида амалга оширилаётган кичик микро лойиҳалар билан яқиндан танишди.

Ўз навбатида юқорида келтирилган маҳаллалардаги ижтимоий аҳволи оғир оилалар ҳолати жойига чиқиб ўрганилди. Ушбу оилаларни камбағалликдан чиқариш мақсадида ўқишларини ташкил қилиш, тадбиркорлик ва деҳқончилик фаолиятини бошлаш истагида бўлган фуқароларга кредит ҳамда субсидиялар ажратиш бўйича керакли кўрсатма ва тавсиялар берилди.

Шунингдек, вазир Корея халқаро ҳамкорлик агентлиги (КОІCА) иштирокида барпо этилаётган Урганч касб-ҳунарга ўқитиш марказининг қурилиш жараёнларини кўздан кечирди. Мазкур марказ 2025 йил май ойида ишга туширилиши режалаштирилган.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Aholi bandligini ta’minlash, ularning daromadini oshirishda "Sayxunobod tajribasi" samarasi

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Boyovutda ishli va kasb-hunarli ayollar ko‘paymoqda

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Yangiyerda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

7 октябрь — Бутунжаҳон муносиб меҳнат куни

Бутунжаҳон муносиб меҳнат куни (World Day for Decent Work) ҳар йили дунё бўйлаб меҳнат ҳуқуқлари ва ижтимоий адолатни таъминлаш мақсадида нишонланади. Бу кун, 2008 йилдан бошлаб, Халқаро меҳнат ташкилоти (ХМТ) томонидан ташкил этилган бўлиб, унинг асосий мақсади — одамларнинг меҳнат шароитларини яхшилаш, адолатли ва муносиб меҳнатни таъминлашга эътибор қаратишдир.

Ушбу кунда турли тадбирлар, семинарлар ва акциялар ўтказилади, одамларга муносиб меҳнатнинг аҳамияти ҳақида маълумот бериш, ишчиларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ва глобал миқёсда ижтимоий адолатни таъминлаш учун ҳаракат қилишга чақириш мақсад қилинган.

Сана муносабати билан, Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги Давлат меҳнат инспекцияси томонидан корхона ва ташкилотларда Халқаро меҳнат ташкилотининг Муносиб меҳнат концепциясида белгиланган қуйидаги тамойиллар юзасидан тарғибот тадбирлари ўтказилмоқда.

▪️иш ўринларини яратиш ва самарали бандликни таъминлаш;
▪️хавфсиз меҳнат шароитларини таъминлаш;
▪️ижтимоий ҳимоя;
▪️меҳнат ҳуқуқларини таъминлаш;
▪️меҳнат муносабатлари иштирокчиларининг ижтимоий мулоқоти ва ижтимоий ҳамкорлиги.


@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Istalgan bandlik organlari orqali yo‘llanma olish imkoniyati yaratiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 2025 yil 1 aprelga qadar Yagona milliy mehnat tizimi (YAMMT) orqali:

▪️ish beruvchi va ishchi xodimlarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

▪️yangi uslubiyot asosida qisqa va o‘rta muddatlarda kasb hamda mutaxassisliklarga bo‘lgan talabning prognozlari shakllantiriladi;

▪️zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda mehnat resurslari hisobi va statistikasi yuritiladi;

Shuningdek, vazirlik tomonidan aholiga bandlik xizmatlarini eksterritorial tarzda ko‘rsatish tartibi ishlab chiqiladi, Bunda ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarga ishga joylashtirish yo‘llanmasini istalgan bandlik organlari orqali berish nazarda tutiladi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Guliston_shahri
#Ish_bor

"MMX PRO" MChJ ishga taklif qiladi.

Talablar:📌
❗️18 yoshdan 50 yoshgacha

Ish tartibi:
✅ 2 smenali
✅ Ish vaqti birinchi smena soat 08:00 dan 19:00 gacha;
ikkinchi smena 19:00 dan 08:00 gacha

Ish beruvchi tomonidan:

💵 Ish haqi: 2,500,000 so'm + bonus
🍔 Bepul tushlik

Murojaat uchun raqamlar:
+998 98-312-76-00

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi (ichki tanlov): Davlat aktivlarini xususiylashtirish bo'yicha bosh mutaxassis;

▪️Sog'liqni saqlash boshqarmasi: Tibbiy yordamni tashkillashtirish sho'basi boshlig'i;

▪️Yangiyer shahridagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 2-hudud 1-uchastka (A.Jomiy MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;

▪️Guliston tumani hokimligi: Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 13.10.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

⚡️Internet, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda har kuni duch keladigan negativ oqim ruhiy salomatlikka qanchalik salbiy ta’sir qilishini bilasizmi?

Zo‘ravonlik sahnalari, noxush voqealar, janjal va ziddiyatlarga to‘la xabarlarni muntazam o‘qish stress holatini yuzaga keltirishi tadqiqotlarda isbotlangan. Aksincha, ijobiy va muvaffaqiyatlar sari ruhlantiradigan materiallar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shunday ekan, axborot izlashda, tanlashda va tarqatishda buni doimo inobatga oling!

📹 Batafsil videoda

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Probatsiya guruhidagi yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash maqsadida boʼsh ish oʻrinlari bilan tanishtirildi

Joriy yilning 8-oktabr kuni Guliston shahri IIB JXX probatsiya guruhida jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar bilan probatsiya guruhi ispektorlari tomonidan yoshlarning muammolari o‘rganilib, ularga huquqiy tushunchalar berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari tinglandi va bandligini ta'minlash maqsadida mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlariga takliflar berildi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Камбағалликни қисқартириш ва аҳоли турмуш фаровонлигини ошириш йўлидаги чора-тадбирлар

▪️Давлатимиз раҳбарининг ПҚ-347 сонли қарори билан Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги олдига қандай вазифалар қўйилди?

▪️"100 та энг самарали микролойиҳа" каталоги нима?

▪️50 нафар ҳоким ёрдамчисидан иборат "Лойиҳа менежерлари" гуруҳи қандай ишларни амалга оширади?

▪️Камбағалликни қисқартириш ва касб-ҳунарга ўқитиш йўналишлари лойиҳавий ёндашув асосида ташкил этилади. Бу нима дегани?

👉батафсил "Студия 24" дастурида

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi (ichki tanlov): To'lovga qobiliyatsizlik jarayonini yuritish bo'yicha bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 11.10.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Sardoba tumani statistika bo'limi: Yetakchi mutaxassis.

❗️Arizalar 12.10.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Аҳоли бандлигини таъминлаш ва камбағаллик даражасини қисқартириш бўйича қандай чоралар кўрилади?

🔴Яқин уч ой муддатда ижобий натижа берган “100 та энг самарали микролойиҳа” каталоги яратилади. Улар ҳоким ёрдамчилари орқали республиканинг барча ҳудудларида оммалаштирилади.

🔴2025 йил 1 декабрга қадар 50 та туманда, 2026 йилда қолган туманларда 50–100 гектардан ижара асосида ажратилган қишлоқ хўжалиги ер майдонларида саноатлашган плантация, боғ ва узумзорлар ташкил этилади.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahalliy mehnat organlariga murojaat qilayotgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab etilishining oldi olinadi


Manba: O'RQ-967-son, 27.09.2024 y.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Press_tur

Muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari va g‘oyalari asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, jumladan, “Sayxunobod tajribasi” nafaqat viloyatimiz balki Respublikamizning ham iqtisodiy o‘sishiga xizmat qilmoqda.

Tajriba asosida erishilayotgan natijalarni keng ommaga yetkazish maqsadida tashkil etilgan press-tur ishtirokchilari “Sayxunobod tumani “Farovon” kichik sanoat zonasi”da yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishtirildi.

Batafsil

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇷🇸 Serbiyada qurilish sohasida ish bor!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Serbiyadagi hamkor tashkilot fuqarolarni ushbu davlatga qurilish ishlariga taklif etadi.

Nomzodlar uchun talablar:

- Sohalar bo'yicha 3 yildan 5 yilgacha ish tajribasi;
- Ingliz yoki rus tillarida erkin muloqot qilish (ingliz tiliga ustunlik beriladi);
- 50 yoshgacha bo'lish.


Ish sharoitlari:

🔹viza rasmiylashtirish uchun to'liq yordam;
🔹ish haqi 700-800 yevro (netto);
🔹haftada 6 ish kuni;
🔹bepul yashash joyi;
🔹tibbiy sug‘urta.

🖊Ro'yxatdan o'tish:

👉 Geodetik muhandis
👉 Yordamchi ishchi
👉 Ekskavatorchi
👉 Sanoat pol-beton quyuvchisi

❗️Nomzodlar 50 nafarga yetsa, ro‘yxatdan o'tish to'xtatiladi.

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17, 66), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Kuni – 7-oktabr Butunjahon munosib mehnat kuni keng nishonlandi. Sana munosabati bilan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas’ullari tomonidan korxona, tashkilotlarda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazish bilan bir qatorda bugungi kunda qizg‘in pallaga kirgan paxta yig‘im-terimida ishtirok etayotgan fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Terimchilar muammoli vaziyatlarga duch kelsangiz, mehnat huquqlaringiz buzilsa o‘zingiz yashab turgan hududdagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari yoki 1282 - qisqa raqami hamda @munosibmehnat_bot telegram boti orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

«Sirdaryo-2»

Boyovut tumanida qurilayotgan quvvati 1 573 MVt bo‘lgan mazkur zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasi 2026 yilda ishga tushiriladi.

Loyiha doirasida foydali ish koeffisiyenti 60 foizdan yuqori bo‘lgan qurilmalarni o‘rnatish hisobiga yiliga 12 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va buning natijasida yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Ahamiyatli jihati, ob’yekt qurilishi davomida 2 500 ta, ishga tushirilgandan so‘ng esa 120 ta doimiy ish o‘rinlari yaratiladi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

“Yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha foizlar kompensatsiya qilinadi

Xonadoningizga quyosh paneli yoki quyosh suv isitish qurilmasini o‘rnatmoqchimisiz?

Lekin tijorat banklarining “yashil” iste’mol kreditlari foizlari qimmatlik qilyaptimi?

Unda Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash Jamg‘armasi Sizga kompensatsiya ajratishga tayyor.

Yuqoridagi maqsadlar uchun Jamg‘arma tomonidan Yashil imtiyozaxborot tizimi ishga tushirildi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

❗️МАЖБУРИЙ МЕҲНАТ УЧУН ЖАВОБГАРЛИК БОР

▪️Конституциянинг 44-моддаси ҳамда Меҳнат кодексининг 5-моддасида мажбурий меҳнатнинг тақиқланиши аниқ кўрсатилган.

▪️Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 51-моддасига кўра, меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш, — базавий ҳисоблаш миқдорининг эллик бараваридан юз баравари (37 500 000 сўм)гача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

⚠️Мажбурий меҳнат ташкилотчиси бўлган шахс маъмурий жавобгарликка тортилганидан кейин яна шундай қилмишни такрорласа, Жиноят кодексининг 148²-моддасига асосан, жиноий жавобгарликка тортилади.

Ҳурматли юртдошлар!

Мажбурий меҳнат ҳолатларига гувоҳ бўлсангиз Давлат меҳнат инспекциясининг 1282 қисқа рақамига ёки @munosibmehnat_bot телеграм ботига мурожаат қилинг.

Эслатиб ўтамиз, “Жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари тўғрисида”ги Қонуннинг 19-моддасига мувофиқ жисмоний шахснинг илтимосига кўра унинг шахсига доир бирон-бир маълумот ошкор этилмаслиги кафолатланади.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇬🇧Buyuk Britaniyada ishlayotgan yurtdoshlarimizga kuniga qancha ish haqi to‘lanmoqda?

🇰🇷Koreya Respublikasida qiyin ahvolda qolgan fuqarolarimizga qanday yordam ko‘rsatilmoqda?


Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…
Подписаться на канал