Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidan bahramand bo‘layotgan Abdumo‘tallib Bozormatov taassurotlari
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
#Eslatma
🇧🇾Fuqarolar Belarusning "Belavtomaz" avtomobil ishlab chiqarish zavodiga ishga taklif etiladi!
Ish turi: avtomobilsozlik
📍Ish haqi: 2370 Belarus rubli (o'rtacha 720 AQSH dollari);
📍Ish vaqti: 5 kun 8 soatdan.
✔️aviachipta, yotoqxona, tibbiy ko'rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan;
✔️ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan.
Talablar:
🔹18 - 45 yosh;
🔹1 yillik tajriba;
🔹rus tilini suhbat darajasida bilish;
🔹sudlanmagan;
🔹O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.
👉 Ro'yxatdan o'tish (17-sentabr 23:59 gacha)
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 3050 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi!
➤ Oqoltin tumanidan 526 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 376 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 301 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 176 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 349 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 494 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 49 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 540 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 2 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 235 ta (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 2 ta (ko'rish)
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining yana bir konvensiyasini ratifikatsiya qildi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-962-con, 12.09.2024 y.) bilan Xalqaro Mehnat tashkilotining To‘liqsiz ish vaqti sharoitlarida ishlash to‘g‘risidagi 175-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1994-yil 24-iyun) ratifikatsiya qilindi.
Ushbu Konvensiya jahonning 20 ta davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan. Unining maqsadi to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlovchi ishchilarning mehnat sharoitlarini, ularni mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy taʼminot sohasidagi kamsitishdan himoya qilishni taʼminlashdir.
Ma’lumot uchun: XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari soni 23 taga yetdi.
@mehnatvazirligi
"Tadbirkorligimni yo‘lga qo‘yishim kerak"
"Faoliyatimni kengaytirishim kerak"
"Yangi ish o‘rni yaratdim, ishsizlarning bandligini ta’minladim"
JONI YURTGA FIDO JADIDLAR
Hurriyat chirog‘in yoqib ketgan ma’rifatparvar jadid bobolarimiz kutgan davrlar keldi. Ular orzusidagi Turkiston ilg’or ta’limga, ma’rifatga, taraqqiyotga asoslangan edi.
Guliston "Ishga marhamat" monomarkazida "Xon atlas" festivali
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Eng faol hokim yordamchilari TOP-100 reytingi!
2024-yilning 2-choragida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aholi bandligini ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishda yuqori natijadorlikka erishgan Hokim yordamchilarining TOP-100 reytingi aniqlandi.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ularni bugungi yutuqlari bilan qutlab, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
Hurmatli hokim yordamchilari!
Eng faol hokim yordamchisi sifatida keyingi TOP-100 reytingda joy olish imkoniyatini boy bermang!
Ushbu reyting natijalari har chorakda yangilanib boriladi.
Guliston shaharning Nihol mahallasida yashovchi N.Turdiyeva "Ayollar daftari"da turar edi. Unga mas’ullar tomonidan subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi.
Hozirda o‘z tadbirkorligini boshlagan N.Turdiyeva ijtimoiy ryystrdan chiqib, buyurtmachilarga zamonaviy quroq, ko‘rpa-to‘shak, dasturxon va sumkalar tikib bermoqda.
Asosiysi, tadbirkor oilasiga daromad olib kelmoqda.
Avval xabar berganimizdek,
yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Xon atlas" haftaligi doirasida Sirdaryo viloyatidagi monomarkazlar hamda Kasb-hunarga o‘qitish markazlarida milliy modalar namoyishi bo‘lmoqda.
🇰🇷Koreys kompaniyalariga ishga kirish uchun ilk qadamni Qirol Sejong markazi bilan boshlang!
Ma'lumot o'rnida, o'quv kursiga qabul davom etmoqda.
👉 Ro'yxatdan o'tish
➡️ Murojaat uchun
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Президент бундан буён Ҳукуматдан тортиб туман ташкилотигача барча бўғиндаги раҳбарларнинг кундалик иши оилаларни камбағаллик шароитидан олиб чиқиш бўлиши кераклигини кўрсатиб ўтди.
Мутасаддилар бу борада назорат ҳам, сўров ҳам қаттиқ бўлиши ҳақида огоҳлантирилди.
Бош прокурорнинг соҳага оид қонун ҳужжатларига риоя этилиши устидан назорат учун масъул алоҳида ўринбосари тайинланди.
У ҳар ҳафта камида битта туманга бориб, камбағал оилаларни реестрга киритиш ва чиқаришнинг ҳаққонийлигини ўрганади, камбағал оилаларга берилаётган маблағлар эгасига манзилли етиб боришини назорат қилади.
Facebook|Instagram|X
Ҳозирда хусусий инсон ресурслари компаниялари иш берувчиларга билим ва кўникмаси, салоҳияти бор кадрларни топиб бермоқда.
Эндиликда бу тажрибани кенгайтириш зарурлиги қайд этилди.
Савдо-саноат палатаси ҳузурида ишлаш истаги бор камбағал аҳоли орасидан тадбиркорларга ишчи топиб, уларни тайёрлаб берадиган марказ ташкил қилинади.
Ушбу марказ орқали қайси йўналишда қанча ишчи кераклиги ўрганилади, камбағал аҳоли нимага қизиқиши ва кўникмаси борлиги аниқланади, тадбиркорлар талабига мос камбағал оила аъзолари ишга йўналтирилади, малакаси етмаганлар эса тадбиркорлар билан бирга касбга ўқитилиб, кейин ишли қилинади.
Умуман, айтилган барча имкониятлар ҳисобига йил якунигача 500 минг, бир йилда 1,2 миллион аҳолини камбағалликдан чиқариш масъул вазирлик ва идоралар раҳбарлари, вилоят ҳокимлари олдига вазифа қилиб қўйилди.
Facebook|Instagram|X
Бир йил давомида яна 50 минг гектар ерни 100 мингта камбағал оилага бўлиб бериш режалаштирилгани маълум қилинди.
Ушбу ерларда “компания – кооператив – деҳқон хўжалиги” тамойили асосида деҳқончилик ва боғдорчилик ташкил этилади. Бунда, ердан уч хил даромад олинадиган янги тизим яратилади:
- қишлоқ хўжалиги маҳсулоти етиштирувчи ва экспорт қилувчи катта компания камбағал оилалардан ерни иккиламчи ижарага олади;
- ёки ер эгалари улушдор сифатида кооперацияга бирлашиб, компаниялардан буюртма олади ва топилган даромад улар ўртасида тақсимланади;
- ҳар икки ҳолатда ҳам ушбу аҳоли ерда ўзи маҳсулот етиштириб, бунинг учун ойлик олади.
Яъни, камбағал оила ўзига берилган ердан янада самарали фойдаланиб, ойлик олиш билан бирга, ижара ёки дивиденддан даромад кўради.
Мутасаддиларга вилоят ҳокимлари билан биргаликда бу орқали камида 200 минг аҳолини банд қилиш топширилди.
Facebook|Instagram|X
Умумий овқатланиш соҳасига берилган енгилликларга жавобан соҳадаги йирик брендлар қисқа муддатда Самарқанд, Андижон ва пойтахтда 2 минг одамга иш берди.
Икки йил аввал умумий овқатланиш соҳаси тадбиркорларига ижтимоий солиқдан имтиёз берилган эди.
Тадбиркорларга шу имтиёз яна 2 йилга узайтириб берилса, улар 150 минг эҳтиёжманд аҳолини иш билан таъминлашга тайёр.
Айрим корхоналар колл-марказ ташкил қилиб, ҳозирни ўзида 2 минг нафар ногиронлиги бўлган аҳолига компьютер ва телефон олиб бериш орқали уларни уйини ўзида иш билан таъминламоқчи.
Хизматлар соҳасидаги тадбиркорлар камбағал аҳолини ишли қиламан деса, имтиёз муддатини яна узайтириш мумкинлиги таъкидланди.
Facebook|Instagram|X
Paxta yig‘im-terim mavsumi boshlanmoqda. Paxta egalari ya’ni ish beruvchilar bu jarayonda nimalarga e’tibor berishi kerak? Batafsil videorolikda
👉mavsumiy hamda vaqtincha ishlarni bajarish to‘g‘risidagi mehnat shartnomasining namunaviy shakli
👉2024-yil paxta hosilini nes-nobud qilmasdan uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olishga ko‘maklashishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar
👉terimchilar uchun mehnat sharoitlarining minimal me'yorlari
❗️Qadrli ish beruvchilar! Mavsumiy paxta terimida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymang! Terimchilar muammoli vaziyatlarga duch kelsangiz, mehnat huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa hududingizdagi Bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari yoki 1282 - qisqa raqami hamda @munosibmehnat_bot telegram boti orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishlaringiz mumkin!
@mehnatvazirligi
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (ichki tanlov): Sanoatni rivojlantirish yig'ma bo'limi boshlig'i;
▪️Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi: Sanoatni rivojlantirish yig'ma bo'limi yetakchi mutaxassisi;
▪️Shirin shahar iqtisodiyot va moliya bo'limi: Sanoatni rivojlantirish bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Yangiyer shahar iqtisodiyot va moliya bo'limi: Sanoatni rivojlantirish bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Yangiyer shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi (ichki tanlov): Bo'lim boshlig'i;
▪️Kadastr agentligining Xovos tumani bo'limi: Bosh inspektor.
❗️Arizalar 17.09.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
✅Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловига 40 кун қолди
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Guliston tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining Oltinchi chaqiriq sakson beshinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiya jarayoni tuman hokimligining rasmiy Facebook'dagi sahifasida jonli efir orqali keng jamoatchilikka yoritildi. Sessiya ishida tuman sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot rahbralari va OAV vakillari ishtirok etdi. Unda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Abdunazarov hisobot berdi.
Xalq deputatlari Guliston tumani kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Sayxunobod tumani qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi: Uy-joy kommunal xo'jaligi bo'yicha bosh mutaxassis;
❗️Arizalar 15.09.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
▪️Statistika boshqarmasi: Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo'limi mutaxassisi;
▪️Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi: Suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Shirin shahar statistika bo'limi: Bosh mutaxassis;
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Yangiyer shahar bo'limi (ichki tanlov): Bo'lim boshlig'i;
▪️Yangiyer shahar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi: Arxitektura va qurilish sohasi bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Boyovut tumani statistika bo'limi: Bosh mutaxassis;
▪️Oqoltin tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Toshkent" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Oqoltin tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Yangi Toshkent" mahallasidagi yoshlar yetakchisi.
❗️Arizalar 16.09.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Ishga qabul qilishda kimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
▪️homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
▪️zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;
▪️davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
▪️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
▪️6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
▪️18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
▪️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;
▪️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar.
👉batafsil
@mehnatvazirligi
❗️ Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya hamda Rossiyadagi ish beruvchilar 20 dan 46 yoshgacha bo‘lgan yurtdoshlarimizni quyidagi sohalarga ishga taklif etmoqda
🇸🇰SLOVAKIYA
5000 nafar avtomobil zavodida ishlovchi mutaxassisni
1000 nafar ishlab chiqarish zavodlarida ishlovchi mutaxassisni
500 nafar elektrik va payvandchini (sohada 3 yillik tajriba talab etiladi)
350 nafar fura haydovchisini
200 nafar kara haydovchisini
▪️oylik maosh – 1000 yevrodan 2400 yevrogacha
🇭🇷 XORVATIYA
Qurilish sohasi uchun betonshik, armaturshik, manalitchilarni
▪️oylik maosh - 1000$ dan 2500$ gacha
🇭🇺 VENGRIYA
Avto ehtiyot qismlari ishlab chiqarish zavodi uchun mutaxassislarni
Samsung zavodi omborlarida ishlovchi ishchilarni
Atom elektrostansiyasi qurilishi uchun mutaxasislarni
▪️oylik maosh - 1000 dollardan 1500 dollargacha
🇷🇺 ROSSIYA
2000 nafar qurilish sohasi xodimlarini
1000 nafar ishlab chiqarish xodimlarini
▪️oylik maosh - 900 dollardan 2000 dollargacha
Yuqoridagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
👉ro‘yxatdan o‘tish
Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha mamlakatimizda litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan “Naimix” xususiy bandlik agentligi bilan hamkorlikda tayyorlandi
☎️ Murojaat uchun telefon: 71-205-05-00
📍 Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Istiqbol ko‘chasi 36
📍Lokatsiya
@mehnatvazirligi
18 dan 55 yoshgacha bo‘lgan yuk avtomobillari haydovchilari uchun Latviyada 1100 yevrolik ish
Talab etiladi:
▪️sohada kamida 1 yillik tajriba;
▪️rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
▪️sudlanmaganlik;
▪️sog‘lom bo‘lish.
Ish vaqti – haftada 40 soat.
❗️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xizmatlari, o'qitish va ko'niktirish, viza va aviachipta, Latviyadagi ovqatlanish hamda yashash xarajatlari fuqaro tomonidan qoplanadi.
Belgilangan talablardan kelib chiqib ayni yo‘nalish bo‘yicha xorijdaish.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun haftaning har chorshanba kuni tanlov tashkil qilinadi.
👉 ro'yxatdan o'tish
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
@mehnatvazirligi
Paxta yig‘im-terim mavsumi boshlanmoqda. Paxta egalari ya’ni ish beruvchilar bu jarayonda nimalarga e’tibor berishi kerak? Batafsil videorolikda
👉mavsumiy hamda vaqtincha ishlarni bajarish to‘g‘risidagi mehnat shartnomasining namunaviy shakli
👉2024-yil paxta hosilini nes-nobud qilmasdan uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olishga ko‘maklashishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar
👉terimchilar uchun mehnat sharoitlarining minimal me'yorlari
❗️Qadrli ish beruvchilar! Mavsumiy paxta terimida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymang! Terimchilar muammoli vaziyatlarga duch kelsangiz, mehnat huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa hududingizdagi Bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari yoki 1282 - qisqa raqami orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishlaringiz mumkin!
@mehnatvazirligi
❗️Elektromobil haydagan odamdan ko‘ra, uni tuzatgan usta boyroq bo‘ladi
Gap shundaki, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi "Ishga marhamat" monomarkazlari hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlarining 27 nafar o‘qituvchisi ushbu yo‘nalishda malaka oshirish maqsadida bugun Xitoy davlatiga jo‘nab ketdi.
Malaka oshirib qaytgan mutaxassislar o‘z ko‘nikmalarini boshqa hudularning kasbiy ta’lim ustalari va o‘quvchilariga o‘rgatishi bo‘yicha alohida yo‘l xaritasi va dastur ishlab chiqiladi.
Shuningdek, elektromobillarning 10 ta to‘plamdan iborat o‘quv stendlari olib kelinib, amaliy laboratoriyalari yaratiladi.
@mehnatvazirligi
Бош вазир ўринбосари бошчилигида камбағалликни қисқартириш масалалари билан шуғулланувчи комиссия тузилиши белгиланди. Ижтиимоий ҳимоя агентлиги директори унга ўринбосар бўлади.
Вилоят ва туман комиссияларига ҳокимлар бошчилик қилади.
Комиссия ҳар бир вилоятда биттадан тумандаги ишларни ҳафталик муҳокама қилиб, бириктирилган раҳбарлар фаолиятига баҳо беради. Жойларда кўтарилган масалаларни зудлик билан ҳал қилиб боради. Камбағалликни қисқартириш бўйича режалар ижроси юзасидан ҳар ойда Президентга ахборот киритади.
Шунингдек, 9 та иқтисодий тадқиқот марказлари ва олийгоҳлари ҳам илмий ёндашувлар асосида камбағалликни қисқартириш масалалари билан шуғулланиши белгиланди.
Йиғилиш давомида мутасаддиларнинг кун тартибидаги масалалар юзасидан ҳисоботлари ва режалари тингланди.
Facebook|Instagram|X
Президент ҳар бир камбағал оилада, айниқса, хотин-қизлар орасидан камида 1 нафар олий маълумотли бўлиши учун шароит яратилишини эълон қилди. Бунда:
- олийгоҳ, коллеж ва техникум талабаларининг ўзлаштириш кўрсаткичи камида 80 фоиз бўлса, уларга кейинги ўқув йили учун фоизсиз таълим кредити берилади;
- олийгоҳ, коллеж ёки техникумга киришда грант учун етарли баллни 80 фоизини тўплаган камбағал оила фарзандларига қўшимча грант ажратилади.
Бундан ташқари, молиявий мустақил бўлган олийгоҳларни ҳар бири йилига камида 1 миллиард сўмлик грант эълон қилади.
Бу грантлар ҳисобидан, фанларни ўзлаштиришидан келиб чиқиб, камбағал оила фарзандлари контрактининг 20 фоиздан 80 фоизгача қисми қоплаб берилади.
Камбағал оилалар фарзандларини боғча, мактаб, техникум ва олийгоҳларда сифатли таълим олишини ташкил қилиш, уларга ҳар томонлама кўмак бериш масалаларини мувофиқлаштириш Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги директорининг биринчи ўринбосари Шаҳноза Мирзиёева зиммасига юклатилди.
Facebook|Instagram|X
Яқинда микромолия хизматлари бўйича янги механизмларни жорий қилинди.
Эндиликда 2024-2025 йилларда одамлар ўзини ўзи банд қилиши, кичик ва ўрта тадбиркорлик билан шуғулланиши учун микрокредитлар ажратишга 10 триллион сўм берилади.
Шунингдек, камбағал оилаларга 30 миллион сўмгача ускуна, кўчма дўкон (фуд-трак), мотороллер, скутер каби воситалар 5 йилда бўлиб тўлаш шарти билан берилади.
Камбағал оила фарзандларига компьютер сотиб олиш учун 5 йилга 2 йиллик имтиёзли давр билан фоизсиз кредит ажратилади.
“Зарбдор тажрибаси” асосида саноат, қишлоқ хўжалиги ва хизматлар соҳасида камида 5 тадан “драйвер” лойиҳани инфратузилма билан таъминлаш учун йил якунигача 500 миллиард сўм, келаси йили яна 1 триллион сўм ажратилади.
Ҳокимларга бу лойиҳаларни тезлаштириб, йил охиригача 150 минг аҳолини ишли қилиш топширилди.
Facebook|Instagram|X
Ҳозир саноатда энг кўп иш ўрни яратадиган соҳа – тўқимачилик.
Тадбиркорлар 2 йил аввал тайёр трикотаж, бўялган мато ва газлама корхоналарига ижтимоий солиқдан берилган имтиёзни узайтириб беришни сўрамоқда.
Агар корхоналар камбағал аҳолини банд қилса, ўша ишчига ижтимоий солиқдан имтиёз яна уч йилга сақланиб қолади.
Ушбу имтиёз нафақат тўқимачиликка, балки барча соҳадаги корхоналарга берилади.
Бу имкониятдан фойдаланиб, тўқимачилик, қурилиш материаллари, чарм-пойабзал ва ҳунармандчиликда 120 минг, деҳқончилик ва чорвачиликда 120 минг, қурилиш соҳасида 25 минг, электротехникада 20 минг камбағал аҳолини ишли қилиш муҳимлиги кўрсатиб ўтилди.
Facebook|Instagram|X
Андижон вилоятидаги қолган 58 та парранда корхонаси ҳам 4-5 тадан шундай лойиҳа қилиб, 10 минг эҳтиёжманд аҳолини иш билан таъминлашга тайёр.
Вилоятдаги 660 та балиқ хўжалиги кооперация орқали 10 мингта янги иш жойи яратишни ташаббус қилган.
Бундай ташаббусларни қўллаб-қувватлаш муҳимлигини таъкидлаб, Президент мутасаддиларга мана шундай лойиҳаларни молиялаштириш бўйича янги тизим яратишни топширди.
Андижондаги насос станциялари ёнидан камида 10 гектар ерда 30 сотихлик майдонлар балиқчилик кооперацияларига таклиф қилинади.
Ушбу тажрибаларни йўлга қўйиш орқали парранда ва балиқчиликда камида 200 минг эҳтиёжманд аҳолини банд қилиш мумкин.
Facebook|Instagram|X