Бугунги кунда республика бўйича камида 50 та иш ўрни яратган 9 минг 200 га яқин тадбиркор бор.
Улар яқинда ўтган Президент билан очиқ мулоқотдан руҳланиб, кўникмаси ва хоҳиши бор 500 минг одамга иш беришга тайёрлигини билдирган.
Масалан, Балиқчи туманидаги тадбиркор Хитой тажрибаси асосида кооперация тизимини жорий этиб, 520 нафар камбағал аҳолини ишли қилиш ташаббуси билан чиқаяпти.
Тадбиркорга кредит берилса, вилоятнинг ҳар бир туманида 1 тадан корхона очиб, унга 30 нафар эҳтиёжманд оила вакилини улушдор қилиб киргизиб, 4-5 миллион сўмгача ойлик тўламоқчи.
Бунда, фақат эҳтиёжманд одамларни ишга олиш – кредитнинг асосий шарти бўлади.
Facebook|Instagram|X
Давлатимиз раҳбари камбағалликка тушиш сабаблари ҳар хил экан, ечими ҳам алоҳида-алоҳида бўлиши кераклигини кўрсатиб ўтди.
Ҳозирда камбағалликни қисқартириш бўйича кейинги йиллар учун жуда катта “Камбағалликдан фаровонлик сари” дастури тайёрланаётгани маълум қилинди.
Унда еттита имконият ва масъулият тамойили асосида Ўзбекистоннинг навбатдаги янги ёндашувлари белгилаб берилади.
Бундан буён камбағалликни қисқартириш умуммиллий ҳаракатга айланади.
Мутасаддиларга ҳар бир маҳаллани тўлиқ хатловдан ўтказиб, улардаги “камбағал оилалар портрети”ни ишлаб чиқиш топширилди. Камбағал оила бўйича индивидуал дастур бўлади, ҳар бир вазирликнинг аниқ вазифаси кўрсатилади.
Иқтисодий комплекс – Ж.Қўчқоров тизими оилаларни камбағалликдан олиб чиқиш билан шуғулланса, ижтимоий ҳимоя – М.Оллоёров тизими кимни реестрга киритиш, қайси оилани ундан чиқаришга жавоб бериши белгиланди.
Facebook|Instagram|X
Президент камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар аҳволи ҳамма вилоят ва туманда ҳам бир хил эмаслигини кўрсатиб ўтди.
Масалан, ўтган олти ойда Андижон, Бухоро, Жиззах, Қашқадарё ва Хоразмда камбағаллик 2 фоиздан ортиқ камайган бўлса, Навоий, Сурхондарё, Фарғона ва Тошкент шаҳрида ўзгариш бўлмаган.
Республиканинг 15 та туманида камбағаллик 20 фоиздан юқори. Булар – Амударё, Беруний, Қонликўл, Нукус, Тахтакўпир, Хўжайли, Чимбой, Гулистон, Мирзаобод, Оқолтин, Сардоба, Гурлан, Янгиариқ, Янгибозор ва Тупроққалъа.
Бу туманларда камбағалликни қисқартириш учун уч йилда 1,7 триллион сўмлик арзон кредит ва субсидия берилган бўлсада, ўзгариш бўлмаган.
Аҳолига бўлиб берилган ерлар бўйича 17 та туманда 2-3 мартадан ҳосил олиш ҳисобига камбағаллик 2 карра камайди. Булар – Пахтаобод, Балиқчи, Гурлан, Хонқа, Олтиариқ, Данғара, Конимех, Боёвут, Жомбой, Шофиркон, Ш.Рашидов, Зомин, Шаҳрисабз, Бандихон, Ўртачирчиқ, Бўка, Тахиатош туманлари.
Лекин, 14 та туман – Қонликўл, Шуманай, Қоровулбозор, Пешку, Чироқчи, Муборак, Нуробод, Оқолтин, Музработ, Бандихон, Қизириқ, Оҳангарон, Паркент, Тупроққалъада ўзгариш сезилмаяпти.
Туман ҳокимлари, уларнинг иқтисодиёт ва қишлоқ хўжалиги бўйича ўринбосарларига бу борадаги фаолияти сустлиги бўйича қатъий эътироз билдирилди.
Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида камбағалликни қисқартириш ишларини янги сифат босқичига олиб чиқиш масалаларига бағишланган видеоселектор йиғилиши бошланди.
Тўрт йил аввал бу борадаги ишлар бошланганида 7,5 миллион ёки 23 фоиз аҳолининг даромади камбағаллик чегарасига етмас эди.
Шу даврда аҳолимиз 3,7 миллионга кўпайди, камбағаллик чегараси ҳам тегишли равишда 1,5 карра оширилди.
Бунга қарамасдан, 3,5 миллион одамни даромадли қилиш ҳисобига 2023 йил якуни билан камбағалликни 11 фоизга пасайтиришга эришилди.
Аввало, ижтимоий ҳимоя қамрови 4,5 карра оширилиб (466 минг оиладан 2,2 миллионга), ўтган йили бу мақсадларга 12,3 триллион сўм ажратилди. Пенсия ва нафақалар миқдори ҳам 1,5 баравар кўпайтирилди.
Facebook|Instagram|X
#Hamkorlik
Guliston "Ishga marhamat" monomarkazida ijtimoiy soha binolarining qozonxonalariga mas’ul xodimlarga quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish, quyosh suv isitish kollektorlaridan foydalanish bo‘yicha yangiliklar o‘rgatilib, malakalari oshirilmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin va bu xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi bilan tuziladigan alohida muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Avvalgi ish joyida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda to‘xtatib turiladi. Xodimga xizmat safari muddati tugashi bilan uni xizmat safariga yuborgan ish beruvchida avvalgi ishi (lavozimi) taqdim etiladi.
👉batafsil
@mehnatvazirligi
#Worldskills2024
Fransiyada bellashish navbati ustalarimizga keldi
Ayni daqiqalarda Fransiyaning Lion shahrida kasb yo‘nalishlari bo‘yicha WorldSkills standartlari asosida 47-Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqada «Worldskills Uzbekistan-2023»da g'olib bol’gan yosh ustalarimiz ham 2 ta yoʻnalishda ishtirok etayapti.
Chempionat dunyodagi eng yirik mahorat tadbiri bo‘lib, 1 400 nafar yosh va tajribali usta 62 ta kasb yo‘nalishi boʻyicha mahoratini sinovdan oʻtkazadi.
Natijalar esa davlatlarning kasbiy mahorat bo‘yicha reytingini belgilab beradi.
Ma’lumot uchun: WorldSkills International – bu xalqaro standartlar asosida ishchi kasblarni ommalashtirish va kasbiy tayyorgarlikni oshirish bo‘yicha faoliyat yuritadigan xalqaro notijorat assosiatsiya hisoblanadi.
O‘zbekiston 2020-yilda 83-davlat sifatida “WorldSkills International”ning a’zosi bo‘lgan.
Marosimda Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron ham ishtirok etdi.
Chempionatni jonli efirda kuzatish🔽 https://www.youtube.com/watch?v=onA5weHfBPc
@mehnatvazirligi
‼️Janubiy Koreyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz diqqatiga
Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi vakolatxonasi yurtdoshlarimizga qulay bo'lishi uchun Kvangju shahridan Seul shahriga ko'chirildi.
📍Yangi manzil: Seul, Jung-gu, Jangchungdan-ro, 213 10-qavat, 1003.
☎️ 02-2285-1341, 02-2285-1342
(Donghun binosi) Dongdemun tarix va madaniyat bog'i metro bekati 5-chiqish
New address: Seul, Jung-gu, Jangchungdan-ro, 213
(Donghun building) Dongdaemun History & Culture Park 5th exit
🇰🇷주소: 서울, 중구, 장충단로 213
(동훈 빌딩) : 동대문역사문화공원역 5 번 출구
👉Google mapsdan manzilni ko'rish
👉Kakao mapdan manzilni ko'rish
@mehnatvazirligi
‼️ 1 373 000 dollar. Koreya Respublikasida muvaffaqiyatli ishlab qaytgan fuqarolarga shuncha miqdoridagi pullar qaytarib beriladi.
🇰🇷 2004-2021-yillar oralig'ida Koreya Respublikasida E-9 hamda H-2 viza turlari asosida muvaffaqiyatli ishlab vatanga qaytgan 2482 nafar fuqaroning Samsung sug'urta to'lovlari hamda 13-oylik pullarini qaytarib berish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi.
(Qaysi hujjatlarni qayerga topshirishni batafsil videoda ko'rishingiz mumkin)
👉Fuqarolar ro'yxatini ko'rish.
👉Agentlik filiallari manzilini ko'rish.
👉Ariza anketasini yuklab olish.
👉Anketa to'ldirilgan na'munasini ko'rish.
‼️Eslatma: Bu pullar hozirgi kunda EPS markazi hisobida ham, Agentlik hisobida ham emas, balki HRD Koreani hisob raqamida turgan mablag‘lar hisoblanadi. Ro'yxatda mavjud fuqarolar hujjatlarni kamchiliklarsiz yig'ib topshirganlaridan so'ng, Agentlik va EPS markazi hujjatlarni Koreya tomonga yuboradi. Koreya tomon hujjatlarini ko'rib chiqib, fuqaroning o'zining nomiga ochilgan Milliy bank hisob raqamiga pulni o'tkazib beradi.Читать полностью…
@mehnatvazirligi
Ishga kirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi
▪️Pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;
▪️Mehnat daftarchasi (birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno);
▪️Harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;
▪️Oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tashkilotini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom;
▪️Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
▪️Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lganda);
▪️Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi (birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno).
❗️Ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsdan Mehnat kodeksida, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
👉batafsil
@mehnatvazirligi
Faol xotin-qizlar Xovosda jizzaxlik "gulchi opa" tajribasini joriy etadi
Xovos tumani hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan bir guruh faol xotin-qizlar Jizzax viloyatidagi Sharofat Noriyeva xonadoni va dala maydonida bo‘lishdi.
Ishtirokchilar "Gulchi opa tomorqa xizmati" gulchilik klasteri tajribasi bilan o‘rtoqlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi: Davlat aktivlarini xususiylashtirish bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi (ichki tanlov): Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig'ining o'rinbosari;
▪️Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi: Davlat mehnat inspeksiyasi inspektori;
▪️Oila va xotin-qizlar boshqarmasi: Mahalladagi xotin-qizlar faollari bilan ishlash, oilalarda sog'lom turmush tarzini ta'minlash, xotin-qizlarning muammolarini o'rganish bo'yicha bosh mutaxassis.
❗️Arizalar 10.09.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Davlat ishiga kirish istagidagi nomzodlar diqqatiga!
Ayni damda davlat tashkilotlaridagi 300 ga yaqin bo'sh ish o'rinlari uchun ochiq tanlovlar jarayoni davom etmoqda.
Ishtirok etish uchun Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portaliga kiring!
O'zingizga ma'qul ish o'rnini tanlang va ro'yxatdan o'ting!
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1327 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!
➤ Oqoltin tumanidan 89 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 200 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 73 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 143 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 90 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 91 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 91 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 74 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 58 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 371 tа (ko'rish)
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi: Markaz direktori;
▪️Shirin shahar yoshlar ishlari bo'limi: Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xotin-qizlar faolligini oshirish bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Boyovut tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Bunyodkor" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Mirzaobod tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Navro'z" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Kadastr agentligining Sirdaryo tumani bo'limi: Yetakchi inspektor.
❗️Arizalar 09.09.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Туман ҳокимлари, сектор раҳбарлари камбағал оилалар хонадонига кириб, бу ердаги шароитни ўз кўзи билан кўрсагина натижа бўлиши таъкидланди.
“Одамларга қанча ёрдам бермайлик, маҳаллалар шароитини яхшиламасак, камбағаллик қисқармайди”,
Президент топшириғига кўра, мутасаддилар масалани ичига чуқурроқ кирди, энг оғир маҳалладаги ночор оилаларга бориб, нимага кўпроқ эътибор бериш кераклигини ўрганди.
Бу масалада савдо, сервис, тўқимачилик, тиббиёт, овқатланиш, қурилиш, касаначилик, электротехника, транспорт соҳаси тадбиркорлари билан аниқ муҳокамалар ўтказилди.
Ўрганишлар камбағалликни фақат пул тарқатиш билан ҳал қилиб бўлмаслигини кўрсатмоқда.
Ҳозирда 3-5 миллион сўмгача ойлик бераман деган корхоналарда 250 мингта бўш иш ўрни бор. Лекин, камбағал оилани 35 фоиз ишга лаёқатли аъзоларида билим ва кўникма кам.
Бола парвариши билан банд бўлгани учун ишлаш хоҳиши бўлган аёлларнинг 43 фоизи ишга бора олмаяпти.
Камбағал оилаларнинг 83 фоизида катта томорқа бор. Лекин, уларнинг 62 фоизида – сув, 48 фоизида – электр муаммоси бор, яна 50 фоизи марказдаги бозорга боришга қийналмоқда.
Facebook|Instagram|X
Маҳаллада камбағалликни қисқартириш, тадбиркорлик лойиҳаларига 35 триллион сўм арзон кредит, 7 триллион сўм субсидия берилгани таъкидланди.
Маҳаллаларни обод қилиш, боғча, мактаб, тиббиёт, йўл, сув ва электр инфратузилмаси учун 120 триллион сўм ажратилди.
Шунингдек, 260 минг гектар ер 800 минг аҳоли, аввало ёшларга деҳқончилик қилиш учун даромад келтирувчи актив сифатида тарқатилди.
Яқинда мамлакатимизда бўлган БМТ Озиқ-овқат ва қишлоқ хўжалиги ташкилоти (ФАО) бош директори бу нафақат иш ўрни ва даромад, балки озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлашда жуда тўғри йўл эканини эътироф этди.
Ўтган ойда Камбағалликни қисқартириш бўйича халқаро конференцияга келган 60 дан ортиқ мамлакат экспертлари Ўзбекистон қисқа муддатда яратган тажрибани юқори баҳолади.
Facebook|Instagram|X
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳаллаларда камбағалликни қисқартириш, камбағал оилалар билан ишлаш тизимини янги босқичга олиб чиқиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам сокращения бедности в махаллях, поднятия на новый уровень системы работы с малообеспеченными семьями.
Facebook|Instagram|X
Uqalovchi yo'nalishi
Bollalar va kattalar uchun "Uqalovchi" yo'nalishida mahorat darsi.
Mazkur sohaga qiziqishingiz bormi?
Guliston "Ishga marhamat" monomarkazi kasb oʼrganib, mutaxassis boʼlish niyatida boʼlgan fuqarolarni yo'llanma asosida 2-oylik bepul o'qishga taklif etadi.
Tajriba almashish
Sirdaryo tumani Ilg‘or hamda Oq yo‘l mahallasi fuqarolari Sayxunobod tumanida bo‘lib, muhtaram Prezidentimiz ko‘rsatmalariga ko‘ra joriy etilgan "Sayxunobod tajribasi" asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. O‘zini o‘zi band qilgan holda daromadlarini oshirish, tomorqadan unumli foydalanish va oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi loyihalarni o‘rganishdi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi hududiy boshqarmasi: Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish bo'limi yetakchi mutaxassisi;
▪️Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi: Ta'lim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish va mulkidan samarali foydalanish bo'limi yetakchi mutaxassisi;
▪️Sayxunobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Davlat xaridlari va shartnomalar bo'yicha guruh rahbari.
❗️Arizalar 14.09.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Avval xabar berganimizdek,
yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Xon atlas" haftaligi doirasida Sirdaryo viloyatidagi monomarkazlar hamda Kasb-hunarga o‘qitish markazlarida milliy modalar namoyishi o‘tkazilmoqda.
Oilaviy tadbirkorlik, tomorqadan unumli foydalanish - farovon hayot omili
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Respublika bo‘ylab 3 ta hududda tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan yurtdoshimizni bilasizmi?
Bunday shijoati bilan qanchadan-qancha ish o‘rinlari yaratayotganinichi?
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Ijtimoiy reestrda turgan O‘g‘iloy Boyjigitova hokim yordamchisi ko‘magi bilan tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi.
Shijoatli tadbirkor endilikda yangi ish o‘rnilari yaratish harakatida.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
❗️Chet davlatga ishga yuborish bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidan tashqari ayni vaqtda 16 ta Xususiy bandlik agentligi ham litsenziya asosida faoliyat yuritadi.
1. "Reiwa"
Tel: 952040980 909450711
Manzil: Andijon shahri Boburshoh ko‘chasi 11-uy
2. "Mirai recruitment agency"
Tel: 977442010
Manzil: Farg‘ona shahri P.Mahmud ko‘chasi 23-uy
3. "Migo overseas consulting"
Tel: 993270098 692270098
Manzil: Namangan shahri U.Nosir ko‘chasi 5-A-uy
4. "Turon World Cooperation"
Tel: 977000030 781470030
Manzil: Shayxontohur tumani Abay ko‘chasi 13a uy
5. “Specialist Group"
Tel: 712001021 998501221
Manzil: Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi
118-uy
6. "Naimix"
Tel: 712050500
Manzil: Mirobod tumani, Istiqbol ko‘chasi 36
7. "Etos"
Tel: 974608938
Manzil: Sergeli tumani Qumariq ko‘chasi 23a-uy
8. "Common Sense"
Tel: 903255900
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani "Bahor" MFY 56-uy
9. "Dhaef Global"
Tel: 772750550
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani Chust ko‘chasi 1-uy
10. "NUR MIGRATION SERVICES"
Tel: 909880071
Manzil: Olmazor tumani Usta Shirin koʼchasi 125-uy
11. "THE BEST-STAFF"
Tel: 955057400
Manzil: Samarqand shahri, "Toshkent" MFY 108-uy
12. "NPS Personal"
Tel: 555128787
Manzil: Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasi 6-uy
13. "Workmall"
Tel: 712008600
Manzil: Yakkasaroy tumani Glinka ko'chasi 41a-uy
14. "Mirshodjon power"
Tel: 909488151
Manzil: Samarqand shahri Istiqlol ko'chasi 1a-uy
15. "Horizon work"
Tel: 998481202 883339172
Manzil: Yakkasaroy tumani Toshbuloq ko'chasi 53-uy
16. "World wide immigration"
Tel: 952308800 902273222
Manzil: Samarqand shahri Ko'ksaroy maydoni 1-uy
@mehnatvazirligi
Ish beruvchilar e'tiborli bo‘ling!
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisa xodimning nogironligi yoki vafot etishiga olib kelsa jabrlanuvchiga yoki vafot etgan xodim qaramog‘idagi mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi. Voyaga yetmagan bolalariga va boshqa zarar undirish huquqiga ega shaxslarga ma’lum muddat davomida oylik to‘lovlar amalga oshiriladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta qilinishi uning xodim oldidagi majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarishini ta’minlash hamda korxonaning katta miqdorda moliyaviy zarar ko‘rishini oldini olishga xizmat qiladi.
Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchi o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashi shart.
Ish beruvchi xodimlarning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan va kasb kasalliklaridan fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishi shart.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
@mehnatvazirligi
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan Shirin shahri ahli yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xodim mehnat shartnomasida belgilangan sanadan e’tiboran mehnat vazifalarini bajarishga kirishishi shart.
Agar mehnat shartnomasida ish boshlanadigan kun belgilanmagan bo‘lsa, xodim shartnoma kuchga kirgan kundan keyingi ish kunida ishga kirishishi kerak.
Mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, shuningdek unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
@mehnatvazirligi