Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi: Yer uchastkalarini realizatsiya qilish bo'yicha yetakchi mutaxassis;
▪️Transport boshqarmasi: Transportni rivojlantirish sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Transport boshqarmasi: Transportni rivojlantirish sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Transport boshqarmasi: Iqtisodiyot va tarif-narx siyosati bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Qishloq xo'jaligi boshqarmasi: Oziq-ovqat sanoati, agrologistika va eksportni rivojlantirish sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Guliston tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Sardoba tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi: Hayvonlar sog'lig'ini himoyalash, diagnostika va oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Sardoba tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi boshlig'i;
▪️Sayxunobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Sirdaryo tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Sirdaryo tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Moliya va shartnoma bo'yicha bosh mutaxassis.
❗️Arizalar 08.09.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Koreyaga (Ulsan) ishchi viza olish yanada osonlashmoqda
Bu qanday tartibda amalga oshiriladi?
@mehnatvazirligi
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи
—
Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 33-й годовщине независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi viloyat boshqarmasi: Ichki nazorat va pensiya, nafaqa hamda boshqa to'lovlarni tayinlash monitoringi sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Sardoba tumani bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Sayxunobod tumani bo'limi: Bo'lim boshlig'i.
❗️Arizalar 01.09.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
▪️Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi: Bosh hisobchi;
▪️Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi: Ko'p kvartirali uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish bo'yicha yetakchi mutaxassis.
❗️Arizalar 02.09.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
⚡️Koreyaning "iqtisodiy poytaxti”ga borib ishlash osonlashdi
🇰🇷Koreyaga ishchi vizalarini olish bo‘yicha mavjud stereotiplar olib tashlanayapti. Ulsan shahri hokimligi hamyurtlarimizga viza berish tizimini yo‘lga qo‘yib, mutaxassislarni ushbu shahardagi yirik sanoat obyektlariga ishga qabul qilishni rejalashtirmoqda. Shu vaqtgacha viza berish Koreya Adliya vazirligi tomonidan hal etilgan va qiyinchiliklar mavjud edi.
Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Ulsan shahar hokimi Kim Du Gyum bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ma’lum qilindi.
👉BATAFSIL
@mehnatvazirligi
Islohotlar inson qadri uchun
Maqsad – yangi ish o‘rinlari yaratib, aholi bandligini ta’minlash. Ularga munosib turmush sharoitini yaratish.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Xovos tumani Gulbahor mahallasida yangi iqtisodiy tashabbus amalga oshirildi
Uzoq vaqt davomida bo‘sh turgan bino tikuvchilik firmasiga aylantirilib, hudud aholisiga yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ushbu loyiha mahalla aholisi uchun nafaqat iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish imkonini beradi.
Bugun ushbu tikuvchilik firmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Xovos tumani hokimi Ulug'bek Yo'ldoshev, tuman IIB boshlig'i Avazbek Turakulov, mahalla faollari, onaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Bu yerda ishlab chiqarish jarayoni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, tayyorlanadigan mahsulotlar sifati yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Endilikda, ushbu loyiha Gulbahor mahallasida iqtisodiy faollikni oshirish, ayollar bandligini ta’minlash, shuningdek, aholining turmush darajasini yaxshilashga yaqindan ko'mak berishi lozim.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlari sog‘lom turmush tarziga amal qilgan holda sport turining futbol yo‘nalishida o‘zaro bellashdilar.
Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida o‘tkazilgan tadbir bayramona shukuhda o‘tkazildi. Musobaqaning navbatdagi bosqichida tuman, shahar bo‘limlari hamda tasarrufiy tashkilotlar jamoalari ham ishtirok etishi belgilangan.
Boshqarma tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan turli musobaqa va madaniy tadbirlar mehnat jamoasining ahilligini mustahkamlashga, birdamlikda yuqori saviyada faoliyat yuritishlariga xizmat qiladi, shubhasiz.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Olimpiadachilar vazirlikda
Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari Ulug‘bek Rashitov, Svetlana Osipova hamda ularning murabbiylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston taekvondo bo‘yicha birinchi marta Olimpiya o‘yinlarida 2 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ulug‘bek Rashitov ushbu sport turida eng yosh toifada ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi. Svetlana Osipova esa ayni yo‘nalishda birinchi kumush medalni egallab, ayollar sporti tarixida yangi sahifa ochdi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamoasi sportchilar hamda murabbiylarni tarixiy g‘alaba bilan tabriklab, ularga sovg‘alarni topshirdi.
@mehnatvazirligi
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, tuman, shahar bo‘limlari hamda tasarrufiy tashkilotlarda ko‘makka, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovga muxtoj fuqarolar holidan xabar olish va yordam qo‘lini cho‘zish an’anasi davom etmoqda.
Bayram arafasida Guliston "Ishga marhamat" monomarkazi Sartaroshlik yo‘nalishi guruhi yoshi ulug‘ keksalar, harakatlanishga qiynaluvchi fuqarolar xonadoniga borib, ularning soch-soqollarini tartibga keltirishdi.
Savob ishni har kim, har kuni qilishi lozim, deganlaridek, bunday xayrli ishga tinglovchilar ham o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi janob Won Do Yon bilan uchrashdi.
Behzod Musayev dastlab janob Won Do Yonni mamlakatimizda yangi elchi sifatida faoliyat boshlagani bilan tabrikladi. Uchrashuvda aholini kasb-hunarga o‘qitish, Koreya mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib ushbu davlatga tashkillashtirilgan tartibda ishchi kuchini yuborish, kasbiy malakalarni baholash kabi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Eslatib o'tamiz, bugungi kunda
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda barpo etilgan Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘ona shaharlaridagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida ishsiz fuqarolarga zamonaviy kasblar o‘rgatilib, bandligi ta'minlanmoqda.
Urganchda esa 9 mln dollar grant mablag‘lari hisobidan beshinchi markaz barpo etilayapti.
Qolaversa, Toshkent shahrida loyiha qiymati 5,5 mln dollarga teng bo‘lgan Milliy texnik malakani baholash va o'qituvchilar malakasini oshirish markazi qurilishi boshlandi.
Umumiy hisobda bugungi kunda 20 million dollarlik loyihalar amalga oshirilayotgan bo'lb, kelgusida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish kerakligi ta'kidlandi.
Shuningdek, yaqinda yurtimizga tashrifi rejalashtirilgan Koreya Respublikasi Adliya vazirligi va Ulsan provinsiyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar kun tartibi, kutilayotgan kelishuvlar yuzasidan fikr almashildi.
@mehnatvazirligi
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Guliston shahar yoshlar ishlari bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Guliston shahar yoshlar ishlari bo'limi: "Buyuk kelajak" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Guliston shahar yoshlar ishlari bo'limi: "Istiqlol" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Guliston shahar yoshlar ishlari bo'limi: "Sayqal" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Guliston shahar yoshlar ishlari bo'limi: "Ulug'obod" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Shirin shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo'yicha bosh mutxassis;
▪️Oqoltin tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Tovar-moddiy qimmatliklar bo'yicha buxgalter;
▪️Oqoltin tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Bo'ston" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Oqoltin tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Obod" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Sardoba tumani qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi: Uy-joy kommunal xo'jaligi bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Sayxunobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Bosh iqtisodchi;
▪️Sirdaryo tumani qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi: Uy-joy kommunal xo'jaligi bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Sirdaryo tumani yoshlar ishlari bo'limi: Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xotin-qizlar faolligini oshirish bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Xovos tumani yoshlar ishlari bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
❗️Arizalar 01.09.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Sirdaryoda otaliqqa olingan yoshlar bilan manzilli ishlash davom etmoqda
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘z otalig‘iga olgan yoshlarning xohish-istaklari, orzu-havaslari bilan o‘rtoqlashib, ularga erishishlari va mavjud muammolarini bartaraf etish choralarini ko‘rayapti.
Jumladan, shunday yoshlardan Sevara Yarovaning tayyorlov kurslari xarajati to‘lab berildi. Ixtiyor Abdusamatovga tadbirkorligini boshlashi uchun kredit olishiga ko‘maklashildi.
Boshqarma boshlig‘i yoshlar bilan muntazam uchrashib, bu kabi hayrli ishlar davom ettirilmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
🇱🇻 Latviyaga "CE" toifaga ega yuk avtomobil haydovchilari ishga taklif etiladi!
Soha: "CE" toifaga ega yuk avtomobili haydovchisi
Ish haqi: 1100 yevro
Nomzodlar uchun talablar:
💢18 - 55 yosh;
💢rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
💢soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢sog'lom.
Ish beruvchi hisobidan:
🔹 sug'urta;
🔹 hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish.
Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmatlari, o'qitish va ko'niktirish;
📍viza uchun to'lov;
📍aviachipta;
📍ovqatlanish;
📍yashash joyi.
👉 Ro'yxatdan o'tish
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Sirdaryo tumanining Ziyokor mahallasida istiqomat qiluvchi Oybek Shavqiyev mahalla hokim yordamchisi ko‘magi bilan tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib, 6 ta ish o‘rni yaratdi.
O.Shavqiyev biznesini kengaytirib, yangi ish o‘rinlari yaratishni reja qilgan.
Aziz vohadoshlar!
Sizlarni mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman!
33 yil, tarixan qisqa vaqt bo‘lsada, o‘tgan davr ichida xalqimiz hayotida dillarni quvontiruvchi o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ayniqsa, so‘nggi yetti, sakkiz yilning har kunida asrlarga tatigulik islohotlar amalga oshirilayapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday natijalarni yanada oshirishga munosib hissa qo‘shishlaringizda barchangizga kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishiga tilakdoshman.
“Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bu yilgi eng ulug‘, eng aziz shodiyonamiz bilan sizlarni yana bir bor qutlayman!
Hurmat bilan,
Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i
Sherzod Yakubov.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
🇺🇿 🇰🇷 Bugungi kunda Koreyaning barcha telekanallarida O'zbekiston haqida gapirishmoqda.
Bizni kuzatib boring👇
✈️ /channel/koreya24soat
Har tomonlama manfaatli hamkorlik
Sardoba tumanidagi "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyat boshlagandan buyon ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish bilan bir qatorda ko‘plab korxona, tashkilotlarga malakali kadrlar yetkazib berish borasida kelishuvga erishmoqda.
Yaqinda tumandagi “Indorama” MChJ xodimi Arindam Banerjee bir guruh mas’ullar hamrohligida monomarkaz imkoniyatlari bilan tanishdi. Uchrashuv asnosida monomarkazda talabgorlarni mashina operatorligiga o‘qitib, mas’uliyati cheklangan jamiyatini kadrlar bilan ta’minlashga kelishildi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Mustaqillik. Bu so‘z zamirida ajdodlarimiz orzu, istaklari, bugungi kun islohotlari, yosh avlodning nurli kelajagi mujassamdir.
Sirdaryoda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangicha yondashuv taklifi ilgari surildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Sirdaryo tumanida bo‘lib, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev hamrohligida hududda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da ro‘yxatga olingan oilalar, ularning kambag‘allikdan chiqarish uchun mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi.
Dastlab hududda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kutilayotgan natijalar tahlili yuzasidan soha masʼullari va «mahalla yettiligi» ning taklif va rejalari tinglandi.
So‘ng tumanning «Ilg‘or» va «Oq yo‘l» mahallalarida og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar xonadoniga kirilib, ularning turmush sharoiti ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar bilan suhbat qilindi.
«Mahalla yettiligi» o‘zaro hamjihatlikda har bir oilaning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, manzilli reja ishlab chiqishi, unda oilani kambag‘allikdan chiqib ketishi uchun monelik qilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy omillarning yechimi o‘z aksini topishi lozimligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, ushbu hududdagi bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari bilan ham tanishilib, unga tadbirkorlarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha masʼullar oldiga vazifalar belgilab berildi.
@IHMA_Sirdaryoviloyati
Guliston "Ishga marhamat" monomarkazi bitiruvchisi Zahro Ermatova kosmetologiya yo‘nalishida bilim oldi. Bugungi kunda bandligi ta’minlanib, daromad topayotgan Zahro tengqurlariga kerakli tavsiyalarini berdi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Kelgusida o‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga Е-8 vizasi bo‘yicha ham ishga yuboriladi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Koreya Respublikasi Adliya vazirligining immigratsiya departamenti rahbari Kim Jong Do boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
Muloqotda Koreyada vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizni ushbu davlatga nafaqat Е-9 (noprofessional), balki Е-8 (mavsumiy) hamda Е-7 (professional) vizalari asosida yuborish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi migratsiya jarayonlarini qonuniy va xavfsiz amalga oshirish, o‘zbekistonliklarning Koreyada noqonuniy mehnat faoliyatini olib borish holatlariga butkul barham berish yuzasidan kelishib olindi.
@mehnatvazirligi
Joriy yilning 29-avgust kuni Guliston shahri hokimligida Guliston shahri hokimi Jamoliddin Xodjimanov va shahar 3-sektor rahbari Bahodir Saitnazarovlar ishtirokida "Obod va xavfsiz mahalla" mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Mazkur seminar mashg‘ulotida ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan ishlash va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Diyor Yangiliklari|Guliston "Ishga marhamat" monomarkazida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ish izlovchi fuqarolar o‘zlariga munosib ishlarga joylashishlari bilan bir qatorda ish beruvchilar talablariga mos keladigan kadrlarni saralab olishlariga imkon yaratildi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
🇯🇵 Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida ish bor!
Oylik ish haqi: 200.000 ~ 235.000 iyena (1350 ~ 1600$, brutto).
Nomzodlarga talablar:
💢Yapon tilini kamida N5 darajada bilish;
💢18-30 yoshdagi erkaklar;
💢Maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
💢Sudlanmagan va sog‘lom;
💢Kamida 3 yil ishlashga tayyor bo'lish.
Ish vaqti: haftasiga 40-48 soat (qo'shimcha ish soatlari uchun ustama haq to'lanadi).
Ish beruvchi hisobidan:
Aviachipta, aeroportdan kutib olib, yashash joyigacha transfer.
❗️Tanlov ish beruvchi vakillari bilan suhbat asosida o'tkaziladi.
👉Ro'yxatdan o'tish (2024-yil 31-avgust soat 17:00 gacha)
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 46) yoki 1282 qisqa raqami.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Ishtirokchilarga qanday ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga qonuniy o‘tkazib olishi mumkinligi, bunda qanday talablar mavjudligi bo‘yicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga taalluqli hujjatlar avtomatlashtirilgan axborot tizimda kelishilishi, ularning muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi, asosiysi bosh reja talablariga zid bo‘lmasligi aytib o‘tildi.
Bunday targ‘ibot ishlari tuman, shahar bo‘limlari, tasarrufiy tashkilotlar xodimlari va mahallalarda aholi o‘rtasida ham o‘tkazilmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Bayram munosabati bilan pensiya to‘lovlari oldindan to‘lab beriladi
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xabariga ko‘ra, pensiya to‘lovlarini bank plastik kartasida oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1-sentyabr kuniga qadar ularning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.
Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga esa to‘lovlar 4-sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, joriy yil sentyabr oyi pensiyalari miqdori 15 foizga oshirilgan holda to‘lanishi ta’minlanadi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
#Bilasizmi
Mehnat kodeksining 427-moddasiga muvofiq, I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmasligi lozim.
Shuningdek, ular uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin 6 kunlik ish haftasida — 6 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 7 soat-u 30 daqiqadan ortib ketmasligi kerak.
@mehnatvazirligi