svbandlik | Неотсортированное

Telegram-канал svbandlik - Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2090

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Подписаться на канал

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sayxunobodda aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlarning doimiy daromadga ega bo‘lishlariga har jabhada ko‘maklashilmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Yangiyerda Gʻijduvon tajribasi asosida tikuvchilik korxonasi faoliyat yuritmoqda

«Umida Kamoliddin Nigina» MCHJ Ma’rifat mahallasida tashkil etilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 200 million so‘mga teng. Yaratilgan 70 ta yangi ish o‘rinlariga mahalladagi ishsiz fuqarolar, «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar qabul qilingan.

Korxonaga 64 ta tikuv mashinasi, hamda dazmollovchi, rang bosuvchi, qadoqlovchi dastgoh keltirib o‘rnatilgan. Asosiysi, xodimlar uchun qulay mehnat sharoiti yaratilgan.

Kelgusida korxonada o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda hudud yoshlarini kasb-hunarga o‘rgatish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi: Boshqarma boshlig'i o'rinbosari.

❗️Arizalar 30.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sardoba tumani bo'limi: Bo'lim boshlig'i.

❗️Arizalar 31.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Ishsiz xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasida xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, kasbga o‘qitish hamda tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 43 nafar ishsiz xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Prezidentimizning tegishli Qarori hamda topshiriqlari mazmun-mohiyati tushuntirilib, tadbirkorlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha yangi tashabbuslari xotin-qizlarga yetkazildi.

Tadbir so‘ngida mazkur mahalladagi ishsiz xotin-qizlarni hunarmandchilikka reja-grafik asosida o‘qitish uchun hunarmand ustozlarni jalb qilish bo‘yicha muhim vazifa beglilab olindi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

"Yagona milliy mehnat tizimi"dan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 27-avgust holatiga rasman ishlayotgan pensionerlar soni 583 785 nafarni tashkil etmoqda.

Shundan:
▪️Erkaklar – 235 140 nafar (40,3%);
▪️Ayollar – 348 645 nafar (59,7%).

Qaysi sektorda ko‘proq:
▪️Davlat tashkilotlarida – 243 588 nafar (41,7%);
▪️Xususiy sektorda – 340 197 nafar (58,3%).

Hududlar kesimida TOP-5:
▪️Toshkent shahri – 98 706 nafar (16,9%);
▪️Toshkent viloyati – 55 030 nafar (9,4%);
▪️Samarqand viloyati – 50 429 nafar (8,6%);
▪️Andijon viloyati – 49 102 nafar (8,4%);
▪️Farg‘ona viloyati – 48 912 nafar (8,3%).

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Islohotlar inson qadri uchun

Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida Oqoltin tumani iqtisodiy salohiyatini orttirish, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga nazar.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#dolzarb_savol

Intizomiy jazosi bor xodimga bayram uchun mukofot bersa bo'ladimi?

Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

Bayram sanalari bilan beriladigan mukofotlar mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydi va mehnat natijalariga asoslanmaydi.

❗️Hurmatli ish beruvchilar xodimingizni bayram kunlari taqdirlamoqchi bo’lsangiz, MK 315-moddasi 3-qismiga ko'ra, intizomiy jazoni istalgan vaqtda olib tashlashga haqli ekanligingizni eslatib o’tamiz!

Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sardoba tumani "Ishga marhamat" monomarkazi haqida bilasizmi?

Monomarkaz ahil jamoasi Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi!


Darvoqe, monomarkazda Jizzax viloyatining yondosh tumanlari aholisi ham tahsil olishlari mumkin.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

“Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan joylarda “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” ostida bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bu kabi tadbirlar Sirdaryo viloyatidagi yirik ish beruvchi korxona, tashkilotlarda ham tashkillashtirilib, mehnat ahliga bayramona shukuh ulashilmoqda. Jumladan, Mirzaobod tumanidagi “Navro‘z Total” MChJda “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tdi.

Festivalda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari korxona ishchilarga xush kayfiyat baxsh etish maqsadida ular bilan hamsuhbat bo‘lishdi. Ayniqsa, elimiz suygan san’atkor-u shoirlar, madaniyat xodimlari ishtirokidagi chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar barchaning dilini xushnud etdi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Xabaringiz bor, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri R.Turdiboyeva joylarda yaratilayotgan yangi ish o'rinlari, aholi bandligi ta'minlashda davlat va xususiy syektorlarning o'rni band bo'lmagan aholini, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va kambag'allikdan qisqartirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, joylardagi muammo va kamchiliklarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish maqsadida Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.

Vazir o‘rinbosari Guliston "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyatini ko‘zdan kechirib, monomarkaz jamoasi va tinglovchilar bilan uchrashdi. Xodimlarning malakasi, bilim berish metodikasi va boshqa jihatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Shuningdek, muassasada talab yuqori bo‘lgan kasblarni yo‘lga qo‘yish hamda tinglovchilar qamrovini yanada ko‘paytirish bo‘yicha taklif va ko‘rsatmalar berdi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Monomarkazga marhamat

Bilasizmi, SARTAROSHLIK kasbi yuqori daromadli kasblardan hisoblanadi. Buning uchun esa mohir usta bo'lishingiz shart.

Mohir... Bunga qanday erishish mumkin, deysizmi?

Albatta, monomarkazda. Erkaklar sartaroshi yonalishida 2 oy mobaynida o‘qing ba o‘z faoliyatingizni boshlang.

Guliston "Ishga marhamat" monomarkazida mahoratli sartarosh Jahongir Zulhaydarov sohaning sir-asrorlarini o‘rgatadi.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir koʼchasi 49-uy
📞 Telefon: +99867 236-44-22

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik bor

Davlat mehnat inspeksiyasining ko‘rsatma, taqdimnoma va boshqa hujjatlarini ijro etmaslik, shuningdek, faoliyatiga aralashish hamda xodimlari zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning qonuniy ijro etilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish taqiqlanadi. Aks holda bunday xatti-harakatkar qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

BATAFSIL

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Tizimda ishlayotgan yoshlar nima deydi?

Xabar berganimizdek, kecha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva vazirlik tizimda ishlayotgan sirdaryolik yoshlar bilan uchrashdi.

Vazir o‘rinbosari yoshlar bilan o‘z bilim va tajribasini bo‘lishdi, ularni bugungi sharoitlardan samarali foydalanishga undadi.

Muloqotda tizim yoshlari bir qator takliflarni o‘rtaga tashladi. Xususan, Sirdaryoda vazirlik bilan hamkorlikda “Yoshlar bog‘i”ni barpo etish, talabgor yoshlarga uy-joy olishlariga ko‘maklashish, xodimlar uchun ixtisoslashgan dam olish va salomatlikni tiklash maskanini ochish bo‘yicha ham takliflar bildirildi.

Shuningdek, yoshlar bilan kelajakda qilinadigan ishlar, yangi rejalar belgilab olindi.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Foto_reportaj

Mustaqilligimizning 33 yillik ayyomi arafasidagi "Mahalla obod - yurt obod" shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida mahallalar, ehtiyojmand aholi turar-joylari, xiyobon, ziyoratgoh, qabriston, bolalar maydonchalari va boshqa hududlarni obodonlashtirishga Jamoat ishlari xodimlari ham munosib hissa qo‘shmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Foto_reportaj

Mustaqilligimizning 33 yillik ayyomi arafasidagi "Mahalla obod - yurt obod" shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida hududlarni obodonlashtirayotgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari vakillari.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇧🇪 Belgiyada avtoslesar va avtotexniklarga ish bor!

Sohalar:

– Yuk avtomobili va boshqa texnikalarga xizmat ko'rsatuvchi mutaxassis (avtoslesar);
– Qurilish, qishloq xo'jaligi va yuk ko'tarish texnikalari bo'yicha texnik.

Oylik ish haqi: 2100 yevro

Talablar:
🔹
ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
🔹yuk avtomobili mexanigi va elektrigi sohasida texnik maʼlumot;
🔹yuk avtomobili pnevmatikasi, gidravlikasi, elektronikasi va elektrigi sohalarini bilish;
🔹yuk avtomobili tormoz tizimi va dvigatel boshqaruvini bilish;
🔹yuk avtomobili diagnostikasi va nazorat uskunalari bilan ishlash tajribasi;
🔹yuk avtomobilini boshqarish guvohnomasiga ustunlik beriladi;
🔹25-40 yoshdagi erkaklar;
🔹sudlanmagan.

Ish beruvchidan:
✅ ishlash uchun ruxsatnoma;
✅ ishchi vizasi;
✅ ishga joylashish uchun ro'yxatga olish xarajatlari.

Fuqarodan
:
📍Agentlik xizmati, o'qitish va ko'niktirish, aviachipta xarajatlari.

👉 Ro'yxatdan o'tish (29-avgust soat 14:00 ga qadar)

☎️ Murojaat uchun: 67 225-55-59 yoki 1282.

Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Kambag‘allikni aniqlash yangi metodga asoslanadi

O‘zbekistonda kambag‘allikni aniqlash bo‘yicha yangi bosqichga qadam tashlanayapti. Shu vaqtgacha minimal iste’mol xarajatlarini hisoblash orqali kambag‘allik chegarasi belgilangan bo‘lsa, endilikda ko‘p o‘lchovli metodlardan foydalanishga o‘tiladi.

👉BATAFSIL

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sa’y-harakat, natija va samara uyg‘unligi

O‘ziga xos tarzda o‘tkazilgan yarmarkada ish izlovchilar, xorijda ishlashni xohlovchilar, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lganlar hamda mehnat qonunchiligi yuzasidan murojaati bor fuqarolarga alohida yo‘laklar tashkil etilib, ishtirokchilar saloxiyatli ish beruvchilarning bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi. Sohalar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuncha va maslahatlar berildi. Shuningdek, tadbirda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari keng qamrab olinib, ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi

O‘ziga xos tarzda o‘tkazilgan yarmarkada ish izlovchilar, xorijda ishlashni xohlovchilar, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lganlar hamda mehnat qonunchiligi yuzasidan murojaati bor fuqarolarga alohida yo‘laklar tashkil etilib, ishtirokchilar saloxiyatli ish beruvchilarning bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi. Sohalar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuncha va maslahatlar berildi.


Yarmarka davomida 83 nafar fuqaroni ishga qabul qilish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 17 nafar fuqaro o‘ziga ma’qul bo‘lgan ish joylariga joylashtirildi. Kasb-hunar o‘rganish xohishida bo‘lgan 394 nafar talabgorga o‘qishlari uchun yo‘llanma berildi. Bundan tashqari, 250 nafarga yaqin murojaatchi xorijda ishlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun banklardan imtiyozli kredit olish tartibi va mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqiy maslahat oldilar.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Ayni daqiqalarda poytaxtimizda ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha xalqaro hamkorlik tarmog‘ining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 63 davlatdan ekspertlar, olimlar, siyosatchi va iqtisodchilar, 30 dan ortiq xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etyapti.

Anjuman ishtirokchilari global darajada kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘z tajriba va qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashmoqda.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Soliq boshqarmasi: Qo'shilgan qiymat solig'i ma'murchiligi bo'limi davlat soliq katta inspektori;

❗️Arizalar 28.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Kadastr agentligining Shirin shahar bo'limi: Bosh inspektor.

❗️Arizalar 30.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sirdaryo viloyati aholisi diqqatiga!

Joriy yil 27-avgust kuni Guliston shahar "Ishga marhamat" monomarkazida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkaziladi.

Yarmarkada ishtirok eting va o‘zingizga ma’qul ishga joylashing.

Shuningdek, yarmarka davomida kasb-hunar o‘rganish uchun yo‘llanma olishingiz va tadbirkorligingizni boshlash uchun tijorat banklaridan kredit rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.


Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2 oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslardir.

Vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida dastlabki sinov belgilanmaydi.

Ular ishning har bir oyi uchun kamida 2 kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

Vaqtinchalik xodimlarga mehnat ta’tillari beriladi yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganda ularning xohishiga ko‘ra ishning har bir oyi uchun 2 ish kuni hisobidan kompensatsiya to‘lanadi.

👉batafsil

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Maxsus reportaj | Mehnatidan rag‘bat topayotgan tadbirkorlar

Oqoltin tumanidagi "Zanjirli shamshir" fermer xo‘jaligi rahbari Bahodir Pardayev faoliyatidan tayyorlangan lavha.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

«Mustaqilligimizning 33 yilligiga 33 ta loyiha» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan «Mustaqilligimizning 33 yilligiga 33 ta loyiha» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun respublikamizning barcha mahallalaridan 28 ming 356 ta loyiha kelib tushgan. Respublika komissiyasi tomonidan ushbu loyihalar o‘rganib chiqilib, 33 ta loyiha va grantlar g‘olib deb topildi.

Tanlovda gulistonliklar ham ikki yo’nalishda g’oliblikni qo’lga kiritishdi. Jumladan:

▪️Nihol mahallasi — «Mahallada hunarmandchilikni rivojlantirish» yo’nalishida g’olib deb topildi va mazkur loyiha uchun 40 mln so’m pul mukofotini qo’lga kiritdi;

▪️Shodlik mahallasi — «Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qo’llab-quvvatlash» yo’nalishida g’olib deb topildi va mazkur loyiha uchun 40 mln so’m pul mukofotini qo’lga kiritdi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇱🇻 Latviyaga "CE" toifaga ega yuk avtomobil haydovchilari ishga taklif etiladi!

Soha: "CE" toifaga ega yuk avtomobili haydovchisi
Ish haqi: 1100 yevro

Nomzodlar uchun talablar:

💢18 - 55 yosh;
💢rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
💢soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢sog'lom.

Ish beruvchi hisobidan:
🔹 sug'urta;
🔹 hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish.

Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmatlari, o'qitish va ko'niktirish;
📍viza uchun to'lov;
📍aviachipta;
📍ovqatlanish;
📍yashash joyi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Guliston shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Huquqiy masalalarda ekspert maslaxatchisi bosh mutaxassis;

▪️Sayxunobod tumani hokimligi: "Ittifoq" mahallasidagi hokim yordamchisi.

❗️Arizalar 26.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Shirin shahar statistika bo'limi: Bosh mutaxassis;

▪️Shirin shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi: Moliya-iqtisod, xo'jalik faoliyati bo'yicha mutaxassis;

▪️Boyovut tumani hokimligi: "A.Temur" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Boyovut tumani statistika bo'limi: Bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 27.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Mustaqilligimizning 33 yilligi hamda “31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” munosabati bilan bugun “Shahidlar xotirasi” majmuasida “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bir guruh xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda o‘tgan asr boshida yurtimizda kechgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, Vatan ozodligi uchun kurashgan xalqimiz oydinlari hayoti va faoliyati xususida so‘z yuritildi.

Ziyolilarning qatag‘on qilinishi sabablari va oqibatlari, bugungi dorilomon kunlarga erishishda ularning hissasi hamda qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimiz nomini oqlash, xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli xayrli ishlar e’tirof qilindi.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Foto_reportaj

Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi jamoasi ham Mustaqilligimizning 33 yillik ayyomi arafasidagi "Mahalla obod - yurt obod" shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Mustaqilligimizning 33 yillik ayyomi arafasidagi bu yilgi umumxalq hashari "Mahalla obod - yurt obod" shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Umumxalq hasharda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi jamoasi hamda tuman, shahar bo‘limlari, tasarrufiy tashkilotlar vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Tadbir davomida hududlar obodonlashtirilayapti, daraxtlar oqlanib, parvarishlanmoqda. Tevarak-atrof tartibga keltirilmoqda.

Hashar azaldan milliy qadriyat va udumlarimizning ajralmas qismi sanalgan. Ayni paytda bu an’ana hamjihatlik, birdamlik, mehr va saxovat ramzi sanalgan.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…
Подписаться на канал