Vazir o‘rinbosari Sirdaryo tumanida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi
Batafsil
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmasi: Bosh mutaхassis;
▪️Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi: Chorvachilkni rivojlantirsh va ozuqa yetishtirish bo'limi boshlig'i;
▪️Guliston shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 3-hudud 2-uchastkada (Bog'ishamol MFY, Obod yurt MFY) mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;
▪️Boyovut tumani statistika bo'limi: Bosh mutaxassis;
▪️Guliston tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 3-hudud 2-uchastka (A.Navoiy MFY, Sohilobod MFY) mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;
▪️Guliston tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 4-hudud 2-uchastka (Yulduz MFY, Mevazor MFY) mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;
▪️Sardoba tumani hokimligi: Investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo'yicha bosh mutaхassis;
▪️Sardoba tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi: Hayvonlar sog'lig'ini himoyalash, diagnostika va oziq-ovqat хavfsizligi bo'yicha bosh mutaхassis.
❗️Arizalar 18.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshlig‘i Mashrabbek To‘rabekov ishtirokida brifing
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha ma’lumot.
👉batafsil
👉youtube orqali ko‘rish
@mehnatvazirligi
Mirzobod tumanida zamonaviy sanitariya talablariga javob beradigan qovunqoqichilik bilan Xovos tumanidagi “Oqchangal” va “O‘zbekiston to‘kinchiligi” mahallasi ahlining aksariyati dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Ayni pishiqchilik davrida mahalla xotin-qizlari qovundan qoqi qilib, oilaviy daromadlarining yanada ortishiga o‘z hissalarini qo‘shishadi.
Mirzobod tumanida sanitariya talablariga javob beradigan qovunqoqi tayyorlash korxonasi faoliyatini boshlashi bu yo‘nalish bilan shug‘ullanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Sababi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan maskanda barcha qulayliklar mujassam.
Korxonadagi ish jarayoni, uskunalardan foydalanish va afzalliklari bilan tanishtirish maqsadida xovoslik xotin-qizlar uchun ekskursiya ubshtirildi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
#BU_MUHIM
📌 Uy xarid qilmoqchimisiz? Shoshmang! Bu borada bilishimiz zarur boʻlgan ayrim jihatlar bor.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
🇩🇪Germaniya elektrik va payvandchilarni maoshi 25 mln so‘mdan boshlanadigan ishga taklif etmoqda
▪️Yosh chegarasi – 18-40;
▪️Ish vaqti – haftada 40 soat;
▪️Sohada kamida 1 yillik ish staji talab etiladi.
Oilani olib ketish mumkinmi, kollej diplomi bilan borsa bo‘ladimi, nemis tilini bilish kerakmi?
Batafsil videorolikda.
Ro‘yxatdan o‘tish
👉elektrik
👉payvandchi
▪️ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
▪️oneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
@mehnatvazirligi
▪️Mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgani holda asossiz ravishda rad etish;
▪️ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobidan ish o‘rinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etish;
▪️avval talabnoma berilgan, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉batafsil
@mehnatvazirligi
#Eslatma
🇰🇷Koreya Respublikasida ishlab chiqarish sohasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan fuqarolar uchun joriy yil 18-25-iyul kunlari Malaka imtihoni (Skill test) bo'lib o'tgan edi.
Inson resurslarini rivojlantirish xizmati ma'lumotlariga ko'ra, ishlab chiqarish sohasi bo’yicha malaka imtihonidan jami 6774 nafar nomzod muvaffaqiyatli o'tgan.
👉Imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar
Nomzodlardan anketa maʼlumotlarini yashash hududidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining filiallariga 13-avgustdan boshlab taqdim etish so‘raladi.
👉 Anketani yuklab olish
👉 Hududiy filiallar manzillari
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev hamda Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizga yangi tayinlangan elchisi Manfred Xuterer o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik aloqalari natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Samimiy muloqotda mehnat inspeksiyasi faoliyatini transformatsiya qilish, Germaniyaning KfW taraqqiyot banki ko‘magida kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish, mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib ushbu davlatga tashkillashtirilgan, manzilli tartibda ishchi kuchini yuborish va shu kabi sohaga oid bir qancha masalalar muhokama qilindi.
Vazir yangi tayinlangan elchiga yuqori va mas'uliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilab, birgalikda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
@mehnatvazirligi
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️ Kadastr agentligining Shirin shahar bo'limi: Bosh inspektor;
▪️ Mirzaobod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 2-hudud 1-uchastka (Toshkent MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;
▪️ Oqoltin tumani oila va xotin-qizlar bo'limi: "Yangi davr" mahallasidagi хotin-qizlar faoli;
▪️ Sardoba tumani oila va xotin-qizlar bo'limi: "Birlashgan" mahallasidagi хotin-qizlar faoli;
▪️Kadastr agentligining Sirdaryo tumani bo'limi: Bosh inspektor;
▪️ Sirdaryo tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 1-hudud 2-uchastka (Hikmatli MFY, Taraqqiyot MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim.
❗️Arizalar 16.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Yurtimizda faoliyat yuritayotgan “Ishga marhamat” monomarkazlarda talabgorlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish bilan bir qatorda xorijiy tillarga o‘qitish orqali munosib mutaxassislar tayyorlanayotganligi xorijlik ish beruvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Bu esa xorijda ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimizga ko‘plab qulaylik va imkoniyatlar yaratib, chet elda qonuniy mehnat qilishlarida qo‘l kelayapti.
Yaponiyaning “AGLIS COMPANY, LIMITED” kompaniyasi direktori Xara Ryosukening Sardoba “Ishga marhamat” monomarkaziga tashrifi fikrimizga misol bo‘la oladi.
Xorijlik ish beruvchi bilan bo‘lgan uchrashuv asnosida monomarkazda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida o‘quv kurslari ochib, tinglovchilarga yapon tilini o‘rgatishga kelishib olindi.
#OAV_biz_haqimizda
Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Sartaroshlar chempionati” viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Maxsus reportaj | «Sayxunobod tajribasi» aholi bandligi va daromadini oshirishning samarali tizimi
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
🇺🇿🇬🇧O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmlari qanday ishlaydi?
Buyuk Britaniyaning ommabop "The London Post" yangiliklar portalida "O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmlari qanday ishlaydi?" sarlavhali maqola chop etildi.
👉 Maqolani to'liq o'qish
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
#Bilasizmi
🗓 Qonunchilikka ko‘ra, I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanishi lozim.
⏰ Shuningdek, ular uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin 6 kunlik ish haftasida — 6 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 7 soat-u 30 daqiqadan ortib ketmasligi kerak.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Avval xabar berganimizdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva Sirdaryo tumani Farovon mahallasi hokim yordamchisi ko‘magi bilan faoliyatini kengaytirga "Abduhamid omad metall" MCHJdagi ish jarayoni bilan tanishdi.
Tadbirkor Abduhamid Atayev 100 mln so'm miqdorda imtiyozli kredit olib, 8 ta yangi ish o'rni yaratgan. Suhbat davomida A.Ataev rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Vazir o‘rinbosari zaruriy tafsiyalar berdi.
Shuningdek, Tursunoy Ma'murova 33 mln so'm miqdorida imtiyozli kredit hisobiga ustoz-shogird an'anasii asosida 50 nafar xotin-qizni tikuvchilik yo'nalishida o‘qitmoqda. Hozirda 3 nafar ayolning doimiy bandligini ta'minlagan.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Халқ депутатлари Янгиер шаҳар, Ховос ва Сардоба туманлари Кенгашларининг навбатдан ташқари сессиялари бўлиб ўтди. Унда вилоят ҳокими, Халқ депутатлари вилоят Кенгаши раиси Акмалжон Махмудалиев иштирок этди.
Кун тартибидаги асосий мавзу ҳудудларда аҳоли бандлигини таъминлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бўйича Сайхунобод, Уйчи, Зарбдор ва Ғиждувон тажрибаларини йўлга қўйиш борасидаги ишларнинг натижадорлиги ҳақида бўлди.
Жорий йилнинг 12 август куни Президентимиз раислигида ўтказилган видеоселектор йиғилишида мутлақо янги тизим – 4 та туман тажрибаси оммалашмаётган ҳудудлар қаторида Янгиер шаҳар, Ховос ва Сардоба туманлари ҳам санаб ўтилган эди.
Дастлаб шаҳар ва туман ҳокимларининг ахбороти тингланди. Шундан сўнг ҳудудларнинг имкониятлари, мавжуд муаммо ва камчиликлар муҳокама қилинди.
Таҳлиллар шуни кўрсатмоқдаки, ҳақиқатдан ҳам мазкур ҳудудлар ҳокимлари, иқтисодий комплекс раҳбарлари бу ислоҳотларни ҳануз тўлиқ тушуниб етмаган. Уйчи тажрибаси асосида вилоят бўйича қарийб 22 мингта янги иш ўринлари яратилган. Лекин, Янгиерда вилоят кўрсаткичига нисбатан 11 фоиз, Ховос ва Сардоба туманларида эса 7 фоиз кам иш ўринлари яратилган.
Ёки, Сайхунобод тажрибаси асосида ҳар бир маҳаллада камида 10 тадан микролойиҳа қилиш зарур. Бу орқали вилоятда жами 2,8 мингта микролойиҳа ишга туширилиб, 5,6 мингта янги иш ўринлари яратилди. Бироқ юқоридаги 3 та ҳудуддаги 45 та маҳаллада номигагина 3-4 та микролойиҳа қилинган.
Ғиждувон тажрибаси асосида ҳокимларга маҳаллани ўзида “тепага ўсадиган” (вертикал) саноат бинолари ташкил қилиш топширилган. Лекин, бирорта ҳоким ҳисоб-китоб қилиб, нечта лойиҳа қилиши ва қанча иш ўрни яратиши бўйича режасини тасдиқлагани йўқ. Зарбдор тажрибаси бўйича ҳам раҳбарлар хотиржамликка берилган.
Вилоят ҳокими кўрсатиб ўтилган хатоларни тўғрилаш бўйича масъуллар олдига аниқ вазифалар белгилаб, ижроси устидан қатъий сўров бўлишини таъкидлади. Сусткашликка йўл қўйган раҳбарларга қаттиқ чора кўрилиши ҳақида огоҳлантирилди.
Сессияда кўриб чиқилган масала юзасидан тегишли қарорлар қабул қилинди.
Telegram | Facebook | Instagram
#live
Ayni damda AOKAda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshlig‘i Mashrabbek To‘rabekov ishtirokida brifing boshlandi.
Mavzu: “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi.
Quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
💬Jonli efir
@mehnatvazirligi
Aytsam ishonmaysiz. Hamshiralarga 30 mln so‘mga yaqin maosh taklif etilmoqda
Nemis tilini bepul o‘rganasiz, viza va chipta ham tekin, Germaniya klinikalarida 30 mln so‘mga yaqin oylik maosh olib ishlaysiz.
Agar siz hamshiralik, davolash ishi, feldsher yo‘nalishlarida kollej yoki texnikum diplomiga ega bo‘lib, sohada kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsangiz.
Bugun ko‘plab hamshira aka-uka va opa-singillarimiz "Globogate" loyihasi doirasida ushbu imkoniyatdan unumli foydalananib Germaniyada tajriba orttirmoqda.
Batafsil videorolikda
👉 Roʻyxatdan oʻtish
▪️ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
▪️oneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
@mehnatvazirligi
Har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Mehnat kodeksning 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.
18 yoshga to‘lmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
@mehnatvazirligi
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1360 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!
➤ Oqoltin tumanidan 88 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 223 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 131 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 89 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 63 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 91 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 90 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 54 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 381 tа (ko'rish)
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Guliston shahar hokimligi: "Baxt" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Yangiyer shahar oila va xotin-qizlar bo'limi: "Shodiyona" mahallasidagi xotin-qizlar faoli;
▪️Oqoltin tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Sayxunobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Sirdaryo tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 10-hudud 2-uchastka (Elobod MFY, Quyosh MFY) mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim.
❗️Arizalar 17.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
#Tayinlov
Abdullayev Maqsud Farxod o'g'li - Oqoltin tumani “Yangi Toshkent” mahallasi tadbirkorlikni rivojlantish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimiga tayinlandi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Xorijiy tillar va kasblarni oʻrganishni istaysizmi?
Xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida chet tillari va kasblarga oʻqitish kurslari tashkil etilgan.
Monomarkazda santexnik, elektrik, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash, avtoservis xizmat koʻrsatish, payvandlash ishlari ustasi, oshpaz, qandolatchi, zargar, tikuvchi, sartarosh, kosmetolog, issiqxona boʻyicha mutaxassis kabi bugungi kunda serdaromad boʻlgan kasb-hunarlarga oʻrgatilmoqda.
Mazkur yo'nalishlarda puxta o‘rganib, hunarli bo‘lishni istagan fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.
➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir ko‘chasi 49-uy
📞 Telefon: 67 236-44-22, 97 909-71-17
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat idoralarida qanday bo‘sh ish o‘rinlari bor?
Bo‘sh ish o‘rinlariga ariza qanday yuboriladi, ular uchun qanaqa yengilliklar yaratilgan?
👉batafsil videorolikda
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida ayni paytda 200 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxs mehnat faoliyatlarini olib bormoqda. Ularning 130 nafardan ko‘prog‘i joriy yilda ishga qabul qilingan.
@mehnatvazirligi
Yangiyer shahar A.Jomiy nomli mahallasida ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolar mahalla hokim yordamchisi Azizxon Muradov ko‘magi bilan muayyan daromadga ega bo‘lishmoqda.
Asosiysi, ularning bandligi ta’minlanmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Qishloq xo'jaligi boshqarmasi: Oziq-ovqat sanoati, agrologistika va eksportni rivojlantirish sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Sardoba tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi boshlig'i;
▪️Sirdaryo tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Moliya va shartnoma bo'yicha bosh mutaxassis.
❗️Arizalar 14.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
▪️Guliston shahar hokimligi: "Bo'ston" mahallasidagi hokim yordamchisi.
❗️Arizalar 15.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
🇰🇷Xabar berganimizdek, shu kunlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Ular hamkorlar bilan nafaqat yangi loyihalar ustida birgalikda ishlashmoqda, balki mamlakatimizdan ushbu davlatga vaqtincha ishlash uchun ketgan hamyurtlarimiz ish joylariga ham borib, jarayonlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Qurilish mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan "HANA K" kompaniyasida 10 ga yaqin vatandoshimiz mehnat qiladi. Vazirlik mutasaddilari mazkur kompaniyada ham bo‘lib, hamyurtlarimiz bilan muloqot qildi. Ularning ishlashi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Vatandoshlarimiz sharoitlardan minnatdorligini bildirib, bu yerga davlat tomonidan qonuniy va tashkillashtirilgan holda kelgani ularga xavfsiz faoliyat olib borish va tajriba orttirish imkonini berayotganini qayd etishdi.
Ma’lumki, Koreya Respublikasining ko‘plab ishlab chiqaruvchilari yuqori qiymatli mahsulotlar yaratishga e’tibor qaratadi. Delegatsiyamiz vakillari unni qayta ishlovchi mana shunday korxonalardan biriga borib, uning ishlash tartibi, ishchilarning mehnat huquqlari ta’minlanishi, sifatli mahsulot tayyorlash jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Koreyadagi ish beruvchilar uyushmalari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda, ushbu mamlakatdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, sohalar bo‘yicha qiyosiy ma’lumotlar bilan tanishildi. Alohida qayd etildiki, sanoatning turli yo‘nalishlarida minglab bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. Shu bois, ayni yo‘nalishda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.
Shuningdek, Koreya mehnat xavfsizligi va gigiyena agentligi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, ularda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajriba va usullarni mamlakatimizga tatbiq etish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Statistika boshqarmasi: Turmush darajasi statistikasi va uy хo'jaliklari kuzatuvlari bo'limi mutaxassisi;
▪️Shirin shahar statistika bo'limi: Bosh mutaхassis;
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Yangiyer shahar bo'limi: Fuqarolarga xizmat ko'rsatish sho'basi yetakchi mutaxassisi;
▪️Sirdaryo tumani soliq inspeksiyasi: Boshliq o'rinbosari-sho'ba boshlig'i.
❗️Arizalar 13.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
🇰🇷Shu kunlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva boshchiligidagi delegatsiya a’zolari xizmat safari bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida dastlab Koreya bandlik va mehnat xizmati rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda may oyida start berilgan Oʻzbekistonda mehnat qonunchiligi va siyosati tizimini takomillashtirish boʻyicha maslahat dasturi yuzasidan fikr almashildi.
3 yilga mo‘ljallangan mazkur dastur doirasida ikki davlat mehnat inspeksiyalari oʻrtasida mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Navbatdagi muloqot Janubiy Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vaziri Li Jung Sik hamda vazir o‘rinbosari Kim Jong Yoon bilan o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida mehnat sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan hamyurtlarimiz uchun munosib sharoitlarini yaratish, ushbu davlat mehnat bozoridagi mavjud ehtiyojdan kelib chiqib O‘zbekistonda soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha suhbatlashildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube