“HET BILLING” tizimida texnik ishlar olib borilyapti, aslida haqdor boʻlib, lekin qarzdor koʻrinayotgan isteʼmolchilar tarmoqdan ajratilmaydi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi ishga tushirilayotgan “HET BILLING” tizimida texnik ishlar olib borilyapti.
Shu bois ayrim isteʼmolchilarda aslida haqdor boʻlsa-da, tizimda qarzdorlik koʻrinishi holatlari uchramoqda.
Mazkur holatda isteʼmolchilar tarmoqdan ajratilmaydi. Shuningdek, texnik ishlar yakunlangach, ushbu muammo bartaraf etilishini maʼlum qilamiz.
Holat yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
#Monomarkaz_sartarosh
Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida o'tkazilgan “Sartaroshlar chempionati” viloyat bosqichidan video lavha
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Harbiy xizmatdan qaytgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash borasida Viloyat harbiy prokuraturasi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Birgina Oqoltin tumanida o‘tgan davr mobaynida 82 nafar yosh harbiy xizmatdan qaytgan bo‘lib, 33 nafarining bandligi ta’minlangan.
Ishlash istagida bo‘lgan yoshlarga ko‘maklashish maqsadida tumanda 8 avgust kuni bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Unda 38 ta korxona, tashkilot 300 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida 6 nafar yoshlar ishga joylashgan bo‘lsa, 23 nafari kasb-hunarga o‘rgatish uchun monomarkazlarga jalb etildi. Bundan tashqari, talabgorlarga Mudofaa va va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati tizimiga xizmatga kirish tartibi bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada yozma shaklda tuzilib, ularning har biri taraflar tomonidan imzolanadi.
Mehnat shartnomasining har bir nusxasi xodimning va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanadi.
Ish beruvchida muhr mavjud bo‘lgan taqdirda mansabdor shaxsning mehnat shartnomasidagi imzosi muhr bilan tasdiqlanadi.
Mehnat shartnomasining bir nusxasi xodimga beriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida saqlanadi.
Xodim mehnat shartnomasini olganligini ish beruvchida saqlanadigan mehnat shartnomasiga alohida imzo qo‘yib tasdiqlaydi.
🌐 /channel/mehnatvazirligi
#Saylov_2024
#Parlament_va_mahalliy_kengashlarga_saylovlar
Vakillik organi nima ekanligini bilasizmi ?
👉Mazkur video rolik orqali bu haqida batafsil ma`lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Ayni paytda Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida “Sartaroshlik” yo‘nalishi tinglovchilari uchun O‘zbekiston sartaroshlar va kosmetologlar assotsiatsiyasi tomonidan seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Unda monomarkaz o‘quvchilari va soha bo‘yicha viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan yosh mutaxassislarga assotsiatsiya raisi Farhod Shamuratov boshchiligida bir qator mas’ul xodimlar hamda xalqaro toifadagi stilist, sartaroshlar mahorat darslari o‘tib berishayapti.
Sohaga qiziquvchilarni mahorat darslarida ishtirok etishga taklif qilamiz. Eslatib o‘tamiz, seminar-trening yakunida “Sartaroshlar chempionati”ning viloyat bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir ko‘chasi 49-uy
📞 Telefon: +99867 236-44-22, 99-477-22-77
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Guliston tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Sirdaryo tumani hokimligi: Devonхona yetakchi mutaхassisi;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xovos tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 7-hudud 1-uchastkada (Qahramon MFY, Xusnobod MFY) kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim.
❗️Arizalar 10.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hY
Ishga joylashtirishga muhtoj aholiga ko‘maklashish, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni ko‘paytirish, mehnat resurslarini aniqlash va fuqarolarga kasb-hunar o‘rgatish bandlik masalasida muhim omillardan hisoblanadi. Masalaning naqadar muhimligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son qarorida mehnat resurslari, bandlik va ishsizlik darajasini har tomonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash belgilangan.
Qarorga muvofiq, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Respublikaning barcha hududlarida mehnat bozori, aholi bandligi, ishsizlik darajasi hamda migratsiya masalalarida sotsiologik o‘rganish o‘tkazilayapti.
Zero, ushbu tadqiqot aholini ishga joylashtirishni har tomonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash, ayniqsa mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi mehnatga layoqatli yoshlar, aholi bandligini ta’minlash dasturiga takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hY
Prezident farmoni amalda
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas’ullari joylarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-sonli qarori ijrosi yuzasidan amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.
Sayxunobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida o‘tkazilgan seminarda hududdagi hokim yordamchilari ham ishtirok etdi.
Shuningdek, seminarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat bo‘limi xodimi "Xorijda ish" platformasini yuritish bo‘yicha tushuncha berdi.
Tadbir davomida Gulbuloq va Shodlik MFY hokim yordamchilarining ish faoliyati namunali ekanligi e’tirof etildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hY
Majlisda qayd etilganidek, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida bandlik bo‘limlari tomonidan 368,4 ming aholiga bandlik xizmatlari ko‘rsatilgan.
Shuningdek, 8,1 mingta korxona va tashkilot tomonidan taqdim etilgan 26,7 ming buyurtmaga asosan, 55,6 ming nafar band bo‘lmagan aholi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan.
2024-yilning dastlabki 6 oyida 11,8 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligiga ko‘maklashilgan.
🌐/channel/mehnatvazirligi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayevning “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitilmoqda.
🌐/channel/mehnatvazirligi
Ayni damda Guliston tumani markazida joylashgan “Yoshlar bogʻi”da ishsiz fuqarolar va texnikum kasb-hunar maktabi bitiruvchilari uchun boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boshlanish arafasida.
O‘zingiz yoki yaqinlaringiz ishlash istagida bo‘lsa, boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasiga marhamat!
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hY
RASMIY MEHNAT MUNOSABATLARIGA — HA!
NORASMIY MEHNAT MUNOSABATLARIGA — YO‘Q!
HURMATLI XODIM! KELAJAGINGIZ HAQIDA O‘YLANG — MEHNAT SHARTNOMASI TUZILISHINI TALAB QILING!
❗️Diqqat, ogoh bo‘ling
Ijtimoiy tarmoqlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi nomidan turli haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan e’lonlar tarqalmoqda.
Unda eng yomoni telefon hamda bank karta raqamingizni berishingizni ham so‘rashmoqda.
Mana shu kabi e’lonlarga ko‘zingiz tushsa aslo ular bilan bog‘lanmang! Bank karta raqamingiz va telefoningizni yozmang. Ushbu e’lonlarda keltirilgan ilovalarga ham kirmang!
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari 👇
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Oilaviy tadbirkorlik haqida
Oila a’zolari yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkin.
Er, xotin, ularning bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, tog‘a va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlar qanday soliqlarni to'laydi?
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyatni amalga oshirayotgan oilaviy tadbirkorlik subyektlari JShODS to‘lashning quyidagi turlaridan birini tanlashga haqli:
▫️qat’iy belgilangan miqdorda;
▫️jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida.
Bunday oilaviy tadbirkorlar 5 nafargacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda yollashi va soliq agenti sifatida ularga to‘langan ish haqi bo‘yicha daromad solig‘ini to‘lashi mumkin.
Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlar quyidagi miqdorlarda ijtimoiy soliq ham to‘laydi:
▫️yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 340 000 so‘m;
▫️ oilaning boshqa aʼzolari (18 yoshga toʻlmaganlar bundan mustasno) – oyiga 170 000 soʻm;
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkorlarning yollanma ishchilari – oyiga 170 000 so‘m;
▫️boshqa oilaviy tadbirkorlarning yollanma ishchilari uchun – yiliga 340 000 so'm.
Yuridik shaxs tashkil etgan oilaviy tadbirkorlar qanday soliqlarni to'laydilar?
Oilaviy tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng ixtiyoriy ravishda aylanma solig‘ini to‘lashni tanlashi yoki QQS va foyda solig‘i to‘lovchisi bo‘lishi mumkin.
Umumiy daromadi 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan oilaviy tadbirkorlar QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Shuningdek, ular JShODS va ijtimoiy soliq to‘laydi. Soliq solish obyekti bo‘lsa, ular quyidagilarni to‘laydi:
▫️mol-mulk solig'i,
▫️yer solig‘i;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Oilaviy tadbirkorlar faoliyatining xususiyatlari
Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lganda amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulotni ishlab chiqarishi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshirishi mumkin emas.
Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va materiallardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit uchun katta xavf tug‘diradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
👉 Oilaviy korxona foydalanishi mumkin bo‘lmagan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning ro‘yxati
Oilaviy korxonalarga ko‘p kvartirali uyning turar joylarida sanoat tusidagi faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
👉 Batafsil maʼlumot “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonunda
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Men donorman
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlari qon topshirish – donorlik aksiyasida ishtirok etmoqda.
Jarayonlarni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
💬jonli efir
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Mirzaobod tumani bo'limi: Fuqarolarga xizmat ko'rsatish sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Xovos tumani qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi: Uy-joy kommunal хo'jaligi bo'yicha bosh mutaхassis.
❗️Arizalar 12.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Xabar berganimizdek, bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev mahallalarda amalga oshirilayotgan mikroloyihalar bilan tanishish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida poytaxtimiz tumanlarida bo‘ldi.
Yakkasaroy tumanidan so‘ng Sergeli tumanining “Quruvchilar” mahallasida aholini doimiy ish bilan band qilish bo‘yicha qanday loyihalarni amalga oshirish mumkinligi ko‘rib chiqildi. Xususan, kichik mikroloyihalarning hayotga tatbiq etish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, fuqarolar bandligini ta’minlashga xizmat qiladigan bu kabi loyihalar sonini oshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
O‘rganish davomida ushbu hududda bo‘sh turgan yer maydoni aniqlandi. Mahallada 4,5 ming aholi yashashi inobatga olinib bu yerdan samarali foydalanish va fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha loyihalar ishlab chiqiladigan bo‘ldi.
Ko‘p qavatli xonadonlarning yerto‘lasidan samarali foydalanayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan ham tanishildi. Yerto‘lada tikuvchilikni yo‘lga qo‘ygan tadbirkor bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda u tikuv mashinasiga ehtiyoji borligini ma’lum qilib, amaliy yordam ko‘rsatilsa yangi ish o‘rni yaratishini bildirdi.
Shu yerning o‘zida tadbirkor murojaati ijobiy yechim topdi. Unga 30 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan shuncha miqdorda tikuv mashinasi olib beriladigan bo‘ldi.
Vazir tumanning "Nurhayot" mahallasidagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti va unga tutash hududda barpo etilayotgan xususiy maktabda ham bo‘ldi. Ushbu maktab binosidan kechki paytlarda ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish maqsadida foydalanish ko‘zda tutilgan.
Tadbirkor bilan suhbatda maktabga moliyaviy ko‘mak berish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shundan so‘ng tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish maqsadida ushbu muassasaga vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lizing asosida jihoz va asbob-uskunalar olib beriladigan bo‘ldi.
@mehnatvazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda “SIRDARYONING YURAGI BAQUVVAT VALLOMATI” sarlavhasi bilan havola yoritildi.
Havola yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Unga ko‘ra:
Boyovut tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi (Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi)ga 2018-2020 yillar davomida Jamoat ishlari jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi bo‘yicha 21.05.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Sirdaryo viloyatidagi Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan tekshirish o‘tkazilgan. Tekshirish natijasida aniqlangan xato, kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli chora ko‘rilib, kamomat to‘liq qoplangan.
Biroq, havolada keltirilgan "Shoxnur Xusan hamkor" fermer xo‘jaligi talabi bilan jamoat ishlariga ishchi biriktirish masalasida qonunbuzilishi aniqlanmagan. Shuningdek, markazning sobiq direktori Sh.Jo‘rayev va xodimlariga nisbatan bildirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
⚡️3 oyda 4 turdagi payvandlashni o‘rganib "bozori chaqqon" kasb egasiga aylaning
Ushbu sohani “Ishga marhamat” monomarkazlarida ishining haqiqiy professionallaridan o‘rganishingiz mumkin.
Eng asosiysi, bu kasb bo‘yicha beriladigan sertifikat bilan nafaqat O‘zbekiston, balki, Angliya, Germaniya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya davlatlarida bemalol ishlashingiz mumkin.
👉Monomarkazlarda yana nimalar o‘rgatiladi?
👉Monomarkazlar manzili va telefon raqamlari.
🌐 /channel/mehnatvazirligi
Guliston tumanida kasb-hunar texnikum maktablarini bitirgan ishsiz yoshlar va fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan 120 nafarga yaqin yoshlar va chet davlatlarida bo‘lib hozirda yurtimizga qaytgan fuqarolarga hududdagi 8 ta korxona va tashkilot 214 ta bo‘sh ish o‘rinlarini tardim etdi. Shuningdek, viloyat tijorat banklari mas’ullari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish xohishi bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kredit paketlari va undan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuncha berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning 17 nafariga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berilgan bo‘lsa, 19 nafar fuqaro imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik qilish orqali o‘zini-o‘zi band qilish istagini bildirdi. Yana 18 nafar talabgorga xorijda qonuniy ishlashbo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berdi. Bundan tashqari, 63 nafar fuqaro kasb-hunar o‘rganish va mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy maslahat oldi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
"Oqoltin kasb-hunar maktabida majburiy mehnatga chek qo‘yishlarini so‘raymiz" mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan
Mazkur holat bo‘yicha Oqoltin tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimi hamda Mirzaobod tumani bo‘limi Davlat mehnat huquq inspektori tomonidan Oqoltin kasb-hunar maktabida o‘rganish olib borildi.
Maʼlum bo‘lishida ayni kunda maktabda ishlayotgan 75 nafar xodimning 45 nafari mehnat taʼtilida bo‘lib 30 nafari ish faoliyatini davom ettirmoqda. Holat bo‘yicha olib borilgan yakka tartibdagi suhbatlar davomida hech bir xodim majburiy mehnatga jalb etilmaganligi, bu vaziyatdan bexabar ekanligini maʼlum qilib, yozma ravishda taqdim qilishdi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra ijtimoiy tarmoq orqali yuborilgan anonim murojaatdagi vajlar o‘z tasdig‘ini topmaganligini maʼlum qilamiz.
Oqoltin tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi
@Oqoltin_yangiliklari
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori o‘sish dinamikasi. 2016-2023-yil.
🌐/channel/mehnatvazirligi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayevning “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti qabul qilindi.
🌐/channel/mehnatvazirligi
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda so‘nggi 7 yilda bandlik sohasidagi islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash va sohani tubdan takomillashtirishga qaratilgan 5 ta qonun, 1 ta kodeks, 30 dan ortiq Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi.
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonun va yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bilan aholi bandligini ta’minlashda zamonaviy kasbiy va mehnat standartlarini joriy etish, mehnat munosabatlari xalqaro miqyosda tan olingan, ham ish beruvchining ham xodimning manfaatlari himoyasini ta’minlovichi huquqiy poydevor yaratildi.
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan aholi bandligi va daromadlarining o‘sishini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ushbu masalalarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Joriy yilning birinchi yarmida “Sayxunobod”, “Uychi”, “G‘ijduvon” va “Zarbdor” tajribalari boshlanib, iqtisodiy kompleks mahallaga tushirilgani hisobiga 4 mingdan ortiq mahalla sanoat va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashib, 1 million 600 ming aholi rasmiy band bo‘lgan.
Yil yakuniga qadar ushbu tajribalar asosida 2 million 416 ming aholi bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, davlatimiz rahbarining 2024-yil 9-yanvardagi tegishli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bandlik dasturi doirasida tashkil etilgan ish o‘rinlari va band bo‘lgan aholini onlayn rejimda kuzatib borish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarning elektron ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilingan “yangiish.mehnat.uz” elektron platformasi ishga tushirildi.
Ushbu elektron platforma orqali joriy yilning birinchi yarim yilligida doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda 2,9 mln nafar aholining bandligi ta’minlangan.
🌐/channel/mehnatvazirligi
Muddatli mehnat shartnomasi qaysi holatlarda tuzilishini bilasizmi?
Bu qiziq boʻlsa, ekspert – Muhammadamin Karimjonov javob berdi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hY
Halol mehnat qil, daromad top, oilangni tebrat
Sayxunobod tumanidan “Ayollar daftari”da turuvchi ishsiz xotin-qizlar va ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida “Sayxunobod baraka chevarlari” MChJda ko'rgazmali seminar tashkil qilindi.
Seminarda ishsiz xotin-qizlarga shartnoma asosida ishga qabul qilinishi, korxonadagi mehnat sharoitlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Ishtirokchilar xodimlar uchun yaratilgan imtiyozlar va betiladigan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ishlash istagini bildirgan talabgorlar bilan mehnat shartnomasi imzolandi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Hafta dayjesti: asosiy masala – aholi bandligi
⚡️Sayxunobod tumanida "Sayxunobod tajribasi"ni ommalashtirish maqsadida «agromarkaz» faoliyati yo'lga qo'yildi.
⚡️”Mahalla yettiligi”ning 6 oylik faoliyatiga bag'ishlangan tadbirdan reportaj.
⚡️Sayyor qabulda fuqarolarni o'ylantirayotgan masalalar o'rganildi.
⚡️Xovoslik mahalla raislariga planshetlar tarqatildi.
⚡️”Ayollar daftari" ro'yhatiga kiritilgan ishsiz ayollarning bandligini ta'minlagan tadbirkor Gulchehra Nodirova faoliyatiga nazar.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasining hududiy boshqarmasi (ichki tanlov): Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish bo'limi bosh mutaxassisi;
▪️G'aznachilik xizmati boshqarmasi: Davlat хaridlarini rivojlantrish va monitoringi sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Transport boshqarmasi: Transportni rivojlantirish sho'basi bosh mutaхassisi;
▪️Transport boshqarmasi: Iqtisodiyot va tarif-narх siyosati bo'yicha bosh mutaхassis;
▪️Sardoba tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi: Bo'lim boshlig'i.
❗️Arizalar 09.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
28 nafar o‘zbekistonlik nemis tili mutaxassislari Germaniyaga yuborildi
Malaka oshirishga yuborilgan nomzodlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda germaniyalik hamkorlar tomonidan respublika bo‘ylab saralab olingan.
Saralangan o‘qituvchilar 8 hafta davomida Germaniyada malaka oshirib qaytgach, yoshlarni "Ishga marhamat" monomarkazlarida nemis tiliga o‘qitib, ularning til ko‘nikmalarini oshirishga va nemis tilini o‘qitish tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha doirasida jami 168 nafar nemis tili mutaxassislari 5 yil davomida bosqichma-bosqich Germaniyaga borib o‘zlarining til malakalarini oshirib, xalqaro toifadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritadi.
🌐/channel/mehnatvazirligi