svbandlik | Неотсортированное

Telegram-канал svbandlik - Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2090

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Подписаться на канал

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida o‘tkazilgan tanlov g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Hozirgina boʻlgan holat

Qoʻshnimiz 1000 $ soʻrasa bermaymizu firibgar 6000 $ soʻrasa ishonib qoʻyaqolamiz.

Barchaga ulashing, firibgarlarga aldanmasin!

👉Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
👉Xususiy bandlik agentliklari

🌐/channel/mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan xotin-qizlar diqqatiga

2024-yil 31-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da (Moskva vaqti bilan soat 12:00 da) Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ayollar uchun videokonferensaloqa shaklida sayyor qabul bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Sayyor qabulda ayollar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaatlarini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillariga taqdim etishi mumkin.

👉Mazkur onlayn sayyor qabulda ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o‘ting: /channel/+gwhb4Sph_fYwZmNi

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sardoba tumani "Navroʻz" mahallasi hokim yordamchisi tavsiyanomasiga asosan N.Tojiyevaga savdo-sotiq bilan  shug‘ullanish uchun 85 mln so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Tadbirkor imtiyozli kreditdan unumli foydalanib yangi oziq-ovqat do‘koni ochib aholiga o‘zining sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazmoqda.

Bundan tashqari, chorvachilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan M.Isaqovaga 24 mln soʻm va Z.Norbekovga non va non mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi uchun 95 mln so‘m kredit olishiga ko‘maklashildi.

Hozirda mazkur fuqarolar oilaviy daromadlarini orttirish bilan bir qatorda faoliyatlarini kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish taraddudida.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Monomarkazga keling, hunarli bo‘lib keting

📍"Manzil" loyihasining navbatdagi lokatsiyasi Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi.

Bu yerda nimalar o‘rgatiladi? Batafsil videorolikda.


Monomarkazlar respublikamizning barcha hududlarida mavjud. U yerda 30 ga yaqin kasb-hunarni o‘rganishingiz mumkin.

👉Monomarkazlar manzili va telefon raqamlari.

🌐 /channel/mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi: Budjet ijrosi hisobi va hisoboti hamda budjet tashkilotlarida hisob-kitob ishlarini monitoring qilish sho'basi boshlig'i;

▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Yangiyer shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 4-hudud 1-uchastka (Ma’rifat MFY, Yangiobod MFY) mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;

▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Guliston tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Nogironligi bo'lgan shaxslar bilan ishlash sho'basi bosh mutaxassisi;

▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Guliston tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho'basi bosh mutaxassisi;

▪️Oqoltin tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi: Bo'lim boshlig'i;

▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sardoba tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 1-hudud 2-uchastka (Yurtdosh MFY, Qo'rg'ontepa MFY) mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim.

❗️Arizalar 02.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Joylarda tuman, shahar mas’ullari tomonidan xorjdagi yoshlar bilan onlayn muloqot davom etmoqda.

Sirdaryo tumani o‘tkazilgan suhbatda bildirilgan takliflar inobatga olinib, Vatanga qaytish, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy ko‘mak berish choralari ko‘rilmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Imo-ishora (surdo) tilini biz bilan bepul va oson o‘rganing!

"Ishga marhamat" monomarkazlarida 3 oyda haqiqiy surdo tarjimon bo‘lib yetishasiz.

Shuningdek, bu yerda:
▪️payvandchi;
▪️
elektrik;
▪️
konditsioner ustasi kabi 30 ga yaqin yo‘nalishlarda tahsil olishingiz mumkin.

👉Monomarkazlar manzili va telefon raqamlari.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Soliq boshqarmasi: Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho'basi davlat katta soliq inspektori;

▪️Shirin shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi (ichki tanlov): Bo'lim boshlig'i o'rinbosari;

▪️Sirdaryo tumani kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi (ichki tanlov): Bo'lim boshlig'i;

▪️Sirdaryo tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Yangiobod" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Xovos tumani madaniyat bo'limi: Bo'lim mudiri.

❗️Arizalar 30.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

❗️Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari saylovi bo'yicha saylov kampaniyasi bugun – 26 iyuldan boshlandi.

❗️27-oktyabr kuni oʻtkaziladigan saylov “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida o'tkaziladi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Yangiyer shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi

Tadbirda hodim lavozim majburiyatini vijdonan bajarishi, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, o‘zining bevosita rahbarini va maxsus bo‘linmani habardor qilishi, shahsiy manfaatlari bilan bog‘liq har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi, rahbar esa bu yo‘ldagi harakatlarga bo‘ysunuvidagi hodimlarni majburlamasligi kabi talablar haqida ma’lumot berildi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sirdaryoda «Uychi tumani tajribasi» amalda

Sirdaryo tumanida “Uychi tumani tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida mahallalarda o‘tkazilgan hatlov natijalariga ko‘ra, ishlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha hududda joylashgan ishlab chiqarish korxonalarga karera sayohati uyushtirildi.

Guruhlar “Peng Sheng” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida santexnika jihozlari, kafel, “Sirdaryo Mega Luks” MChJda propilen qop, “Baxtteks-Farm” korxonasida tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirildi.

Ishtirokchilar korxonalarda xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar, ish haqi, imtiyoz va talablar kabi ko‘plab savollariga ishberuvchilardan batafsil javob olishdi.

Tadbir davomida 24 nafar fuqaroga shart-sharoit ma’qul kelib, ishlash istagini bildirdi. Shuningdek, 12 nafari kasb-hunarga o‘qitiladigan bo‘ldi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Сайхунободда асаларичилик маркази иш бошлади

Туманнинг Иттифоқ маҳалласида яшовчи Дониёр Абдуллаев оилавий бизнес сифатида асаларичиликни йўлга қўйганига бир неча йил бўлди. Етти хазинанинг бири бўлган бу тармоқ хонадон соҳибига мўмай даромад келтирмоқда. Йил бошидан буён 200 дан зиёд асалари оиласи бозорга чиқарилди.

Президентимизнинг Сайхунободга ташрифидан сўнг «маҳалла еттилиги» томонидан тадбиркорга оиласи негизида асаларичилик марказини ташкил қилиш таклифи билдирилди.

Бугун «Агробанк» ва Халқ банкининг 600 миллион сўм ҳомийлик маблағи ҳамда тадбиркорнинг 400 миллион сўм сармояси ҳисобидан йилига 12 тонна асал ишлаб чиқариш ва қадоқлаш қувватига эга “Сайхун асал маҳсулоти” асаларичилик маркази иш бошлади.

Иттифоқ ва унга қўшни маҳаллаларни қамрайдиган бу марказда қути ва жиҳозлар ишлаб чиқариш, асални қадоқлаб, экспортга юбориш, кооперация шаклида хонадонларга жиҳоз ва асалари оилалари етказиб, аҳолига асалари боқишни назарий ва амалий жиҳатдан ўргатиш ишлари ташкил қилинади.

Бунинг учун янги бино замонавий жиҳозланиб, Польша, Россия ва Хитойдан энг илғор технологиялар, ўқув қўлланмалари, ишлаб чиқариш дастгоҳлар келтирилиб ўрнатилди. Энг муҳими, 10 нафарга яқин ишсиз ёшнинг бандлиги таъминланди.

Марказ очилишида вилоят ҳокими Акмалжон Махмудалиев, туман сектор раҳбарлари, маҳалла еттилиги, нуронийлар, кенг жамоатчилик вакиллари иштирок этди.

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Guliston tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi: Bo'lim boshlig'i;

▪️Mirzaobod tumani hokimligi: "Navro'z" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Sirdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi: Boshliq o'rinbosari-sho'ba boshlig'i.

❗️Arizalar 29.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Birlashgan Arab Amirliklari vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish sohasida BAA Hukumati bilan erishilgan kelishuvlarga asosan, “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” (Uzbekistan Government Quality Award 2024) dasturining 2-siklini amalga oshirishga kirishildi.

Dastur doirasida mamlakatimizdagi vazirlik va vazirlik xodimlari 1 ta institutsional hamda 7 ta individual quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha baholab boriladi:

▪️Namunali vazirlik;
▪️Namunali vazir o‘rinbosari;
▪️Namunali boshqaruv xodimi;
▪️Namunali boshqarma xodimi;
▪️Namunali inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish tuzilmalari rahbari;
▪️Namunali mutaxassis;
▪️Namunali ayol mutaxassis;
▪️Namunali yosh mutaxassis.


Uchrashuvda vazirlik mutaxassislariga ushbu takomillashtirilgan va yangi nominatsiyalar qo‘shilgan dastur reglamenti haqida taqdimot o‘tkazilib, 1-sikl yakuni bo‘yicha fikr almashildi.

Qayd etilganidek, nomzodlar taqdim etilgan savolnomalar, ma’lumotlar hamda Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘tkaziladigan intervyular asosida baholanadi.

Muloqotda shuningdek, dasturda ishtirok etish tartibi, talablari, baholash me’zonlari hamda nominatsiya ballari bo‘yicha berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#matbuot_anjumani

Hurmatli, OAV vakillari!

2024-yil 1-avgust kuni
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda vazirlik rahbariyati ishtirok etishi rejalashtirilgan.

🕰boshlanish vaqti: soat 12:00

Anjumanga barchangizni taklif etamiz!

🌐/channel/mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Iqtisodiy o‘sish - bu mamlakatdagi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning ko‘payishini anglatadi va ko‘pincha yalpi ichki mahsulotning o‘sishi bilan o‘lchanadi.

Iqtisodiy o‘sish muhim, chunki:

▪️Yangi ish o‘rinlari yaratiladi: ko‘proq tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga olib keladi, bu esa ko‘proq ish o‘rinlarini talab qiladi;
▪️Odamlarning daromadlari oshadi: Ish o‘rinlari ko‘payishi, yashash sharoitlarini yaxshilashga va turmush darajasini oshirishga yordam beradi, shuningdek, kambag‘allikni kamayishga olib keladi;
▪️ Mamlakatning boyligi oshadi: taraqqiyotga yordam beradi.

Ammo, iqtisodiy o‘sish har doim ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ba’zi hollarda, iqtisodiy o‘sish:

▪️ Atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin: ko‘proq ishlab chiqarishga va energiya sarfiga olib keladi;
▪️ Ijtimoiy tengsizlikni kuchaytirishi mumkin: Ba’zi odamlarning daromadlari boshqalarga nisbatan ko‘proq oshadi.

Shuning uchun, iqtisodiy o‘sish barqaror va teng bo‘lishi muhim.


bandlikvazirligi">🌐 /channel/mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlanadi.

Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, mansab mavqei, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, hamda imtiyozlar berish kamsitishdir.

Xodimlarning huquqlarini mehnatning muayyan turiga xos bo‘lgan talablar yoki yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (oilaviy vazifalarni bajarish bilan band bo‘lgan, voyaga yetmagan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va boshqalar) to‘g‘risidagi alohida g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq holda asoslangan tarzda farqlash, istisno etish, afzallik berish va cheklash kamsitish deb hisoblanmaydi.

MK 4-modda

🌐 /channel/mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 3063 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi

➤ Oqoltin tumanidan 507 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 406 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 313 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 130 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 386 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 493 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 98 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 481 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 2 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 245 ta (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 2 ta (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sardoba tumani “Bo‘ston” mahallasi raisi, hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli tomonidan “Bunyodkor” ko’chasida "Sayxunobod tajribasi" asosida imtiyozli kredit olish istagini bildirgan fuqarolar xonadonlari ko‘zdan kechirilmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1330 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!

➤ Oqoltin tumanidan 88 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 200 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 73 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 126 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 89 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 63 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 93 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 92 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 55 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 376 tа (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?

Majoritar, proporsional, aralash saylov tizimi haqida nimalarni bilasiz?

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva Andijon viloyatida boʻlib, hududda yaratilayotgan yangi ish o'rinlari, band bo'lmagan aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Xususan, Asaka tumanidagi kasb-hunarga o'qitish markazida bo'lib, u yerdagi o'quv guruhlari, tinglovchilar, o'qish jarayonlari hamda markazning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Andijon shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati o‘rganilganida, so'nggi 6 oyda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi, kasb-hunarga o'qiganlarning bandligini ta'minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Qo'shimcha elеktromobillarni ta'mirlash ustasi o'quv guruhlarini tashkil qilishga ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari viloyatning mahalla, tuman, shaharlarida bo‘lib ishlab chiqarish korxonalari, yakka tartibda ish olib borayotgan yurtdoshlarimiz faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash bo‘yicha galdagi qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga e’tibor qaratdi. Mutasaddilarga mavjud holatlardan kelib chiqib ko‘rsatmalar berildi.

Qolaversa, aholini kasb-hunarga o‘qitish orqali doimiy daromad manbaiga ega qilish, xorijda vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan shaxslarni xavfsiz va tashkiliy tarzda chet davlatlarga yuborish borasida qilinayotgan ishlarga ham e’tibor qaratildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Infografika

"Yagona milliy mehnat tizimi"dan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Sirdaryo viloyatida rasman ishlayotgan pensionerlar soni 17 173 nafarni tashkil etmoqda.

📍Hududlar kesimida TOP-5:👆

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Bugungi kunda “Ishga marhamat” monomarkazlar imkoniyati va samarasi bilan ko‘plab fuqarolar kasb-hunar o‘rganib, muayyan daromadga ega bo‘lmoqda. Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida o‘tgan 6 oy mobaynida 513 nafar talabgor kasb-hunar o‘rganib, ularning qariyb 82 foizi turli yo‘nalishlarda faoliyat olib borimoqda.

Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida viloyatning mahallalaridagi ijtimoiy xodimlarga ekskursiya uyushtirildi. Unda ishtirokchilar markazda o‘qish uchun talab etiladigan xujjatlar, mavjud yo‘nalishlar, o‘qish davomiyligi, tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad esa – Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyatini yanada keng ommaga yetkazish va aholini kasb-hunarga o‘rgatish. Tajribaga ko‘ra, bunday hamkorlik ijobiy natija berib kelmoqda.


Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sirdaryo viloyati tuman, shaharlarining mas’ullari xorjdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazishmoqda.

Suhbat davomida ishtirokchilarning taklif va murojaatlari tinglanayapti. Vatanga qaytish, ishga joylashish va tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, har biri bilan individual ishlab, masalasini ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Guliston tumani

Sardoba tumani

Oqoltin tumani

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

👨‍🎓"Yagona milliy mehnat tizimi"dan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda 114 277 nafar talaba rasman ishlamoqda.

Bu ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida
3 597 nafarni tashkil etmoqda.


Jumladan:
▪️Davlat tashkilotlarida – 2 320 nafar (64,5%);
▪️Xususiy subyektlarda – 1 150 nafar (32,0%);
▪️Ikkala sektorda – 127 nafar (3,5%).

Jins bo‘yicha:

▪️Erkak - 1 859 nafar (51,7%);
▪️Ayol - 1 738 nafar (48,3%).

📍Hududlar kesimida TOP-5:

▪️
Guliston shahri - 1 019 nafar (28,3%);
▪️Sirdaryo tumani - 432 nafar (12,0%);
▪️Boyovut tumani - 332 nafar (9,2%);
▪️Sayxunobod tumani - 275 nafar (7,6%);
▪️Mirzaobod tumani - 273 nafar (7,6%).

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

O‘zbekistonda kasbiy malakani baholash tizimi joriy etilmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil iyun oyida Turkiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida ushbu davlat tajribasi asosida mamlakatimizda malakani baholash markazini tashkil etish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga topshiriq berilgan edi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan videomuloqotda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Turkiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Malakalarni rivojlantirish tashkiloti rahbari Mustafa Nejmi Ilxan bilan ushbu yuqori darajadagi kelishuvni hayotga tatbiq etish masalalarini muhokama qildi.

Muloqotda ushbu davlatning malakalarni baholash va kasb-hunarlarni sertifikatlash bo‘yicha ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda qo‘llashning ahamiyati xususida fikr almashilib, loyihaning bugungi holati muhokama qilindi.

Ochiq va konstruktiv suhbatda oldinda turgan masalalar va ularni hal etish yuzasidan qator takliflar o‘rtaga tashlanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yaqin kunlarda Turkiyaning Malakalarni rivojlantirish tashkiloti mutaxassislari ushbu tizimni joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida mamlakatimizga kelishadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Monomarkazda o‘qirman ham, keyin nima qilaman, dersiz?

"Yuk ko'tarish mashinalari operatori" yo'nalishi bitiruvchisi Najmiddin Negmurodov kabi o‘zingiz yoqtirgan kasbda faoliyat olib borishingiz mumkin.


Aytgancha, monomarkazda santexnik, elektrik, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash, avtoservis xizmat koʻrsatish, payvandlash ishlari ustasi, oshpaz, qandolatchi, zargar, tikuvchi, sartarosh, kosmetolog, issiqxona va axborot texnologiyalar boʻyicha mutaxassisi kabi hamda ingliz, yaapon, nemis, koreys, rus tillarini o‘rgatishga mo‘ljallangan – jami 28 ta yo‘nalishlarda kasb-hunar o‘rganish imkoni mavjud.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir koʼchasi 49-uy
📞 Telefon: +99867 236-44-22

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to'qnashuvi holatlari bo'yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…
Подписаться на канал