584 mingdan ortiq pensionerlar rasman ishlamoqda
"Yagona milliy mehnat tizimi"dan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda rasman ishlayotgan pensionerlar soni 584 336 nafarni tashkil etmoqda.
Shundan:
▪️Erkaklar – 235 419 nafar (40,3%);
▪️Ayollar – 348 917 nafar (59,7%).
Qaysi sektorda ko‘proq:
▪️Davlat tashkilotlarida – 245 125 nafar (42%);
▪️Xususiy sektorda – 339 211 nafar (58%).
Qaysi hududlarda ko‘proq TOP-5:
▪️Toshkent shahri – 99 075 nafar (16,9%);
▪️Toshkent viloyati – 54 758 nafar (9,4%);
▪️Samarqand viloyati – 50 553 nafar (8,6%);
▪️Andijon viloyati – 49 327 nafar (8,4%);
▪️Farg‘ona viloyati – 49 059 nafar (8,3%).
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Sayxunobod tumani "Paxtaobod" mahallasida "Doniyorbek Diyorbek" oilaviy korxonasida sutni qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi.
Sayxunobodlik Malika O‘rolova xonadonida sutni qayta ishlash mini korxonasini tashkil etdi. Tadbirkor aholi va chorva fermerlardan olingan sutdan 10 dan ortiq turdagi mut mahsulotlari tayyorlab, ichki bozorlarga yetkazib bermoqda.
M.O‘rolova tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga “Sayxunobod tajribasi” asosida yaratilgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar qo‘l kelib, Prezidentimizning tashabbusi va ko‘rsatmalari ham ruhan, ham ma’nan dalda bo‘lganini ta’kidlaydi.
Darhaqiqat, so‘nggi to‘rt oy ichida Sayxunobod tumanida katta o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Tuman hududdida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanmoqda. Bu o‘z navbatida aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Birgina mazkur korxonada 10 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratilgani misol bo‘la oladi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Hurmatli fuqarolar!
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni tezkor qabul qilish uchun maxsus bot ishga tushirilganligini eslatamiz!
Agar siz sohada qonunbuzarliklar yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali bizga xabar bering:
/channel/anticorruption_mepr_bot
❗️Murojaatingiz o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini va shaxsingiz sir tutilishini kafolatlaymiz.
Bundan tashqari, korrupsiyaviy xabarlarni qabul qilish uchun quyidagi ishonch telefoniga (ish kunlarida 9-00 dan
18-00 gachа) qo’ng’iroq qilishingizni so’raymiz:
☎️ 71-203-01-21
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Viloyatdagi yirik investitsion loyiha — Boyovut tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan qurilgan zamonaviy IES to‘liq quvvatda ishlamoqda.
E’tiborli jihati, korxona barpo etilishida qatnashgan 2 ming 400 nafar xodimning 70 foizga yaqini, ya’ni 1 ming 600 nafardan ziyodini mahalliy fuqarolarni tashkil etgan bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayonida to‘liq mahalliy kadrlar ishtirok etadi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️G'aznachilik xizmati boshqarmasi (ichki tanlov): Moliyaviy resurslarni boshqarish, davlat budjetining g'azna ijrosi tahlili, hisobi va hisoboti sho'basi boshlig'i;
▪️Guliston shahar hokimligi: Devonxona bosh mutaxassisi;
▪️Guliston shahar hokimligi: Oilaviy, ma'naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish bo'yicha yetakchi mutaxassis;
▪️Oqoltin tumani soliq inspeksiyasi: Boshliqning birinchi o'rinbosari;
▪️Sardoba tumani soliq inspeksiyasi: Boshliq o'rinbosari-sho'ba boshlig'i.
❗️Arizalar 28.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
"Diyor yangiliklari"|Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishsiz aholining bandligini ta’minlash (Yangiyer shahri misolida)
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#brifing
Majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ham doimiy ravishda monitoringlar o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 6 oyi davomida 16 ta holatda majburiy mehnat aniqlanib, 135 nafar fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi, 13 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi hamda 3 ta holatda tegishli hujjatlar sud va prokuratura organlariga o‘tkazildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
#brifing
2024-yilning o‘tgan 6 oyida Davlat mehnat inspektorlari tomonidan 7 720 ta nazorat tadbiri o‘tkazilgan bo‘lib, unda 21 436 ta qonunbuzilish holati aniqlangan.
Ushbu qonun buzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha ish beruvchilarga bajarilishi majburiy bo‘lgan 3 442 ta yozma ko‘rsatma, 90 ta taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, 4 335 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Shu yilning o‘tgan davrida 7 349 nafar fuqaroning 31 mlrd so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berilgan.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Bugun AOKAda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Jamoliddin Qalandarov ishtirokida brifing o‘tkaziladi.
Vaqti: 10:00
Mavzu: Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi faoliyati.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas’ullari ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, korxona, tashkilotlarning qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydalanib, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.
Bosh boshqarma boshlig‘i Sh.Yakubov Mirzaobod tumanida faoliyat yuritayotgan “Orchid Beauty Textile” hamda Guliston tumanida joylashgan “Mili Guliston textile” MChJda bo‘lib, korxona rahbariyati bilan uchrashdi va ishchilar sonini yanada ko‘paytirish masalasini muhokama qildi.
Birgina “Orchid Beauty Textile” korxonasida bugungi kunda 150 dan ziyod fuqaro ishlamoqda. Xodimlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, yana 60 nafar ishchi olish imkoniyati mavjudligi aniqlandi. Mazkur ish o‘rinlarga “Ishga marhamat” monomarkazi va o‘quv markazlarini tamomlab, kasb-hunarni o‘rgangan xotin-qizlarni joylashtirishga kelishib olindi. Shuningdek, “Mili Guliston textile” MChJ 60 ga yaqin xodim qabul qiladi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan biznes uchun 279 ta davlat mulkini ijaraga oling
➤ Oqoltin tumanidan 38 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 33 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 30 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 19 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 33 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 17 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 29 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 17 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 29 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 8 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 26 tа (ko'rish)
*Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Kasb-hunar o‘rganib, mehnat faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufidagi Guliston “Ishga marhamat” monomarkaziga taklif etamiz. Siz monomarkazda santexnik, elektrik, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash, avtoservis xizmat koʻrsatish, payvandlash ishlari ustasi, oshpaz, qandolatchi, zargar, tikuvchi, sartarosh, kosmetolog, issiqxona va axborot texnologiyalar boʻyicha mutaxassisi kabi hamda ingliz, yaapon, nemis, koreys, rus tillarini o‘rgatishga mo‘ljallangan – jami 28 ta yo‘nalishlarda kasb-hunar o‘rganishingiz mumkin.
E’tiborli jihati, yo‘llanma asosida kelgan talabgorlar mutlaqo bepul bilim o‘rganishadi va uzoqdan keluvchilar uchun yotoqxona mavjud.
Guliston shahar Xondamir ko‘chasi 49-uy.
Telefon: +99867 236-44-22
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
«Yangi Sirdaryo» gazetasining 2024-yil 22-iyuldagi 28 soni mutolaa uchun havola etilmoqda
Boyovutda yoshlarga 50 sotixdan yer ajratilgach...
➖ Batafsil o'qing
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Ayni paytda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Unda joriy yil 17-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar, 2024-yilning 1-yarim yilligida erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.
Yig‘ilishda markaziy apparat, vazirlik huzuridagi tashkilotlar rahbarlari, videokonferensaloqa orqali hududiy bosh boshqarma hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etayapti.
O‘tgan 6 oy natijalari tanqidiy tahlil qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olinmoqda.
bandlikvazirligi">Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
🇱🇻 Fuqarolar Latviyaga ishga taklif etiladi!
Sohalar:
- avtomobil mexanigi -1000 yevro;
- CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi - 1100 - 2500 yevro.
❗️Nomzodlar uchun talablar:
Avtomexanik:
🔹avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha qo'llanmalardan foydalanish;
🔹avtomobil qismlari va kuzovi bilan ishlash;
🔹diagnostika uskunalaridan foydalanish;
🔹kamida 2 yillik tajriba;
🔹rus yoki ingliz tillarini bilish;
🔹25 - 40 yosh.
👉Ro'yxatdan o'tish (22-iyul soat 11:30 dan 24-iyul soat 14:00 gacha)
CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi:
🔹Yevropaning barcha mamlakatlariga yuklarni tashish;
🔹yuk tashish bilan bog'liq hujjatlarni tushunish;
🔹chip kartaning mavjudligi;
🔹kamida 1 yillik tajriba;
🔹rus yoki ingliz tillarini bilish;
🔹55 yoshgacha.
👉Ro'yxatdan o'tish (22-iyul soat 11:30 dan 24-iyul soat 14:00 gacha)
Ish beruvchi hisobidan:
✅ o'quv va test sinovlari davomida yashash joyi;
✅ sug'urta;
✅ hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish.
Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmatlari, o'qitish va ko'niktirish;
📍viza uchun to'lov;
📍ovqatlanish;
📍aviachipta.
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🇩🇪 Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyaning Novo Agency tashkiloti bilan hamkorlikda tibbiyot sohasi vakillarini Germaniyaga ishga taklif etadi.
Videoda aytilgan talablarga mos bo'lsangiz ushbu raqamga👇🏻
+998 88 239 32 23 qo'ng'iroq qiling.
➡️ Va ro'yxatdan o'ting!
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi "Qurilish sohasidagi malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi" fuqarolarni 3 oylik bepul ta’lim olishga taklif qiladi.
Talabgorlarga:
- bepul ovqat;
- bepul yotoqxona;
- stipendiya beriladi.
Asosiysi - qurilish yo‘nalishida yetuk mutaxassis bo‘lishga ko‘maklashiladi.
Yo‘nalishlar:
-g‘isht teruvchi;
-elektrogazpayvandchi;
-bo‘yoqchi bezakchi;
-santexnik;
-stropalchi;
-qoplovchi plitkachi;
-gipsakarton montajchisi;
-kran mashinisti.
Kerakli hujjatlar:
-3x4 hajmdagi 6 dona fotosurat;
-pasport nusxasi;
-umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf) atestati.
Shuningdek, bitiruvchilar xohishiga ko‘ra xorijiy davlatga shartnoma asosida ishga yuboriladi. (Migratsiya tomonidan)
Manzil: Guliston shahar "Bog‘ishamol" mahallasi
Telefon: +99899 470-97-70 Fazliddin
+99899 470-77-96
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🛡Yaqin qarindoshlaringiz nomidan jo‘natilayotgan ✉️SMS xabarlardan ehtiyot bo‘ling.
🔐Shaxsiy ma’lumotlaringizni doimo sir saqlang.
✅Kiberfiribgarlardan ogoh bo‘ling!
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Sardoba tuman Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi tomonidan "Karera kuni" munosabati bilan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, shuningdek, harbiy xizmatdan qaytgan, probatsiya hisobida turib jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi"o‘tkazildi.
Yarmarkada tumandagi 18 ta korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi 181 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qildi. Shu kunning o‘zidayoq 30 nafarga yaqin fuqaroga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.
Tadbir yakunida "Ishga marhamat" monomarkazning 56 nafar birinchi qaldirg‘ochlariga 5 ta yo‘nalish bo‘yicha sertifikatlar topshirildi. Endilikda bitiruvchilarning 34 nafari o‘zini o‘zi band qilib, tadbirkorligini boshlash istagida. Qolgan 22 nafari esa hududdagi ishlab chiqarish korxonalariga yo‘naltirilib, bandligini ta'minlash chorasi ko‘riladi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Sirdaryo tumanida «Uychi tumani tajribasi» asosida amalga oshirilayotgan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda
Sirdaryo tumanida «Uychi tumani tajribasi» asosida amalga oshirilgan hatlov natijalariga ko’ra aniqlangan ishsiz fuqarolarning doimiy bandligi ta’minlanmoqda. Jumladan, bir guruh xotin-qizlar hududdagi “Peng Sheng” O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasiga ishga joylashtirildi.
Bu kabi ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda. Shu va shunga o'xshash ishlarda ishlamoqchi bo'lgan fuqarolar tuman shtabi huzurida tashkil qilingan Call sentrga murojaat qilishlari mumkin.
+99899 516-16-98
+99891 504-31-90
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi faoliyatiga bag‘ishlangan brifing.
👉Batafsil
👉Youtube orqali ko‘rish
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
#brifing
Respublika bo‘yicha 2024-yilning 6 oyi davomida 387 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va buning oqibatida 416 nafar xodim jabrlangan.
Baxtsiz hodisalarning eng katta qismi, qurilish sohasiga (26%) to‘g‘ri kelgan.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Brifing boshlandi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi faoliyatiga bag‘ishlangan brifingni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
💬Jonli efir
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Mirzaobod tumani oila va xotin-qizlar bo'limi: Bosh mutaxassis;
▪️Sardoba tumani soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;
▪️Sayxunobod tumani madaniyat bo'limi: Bo'lim mudiri;
▪️Sirdaryo tumani madaniyat bo'limi: Bo'lim mudiri.
❗️Arizalar 27.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan axborot texnologiyalari sohasida mo‘may daromad topish mumkinligini bilasizmi❓
Bilasiz-u, kompyuterdan foydalanolmasligingiz qiynayaptimi⁉️
U holda Guliston "Ishga marhamat" monomarkazi bitiruvchisi Jamshidbek Sultonov maslahatiga amal qiling❗️
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Ishsizlik nafaqasini to‘lash quyidagi hollarda tugatiladi:
▪️ishsiz shaxs ishga joylashganda;
▪️ishsiz shaxs maqbul ishga doir ikkita taklifni rad etganda;
▪️ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini aldov yo‘li bilan olganda;
▪️ishsiz shaxslar tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga va shaxsiy tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirishga qaratilgan, subsidiyalarni olganda.
Batafsil
bandlikvazirligi">Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
Xabar berganimizdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida markaziy apparat, vazirlik huzuridagi tashkilotlar rahbarlari, hududiy bosh boshqarma hamda bo‘lim boshliqlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash hamda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, hamyurtlarimizni vaqtincha ishlash uchun xorijga yuborish hamda xodimlarning mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini ta’minlash yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Qayd etilganidek, mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi yil boshidagi 6,8% dan 5,9% ga kamaygan. Xuddi shu kabi boshqa yo‘nalishlarda ham ijobiy natijalar qo‘lga kiritilishi barobarida kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan.
Xususan, yig‘ilishda Chilonzor, Mirobod, Zangiota, Toshloq, Asaka tumanlari, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Navoiy, Chirchiq, Angren shaharlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga fuqarolarni ishga joylashtirish ko‘rsatkichlari juda past ekanligi jiddiy tanqid qilindi.
Tuman (shahar) bandlik bo‘limlarida fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash jarayonlarini soddalashtirib, tizimga raqamlashtirishni keng joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, joriy yilning 6 oyida 113 ming ishsiz aholi o‘qishga jalb etilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravar oshgan. Yutuqlar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar ham sanab o‘tildi. Ayni yo‘nalishda eskicha qarash va shu asosda ishga yondashuv saqlanib qolayotgani keskin tanqid qilinib, tizim mutasaddilari oldiga zamonaviy fikrlab, bozor iqtisodiyoti talab qilayotgan kasb-hunarlarga ishsiz aholini o‘qitish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Mas’ullar qattiq ogohlantirildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida xorijga vaqtincha ishga yuborish bo‘yicha ham salmoqli ishlar qilingan, mamlakatlar geografiyasi rivojlangan davlatlar hisobiga kengaygan. Xususan, 2024-yilning 6 oyida 64 ming xorijda ishlash istagi bo‘lgan shaxslar chet davlatlarga tashkiliy ishga joylashtirildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravarga ko‘p.
Biroq, ayrim yo‘nalishlarda sustkashliklarga yo‘l qo‘yilgan. Shu bois belgilangan reja-ko‘rsatkichlar bajarilishiga panja ortidan qarayotgan mutasaddilar faoliyatiga salbiy baho berildi. Kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish lozimligi qayd etildi.
Aholining mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ham tahlil qilindi. Ta’kidlanganidek, joriy yilning 6 oyida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarda 7 mingdan ortiq fuqaroga 32 mlrd so‘m ish haqi undirib berilgan. Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan 1 000 nafar shaxs ishga tiklangan.
Yig‘ilishda inspeksiya faoliyatini yanada jonlantirish, ishchi-xizmatchilarning haq-huquqlarini ta’minlash, mehnat muhofazasini kuchaytirish lozimligi alohida qayd etildi.
Kengaytirilgan yig‘ilish yakunida hududiy bosh boshqarmalar boshliqlari hisobotlari eshitilib, takliflari tinglandi.
bandlikvazirligi">Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi
Oqoltin tumanidagi ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.
Unda tumandagi 14 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining 195 dan ortiq bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil maʼlumot berishdi.
Yarmarka davomida 40 nafarga yaqin fuqaro o‘zlariga mos bo‘lgan lavozimlarda ishlash istagini bildirdi. Ishtirokchilarning 14 nafariga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlash uchun yo‘llanmalar berilgan bo‘lsa, 11 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.
Shuningdek "Ayollar daftari"dagi 4 nafar xotin-qizga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Statistika boshqarmasi: Хizmatlar sohasi statistikasi bo'limi bosh mutaxassisi;
▪️Statistika boshqarmasi: Turmush darajasi statistikasi va uy хo'jaliklari kuzatuvlari bo'limi mutaxassisi;
▪️Shirin shahar statistika bo'limi: Bosh mutaxassis;
▪️Mirzaobod tumani hokimligi: "Yo'ldoshobod" mahallasidagi hokim yordamchisi.
❗️Arizalar 26.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi uning oila a’zolariga yoki xodim vafot etgan kunda marhumning qaramog‘ida bo‘lgan shaxsga beriladi.
Ish haqini to‘lash ish beruvchiga tegishli ariza, xodimning vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning ko‘chirma va asl nusxasi taqdim etilgan kundan e’tiboran 7 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
👉batafsil
bandlikvazirligi">Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube