svbandlik | Неотсортированное

Telegram-канал svbandlik - Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2090

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Подписаться на канал

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish va ijrosini ta’minlash borasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirish, odob-axloq komissiyasi vazifalari haqida tushuncha berildi.

Ishtirokchilar Qonun yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#ma’lumot
Bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida kasb-hunarlarga bo’lgan talab asosan quyidagi omillarga bog’liq:

▪️ Iqtisodiyotning rivojlanish yo‘nalishlari: Iqtisodiyotda tez rivojlanayotgan sohalardagi kasb-hunarlarga talab yuqori bo‘ladi;

▪️ Texnologik o‘zgarishlar: Texnologiyalarning rivojlanishi yangi kasb-hunarlarning paydo bo‘lishi va mavjudlarining o‘zgarishiga olib keladi;

▪️ Aholining talab va ehtiyojlari: ushbu ehtiyojlar ham kasb-hunarlar talabiga ta’sir qiladi.

Kasb-hunar tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish muhim:


▪️ Qiziqish va qobiliyatlaringiz;

▪️ Mehnat bozoridagi talab;

▪️ Kasb-hunarning kelajagi;

▪️ Maosh va ish sharoitlari.

Bizni kuzatib boring navbatdagi postlarimizda hozirgi kunda mamlakatimiz mehnat bozorida eng ko‘p talab qilinayotgan kasb-hunarlar haqida ma'lumot berib boramiz.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Ishsiz fuqarolar Guliston "Ishga marhamat" monomarkazida kasb-hunar o‘rganib, turli sohalarda o‘z faoliyatlarini boshlashmoqda.

Jumladan, Doniyor O‘skanboyev "Sartaroshlik" yo‘nalishida o‘qib, sevimli kasbining ustasi bo‘lib yetishdi.

Navbat sizga, keling, o‘qing, o‘rganing!

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi: Mehnat migratsiyasi sho'basi boshlig'i;

▪️Qishloq xo'jaligi boshqarmasi: Oziq-ovqat sanoati, agrologistika va eksportni rivojlantirish sho'basi bosh mutaxassisi;

▪️Guliston tumani kambag'allikni qisqartirish ba bandlikka ko'maklashish bo'limi: Mehnat migratsiyasi bo'yicha bosh mutaхassis;

▪️Sayxunobod tumani kambag'allikni qisqartirish ba bandlikka ko'maklashish bo'limi: Mehnat migratsiyasi bo'yicha bosh mutaхassis;

▪️Sardoba tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i;

▪️Sardoba tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi boshlig'i;

▪️Xovos tumani kambag'allikni qisqartirish ba bandlikka ko'maklashish bo'limi: Mehnat migratsiyasi bo'yicha bosh mutaхassis.

❗️Arizalar 22.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi: Qishloq хo'jaligi va oziq-ovqat sho'basi boshlig'i;

▪️Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi: Ommaviy aхborot vositalari bilan ishlash bo'yicha bosh mutaxassis;

▪️Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi: Bosh mutaxassis (Sirdaryo tumani vakili);

▪️Guliston shahar soliq inspeksiyasi: Boshliq o'rinbosari-sho'ba boshlig'i;

▪️Guliston shahar soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;

▪️Guliston shahar yoshlar ishlari bo'limi: "Yuksalish" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Guliston tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi (ichki tanlov): Bo'lim boshlig'i;

▪️Oqoltin tumani soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i.

❗️Arizalar 23.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1336 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!

➤ Oqoltin tumanidan 91 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 200 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 73 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 129 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 89 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 63 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 93 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 93 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 54 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 376 tа (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra ishni davom ettirayotganda ish beruvchidan mehnat shartlarini o‘zgartirishni talab qilishga haqlidir.

Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi arizasi u berilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.

Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi talablarini qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababi to‘g‘risida yozma shaklda xabar qilishi kerak.

👉batafsil

bandlikvazirligi">Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇩🇪 Hamshiramisiz? Germaniyada oyligi salkam 30 mln soʻmdan boshlanadigan ish bor

Hamshiralik, davolash ishi, doyalik yoʻnalishlarida kollej yoki texnikum diplomiga ega, 18 dan 39 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar Germaniyaga ham borib ishlashi mumkin.

O‘qish, viza, aviachipta va boshqa xarajatlar to‘lab beriladi. Batafsil videorolikda.

👉 Roʻyxatdan oʻtish

▪️OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
▪️Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Tanlov

"Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" munosabati bilan yoshlar o'rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish hamda biznes bilan shug'ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida "Yosh tadbirkor" tanloviga start berildi


Tanlov to'rt bosqichda: mahalla, tuman (shahar), hudud va respublika bosqichida o'tkaziladi.


Tanlovning respublika bosqichida g'oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

1- o'rin – 50 mln so'm pul mukofoti, chet elda malaka oshirish uchun yo'llanma, biznes loyihasi uchun imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma.

2- o'rin – 40 mln so'm pul mukofoti, chet elda malaka oshirish uchun yo'llanma, biznes loyihasi uchun imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma.

3- o'rin – 30 mln so'm pul mukofoti, chet elda malaka oshirish uchun yo'llanma, biznes loyihasi uchun imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma.
Respublika bosqichida ishtirok etgan 67 nafar ishtirokchiga biznes loyihasi uchun imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma hamda esdalik sovg'alari taqdim etiladi.

👉Batafsil

Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Guliston shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 2-hudud 1-uchastkada (Yangi hayot MFY, Nurafshon MFY) mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;

▪️Boyovut tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Madaniyat" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Mirzaobod tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Toshkent" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Oqoltin tumani davlat soliq inspeksiyasi: Boshliq o'rinbosari-sho'ba boshlig'i.

❗️Arizalar 21.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Йил бошидан қишлоқ хўжалиги техникаси ишлаб чиқаришни молиялаштиришга 1 триллион 115 миллиард сўм йўналтирилди.

Бу ўз самарасини бериб, корхоналар тўлиқ қувватда ишлашни бошлади. Ҳудудларга 5 минг 781 та техника етказиб берилди.

Ҳокимларга унумдорликни ошириш учун пахта, мева-сабзавотчиликда механизация даражасини 50 фоизга етказиш топширилди.

Бунинг учун йил охиригача фермер ва деҳқонларни яна 6,5 мингта техника билан таъминлаш муҳимлиги қайд этилди.

Йиғилишда комплекслар раҳбарлари, вазирлар ва ҳокимларнинг ҳисоботлари ва режалари тингланди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Президент экспортни кўпайтириш учун янги уруғ навларини ўзимизда яратишимиз кераклигини таъкидлади.

Қишлоқ хўжалиги вазирлигига Хитой ва Туркия тажрибаси асосида қишлоқ хўжалигида уруғчилик тизимини тўлиқ қайта кўриб чиқиб, экинлар ген банкини кенгайтириш чораларини ишлаб чиқиш топширилди. Ушбу ишларга 24 миллион доллар маблағ йўналтирилади.

Шунингдек, туманларда 75 минг гектар самарасиз боғлар борлиги, ҳар йили 1 минг гектардан боғни тиклаш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Бу борада янги тизим жорий қилиниб, унга кўра ҳокимликлар саноатлашган боғларни яратиш учун буюртма беради, лойиҳаларини ишлаб чиқиб, тадбиркорларга 30 йилга ижарага беради.

Саноатлашган боғларни яратиш учун Қишлоқ хўжалиги жамғармаси орқали имтиёзли кредитлар ажратилади.

Мутасаддиларга 75 минг гектар самарасиз боғлар ҳамда 100 минг гектар паст ҳосилли пахта, ғалла ва бошқа экин ерлари ўрнида саноатлашган боғ ва токзорлар барпо қилиш бўйича уч йиллик дастур ишлаб чиқиш топширилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Вазирлик, идоралар ва ҳокимликларнинг Кооперация порталидаги иштироки етарли эмаслиги қайд этилди. 63 мингта маҳаллий корхонадан атиги 5 фоизи маҳсулотини порталга чиқармоқда.

Мутасаддиларга йил якунига қадар барча ҳудудий саноат корхоналарини порталга тўлиқ улаш топширилди. Маҳаллий маҳсулотлар учун 520 та миллий стандартни ишлаб чиқиш зарурлиги таъкидланди.

Экспорт масалалари таҳлил қилинар экан, тармоқ ва ҳудудлар йил бошидан 8,7 миллиард долларлик маҳсулотини четга сотгани таъкидланди. Лекин 9 та туманда экспорт ўтган йилги кўрсаткичнинг ярмига ҳам етмаган.

Яна бир масала – хорижий давлатлар ички бозорини ҳимоя қилиш учун кўплаб тариф ва нотариф тўсиқларни белгиламоқда. Ташқи ишлар вазирлиги ва бошқа манфаатдор идораларга ушбу тўсиқларни юмшатиш юзасидан музокара ўтказиб, келишувга эришиш топширилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Соҳалар ривожи учун Тараққиёт ва тикланиш жамғармасидан берилган 650 миллион доллар арзон ресурс, банкларда хориждан жалб қилинган 1 миллиард доллар маблағ ишлатилмасдан тургани кўрсатиб ўтилди. Йил якунигача бу маблағлардан тўлиқ фойдаланиб, лойиҳаларни амалга ошириш топширилди.

Жорий йилда саноат зоналари инфратузилмаси учун 1,5 триллион сўм маблағ ажратилган. Бунинг ҳисобидан саноат зоналаридаги 79 та инфратузилма объектларини тўлиқ фойдаланишга топшириш вазифаси қўйилди.

Ҳудудлардаги йирик лойиҳаларни инфратузилмага улашни тезлаштириш мақсадида қиймати 200 миллиард сўмдан зиёд бўлган лойиҳалар учун инфратузилма қуриб бериш тартибини соддалаштириш зарурлиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Президент инвестиция ва ташқи савдо, қишлоқ хўжалиги комплексларидаги устувор вазифаларни белгилаб берди.

Таъкидланганидек, ўтган олти ойда иқтисодиётга 15,5 миллиард доллар хорижий, шундан 14 миллиард доллар тўғридан-тўғри инвестиция киритилди. Ўсиш - 2,1 баробар.

Бироқ, ҳар бир доллар инвестиция ҳисобига яратилган қўшилган қиймат кўрсаткичи барча тармоқ ва ҳудудларда ҳам қониқарли эмас.

Бу тўқимачилик, чарм, фармацевтика тармоқларида, Сирдарё ва Бухорода 2 долларга, Тошкент шаҳри, Сурхондарё, Жиззахда эса 2,5 долларга етмаслиги кўрсатиб ўтилди.

Ёки, ҳар 1 минг доллар хорижий инвестиция солиқ тушумини ўртача 600 долларга оширган бўлса, Сирдарё, Навоий, Жиззах ва Сурхондарёда бу 300 доллардан кам.

Мутасаддиларга инвестиция лойиҳалари дастурини шакллантиришда уларни пухта таҳлил қилиш, қўшилган қийматни каррасига оширадиганларини киритиш топширилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Йил якунига қадар 2 триллион сўмлик ишларни бажариб, 570 минг гектарда сув таъминотини яхшилаш ва бетон қопламали каналлар улушини 39 фоизга етказиш, 13 минг километр йўл, 195 та кўприкни фойдаланишга топшириш зарурлиги қайд этилди.

Жорий йилда 2 минг 152 та кўп қаватли уй-жой барпо қилиб, 100 мингдан зиёд хонадонни фойдаланишга топшириш режа қилинган. Бунинг учун 9 мингта хонадонли 195 та уй-жой қурилишини тезроқ бошлаш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Ичимлик суви инфратузилмасини яхшилашга ажратилаётган маблағларнинг самарасини аҳолимиз кундалик ҳаётида ҳис қилиши шартлиги таъкидланди. Жумладан, ҳудудларда 2 минг километр тармоқ, 99 та сув иншооти ва 1 та оқова сув насос станциясини ишга тушириш режалаштирилган.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Aziz Sirdaryo tumani yoshlari siz uchun ajoyib imkoniyat!

Sirdaryo tumanida aholini ishsizlikdan holi hududga aylantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “Uychi tuman” tajribasi asosida tuman shtabida Call center faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

-Siz kichik tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchimisiz;
-Sizga munosib ish o‘rni zarurmi;
-Sizga qo‘shimcha kredit mablag‘lari kerakdir balkim;
-Siz yosh tadbirkor sifatida faoliyatingizni kengaytirishni istaysizmi
.

Unday bo‘lsa quyidagi raqamlarga bog’lanishingiz mumkin

+99899 516-16-98
+99891
504-31-90

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🛡#IT_terminlar

❗️Diqqat, savol:
"Botnet" nima❓
____
Javob:

"Botnet" — bu zararli dasturlar bilan zararlangan va egalari bilmagan holda guruh sifatida boshqariladigan kompyuterlar tarmog‘idir. "Botnet" atamasi "robot" va "tarmoq" so‘zlaridan olingan.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: «Sayxunobod tajribasi» ommalashtirilmoqda (Boyovut tumani misolida)

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇱🇻 Latviyaga payvandchilar ishga taklif etiladi!

💶 Ish haqi 1060 yevro (netto - soliqlar ushlangandan keyin) + bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar.

Nomzodlar uchun talablar:

📍22-45 yosh;
📍TIG, MIG/MAG payvandlash sertifikati;
📍kamida 3 yillik ish tajribasi;
📍chizmalarni o‘qish ko‘nikmasi;
📍rus yoki ingliz tilini bilish;
📍jismonan sog‘lom bo‘lish.

Nomzod hisobidan:
− ishchi viza;
− Latviyaga borish xarajatlari.

Ish tajribasi rasmiy bo‘lishi lozim!

👉 Ro‘yxatdan o‘tish (18-iyul soat 18:00 dan 20-iyul soat 18:00 ga qadar)

❗️Suhbat vaqti va joyi bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 (ichki raqam 17) yoki 1282 qisqa raqami.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Avtomobillarni ta’mirlash, ayniqsa, ularning elektron tizimini sozlashni o‘rganib, daromad topishni hoxlovchilar uchun zo‘r imkoniyat!

Guliston "Ishga marhamat" monomarkazi "Avtoservis va xizmat ko‘rsatish" yo‘nalishida 3 oylik o‘quv kursiga taklif etadi. Bitiruvchilar o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatga ega bo‘ladi.

E’tiborlisi, hududiy Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi yo‘llanmasi bilan murojaat qilsangiz murlaqo bepul kasb-hunar o‘rganasiz.

Aytgancha, monomarkaz sertifikati dunyoning 17 ta davlatida tan olinadi.

Manzil: Guliston shahar Xondamir koʼchasi 49-uy
Telefon: +99867 236-44-22  97-909-71-17

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Ustoz-shogirt asosida xotin-qizlarga gilamchilikni o‘rgatayotgan sayxunobodlik Habiba Qarshiboyeva kasanachilikni yo‘lga qo‘yib, 10 nafar ishsizning bandligini ta’minladi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vazirlik mutaxassislari Ozarbayjonning mehnat sohasidagi tajribasini o‘rgandi

Joriy yilning 15–17-iyul kunlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassislari Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Mutaxassislar ushbu davlatning Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, vazirlik huzuridagi Raqamlashtirish markazi, Bandlik agentligi hamda Kasb-hunar ta’limi markazi faoliyati bilan tanishib, aholi bandligini ta’minlash, kadrlar salohiyatini oshirish, sohani raqamlashtirish, ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha erishgan yutuqlarini o‘rgandi.

Ozarbayjonning Barqaror va tezkor ijtimoiy ta’minot agentligi (DOST) mutaxassislarimizda katta qiziqish uyg‘otdi.

Agentlik tarkibida Raqamli texnologiyalar markazi, Bandlik markazi, "Call-markaz", Inklyuziv rivojlanish markazi hamda Inftrastruktura markazi mavjud bo‘lib, ular bandlik va ijtimoiy himoya bo‘yicha 5 ta yo‘nalishdagi 159 ta xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda.

bandlikvazirligi">Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Viloyatda yanvar-iyun oylari mobaynida 2 mlrd 428 mln so‘mlik bo‘sh yer uchastkalari auksion orqali sotildi

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida tadbirkorlik uchun jami maydoni 28,5 gektar bo‘lgan 202 ta yer uchastkasi auksion savdosiga chiqarilgan. Shundan 27 tasi, ya’ni 12,4 gektar bo‘sh yer maydonlari 2 mlrd 428 mln 100 ming so‘mga sotilgan.

Eng ko‘p sotilgan bo‘sh yer uchastkalari Sayxunobod (13 ta yer uchastka 1,14 mlrd), Xovos (4 ta yer uchastka 1,19 mlrd) va Sirdaryo tumanlari (3 ta yer uchastka 53 mln) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qolgan hududlarda:
● Guliston tumanida — 2 ta (24,1 mln);
● Oqoltin tumanida — 1 ta (33,5 mln);
● Boyovut tumanida — 1 ta (16,1 mln);
● Sardoba tumanida — 1 ta (70,7 mln);
● Shirin shahrida — 1 ta (12,2 mln);
● Yangiyer shahrida — 1 ta (10,6 mln).

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchidan xodimga berilishi kerak bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni amalga oshiriladi.

Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar ushbu xodim tomonidan hisob-kitob qilish to‘g‘risidagi talab taqdim etilganidan keyin 3 kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

👉batafsil

bandlikvazirligi">Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Пахта-тўқимачилик кластерларининг молиявий барқарорлиги билан боғлиқ масалалар кўриб чиқилди. Уларга берилган имтиёзли кредит муддати 2025 йил 1 апрелгача узайтирилиши белгиланди.

Ўтган йили пахта етиштириш учун олинган кредитни муддатида тўлиқ қайтарган кластерларга имтиёзли кредитнинг 8 фоизи қайтарилади.

Бу йил пахта хариди учун имтиёзли кредит кластерларнинг ип-йигирув корхоналарига берилади.

Кластерлар сотиб олинган пахта тозалаш заводи қийматининг камида 35 фоизини тўласа, бу мулкни гаровга қўйишга рухсат берилади.

Мутасаддиларга чуқур таҳлил қилиб, иқтисодий самарасиз, молиявий мажбурияти юқори бўлган кластерлар мақомини қайта кўриб чиқиш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Жорий йилнинг ўтган даврида мева-сабзавот ва озиқ-овқат маҳсулотлари экспорти 910 миллион долларни ташкил қилди. Йил якунигача режа қилинган экспортни таъминлаш учун биринчи галда қайта ишланган мева-сабзавот экспортини кескин кўпайтириш кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Ҳозирда сақлаш, саралаш ва қайта ишлаш қувватларини ошириш бўйича 9 триллион сўмлик 382 та лойиҳа бўйича ишлар бошланди.

Бундай лойиҳаларни кўпайтириш, йил якунигача жами қуввати 57 минг тонна бўлган 10 та агрологистика маркази, 230 минг тонналик совуткичли омборхона қуриш зарурлиги қайд этилди.

Мутасаддиларга мева-сабзавотни сақлаш сиғимини 63 фоизга етказиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Биринчи олти ойда маҳаллийлаштириш дастури доирасида ишлаб чиқариш 34 фоизга ўсди. Лекин ҳамма тармоқ ёки ҳудудда ҳам ишлар бир хил эмаслиги қайд этилди.

Давлат харидида маҳаллий маҳсулотлар улуши 78 фоизни ташкил қилса-да, айрим вазирликларда ўзимизда бор маҳсулотни импорт қилиш ҳолатлари ҳанузгача давом этаётгани танқид қилинди.

Шу боис маҳаллийлаштириш бўйича ишлар янгича тизим асосида ташкил қилинади. Ҳар ойда энг кўп импорт бўлаётган истеъмол товарлари рўйхати ва ҳажми тадбиркорларга эълон қилиб борилади. Рақобат қўмитаси ҳудуд ва тармоқ кесимида ўрганиб, бозорда етишмаётган маҳсулотлар бўйича янги қувватларни яратиш ва мавжудларини кенгайтириш бўйича таклифларини беради. Ушбу таклифлар асосида аниқ лойиҳалар пакети шакллантирилади, улар 20 та йирик тармоқ қувватларида ёки ҳудудий корхоналар билан кооперация асосида амалга оширилади.

Бу янги тизимни жорий қилиш учун Ҳукуматда маҳаллийлаштириш бўйича алоҳида тузилма ташкил қилинади.

Умуман, жорий йилда 92 триллион сўмлик маҳсулотни маҳаллийлаштириш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Сўнгги икки йилда четдан келган, бироқ ҳалигача ўрнатилмаган 183 миллион долларлик ускуналарни тўлиқ ишга тушириш зарурлиги қайд этилди.

Вилоят ҳокимлари, тармоқ раҳбарларига эркин иқтисодий зоналардаги ишлаб чиқаришни камайтирган корхоналар билан манзилли ишлаш топширилди.

Инвестиция ҳисобига ташкил этилган айрим корхоналар ҳозирда ишламаётгани танқид қилинди. Шу муносабат билан ҳар бир лойиҳа билан якка тартибда ишлаш, муаммосини ҳал қилишга кўмаклашиш шартлиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Жамоат транспорти тизимидаги ўзгаришларни тизимли давом эттириш зарурлиги таъкидланди.

Транспорт вазирлигига йил якунигача барча вилоят марказларида йўловчи ташишни брутто-шартнома асосида молиялаштиришни жорий қилиш топширилди.

Шунингдек, 1 мингта автобус олиб келиш режасини тўлиқ бажариб, ҳудудларга етказиш вазифаси қўйилди.

Жамоат транспортида электрон тўлов тизимини тўлиқ жорий қилиб, уни оммалаштириш Транспорт вазирлигининг устувор вазифаларидан бири бўлади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Янги қурилиш лойиҳаларида тадбиркорлар электр ва газ таъминотига уланиши учун техник шартлар олиш тизимини рақамлаштириш вазифаси қўйилди.

Бунда тармоққа уланиш нуқтасини инсон омилисиз автоматлашган тарзда танлаш тизими жорий қилинади.

Бу йилги Инвестиция дастурида 1 минг 896 та лойиҳага 20,5 триллион сўм ажратилди.

Лекин, йилнинг ярми ўтган бўлса-да, 824 миллиард сўмлик 88 та лойиҳада қурилиш ишлари бошланмагани кўрсатиб ўтилди ва мутасаддиларга оқсоқликни бартараф этиш юзасидан топшириқ берилди.

Айниқса, 147 та шифохонани тиббий жиҳозлар билан таъминлаш, 80 та поликлиника ва 67 та шифохонада, 618 та мактаб ва 176 та боғчада қурилиш ишларини белгиланган муддатда якунига етказиш шартлиги ҳақида масъуллар қатъий огоҳлантирилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…
Подписаться на канал