🇱🇻 Payvandchilar Latviyaga ishga taklif etiladi!
Afzalliklari:
− ish haqi 1500 yevro (netto - soliqlar ushlangandan keyin));
− haftada 5 ish kuni;
− bepul yashash joyi;
− tibbiy sug‘urta;
− bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar.
Talablar:
📍18-45 yosh;
📍TIG, MIG/MAG payvandlash sertifikati;
📍kamida 4 yillik ish tajribasi;
📍chizmalarni o‘qish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
📍rus yoki ingliz tilini bilish;
📍jismonan sog‘lom bo‘lish;
📍viza va Latviyaga borish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash.
Ish tajribasi rasmiy bo‘lishi lozim!
Ushbu talablarga mos keluvchi fuqarolardan quyidagi havola orqali 5-iyul soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
❗️Suhbat vaqti va joyi bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Milliy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Senatda odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda erishilgan natijalardan kelib chiqib, odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar, Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari yuzasidan chora-tadbirlar rejasi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikdagi “2021-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha Mamlakat dasturi”ni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Sirdaryo viloyatidan 1953 ta dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oling
➤ Oqoltin tumanidan 102 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 167 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 114 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 485 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 305 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 189 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 307 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 262 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 22 ta (ko'rish)
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Guliston shahar yoshlar ishlari bo'limi: "Yuksalish" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Boyovut tumani yoshlar ishlari bo'limi: Bosh buxgalter;
▪️Sardoba tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Sardoba tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi boshlig'i.
❗️Arizalar 06.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Qurilish sohasida kasb-hunar egasi bo‘lishni istaysizmi?
Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi "Qurilish sohasidagi malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi"
15-iyuldan 11-oqim o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishini ma’lum qiladi.
Markazda bepul ta’lim berilishi bilan bir qatorda, tinglovchilar 3 mahal issiq ovqat, stipendiya va yotoq-joy bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, bitiruvchilar xohishiga ko‘ra xorijiy davlatga shartnoma asosida ishga yuboriladi. (Migratsiya tomonidan)
Darslar yo‘nalishiga qarab 3 oydan 4 oygacha davom etadi.
📍Manzil: Guliston shahar "Bog‘ishamol" mahallasi.
📍Mo‘ljal: Viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ro‘parasi.
📲 Murojat uchun: (99) 052-85-42
(99) 472-01-31
(99) 471-06-46
(97) 277-03-43
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligiga 32 yil toʻldi
Milliylikga yoʻgʻrilgan davlat timsoli. Oʻzbekiston Respublikasining davlat gerbi ana shunday yurtimiz, xalqimiz boyliklari, qadriyatlari, mustaqilligimiz ramzidir. Tom maʼnoda milliy gʻururimiz va iftixorimiz namunasidir.
Davlat gerbi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 616-XII-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Tomorqadan unumli foydalanish – oila daromadini oshirishga xizmat qiladi
Dehqonchilik qilib daromad olayotgan dehqon hamda fermerlarni ko‘p eshitganmiz. Bugungi kunda "Sayxunobod tajribasi" asosida mehnat qilib, mo‘may foyda olayotganlar ham talaygina.
Xususan, tumanning "Nurobod" mahallasida istiqomat qiluvchi Zafar Maxmudov 20 sotixl tomorqasidagi beda maydoni o'rnida, bulg'or qalampiri yetishtirib kelmoqda. Ayni paytda ekinlar hosilga kirib, hozirgacha 3000 kg mahsulot ichki bozorga chiqarildi.
Albatta, tomorqadan unumli foydalanish oila daromadini oshirishga xizmat qiladi. Zero, tomorqa rizq-ro‘z, arzonchilikni ta‘minlashning samarali yo‘lidir.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bandligi ta’minlanib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
"Diyor yangiliklari"|Slovakiya davlatida ishlash istagida bo‘lgan talabgorlar uchun ish beruvchi korxona vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat tashkillashtirildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#Kutilayotgan_loyihalar
Germaniyaga ketish uchun yangi loyihalarga start berilmoqda
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniya federal bandlik agentligi hamkorligida O‘zbekistonda quyida ko'rsatilgan soha mutaxassislari uchun nemis tilini o'qitish loyihalariga start berilishi rejalashtirilmoqda.
✔️Malakali mutaxassislar uchun (hunarmandchilik va qurilish sohalarida kamida 1 yillik tajriba va 2 yillik diplomga ega 20-40 yoshdagi fuqarolar);
✔️ Diplomga ega bo‘lmagan yoshlar uchun (18-30 yoshdagi fuqarolar hunarmandchilik va qurilish sohalarida Ausbildung tizimi orqali Germaniyada kasbiy taʼlim oladi).
Loyihalar joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, loyihalar doirasida bo‘lib o‘tadigan tanlovlarda ishtirok etish uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1352 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!
➤ Oqoltin tumanidan 91 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 202 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 74 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 132 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 89 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 63 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 95 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 93 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 54 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 384 tа (ko'rish)
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Aziz yoshlar!
“Sizlar O‘zbekiston tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan buyuk ishlarga qodirsizlar. Fursat borida otni qamchilang, dunyoga o‘z so‘zlaringizni aytinglar, izlanish va intilishdan aslo to‘xtamang, baxt va omad sizlarga doim yor bo‘lsin!”
Aziz yurtdoshlar!
Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish va bu borada aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida joriy yilning 1-iyul kunidan 1- avgust kuniga qadar "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari o‘tkaziladi.
Ushbu tadbirlarda faol ishtirok eting va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling!
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Boyovut tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva "Mikrokreditbank" ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Ikram Djumaniyazov bilan uchrashdi.
Unda hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish orqali ishsiz aholi, ayniqsa, xotin-qizlar, mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda "Mikrokreditbank" ATB o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, “Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tomonidan ajratiladigan subsidiyalar, ssudalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga hamkorlikda tushuntirish hamda tavsiyalar berish, kasanachilik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlar orqali hamkorlikda ma’lumot berib borishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi «Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida "Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi" va "Mikrokreditbank" ATB tasarrufida "Kasanachilar maktabi faoliyatini rivojlantirish markazi" tashkil etilgan.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube
#Bilasizmi
✅ Ishdan bo'shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog'liq bo'ladi va u:
🔹 3 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 50 foizidan;
🔹 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 75 foizidan;
🔹 5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 100 foizidan;
🔹 10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 150 foizidan;
🔹 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo'lishi mumkin emas.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Joylarda yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Sirdaryo tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan ish izlovchi o‘g‘il-qizlar ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilotlarga olib borildi.
Ishtirokchilar ish jarayoni, xodimlarga yaratilgan shart-sharoit va ularga qo‘yiladigan talablar bilan yaqindan tanishdilar.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi va talabgorlar bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Yoshlar bandligini ta‘minlash, ularni dehqonchilik orqali daromad olishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy yil boshida Oqoltin tumanida 800 nafar yoshlarga aholi punktiga yaqin eng serunum va suv taʼminoti yaxshi bo‘lgan maydonlardan 400 gektar yer ajratilgan edi.
Bugun ushbu yoshlar har bir qarich yerdan unumli foydalanishmoqda. Jumladan Bo‘ston mahallasi yoshlari 58 gektar maydonda qovun yetishtirib, uni eksportga yo‘naltirishni maqsad qilishgan.
– Mehnatimiz o‘z natijasini berib, ekkan qovunlarimiz hosilga kirdi. Demak, mehnat qilsak yaxshi daromad topamiz, ro‘zg‘orimizda kamu-ko‘st bo‘lmaydi. O‘zim va tengdoshlarim ham ishli bo‘lishdi, birgalikda ishlayapmiz. Bundan juda xursandmiz,– deydi Otabek Mamatisayev.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🏴Ayni kunlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassislari xizmat safari bilan Angliyada bo‘lib turibdi.
Mas'ullar ish beruvchi kompaniya vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Angliyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimizning ish jarayonlari hamda ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Bugun Herefordshire shahrida "Hops" ish beruvchi kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Angliyaga kelib ishlovchi nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, til o‘rgatish, nomzodlarni saralash jarayonlari xususida suhbatlashildi.
Muloqotda shuningdek, O‘zbekiston bilan mehnat sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, mamlakatimiz uchun ajratilgan bo‘sh ish o‘rinlari sonini oshirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlanib, kelgusida ayni yo‘nalishda birgalikda ishlashga kelishib olindi.
"Hops" kompaniyasi joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 2161 nafar hamyurtimizni Angliyada vaqtincha ish bilan ta'minlagan.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan biznes uchun 284 ta davlat mulkini ijaraga oling
➤ Oqoltin tumanidan 38 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 34 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 30 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 17 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 33 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 22 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 30 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 17 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 25 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 9 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 29 tа (ko'rish)
*Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
2 yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin bo‘lmagan taqdirda, o‘z arizasiga ko‘ra bajariladigan ishi uchun haq to‘lanadigan, biroq avvalgi ishi bo‘yicha o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar ish haqi to‘lanadigan boshqa ishga o‘tkaziladi.
Ish beruvchida boshqa ish mavjud bo‘lmagan taqdirda, 2 yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimga qonunchilikda belgilangan tartibda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.
👉batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Avstriyada har uchinchi ish beruvchi xodimlarni yollashda qiyinchiliklarga duch kelyapti
Avstriya barqaror iqtisodiyot va ixcham mehnat bozoriga ega bo‘lgan Yevropaning boy davlatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat hukumati sanoat, xizmat ko‘rsatish, bank, tibbiyot va boshqa sohalarni yanada rivojlantirish ustida ish olib bormoqda. Bu esa yangi bo‘sh ish o‘rinlari paydo bo‘lishiga zamin yaratmoqda. Biroq statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Avstriyada har uchinchi ish beruvchi xodimlarni yollashda qiyinchiliklarga duch kelyapti.
Avstriyada talab yuqori bo'lgan 10 ta kasb:
▪️Savdo vakillari;
▪️Haydovchilar;
▪️Menejerlar;
▪️Buxgalterlar;
▪️Texniklar;
▪️Suvoqchilar;
▪️Elektriklar;
▪️Shifokorlar;
▪️Restoran va mehmonxona biznesi mutaxassislari;
▪️Ishlab chiqarish operatorlari.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
Sirdaryoda 6 oyda 824 ta kiberjinoyat sodir etildi
Viloyatda joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida 824 ta yoki 2023 yilga (488 ta) nisbatan qariyb 2 baravar, 2022 yil bilan (271 ta) taqqoslaganda esa 4 baravar ko‘p kiberjinoyat sodir etilgan. Bu haqda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farrux O‘ktamjonovning qayd etishicha, aniqlangan jinoyatlarning eng ko‘pi internet orqali firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarga tegishli bank plastik kartalardan pul mablag‘larni talon-toroj qilish bilan bog‘liq.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining viloyat boshqarmasi: Mahallalarda drayverlarni aniqlash va tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga ko'maklashish sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Xovos tumani hokimiyati: Qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha bosh mutaxassis.
❗️Arizalar 04.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi: Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo'limi bosh mutaxassisi;
▪️Oqoltin tumani hokimligi: "Yangi Toshkent" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Sirdaryo tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Orzu" mahallasidagi yoshlar yetakchisi.
❗️Arizalar 05.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
2024-yil 1-iyuldan...
👉Xususiy bandlik agentliklariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan shaxslarga chet elda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatganlik uchun haq undirishga ruxsat beriladi.
Bunda:
▪️xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar tomonidan to‘lanadigan mablag‘lar tijorat banklarida ochilgan maxsus hisobvaraqda saqlanadi;
▪️maxsus hisobvaraqda saqlangan mablag‘lar xususiy bandlik agentligi tomonidan shartnoma majburiyatlari to‘liq bajarilganidan so‘ng xususiy bandlik agentligining asosiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
👉O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari uchun belgilangan pensiyani hisoblab chiqarish, voyaga yetmagan farzandlarining umumta’lim muassasalarida tahsil olishi bilan bog‘liq to‘lovlarni qoplab berish (umumta’lim muassasalari pulli bo‘lganda), shuningdek, ularga moddiy yordam ko‘rsatish va rag‘batlantirish tartibi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijdagi vakolatxonalari xodimlari va vakillariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Kadastr agentligining Хovos tumani bo'limi: Bosh inspektor.
❗️Arizalar 02.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
▪️▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Boyovut tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 3-hudud 2-uchastka (Sohil MFY, Beruniy MFY, Uchturgon MFY) mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;
▪️Mirzaobod tumani davlat soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;
▪️Oqoltin tumani davlat soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i.
❗️Arizalar 03.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги
—
Праздничное поздравление молодежи Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Elektrik, payvandchi, quruvchi, mehmonxona xodimi va boshqa soha egalarini bir nechta davlatlar ishga taklif etmoqda
🇰🇷JANUBIY KOREYA – kemasozlik korxonasiga oliy ma’lumotli payvandchi va elektrik hamda xizmat ko‘rsatish sohasi vakillarini (5800 nafar).
▪️yosh chegarasi - 24-46.
▪️talablar - koreys tilini bilish (til bilmaganlar o‘qitiladi), sohada 1 yillik ish staji.
▪️oylik maosh - 2000 - 2800 dollar.
🇧🇬BOLGARIYA – quruvchi hamda mehmonxona ishchilarini (80 nafar).
▪️yosh chegarasi - 20-46.
▪️talablar - rus tili bilish va sohada 3 yillik ish staji.
▪️oylik maosh - 1000 - 1400 yevro.
🇶🇦QATAR – aeroport hamda mehmonxona xodimlarini (1300 ta nafar).
▪️yosh chegarasi - 20-32.
▪️talablar - ingliz tilini bilish, sohada 1 yillik ish staji.
▪️oylik maosh - 1200 - 1800 dollar.
🇹🇷TURKIYA – qurilish sohasi mutaxassislarini (500 nafar).
▪️yosh chegarasi - 20-46.
▪️talablar - rus yoki turk tilini bilish, sohada 2 yillik ish staji.
▪️oylik maosh - 1000 - 1400 dollar.
🇷🇺ROSSIYA – ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillarini (500 nafar).
▪️yosh chegarasi - 20-46.
▪️talab - rus tilini bilish.
▪️oylik maosh - 1000 dollar.
Yuqoridagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
👉ro‘yxatdan o‘tish
Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha mamlakatimizda litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan Xususiy bandlik agentligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
☎️ Murojaat uchun telefon: 71-205-05-00
📍 Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Istiqbol ko‘chasi 36-uy.
📍Lokatsiya
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
"Yagona milliy mehnat tizimi"dan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda rasman ishlayotgan pensionerlar soni 582 613 nafarni tashkil etmoqda.
Shundan:
▪️Erkaklar – 234 792 nafar (40,3%);
▪️Ayollar – 347 821 nafar (59,7%).
Qaysi sektorda ko‘proq:
▪️Davlat tashkilotlarida – 247 606 nafar (42,5%);
▪️Xususiy sektorda – 335 007 nafar (57,5%).
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Yangiyer shahar davlat soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;
▪️Oqoltin tumani davlat soliq inspeksiyasi: Boshliq o'rinbosari-sho'ba boshlig'i;
▪️Xovos tumani davlat soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;
▪️Sardoba tumani yoshlar ishlari bo'limi (ichki tanlov): Bo'lim boshlig'i.
❗️Arizalar 01.07.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv