Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashda yordam bergan shaxslar mukofotlanadi
2024-yil yakunigacha “E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.
Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlashda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash maqsadida quyidagi amaliyotlar joriy etiladi:
🔹davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berish;
🔹Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holatlar, ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#Prezident_Farmoni_ijroda
Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligida tuman va shaharlar hokimlari o‘rinbosarlari, hokim yordamchilari, mahalla raislari va boshqa mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Dastlab, Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi 59-sonli Farmoni mazmun-mohiyati va “xorijda.ish” platformasi haqida tushuncha berildi.
Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish, ularning ro‘yxatini shakllantirish va tayyorlov manbalariga yo‘naltirish, hujjatlarini “Onlayn mahalla” elektron platformasiga yuklash zarurligi alohida taʼkidlandi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
120 mln soʻmlik ipoteka krediti olish istagini bildirganlarni roʻyxatga olish boshlandi.
“Onlayn mahalla” elektron platformasida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarning roʻyxatini yuritish moduli ochib berildi.
Mazkur ipoteka kreditlari 120 million so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun ajratiladi.
Ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun — ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun — kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari “mahalla yettiligi” bilan birgalikda Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun kredit olgan fuqarolarning muntazam daromad olish imkonini beradigan faoliyat turlari bilan band boʻlishlarini ta'minlaydi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#Bilasizmi
✅ Qonunchilikka ko'ra, 2026-yil 1-yanvargacha tomorqa yer egalari bilan kooperasiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga omborxonalarni jihozlash, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so'mdan ortiq bo'lmagan hajmda subsidiya berilishi belgilangan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi hunarmandchillik va kasanachillikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorga ham, kasanachi sifatida mehnat qilayotgan fuqarolarga ham bir qator imtiyozlar belgilangan.
Xovos tumanida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ko‘magi bilan 7 ta tadbirkorlik sub’ekti tikuvchilik, gilamchilik yo‘nalishida kasanachilik faoliyatini boshladi.
Talabgorlarga jamg‘arma hisobidan jami 246 million 160 ming so‘m mablag‘ ajratilib, 40 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi ta’minlandi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan salohiyatli yosh kadrlar "Yoshlar oyligi" doirasida Samarqandda uchrashdi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
🇩🇪 Хотите работать медсестрой в Германии и ежемесячно зарабатывать в пределах 30 миллионов сум?
Тогда это предложение именно для вас!
Специалисты в возрасте от 18 до 39 лет, имеющие диплом колледжа или техникума в области медицины: лечения и акушерства, могут поехать в Германию для трудоустройства.
Будут оплачены обучение, виза, авиабилеты и другие расходы.
📹 Подробнее в видео.
👉 Регистрация
▪️Видеоурок по получению OneID
▪️Видео инструкция по регистрации
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin va bu xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi bilan tuziladigan alohida muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Avvalgi ish joyida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda to‘xtatib turiladi. Xodimga xizmat safari muddati tugashi bilan uni xizmat safariga yuborgan ish beruvchida avvalgi ishi (lavozimi) taqdim etiladi.
👉Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Xorijiy tillar va kasblarni oʻrganishni istaysizmi?
Xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida chet tillari va kasblarga oʻqitish kurslari tashkil etilgan.
Monomarkazda santexnik, elektrik, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash, avtoservis xizmat koʻrsatish, payvandlash ishlari ustasi, oshpaz, qandolatchi, zargar, tikuvchi, sartarosh, kosmetolog, issiqxona boʻyicha mutaxassis kabi bugungi kunda serdaromad boʻlgan kasb-hunarlarga oʻrgatilmoqda.
Mazkur yo'nalishlarda puxta o‘rganib, hunarli bo‘lishni istagan fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.
➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir ko‘chasi 49-uy
📞 Telefon: 67 236-44-22, 97 909-71-17
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qatnashgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi.
Ayni kunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Karimov Ziyadulla Danabayevich tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Ziyadulla Karimov 1979 yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan.2001 yilda O‘zbekiston milliy universiteti, 2007 yilda Toshkent moliya instituti va 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan Biznes uchun 286 ta Davlat mulkini ijaraga oling!
➤ Oqoltin tumanidan 40 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 33 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 31 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 17 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 33 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 24 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 27 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 22 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 24 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 9 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 26 tа (ko'rish)
*Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida Chimboy tumani “Temir jol” guzarida istiqomat qilayotgan hunarmand Azamat Turekeev xonadonida bo‘ldi.
Tadbirkor 21 yildan buyon o‘tov yasash bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda 30 nafar fuqaroni doimiy ish bilan band qilgan. Tayyorlagan mahsulotlari Respublikamizning barcha hududlarida xaridorgir.
Hunarmand vazir bilan muloqotda faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini ochish istagida ekanligini ma’lum qilib, ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan texnikalar xaridi uchun amaliy yordam so‘radi.
Azamat Turekeev Nukusda yoshlarga oʻtov yasash sir-asrorlarini oʻrgatish, xorijlik sayyohlarga koʻrgazmali vositalar yordamida bu jarayonni tushuntirib berishni maqsad qilgani, ammo bunga davlatning koʻmagi kerakligini aytdi. Amaliy yordam koʻrsatiladigan boʻldi.
Asbob-uskunalar sotib olish uchun vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2 mlrd so‘m, Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan esa 250 mln so‘m subsidiya beriladi. Natijada kasanachilik asosida yana 100 ta ish o‘rni yaratiladi. Bu shuncha oila doimiy daromadga ega boʻldi, degani.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.
Xususan, farmon bilan belgilangan adliya vazirligining qo‘shimcha 4 ta yangi faoliyat yo‘nalishlari, adliya bo‘limlariga yuklatilgan 6 ta yangi vazifalar, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etishda adliya organlarining roli haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Eʼlon!
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniya ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor "Mehnat yarmarkasi" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qayerda?
Toshkent shahridagi „Ishga marhamat“ monomarkazida.
Qachon?
📍2024-yil 19-iyun soat 9:00 dan 17:00 gacha;
📍2024-yil 20-iyun soat 9:00 dan 12:00 gacha.
Kimlar uchun?
📍18 yoshdan 40 yoshgacha;
📍nemis tilidan kamida B1 xalqaro til sertifikatiga ega;
📍kasbiy malaka diplomiga ega (texnikum, kollej yoki oliy ta’lim bakalavr diplomi);
📍1 yillik kasbiy tajriba.
Qaysi kasb turlari?
- elektrik;
- payvandchi;
- duradgor;
- avtochilangar;
- mehmonxona;
- restoran;
- IT;
- qishloq xo‘jaligi;
- hamshira;
- parvarishlash.
Qatnashuvchilar ro‘yxatdan o‘tishi uchun tez orada alohida link beriladi.
Eslatma!
Tarjimai holni nemis tilida yozishingiz, barcha ma'lumotlarni to'liq kiritish, ayniqsa, egallagan kasb bo'yicha tajriba haqida batafsil yozish va qo'shimcha hujjatlar bilan ro'yxatdan o'tish uchun tayyor turish tavsiya etiladi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Kimlar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi?
▪️homilador, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
▪️zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;
▪️davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishga kirayotgan bitiruvchilar;
▪️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
▪️o‘zi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
▪️18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
▪️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;
▪️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar.
👉Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar nechta?
Sirdaryo viloyatida 2024- yilning 1- may holatiga jami 319 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha shakllandi:
• Guliston shahri – 74 ta
• Guliston tumani – 49 ta
• Mirzaobod tumani – 39 ta
• Boyovut tumani – 54 ta
• Yangiyer shahri – 24 ta
• Sirdaryo tumani – 23 ta
• Oqoltin tumani– 10 ta
• Sayxunobod tumani – 14 ta
• Shirin shahri – 13 ta
• Xovos tumani – 13 ta
• Sardoba tumani – 6 ta
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan Biznes uchun 286 ta Davlat mulkini ijaraga oling!
➤ Oqoltin tumanidan 40 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 33 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 31 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 17 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 33 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 24 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 27 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 22 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 24 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 9 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 26 tа (ko'rish)
*Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi (ichki tanlov): Atrof-muhit monitoringi, iqlim o'zgarishi va cho'llanishga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i;
▪️Guliston shahar oila va xotin-qizlar bo'limi: "Sayqal" mahallasidagi хotin-qizlar faoli.
❗️Arizalar 16.06.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Fransiya ham Germaniyada bo‘lgani singari bir qator sohalarda xodimlar tanqisligiga duch kelmoqda
Fransiyada yashash va doimiy ishga ega bo'lish dunyoning turli burchaklaridan kelgan minglab xorijliklar orzusi hisoblanadi. Parijda va boshqa yirik shaharlarda ish topish uchun ko‘p hollarda fransuz tilini bilish va etarli malakaga ega bo‘lish muhimdir.
Ushbu davlat bandlik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga talab yuqoriroq. Bugungi kunda Fransiya mehnat bozorida malakali kadrlarga ehtiyoj juda katta.
Fransiyada talab yuqori bo‘lgan kasblar ro‘yxati:
▪️Muhandis (turli yo‘nalishlar);
▪️ Marketing menejeri;
▪️Qassob;
▪️ Mashina operatori;
▪️ Duradgor;
▪️ Dasturchi (turli yo‘nalishlar);
▪️ Qishloq xo‘jaligi xodimi;
▪️ Quruvchi (turli yo‘nalishlar);
▪️ Ijtimoiy ishchi;
▪️ Turizm bo‘yicha mutaxassis.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Quyidagi chet ellik fuqarolar yuqori malakali mutaxassislar deb e’tirof etiladi:
▪️O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadigan, xalqaro miqyosda tan olingan tashkilotlar reytingidagi top 1 000 talikka kiruvchi oliy ta’lim muassasalarini bitirganlar;
▪️talab qilingan mutaxassislik yoki diplomidagi mutaxassislik bo‘yicha kamida besh yillik ish tajribasiga ega bo‘lganlar;
▪️O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatiga jalb etish shartlarida yiliga oltmish ming AQSH dollari ekvivalentidagi summadan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi (mukofot puli) olishi nazarda tutilganlar.
Asos: Aholi bandligi to'g'risidagi Qonun.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
❗️СИЗЛАРДАН НИМА НАЖОТ ЭКАНИНИ ТУШУНМАЙМАН...
Бугун журналистиканинг олтин қоидалари унутилаётгандек. Мен мана шу соҳада олти йил таълим олган, ўн саккиз йил меҳнат стажига эга бўлган инсон сифатида – жамиятга тарқатаётган ахборотим ёлғон, ўз исботини топмаган, кимларнингдир “деди-деди”сига асосланишини асло қабул қилолмайман. Уялиб қолишдан қўрқаман, жавобгарлиги-ку алоҳида мавзу!
Аммо, соҳамизда шундай касаллик авж олди: оммани ўзига қаратиш, ижтимоий тармоқлардаги каналларига обуначиларни йиғиш ва бўлар-бўлмас, исботланмаган, кимларнингдир шаънига бўҳтонлар ёғдирилган, қўпол бўлсаям айтайин, челаклаб ахлат тўкиб, беркинибгина ўтириб ундан мазза қиладиганлар жамоаси пайдо бўлди.
Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги Матбуот хизматида иш бошлаганимга уч ярим ой бўлди. Шароитлар яхши, энг асосийси, муҳит яхши. Худдики, олдиндан шу жамоада ишлаб келгандек ўзимни ҳис қилдим ва вазирлик ходимларини яқиндан таниб олиш, ҳамкорликда ишлаш мен учун қулай бўлди. Яйраб ишлаш керак, деган хулосага келдим.
Хўш, энди очиқ айтадиган бўлсам, телеграмда канал очиб, ҳеч қандай талабларга жавоб бермаса-да ўзини “ОАВ” сифатида кўрадиган айрим “сариқ” каналларнинг ҳар ҳафта “йўқлаб” туриши одамнинг асабига тега бошлади. Сизларни ўқитган устозлар айтишмаганми, фактларни текширинг, тарқатаётган ахборотингиз ишончли бўлсин, ёлғон маълумот бўлиб кимнингдир обрўсига путур етказиб қўйманг, туҳмат хабарлар бўлмасин, уни тарқатманг, демаганми?
Менинг кўзим журналистикада бугун очилгани йўқ. Танқидни жуда яхши кўраман, албатта, у асосли бўлса! Ҳаттоки, ўзим ишлаб турган тизим бўлса-да, камчиликларини қўрқмасдан ёритаман, амалиётимда кўп бўлган. Олдинги ишлаган жойимдаги раҳбарларим ҳам буни яхши билади. Тилим озгина ёмонроқми, ёки журналистлигим тутиб қоладими, билмайман соҳадаги камчиликларни раҳбарим бўлсада юзига айтиб қўяқоламан. Мана ҳозир ҳам менга иш берувчи вазир бўладиган бўлса, уларгаям айтганман, “тизимдаги камчиликларни Матбуот хизмати сифатида ўзимиз кўтариб чиқамиз” деб.
Энг қизиғи, вазир Марказий аппаратда бўладими, вилоят бошқармаси ёки туман бўлимлари бўладими, Матбуот хизматининг ҳуқуқи бор, жойига чиқиб ўрганинглар, камчиликлар бўлса бемалол ижтимоий тармоқларимизга чиқаринглар, мен шу йўлнинг тарафдориман, деб топшириқ берган. Уни қилишга бироз вақт тополмай турибман, лекин албатта қиламан.
Сизлар юқорида айтганимдек, кимларнингдир ғийбатига ишониб ҳафтасига икки маротаба “йўқлайсизлар”. Ўша “инсайдерларингиз” қачондир вазирликда “ишлаган” ва ўз аравасини ўзи тортолмаслиги ортидан ишдан бўшатилган ёки бўшашини ўзиям билиб турган шахслар.
Бир атрофга қаранглар, зўр мутахассис қадрланади. Агар қандайдир характерида қусури бўлса ҳам ўз ишининг устасими, мен аниқ айтаман, ҳар қандай раҳбар уни жамоасида олиб қолишга уринади. Ишини эплай олмаган, аравасини торта олмагани “ҳамкорингиз”га айланади. Қизиқда, ҳуқуқлари бузилган бўлса, судга берсин, Сизлардан нима нажот эканини тушунмайман.
Ҳар қандай чиқарган хабарларингга ҳайрон қоламанда, маълумотни текшириб кўрмасангиз, у қип-қизил туҳмат, иғво, бўҳтон аралаш ёлғон бўлса, устига-устак тизим раҳбарининг расми билан оммага олиб чиқишга уялмайсизларми?
Гапнинг қисқаси, Сизларга ким ёлғон маълумотлар ташлаб тургани бизга аён, тарқатилаётган маълумотларнинг ёлғонлигини-ку вазирлик ходимлари билади. Аммо шу ёлғон маълумотлар билан жамиятни алдашга уринаётганингиз ачинарли.
Хуллас, биз ҳаммага очиқмиз, жавобсиз саволнинг ўзи йўқ. Вазирлик сайтида телефонларимиз, электрон почтамиз ҳаммаси ёзилган. Сўранглар, балки, биз билмаган қандайдир қонун бузилиш ҳолатлари бордир. Ундай бўлса биргалашиб жар соламиз.
Жамолиддин Қаландаров,
Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири матбуот котиби – ахборот сиёсати масалалари бўйича маслаҳатчиси
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube
⛔️#norasmiy_bandlik
Agar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlasangiz:
👉Mehnat stajingiz bo‘lmaydi va pensiya ololmaysiz;
👉Ish beruvchi sizni istalgan payt ishdan bo‘shatishi yoki oylik maoshingizni bermasligi mumkin;
👉Noqulay mehnat sharoitlariga duch kelasiz;
👉Bola parvarishi, homiladorlik, tibbiy va mehnat taʼtili pullaridan mahrum bo‘lasiz;
👉Uy, mashina yoki boshqa ehtiyojlar uchun kredit ololmaysiz;
👉O‘zgaruvchan oylik maoshi;
👉Mehnat ta'tilisiz faoliyat;
👉Karyeraning o‘smasligi.
Shunday ekan norasmiy mehnatga rozi bo‘lmang!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Koreya Respublikasi o‘zbekistonliklar uchun yangi sohalarda ish taklif qilmoqda
Batafsil
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Turizm sohasining rivojlanishi yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin yaratmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Guliston tumani hokimligi: "Oltin vodiy" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Oqoltin tumani davlat soliq inspeksiyasi: Boshliq o'rinbosari-sho'ba boshlig'i;
▪️Xovos tumani hokimligi: Qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Xovos tumani hokimligi: Ijro intizomi nazorati bo'limi bosh mutaxassisi.
❗️Arizalar 09.06.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi viloyat boshqarmasi: Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda so'rov xatlari bilan ishlash sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining viloyat boshqarmasi: Mahallalarda drayverlarni aniqlash va tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga ko'maklashish sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi: Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo'yicha bosh mutaxassis.
❗️Arizalar 08.06.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Xabar berganimizdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev xizmat safari bilan Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turibdi.
Navbatdagi manzil – qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan Chimboy tumani.
Tumanda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish borasidagi ishlar "Tazg‘ara" mahallasi misolida tahlil qilindi. Mahalladagi Ahmed Smetov hokim yordamchisi ko‘magida 2 ta motokultivator sotib olib, o‘z tomorqasida dehqonchilik, bog‘dorchlik va asalarichilikni yo‘lga qo‘ygan mirishkorlardan.
Vazir ushbu xonadonda bo‘lib Ahmed Smetov bilan suhbat qurdi. Xonadon sohibi tomorqasidan unumli foydalanib, daromadi ortganini, o‘zi va yaqinlarini ish bilan ta’minlayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Mirishkorning motokultivorlar sonini yanada ko‘paytirish bo‘yicha qilgan murojaati shu joyning o‘zida qanoatlantirilib, vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lizingga ushbu texnikani xarid qilish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.
"Tazg‘ara" mahallasida xorijda vaqtincha ishlab qaytgan yoshlarning bandligini ta'minlash hamda daromadini oshirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayni maqsadda chetda ishlab kelgan 12 nafar mahalla yoshlari uchun 7,5 gektar yer ajratilib xorijga bormasdan shu yerning o‘zida ishli va daromadli qilishga ko‘maklashilmoqda.
Vazir bu yerda mehnat qilayotgan yoshlar bilan samimiy muloqot qildi, taklif va muammolariga quloq tutdi. Ularga ham vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lizingga qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘ladigan mini-texnika, asbob-uskunalar hamda intensiv bogʻ uchun ko‘chatlar olib beriladigan bo‘ldi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube
🇸🇰 Haydovchimisiz? Slovakiyada ish bor
Rus tilini yaxshi biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.
▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;
▪️haftada 5 kun ish, (3 ta smena);
▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.
Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.
ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
Yuqoridagi talablar sizga mos kelsa va xorijda ishlash istagida bo‘lsangiz quyidagi havola orqali 6-iyun soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev ayni paytda xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.
Hududda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.
Aytish kerakki, 2024-yilda Qoraqalpog‘istonda 120 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 4 oyi davomida belgilangan ko‘rsatkichdan yuqori, ya’ni 36 mingta (rejada 25 ming) ish o‘rni ochildi.
Vazir tashrif davomida Nukus shahridagi quyosh panellarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Nukuselectroapparat” zavodi faoliyati bilan tanishdi, bu yerda ishlayotgan xodimlar bilan suhbat qurib, ular uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekistonda yagona bo‘lgan mazkur korxona eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, to‘liq quvvat bilan ish boshlagach 170 dan ortiq doimiy ish o‘rinlari yaratiladi.
Korxona vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, yangi ish o‘rinlarini ochish masalalari muhoma qilindi. Zavod o‘z faoliyatini yanada kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratadigan bo‘lsa vazirlik tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi alohida qayd etildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Sirdaryo viloyatidan 34 ta Davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling!
➤ Oqoltin tumanidan 2 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 2 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 2 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 5 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 7 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 4 tа (ko'rish)
e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali shaffof auksion va tanlovlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning!
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv