svbandlik | Неотсортированное

Telegram-канал svbandlik - Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2090

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Подписаться на канал

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari aniqlanadi, tahlil qilinadi va bartaraf etiladi

“Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-80-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi

🔰Farmonga ko'ra, quyidagilar adliya organlarining qo'shimcha faoliyat yo'nalishlari etib belgilandi:

🔹aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo'yicha amaliy choralar ko'rib borish;

🔹joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;

🔹fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish va muvofiqlashtirib borish;

🔹davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko'rsatib borish.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида туризмни янада ривожлантириш бўйича устувор масалалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ва соҳадаги тадбиркорлар билан мулоқот бошланди.

Давлатимиз раҳбари ҳозирги мураккаб геосиёсий ва иқтисодий вазиятда туризм каби янги иш ўрни яратадиган, инвестиция ва экспортни кўпайтирадиган соҳаларни қўллаб-қувватлаш зарурлигини таъкидлади.

Мамлакатимиз туризм соҳасида ана шундай ишга солинмаган салоҳият борлиги, куни-кеча Ислом ҳамкорлик ташкилоти Туризм кенгашига раислик қилиш ваколати Ўзбекистонга ўтгани ҳам катта имконият экани кўрсатиб ўтилди.

Шу муносабат билан мутасаддилар ва ҳокимлар соҳадаги тадбиркорларни ўйлантираётган муаммоларни, фикр ва таклифларини ўрганиши, улар билан бамаслаҳат иш тутиши муҳимлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Ishsiz aholi bandligini ta’minlashda kichik biznesning ham munosib o‘rni bor.

Navbatdagi press-turda OAV vakillari ayni shu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

O’zbekiston – Qatar: ikki davlat mehnat munosabatlari sohasida ham hamkorlik qiladi

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi:

falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarining mualliflariga — 3 oygacha;

fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun — 6 oygacha.

Ilmiy daraja olishga da’vogarlarga, shuningdek darsliklarning yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarining mualliflariga navbatdagi yillik mehnat ta’tillari ular ijodiy ta’tillardan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.

👉Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

2022-yil 1-yanvardan
boshlab har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi taʼsis etilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

Telegram|Veb sayt|Facebook|tadbirkorliknirivojlantiri6598">YouTube|Instagram|

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

O‘zbekistonliklar kelgusida Qatarga ham borib ishlashi mumkin

Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Qatar davlat Mehnat vaziri Janob Ali bin Samih al-Marri boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Asosiy e’tibor, O‘zbekistondan Qatarga ishchi kuchini jalb etish, ularni tayyorlash va uyushgan tarzda yuborish masalalariga qaratildi.

👉Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

❗️Bir muddat ishlab bir yillik ish stajiga ega bo‘ling

Ipakchilikda mavsumiy ish o‘rinlari bor

Ha, shunday. Prezidentimizning 12.01.2018-yildagi “Respublikada ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3472-son qaroriga asosan ipakchilik tarmog‘idagilarning mavsumiy ishlari bir yillik ish sifatida hisobga olinadi. Hozir ayni ipakchilikda ish qaynagan bir davr.

Shu kunlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Buxoro viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Buxoro tumanida joylashgan va ipakchilikka ixtisoslashgan "Silk Service" korxonasi faoliyati, ishchilarga yaratilgan sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.

Bugungi kunda ushbu jamiyatga 8054 nafar kasanachi jalb qilingan bo‘lib, o‘tgan yili birgina shu tumanda 225 tonna ipak qurti tayyorlangan bo‘lsa bu yilgi hosil 259 tonnani tashkil qilmoqda.

Vazir Buxoro tumanidagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan ham uchrashdi.

Muloqotda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2024-yil 1-iyundan...

👉xorijga vaqtincha ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizning imtihon, viza hamda yo‘l chiptasi xarajatlari qoplab beriladi.

👉xorijdan qaytgan yurtdoshlarimizni ishga olgan tadbirkorlarga subsidiya to‘lanadi.

👉chetdan qaytgan yurtdoshlarimiz hamda ularning oila a’zolari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

👉xorijda vaqtincha ishlash uchun ketayotgan ayrim fuqarolarning sog‘lig‘i va hayotini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta tashkilotlariga har bir fuqaro uchun yiliga bir marta subsidiya to‘lanadi.

👉xorijda mehnat qilish davrida murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga advokatning, yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining ko‘rsatgan xizmatlari uchun davlat tomonidan haq to‘lanadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Yarmarkada 24 nafar fuqaro doimiy hamda 16 nafar talabgor haq to‘lanadigan jamoat ishlariga qabul qilindi

Sayxunobod tumani Istirohat bog‘ida tumanidagi 16 ta davlat tashkilotlari hamda 10 ta yirik tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Unda qatnashchilarga 850 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Batafsil

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Xodim mehnat shartnomasida belgilangan sanadan e’tiboran mehnat vazifalarini bajarishga kirishishi shart.

Agar mehnat shartnomasida ish boshlanadigan kun belgilanmagan bo‘lsa, xodim shartnoma kuchga kirgan kundan keyingi ish kunida ishga kirishishi kerak.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva xizmat safari bilan Malayziya davlatida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Malayziya Demokratiya va iqtisodiy tadqiqotlar instituti rahbari, Strategik va xalqaro tadqiqotlar instituti raisi hamda Malayziya Bosh vaziri departamentining Kambagʼallikni qisqartirish dasturini muvofiqlashtirish boʼlinmasi bosh direktori bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, Malayziyaning ayni yo‘nalish boʻyicha ishlab chiqilgan “Madani” dasturi bilan tanishildi.

Shuningdek, uchrashuvda kambagʻallikni qisqartirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish, bu boradagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Keyingi manzil Germaniya…

Germaniyaga vaqtincha ishlash istagida ketayotgan 23 nafar hamyurtimizni kuzatish jarayonini vazirligimizning instagram sahifasi orqali jonli efirda tomosha qildingiz.

Mutaxassislarimizning ushbu davlat klinikalarida faoliyat olib borishi uchun dastlab 2600 yevro oylik ish haqi to‘lanishi belgilangan.

Hamyurtlarimiz nafaqat yuqori daromadli ish, qolaversa Germaniya tibbiyotidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganib qaytish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#OAV_biz_haqimizda

"Tafsilot"|Guliston "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyatiga nazar

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sirdaryo viloyatidan 2706 ta dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oling

➤ Oqoltin tumanidan 345 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 404 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 128 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 598 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 342 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 297 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 331 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 239 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 22 ta (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2024-yilda eng ko‘p talab qilinayotgan onlayn kasblar

Bugungi kunda dunyodagi 16 foiz kompaniyalar butunlay masofadan turib ishlaydi. Shu bilan birga, ushbu formatni afzal ko‘rgan xodimlar soni ham ortib bormoqda. Aksariyat ish izlovchilar mansab va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatga erishish, har kuni idoragacha ketadigan vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun masofaviy kasblarni tanlamoqda. Onlayn ishlayotgan xodimlarning 77 foizi uyda ishlash orqali samarali natijalarga erishayotganini bildirgan.

▪️Ma’lumotlar tahlilchisi

Ayni paytda aniq ma’lumotlar ko‘plab sohalarda, jumladan, bank, moliya, trening, marketing, konsalting va savdolarda qo‘llaniladi. Tahlilchi ma’lumotlarni to‘playdi, qayta ishlaydi va ularni izohlaydi. Bu soha egalari uchun kompyuter va internet kerak xolos, masofadan turib bemalol ishlashi mumkin.

▪️SMM mutaxassisi

SMM bu Social Media Marketing yoki ijtimoiy media marketing. Ushbu soha mutaxassislarining vazifalari ma’lum darajada marketologlarnikiga o‘xshaydi, faqat SMM menejerlari ko‘proq ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat olib boradi.

▪️Dizayner

Soha bir necha yo‘nalishlarga ega. Bular UX dizayneri (user experience) veb-saytlar va ilovalar qulayligiga mas’ul hisoblanadi, UI dizayneri (user interface) veb-saytlarning tashqi ko‘rinishi, tovar yoki xizmatlarning vizual tasvirlarini yaratadi. Bu vazifalarning bir qismini neyron tarmoqlar bajarishi mumkinligiga qaramay, 2023-yilda dizayn bo‘yicha mutaxassislarga talab 1,7 barobar oshdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 2980 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi!

➤ Oqoltin tumanidan 445 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 410 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 317 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 104 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 402 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 496 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 102 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 429 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 2 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 271 ta (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 2 ta (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Baxtsiz hodisaga uchragan yoki betob bo‘lib qolgan migrantlarga qanday yordam ko‘rsatiladi?

Ushbu masalada O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikdagi “Migrantlar” loyihasida so‘z yuritiladi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Сирдарёда “Эко-фестиваль” старт олди

5 июнь — Жаҳон атроф-муҳитни муҳофаза қилиш куни муносабати билан ўтказилаётган мазкур фестиваль Гулистон шаҳридаги марказий истироҳат боғида “Биз чиқиндиларга қаршимиз” плоггинг Эко-мусобақаси билан бошланди.

Тадбирнинг очилиш маросимда вилоят ҳокими Акмалжон Махмудалиев, Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири ўринбосари Жусипбек Казбеков, Ўзбекистон футбол ассоциацияси вице-президенти Одил Ахмедов, Ўзбекистон миллий медиа ассоциацияси раҳбари Шерзодхон Қудратхўжаев ва ассоциация таркибига кирувчи ОАВ вакиллари, журналист ҳамда блогерлар иштирок этмоқда.

Фестиваль дастуридан “Гастрономик фестиваль”, инфо-тур, Чавандозлар мактабининг отчопар майдонида от устида кураш, арқон тортиш, тош кўтариш, мерганлик, чиллик каби этноспорт ўйинлари, “Х-фактор” лойиҳаси резидентлари иштирокида гала-концерт, ҳунармандчилик ва ёш рассомлар кўргазмаси ўрин олган.

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Shirin shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Davlat mehnat huquq inspektori;

▪️Xovos tumani kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Davlat mehnat huquq inspektori.

❗️Arizalar 05.06.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Mirzaobod tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Dehqonobod" mahallasida yoshlar yetakchisi;

▪️Mirzaobod tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Nurafshon" mahallasida yoshlar yetakchisi;

▪️Sayxunobod tumani hokimligi: Qishloq va suv хo'jaligi bo'yicha bosh mutaхassis.

❗️Arizalar 06.06.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Statistika boshqarmasi: Turmush darajasi statistikasi va uy хo'jaliklari kuzatuvlari bo'limi boshlig'i o'rinbosari;

▪️Statistika boshqarmasi: Хizmatlar sohasi statistikasi bo'limi bosh mutaxassisi;

▪️Guliston shahar hokimligi: Bosh buхgalter;

▪️Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xovos tumani bo'linmasi: Bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 04.06.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

15 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLALAR ISHLASHI MUMKIN BO'LGAN SOHALAR QAYSILAR?

“Madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnat munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi hukumat qarorida 15 yoshga to'lmagan bolalar ishlashi mumkin bo'lgan sohalar ro'yxati ko'rsatilgan.

Unda 219 ta “yengil turdagi” madaniy-tomosha tashkilotlari, televideniye, radioeshittirish muassasalari va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar hamda asarlarni yaratish, shuningdek, ijro etishda ishtirok etuvchi kasb va lavozimlar qayd etilgan.

❗️Mazkur ro'yxatda ko'rsatilgan ishlar, kasblar, lavozimlarga 15 yoshga to'lmagan shaxslarni ishga qabul qilishda ularning sog'lig'iga va ma'naviy kamol topishiga ziyon yetkazmasligi, ta'lim va kasbiy tayyorgarligi va qonunchilikda belgilangan boshqa talablarga rioya etilishi lozim.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Opa-singillarimizni ish bilan ta'minlayotgan TOP-10 korxona

Xotin-qizlarni ishli qilish va turmushini yaxshilash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ish beruvchilar ham bunga alohida e'tibor qaratmoqda.

Avval eng ko‘p ish beruvchi korxonalar o‘ntaligini e'lon qilgan edik. Endi esa "Opa-singillarimizni ish bilan ta'minlayotgan TOP-10 korxona" bilan tanishtiramiz.

* Ushbu korxonalar xususiy sektorga taalluqli bo‘lib, ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ham ilg‘orlardan sanaladi. Shu bois ularga alohida minnatdorlik bildiramiz!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Statistika boshqarmasi: Turmush darajasi statistikasi va uy хo'jaliklari kuzatuvlari bo'limi boshlig'i o'rinbosari;

▪️Statistika boshqarmasi: Хizmatlar sohasi statistikasi bo'limi bosh mutaxassisi;

▪️Guliston shahar hokimligi: Bosh buхgalter;

▪️Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xovos tumani bo'linmasi: Bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 04.06.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Ekspert_qabulxonasi

⚡️Xizmat safariga shaxsiy avtotransportda borish mumkinmi? Bunday holatda yo'l xarajatlari to'lab beriladimi?

◽️ Ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o'qituvchisi Muhammadamin Karimjonov ushbu savolga javob berdi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Tadbirkorlik qilish uchun bino kerakmi? e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan 214 ta ko'chmas mulk binolarni sotib oling va o'z biznesingizni boshlang!

➤ Oqoltin tumanidan 20 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 17 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 28 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 10 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 12 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 15 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 21 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 21 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 48 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 2 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 14 tа (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Guliston tumani davlat soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;

▪️Guliston tumani oila va xotin-qizlar bo'limi: "Zarbdor" mahallasidagi хotin-qizlar faoli;

▪️Oqoltin tumani davlat soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;

▪️Sayxunobod tumani davlat soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i.

❗️Arizalar 03.06.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Slovakiyadagi avtomobil zavodida ishlash uchun 16-20-may kunlari ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar diqqatiga!

Bugun – 30-may kuni soat 16:10 dan 21:10 ga qadar rus tilidan onlayn test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun nomzodlarning anketada ko‘rsatilgan telefon raqamiga hamda platformadagi shaxsiy kabinetiga havola yuboriladi.

❗️20 ta test uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. Testning kamida 11 tasini to‘g‘ri yechgan nomzodlar keyingi bosqichda ish beruvchi bilan suhbatga jalb qilinadi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Hurmatli fuqarolar!

Bugun Slovakiya Respublikasida avtomobilsozlik sohasida ishlash maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun rus tili bo‘yicha onlayn test o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Xorijda.ish platformasi belgilangan yuklamani ko‘tara olmaganligi sababli test ishlash imkoniyati texnik muammolar bartaraf etilgunga qadar bir muddat to‘xtatib turiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy telegram kanalida qo‘shimcha maʼlumot beriladi. Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#jarayon

Guliston shahar “Ishga marhamat” monomarkazida yangi guruh tinglovchilariga "Oshpazlik" yoʻnalishi boʻyicha darslar qizgʻin davom etmoqda.

Tinglovchilar mohir ustozlaridan puxta bilim olib, mazkur yoʻnalishning eng nozik jihatlarini ham sinchkovlik bilan oʻrganishmoqda.

Bitiruvchilar oʻquv-kursini muvaffaqiyatli tamomlagach, oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatga ega boʻlishadi.

Eslatib oʻtamiz, monomarkazda santexnik, elektrik, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, alyuminiy va pdastik profillari bilan ishlash, avtoservis xizmat koʻrsatish, payvandlash ishlari ustasi, zargar, tikuvchi, sartarosh, kosmetolog, issiqxona boʻyicha mutaxassisi kasblarni hamda  ingliz, yapon, turk, rus, nemis, koreys tillarini oʻrganish boʻyicha kurslar mavjud.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir koʻchasi 49-uy
📞 Telefon: +99867 236-44-22  97-909-71-17

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…
Подписаться на канал