Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Sayxunobod tumani hokimligi: "Guliston" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Sayxunobod tumani hokimligi: Bosh buxgalter;
▪️Sirdaryo tumani yoshlar ishlari bo'limi: Bosh buxgalter;
▪️Xovos tumani hokimligi: Bosh yuriskonsult.
❗️Arizalar 18.04.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#mehnat_huquqi
Homilador va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ayol hamda bolaning hayoti, shuningdek, sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.
Mehnat kodeksi 396-modda
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
Agrobank o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun o‘z xizmatlarini taklif qiladi
Ushbu xizmatlardan foydalanib, bugundanoq shaxsiy biznesingizni boshlab, daromad olishni boshlang.
Kredit berish shartlari
Mikroqarz ajratiladigan subyekt: Muomala layoqatiga ega, oxirgi 2 (ikki) oy davomida rasmiy daromadga ega bo‘lmagan, o‘zini o‘zi band qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs)
Kredit miqdori: Onlayn tarzda skoring tahlili natijasiga ko‘ra 5 000 000 (besh million) so‘mgacha
Kredit foiz stavkasi: yillik 25%
Kredit muddati: 12 oy muddatga (muddatini uzaytirish huquqisiz)
Batafsil
#hisobot
Joriy yilning o‘tgan 3 oyida tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari yo‘llanmasi bilan 35 ming 300 nafar ishsizlar mehnat bozori talablaridan kelib chiqib, kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi (2023-yil 3 oyda 34 ming 900).
Ma’lumot uchun, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufida 53 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlari, 639 ta mahalla maskanlari, 34 ta "Ishga marhamat" monomarkazlari va filiallari bo‘lib, monomarkazlarda 75 xil, kasb-hunarga o‘qitish markazlarida esa 45 xil yo‘nalishlarda tahsil olish mumkin.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
"Sayxunobod tajribasi": Boyovut tumanida aholi bandligini ta’minlashda yerdan unumli foydalanish
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Xovos tumanida xizmat ko'rsatish sohasida yana bir yirik korxona ish boshladi
"Coca Cola" brendi ostida ish boshlagan ushbu korxona salqin ichimliklarni saqlash va yetkazib berish bilan shug'ullanadi.
Korxonada 50 nafarga yaqin fuqarolar doimiy ish bilan ta'minlangan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Asakabank o‘zini o‘zi band qilganlar uchun qulay shartlardagi mikroqarzlarni taklif etmoqda
Ushbu mikroqarzlardan foydalanib, bugundanoq shaxsiy biznesingizni boshlab, daromad olishni boshlang.
"Biznesga birinchi qadam 1.0" mikroqarz shartlari:
Miqdori-5 mln so‘mgacha
Muddati-12 oygacha
Foizi-24% dan boshlanadi
"Biznesga birinchi qadam 2.0" mikroqarz shartlari:
Miqdori-17 mln so‘mgacha
Muddati: 13-36 oygacha
Foizi-22%
Ushbu mikroqarz:
O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga;
"Asakabank" AJ biriktirilgan MFYlarda istiqomat qiluvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga ajratiladi.
Murojaat uchun: 1152
Batafsil ma’lumot
E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan Biznes uchun 280 ta Davlat mulkini ijaraga oling!
➤ Oqoltin tumanidan 39 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 32 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 26 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 17 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 33 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 20 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 27 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 23 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 32 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 4 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 27 tа (ko'rish)
*Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#Mehnat_kodeksi
Ish haqi qisman saqlanadigan ta’til
Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida xodimga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berish imkoniyati nazarda tutilishi va bunday ta’tilning kalendar yil davomidagi eng ko‘p davomiyligi belgilanishi mumkin.
Xodimga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berish va uning davomiyligi to‘g‘risidagi masala har bir muayyan holda mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra hal etiladi. Xodimning unga bunday ta’til berilishiga roziligi ish beruvchiga yozma ariza berish orqali bildiriladi.
Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida ish beruvchi xodimning iltimosiga ko‘ra unga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berishi shart bo‘lgan hollar nazarda tutilishi mumkin.
Xodimning qisman saqlanadigan ish haqining miqdori va har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilni qo‘shish yoki qo‘shmaslik to‘g‘risidagi masala jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida belgilanadi. Bunda xodimning saqlanib qoladigan ish haqi miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas. Agar xodim ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilda bo‘lgan davrida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilgan bo‘lsa, ushbu oshirilishni hisobga olgan holda xodimga tegishli ish haqi miqdori qayta hisob-kitob qilinishi kerak.
➡️ BATAFSIL
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
⚡️Ajoyib yangilik! Xorijga ishlash uchun ketayotganlarning imtihon, viza hamda yo‘l chiptasi xarajatlari qoplab beriladi.
Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram
Mirzaobod tumani "Yangi O‘zbekiston" mahallasida joylashgan ijtimoiy ob’yektlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularga munosib shart-sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, mazkur muhim masala "ORGHID" tikuv fabrikasi mas’ullarining diqqat e’tiborida. Ish beruvchilar va mutasaddilar hududda kambag‘allikni qisqartirish, aholini daromadli ish bilan ta’minlash doirasida doimiy hamkorlikda.
Bugun viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Keldibekovna fabrikada faol mehnat qilayotgan 50 nafar xotin-qizga ulug‘ ayyom - Ramazon hayiti munosabati bilan sovg‘alar ulashdi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Mirzaobod tumani bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Xovos tumani hokimligi: Ijro intizomi nazorati bo'limi bosh mutaxassisi.
❗️Arizalar 13.04.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlashni taqiqlash
Dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Umuman tashkilotning yoki uning alohida tarkibiy bo‘linmalarining, yakka tartibdagi tadbirkorning keyinchalik normal ishlashi oldindan kutilmagan qaysi ishlarning shoshilinch bajarilishiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha ishlarni bajarish zarur bo‘lgan taqdirda xodimlarni dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb etish ularning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi.
Umuman tashkilotning yoki uning alohida tarkibiy bo‘linmalarining keyinchalik normal ishlashi oldindan kutilmagan qaysi ishlarning shoshilinch bajarilishiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha ishlarning ro‘yxati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan, yakka tartibdagi tadbirkor ish beruvchi bo‘lib ish yuritilayotgan hollarida esa mehnat shartnomasida belgilanadi.
Ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlab chiqarish-texnik sharoitlarga ko‘ra (uzluksiz ishlaydigan tashkilotlar) to‘xtatib turish imkoni bo‘lmagan ishlarni (xizmatlarni), aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati yuzaga keltiradigan ishlarni, shuningdek kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
➡️ BATAFSIL
Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotganlar uchun yangi qulayliklar.
Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram
#Eslatma
⚡️Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?
◽️Prezident Farmoniga ko'ra, Ramozon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olish kuni belgilangan.
Bular:
10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
11-aprel, payshanba — barcha uchun qo'shimcha dam olish kuni;
12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo'shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko'chirilgan dam olish kuni;
13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;
14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.
❗️Farmonda 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo'shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo'shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan ko'chirilgan dam olish kuni hisoblanadi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
O‘z biznesingizni boshlash imkoniyati: Yangiyer shahri hokimligi zaxirasidagi yerlarga issiqxona quring
Barqaror daromad keltiradigan va jamiyat uchun foydali bo‘lgan o‘z biznesingizga ega bo‘lishni orzu qilasizmi?
Unda siz Yangiyer shahrida tadbirkor bo‘lish uchun noyob imkoniyatga egasiz! Shahar hokimligi o‘z balansidagi bo‘sh yer maydonlarini issiqxona qurish uchun sizning ixtiyoringizga berishga tayyor.
Issiqxona qurish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasachi, deysizmi?
Havotir olmang! "Har bir oila tadbirkor" davlat dasturi doirasida siz o‘z biznes g‘oyangizni amalga oshirish uchun kredit mablag‘larini olishingiz mumkin. Bu o‘z biznesini ochishni orzu qilgan, ammo moliyaviy cheklovlarga duch kelganlar uchun ajoyib imkoniyatdir.
Yer uchastkalarini olish tartibi, shuningdek, kredit olish shartlari va talablari haqida ko‘proq malumotga ega bo‘lish uchun maxsus tashkil etilgan telegram botiga hoziroq murojaat qiling!
Murojaat uchun: @issiqxonabot
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#Bilasizmi
🔰 Qonunchilikka ko'ra, pilla yetishtirish bilan bog'liq quyidagi ishlarda to'liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o'tishi belgilangan:
➖ tut urug'i tayyorlash;
➖ tut nihollari va tut ko'chatlari yetishtirish;
➖ tut ipak qurti urug'larini inkubatoriyalarda jonlantirish;
➖ tut ipak qurti parvarishlash;
➖ tirik va quruq pillani saralash;
➖ tirik pillani quritish;
➖ pillani qo'l kuchi yordamida tashish;
➖ pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);
➖ urug'chilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;
➖ tut ipak qurti urug'larini mikrotahlildan o'tkazish;
➖ tut ipak qurti urug'lariga ishlov berish;
➖ tut ipak qurti urug'larini qishlash davridagi ishlar;
➖ tut ipak qurti urug'larini qadoqlash va yorliqlash.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Prezidentimiz tashrifi bizga o'rnak bo'ldi
Tomorqadan samarali foydalanib, oilasi farovonligini ta'minlayotgan xovoslik Ergash aka Qahhorov o'z tajribasini qo'shnilariga ham o'rgatmoqda.
Shuningdek, Davlatimiz rahbarining Sayxunobod tumaniga tashriflaridan so'ng mahallada tomorqaga bo'lgan munosabat butkul o'zgargan. Tomorqa egalari bedalarini buzib o'rniga sabzavotlar ekmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Diyor Yangiliklari| "Hokim va yoshlar" uchrashuvi: bandlik masalasi har bir rahbar e'tiborida
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#kelajak_kasblari
Yaqin 30 yilda bizni qanday kasblar kutmoqda?
EKOLOGIYA SOHASI...
Kelajakda transport sohasida asosiy urg'u xavfsizlik, ekologik tozalik va logistikadagi sunʼiy intellektga qaratiladi. Shahar transporti haydovchilari “aqlli” yo‘llarning ko‘rsatmalari asosida eng qisqa marshrutni topishlari va kamdan-kam uchraydigan tirbandliklar vaqtida havoda uchib o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
1.Yangi transport turlarini loyihalashtiruvchi - suv, havo va quruqlikda zamonaviy transport vositalarini ishlab chiqadigan hamda ularga xizmat ko‘rsatadigan mutaxassis. U matematik, fizikaviy va kompyuter modellashtirishdan foydalangan holda yangi usullar va dizaynini yaratadi. Uchuvchisiz transport vositalari sohasidagi yurist - uchuvchisiz transport vositalarini ishlatish, ishlab chiqarish, sotib olish, ijaraga berish va sug‘urtalashda huquqiy yordam ko‘rsatadigan mutaxassis.
2. Kross logistika operatori - temir yo‘l va boshqa transport tarmoqlaridagi yukni hisobga olgan holda optimal yo‘nalishni belgilovchi mutaxassis. U yetkazib berish jarayonini nazorat qiladi va zarur paytda barcha mavjud transport imkoniyatlarini ulash orqali yo‘nalishni sozlashi mumkin.
3.Moslashuvchan taʼminot zanjiri menejeri - Ushbu xodim doimiy ravishda yangi materiallar, butlovchi qismlar manbalarini qidiradi va taʼminot zanjirlarini qisqa fursatlarda moslashtiradi.
Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Yangiyer shahar "Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi:
— 2-hudud 2-uchastka (Binokor MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;
— 4-hudud 2-uchastka (Navro'zobod MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim.
❗️Arizalar 16.04.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ IHMA Sirdaryo viloyati boshqarmasi — 67-225-44-12
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
⚡️Sayxunobod tajribasi Guliston tumanida amalda
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan “Sayxunobod tajribasi” asosida tomorqa orqali aholini daromadli qilish bo‘yicha berilgan topshiriqlari Guliston tumanida ham amalda oshirilmoqda.
Mutasaddi tashkilot hamda mahalla yettiligi tomonidan tumandagi har bir xonadonga issiqxonadan foydalanish va aholini o'zini-o'zi band qilgan holda daromad topishga o'rgatish ishlari boshlab yuborilgan.
Shuningdek, ularga o'zlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, tadbirkorligini yo'lga qo'yish maqsadida 5 million so'mdan 100 million so'mgacha imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.
Albatta bunday imtiyozlarning barchasi aholini chetga chiqmasdan o'z tomorqasidan unumli foydalanish va oila daromadini oshirishga xizmat qiladi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#Bu_qiziq
O‘zini o‘zi band qilib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolarga banklarda “Biznesga birinchi qadam” loyihasi asosida yangi turdagi kreditlar ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga sharh.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#Mehnat_huquqi
O‘z huquqingizni himoya qiling, norasmiy bandlikka rozi bo‘lmang!
Ko‘pchilik norasmiy ishlashni daromadli deb o‘ylaydi ammo unday emas!
Hurmatli xodim, kelajagingiz haqida o‘ylang — mehnat shartnomasi tuzishni talab qiling.
“Shoxruh Demirbek” qurilish korxonasi Guliston shahrining bir nechta manzilida amalga oshirilayotgan ko‘pqavatli binolar qurilishiga beton yotqizuvchi, payvandchi, g‘isht teruvchi, santexnik, suvoqchi, tom yopuvchi, montajchi, duradgor, xaydovchi kabi ishlarga 200 ga yaqin talabgorlarni ishga qabul qiladi.
Ishchilar maxsus kiyim, himoya vositalari va yotoq joy hamda uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi.
Ish haqi 2 million so'mdan boshlanib, ish unumdorligiga mos ravishda oshib boradi.
Qulay sharoitlarda ishlash istagida bo‘lganlar +998903127178 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
💥Bugun 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!
Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan.
Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Sayxunobod tajribasi Guliston tumanida qanday o'zgarishlarni olib keldi?
Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatimizga qilgan tashrifida tomorqa orqali aholini daromadli qilish bo‘yicha “Sayxunobod tajribasi” yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda yuqoridagi tashabbus viloyatimiz bo'ylab keng ommalashib bormoqda.
Xususan, Guliston tumanida har bir xonadonlarga issiqxona va aholini o'zini-o'zi band qilgan holda daromadga o'rgatilish ishlari boshlab yuborildi. Ularga 5 million so'mdan imtiyozli kreditlar ajratilib, tayyor tovuqxonalar bilan tuxumga kirgan 20 ta tovuqlar olib berilmoqda.
Bundan tashqari mahallalarda issiqxonalar va chorvachilikni rivojlantirish maqsadida "Har bir oila tadbirkor" dasturi asosida 3 yildan 7 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.
Albatta, bunday imtiyozlarning barchasi aholini o'z tomorqasidan unumli foydalanib, oila daromadini oshirishga xizmat qiladi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
“Tomorqa qo‘shimcha daromad manbai"
Tomorqasidagi har bir qarich yerni qadrlaydigan kim, degan savolga hech ikkilanmay Sirdaryo tumani Farovon mahallasida yashovchi Muzaffar Atayevni aytish mumkin.
U bugungi kunda yashab turgan xonadonida 9 sotix issiqxona tashkil etib, pomidor, bodring va bulg‘or qalampiri yetishtirib kelmoqda.
Muzaffar Atayev 2014 yilda 2 sotixli issiqxona quradi va pomidor yetishtiradi. Kichik issiqxonadan mo‘maygina daromadga ega bo‘lganni uni tomorqasidagi issiqxonalarni ko‘paytirishga undaydi. 2023 yilda hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra, imtiyozli bank krediti hisobidan yana issiqxona barpo etadi.
— Issiqxonamizda har yili yetishtirgan mahsulotlardan 100 million so‘mdan ziyod daromad topamiz. Daromadimiz ortidan Damas rusumli mashinasi sotib oldik, unda mahsulotlarni bozorga yetkazamiz. Bundan tashqari chorvachilik, parrandachilik bilan ham shug‘ullanib kelyapmiz,— deydi Muzaffar Atayev.
⚡️ Tavallud kun: Hurmatli, Pardaboyev Obidjon Avalovich!
Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi Sizni 8-aprel – shukrona kuningiz bilan samimiy muborakbod etadi. Siz hozirgi kunda Sardoba tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida o‘zingizni samimiy, bilimli, intizomli, o‘z kasbiga fidoyi va rahbarlik salohiyatiga ega kadr sifatida namoyon qilmoqdasiz.
Sizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, ishlaringizga rivoj, oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik hamda fayz-baraka tilaymiz, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv