svbandlik | Неотсортированное

Telegram-канал svbandlik - Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2090

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Подписаться на канал

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sirdaryo viloyatidan 880 ta dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oling

➤ Oqoltin tumanidan 110 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 140 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 29 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 121 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 121 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 182 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 95 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 82 ta (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Kasb-hunar o‘rganib, mehnat faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufidagi Guliston “Ishga marhamat” monomarkaziga taklif etamiz. Siz monomarkazda santexnik, elektrik, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash, avtoservis xizmat koʻrsatish, payvandlash ishlari ustasi, oshpaz, qandolatchi, zargar, tikuvchi, sartarosh, kosmetolog, issiqxona va axborot texnologiyalar boʻyicha mutaxassisi kabi hamda ingliz, yaapon, nemis, koreys, rus tillarini o‘rgatishga mo‘ljallangan – jami 28 ta yo‘nalishlarda kasb-hunar o‘rganishingiz mumkin.

E’tiborli jihati, yo‘llanma asosida kelgan talabgorlar mutlaqo bepul bilim o‘rganishadi va uzoqdan keluvchilar uchun yotoqxona mavjud.

Guliston shahar Xondamir ko‘chasi 49-uy.

Telefon: +99867 236-44-22

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sayxunobod tajribasi qanday joriy qilinyapti? Kun.uz lavhasi shu haqida

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Agrobank o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun o‘z xizmatlarini taklif qiladi

Ushbu xizmatlardan foydalanib, bugundanoq shaxsiy biznesingizni boshlab, daromad olishni boshlang.

Kredit berish shartlari

Mikroqarz ajratiladigan subyekt: Muomala layoqatiga ega, oxirgi 2 (ikki) oy davomida rasmiy daromadga ega bo‘lmagan, o‘zini o‘zi band qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs)

Kredit miqdori: Onlayn tarzda skoring tahlili natijasiga ko‘ra 5 000 000 (besh million) so‘mgacha

Kredit foiz stavkasi: yillik 25%

Kredit muddati: 12 oy muddatga (muddatini uzaytirish huquqisiz)

Batafsil

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Nogironligi bo‘lganlarni ishga olganlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Sevimli telekanalining "Zamon" informasion dasturida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlab kelayotgan sirdaryolik tadbirkorlar faoliyati namoyish etildi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

“Yangi Sirdaryo” gazetasining 8 aprel kungi 14-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda

Ushbu sonda:
➖Viloyat kengashining sessiyasi;
➖“Kinokarvon” loyihasi – Sirdaryoda;
➖Sayxunobod tajribasi tahsinga sazovor;
➖Tomorqachilik madaniyatini yuksaltirish uchun;
➖Ma’rifat olamiga da’vat etib;
➖Hamisha haqiqat uchun kurashdim;
➖Hayo va ibo qizlarimiz ziynati;
➖Ovozi jarangdor, xonishi yoqimli;
➖Ibrat maktabining ibratli rahbari;
➖Mehr-muruvvat va saxovat ayyomi;
➖“Ramazon aytib keldik...”;
➖“Vatan”dan vatanparvarlikni o‘rganaylik;
➖Sirdaryolik musavvirning “Temurnoma”si.

Gazetaning to‘liq elektron versiyasini shu yerda o‘qish mumkin.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Tomorqadan unumli foydalanish - oila daromadini oshirishga xizmat qiladi

Bugungi kunda har bir qarich yerdan halol mehnat qilib yil sayin daromadi oshib borayotgan sirdaryoliklarning safi kengaymoqda. Xususan, tomorqadan unumli foydalanib, yuqori daromad olib kelayotgan Zarshunos mahallasida istiqomat qiluvchi Bahtiyor Rahmonberdiyev tomorqasidan 4 sotix issiqxona tashkil etib ,har qarich yerdan samarali foydalanib kelmoqda.

—Issiqxonadan yiliga 3 marta hosil olamiz. Dastlab pomidor ekamiz, keyin bodring so'ngra ko'kat yetishtiramiz va yiliga 30-35 million so'm daromad qilamiz, — deydi Bahtiyor Rahmonberdiyev

Albatta, tomorqadan unumli foydalanish oila daromadini oshirishga xizmat qiladi. Zero, tomorqa rizq-ro‘z, arzonchilikni ta‘minlashning samarali yo‘lidir.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

☄️Xorijdan qaytgan yurtdoshlarimizni ishga oluvchi korxonalar uchun muhim yangilik!

2024 yil 1-iyundan boshlab xorijda ishlab qaytgan shaxslarni ishga olgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so‘mdan subsidiya to‘lanadi.

Xorijda ishlab qaytgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mehnat shartomasi subsidiya to‘lash uchun asos bo‘lib hisoblanadi.

❗️Subsidiya budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga to‘lanmaydi.

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

👮‍♂️ Bo'sh ish o'rni izlayapsizmi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan butun respublika bo‘ylab davlat muassasalari, vazirliklar, tizim tashkilotlari va hokimliklarda 20 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylash bo‘yicha doimiy ravishda ochiq tanlov e’lon qilib boradi.

Arizalar Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali vacancy.argos.uz orqali topshiriladi.

🇺🇿 Sirdaryo viloyati bo‘yicha

🇺🇿 Guliston shahrida

🇺🇿 Yangiyer shahrida

🇺🇿 Shirin shahrida

🇺🇿 Boyovut tumanida

🇺🇿 Guliston tumanida

🇺🇿 Oqoltin tumanida

🇺🇿 Mirzaobod tumanida

🇺🇿 Sardoba tumanida

🇺🇿 Sayxunobod tumanida

🇺🇿 Sirdaryo tumanida

🇺🇿 Xovos tumanida

⚠️ Bunda ushbu vakant lavozimlar uchun tanlovlarda test sinovi o‘tkazilmaydi.

🎬 Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil videoda tanishishingiz mumkin.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Sport boshqarmasi: Aхborot-tahlil va ijro intizomi sho'basi yetakchi mutaxassisi;

▪️Guliston shahar hokimligi: Devonxona bosh mutaxassisi;

▪️Mirzaobod tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Do'ngariq" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Sayxunobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i;

▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sirdaryo tumani bo'limi: Bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 09.04.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Yarmarka

Sayxunobod tumani "Shodlik" mahallasi xududidagi dehqon bozorida "kichik biznes uchun asbob-uskunalar yarmarkasi" bo'lib o'tdi.

Yarmarkada tuman hokimligi, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo'limi, tuman savdo sanoat palatasi, Agrobank, Xalqbank, Asaka bank, hamda Mikro kiridit bank mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tumandagi 19 ta mahalladan 1000 ga yaqin tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolar ishtirok etdi. Fuqarolar tomonidan o'zlarini qiziqtirgan kichik biznes uchun ishlab chiqarilgan asbob-uskunalarning turli xili bilan tanishish, yangi biznes aloqalar o‘rnatish va hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘lishdi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Bu_qiziq

O‘zini o‘zi band qilib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolarga banklarda “Biznesga birinchi qadam” loyihasi asosida yangi turdagi kreditlar ajratiladi.

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

«Yangi Sirdaryo» gazetasining 2024-yil 25-mart kungi 12-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda

Batafsil o'qing

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Guliston shahar iqtisodiyot va moliya bo'limi (ichki tanlov): Bo'lim boshlig'i o'rinbosari - sho'ba boshlig'i;

▪️Guliston tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Tajribakor" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Sardoba tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Rovot" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Sardoba tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi (ichki tanlov): Bo'lim boshlig'i o'rinbosari - sho'ba boshlig'i;

▪️Sirdaryo tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi: Tizim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 30.03.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Ayrim toifadagi xodimlar ish vaqti rejimining o‘ziga xos xususiyatlari

Ayrim toifadagi xodimlar (o‘rindoshlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarda yollanib ishlaydigan shaxslar, uy ishchilari va masofadan turib ishlaydigan xodimlar, shuningdek vaxta usulida ishlaydigan shaxslar va boshqalar) ish vaqti rejimining o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning VI bo‘limida belgilangan.

Transport, aloqa xodimlarining, qutqaruvchilarning, shaxsiy kompyuterlarda, videodispley terminallarida, tashkiliy texnikada ishlaydigan shaxslarning va ishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning ish vaqti rejimi qonunchilikda, shuningdek sanitariya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda belgilanadi.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

⚡️Мигрантларга "ишчи виза" расмийлаштириш, йўл чиптасини харид қилиш учун компенсация берилади

‼️Шартлар билан видеода батафсил танишишингиз мумкин

РАСМИЙ АХБОРОТ ХИЗМАТИ
🕊Telegram | 🌐web-Site
🕊RU |📱Instagram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Matonat sohibi Po'latjon Norqulov

Bugungi kunda Guliston tumanida istiqomat qiluvchi, baxtsiz hodisa oqibatida ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan yuksak matonat sohibi Po‘latjon aka Norqulov o‘z mehnati bilan jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan hamyurtlarimizdan.

Davlatimiz tomonidan, xususan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlarga qaramasdan, o‘zining mehnati bilan barchaga xizmat ko‘rsatib kelayotgan haqiqiy jasoratli insonlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xalqimizda ish bilgan gap bilmas deganlaridek suhbat davomida o‘zining kamtarinligi bilan deyarli gapira olmagan bo‘lsada, hayotiy hikoyalari haqida qisqacha so‘zlab berdi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

☄️Xorijdan qaytgan yurtdoshlarimizga kreditlar ajratiladi

Prezident Farmoniga asosan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borib vatanga qaytgan fuqarolarga tadbirkorlik qilish, shuningdek, tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi uchun "Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash" kompleks dasturi va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlariga muvofiq kreditlar ajratiladi.

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram |

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Murakkab vaziyatga tushib qolgan xorijdagi yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan haq to‘lanadi

2024-yil 1-iyundan boshlab, xorijda mehnat qilish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga duchor bo‘lgan va kamsitilgan, mehnat hamda boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablag‘siz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatning, yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlari uchun davlat tomonidan belgilangan tartibda haq to‘lanadi.

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram |

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Xorijdan qaytgan yurtdoshlarimiz hamda ularning oila a’zolari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

2024-yil 1-iyundan boshlab xorijda ishlab qaytgan shaxslar hamda ularning oila a’zolari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Ijtimoiy ahamiyatli kasallikka chalingan shaxslarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatiga muvofiq bepul tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram |

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Xorijda vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz uchun mobil ilova yaratiladi

2025-yil 1-iyulga qadar O‘zbekistondan tashqariga chiquvchi va davlat hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi elektron ma'lumotlar bazasi yaratiladi.

Shuningdek, xorijda vaqtincha ishlovchilar uchun bo‘lib turgan mamlakatlari va u yerdagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma'lumotlarni joylashtirish, vatandoshlar bilan onlayn muloqot qilish va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan bog‘lanish imkonini beruvchi mobil ilova yaratiladi.

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram |

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Mehnat_kodeksi

Xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzish

Xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun ish beruvchining buyrug‘i bilan xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuziladi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi).

Komissiya kamida uch nafar a’zodan iborat bo‘lishi kerak, ularning bir nafari komissiyaning raisi bo‘ladi. Komissiya tarkibiga tashkilotda mavjud bo‘lgan taqdirda kasaba uyushmasi qo‘mitasining a’zosi kiradi. Komissiya raisi komissiya ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. Uning o‘tkazilayotgan xizmat tekshiruvi doirasidagi qonuniy talablari komissiya a’zolari tomonidan bajarilishi majburiydir. Komissiya raisi xizmat tekshiruvini tashkil etish, tayyorlash va o‘tkazish sifati, uning natijalari, xulosalari va takliflarining xolisligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.

➡️ BATAFSIL

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

☄️ Uzoq kutilgan yangilik! Muammo yechiladigan bo‘ldi

2024-yil 1-sentabrga qadar
xorijda vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimizga yordam ko‘rsatish uchun tunu kun ishlaydigan Call-markaz tashkil etiladi.

Chet eldan chiquvchi abonentlar uchun Call-markazga qo‘ng‘iroqlarni bepul amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Asakabank o‘zini o‘zi band qilganlar uchun qulay shartlardagi mikroqarzlarni taklif etmoqda

Ushbu mikroqarzlardan foydalanib, bugundanoq shaxsiy biznesingizni boshlab, daromad olishni boshlang.

"Biznesga birinchi qadam 1.0" mikroqarz shartlari:
Miqdori-5 mln so‘mgacha
Muddati-12 oygacha
Foizi-24% dan boshlanadi

"Biznesga birinchi qadam 2.0" mikroqarz shartlari:
Miqdori-17 mln so‘mgacha
Muddati: 13-36 oygacha
Foizi-22%

Ushbu mikroqarz:

O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga;
"Asakabank" AJ biriktirilgan MFYlarda istiqomat qiluvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga ajratiladi.

Murojaat uchun: 1152
Batafsil ma’lumot

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun MKBANK'dan yaxshi imkoniyat

Endilikda siz o‘z tomorqangizda yoki xonadoningizda tadbirkorlik faoliyatingizni boshlab, qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishingiz mumkin.

Kredit shartlari:
- Miqdori - 15 mln. so‘mgacha
- Muddati - 48 oygacha
- Foizi - 22-24%

Ushbu kredit o‘z-o‘zini band qilgan jismoniy shaxslarga va «Mikrokreditbank» ATBga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan bank mijozlariga beriladi.

Batafsil ma'lumot

📞 Aloqa markazi: 1285

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan qancha shaxs rasmiy ish bilan band?

Ular ko‘proq davlat tashkilotlaridami yoki xususiy sektorda?

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇨🇦 Qo‘lingizda hunaringiz bormi, til bilasizmi?
Unda kech qolmang!

Kanada texnik va xizmat ko'rsatish sohasida 30 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha ishga taklif etmoqda.

🟢Kanadaga 5 000 ta bo‘sh ish o‘rniga taklif haqida xabar bergan edik. Kecha qurilish yo‘nalishida, (1 000) bugun texnik va xizmat ko‘rsatish sohalariga 4 000 ta ish o‘rni uchun e’lon joylayapmiz.

1. Texnik soha (yo‘nalishlari)
2. Xizmat ko‘rsatish (yo‘nalishlari)

1. 👉Ro'yxatdan o'tish
2. 👉Ro'yxatdan o'tish

Talablar va zarur hujjatlar

1. 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi
2. ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilishi
3. qurilish kasb-taʼlimi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplom
4. xorijiy pasport nusxasi

💵 Ish haqi: soatiga 12,5 $ dan 30 $ gacha.

❗️Talablarga mos kelmaydigan fuqarolarning nomzodi ko‘rib chiqilmaydi.
Har bir nomzodning maʼlumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan o‘tkaziladi.

Ro'yxatga olish 31.03.2024-yil soat 18-00 gacha davom etadi.

📞Murojaat uchun: 71 202-33-55, 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

“Til bilganga 1 000 dollar”

Siz chet tilini biladigan hamshiramisiz? Saudiya Arabistoni klinikalari Sizni kutmoqda!

Nomzodlar uchun talablar:
- hamshiralik bo'yicha diplom;
- tibbiyot yo'nalishida kamida 2-yillik tajriba;
- ingliz tilini bilish;
- jismonan va ruhan sog‘lom;
- 22-35 yosh;
- sudlanmagan.

Nomzodlar malaka testidan o'tishi kerak bo'ladi.

🟢Ish haqi 1 000 $ dan boshlanadi.
🟢Ovqatlanish va yotoqxona ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

⚠️ Ro'yxatga olish 30.03.2024-yil soat 18-00 gacha davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

➡️Xorijiy tillarni o'rganish istagida boʼlgan barcha fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.

🈯️ (🇬🇧Ingliz tili,🇯🇵Yapon tili, 🇩🇪Nems tili,🇰🇷Koreys tili,🇷🇺Rus tili)

DIQQAT! P.S. Aholining xorijiy tillarni o'rganish imkoniyatini oshirish maqsadida kurslar arzon narxlarda joriy qilingan.

BUNDAN TASHQARI

✅ Siz xorijiy tillarni o'rganib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali xorijda qonuniy ishga borish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir koʼchasi 49-uy
📞 Telefon: +99867 236-44-22 +998 99 721-50-24

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Oqoltin tumani bo'limi: Bosh mutaxassis;

▪️Sayxunobod tumani hokimligi: Tashkiliy-kadrlar guruhi yetakchi mutaxassisi.

❗️Arizalar 29.03.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.