svbandlik | Неотсортированное

Telegram-канал svbandlik - Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2090

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Подписаться на канал

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Javob: O'zbekiston Respublikasi Menat kodeksiga muvofiq, o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy ta’tillar, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha mehnat ta’tillari asosiy ish joyidagi yillik mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.

Agar o‘rindoshlik asosidagi xodim birinchi ish yilida olti oydan kam ishlagan bo‘lsa, yillik mehnat ta’tili uchun ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq to‘lanadi.

Birinchi ish yilida olti oy ishlagan o‘rindoshlarning yillik mehnat ta’tiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun yillik mehnat ta’tiliga o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.

Asosiy ish joyi bo‘yicha yillik mehnat ta’tilining davomiyligi o‘rindoshlik asosidagi ishdagi mehnat ta’tilining davomiyligidan ko‘p bo‘lgan hollarda, ish beruvchi o‘rindoshning iltimosiga ko‘ra unga o‘rindoshlik asosidagi ishdagi yillik mehnat ta’tilidan tashqari asosiy ishidagi yillik mehnat ta’tili va o‘rindoshlik asosidagi ishning yillik mehnat ta’tili davomiyligi o‘rtasidagi farqni tashkil etuvchi kunlarga ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham berishi shart.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Kanada 5 000 bo‘sh o‘rni taklif etmoqda!

Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda.

Dastlab qurilish sohasida:
− duradgor;
− payvandchi;
− elektrik;
− santexnik;
− betonchi;
− oynachi;
− tom yopuvchi;
− pol qoplamalarini yotqizish bo‘yicha yordamchi;
− o‘rmon xo‘jaligi va boshqalar.

Talablar va zarur hujjatlar:

- 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi
- Ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilishi
- Qurilish kasb-ta’limi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplom
- Xorijga chiqish pasporti

💵 Ish haqi: soatiga 12,5 $ dan 30 $ gacha.

👉Ro‘yxatdan o‘tish: https://labormigration.uz/vacancy?vacancy_id=636

Talablarga mos kelmaydigan fuqarolarning nomzodi ko‘rib chiqilmaydi.

Har bir nomzod ma’lumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan o‘tkaziladi.
71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

Kanalga ulanish:
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

💥Yerga g‘amxo‘rlik: 25-mart kuni elektr energiyasini bir soatga o‘chiring!

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda 25-mart — “Yer soati” kuni munosabati bilan maxsus aksiya o‘tkaziladi.

Shu kuni sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi.

Hurmatli vatandoshlar! Sizni ushbu aksiyada ishtirok etishga va atigi 60 daqiqaga elektrni o'chirishga taklif qilamiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan Biznes uchun 279 ta Davlat mulkini ijaraga oling!

➤ Oqoltin tumanidan 36 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 36 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 28 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 16 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 33 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 19 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 29 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 24 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 28 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 4 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 26 tа (ko'rish)

*Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Bugun mehnat daftarchasidan ko'chirma olish juda qulay!

Qanday qilib deysizmi?

My.gov mobil ilovasi orqali bu tez va oson.


▶️ Batafsil videoda

iOS
Android

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Azaliy qadriyatlarimiz, Sharqona urf-odatlarimiz mujassam bo‘lgan "Mahalla" tushunchasi butun dunyoni xayratga solib kelgan. Keyingi yillarda mahalla tizimini yanada takomillashtirib, tizim jonkuyarlariga yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar jamiyatdagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish imkonini bermoqda.

22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni. Sana munosabati bilan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi jamoasi mahallalarda faoliyat olib borib, el koriga yarayotgan, yurt ravnaqiga hissa qo‘shayotgan mahalla tizimi xodimlarini muborakbod etadi.

Barchangizga bildirilgan ishonchni oqlab, el ichida ulug‘ bo‘lib, ko‘zlagan maqsadlaringizga erishib yurishlikni tilaymiz!


Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Aziz yurtdoshlar!

O‘lkamizga Navro‘z kirib kelishi bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman!


Bu yil muborak Ramazon oyi ayni bahor fasli - Navro‘zga to‘g‘ri kelganligi ham xayrli ishlarimizda qut-baraka, mehnatimiz hosilasida to‘kin-sochinlik va faoliyatimiz yanada muvaffaqiyatli bo‘lishidan dalolatdir.

Yurtimizda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida nishonlanayotgan azaliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor tabriklab, taraqqiyotimiz yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizga omad tilayman!

Xurmat bilan,
Sherzod Yakubov,
Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i.


Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xalqimizni bayramlar ichida erkatoy, qalbga yaqin ayyom – Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etadi.

Barchangizga mehnat faoliyatingizda yuksak cho‘qqilar, shaxsiy hayotingizda mustahkam sog‘lik, xonadoningizga fayzu baraka tilab qolamiz.

Har doim farzandlaringiz oydin kelajagi, baxtu saodatidan qalbingiz quvonch va shodlikka to‘lib yursin!

Sharqona yangi yil
Navro’z barchamizga qutlug’ bo’lsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇰🇷 Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida ishlash maqsadida joriy yil 8-13 fevral kunlari XIZMAT KO'RSATISH-2 yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun EPS-Topik imtihoni 26-martdan 8-aprelga qadar (dam olish kunlari ham) bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.

👉 Lokatsiya41.2076081,69.2118158,18z/data=!4m5!3m4!1s0x0:0xaad8e090ff9ffb6c!8m2!3d41.207713!4d69.212878">

👉 Imtihonda qatnashuvchi nomzodlar ro'yxati

Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:

1.
xorijga chiqish pasporti;
2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli, sifatli rangli surat (2 dona).

❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:

1.
Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 2 yildan 4 yilgacha cheklov qo‘yiladi.

☎️Murojaat uchun: 71 202-33-55, 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Aholi daromadini oshirishda tomorqa va uy xo‘jaligidan samarali foydalanish choralari belgilandi

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Fuqarolarni "Fermerlar maktabi"ga o'qishga yo'naltirish bo'yicha yo'riqnoma.

❗️Izoh: Endi "Online mahalla" elektron platformasidan foydalanish bo'yicha YO'RIQNOMALAR Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining mazkur rasmiy telegram kanalida e'lon qilib boriladi.


tadbirkorliknirivojlantiri6598">Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sirdaryo tumanidagi ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan qurilish sohasi nomzodlari uchun joriy yil 29-mart kuni, kemasozlik sohasi nomzodlari uchun 30-31-mart kunlari Malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Imtihon bo’lib o’tadigan manzil: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.

📍 Lokatsiya

👉 Nomzodlar ro'yxati (qurilish)

👉 Nomzodlar ro'yxati
(kemasozlik)

☎️ 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Prezedent Sayxunobodga tashrifi davomida hududda tomorqachilikni rivojlantirishga aksent qaratdi.

Xo‘sh, bu tizim tumanda qanday ishlaydi?

Sayxunoboddagi har bir hovlida "Pink Lady" navli olmalar yetishtiriladi. Bu navning hosildorligi qanday?

Prezidentning sovg‘asiga sazovor bo‘lgan Tursunboy ota tashrif haqida nimalar deydi?

Mashinadan oldin traktor boshqargan Shoira Shamatovaning bugungi fermerlik faoliyati qanday bosqichda?

Bugun, 19 mart kuni 18:35 da  «O‘zbekiston 24» telekanalida «Xalqaro pess klub»ning navbatdagi sonini tomosha qiling!

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🏗 #Diqqat Sirdaryo Arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi “Qurilish sohasida malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi”da o‘qing va kasb-hunar o‘rganib, daromadga ega bo‘ling.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Kun_mavzusi

25-mart —  “Yer soati” kuni munosabati bilan Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida 13:00 dan 14:00 gacha barcha elektr jihozlari o'chirildi.

Maxsus aksiyaga siz ham o'z hissangizni qo'shing!

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Tomorqachilik rivoji va aholi bandligi

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Qurilish sohasida kasb-hunar egasi bo‘lishni istaysizmi?

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi "Qurilish sohasidagi malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi"
1-apreldan 10-oqim o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishini ma’lum qiladi.

Markazda bepul ta’lim berilishi bilan bir qatorda, tinglovchilar 3 mahal issiq ovqat, stipendiya va yotoq-joy bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, bitiruvchilar xohishiga ko‘ra xorijiy davlatga shartnoma asosida ishga yuboriladi. (Migratsiya tomonidan)

Darslar yo‘nalishiga qarab 3 oydan 4 oygacha davom etadi.

📍Manzil: Guliston shahar "Bog‘ishamol" mahallasi.

📍Mo‘ljal: Viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ro‘parasi.

📲 Murojat uchun: (99) 052-85-42
(99) 472-01-31
(99) 471-06-46
(97) 277-03-43

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Tungi ishlarda, ish vaqtidan tashqari ishlarda, dam olish kunlaridagi hamda ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarda homilador ayollar va bolalari bor shaxslar mehnati qo‘llanilishining hamda ularni xizmat safariga yuborishning o‘ziga xos xususiyatlari

Homilador ayollar, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) faqat o‘z yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin. Bunda ish beruvchi mazkur xodimlarni tungi ishlardan, ish vaqtidan tashqari ishlardan, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlardan yoki xizmat safaridan voz kechish borasidagi huquqi to‘g‘risida xabardor qilishi shart.

Homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish homilador ayolning hamda bolaning hayotiga va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

3 sotixda 30 xil hosil — kichik hovlidagi katta tomorqa

Kun.uz

PS: o‘rnak olsa arziydi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Наврўз умумхалқ байрамига бағишланган тантанали маросимдаги табрик нутқи

Приветственное слово Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжествах, посвященных всенародному празднику Навруз

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Вилоят ҳокими Акмалжон Махмудалиевнинг Наврўз байрами муносабати билан табриги

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (ichki tanlov): Bosh boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari;

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi: Moliya bo'limi boshlig'ining o'rinbosari;

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi: Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi boshlig'i;

▪️Yangiyer shahar hokimligi: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha bosh mutaхassis;

▪️Oqoltin tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Yangi davr" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Sayxunobod tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Do'stlik" mahallasidagi yoshlar yetakchisi.

❗️Arizalar 24.03.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

O'z tomorqasidan unumli foydalanib daromad topayotgan Hakimjon ota

Ota-bobolarimiz bir qarich yerdan ham unumli foydalanishga, bogʻ-rogʻlar yaratishda alohida eʼtibor qaratishgan. Tomorqadan unumli foydalanish bu o'z-o'zidan daromadga ega bo'lishdir. Bugungi kunda ana shunday o'z tomorqasidan unumli foydalanib, nafaqa yoshida oilasiga daromad keltirayotgan Hakimjon ota Ismoilov "Soyibobod" mahallasida istiqomat qiladi.

Mehnatsevar dehqon Hakimjon ota 19 sotix ixchamgina tomorqasida 1 sotixida issiqxona tashkil qilgan, yiliga uch martta hosil oladi. Bundan tashqari qolgan yer maydoniga mevali daraxtlar ekib, daraxtlarning yaxshi meva solishiga ham bee'tibor bo'lmagan, tomorqasining bir chetida 30 quti asalari parvarishlab keladi va yiliga 350-400 kg asal oladi.

Batafsil videolavhada ko'rishingiz mumkin.📹👆

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🥗 Monomarkazda Navroʻz shukuhi

Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda har bir yoʻnalish tinglovchilari qadriyatlarimiz yoʻgʻrilgan badiiy chiqishlari, turli kuy-qoʻshiqlari bilan barchani xushnud etdi. Ayniqsa, ular ijrosidagi maqom, lapar va oʻlanlar, oʻzida bahor, yangilanish, yangi kunni aks etgan raqslar ishtirokchilarga koʻtarinkilik ulashdi. Tadbir qatnashchilariga kelinsalomlar aytildi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Idoraviy_qaror_loyihasi

Ayollarning og‘ir yuklarni ko‘tarishi va tashishi chog‘ida ular uchun yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p yuklamalar normasini tasdiqlash haqida

TAKLIF BERISH ⬅️

🗓 Yakunlanish sanasi: 02/04/2024

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

❗️Bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishi mumkin!

✒️ Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, quyidagi kunlar bayram (ishlanmaydigan) kunlardir:
🗓 1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami;.
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr — Konstitutsiya kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
✒️ Mehnat kodeksining 187-moddasiga asosan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Ertaga, 21-mart (payshanba) Navro‘z bayrami, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kun hisoblanadi.

❗️ Demak, bugun — barcha xodimlar odatdagidan 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Dunyoqarashni o‘zgartiring, daromad o‘zi keladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligidagi mutasaddilar Qashqadaryoda viloyatida bo‘lib, aholi daromadlarini oshirish boʻyicha oʻrganishlar olib bordi.
Tashabbuskor, ishlab daromadli bo‘lishni istayotgan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish, hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda tadbirkorlikka jalb qilish orqali har bir xonadonni daromadli qilish va kambag‘allikdan chiqarish choralari ishlab chiqilmoqda.
Albatta, dunyoqarashni biroz o‘zgartirsak imkoniyatlarni ko‘ra boshlaymiz. Misol uchun, o‘rganish o‘tkazilayotgan Mirishkor tumanidagi «O‘zbekiston» MFYda istiqomat qiluvchi Feruza Niyozova hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 33 mln. soʻm imtiyozli kredit olib tadbirkorlikni 2 ming dona bedana bilan boshlagan. Bugun ularning soni 5 mingtaga yetdi.
Qolaversa, o‘zidan tashqari yana ikki kishini ish bilan ta’minladi. Xonadondagi 6 sotix tomorqa maydonidan yiliga 3 marotaba hosil oladi. Bundan tashqari, 2 bosh yirik shoxli chorva mollari, 12 bosh tovuq ham bor. Tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida inkubatorda bedana jo‘jalarini ochirib yiliga 45 mln. so‘m daromad qilmoqda.
Vazir “Tomorqa xizmati faqat bizda” MCHJ rahbari Sharifjon Ismoilovning rejalari bilan ham tanishdi. 20 mingga yaqin bedana parvarishi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor yaxshigina daromad qilyapti. 12 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan va shu yo‘nalishda kasanachilikni boshlash rejalari ham bor.
Shuningdek, hududdagi boshqa ishlab chiqarish obyektlari faoliyati bilan ham tanishib ish oʻrinlarini koʻpaytirish yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatmalar berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🏗 #Diqqat Sirdaryo Arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi “Qurilish sohasida malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi”ga quyidagi 14 ta yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga taklif etamiz:

1. Betonchi (temir beton ishlari) 3 oylik;
2. Elektromontajchi (elektr taʼminoti montaj ishlari) 3 oylik;
3. Elektrogazpayvandchi (elektrgaz payvandlash ishlari) 3 oylik;
4. Santexnika ishlari ustasi (santexnika jihozlarini montaj qilish) 3 oylik;
5. Gipsokarton montajchi (Gipsokarton montaj qilish ishlari) 3 oylik;
6. Qoplovchi plitkachi (keramik plitalar terish ishlari) 3 oylik;
7. Bo‘yoqchi bezakchilari (qurilish pardozlash ishlari) 3 oylik;
8. Duradgor (duradgorlik va pol yotqizish) 3 oylik;
9. Avtokran boshqaruvchisi 4 oylik;
10. Ekskavator boshqaruvchisi 4 oylik;
11. Yuklovchi texnika (Pogruzchik) boshqaruvchisi 4 oylik;
12. Yuk mashinasi boshqaruvchisi 4 oylik;
13. Buldozer boshqaruvchisi 4 oylik;
14. G‘isht teruvchi (g‘isht terish ishlari) 3 oylik;

Tinglovchilar uchun imtiyozlar:

• Bepul zamonaviy taʼlim (rus tili qo‘shimcha)
• 3 mahal issiq ovqat
• Stipendiya (730 ming so‘m)
• Amaliyot qurilish obyektlarida o‘tkaziladi va daromad topishi mumkin bo‘ladi
• Yotoqxona
• Madaniy xordiq
• Sport

Bitiruvchilarga sertifikat beriladi hamda ish bilan taʼminlanadi. Qabul 1-aprelga qadar davom etadi. O‘qish istagida bo‘lganlar fuqarolar hududiy Kamabag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunga, “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to'g'risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga, Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo'shimchalar 👆

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…
Подписаться на канал