RASMIY MEHNAT MUNOSABATLARIGA — HA!
NORASMIY MEHNAT MUNOSABATLARIGA — YO‘Q!
HURMATLI XODIM! KELAJAGINGIZ HAQIDA O‘YLANG — MEHNAT SHARTNOMASI TUZILISHINI TALAB QILING!
Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi “Qurilish sohasi malakali mutaxassislarni tayyorlash qisqa muddatli o‘quv markazi”da 9-oqim tinglovchilariga o‘qitish jarayonlari nihoyasiga yetganligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda hamkor tashkilotlar vakillari va bitiruvchilarning oila a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ishsiz aholining bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, xorijda ishlash istagidagi fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan yaratilgan qulayliklar haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘quv markazning 9-oqimiga 123 nafar tinglovchi qabul qilingan bo‘lib, bugun ularning 90 nafari o‘qishni tamomladi. Uzoq muddat talab etiladigan yo‘nalishlarda yana 33 nafar tinglovchi bilim olmoqda.
Markazda navbatdagi o‘quvlar aprel oyidan boshlanishini ma’lum qilamiz va hoxlovchilarni taklif qilamiz.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Shirin shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini faoliyatini tashkil etish bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Mirzaobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Mirzaobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Mirzaobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Oqoltin tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Agrotexnologiya bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Sardoba tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i o'rinbosari;
▪️Sayxunobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sirdaryo tumani "Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi:
— Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo'yicha mutaxassis;
— 1-hudud 2-uchastka (Hikmatli MFY, Taraqqiyot MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;
— 8-hudud 1-uchastka (Xazina MFY, Tadbirkor MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;
▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sirdaryo tumani bo'limi: Bosh mutaхassis;
▪️Xovos tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i o'rinbosari;
▪️Xovos tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi bosh mutaxassisi.
❗️Arizalar 23.03.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Sirdaryoda yoshlarga serunum yer maydonlari ajratib berilmoqda.
Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida yoshlar bandligini ta‘minlash va ularni yerdan samarali foydalanishga o‘rgatish maqsadida jami 3000 gektar unumdor yerlar 6000 nafar yoshlarga ajratib berilishi rejalashtirilgan.
A.Jomiy mahallasi hokim yordamchisi talabgorlarga “BRB” bankidan imtiyozli kredit olishda ko‘makdosh bo‘lmoqda.
Ushbu kreditlar mahalliy tadbirkorlik subektlari uchun o‘z faoliyatini kengaytirish, uskunalarni yangilash va shu orqali mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratishga, shuningdek, hududning iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Tomorqa – daromad manbai, lekin sardobaliklar ulardan qanday foydalanilmoqda?
Bugun yer egalarining dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Mehnat qilishda manfaatdor bo‘lishmoqda. Eng muhimi tomorqasidan unumli foydalanmoqda. Ko‘pchilik yaxshigina daromad topmoqda.
Ayniqsa xonadon a’zolari, xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda. Keyingi vaqtlarda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy mafaatlarini himoya qilish, qishloq aholisini bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Tomorqa qo‘shimcha daromad manbai” tamoyili asosida yerdan yiliga ikki-uch marotaba hosil olib kelayotgan dehqonlarimiz soni yil sayin ortib bormoqda. Ilm-fan yutuqlarini o‘z tomorqalarida joriy qilayotgan tadbirkor dehqonlarimiz ham anchagina.
https://youtu.be/jwFy-5Ss5ow
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Қайси мамлакатда қандай иш бор? Мигрантлар учун муҳим маълумотлар
Хорижда ишлаб яхши даромад топиш кўпчиликни қизиқтиради. Аммо ишчи визасиз, таниш орқали чет элга бориб ишлаш, у ерда қийин вазиятга тушиш ҳолатлари кўп учрайди.
Қандай қилиб қонуний йўл билан, хавфсиз, ҳуқуқлари ҳимояланган тарзда чет элда ишлаш мумкин? Имконият, имтиёзлар борми? Мигрантларнинг қандай ҳуқуқлари бор ва улар хорижда муаммоли вазиятга учраганда қаерга мурожаат қилиши керак?
Шу каби долзарб масалалар “Объектив”нинг таҳлилий-ҳуқуқий нигоҳида бўлди.
Тўлиқ видео 👉 https://youtu.be/nU8z_3Lm-3o
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Obod_va_fayzli_mahalla _yurt_ko‘rki
Xabar berib borayotganimizdek, mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, uning quyi tizimlarida ham hasharlar yuqori uyushqoqlik bilan tashkil etilib, boshqarma va bo‘limlarga qarashli yer maydonlari, bino inshootlari, avtotransport saqlash joylari va boshqa hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlash ishlari olib borilmoqda.
Hududlarda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari jarayonlari bilan batafsil videolavhada tanishing.
Tadbirlar davom etyapti.
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Diyor Yangiliklari||Istiqbolli loyihalar ishga tushirilishi - yangi ish o‘rinlari yaratilishi
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🎤 Раҳимов Тоҳиржон Ҳожимурод ўғли, «Зарбдор нурли қуёши» корхонаси раҳбари (Сирдарё вилояти, Сайхунобод тумани):
«Туркия ва Кореа тажрибаси асосида замонавий гидропоника усулини кўллаган ҳолда иссиқхона ташкил этдик. 24 та янги иш ўрни яратиб, аҳоли бандлигини таъминлашга ҳам баҳоли қудрат ҳисса қўшмоқдамиз. Иссиқхонамиз майдони 1 гектар 20 сотих бўлиб, Туркия давлатига мансуб 24 минг туб дафнис кўчатларини етиштиряпмиз.
1 туп кўчатдан ўртача 5 килограмм, мавсум давомида эса умумий 120 тонна ҳосил оляпмиз. Ички бозорда ўртача 15 минг сўмдан сотган тақдиримизда ҳам, жами 1 миллиард 800 миллион сўм бўлади.
Ҳозирда корхонамиз томонидан янги лойиҳалар йўлга қўйилмоқда. Аҳоли томорқаларига 2-3 сотихли замонавий иссиқхоналарни барпо этиб, йиғилган тайёр маҳсулотни сотиб олиб, экспортини ташкил қилмоқчимиз. Шунингдек, 3 гектар бўш ер майдонини олиб, умумий қиймати 900 минг АҚШ долларига тенг Голландия усулидаги лойиҳа устида иш олиб борилмоқда».
Joriy yilning 16—18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
Hashar doirasida “Mahallamga 10 tup daraxt — mening tuhfam” shiori ostida barcha turar joy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos hamda sug‘orish tizimini hisobga olgan holda daraxt ko‘chatlari ekiladi.
Bundan tashqari, aholi punktlarida qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish hamda bog‘larni ko‘kalamzorlashtirish, ushbu hududlarda daraxtlar ekish, saqlash va parvarish qilish ishlariga aholining band bo‘lmagan qatlami ixtiyoriylik asosida jalb qilinadi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
UzA: Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?
Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.
21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);
22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
23-mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🇺🇿🇩🇪Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Germaniyaning “Mangold Consulting Gmbh” kompaniyasi prezidenti Klaus Mangold hamda boshqaruvchi direktor, doktor Kristof Mangold bilan uchrashdi.
Unda xorijda ishlovchilar uchun sharoitlar, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zbekistonlik fuqarolarni Germaniyada talab yuqori bo‘lgan ishlarga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Ayni paytda Germaniyadagi katta demografik jarayonlar bois boshqa davlatlardan mehnat kuchiga talab ortib bormoqda. Bugungi kunda O‘zbekistondan tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassislar Germaniyada ish faoliyatini olib borishmoqda. Mazkur yo‘nalishda hali hamon ish kuchiga talab kattaligi bildirib o‘tildi. Jumladan, Germaniyadagi 1000 dan ortiq shifoxonalarga tibbiyot xodimlari yetishmayotganligi va bu borada O'zbekiston tomoni ushbu bo'shliqni to'ldirishga tayyorligi ta'kidlandi. Biroq, ushbu jarayonni til bilishdagi muammolar sekinlashtirib yuborayotganligi va bu borada til bo‘yicha qo‘yilgan talablarni yumshatish taklif etildi. Jumladan, nemis tili o‘quv kurslari muddatini qisqartirish zarurligi bildirildi.
Uchrashuvda nafaqat tibbiyot yo‘nalishidagi balki metallni qayta ishlash korxonalaridagi mexatronika, logistika, yuk avtomobili haydovchiligi yo‘nalishlariga katta talab borligi aytib o‘tildi. O'z navbatida barcha kelishuvlarni tezroq hayotga tatbiq etish uchun huquqiy asoslarni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Veb sayt | Facebook | bandlikvazirligi">You tube | Instagram | Telegram
Bir yilda 15 nafar hokim ...
Zamonaviy dunyoda mahsulot yetishtirgandan ko‘ra kadr yetishtirgan afzalroq
Chunki, yaxshi mutaxassis, yaxshi mahsulot yarata oladi. Shu bois boyishni istagan jamiyat birinchi galda yaxshi kadrlarni tarbiyalaydi, ko‘taradi, yo‘lini ochadi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, uning quyi tizimlari milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishda yetakchilardan. Jumladan, o‘tgan bir yil ichida vazirlik va uning tasarrufiy tashkilotlarida ishlab kelayotgan rahbar-xodimlar orasidan 15 nafari tuman va shahar hokimlari sifatida yangi va mas’uliyatli lavozimda faoliyat boshlagan. Qolaversa, tizimda ishlagan yana 37 nafar xodim hokim o'rinbosari sifatida ish boshlagan.
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Veb sayt | Facebook | bandlikvazirligi">You tube | Instagram | Telegram
Сайхунободда ҳам яширин иқтисодиётни “соя”дан чиқариш ва иш ўринларини расмийлаштириш бўйича ишларни фаоллаштириш лозимлиги қайд этилди.
Бунда, маҳалла ҳудудидаги тадбиркорлар "соя"дан чиқиб, расмий иш ўрнини кўпайтирса, даромад солиғидан қўшимча тушумнинг 50 фоизи ўша маҳалла ихтиёрида қолади.
Тумандаги мол-мулк ва ер солиқларининг 10 фоизи ҳам маҳалла бюджетида қолади.
Facebook|Instagram|X
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Президентнинг Сирдарёнинг оғир туманига ташрифи. Аҳоли даромадларини ошириш бўйича яратилаётган Сайхунобод тажрибаси. Давлат уй хўжаликларига ўз салоҳиятини тўлиқ ишга солишга кўмаклашади.
—
Обзор важнейших событий недели: Поездка Президента в сложный район Сырдарьи. Опыт Сайхунабада по повышению доходов населения. Государство поможет домохозяйствам выжать максимум.
Facebook|Instagram|X
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1422 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!
➤ Oqoltin tumanidan 102 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 203 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 76 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 76 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 143 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 90 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 70 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 91 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 107 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 80 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 384 tа (ko'rish)
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Ikki yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan birini (vasiyni) boshqa ishga o‘tkazish
✅Ikki yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin bo‘lmagan taqdirda, o‘z arizasiga ko‘ra bajariladigan ishi uchun haq to‘lanadigan, biroq avvalgi ishi bo‘yicha o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bola ikki yoshga to‘lguniga qadar ish haqi to‘lanadigan boshqa ishga o‘tkaziladi.
✅Ish beruvchida boshqa ish mavjud bo‘lmagan taqdirda, ikki yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimga qonunchilikda belgilangan tartibda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.
✅Yakka tartibdagi mehnatga doir nizo yuzaga kelgan taqdirda, ikki yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimni boshqa ishga o‘tkazish mumkin emasligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
➡️ BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
🖇Boyovut pochta aloqa tarmog‘i quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga taklif qiladi!
—Madaniyat, Sohil, Beruniy mahallalariga 1 nafar, Yangiobod, Mirishkor, Laylakko'l mahallalariga 1 nafar, Anorzor, Qarapchi, Yangi avlod mahallalariga 1nafar xat tashuvchi (pochtalon);
Ish haqi: 1 300 000 so'm (o‘z vaqtida yetkazilib, dasturga kiritilgan xatlar uchun rag‘batlantirish pullari qo‘shib beriladi);
—Anorzor, Qarapchi, Yangi avlod mahallalariga 1 nafar, O‘zbekiston, Gulbog‘, Iftixor hamda Paxtakor mahallalariga 1 nafar aloqa bo‘limi boshlig‘i.
Ish haqi: 1 700 000 so‘m (o‘z vaqtida yetkazilib, dasturga kiritilgan xatlar uchun ragbatlantirish pullari qo‘shib beriladi);
—To‘lovlar uchun operator:
Ish haqi: 1 400 000 so‘m
Vazifasi: Mijozlardan to‘lovlarni qabul qilish va pochta bosh kassasiga topshirish.
Ish vaqti: 09:00 dan 17:00 ga qadar; yakshanba dam olish kuni.
Murojaat uchun: +998994701004 ; +998955100159 ; +998945816077
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#Hisobot
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
#Mehnat_inspeksiyasi
2024-YILNING DASTLABKI IKKI OYIDA MEHNAT QONUNCHILIGI ENG KO'P BUZILGAN SOHALAR
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Guliston shahar hokimligi: Devonxona bosh mutaxassisi;
▪️Kadastr agentligining Yangiyer shahar bo'limi: Bosh inspektor;
▪️Kadastr agentligining Sayxunobod tumani bo'limi: Bosh inspektor.
❗️Arizalar 20.03.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Britaniyada ko‘chat saralab, 3 ming dollar topayotgan o‘zbek bilan suhbat
https://youtu.be/p4KBCiTcN9Y
🌱Hashar - elga yarashar!
Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri - hashar elni birlashtiruvchi, birdamlikda har qanday yumushni ijobiy hal etishga undovchi jihatlari bilan yana-da qadrlidir.
Navro‘z ayyomi arafasida “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan hasharda Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi jamoasi, tizim xodimlari ham ko‘tarinkilik bilan ishtirok etishmoqda.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Mehnat kodeksida o'n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari alohida belgilangan.
Kodeksning 412-moddasiga muvofiq mehnat sharoiti zararli va xavfli bo‘lgan ishlarda, yer osti ishlarida, shuningdek bajarilishi oʻn sakkiz yoshgacha bo‘lganlar hayotiga, sog‘lig‘iga, xavfsizligiga va ma’naviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda (tungi kafe va klublar, spirtli ichimliklarni, tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik va psixotrop moddalarni, toksik preparatlarni ishlab chiqarish, tashish hamda sotish va boshqalar) ularning mehnatini qo‘llash taqiqlanadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Veb sayt | Facebook | bandlikvazirligi">You tube | Instagram | Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Ayollar mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar
✅Ish beruvchi kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishuvga ko‘ra tasdiqlanadigan tavsiyalarni inobatga olib, noqulay mehnat sharoitlariga ega bo‘lgan, ayollarning mehnatidan foydalanish cheklanadigan ayrim ishlar ro‘yxatini belgilashga haqli.
✅Ayollar tomonidan ular uchun yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normadan ortiq bo‘lgan og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashish taqiqlanadi.
✅Ayollarning og‘ir yuklarni ko‘tarishi va tashishi chog‘ida ular uchun yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p yuklamalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
➡️ BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Veb sayt | Facebook | bandlikvazirligi">You tube | Instagram | Telegram
Tomorqa – aholi daromadini oshirishga xizmat qiladi
Aholining tomorqadan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularning daromadlarini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Xovos tumani hokimi Ulug'bek Yo'ldoshev mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan Chamanzor va Istiqlol mahallalarida bo‘lib, xonadon egalarining tomorqadan qay darajada foydalanayotganliklarini o‘rgandi.
Shuningdek, ko‘chalarda yaratilgan sharoitlar, aholi tomorqalari, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari, aholining bandligini ta'minlash yo'nalishlari va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirdi.
Tomorqadan unumli foydalanib, daromad manbaini yanada orttirish bo‘yicha mas’ullarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Президент Шавкат Мирзиёев Сайхунобод тумани Иттифоқ маҳалласида бўлиб, томорқа ва уй хўжаликлари билан танишди. Шу билан давлатимиз раҳбари ташрифни якунлаб, Тошкентга қайтиб келди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Иттифок Сайхунабадского района, где ознакомился с приусадебными и домашними хозяйствами населения. На этом глава государства завершил поездку и вернулся в Ташкент.
#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #mahalla
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Умуман, Сайхунободда йўлга қўйилаётган тажриба ҳисобига ҳар бир маҳалла, ҳар бир кўча, ҳар бир хонадон қамраб олинмоқда.
Сайхунобод мисолида оилаларни даромадли қилиш, инвестиция жалб қилиш бўйича янги тизимни республиканинг барча 9 минг 452 та маҳалласида йўлга қўйиш юзасидан иқтисодий комплекс раҳбарларига, банклар, ҳокимлар ва уларни биринчи ўринбосарларига аниқ топшириқлар берилди.
Бу ишлар қандай ташкил қилинаётганига қараб, ушбу раҳбарлар фаолиятига баҳо берилиши қайд этилди.
Йиғилишда муҳокама қилинган масалалар юзасидан тармоқ ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботи тингланди.
Facebook|Instagram|X
Президент йиғилганлар эътиборини Сайхунободда ўтган йили бирорта кўп қаватли уй қурилмаганига, ваҳоланки ҳозирни ўзида 1 мингга яқин аҳоли уй-жой олиш истагида юрганига қаратди.
“Турон” маҳалласидаги собиқ машина-трактор паркига тегишли бўш ерда 10 та кўп қаватли уй қурилишини бошлашга кўрсатма берилди.
Бу уйларда яшайдиган аҳоли учун 180 ўринли янги боғча ва 35-мактабда 330 ўринли қўшимча ўқув блоки барпо этилади. Шу ерни ўзида иш ўрни яратиш учун тикувчилик корхоналари ташкил қилинади.
Facebook|Instagram|X